Xayku va tankalarda ko'p qirrali nimkosa ma'no, kinoya, fisqu fasod, falsafiy mazmun mushoxadalar yo'q.Bu ixcham poetik janr go'zal tabiat manzaralarini, yoxud narsalar xolatini, yoki odamning muayyan ruhiy kayfiyatini aks etdirish orqali o'quvchiga xayrat bag'ishlash, osuda tonglar kabi toza tuyg'ular baxsh etish san'atidir.Xayku va tankalarda aks etdirilgan manzaralarni ko'z oldingizga keltira olsangiz, tog'dagi qishloqda oy chiqishini sarg'ayib kuzatayotgan dexqonlar holatini,butazorlar ortidan ohista ko'tarilayotgan to'lin oyni ko'rayotganday, chigirtkalar chirillashini eshitayotganday, bo'lasiz.Tahayyul va tahayyur shu'lalariga yo'g'rilasiz.Quyida bundan olti asr avval yozilgan yapon xaykularini va tankalarini o'z tarjimam orqali hukmingizga havola qilaman.