Holdor Vulqonning "Oydin qayinzor" nomli she'rlar to'plami lotin imlosida. Cbornik stihov Holdora Vulkana "berezovaya rosha pod lunoy" na uzbekskom yazike, na Latini
Men qayerda yashamay, umrimning oxirigacha va undan keyin ham o'zbekligimcha qolaman.
Qaysi tilda, nimaiki yozgan bo'lsam, u narsalarning hammasi o'z -o'zidan O'ZBEK degan bir buyuk xalqning ma'naviy mulkiga aylanadi.
Xalqim, bu she'riy kitobimni menga bergan nonu tuzing haqqini ado etish uchun qo'limdan kelganicha senga qilgan bir kamtarin xizmatim, farzandlik ehtiromim sifatida qabul et.
Bilaman, mening boshimni silab, non berib, o'stirib, voyaga yetkazib, o'qitib, odam qatoriga qo'shgan senday mehribon Xalqni rozi qilish uchun umrbod to'xtamay, insoniyatni hayratga soladigan san'at asarlari yaratib, sening poyinga qo'yganimda ham, to'lab bo'lmas buyuk qarz baribir gardanimda ketadi.
Sen shunday buyuk xalqsan.
Men seni yaxshi ko'raman.
Seni turli fitnayu ofatlardan, urushlardan Parvardigori Olam o'z panoxida asrasin!
Xoldor Vulqon
28 oktyabr, 2014 yil.
Kechki soat 7 dan 51 daqiqa o'tdi.
Brempton shahri, Kanada.
VATAN
(O'zbekiston xalq hofizi Sherali Jo'rayevga bag'ishlanadi)
Sen agar bug'doy boshoq bo'lsang somoningman, Vatan,
Toabad boshing omon bo'lsin, tovoningman, Vatan.
Barcha yaxshi, barcha oqil, barcha dono, faylasuf,
Qimtinib bir chekkada yurgan yomoningman, Vatan.
Chor taraf zulmat, tuman, uvlaydi ming -minglab shoqol,
To sahar gulxan yoqib chiqqan cho'poningman, Vatan.
Barcha jim, tilsiz pisib, mum tishlaganda, xayqirib,