Ushbu sheʼriy kitobimni mehribon onam Muhtaramxon Mirzajalol qizi va mening ikkinchi onam Ezozxon Kenjaevalarning porloq hotiralariga bagʻishlayman. Mazkur kitobni yaxshi niyyat bilan oʻqiganlarni Xudo murodu maqsadlariga etkazsin.
(Xoldor Vulqon)
-------------------------------
Yillar uchib oʻtdi bamisoli oʻq,
Gʻurbatda oqardi soch -soqol, murtim.
Men seni bir zum ham unutganim yoʻq,
Meni ham unutib yuborma, Yurtim!
X.V.
-------------------------
Xoldor Vulqon 1959 yili Oʻzbekistonning Andijon viloyatida tugʻilgan. Toshkent Milliy Universitetini tamomlagan.U 1975 yildan buyon badiiy ijod bilan shugʻillanadi. Shu kungacha u rus va oʻzbek tillarida toʻrtta sheʼriy toʻplam, qator hikoyalar, beshta povest va ikkita roman yozgan. Shuningdek Xoldor Vulqon koʻplab yapon shoirlarining sheʼrlarini oʻzbek tiligan tarjima qilgan. 1999 yildan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi. Taqdir taqozosi bilan Kanadada yashaydi. Mukofot va unvonlari yoʻq.