Õîëäîð Âóëêàí : äðóãèå ïðîèçâåäåíèÿ.

Povestü v memuarah Holdora Vulkana "Dalekie ogni" na uzbekskom yazike, na latini. Olislarda yongan chiroqlar (Hujjatli qissa)

Ñàìèçäàò: [Ðåãèñòðàöèÿ] [Íàéòè] [Ðåéòèíãè] [Îáñóæäåíèÿ] [Íîâèíêè] [Îáçîðû] [Ïîìîùü|Òåõâîïðîñû]
Ññûëêè:


 Âàøà îöåíêà:

  
  
  
  
  Xoldor Vulqon
  
  
  
  
  
  
  
  Olislarda yongan chiroqlar
  
  
  (Hujjatli qissa)
  
  
  
  (Birinchi kitob)
  
  
  
  
  
  
  BOLALIK
  
  
  
  
  
  
  Bishkekda qish. Bola-chaqalarim bilan jon saqlab ijarada yashayotgan uyning ayvonidagi ustunga yelkamni tiraganimcha yog"ayotgan qor uchqunlariga termulaman. Qor gox shoshib, gox beg"am uchqunlaydi. Shu kunlarda sochlarim po"stakka o"xshab, soqolim o"sib, ozib ketganman. Men jimgina yog"ayotgan laylak qorga termulaman-u o"tgan telba umrim xaqida o"ylayman.
  Hayotim mundarijasiga sinchiklab razm solsam, ko"rgan-kechirganlarim tropik to"fonlar ichra ochiq okeanda kanoe qayig"i pista po"choqday to"lqinlardan to"lqinlarga o"tayotgan Polineziyalik baliq ovchining okeanga g"arq bo"lmaslik uchun olib borayotgan tinimsiz kurashiga o"xshaydi.
  
  Tragikomediya hayotim qayg"uli va kulgili voqealarga boy. Bunday o"ylasam men tug"ma muxolifatchi ekanman. Esimda, bolalik paytlarim dadam tayinlagan ishlar esimdan chiqib bolalar bilan Qoradaryo sohilidagi cho"chqaxonaga futbol o"ynagani ketib, oqshom chog"i dadamning g"azabiga duchor bo"lardim. Ya"ni, uydan quvilardim. Shunday mahallar men otboqar bobom mulla Abdusalomdan siyosiy boshpana so"rardim. Bobom bilan enam ortiqcha byurokratlik qilmay, hujjatsiz, vizasiz menga uylaridan boshpana berardi.
  
  Bobom uzun bo"yli, do"ng peshona, cho"ziq yuzli, Imomi A"zam mazhabidagi musulmonlarga hos soqol mo"ylovi kalta kuzalgan odam bo"lib, garchand otboqar bo"lsalarda, Qur"oni Karimni xatm qilgan olim kishi edilar. Enam esa, bo"yi pastak, og"zida begimotning tishlariga o"xshash atigi ikki dona tishi qolgan, nomozxon, mehribon kampir edi. Garchand bo"yi bastlari bilan xuddi Donki Xot va Sancho Pansaday bir-birlariga nomutanosib bo"lsalarda, bobom bilan enam chungi chiqmay ahil-inoq yashardilar. Pastak uylarida taxta pol bo"lmagani bois, qalin qilib to"shalgan xashak ustiga polos yozilgandi. Polos ustida yurgan odam o"zini xuddi ichiga suv to"ldirilgan ulkan grelka ustida yurganday his qilar, uyda radio-televizor bo"lmaganidan xonada qutb jimligi hukmron edi. Jimlikda soat kafgirining tovushi xuddi kaltakesak chiqillayotganday qattiq eshitilardi.
  
  Enam menga yumshoq ko"rpachalardan o"rin to"shab berar, men derazadan Ko"ki xolamning bahaybat baqateragini, terak ortidan ohista ko"tarilayotgan to"lin oyni kuzatib yotardim. Bu payt enam bobomning yaktagini yamab-yasqar, bobom bo"lsa 30 - yillarda rasm bo"lgan yumaloq gardishli ko"zoynagini taqib, arab imlosida yozilgan qandaydir qadimiy kitobni o"qir, har zamonda kitobning sarg"ayib ketgan sahifalarini varaqlardi. Men Ko"ki xolam xaqida o"ylay boshladim, eri ikkinchi jahon urushiga ketib qaytib kelmagan, bu beva kampir, quritilgan baliqday ozg"in, hajman kichik boshi g"ozning boshiga o"xshashib ketadigan, bir qo"li qurib qolgan, bu ham kamday bir ko"zi ko"r bo"lib, ko"zining kovagida kaptarning tuxumi qisilib turganga o"xshar, ustiga- ustak chuvak yuzida iyagi deyarli yo"q edi. Xudoyo tavba qildim, uning shunaqa qiyofasi sabab eri ham urushga ketvorgan bo"lsa kerak, deb o"yladim. Ko"ki xolamning tushuniksiz ismi, ismdan ko"ra ko"proq tahallusga o"xshardi. Ismi jismiga monand Ko"ki xolam aftidan erini qattiq sevar ekanmi, haytovur qayta turmush qilmay erini kuta-kuta olamdan o"tib ketdi, rahmatli. U bolalarga mehribon, pok qalbli, botinan go"zal,besh vaqt nomoz o"qiydigan e"tiqodli, pokiza, taqvoli kampir bo"lib hotiram ko"zgusida umrbod qoldi.Ba"zan Ko"ki xolam yolg"iz o"zi kuymanib yuradigan kulbasining oqshomlar jinchiroq shu"lasidan g"amgin yorishib turadigan pastakkina derazasi hayolimda namoyon bo"ladi.Goho urushdan qaytib kelmagan erini kutib boshqaga turmushga chiqmay umrini yolg"izlikda o"tkazgan o"sha sadoqatli kampir haqida she"rmi, hikoyami yozgim keladi mening.
  
  Men Ko"ki xolam haqida o"ylab yotgandim , bir mahal bobom ko"zoynagini olganicha enamga qarab "E, uxlasangchi, lattaparast!" desa bo"ladimi? To"g"risi, bunaqa qiziq so"zni birinchi bor eshitishim edi. Kulgim qistadi, lekin kulvorib bu yerdan ham quvilmay, hozir qorong"ida qayerga ham boraman degan o"yda kulgimni tiyishga urindim. Kulgidan lunjim shishib yuzlarim zo"riqib qizardi. Oxiri kulib yubordim. Meni ko"rib bobom ham kulib yubordilar. Qarasam, go"dakniki kabi tishsiz milklari va tili jinchiroq shu"lasida yaltirab enam ham kulyapti.
  
  Uchalamiz rosa kuldik. Kulaverib enamning ko"zlaridan yosh chiqib ketdi. Bobom kulgidan o"zini tiyib istig"for aytdi. Biz kulishdan to"xtadik. Men Ko"ki xolamning baqateragi ortidan ko"tarilgan porloq oyga, yorug" osmondagi bir parcha bulut po"stagini kemirayotganday g"imirlagan olmos kuyalarga o"xshash son-sanoqsiz yulduzlarga boqib, go"yo xum ichida hurayotganday bug"iq akkilagan tun itlarining xorg"in ovozlarini tinglab yotdim. Bir mahal ko"zim ilinib uxlab qolibman. Ertalab nonushtadan so"ng bobom meni xuddi qo"lga olingan dissident kabi yana uyimizga deportatsiya qildi.
  
  
  
  
  JUDOLIK
  
  
  
  
  
  Men ushbu qissamda jafokash onam kechmishlarini yozmasam bir buyuk qarz gardinimda ketadiganday. Onam bechora uzoq vaqt betob bo"lib yotgach, dadam boshqa ayolga uylanmoqchi ekanini, qizlarini olib ketishlarini Mirjalol opoq dadam va Mag"firat enamlarga aytgach, ular onamning yuk-taqini eshak aravaga yuklab, ko"rpalar ustiga bemor onamni yotqizishib, meni ko"tarib yig"lab-yig"lab jo"nab ketishgan ekan. Men u paytlar besh oylik bola bo"lganman. Ko"p o"tmay dadam uylangach, rashk o"ti onamni adoyi tamom qilgan. Muborak xolam "bolasini o"zi boqsin" deya, meni dadamlarnikiga olib kelib:- "Ol, bolangni o"zing boq!", deb so"riga otib yuborganda yo"rgagim chuvalanib ketgan ekan. Ertasiga bu voqeadan xabar topgan dadamning ukasi Fazil amakim meni olib borib: - "Ol, o"zlaring qara!", deya Mirjalol bobomlarnikiga tashlab kelibdi.
  Men tennis koptogiday u yoqdan bu yoqqa sur-sur bo"layotganimdan xabar topgan Abdusalom bobom dadam bilan amakimga tanbex berib, meni o"z qaramog"iga olgan ekanlar. Meni endi eridan ajrab kelgan befarzand Patila ammam boqa boshlagan. Ammam ham Ismon aka degan kishiga turmushga chiqib ketgach, meni dadamning ikkinchi xotini o"gay onam parvarish qilib befarzandligi bois, meni o"z bolasiday mehr qo"yib tarbiyalay boshlagan.Men o"shanda yetti oylik bola bo"lganman.
  Shunday qilib, akam ikkimiz o"gay ona qo"lida o"sa boshladik. Men sekin - asta es tanib ulg"ayib maktabga qatnaydigan bo"ldim. Maktabdan bo"sh paytlarimiz Erkin degan do"stim bilan Qoradaryo yilg"inzorlarida sigir boqardik. Yilg"inzorlar aro chivinlarni dumi bilan yalqovlarcha xaydab beg"am o"tlayotgan sigirlar, sigirlar shoxiga qo"nganicha sayr qilib yurgan maynalar, yoyilib oqayotgan daryo, qiy-chuv qilib shovqin solganicha uchayotgan sohil qushlari hamon ko"z o"ngimda. "Zilolmas" ya"ni "Zelenûy most" tomonda yuk tashuvchi poyezdlar chinqirig"i, Erkin ikkimiz yovvoyi odamlar kabi sigir xaydab o"tguvchi daryoning toshlari ko"ringan sayoz kechuvi, uzoqda qorayib ko"rigan to"qayzor, baland, haybatli jarlar poyini yalab oqayotgan daryoning vaximali to"lqinlari yodimda. Ba"zan onam meni tuqqan o"sha jonajon Vatanimning bir parcha jannatiy go"shasi tushlarimga kiradi.
  Men u yerlarni sog"inaman, Vatanimga ketgim keladi. Lekin buning iloji yo"q. Men yaqinda Bishkekdan turib telefon orqali qarib qolgan otam bilan gaplashdim.
  Salom-alikdan so"ng hol - axvol so"rashgach dadam:
  -Qayoqlarda yuribsan, bolam ? Nega kelmayapsan ? - dedi.
  -Dada, men borolmayman. Borsam qamab qo"yishadi. -dedim.
  -Nega qamashadi? Birontasini o"ldirib netib qo"ydingmi? -dedi, yana dadam.
  Men "xaqiqatni aytganim uchun" demoqchi edim, tomog"imga tosh tiqilganday dimog"im achib, ko"z yosh degan zaharli suyuqlikdan ko"zlarim achishib xiralashdi, kabina devoriga yopishtirilgan eslatma xarflari shuvalib ketganday bo"ldi go"yo.
  -Begona yurtlarda bola-chaqalaringni ham sarson qilib nima zaril. Jo"n yursang bo"lmaydimi, o"g"lim? -dedi dadam. U ham yig"lar edi. Ancha sukunatdan keyin u yana gapira boshladi. Bo"pti, endi, qayerda bo"lsang ham sog"-omon bo"l. Dadam meni uzoq duo qildilar.
  Mayli, bular haqida keyinroq xikoya qilarman. Hozir onamning o"limi bilan bog"liq bir voqeaga to"xtalgim keldi. Yoz kunlari edi o"shanda. Jiydalar qiyg"os gullab yotgan sohilda bolalar bilan sigir boqib yurgandik.
  Bir payt damba tomondagi tuproq yo"lni changitib kelayotgan velosipedli odamga ko"zim tushdi, u yaqin kelganda mening tog"am ekanligi ma"lum bo"ldi. Tog"am velosipedni qo"yib menga yaqinlashdi. Ko"risharkan u menga: Yur, seni olib ketaman. Onang senlarni ko"rgisi kelibdi - dedi. Men ortga tisarildim : - yo"q, men mol boqayapman, borolmayman, mening vaqtim yo"q - dedim. Bu gapimdan achchiqlangan tog"am sigirimni do"stlarimga tayinlab topshirib meni majbur uyga olib ketdi. Uyda dadamning onasi Fotima enam kutib turgan ekan. Tog"am bilan enam va akam ikkimiz yuk mashinasining aravasiga chiqib jo"nab ketdik. Enam mening boshimni silab nuqul yig"lar edi. Buni qaranki, bizlar yetib borganimizda, bechora onam olamdan o"tib bo"lgan ekanlar. Bizni onam yotgan uyga olib kirishdi.
  Shunda akam sog"inib ketgan ekanmi, ko"rpaga o"rab qo"yilgan onamning jasadi ustiga yotib uni quchoqlab oldi. Men borgani qo"rqdim. Janozadan avval onamni kafanlashib tobutga solishgach, tobut atrofida tog"alarim, xolalarim, enalarim "aytib" yig"lay boshladilar. Bir mahal bunday qarasam qimorboz kichkina tog"am oq qand yeyapti. Iye, nega hamma yig"layotganda tog"am qand yeyapti ekan, deya ajablandim."Qanddan mengayam bering "debmanda qarang. Adashgan ekanman. "Qayg"u alamdan yuzlari maxsidek bujmaygan" Muhammad tog"amning og"zida oqarib ko"ringan oq qand emas, tishlari ekan. Yoshligimda mening shaytonim tez edi. O"zimni tutolmay yelkalarimni silkitib kula boshladim.
  Xolalarim yig"lashdan to"xtab menga qahrli nigox tashladilar. Katta xolam kutilmaganda barmoqlari bilan biqinimni burab: - nega kulyapsan, toshbag"ir?! Yig"la! - dedi. Men bo"lsa, yig"lash o"rniga battar kuldim. Endi bilsam, bekor kulgan ekanman o"shanda. Aynan o"sha payt butun dunyo odamlari jo"r bo"lib qoralasa ham, meni oqlaguvchi, pora olmaydigan yakkayu yolg"iz advokatim, jafokash, mehribon onajonimdan manguga judo bo"layotganimni bilmagan ekanman.
  
  
  
  
  
  
  
   DISSIDENT
  
  
  
  
  Meni muxolifatchi bo"lishimga yoshlikda chekkan jabru jafolarim, noxaq zulmlar sabab bo"lgan. Akam ikkimiz garchand bir ota, bir onadan dunyoga kelgan bo"lsakda, fe"l-atvor jixatidan butunlay boshqa-boshqa, qarama-qarshi qutblar edik. Akam jangari, mehnatkash bo"lsa, men romantik edim. Dekabrning qor shamoli esayotgan sovuq kechalari qor uchquni tusharmikan deb soatlab qorong"u osmonga tikilib turardim. Qor yog"ishini orziqib kutar edim. Qor yog"ayotgan kechalar men uxlay olmasdim.
  Zulmatda bo"ralab yog"ayotgan qor uchqunlarini derazadan kuzatish, eng zavqli mashg"ulot edi men uchun. Ayniqsa, ertalab tursang dov-daraxtlar, uylarning tomi, chorbog"laru dalalar oppoq qorga belanib yotgan bo"lsa!
  Shunday qorli tonglarning birida qor og"irligini ko"taraolmay egilgan daraxt shoxlariga hayajon ichra hayrat bilan boqib "Eh-he-ey!" deganimcha ko"chaga chiqibman. Ariq ustidagi beton ko"prigimizning temir to"sig"i ustidagi qorni tilim bilan olib yemoqchi bo"ldim. Bir payt tilim temirga chip etib yopishib qolsa bo"ladimi. Tiling temirga yopishib qolsa gapiraolmay qolarkansan odam.
  -A-a-a-a! - deyman nuqul. Yaxshiyam deng, tashqariga chiqqan o"gay onam meni ko"rib qolibdi. Voy, o"lmasam - dedi u nima qilishini bilmay esankirab. Keyin yugirib uydan choynakda issiq suv olib chiqdida temirning tilim yopishib turgan joyiga quydi. Men "tuzoqdan" ozod bo"ldim.
  Shundan keyin uydagilar o"sha voqeani eslab uzoq vaqt kulib yurishdi. Men ayniqsa, bahorni yaxshi ko"rardim. Omborxonamizning loypaxsa tomiga chiqib, ko"m-ko"k bahor osmonida likillab yuqorilayotgan varraklarga, chorbog"larda gullagan o"riklarga, tomda xushtak chalayotgan bolalarga va havoda umbaloq oshayotgan kaptarlarga termulib o"tiraverar edim.
  Bir kuni yoz payti o"sha tomda o"tirgandim, qo"shnimizning xovlisida xotin-xalaj ovozi eshitilib qoldi. Qarasam, qo"shnimizning xotini qizlari bilan choyshablardan qilingan to"rt burchak to"siq ichida 16 yoshlardagi kichik qizini tog"oraga qip-yalong"och holda o"tqizib cho"miltiryapti. Men bunaqa erotik tomoshani hayotimda ilk bor ko"rishim edi. Vujudimda junbushga kelgan notanish g"alati hissiyotdan o"zimni noqulay sezib tomog"im qurib ketdi. Qilt etib yutindim. Men bo"ynimni cho"zib, yana tomosha qilayotsam, kutilmaganda akam chaqirib qoldi. Men shunday tomoshani beliga tepgan akamdan norozi bo"lib "obbo!" deya tomdan tushdim.
  -Yur mollarga o"t o"rib kelamiz - dedi akam qo"lida o"roq bilan velosipedni yetaklar ekan. Boyagina o"t o"rib keldikku. Yana boramizmi? Issiqni qara. Boshimizdan oftob o"tib ketadi! - dedim men. Akam g"azabdan ko"zlarini chaqchaytirib ostki jag"ini oldinga chiqardi:
  - Ortiqchasini quritib tomga bosib qo"yamiz. Qishda xashak sotib olmaymiz - dedi u. Men bormasligimni aytdim. Shunda akam: - Yashilikcha yur deyapman senga. Uchgacha sanayman. Bi-i-ir, ikki-i-i. Shu payt uydan dadam chiqib qoldi:
  - Ha?-dedi dadam akamga.
  -O"tga boramiz desam manaviningiz unamayapti- dedi akam.
  Dadam menga qovoq uyib qarab turdida, akamga: -Gapinga kirmasa, qorniga tep-dedi.
  Mening akam bilan jo"nashdan boshqa choram qolmadi. Issiqda o"t o"rgani Qoradaryoga jo"nadik. Biz Qoradaryo sohiliga baland jarlar aro "suvot" deb atalgan tik nishablikdan tushib bordik. Bu nishablikdan tushish qiyin emas. Qaytib chiqish it azobi. Biz sholipoyalarning pushtalarida o"sgan kurmaklarni o"rishga kirishdik. Akam o"radi, men o"rilgan o"tlarni tashib to"playman. Nihoyat o"tlarni arqonga bog"lay boshladik. Ixcham qilib bog"langan o"tlar tayyor bo"lgach bog"lamalarning birini yelkasiga olmoqchi bo"larkan, akam menga baqirdi: - Nega qarab turibsan, yordamlash!
  Men o"t bog"lamini ko"tarishda akamga ko"maklashdim. Akam bog"lamni ko"tarishga ko"tardi-yu lekin yuk og"irligidan muvozanatini yo"qotib, yonbosh-yonbosh bo"lib balchiqqa quladi. Men akamning balchiqqa belangan afti- angorini ko"rib, kulib yubordim.
  Akam bo"lsa g"azablanib: - Nimaga kulyapsan? Buvingni falondaqasiga kulyapsanmi-a, ey?- deya yerdan yarim kilocha keladigan toshni oldi. Qarasam vaziyat jiddiy. Men qocha boshladim. Akam yana baqira ketdi:- To"xta! To"xta, deyapman senga! Yaxshilikcha bu yoqqa kel, bola!
  Men to"xtab : - Borsam, urasanda!-deb yig"lay boshladim.Shu mahal akam: "Ur, Hamzani!", deya qo"lidagi toshni bor kuchi bilan menga otdi. Yarim kilodan mo"lroq keladigan haligi tosh "gup!" etib, mening belimga tegdi. Men: "axx!" deya, belimni ushlab azobdan burishgan yuzim bilan osmonga qarab ingradim. Nafasim chiqmay qoldi. Akam bo"lsa: -bahana qilma, iflos, hozir o"roq bilan kalangni olib qo"yaman. Yaxshilikcha bu yoqqa kel-dedi.
  Men qo"rqib qisqa-qisqa nafas olganimcha belimni paypaslab, yig"lab akamning oldiga keldim. Biz bir narsa qilib o"t bog"lamlarini yalanglikka olib chiqib velosipedga yukladik.
  Suvot deb atalgan qiyalikdan yuqoriga ko"tarilguncha bir yoqlik bo"lib qoldik.
  O"z yaqinlarimdan ko"rgan, ko"p jabru zulmlar mening yuragimda nohaqlikka, zo"ravonlikka nisbatan nafrat uyg"otdi.
  Garchand o"sha paytlarda akamning yosh ekanini, dadamning tarbiya usuli o"shanday bo"lganini xisobga olib, ularni allaqachon kechirib yuborgan bo"lsamda, ulg"aygach zolimlar bilan kurashib, mazlumlarni ximoya qilish odatimga aylandi.
  
  
  
  
  ShOIRNING O"LIMI
  
  
  
  
  
  Mening badiiy adabiyotga qiziqishim juda erta boshlangan. O"sha paytlari ko"chamizda Olimjon Matmurodov degan shoir yashardi. Ozg"in, bo"yi pastak, sochlarini o"stirib yelkasiga tushirib yurguvchi, chap ko"kragiga ignada o"yib siyox bilan Leninning rasmini chizib olgan,Ctalincha mo"ylov qo"ygan, qo"y ko"z bu kimsa hazil-huzulni, sharob ichishni yaxshi ko"rar, go"zal lirik she"rlar yozar, yozgan she"rlari, chizgan masxara rasmlari tuman gazetasida paydar-pay bosilib turar, mening bu noan"anaviy hayot kechirguvchi odamga havasim kelardi.Uning she"rlari ruh bilan yozilguvchi, o"qigan odamni sehrlaguvchi haqiqiy san"at asarlari edi.Afsus, ming afsus, uning yozgan she"rlaridan adabiy jamoatchilik bebahra qoldi.O"sha paytlar mahallamizning nomi Krupskaya deb atalar, qarilarning tili kelmay Krupskaya so"zini kirpiska deb talaffuz qilishardi. Biz Olimjon Matmurodov bilan bitta ko"chada turardik.Ko"chaning bir yonidan Qurama nomli katta arig" oqib o"tgani uchun dov-daraxt ko"p edi.Ariqning ikki chetida quloch yetmas tollar, azim teraklar o"sib shamollarda chayqalib yotardi.Odamlar ariq bo"ylariga turli-tuman gullar ekishar, ko"chalarni, ariq qirg"oqlarini yog" tushsa yalagunday qilib supurib qo"yishardi.Biz bolalar yozda toshib ketguday to"lib oquvchi o"sha Qurama ariq suvida ertadan kechgacha qiy-chuv qilib cho"milar,har zamon-har zamonda ariq qirg"og"idagi issiq qumda tyulenü, morjlar galasiday isinib yotib yana baqalarga o"xshab o"zimizni suvga otardik. Ba"zan o"zimiz kiyinib olib do"stlarimizning kiyimlarini, shimlarining poychalarini, ko"ylaklarining yenglarini yecholmaydigan qilib tugib tashlardikda, "Bezgak shoomol beyeez bez! Yaaalong"ochga eees es!" deb baqirardik.Shosha-pisha kiyinaman deb tugilgan kiyimlariga hayrat bilan qaragan do"stlarimizni ko"rib kulib qotar edik. Ko"chamizda biz bilan teng, lekin bizga ikkita keladigan Arabboy isimli soqov bola bor edi. Arab qachon qarasak jussasi kichik, ozg"in Isroil degan bola bilan mushtlashayotgan bo"lardi. Ularni Adham akam gij-gijlab urishtirardi. Uning gij-gijlashi ham qiziq bo"lib ikkita barmog"ini ko"rsatib Arab bilan Isroilga "Qaysinisisan?" der balandroq barmoqni ko"rsatgan raqiblardan biriga "Sol, bo"masa" derdi.Qarabsizki, Arab bilan Isroil qopog"on itlarday bir- biriga tashlanib mushtlashib ketar,ko"cha asfalüt bo"lmagani uchun chang to"zon ko"tarilar, bolalar: "Isroyiliston bilan Arabiston urishyapti! Sol,Arab!", "Ur, Isroil!"deb qiyqirishar, Arab bilan Isroil bir-birini urib dab-dalasini chiqarishardi. Mushtlashishlarda jussasi kichikligi tufayli Isroilga ko"proq talofat yetsada, u bo"sh kelmas, tengsiz,qaqshatgich "Janglarda" hech qachon mag"lub bo"lishni hoxlamas edi. Ko"chamizda Isroil-Arab urushi to Arabboylarning oilasi cho"lga ko"chib ketgungacha davom etdi.Yillar o"tib Arabboyning otasi oilasi bilan qishlog"imizga qaytib keldi. Lekin do"stimiz Arabboy qaytmadi. Aytishlaricha Arabboy dalani tekislayotgan traktor ortidagi baronaga sakrab chiqib olibdiyu uni chang-to"zonda traktorchi ko"rmay ketaveribdi. Arabboyning oyog"i toyilib mola orasiga tushib qolgach u shiqlar ostiga kirib ketgan. Shafqat neligini bilmaguvchi traktor Arabboyning jasadini sudrab yuraveribdi. Uning dodu voyini shovqin-suronda traktorchi eshitmagan. Arabboy shu tariqa fojiali o"lim bilan bu telba dunyoni tark etdi. Isroil esa hali ham bor. Umri uzoq bo"lsin.Bizning bolaligimiz kechgan o"sha olis zamonlarda asfalüt yotqizilmagan ko"chamiz yomg"ir yog"sa, tizza bo"yi loy bo"lib ketar, kattalar yo"l chetlaridagi tosh va g"ishtlarga hatlasa, yosh- yalang yog"och oyoqda sholipoyadan baqa izlayotgan laylaklarday yurib o"tishardi.Ba"zan extiyotsizlik qilgan odamlarning etiklari yo maxsisi loyda qolib ketgan hollar ham bo"lardi
  Kolxoz raisi va boshqa mutasaddilar bu holatga panja orasidan qarab kelayotgan, bir payt "Mushtum" jurnalida Olimjon Matmurodovning "Suvonqul suvoqchi" nomli maqolasi chiqdi. O"shanda shoir O"zbekistonda birinchi bor reklamaga asos solib:- Kimning uyini suvash kerak bo"lsa, bizga murojaat qilsin. Yomg"ir yoqqanda ko"chamizga somon tashlasak yo"lovchilar yordami bilan xash-pash deguncha, somonli loy tayyor bo"ladi. Ana o"sha loy bilan uylaringizni sifatli suvoqdan chiqarib beramiz. Hurmat bilan Suvonqul Suvoqchi, deya yozgan edi.
  Shu maqoladan keyin ko"chamizga shag"al to"ka boshladilar. Eng qizig"i, maqola yozgan Olimjon Matmurodovning uyi ro"parasiga ataylab shag"al to"kishmadi. Tabiiyki, shoir o"z noroziligini namoyish qildi.
  Shunda Qoravoy aka degan qurilish brigadiri o"sha shag"aldan olingan kaaatta tosh bilan urib, Olimjon Matmurodovning boshini yorib qo"ydi. Lekin shoir baribir o"z tanlagan yo"lidan qaytmadi. Qalami bilan nohaqliklarga qarshi kurashaverdi. Oxiri uni pichoqlab qo"yishdi. Mahallamizdan chiqqan bir o"jar shoir shu tariqa kasalxonada olamdan o"tdi.
  Men "Andijon voqealari"dan biroz oldin, Qoradaryoga borib baland jarliklar ustida turganimcha, daryo sohilida uzun cho"pak bilan yuzlab o"rdaklarni xaydab yurgan Bahodirni-shoir Olimjon Matmurodovning o"g"lini ko"rdim. Kiprikka qo"nib, erib ketgan qor zarrasiday qisqa, lekin, go"zal umr kechirgan shoirni yolg"iz qolgan kezlarim bot-bot eslayman. Shoirlik dardi, zolimlar ko"ziga tik qarash kasali menga o"sha Olimjon Matmurodovdan yuqqan bo"lsa ne ajab.
  
  
  
  
  
   "Kamoldin partkom"
  
  
  
  
  
  
  
  Qishlog"imizda Kamoliddin aka ismli kishi bo"lardi. Tabiatan quvnoq, xiyla shirali ovozi bor, odamlar ichida daromad qilib turib tortinmay katta ashula ham aytib yuboraveradigan, ko"zlari yirik-yirik, kulganda og"zi keng ochilib mayda tishlari ko"rinib ketadigan, o"rta bo"yli bu odamni yaqingacha, to fano topib favt bo"lguniga qadar yig"lagani u yoqda tursin, qovog"i uyulganini, kayfiyati pastlaganini ko"rmaganman. Bu ajoyib insonning laqabi "Partiya" edi. Ba"zilar "partkom" ham deyishardi. Ba"zilar esa Komoldin partiya so"zlarini qisqartirib Kompartiya deb qo"yardi.Ma"lum bo"lishicha, qachonlardir u kishi xalq orasida kommunistik partiya g"oyalarini targ"ib qilib kishilarni kompartiya a"zosi bo"lishga da"vat qilgan, alaloqibat ko"pchilik tirishib-tirmashib kommunist bo"lgan deyishadi. A"zo bo"lganlar o"z ilhomkunandalarini surishtirishsa, Kamoliddin akaning o"zi Kompartiya safiga o"tmagan ekan. Shundan keyin, Kamoliddin aka "Partiya" degan "muborak" taxallusga, g"ayrinusxa kunyaga loyiq, deb topilgan. "Komoliddin partiya" dalalarda ashula aytib, g"o"zalarga suv qo"yar, oftob o"tib ketmasin, deya boshiga gazetadan ayvonli qalpoq yasab kiyib olar, bo"sh vaqtlari soyaga o"sha gazeta qalpog"ini yozib undagi xabarlarni, maqolalarni o"qirdi. Charchasa ajriqqa yotib yuziga o"sha gazetani yopganicha uxlar, bironta xarif bilan qarta o"ynasa, o"sha gazetaga qarta taqsimlar edi. Hullas, gazetadan unumli foydalanar edi... Esimda, bir kuni u menga qiziq voqeani so"zlab bergan edi. Uning aytishicha Mirzavoy aka degan kolxozchi oy porlab yotgan yoz kechasi yolg"iz o"zi kimsasiz dalada g"o"zalarga suv tarab, suv agatlarni yuvib ketmasligi uchun dahanalarga organik o"g"it saqlanadigan suv o"tmas qog"oz qop parchalarini bosib yursa, kutilmaganda bir narsa qattiq shitirlabdi. U ishlashdan to"xtab quloq solsa, hammayoq jim-jit. Menga shunday tuyuldi, shekilli, deb yana ishlay boshlagan ekan, haligi tovush yana takrorlanibdi. Bu safar Mirzavoy aka qo"rqib ketibdi. Negaki, qishloq ahli aro aynan u suv tarayotgan dala to"g"risida xosiyatsiz bir hikoya yurar, unda aytilishicha, kechasi yolg"iz yurgan bir odam shu dalada oppoq kafanga o"ranganicha qo"lidagi yo"rgaklangan bolasiga mungli alla aytayotgan ikki boshli ayolni ko"rgani, qurquvdan og"zi qiyshayib, domla-xo"ja, chillayosinlar ham kor qilmay o"lib qolgani hikoya qilinar ekan. Bu mash"um rivoyat yodiga tushgan Mirzavoy aka ketmonini tashlab qishloq tomon qochibdi. Shitirlagan tovush esa, uni paydar-pay ta"qib qilib, ortidan quvishga tushibdi. Mirzavoy suvchi qo"rquv ichra chopib uyiga yetsa ham tovush ortidan ergashib kelaveribdi. Dorvozadan chopib kirgan mahal hovlida yurgan xotini uni ko"rib qo"rqib ketibdi. Mirzavoy aka xotinining:
  - Voy, nima bo"ldi sizga?! Nega qochyapsiz?! - degan savoliga:
  - Ikki boshli ayol quvib kelyapti! - deb yugirganicha uyga kirib ketibdi. Xotini so"rab-surishtirsa Mirzavoy suvchi nimadir shitirlab ortidan quvganini, ayniqsa uyga qarab yugirganda shitirlash kuchayganini, qo"rqib ketganini aytibdi.Xotini bo"lsa qo"rqish o"rniga kulib yuboribdi.
  - E, o"ling-e, shitirlagan mana bu belbog"ingizga qistirilgan qogoz qop parchasi shekilli. Yugirgan paytingiz shamolda shitirlabdi! - deb qotib-qotib kulibdi..
  Qishlog"imizdan chiqqan "siyosiy ispikulyant", shunaqa kulgili hikoyalarni so"ylab, suhbatdoshini zeriktirmaydigan quvnoq inson Komoliddin "partiya"ning kulganda keng ochilguvchi og"zi, delüfinniki kabi mayda, ammo sog"lom,oppoq tishlari, samimiy kulgidan yorishgan nurli qiyofasi umrbod yodimdan o"chmasa kerak.
  
  
  
  
  Birinchi muhabbat
  
  
  
  
  
  "Dunyoda muhabbat yo"q, muhabbat yo"li karavotgacha" degan gaplarga men qo"shilmayman. Chunki, yoshligimda buyuk sevgi shamoli meni garmselda qolgan ekinday sarg"aytirib ketgan. Qo"shnimizning Gulandom ismli qizini sevib qolib, jin chalib ketgan odamday ko"rpa-to"shak qilib yotib qolganman.
  
   Men uning diydoriga sira to"ymas edim. To"ylarga borsam uni qizlar ichida ko"rib, "oxx!", deya devorlarga suyanib qolardim. Unga sevgim izhor qilingan xatlarni yozardimu bergani jur"at qilolmasdim.
  - Kechirasiz, men sizni sevmayman. Menga boshqa xat yozmang. Mening sevgan yigitim bor, deya rad javobini yozsa, yoki xatimni yirtib, betimga otsa nima degan odam bo"laman, deya xavotirlanardim. Ba"zida uning yo"lini to"sib:
  - Guli, men sizni sevib qolganman, - deya yuziga dangal aytmoqchi bo"lardimu lekin uning oldiga bordim deguncha tildan qolardim.
  Ayniqsa qishlog"imizga kino kelsa men uchun eng quvonchli bayram boshlanar, mahalla qizlari bilan Guli ham kinoga borishini o"ylasam yuragim orziqib ketardi. Yuvinib, kiyinib oqshom, kino qo"yilayotgan joyga borardim. Qorong"i tushgach, odamlar ajriq ustiga o"tirganlaricha devorga osilgan, yelkanga o"xshash ulkan ekranga tikilib kino tomosha qilishar, ayni kino qizigan mahal "vo-oy!", deya qoqinib hamma yog"ini chumoli bosib ketgan ayollar ham bo"lardi.
  "Sangam" degan kinoni ko"rayotib esa, pionino chalib bevafo do"st haqida qo"shiq aytayotgan va ko"zlaridagi ko"z yosh to"kilib ketmasligi uchun osmonga qarab kuylayotgan Sundrga qo"shilib xo"ng-xo"ng yig"lagan odamlarni o"z ko"zim bilan ko"rganman.
  Men ham Sundr kabi uchuvchi bo"lishni, Vatan himoyasiga otlanib harbiy ahamiyatga ega bo"lgan yukni qamalda qolgan biznikilarga yetkazib parashutda sakraganimcha, yonayotgan samolyotni tark etsam , meni o"ldi, deb o"ylagan harbiy qo"mondonlik:
  - Xaldarsinx Vatan himoyasi yo"lida qahramonlarcha halok bo"ldi va unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi, deya, "Maslaxat" qishlog"idagi kolxoz idorasi oldida oliy qo"mondonlikning maqtov qog"ozini va o"rdenni qora kiyim kiyganicha dadasi Abdumalik aka bilan turgan Guliga topshirsa. Guli mening sevgimga e"tiborsiz qaragani uchun afsus nadomad ila oh-chekib lablari titrab maqtov qog"ozini yuzlariga bosganicha xo"ng-xo"ng yig"lasa, meni o"ldiga chiqarib, qo"ngiz mo"ylovli suratim chetiga qora lenta tortishgan payt dala gospitalida tuzalib kirib kelsam, so"ng Sundr kabi pionino chalib bevafo do"st haqida ko"z yoshlarim to"kilib ketmasligi uchun shiftga qarab ko"ylasam eri bilan turgan Guli:
  - Xaldarsinx, Xudo haqqi, bas qil, bu qo"shig"ingni! Yurak bag"rimni ezib yubordingku! - deb yig"lasa, men bo"lsam, yana kuylayversam, kuylayversam, deya orzu qilardim.
  Lekin, orzularim amalga oshmadi. Men uchuvchi bo"lolmadim. Harbiy xizmatdan kelsam, Guli Muzaffar degan bolaga turmushga chiqib ketibdi.
  Bir kuni u bilan qishloq guzarida uchrashib qoldik. Qo"lida bolasi, otasinikiga kelayotgan ekan. Yomg"ir chirsillab yog"ayotgan edi, o"shanda. Biz ko"rishib hol-ahvol so"rashgach, birga gaplashib yurib kela boshladik.
  Yo"lda u:
  - Xoldor aka, yoshlik paytlarimiz qanday ajoyib damlar ekan-a, xuddi ertakka o"xshaydi, - dedi.
  Men: - Ha-a- a, deb qo"yarkanman, kitoblari nashr qilingan shoir, yozuvchi bo"lsamda, zahiradagi so"zlarim xazinasi bo"m-bo"sh bo"lib nima deyishimni bilmay qoldim.
  - O"g"illaringizga to"y qilsangiz meni ham to"yga taklif qilasizmi? - dedi u yana.
  - Albatta, - dedim men. Nihoyat xayrlashadigan vaqtimiz ham keldi .
  Shunda Guli:
  - Xoldor aka, har doim ikkimiz birga yurganimizda shu yo"l tezda tugab qolaveradi-a?- dedi .
  Shunda Guli meni doim sevganini va hozir ham sevishini anglab yetdim. Yoshlikda o"zimni eng xunuk bola, deb o"ylab Guliga sevgimni izhor qilmaganim, turli shubhai ishtibohlarga borganim, tortinganim uchun o"z-o"zimni koyidim, afsuslandim. Biz yomg"irda uzoq hayrlashdik. Guli ortiga qaray-qaray uylari tomon ketarkan, u to ko"zdan g"oyib bo"lgunicha ortidan kuzatib, yo"l o"rtasida mung"ayganimcha yomg"irda turaverdim .
  Eh, Guli, Guli men-ku tortinibman, sen o"shanda, nega sevaman, deya aytmading, dedim ichimda, so"ng ruchkamni oldimda bloknotimga:
  
  
  
  Bugun men ko"chada
  Ko"rdim qachonlardir
  Sevgan qizimni.
  Sochlari oqarib
  Ozib ketibdi
  
  
  
  deya yozib qo"ydim.Bu dunyo juda qiziq ekan.Birinchi xotinim bilan ajrashgach, ikkinchi xotinga uylandim.Xotinimning ismi Gulsora bo"lgani uchun men uni Guli deb chaqiraman.
  Har gal Guli deganimda o"sha olislarda qolib ketgan birinchi muhabbatim Gulandom yodimga tushadi.Bu haqda xotinimga aytsam u kuladi.Menga rahmi keladi.Men Bishkek shahrida Gulandomga atab she"r yozdim. Quyida o"sha she"rni hukmingizga havola qilaman.
  
  
  
  
  
  Qadrdon qirg"oqlar
  
  
  (Bolalikdagi qo"shnimizning qizi Guliga)
  
  
  
  
  Oqar edi daryo yoyilib,
  Sensiz go"yo yashardim xumda.
  Oyog"ingni o"pardi suvlar,
  Erir edi izlaring qumda.
  
  
  
  Uchrashganda telbalar kabi,
  So"zlasholmay qolardik tildan.
  Yo"llaringda muxtoj nigoxim,
  Uzoq edi sekundlar yildan.
  
  
  
  La"l, javohir yulduzlar ila,
  Tun osmoni ketganda boyib.
  Uxlar eding baland so"rida,
  Sochlaringni daryoday yoyib.
  
  
  
  Muhabbatim g"arq bo"lgan daryo-
  Yot yostiqqa yoyilgan soching.
  Dalalikda kesishgan yo"llar,
  Ko"zlarimdan mixlagan xoching..
  
  
  
  Balki hamon bizsiz sohilning,
  To"lqinlari bir-birin quvar.
  Qoradaryo oy laganida,
  Yulduzlarni oltindek yuvar.
  
  
  
  
  2006 yil, 8 iyulü. Soat 14 : 41
  Bishkek shahri.Sovetskaya ko"chasi. 128 uy.
  39 kvartira.
  
  
  
  
  Don Ki Xot
  
  
  
  
  
  Men ilk bor mutaola qilgan badiiy kitob Anton Pavlovich Chexovning "Kashtanka" nomli asari bo"lib, u kitobda aks ettirilgan laycha it va u chekkan jabru jafolarni o"qib laychaga rosa rahmim kelgandi. Bir-ikki haftagacha birov bilan gaplashishni istamay asar hayoli bilan yolg"iz yashashni xohlab qolgandim. Tushkun kayfiyatdan meni "Don Kixot" asari halos qilgandi.
  Mgelü De Servantes Saavedra yozgan bu g"aroyib asardagi bosh qahramon Lamancheslik idalgo Kexona ismli novcha, chillashir, cho"qqisoqol, suvarak mo"ylovli jahongashta ritsarning va bu ritsarga yaroqbardor bo"lib yollangan pakana, doimo eshak minib yurguvchi meshqorin Sancho Pansalar boshidan kechirgan sarguzashtlarini o"qib kulaverib, qotib qolganman.
  Don Kixotning omborda yotgan eski sovut bilan dubulg"ani ta"mirlab kiyib, besunaqay nayzasini olib, yem yemaganidan ozib- to"zib ketgan qirchang"i otiga minganicha xo"rlangan, kamsitilganlar himoyasiga otlangani, shamol tegirmonini tegirmon shakliga kirib olgan yovuz sehrgar, deya o"ylab uning parragiga nayza urgani va parrakka ilinib qolib havoga ko"tarilgani hamda yerga chalpak bo"lib tushganini, qayta-qayta o"qib boshqalarni ham kuldirardim. 2005 yil bahorida Jamoldin aka degan inson bilan yana o"sha Lamancheslik idalgo haqida suhbatlashib qoldik. Jamoldin aka rahmatlik kulish o"rniga jiddiylashib:
  - Agar o"shnaqa qilgan bo"lsa, qip-qizil jinni ekanda, qiztaloq. Vey, jinni bo"lmasa kap-katta, nevara - chevarali odam jo"n turgan tegirmon parragiga nayza uradimi? Uning o"rniga namoz o"qisa bo"lmaydimi? Yanayam ularning hukumatiga rahmat, elning koriga yarab turgan tegirmonni ishdan chiqargani uchun o"sha kishini so"ltga berib qamatvormabdi.Shuncha jinnilik qilsayam kechiribdi. Bizda o"shanaqa qilib odamlarni himoya qilsin-a, ikkita oq xalatlik kelib shunday qo"ltig"idan oladi-yu, oyog"ini yerga tekkizmay, to"-o"-o"g"ri jinnixonaga olib borib qo"yadi. Juda bo"ysunmasa, cho"ntagiga nasha solib, tegirmon parragini ishdan chiqargani uchun davlatga faloncha moddiy zarar yetkazdi, jamoatchilik mulkiga qurolli hujum uyushtirgan xalq dushmani, deya qamoqda chiritib yuboradi - dedi.
  Men yaqinda mazkur asarni topib yana bir bor o"qib chiqdim. Endi negadir avvalgiday kulib emas, unsiz yig"lab o"qidim. Bechora Don Ki-Xot! O"zining chillashir, nosog"lom ekaniga qaramay, tahqirlanganlar, nohaq kaltaklanganlar, xo"rlab kamsitilganlar himoyasiga otlanib, jonini garovga qo"yib, zolimlar bilan kurashishga o"zida jur"at- jasorat topibdi.
  Bizchi, biz? Aqlan sog"lom, jismonan baquvvat bo"lsakda, nafaqat boshqalar, hatto o"z haq-huquqlarimizni himoya qilishga ham qo"rqamiz. Huquq himoyachilari atalgan xarom tamoq advokatlar, prokuror va sudüyalar bilan o"zaro jinoiy til biriktirib arzimagan aqcha uchun ayblanuvchi qolib kambag"al jabrlanuvchini nohaq tuxmatlar bilan qamatib yuboradilar. Xalq ishonch bilan ko"z tikib turgan kazzob, vijdonsiz polkovniklar, generallar juldur martaba, yirtiq pagonidagi yelim yulduz ilinjida iymonini sotib, xalqining qonini so"riyotgan xarom zuluklarni yoqlab, qonli jinoyatini oqlab Xudodan uyalmay, jallod hukmdorni farishtalarga tenglaydilar, maqtaydilar, xalqi bergan tuzni yeb tuzdonga tuflaydilar! O-o-o, Servantes Saavedra! Endi bilsam, biz o"qib qotib-qotib kulguvchi asaringni sen yig"lab yozgan ekansan!
  Jahonda birinchi bo"lib inson xuquqlari ximoyasiga asos solibsan! Mazlumlarga ishora qilibsan, yo"l ko"rsatibsan! Cho"chqa yog"ini tuzlaydigan, Alanso ismli xunuk beso"naqay ayolni - Dulüsineya Tabasso - deya uni aslzoda malika, sohibjamol parizod darajasiga ko"tara olgan Donki Xot sevgisi orqali bizlarga o"zining unchalik xushro"y emasligidan qisinib- qimtingan, qalbi kemtik, qiz-juvonlarni ulug"lashni, Haq yo"lida inson huquqlarini himoya qilib, kaltaklansak ham o"jarlarcha kurashaverishni o"rgatib ketibsan! Uzoq termulib turganda monoton tovushi ichki rezonans hosil qilib adept tafakkurini o"zgartirguvchi ulkan sharshara kabi sen yozgan kitob ongimni o"zgartirdirki, men endi kulgili kitoblarni yig"lab, xalqning intim tuyg"ulariga sentimentalizm bilan ta"sir etib, uni zolim hukmdor qopiga solib beruvchi, qayg"uli mayda asarlarni, qah-qah urib kulib o"qiyman, - deya xitob qilgim keldi, mening!
  
  
  
  
   Urushlarga o"qilgan la"nat
  
  
  
  
  
  Bu jahonda sadoqatli jon do"stning topilishi juda qiyin, ular juda kamyob bo"ladilar. Mening o"shanday jon do"stim bor edi. Abduvoxid ismli bu bolaning laqabi "Po"kis" bo"lib, u tabiatan quvnoq, qiziqchi, gapga chechan, qo"y ko"z, jingalak sochli bola edi. Ikkimiz bir-birimizni bir soat ko"rmasak, sog"inib qolardik va deyarli doim birga yurardik. Bir sinfda o"qirdik. Men ularning uyida o"z uyimizdagiday yuraverar edim.
  Do"stimning ota-onasi ham, akasi ham, opasi ham meni yaxshi ko"rishar, ular menga yaqin qarindoshday bo"lib qolgan edilar. Po"kisning otasi Yigitali aka, degan kishi bo"lib, novcha bo"yli, quvnoq bu odamni el orasida "Rakatak" deyishar, laqab bilan chaqirganlardan u aslo xafa bo"lmas edi. Yigitali akaning shirali ovozi bo"lib ba"zan ashula xirgoyi qilib qolar, do"stim ikkimiz uning repertuaridagi ba"zi ashulalarni yodlab ham olgandik. Bahor kunlari Po"kis ikkimiz hovlida o"ynab yursak, tamorqada yer ag"darayotgan Yigitali aka ketmon zarbini qo"shiq ohangiga moslab kuylay boshladi:
  
  
  
  
  Etigimni yechmayman,
  Suyuq oshingni ichmayman
  Qorda qarag"ay kesganman
  Hech haqimdan kechmayman.
  
  
  Poyizingni jildirgan
  O"txonasi bilan do"ngalagi
  Dvinskiyga ketdi, Andijonning
  Mard yigitining bir bo"lagi.
  
  
  Dvinskiyga ketmas edi
  Mard yigitining bir bo"lagi.
  Dvinskiyga ketkizvorgan
  Nikolayning zambaragi.
  
  
  
  
  
  U paytlar batareykaga ishlaydigan radiotranzistorlar chiqqan bo"lsada, hali kassetali magnitafonlar ishlab chiqarilmagan edi. Bo"ydoq yigitlar "Xazar", "Glala", "Okean" nomli tranzistorlarni ko"tarib sevgi haqidagi qo"shiqlarni yangratib, qizlarning boshini aylantirishar, bizning ularga havasimiz kelardi.
  Po"kis do"stimning Ne"mat akasi plata ustiga o"rnatilgan pristavka bilan havo to"lqinlariga chiqib radioqaroqchilik qilar, o"zining qo"lbola studiyasidan Sherali Jo"rayev, Dadaxon Xasanovlarning qo"shiqlarini havoga uzatardi. U zamonlar radioqaroqchilik yoshlar orasida rasm bo"lib radio qaroqchilar chastota talashib ba"zan bir-birlarini kurakda turmaydigan so"zlar bilan haqoratlar, havoda dahanaki janglar avj olar, ba"zilar efir orqali tanishgach, do"stlashib bordi-keldi qilib singillariga uylanib quda-anda bo"lib ketganlarining ham guvohi bo"lganmiz.
  Xalqparvarligi, tsenzura qoliplariga sig"magani, oqibat, "neformat" yorlig"i bilan sahnalardan chetlatilgan elimizning sevimli hofizi Sherali Jo"rayev qo"shiqlari muxlislarga aynan shu norasmiy radiostudiyalar orqali yetib borardi. Bu ishlardan iste"dodsiz bo"lishlariga qaramay sahnalarni, televizor ekranini, davlat radiolarini bo"shatmaydigan, tuzsiz qo"shiqlarini atala-bo"tqa kabi xohlamasa ham el og"ziga majbur tiqishtirgan hasadgo"y, hukumatparast xofizlar norasmiy radiostudiyalarni ich-ichidan yomon ko"rar, u radiostantsiyalani yopib tashlash kerak deya hukumatga ishoralar qilardi. Lekin yakka hukmron hukumat, QIZIL REJÛM ham, laganbardor ityaloqlar ham elni O"Z SEVGAN HOFIZIDAN ajrata olmadilar.
  Respublika filarmoniyasidagi qalbi qaro, yaloqxo"r rahbarchalar Sherali Jo"rayevni "xorda qo"shiq aytasiz" deya o"z hukmlariga bo"ysundirmoqchi, mazax qilmoqchi bo"ldilar. Lekin Xudo aziz qilganni butun dunyo xalqi qarshi bo"lsa ham xor qila olmasligini, Xudo xor qilganni esa butun dunyo odamlari yordam berib ham aziz qila olmasligini tushunib yetdilar. Sher akaga qazilgan chuqurlarga ularning o"zlari quladilar, sharmsor bo"ldilar.
  Ne"mat akam gohida Po"kis ikkimizga radiotranzistorni berib narigi mahallaga yuborar, shu tariqa efirdagi o"z mavqeini tekshirib turardi. Biz qo"shni mahallada turib radiodan Ne"mat akamning tanish ovozini eshitib bir-birimizga qarab og"zimiz qulog"imizga yetkudek iljayardik. Po"kis ikimiz Qoradaryoning baland jarliklari ustida o"tirganimizcha daryoning narigi sohilidagi yam-yashil aerodromdan ko"tarilib qo"nayotgan An-20 samolyotlarini zavq bilan kuzatib o"tirardik. Samolyotlarning paxtazorlardagi g"o"za barglarini to"kib paxta teradigan kombaynlarga moslash maqsdida zaharli dori sepayotib past uchganida uning qanotidagi yozuvlarini, samolyot kabinasida o"tirgan uchuvchini yaqindan ko"rgan biz bolalar terimizga sig"may quvonib shodon qiyqirganmizcha ustimizga yog"ilayotgan zaharli doriga ham e"tibor bermay yag"ir do"ppilarmizni havoda silkitib samolyot ortidan kuzatib qolardik. Albatta, zaharli dori sepishdan oldin aholini kolxoz radiouzelidan gapirib ogohlantirishardi. Zaharli dori sepilgan paxtazorlar chetiga odamzod boshchanog"ining irjaygan surati va ikkita qo"l suyagi aks ettirilgan lavhadagi "Kirma o"lasan!", degan yozuv o"rnatib qo"yilardi. Lekin, biz qiziquvchan bolalarni u narsalar bilan qaytarib bo"larmidi. Do"stim bilan tutun cho"zilgan yoz oqshomlari kolxoz klubi yonidagi ajriqlar ustiga yonboshlab klub tomidagi radiodan taralayotgan g"ijjakda ezib chalingan mahzun simfonik kuyni, ertakchi xola aytadigan ertakni va ertak adog"ida o"sha xola aytadigan g"amgin allani tinglardik. Qiziq-qiziq gaplarni topib gapirib qotib-qotib kulib to ajriqlarga shudring tushib qolgunga qadar suhbatlashib o"tiraverardik. Bu mahallar zulmatli osmonda son sanoqsiz yulduzlar charaqlab yotar, qayerdadir yulduz uchib, ortidan yorug" iz qoldirganicha qorong"u bog"lar ortiga o"tib ko"zdan g"oyib bo"lardi.
  Bir kuni Po"kis menga bir shisha qora kuzbaslakni ko"rsatdi. Men o"sha kuzbaslakdan bo"yoq sifatida foydalanib, Po"kislarning eski uyi devoriga yo"lbarsning rasmini chizib qo"ydim. Ne"mat akaning aytishicha, o"sha rasm haliyam o"chmay saqlanib turganmish. Bir gal do"stim Po"kis tog"asining harbiy xizmatdan kelganini, unga o"z xarbiy kamarini sovg"a qilganini aytarkan, kamarni ko"z-ko"z qila ketdi. Men yoshlik paytimda ham maqtanchoq odamni yomon ko"rardim. G"azabim qayoqdan keldi, bilmayman, shayton vasvasa qildimi, kutilmaganda musht bilan do"stimning jag"iga urdim. Zarbadan Po"kis muvozanatni yo"qotib yerga quladi. U tura solib so"kinganicha menga tashlandi. Men kulib qocha boshladim. U ortimdan quvdi. Bir mahal o"rtacha kalladay keladigan guvala qulog"imning yonidan o"tib yerga urilarkan, sakkiz bo"lak bo"lib ketdi. Men uyimizga kirib darvozani berkitishga ulgurdim. Alamzada Po"kis esa: Onasi o"lgan yetim! - deya baqirdi. Keyin yog"och darvozamizning yuqori qismidagi taxta panjaraga tosh kelib tegdi. O"sha panjara taxtasi haliyam siniq. Biz urushgan kunimiznig ertasigayok yana yarashib boyagiday apoq-chapoq bo"lib ketaverdik. O"shanda do"stim Po"kisni urganim uchun hali hanuz o"zimni kechirolmayman. O"z qilmishimdan nafratlanib Po"kisni urgan qo"limni bolta bilan chopib tashlagim keladi. Yillar o"tib biz ham ulg"aydik. Harbiy xizmatga chaqirishib sochlarmizni tap-taqir qilib qirishdi. Tengqurlarimiz birin-ketin harbiy xizmatga jo"nashar, jo"nash oldidan xayrlashuv kechasi o"tkazib, yor-birodarlar bilan xo"shlashar edilar. Po"kis mendan oldinroq, ketish kuni belgilangach, xayrlashuv kechasiga qishloqdagi yoshlarni taklif qildi. Biz Mehmonlarga xizmat qilib tongacha uxlamdik. Mxallaning qimorbozlari tongacha qartada qimor o"ynab chiqishdi. Ertasiga mening xayrlashuv kecham o"tkazildi. Biz ikki sutka uxlamdik. Kecha kuzagach, Po"kisning va mening oq surpdan tikilgan safar xaltalarmizga yig"layotgan qiz suratini chizib yirik xarflar bilan "Meni kutgil va men qaytarman" deya yozib qo"ydim. O"shanda do"stim safar xaltasidagi rasmga qarab rosa quvongandi. U xayrlashib, uyga qaytar ekan, negadir burni qonab ketdi. Birgalashib qonni to"xtatdik. Bu sutkalab uxlamay yurishning oqibati edi. Do"stimga rahmim keldi. Shunday qilib biz harbiy xizmatga ketdik. Men ikki yil Leningrada Sovet armiyasi safida xizmat qildim.
  Ex, Leningrad! Leningrad! Xarbiy xizmatda o"tgan damlarni, voqealarni yozsam, yana bir kitob bo"ladi. Bir kuni do"stim Po"kisdan menga xat keldi. Xatni ochib o"qisam, u:
  - Bizlarning harbiy qismimizni Afg"onistonga yuborishmoqda - deb yozibdi. U paytlar Afg"onistonda dahshatli urush ketayotgan edi. Javob yozib xatimda: Do"stim, o"zingni ehtiyot qil deya tayinladim. Hash-pash deguncha xizmat muddatim oyoqlarkan, uyga qaytdim. Beton ko"prigimiz ustida hamqishloqlar bilan ko"rishib tursam ko"cha boshida Ne"mat aka bilan do"stim ko"rindi. Biz bir-birimizga tomon yurgirdik, ko"rishdik... Shunda do"stimning o"ta ozib ketganini sezdim. Ma"lum bo"lishicha, Afg"onistonda ularning rotasi zaharlangan quduqdan suv ichib quyibdi. Bu mudhish voqea do"stimning xizmati oxirlayotgan bir paytda yuz bergani uchun u uyga qaytishga ulguribdi. Do"stim bizning uyda uzoq o"tirolmadi. Toliqib qoldi. Uyiga ketdi. Ertasiga uni ko"rgani bordim. Uni yotgan joyidan turg"azib, ko"chaga olib chiqdim. Kolxoz klubi oldidagi ajriqlar ustida xuddi bolalikdagi kabi birga o"tirib o"tmishni olislarda qolgan g"aroyib damlarni esladik. Po"kis Afg"oniston urushida ko"rgan kechirganlarini hikoya qilardi.
  - Bir kuni - dedi u - rotamiz qurshovda qoldi. Tepalikka joylashgan "dushman"lar rotamiz soldatlarini chumchuq otganday qirib tashladilar. Fojeadan xabar topgan qo"mondonlik harbiy vertolyotlarni yuborgach, "dushmanlar" otishmani to"xtatib g"oyib bo"lishdi. Bunday qarasam, haligina birga gaplashib yurgan quroldosh do"stlarimiz o"lib yotishibdi. Juda ozchilik omon qoldik. O"ris komandirimiz o"lib yotgan soldatlarga qarab xuddi farzandlaridan judo bo"lgan otaday ezilib yig"ladi. "Prostite rebyata, chto ya vas ne sberyog" dedi u yig"lab. Katafalka mashina kelgach biz o"liklarni aravaga xuddi o"tin sarjinlaganday yukladik. Mashina jilayotgan mahal men tizzasidan uzilib ketgan soldat oyog"ini etigi bilan olib, qolib ketmasin degan o"yda komandirga:
  - Komandir! Noga, noga Usmana! - dedim. Chunki o"lik yuklayotib Toshketlik Usmonning jasadi bir oyoqsiz ekanini ko"ruvdim. Komandir badtar yig"lab:
  - Da, tû zakopay yego, radi Boga!- deya baqirdi.
  - Shunaqa kunlarni ko"rib keldik, do"stim - dedi u uzoq-uzoqlarga xomush termulib. Keyin:
  - Mening ham bir oylik umrim qoldi halos. Bir oydan keyin o"laman - dedi u.
  - E, nafasingi issiq qil. Vahimaning uyasi ekansan-ku - dedim men. Do"stim g"amgin jilmayib qo"ydi.
  Toliqib qolmasin, deya men uni uyga olib kirib yotqizib chiqdim. Kunlar o"taverdi. Kunlar o"tgan sari do"stimning ahvoli og"irlashaverdi.
  Bir kuni uni ko"rgani kirsam, Yigitali aka do"stim yotgan pashshaxona yonida yig"lab o"tirgan ekan.
  - Kel, o"g"lim, kel - dedi u ko"z yoshlarini tiyolmay. So"ng:
  - Do"sting ham ozib, surnay bo"lib qoldi - dedi.
  Qarasam pashshaxona chetidan do"stimning qo"li chiqib turibdi. Xuddi tobutdan chiqarib qo"yilgan Iskandar shox qo"liday. Yigitali aka pashshaxonaga bosh suqib:
  - Abduvohid, ho Abduvohid, tur o"g"lim, oshnang keldi, - deya do"stimni uyg"otgan bo"ldi.
  Do"stimning endi uyg"onishga holi qolmagani aqlga ishora edi. Men:
  - Hojati yo"q, uyg"otmay qo"yavering. Damini olaversin. Men ertaga kelaman, - dedim.
  Ertasiga ertalab, uyg"onsam, do"stimning uyidan yig"i eshtilyapti. Zinapoyaga o"tirib qoldim.
  Musibatxonaga yetib borganimda ko"chada qo"l qovushtirganicha hamqishloqlar tizilib turardi. Darvoza chetida to"n kiyib, qiyiq bog"lagan Ne"mat akani ko"rdim-u o"zimni tutolmay yig"lab yubordim. Biz mahkam quchoqlashib ko"rishgan paytimiz Ne"mat akaning ko"z yoshlari tongi shudring donalariday har tomonga sochilib ketdi.
  Shunday qilib men yakkayu yolg"iz jon do"stimdan ayrilib qoldim. Oradan qancha yillar o"tgan bo"lsada, men hamon do"stimning ko"chasidan o"tmayman. Chunki bir kuni meni ko"rib qolgan do"stimning singlisi:
  - Xoldor aka, bizning uyga ham kirib turavering. Sizni ko"rsak xuddi akamni ko"rganday bo"lamiz - deya yig"ladi.
  - Kirsam yig"laysizlarda - dedim men.
  - Yig"lamaymiz - deydi singlisi yig"lab. Men ularning yig"isidan qo"rqaman.
  Meni shunday ajoyib do"stimdan ayirgan, do"stim singari ming-minglab yigitlarning yosh umrlarini xazon qilgan urushga la"natlar o"qiyman!
  
  
  
  
  
   "SPTU"
  
  
  
  
  
   Sakkizinchi sinfni tamomlab, to"qqizinchi sinfga ko"chgan kuz kunlarning birida dadam kutilmaganda menga:
  - Bilim yurtida o"qishni xohlaysanmi? -deb so"radi. Men hayron bo"ldim.
  Keyin birdan sevinib ketdim. Yaxshigina rasm chizishim bois dadam meni rassomchilik bilim yurtiga joylamoqchi shekilli deb o"yladim.
  - Ha, xohlayman - dedim men. Dadam men o"qishga boradigan bilim yurtining afzalliklari haqida gapira boshladi:
  - Yotoqxona bepul ekan. Buning ustiga bepul kiyim bosh, har kuni uch mahal tekin issiq ovkat berisharkan - dedi. Bu gaplarni eshitdimu tarvuzim qo"ltig"imdan tushdi.
  "Ha, tushunarli, demak, kiyim bosh xarajati va yegan-ichganim dadamga malol kela boshlabdi-da" degan o"y keldi hayolimga.To"g"ri, o"sha paytlari dadamga ham oson tutib bo"lmasdi. Bir gal kolxoz klubiga shahardan kontsert berish uchun bir gurux artistlar kelishgan edi. Yog"ochni qo"shiq aytdirib yuboradigan duradgor bo"lgani uchun dadamni rayis chaqirtirib saxna qurishni topshiribdi. Dadam shogirdlari bilan saxnani bitkazay degan mahal sim o"ramini bir chetga olmoqchi bo"lganda dadamni elektr toki urib o"lib ketishiga sal qolgan. Shundan keyin dadam oblbolünitsada uzoq davolandilar. Keyin shu - shu mehnat nogironiga aylanib qoldilar. Uning oladigan nafaqasi oilani boqishga yetmas edi. Men yosh bo"lsamda, buni bilar edim. Shuning uchun vaziyatni to"g"ri tushunib uning taklifini qaytarmaslikka qaror qildim. Shu ham harna oilaga ozgina yordam bo"lar deya o"yladim.
  - Qanaqa mutaxassislikka o"qitar ekan? - savol berdim men sir boy bermay.
  - Traktorchilikka - deya javob berdi dadam. Men o"ylanib qoldim. Chunki, mening qiziqqan soham texnikaga butunlay zid edi. Dadamga og"irim tushmasin degan o"yda:
  - Mayli, o"qiyveraman - dedim . Dadam xursand bo"lib:
  - Otlan, narsalaringni yig"ishtir. Hoziroq bilim yurti domlasiga seni topshirib kelaman - dedi.
  Narsalarim bilan ko"rpa-to"shagimni ko"tardim. Biz o"sha bilim yurti o"quvchilari paxta terayotgan kolxoz dalasi tomon yo"l oldik. Bilsam, u bilim yurtiga imtixonsiz qabul qilar ekan. O"sha kuni dadam meni dala shiyponida domlaga topshirib jo"nab ketdi. Men yetti uxlab tushimga kirmagan bolalar bilan tanishib, bilim yurti o"quvchisiga aylandim.
  Paxtadan qaytgach o"qishlar boshlandi. Baxtimga u yerda men qiziqqan fanlar o"qitilar ekan. Ayniqsa bilim yurtining kutubxonasi mening sevimli joyim edi. Men avvallari alohida odamlar shoir bo"lib ishlaydi deb o"ylar ekanman. Bir kuni tanaffus payti adabiyot fanidan dars beruvchi domlamizning stolidagi qalam bilan yozilgan she"rlarga ko"zim tushib qoldi.
  - Bu she"rlarni biron joydan ko"chirdingizmi? - deb so"radim domladan.
  Domla javob berish o"rniga kuldi:
  - Bu she"rlarni o"zim yozganman, - dedi u kulib. Men xayron bo"lib:
  - Iye, domla, siz shoir bo"lib ham ishlaysizmi? - dedim.
  Domla, yana kuldi:
  - She"rni hamma yozishi mumkin. Shoirlik kasb emas - dedi.
  Men bir zum jim turib qoldimda, yana savol berdim:
  - Men ham yozsam bo"ladimi?
  - Albatta - dedi domla.
  Bu orada qo"ng"iroq chalindi. Dars boshlandi. Men domlaning o"tayotgan darsiga quloq tutardimu unga havasim kelardi. Shu kundan men she"r yozib ko"rishga axd qildim. Darsdan so"ng qog"oz qalam olib she"r yozmoqchi bo"ldim lekin harchand tirishsamda biron misra she"r yozolmadim.
  Ertasi kuni domlaga she"r yozolmaganimni aytdim. Shunda u menga she"r yozish sirlarini o"rgatib shabboda haqida to"rt misra she"r yozib berdida uni davom etkizib kelishimni tayinladi. O"sha misralar hamon yodimda.
  
  
  
  
  Ey, shabboda, mayin shabboda,
  Yelganingda raqs etar barglar,
  O"ynoqlasang ko"kda, havoda,
  Qanot qoqib silkinada par.
  
  
  
  
  
  O"sha kuni domlaning yozib bergan yuqoridagi misralarini davom ettirib she"r yozib keldim.
  
  
  
  
  Tunda essang ko"kda to"lin oy,
  Tabassum-la, beradi dalda,
  To"lqiningga chidolmasdan soy,
  O"z kuchini sinar amalda,
  Yangi chiqqan momaqaymoq ham,
  Salomingga alik oladi,
  Bu hammasi, cheksiz yaylov ham,
  Og"ushingda o"yga toladi.
  
  
  
  
  She"rni o"qib chiqarkan domla, menga hayrat bilan tikilib qoldi-da:
  - Qoyil, kelajakda sendan yaxshi shoir chiqadi - dedi.
  Bu gaplarni aytgan domla, hozirgi zamon o"zbek adabiyoti aruzchiligida o"zining alohida ovozi va maktabiga ega shoir Farid Usmon edi.
  
  
  
  
  Shunday qilib men she"r yoza boshladim. Ajoyib kunlarning birida Rashid ismli do"stim bilan Olimjon Xoldor degan shoirning adabiyot to"garagiga bordim. Olimjon Xoldor xona to"rida stol ortidagi aylanadigan kursida qo"r to"kib o"tirar, shoirlar navbat bilan she"r o"qir, qolganlar o"qilgan she"rni muhokama qilardilar. Navbat menga kelgach, men qurbaqa haqidagi she"rimni o"qidim. O"choq tomon sakrab-sakrab borayotgan qurbaqa va unga o"choqdagi cho"g"ni otgan qilig"i sovuq bola aks ettirilgan bu she"rda qizil chivin deb o"ylab cho"g"ni yutib yuborgan ochko"z qurbaqa nfsi ammoraning ko"yiga kirib fojiali halok bo"ladi.
  She"rni o"qib bo"lganimdan keyin Olimjon Xoldor davraga yuzlanib:
  - Qani, bu she"r haqida kim fikr bildiradi - dedi. Kimdir qo"l ko"tardi. Ma"lum bo"lishicha, u shoir Nusrat Abdusalomov ekan. U o"rnidan turib mening she"rimni tanqid qildi.
  - Baqa hech qachon cho"g"ni yutmaydi - dedi u. Men juda xafa bo"lib ketdim. Shu payt yana kimdir qo"l ko"tardi. Bu menga tanish shoir Karimjon Qobilov edi. Oq sariqdan kelgan, cho"ziq yuzli, ko"zlari yirik-yirik, burni bulg"or qalampiriga o"xshash, siyrak , uzun sochlarini ortga tarab, kepka kiyib yuruvchi, bir oyog"i nogiron shoir o"rnidan turib men o"qigan she"rni yoqladi:
  - Xoldor kuzatuvchan bola ekan. Baqa haqiqatdan ham cho"g"ni yutadi. Bir kuni oqshom chekilgan sigaret qoldig"ini otsam, qizargan cho"g"ni qo"ng"iz deb o"ylab, bir qurbaqa, "liq" etib yutib yubordi.Keyin rosa tipirchiladi, bechara -dedi u.
  Shu payt to"rda o"tirgan Olimjon Xoldor kula boshladi. Yelkalarini silkitib uzoq kuldi. Ko"zlaridan yosh chiqib ketdi. U kula-kula gapira boshladi:
  - Bolalik paytlarim qozonda qo"y yog"i eritayotgan enam qozondagi jizzalardan kapgirda olib, o"choq boshida o"ralashayotgan tovuqlarga qarata sochgan edi, tovuqlar jizzani yeb olib tipirchilab qolgan. O"sha voqea yodimga tushib ketdi. Xoldorning yozgan she"ri tabiiy chiqibdi - dedi Olimjon Xoldor. Shu tariqa men ilk bor adabiy jamoatchilik nazariga tushdim.
  Yillar o"tgach adabiyotdan o"z o"rnimni topdim. Muxlislarim ko"paydi. Hatto, meni ustozim deya ataydigan yosh ijodkorlar ham paydo bo"la boshladi.
  Kitoblarim nashr qilinib, O"zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a"zosi bo"ldim. Odamlardan eshitishimcha Farid Usmon bir davrada fahr ila:
  - Xoldor Vulqon mening shogirdim. O"sha bitta shogirdimning o"zi yuzlab shoirlarga bas kela oladi - degan emish.
  Do"stim qazo qilgach qishloqda turgim kelmay qoldi. Borliq huvillab dunyoda yolg"iz bir o"zim qolganga o"xshardim. "Bo"ynidan bog"langan it ovga yaramabdi", deganlariday ilmiy tilda SPTU, oddiy avom tilida "Latapizu", deb atalguvchi hunar maktabini a"lo baholarga tamomlab diplom olgan bo"lsamda, u diplom bilan bir kun ham ishlamay o"z sevgan hunarim rassomchilik bilan tirikchilik qila boshladim. Kuyganyor degan joydagi temir-beton zavodiga bezovchi rassom bo"lib ishga kirdim. U yerda men zavod idorasining xonalarini ko"rgazmali agitatsiya bilan jihozlab, pannolarga moybo"yoqda rasmlar ishlardim. Ishchilarni kommunistik zarbdor mehnatga chorlaguvchi shiorlarni tez-tez yangilab yozib turardim. Bundan tashqari, kolxoz-savxozlardan, turli tashkilot va muassasalardan buyurtmalar olib qo"shimcha pul ishlashga harakat qilardim.
  Bir kuni nufuzli bir tashkilot hovlisidagi stendga moybo"yoq bilan ishchi qizning suratini chizib uyga ketdim. Ertasiga kelsam, haligi qiz surati chaplanib ketibdi. Rosa g"azabim keldi. Surishtirib bilsam, o"sha kech rahbarlar idorada ziyofat uyushtirib rosa ichkilik ichishibdi. Mast bo"lib qolgan bir deputat bo"yog"i qurimagan qiz suratini o"paverib haromga aylantirib yuboribdi. Deputatni topib rosa ursammikan deb tursam hamskasb do"stim Oxunjon kelib qoldi. Unga voqeani aytib bergandim, uning ham hasrat xaltasi ochildi:
  - E, Xoldorjon, bu hech narsa emas. Men bir tashkilotdan buyurtma olib o"sha tashkilot binosining peshtoqidagi Leninning rasmini ta"mirlaydigan bo"ldim. Peshtoq juda baland bo"lganidan lesa tiklashga to"g"ri keldi. Lesaning eng yuqori qismiga qalin taxtalar yotqizib ishga kirishdim. Bo"yoqlarni shogirdlarim pastdan arqonga bog"lab berishadi. Men tortib olaman. Tomashabinlar to"planib mening ishlarimni kuzatishardi. Bir mahal ko"z tegdimi deyman, yoki taxta chirik ekanmi, oyog"im ostidagi taglik "qa-a-ars!" etib sinib ketsa bo"ladimi. Boshimda gazeta qalpoq, qo"limda mo"y qalam bilan kinoda suratga tushayotgan kaskadyor kabi pastgaqarab uchdim. Baxtimga pastda tuproq uyulib yotgan ekan. O"sha tuproq ustiga gursillab tushar ekanman, havoga chang buluti ko"tarildi. Tomoshabinlarning kapalagi uchib turgan joylarida qotib qolishdi. Bu mahal boshimga bir banka qizil bo"yoq kelib to"kildi. Men oyoqlarimdagi og"riq azobidan ingrab, oh-voh chekib, o"rnimdan turdimda, oqsoqlanib odamlar to"planib turgan joyga qarab yurdim. Odamlar qizil bo"yoqni ko"rib rassomning boshi yorilib, miyasining qatig"i chiqibdi deya o"ylab ura qochishdi. Keyin tez yordam kelib meni kasalxonaga olib ketdi. Bir oy kasalxonada yotdim. Ishonsangiz, buyurtmachi tashkilotdan ahvoling qalay deb it ham o"rmalamadi - dedi Oxunjon.
  Bu gaplardan qotib - qotib kulib chaplanib ketgan taglikni bo"yadimda, ishchi qizning rasmini qaytadan chizib qo"ydim.
  
  
  
  
  
  Tandir
  
  
  
  
  Yoshlikdan birga o"sgan do"stlarim ko"p. Ulardan biri Shuhrat bo"lib uni hamma Shurik deb chaqirardi. Shurik yoshligida bo"yi pastak, lekin juda chaqqon, serharkat, kulganda yumaloq yuzida ko"zlari yumilib yo"qolib ketardi go"yo. Qiyiq ko"zlarining tirqishida qorachig"i yiltillab turguvchi bu bola Ali Qulp akaning o"g"li edi. Ali Qulp aka Ikkinchi jahon urushi nogironi bo"lib qo"l hassasiga tayanib qaddini rostlasa bir oyog"i yerga tegmay ko"tarilib turar, uni qishloq ahli Ali Qulp deb atardi. Men yaqin-yaqingacha u odamning ismi Ali Qulp, ya"ni Ali Qulf (zamok) deb yurarkanman. Bilsam, u odamni el-xalq ismi o"rniga familiyasi bilan chaqirarkan. Ismga aylangan familiyasi Aliqulov ekan. Bezovchi rassom bo"lib ishlab yurgan chog"larim menga do"stim:
  - Tandir qurishni bilasizmi? - deb qoldi.
  - Bilaman, - dedim men.
  - Unda tandirimizni qurishga yordamlashvoring - dedi Shurik. Men, xo"p deb, yakshanba kuni Shuriklarning uyiga bordim. Meni do"stimning yetmish yoshlardagi onasi qarshi oldi. Ko"rishib hol-ahvol so"rashgach, kampir:
  - Biz onangiz rahmatli bilan birga kolxoz dalalarida ishlardik. Hayo-iffatli, dinu diyonatli, Xudo rahmati ayol edi, bechora - deya ko"z yoshi qildi kampir. Men Shurik bilan salomlashdim. U tandirga loy tayyorlayotgan ekan. Kelib men bilan ko"rishdi. Nonushtadan so"ng men eski-tuski kiyimlarni kiyib oldimda, ishga kirishdik. Avval tandirning diametrini cho"pak bilan o"lchab boshimni suqib uni ichlarini ko"zdan kechirdim. Gapirsam gapim aks-sado berdi.
  Jangillagan tandir ekan. Guvaladan taglik tayyorladik. So"ng Shurik ikkalamiz tandirni g"oyat ehtiyotkorlik ila ko"tarib taglikka o"rnatdik. Men tandir yonlariga kesak terib suvashga kirishdim. Shurikning onasi tandirga g"o"zapoya tiqib o"t yoqib qo"ydi. Tandir qora chaplamadan chiqqach, uni yung aralashtirgan loy bilan suvashga tushdim. Tandir bitib borgan sari kampirning duosi avjiga chiqardi:
  - Iloyo ilovondo, qo"llaringiz dard ko"rmasin. Savobning tagida qoladigan bo"ldingiz, bolam. Xudo xohlasa, ertaga shu tandirda somsa pishirib sizga ham kiritvoramiz - derdi.
  - E, hojati yo"q, - deb qo"yaman men. Shurik bo"lsa qo"llaridagi loylarni sidirib tandirni maqtardi:
  - Voh, xuddi mangu olov qarshisidagi qayg"uli ona memorial yodgorligiga o"xshab qoldi-ya! Ohak bilan oqlab qo"ysak bormi! E, kam bo"lmang do"stim. Xudojnik odamning ishi baribir boshqacha bo"larkanda.
  Men maqtovlardan yog"day erib tandirni suvashda davom etardim. Nihoyat tandir bitdi. Shurik ikkimiz kiyimlarni almashtirib yuz-qo"llarmizni yuvdik. So"ng so"ridagi ko"rpachalar ustiga o"tirib kampir o"t qalayotgan yangi tandirga qarab dam olib o"tirdik. Shurikning xotini katta charx tovoqda palov olib kelib dasturxonga qo"ydi. Biz guruch ostida qolib ketsin deb kampirga ko"rsatmay yarimta aroqni ikkiga bo"lib ichib shishani qoqladik. Kampir bo"lsa kelini bilan hamon tandirga o"t qalar, duo qilardi. Lekin kampirshoning xursandchigi uzoqqa cho"zilmadi. Kutilmaganda tandir "gum" etib yorildida, puchayib yonayotgan olov o"chdi qoldi. Hammamiz jim bo"lib qoldik.
  - E-e-e, juda chatoq bo"ldiyu - a? - dedim men, xijolat chekib.
  - E, hechqisi yo"q, - dedi Shurik.
  - Sira xijolat chekmang, bolam. Ko"z tegdi, ko"z tegib ketdi - deya ko"nglimni ko"tardi kampir. Lekin mening ko"nglim o"sha yalpayib qolgan tandir kabi qayta ko"tarilmadi.
  O"sha voqeadan keyin bir-ikki hafta Shuriklarning ko"chasidan o"tmay yurdim. Qo"lingdan kelmagan ishga qo"l urma deb ota-bobolarimiz juda to"g"ri aytishgan ekan.
  
  
  
  
  
  Isyon
  
  
  
  
  
  Mening bir yomon odatim bor. Bir ishni qilaman dedimmi, albatta ertami-kechmi uni amalaga oshiraman.
  Bu fe"limdan to"g"risi, o"zim ham qo"rqaman. Qaysidir davrada men she"rlarimni jamlab kitob chiqarmoqchi ekanligimni aytgandim. Keyinchalik bu gapimni quloqma - quloq eshitgan bir kimsa masxaromuz kulib, - He, o"sha bola kitob chiqara oladimi? Valdirayveradi-da, debdi. Ko"p o"tmay, men "Laylatulqadr" nomli kitobimni Toshkendagi "G"afur G"ulom" nashriyotida nashr qildirib bir donasini "Valdiraveradi-da" degan kimsaga sovg"a qildim va dasxat yozib berdim. Bir gal qishlog"imizdagi o"rta maktab direktori Jamila opa menga: - Uka, tasviriy san"at o"qituvchisi yo"q. Maktabda bolalarga shu fandan dars o"tib turolmaysizmi? - dedi. Bu gaplarni eshitib o"qituvchisiz qolgan o"quvchilarga rahmim keldi va opaning iltimosi bilan maktabda tasviriy san"atdan dars bera boshladim. Maktabda o"qituvchilarning "To"garak" degan yig"ilishi bo"lib barcha navbat bilan haq berar ekan. Shunday davralardan birida osh yeb o"tirib kayfi oshib qolgan o"qituvchilardan biri oliy o"quv yurtida o"qigani haqida maqtanib: - Oliy ma"lumotli bo"lmagan odam chala odamda - dedi. Bu gap menga og"ir botdi va haligi domlaga: - Namuncha maqtanasiz? Siz institutda o"qigan bo"lsangiz men Toshkent Davlat Universitetiga o"qishga kiraman - dedim. Domla meni o"qishga kirolmaydi deb o"yladi shekilli, makkorona kulib qo"ydi. Men o"sha yili ToshDUga o"qishga kirdim va maktabda til va adabiyotdan dars bera boshladim. O"sha yillari qishlog"imizda "sariq" kasalga chalinganlar va shu kasallik tufayli o"layotganlar soni ko"payib ketdi. Chunki, qishlog"imiz markazidagi aholi zich yashaydigan joyda yuqimli kasalliklar shifoxonasi bo"lib, u yerda uzoq-yaqindan kelgan sariq kasallar davolanishardi. Men kasalxonani zudlik bilan chekkaroq, aholi yashamaydigan joyga ko"chirish kerakligini aytib bong ura boshladim. Lekin Tuman rahbarlarining bu ishga parvoyi falak edi.Oxiri men bir to"yda so"zga chiqib:
  - Aziz hamqishloqlar, qishloq markazidagi kasalxona tezroq ko"chirilmasa yaqinda hammamiz "sariq"qa chalinib nogiron bo"lib qolamiz. Shuning uchun ertaga soat 12 da kasalxona yoniga boringlar. Norozilik mitingini o"tkazamiz - dedim.
  Ertasi kuni soat 12 da 300 chog"li odamlar to"planib " Yo"qolsin sariq bolünitsa!", deya to"polon qila boshladi. Fozil aka degan kishi ko"ylagini yechib mototsiklining benzabokidagi benzinga bo"ktirarkan, cho"ntagidan gugurt oldi, - Xoldor! - dedi u menga, - sen bizning boshlig"imissan! "Ogonü!" desang bas, kasalxonasiga o"t qo"yib yuboraman! Mening jondan aziz qizalog"imga ham shu kasalxona sabab, "sariq" kasali yuqdi va o"ldi! Ayt, uka! Nima qilay?! - dedi.
  Men Fozil akamni to"xtatdim: - Biz bu muammoni siyosiy muzokara yo"li bilan hal qilamiz - dedim. Tuynukdan qarasam, oq xalat kiygan vrachlar qo"rqib ichkarida u yoqdan bu yoqqa yugirib yurishibdi. Ko"p o"tmay raykomdan va militsiyadan bir gala xodimlar yetib kelishdi.
  Men qishloq ahli nomidan so"zlab kasalxonani ko"chirish to"g"risidagi qat"iy talabimizni aytdim. Ular qamab qo"yish maqsadida men bilan alohida, ichkarida gaplashmoqchi ekanliklarini aytdilar. Shunda hamqishloqlarim meni o"rab olib ulardan himoya qildilar. Hafsalasi pir bo"lgan raykom va militsiya xodimlari majbur muzokaraga kirishishdi.
  Odatlariga ko"ra va"dalar berib odamlarni tarqalishga buyurdi. Lekin odamlar tarqalmadi. - Qachon Xoldor Vulqon "Tarqal" desa, tarqalamiz - deyishdi ular.
  Shundan keyin militsiya boshlig"i menga - Odamlaringa ayt, tarqalishsin - dedi.
  - Agar aytilgan gaplar quruq va"da bo"lib qolaversa, bir hafta ichida kasalxona ko"chmasa, kasalxonaga o"t qo"yib yuboramiz! - dedim men.
  Xodimchalar yana bir bor va"da berishgach, men mitingni tarqatib yubordim. Ertasiga ertalab meni negadir militsiya idorasiga emas, rayon ijroiya qo"mitasiga chaqirishdi. Borib meni chaqirtirgan odamga uchradim. U Saydullo Begaliyev degan kimsa ekan.( Saydillo Begaliyev keyinchalik Izboskan tumaniga so"ng Andijon viloyatiga xokim qilib ham tayinlandi) U: - uka, sizni kechagi miting masalasida chaqirdik. Samolyotga bilet tayyor. Siz Toshkentga uchib Maslaxat qishlog"idagi yuqimli kasalliklar bo"limi muammosi bo"yicha O"zbekiston Sog"likni Saqlash Vazirligiga borasizda, hammasini shaxsan vazirning o"ziga aytasiz - dedi.
  Bu gapdan mening g"azabim qaynadi - Nega men Toshkentga borar ekanman? - dedim, nihoyat.- Yuqimli kasalliklar kasalxonasi tufayli epidemiya tarqalish arafasida tursayu bevosita el sog"ligiga javobgar ministringiz bu yoqqa kelishi o"rniga men boramanmi? - dedim.
  Saydullo Begaliyev menga bir zum tikilib turdida, - e, siz o"zi gap uqmaydigan bola ekansiz - dedi. Men shartta ortimga burilib tashqariga chiqib ketdim. Qishloqqa qaytib borsam, maktabda meni ishdan chetlatish uchun yig"ilish o"tkazishayotgan ekan.
  Yig"ilishda qorindor bir kimsa so"z olib menga: - sariq banisani ko"chirishni sizga kim qo"yibdi? Siz kimsiz? Kim bo"lib qolibsizki, sariq banisani ko"chirasiz?! Mana biz ko"chirsak boshqa gap. Bir necha o"ldir - medollanni sohibimiz - dedi u ko"ksidagi medalüga ishora qilib. Men kuldim - sariq banisani ko"chirish uchun albatta o"rden - medalli bo"lish kerakmi? Yuqimli kasallikdan qirilayotgan xalqni himoya qilish barchaning birday burchi emasmi? - dedim men.
  Uzoq muzokara tortishuvlardan so"ng meni ishda qolish yoki qolmasligimni ovozga qo"yishdi. Buni qarangki, ko"pchilik ovoz bilan meni ishda qoldirishdi.
  Meni Toshkentga jo"natib xufya yig"inda ishdan olinishimni rejalashtirgan raykom va militsiyaning fitnasi amalga oshmadi. Bir hafta deganda "sariq" kasalliklar shifoxonasi aholi yashamaydigan joyga ko"chirildi.
  Odamzod yoshing o"tganda bosib o"tgan yo"llaringa bot-bot nazar tashlar ekansan. Men ham ba"zan o"tmishimga qayrilib qarayman va umrimning qorong"u dashtlarini yoritib porlayotgan savob chiroqlarini ko"raman. Elga qilgan yaxshiliklarimni eslab yengil tortaman, xursand bo"laman. Hamda buyuk sarkarda, shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining:
  
  Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo"q,
  Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig".
  
  
  degan misralarini eslayman.
  
  
  
  
  
  
  Yakkaning yori XUDO.
  
  
  
  
  
  Men umrim davomida bir necha bor Allohning mo""jizalarini ko"rganman. She"rlarim tsenzura qoliplariga moslanmagani, qolaversa hasadguy, mayda guruhboz, mahalliychi dushmanchalar ichki ishlar bo"limi xodimlariga ko"rsatgan maxfiy ishoralari sabab adabiyot maydonida doim o"gaylanib, turtkilanib yurardim.
  O"zimni xafa qildirib qo"ymaydigan, paytini topib ancha-munchasini "Mo"yka"ga tortib qo"yishdan ham toymasligimni yaxshi bilgan latif fe"l atvorli hebbim g"animchalar yuzma-yuz kelolmay, zimdan ziyon, zarar, zahmat yetkazishmoqchi bo"lishar, lekin har gal fitnalari amalga oshmas edi.
  Bir kuni O"zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining Andijon viloyat bo"limiga bordim. Borsam, bir shoir yigit : - Biz yaqinda Toshkentda bo"lib o"tadigan yosh ijodkorlarning beshinchi seminariga ketyapmiz - deb qoldi. Men bo"lim mas"ul kotibi - Usmon akaga seminardan xabarsiz qolganim haqida gapirgandim, u mening uyushma mashg"ulotlariga kam kelishimni, boz ustiga uy adresimni bilmasligini aytdi.
  - Seminarga men ham boraman - dedim qat"iy.
  - Poyezd ketib qoldi, kech qoldingiz, taqsir. Shoir - yozuvchi yigitlarimiz qo"lyozmalarini Toshkentga jo"natganiga bir oy bo"ldi. Hozir borsangiz sizning qo"lyozmangizni kim ham o"qirdi. Qolaversa, yotoqxona, oziq ovqat masalasida siz uchun zayavka berilmagan, - dedi.
  - Mayli, nima bo"lsa ham boraman, - dedim men o"jarlik bilan.
  - A, unda o"zingiz bilasiz - dedi mas"ul kotib. Shunday kilib belgilangan kun poyezdga o"tirib - Toshkent qaydasan - deya yo"lga tushdik. Poyezdda bekor ketmayin deya qo"lyozmamni varaqlab tuzatishlar kiritib borardim. Toshkentga ketvommiz deb maqtangan yigit menga: - Aka, bekor ketyapsiz-da. Qo"lyozmalar bir oy oldin o"qiladi. Hozir sizning qo"lyozmangizni o"qishga olimlarning qo"li tegmaydi - dedi.
  Men indamadim. Ertasiga tongda Toshkentga yetib bordik. Biz bilan Habib Siddik, Vosid Ahmad kabi hajvchi yozuvchilar va Qimmatxon ismli shoira qiz ham bor. Nihoyat Yozuvchilar Uyushmasi binosi yoniga yetib keldik. Shunda ichkaridan shoir Azim Suyun chiqib, - Ukalar, qayerdan keldinglar? - dedi.
  Andijondan- dedik biz. Azim Suyunning fig"oni chiqdi - E, qanaqa mas"uliyatsiz odamlarsizlar, axir. Hamma viloyatlardan qo"lyozmalar keldi. Andijondan bitta ham qo"lyozma kelmadi-yu?! - dedi. Men bilan kelganlar bu gapni eshitib g"alati ahvolga tushib qolishdi.
  - Axir, Saloxiddin akadan berib yuboruvdik-ku! - dedi kimdir.
  - Qanaqa Saloxiddin? Hech qanaqa Saloxiddin kelgani yo"q - dedi yana Azim Suyun.
  Keyin menga qarab, - Uka, qo"lingizdagi nima? - deb so"radi.
  - Qo"lyozma - dedim men. Opkeling bu yoqqa - dedi u. So"ng mening qo"lyozmamni ichkariga olib kirib ketdi. Hamrohlarim asabiylashib bir-biri bilan baxslashar, u yokdan buyoqqa yurishardi. Oxiri qo"lyozmalarni olgan Saloxiddin ismli kimsani axtarib ketishdi. Ertasiga seminar boshlanib mening ijodim birinchilar qatorida muhokama qilindi. Mening qo"lyozmam Islom olimlaridan biri mashxur Olovuddin Mansurning shogirdi, Qur"on ilmining ulkan bilimdoni, adabiyotshunos olim, hozir taqdir taqozosi bilan chet elda yashayotgan Muqim Mahmudga topshirilgan ekan. Muhokamada so"z berishgach u arab tilida g"azallar o"qib mening she"rlarimni arab shoirlarining she"rlariga qiyosladi. Falon Arab shoiri rubob nega bunday yoqimli sadolar chiqaradi? Chunki bu rubob bir paytlar daraxt bo"lgan va o"sha daraxt shoxiga bulbul qo"nib sayragan. Deb yozgani haqida gapirdida, Xoldor Vulqonning she"rlari ham o"sha Arab shoirlarining she"rlari kabi kishiga betakror kayfiyat bag"ishlaydi dedi. Boshqa so"zga chiqqanlar ham mening havaskor emas, tayyor shoir ekanligimni aytib ijodimni yuksak baholadilar. She"r o"qitishib, hatto, televideniyaga yozib ketishdi. O"shanda men ilk bor O"zbekiston xalq hofizi Sherali Jo"rayev bilan ko"rishganman. Kontsertdan oldin Sher aka meni yuzlab ijodkorlar oldida she"r o"qitgan edi.
  O"tgan yili qiziq voqea yuz berdi. Kechki payt hovlida dam olib aylanib yursam, qo"l telefonim jiringlab qoldi. Bilsam, qo"ng"iroq kilgan odam mening she"rlarimni qo"shiq kilib kuylab yurguvchi Shahrixonlik hofiz Tolibjon Zokirov ekan. Salom-alikdan so"ng hol-ahvol so"rashgach u - Vulkon aka hozir tik turibsizmi yoki o"tiribsizmi? - dedi.
  - Tik turibman, tinchlikmi? - dedim men. - Yiqilib tushmaslik uchun stulga o"tirib oling - dedi u meni badtar hayratlantirib.
  Men so"ri chetiga o"tirdim, so"ng - ha ayting, nima gap? - dedim sabrsizlik bilan.
  - Haligi, "Vatan" degan she"ringiz bor ediyu o"shani Sherali Jo"rayev qo"shiq qilib Toshkentdagi Xalqlar Do"stligi saroyida aytibdi.
  Erkin Vohidovning "O"zbegim"ini, Abdulla Oripovning "Birinchi muxabbatim" she"riga bastalagan qo"shiqni va sizning "Vatan" she"ringizni qo"shiq qilib kuylabdi - dedi Tolibjon hayajon ichra. Men ishonmadim. Chunki, Tolibjonning hazilkashligini yaxshi bilardim. Bir kuni u qiziqchisi O"tkirning tuflilarini yechib qo"yilgan joyidagi taxta polga yuzli mix bilan mixlab qo"yibdi-da, buni bilmagan O"tkir, ketar payti xayrlashib tuflisini kiyib iplarini mahkam bog"labdi. Keyin yuraman deb munkib yiqilib rosa kulgi bo"lgan ekan. So"ng O"tkirga avvaldan olib qo"yilgan yangi tuflini sovg"a qilishibdi. Hazil - mutoibani yaxshi ko"radigan bu quvnoq hofizning gaplariga shubha qilib tursam, u kutilmaganida telefon orqali Sher aka aytgan qo"shiqni eshittirdi.
  Qo"shiqni eshitib bo"lgach negadir xo"rligim keldi. Ko"zlarimdan yosh chiqib ketdi. Chunki, bu ilk bor, chinakamiga qadr-qimmatimning joyiga qo"yilishi edi. Adabiyot yo"lida chekkan jabru jafolarimga, yozgan-chizganlarimga rozi bo"ldim. O"zimni xuddi, Nobelü mukofotiga sazovor bo"lganday his kildim. Mana, sizga Allohning mu"jizasi! - Yakkaning yori Xudo - deganlari, shu bo"lsa kerak-da.
  
  
  
  
  PARVOZ
  
  
  
  
  
  Yolg"izlikda simfoniyali kuylarni tinglash mening sevimli mashg"ulotim. Bax, Motsart, Shtraus, Vagner, Juzeppe Verdi, Chaykovski, Raxmaninov kabi buyuk kompozitorlar yaratgan ilohiy kuylarni tinglar ekanman, qaboxat, razolatga to"la mal"un dunyoni, jismu jasadimni tark etib osmonga ko"tarilaman go"yo va ucha boshlayman. Kecha radiodan taralayotgan Fredrik Shopenning "Mayorkada qish" simfoniyasini tinglaganimcha yerdan uzilib havoga parvoz qildim, bolaligim kechgan joylarga yuqoridan nazar tashladim. Iliq bahor kunlarining biri. Dadam ikkimiz oyoqlari bog"langan qo"yimizning yungini olyapmiz. Men qo"yning oyoqlarini bosib turibman.
  Sochlarini fashistik tashkilot a"zosining sochlariday taglab, tap-taqir qirdirib boshiga eskirganidan rangi o"ngib, qadimgi Yevropa olimlarining bosh kiyimiga o"xshab qolgan yag"ir do"ppisini kiyib olgan dadam qo"lidagi qaychi bilan qo"yning yungini olar, har zamonda ehtiyotsizlik sabab qo"y terisini qiyib qo"yib - Uxx, bellat! - der, so"ng o"sha qiyib qo"yilgan qo"y terisining ilvirab turgan qontalash jarohatiga xuddi kommunist ko"ksiga qizdirilgan temirni bosayotgan gestapochiday qora rangli dori shimdirilgan lo"pchikni bosar, dori jarohatni kuydirib achishtirsa kerak, qo"yimiz azobdan tipirchilar, atrofida aylanganicha bo"zlab marayotgan qo"zichog"iga soqqasi chiqqan ko"z qiri bilan qarab, ayanchli marab vidolashayotganga o"xshardi.
  Dadam bo"lsa yana bir-ikki qirqim adog"ida to"xtab, - Ixx, palakat, yomon qiydimu - der, mening kulgidan lunjim shishib zo"riqishdan bo"ynimgacha qizarib, portlab ketishdan o"zimni zo"rga tiyib turaman.
  Dadam yana jishbabasi chiqqan qo"yimiz jarohatiga dahriy kashfiyoti bilan osiy deb e"lon qilingan maqtul ko"ksiga qizdirilgan metall tamg"ani bosayotgan inkvizitor singari qo"y terisining tiriklay qiyilgan joyiga dorili lo"pchikni bosardi. So"ng tag"in ishga kirishar, uch-to"rt qirqim poyonida yana qaychi mudhish g"iytillab dadam - Uxx, belat - der, men bunday paytda kulgimni ortiq tutib turishga kafolat berolmay qolardim.
  Kulamanu shu ondayoq jiddiylashishga harakat qilaman. Nihoyat qo"yimiz yungini olib bo"lib oyoqlarini arqondan bo"shatamiz. Qoramtir dorilar dog"idan xoldarvey bo"lib ketgan qo"yimizning terisi harbiy dala komuflyaji ko"rinishini kasb etadi. U "so"yvorishmaganiga ham shukr, bay-bay-bay-ba-a-ay" deganday bosh chayqab shalpang quloqlarini tapillatdi. O"sha qo"yimizning juda og"zi ochiq edi. Ya"ni ko"p ma"rardi. Dadam uni yaxshi gap bilan bir necha bor tartibga chaqirdi, Lekin, u ma"rashini qo"ymadi.
  Yaxshi gapni uqmagach, dadam kuch ishlatishga majbur bo"lib qo"ra oldida poylab turar, qo"y ma"rashga og"iz juftladi deguncha u xuddi Jan Klod Vandam kabi oyog"i bilan qo"y tumshug"iga zarba berar, ba"zan qo"y "m" tovushini talaffuz qilgan kuyi ma"rashga ham ulgurmay tumshug"iga tepki yer, men kulib qotar edim. Oxiri, dadam qo"yimizning tumshug"ini chilvir arqon bilan bog"lab qo"ydi.
  
  - Ha, mara yana! Marachi, ha- ha! - der edi u qo"yimizga.
  So"z erkinligidan mahrum qilingan, haq-huquqi poymol bo"lgan qo"yimiz diktaturadan norozi holda atrofga umidvor, unsiz jovdirab qarardi.Mening qo"yimizga rahmim kelsada, bugungi O"zbek xuquq ximoyachilari kabi bu muammo qarshisida chorasiz edim.
  
  Ha, darhaqiqat, simfoniyali kuy qanotida uchib o"tmishni yuqoridan kuzatish naqadar yaxshi!
  Ana, men muzqaymoqni yeb qog"oziga toshni o"radimu singlim Anoraga uzatdim "Mana, senga muzqaymoq". Singilcham xursand bo"lib muzqaymoq qog"ozini ocharkan, yerga tushgan toshga qaragancha yig"laydi. Men esa kulyapman. Kechir, singlim, tentak akangni kechi-ir! - deyman. Lekin, u hamon yig"layapti.
  Ana, men sharikli ruchka uchidagi temirni yutib yubordim. Rangim oqardi. Dadam, ayam va akam menga termulib turib qolishdi. Tammom - dedi dadam jiddiy. - Endi buni tezroq kasalxonaga olib bormasak bo"lmaydi - deydi. Keyin menga, - Sal, ehtiyot bo"lmaysanmi?! Bo"l endi, yig"lamay kiyimlaringni kiy. Sen yutvorgan temirni olish uchun do"xtirlar qorningni yoradi - deydi.
  Men qo"rqib yig"layman. Dadam hamon jiddiy.
  - Qo"ying, yosh bolani qo"rqitmang, - deydi ayam. Dadam kulgisini yashirmoqda...
  Men esa hamon musiqali uchar gilamda Chol ibn Xattob kabi soqolimni shamollarda bayroqlab uchaman. Uchib borarkanman, chipta qop bilan o"ralgan baland so"riga ko"zim tushadi. Yulduzlar charaqlab yotgan kecha. O"sha so"rida enam ikkimiz yulduzlarga tikilganimizcha yotibmiz.
  - Devona, - deydi enam, meni ohista turtib - Uyg"oqmisan?
  - Ha - deyman men. Enam boshi ostiga uch-to"rtta yostiqni qo"yib yotar, u yotgandan ko"ra ko"proq o"tirganga o"xshardi. Men bo"lsam buning aksi. Yostiqsiz uxlashni yaxshi ko"rardim.
  - Nima, senga yostiq ham berishmaydimi deyman, shunday uxlashga ko"nikibsan - deydi enam.
  Men kulaman. So"ng enamdan uxlamayotganining sababini so"rayman.
  - Ha demay, go"rga kirib ketaman, bolam. Yorug" dunyoni tomosha qilib to"yib olay - deydi enam. So"ng: - Devona, men o"lsam nima deb yig"laysan? - deya so"raydi oqarib ketgan soch tolalari, yuzlari oy nurida yorishib, enam.
  - Enammo-o, enammo! Uyimizning ustuni enammo! Jigarimning butuni enammo! - deb yig"layman - deya javob beraman o"lim-yitimda yodlab olganlarimni aytib. Enam bu gaplardan ozg"in yelkalarini silkitib, tishsiz milklari va tilini oy nurida yaltiratganicha uzoq kuladi. Kula-kula ko"zlaridan yosh chiqib ketadi... Men yana uchaman. Uchaveraman, uchaveraman. Uzoqda tobut ko"targan odamlar ketib borayotgan yo"l uzra uchaman. Bu tobutdagi mayyit, mening mehribon enajonim. Men tobutdan oldinda tog"alarim bilan birga yig"lab borayapman,
  - Enammo-o-o, enammo! Uyimizning ustuni enammo! Jigarimning butuni enam-mo! Farzand dog"ida yongan suyaklarim go"rda ham sovimaydi degan enammo!
  
  
  
  
  Hosiyatli tush
  
  
  
  
  Nihoyat SSSR degan davlat hududida "Qayta qurish" bo"roni esa boshladi. Birov uni "Qayta qirish" desa, yana birov "Qayta quritish" der, so"z erkinligi yuzaga kelib, oxiri SSSR parchalanib ketdi. Men o"sha paytlari "Behosiyat tush" nomli hajviya yozgandim. U shunday boshlanardi:
  - Kecha tushimda o"lib qolibmanu meni azob farishtalari to"g"ri do"zaxga haydab ketishibdi. Do"zaxga kiraverishda g"orga o"xshash tosh kamera bo"lib u jahannam olovidan lopillab yorishar, do"zaxga hukm qilingan gunohkor odamlarning soyalari tosh devorlarda goh uzayib, goh qisqarar, u yerda odam ko"pligidan o"tirgani joy qolmagan edi.
  - Aka, sal suriling, biz ham o"tiraylik, oyoq tolib ketdi- dedim men qo"ng"iz muylovli ozg"in odamga.
  Badqovoq qo"ng"iz mo"ylovli indamay surildi. Men tosh o"rindik chetiga o"tirdim. So"ng qo"ng"iz mo"ylovliga qarab: - bratella, kechirasiz, siz juda ko"zimga issiq ko"rinyapsiz, Charli Chaplin emasmisiz, mobodo? - dedim. Qo"ng"iz mo"ylovlining g"azabi qaynadi. Ko"zlarining paxtasi chikdi: - Nima deding?! Nox ayn mal! Shvayne palütizayn! Xalt! Xende Xox! Fyureringni tanimay koldingmi qora yaloq? Men tomirida Oriylik qoni jo"sh urgan uchinchi reyx fyureri Adolüf Gitler bo"laman!
  Bu gaplarni eshitib rangim oqarib ketdi - Ha-a-a, endi tanidim. Uzr, bitte - dedim bazo"r. Gitler biroz jahlidan tushib, chap manlayiga osilgan baroq sochlarini to"g"rilab qo"ydi. Bir mahal, bo"yi pastakroq kallasi gavdasiga nomutanosib, qizil soqolli, tepakal kimsa o"rnidan turib men tamon kela boshladi. Tepakal yetib kelgach, bir qo"lida latta kepkasini ushlagan kuyi bir qo"li bilan kastimining baridan tutib ayyorona yiltillagan qiyiq ko"zlari ila ko"zlarimga jilmayib tikildi.
  So"ng: - menichi, meni tanidingizmi, o"ytoq? - dedi. Men bu odamni ham birontasiga o"xshatib gap eshitib qolmay deya jim turdim. Shunda u menga yordam bera boshladi:
  - Yassiya... Petyagyad... Smolüniy... Yevolyutsiya...-a? Esladingizmi o"ytoq? VKPB, EySDYP! Ishchi dehqonlay qo"zg"oloni, Butun Dunyo pyaletaylayi biylashingiz!..
  - A-a-a, tanidim, tanidim. Iye, buni qarang! Siz, o"rtoq Leninmisiz?!
  - Kechirasiz, Vladimir Ilüich, tanimabman. Boy bo"lar ekansiz! Sizni bu yerda uchrataman deb sirayam o"ylamovdim. Uchrashgan joyimizni qarang -a!
  Lenin suyunib ketdi: - Ha, bayakalla! Qalay, Tuykistonda bosmachilay hayakati tugatildimi?
  - Tugatilgan. Tugatilganu-u...
  - Ha, nega tugatilganu-u-u deyapsiz, o"ytoq?
  - Tugatildiyu, lekin, yaqinda, Vladimir Ilüich, SSSR parchalanib ketdi.
  - Nima?! SSSEY paychalanib ketdi? Iye, nega paychalanadi? Nimalay deyapsiz, o"ytoq?
  Leninning asabi buzildi. U, u yoqdan bu yoqqa yura boshladi. Men bo"lsam, - kechirasiz, Vladimir Ilüich, bu gaplardan xabaringiz yo"qmidi? - dedim.
  Lenin yurishdan to"xtab dedi: - Iye, qiziqsiz-a, vey, qayoqdan xabayim bo"ladi? Bu yeyda teletayp bo"lmasa... O"ylab gapiyyapsizmi, o"ytoq?
  - Ha, darvoqe, - dedim men.
  Kutilmaganda Gitler baqira boshladi, - O, Mayn Got! Zer gu-u-ud!
  O, mayn Got!
  Russish kaput! Xa-xa-xa! Kapu-u-ut!..
  Lenin yana u yoqdan bu yoqqa asabiy yura boshladi. Keyin to"xtab, Gitlerga qahrli karab qo"yarkan menga, - hokimiyat, ESEYlayning qo"liga o"tdimi? - dedi.
  - Yo"q, Vladimir Ilüich, hokimiyat Yelütsin degan odamning qo"lida. O"sha Prezident bo"lib saylandi.
  - A, saylandi? Yo" moyo... Nega saylanadi? Nega bolüsheviklay buyjuaziyaga yo"l beyadi? Yo moyo!
  Lenin shunday deb tizzasiga shappatiladi.
  - Kechirasiz, Vladimir Ilüich, bu yerlarda nima qilib yuribsiz? - so"radim men.
  E, qayamaysizmi, o"ytoq, Mayks bilan Yengelüsning gapiga kiyib Xudo yo"q deb yuyaveyibmiz... - dedi Lenin afsus nadomat bilan kepkasini mijg"ilaganicha jahannam oloviga havotirli qarab.
  Shu mahal sochlari orqaga taralgan, shop mo"ylovli, harbiy kitelü, galife shim kiygan bir qo"li shol, suvarakko"z odam trubkasini so"rib, menga yaqin keldida, - Kamarjo"ba, genatsvali - dedi.
  - E, salom, o"rtoq Istalin, - dedim men uni darhol tanib.
  - Salom, salom - dedi u trubkasini shimib - Qalay, O"zbekistonga ko"chirilgan, Qirim tatarlari, Ukrainlar, Chechenlar yangi joylarga ko"nikib ketishdimi?
  - E, yo"q, ular o"sha paytlardayok ochlikdan kirilib ketishgan o"rtoq Istalin - deya javob berdim men.
  Stalin trubkasini og"zidan sug"urdi - A-a-a, million-million odam-a? Qirilib ketdimi? O, bachchag"a-a-r! Uning muylovli og"zi xas xashaklari osilib turgan kovakka o"xshab qoldi,
  - Urushda va "Gulag" arxipelagida undan ham ko"p odam qirilib ketgan. Siyosiy qatag"on qurbonlaridan biri - Soljenitsin degan odamga Nobelü mukofotini berishdi. Butxona, sinagoga, masjidlarni buzib, Ravvin mulla, monax, axramanlarni Sibirüga surishganidan, shoir yozuvchilarning otib tashlanganidan, nahotki bexabar bo"lsangiz, o"rtoq Istalin? - dedim men.
  - Tuhmat! - dedi Stalin, - Zinovüevni, Buxarinni, Sverdlovni, Kirovni va boshqa yuqori eshalondagi opponentlarimni bir yoqlik qilganim rost. Lekin qolganlarini men o"ldirmaganman! Qolganlar o"zlarini o"zlari sotib, qamatib o"ldirgan bo"lsa kerak. Keyin, Beriya bu ishlarni menga to"nkab qo"ygan. "Holvani hakim, kaltakni yetim yebdi" degani shu bo"lsa kerakda. - Hoy, Genatsvali, Yaponlarda bir maqol bor. O"tmish o"tdi. Kelajak noaniq. Bugungi kun bilan yasha degan. Yaxshi gaplardan gaplashaylik. Kanallar qazilib, suvlar ko"payib Mirzacho"l ham paxta yetishtiradigan yam-yashil dalalarga aylangandir-a? Haligi, boshida bir tuki ham yo"q, doim yalangbosh yuradigan, Fantomasga o"xshash yigit bor ediyu. Hah, oting qurg"ur djigit. Haligi kanal qazadigan. Men unga eski soatimni sovg"a qiluvdim. Yig"ilishga kech qolganida...
  - Ha-a-a. Usmon Yusupovmi-i?..
  - Ha, ha, xuddi o"sha. Men unga, - Seni Moskvaga olib kelay deymanu Moskvaning hamma joyidan kanallar qazib tashlaysan deya qo"rqaman degandim. O"sha djigit - O"rtoq Stalin, Vatanga sifatli va mo"l-ko"l tola armug"on etish uchun cho"lu biyobonlarga ham paxta ekyapmiz. Agar ruxsat etsangiz, kuzda hosili yig"ishtirilgan dalalar ustiga kilyanka yopib, paxtani dala parniklarida ham yetishtirsak. Vatanimiz paxta mustaqilligiga erishgan bo"lardi - degandi. Uning orzulari ruyobga chiqqandir?
  - E, qayoqda, o"rtoq Istalin, cho"lga suv haydagan daryolar qaqrab, ekologik muvozanat izdan chiqdi. Orol dengizi quridi. Qoraqalpog"iston va Xorazm vohalarini sho"r qum bosib bormoqda.
  Men aynan shu mavzuda "Pushaymon" nomli she"r yozgandim, o"qib beraymi?
  Stalin soatiga qaradi. - Mening vaqtim ziqroq edi. Ha, mayli, o"qi. Faqat qisqa qilib... Qani...
  Men she"rni qiroat bilan o"qiy boshladim:
  
  
  
  
  Yoshligimda cho"l quvar edim,
  Quvar edim cho"llarni yomon
  Cho"llar mendan qo"rqib qochardi,
  Kulgim qistar eslasam hamon.
  Quvmay desam uyqu bermasdi,
  Quvarlikning muqaddas burchi,
  Bo"ronda ham quvlayverardim,
  Ko"zda qumning kalampir-murchi,
  Bilsam bekor quvgan ekanman.
  Daryolarda quridi suvlar.
  Qasos dunyo ekan, bu dunyo,
  Bugun endi, cho"l meni quvlar.
  
  
  
  Stalin trubkasini tishlaganicha vazminlik bilan qarsak chaldi - Vah, malades, genatsvali! Malades! Shota Rustaveliga o"xshab yozarkansan.
  Men Stalin maqtovlariga shubha bilan qarab - Ko"ngil uchun qarsak chalyapsizmi, o"rtoq Istalin? - dedim.
  - Nimalar deyapsan, bijo, shunday joyda yolg"on gapiramanmi? Qara, jahannamning yonishini. E, Xudo, o"zing kechir, osiy quling Iosif Jugashvilini! Qancha-qancha butxonalarni, qo"ng"iroq xona minoralarini qulatdim! O, Gospodi!
  Shu payt mahkumlar ichidan Usmon Yusupov sug"urilib chiqdida:
  - Salom, o"rtoq Stalin - chaqirtirgan ekansiz... - deya, qo"l qovushtirdi. Stalin trubka mundshtugini og"zidan sug"urib Usmon Yusupovga biroz qarab turdida:
  - Ahmoq, qayerlarda yuribsan, Buxarinning dumi? Xalq dushmani! Orol dengizini quritibsanu! Endi nima qilamiz? Paxtani endi enangni anaqasiga ekamizmi, ogorodiga? - dedi.
  Usmon Yusupovning rangi ohakdek oqardi. So"ng, tiz cho"kib - Meni kechiring, o"rtoq Stalin! Bu ishlarda meni aybim yo"q! "Mirzacho"lni o"zlashtirish" o"rtoq Leninning loyihasi bilan amalga oshirilgan.
  Shu mahal Lenin yugurib kelib baqira ketdi:
  - Nima? Nima deding? Men "Miyzacho"l" degan so"zni endi eshitib tuyibman. Loyihada "Golodnûy stepü", deb yozilgan. Matü tvoyo... Kommunistik paytiya shaniga dog" tushiydingku yayamas! Paytbiletni stolga qo"y! Kontya! Yot unsuy!
  - Yo"q, hech qachon! Partbiletni topshirgandan ko"ra o"lganim yaxshi! - Usmon Yusupov shunday deya o"rnidan turdida, "internatsional"ni bas ovoz bilan kuylay boshladi:
  Qo"zg"ol, ey, la"natla tamg"alangan, qullar va ochlar dunyosi!
  Egniga yo"l-yo"l chopon, oyog"iga kirza etik kiygan yalangbosh, cho"qqisokol Yo"ldosh ota Oxunboboyev ham unga jo"r bo"ldi.
  Kutilmaganda Usmon Yusupov olovli lava oqayotgan jahannam sari yugirib:
  - Yashasin xalqlar dadasi, o"rtoq Stalin! Stalin uchun! - deya olov daryosiga o"zini otdi. Uning ortidan - Butun Dunyo proletarlari, birlashingiz!
  San"atsiz turmush vahshiylikdir! O"roq bolg"a, hamisha olg"a! - deganicha yugurib borib Yo"ldosh Oxunboboyev ham jahannam otashiga o"zini otdi.
  Bu voqeani loqaydlik bilan kuzatib o"tirgan Adolüf Gitler xrom etigini qo"njisidan lab garmonini oldida baroq sochlarini manglayiga osiltirganicha kuy chalib qo"shiq ayta boshladi:
  
  
  
  Fele Konen mix beneden
  Veles glyuk kan grober zayn
  Diyezes groble, diyezes shonste
  Diyezes beste land ist Mayn...
  
  
  
  Bir mahal uyg"onib ketibman. Qarasam, nim qorong"u subhi sodiq, g"ira-shirada radiodan:
  
  
  
  Navbahor ayyomi bo"lmish men diyoru yorsiz.
  Bulbul o"lg"ondek hazon fasli gulu gulzorsiz.
  
  
  Gohi sarv uzra gahi gul uzra bulbul nag"masoz,
  Vaxki, menman gungu lol ul sarvi gul ruxsorsiz.
  
  
  Ravza ashjori o"tindir gullari jonimg"a o"t,
  Mumkin o"lsa anda bo"lmoqlik dame dildorsiz.
  
  
  Ahli zuxd ichra Navoiy topmadi maqsadg"a yo"l,
  Vaqtingizni xush tuting ey, ja"mikim xummorsiz.
  
  
  
  
  degan qo"shiq yangrar edi.O"sha mudhish tush aks etdirilgan yuqoridagi hajviy hikoyam adabiy jamoatchilik orasida ancha shov-shuvga sabab bo"lib qamalib ketishimga oz qolgandi.
  
  
  
  DOMLA
  
  Men ToshDUda sirtdan o"qib, qishlog"imizdagi o"rta maktabda o"quvchilarga Ona tili va adabiyotdan dars berib yurgan kezlarimni o"ylab: - Ex, qanday yorug" va ajoyib damlar ekan u damlar! - deya, hech kim bo"lmasa ham o"zimga o"zim jilmayib qo"yaman. Hayot deganlari qiziq ekan. Yoshlikda yoniga yo"lab bo"lmaydigan, jiddiy domlalar bilan vaqtlar kelib, o"quvchilarga dars beraman, ular bilan ulfatchilik qilaman deb sira o"ylamagan edim. Maktabda mendan tashqari Mamadaliyev, Tillayev degan til-adabiyot fani o"qituvchilari bor edi. Mamadaliyev Mallavoy aka ikkinchi jahon urushi nogironi bo"lib, bir qo"li oskolka jaroxatidan qurib qolgan. Uning qiyshiq qo"li, xuddi skovorodkada qovurilganga o"xshardi. U jim o"tirmagan o"quvchilarni: - Jim o"tir, enang o"lgur - deya, tartibga chaqirar, darsga kechikkanni - Qayerlarda yuribsan, enang o"lgur?! - deya tergardi. Qiziqroq gap eshitsa ham u kulu-kula: - Vo, enang o"lguuuur! - deb qo"yardi. "Enang o"lgur" laqabli bu domla hammani "enang o"lgur" deyavergach, juda ko"p o"quvchilarning enalari o"lib ketgan.
  
  Musayev Iminjon degan direktor o"rinbosaridan o"quvchilar xuddi, "Osventsim" yoki "Mautxauzen" o"lim lageridagi maxbuslar gestapodan qanday qo"rqsa shunday qo"rqib yashardilar. Qotma- qorachadan kelgan, cho"ziq yuzli bu matematika fani o"qituvchisining qo"llari bir jufti chaqmoq edi go"yo. U qo"llar parrakdek aylanib, qurbonini qipiqqa aylantirib yuborishga tayyor edi. Garchand, Musayev olamdan o"tib ketgan bo"lsada, uning qo"lida o"qigan o"quvchilar haliyam undan qo"rqishadi.
  
   Tillayev, garchand o"quvchilarni urmasada, kinoyali gaplari bilan urmay-so"kmay to"nini yirtar, o"qituvchilar xonasida qiziq-qiziq gaplar bilan o"qituvchilarni kuldirib qotiruvchi latifago"y odam edi. Biz Tillayev bilan bir smenada tushdan keyin dars berardik. Mening ham ulardan farqli o"laroq o"z dars o"tish uslubim bo"lgani uchunmi, yo darsga o"quvchilarni hayratda qo"yadigan voqea xodisalarni bog"lashimmi, xullas darsimdan birov qochib ketmas, urib-so"kmasamda o"kuvchilar jim o"tirar edi. Mening uslublarimdan biri, agar o"quvchining qo"li kir bo"lib ketgan bo"lsa: - E, qo"lingni yuvsang, o"lasanmi? - deb o"tirmay - qo"lqoping qutlug" bo"lsin, necha pulga olding? - der edim. Yoki tirnoqlari o"sgan bo"lsa - Tirnoqlaringni yana ozgina o"stirsang, shisha bankadan tuzlangan bodringni sanchib olishga qulay bo"ladi. Bu tirnoqlar bilan shuruplarni burab, chiqarib radio-televizor tuzatish xam mumkin - der edim.
  
  Gaplarimdan o"quvchilar kulib qotar, tirnog"i o"sgan, qo"li kir bola qip-qizarib ketar, ertasiga qo"llari toza, tirnoqlari olingan xolda o"tirgan bo"lardi. Biz Tillayev ikkimiz darsdan keyin bir kilo go"shtni dimlab, yarimta aroqni maydalardik-da, yo"g"on kekirib uyga jo"nardik. Har kuni, oxirgi soatlarda Tillayev domla menga pul berib, - Shoir, qassobdan bir kilo go"sht, magazindan yarimta aroqni olingda, Abu Bakirni chaqiring - der, men aroq bilan go"shtni olib kelib, maktab oshpazi Abu Bakirni ximiya kabineti derazasidan chaqirar edim. Negaki, Abu Bakirlarning uyi maktabga qo"shni edi.
  Men o"quvchilarga vazifa berib: - bo"pti, endi ketaveringlar, qorong"u tushib ketdi, tag"in tumanda adashib, bitta-yarimta chuqurga tushib ketmanglar - derdim. O"quvchilar bo"lsa, jo"r bo"lib: - Yo"q, dars o"tmaysizmi? - deb turib olishar, o"rnidan qo"zg"olishmasdi. Chunki, ular mening darsimni yaxshi ko"rishardi. Men darsga bog"lab ularga o"zbek shoir - yozuvchilarini qanday qatag"on qilinganini, Abdulla Qodiriyni qanday otishganini, shunday buyuk yozuvchimiz jasadini chumolilar yeb ketganini, kafansiz, janozasiz ketganini gapirib berib, ba"zan yashirincha darslar o"tardim, ularning ongiga demokratiya g"oyalarini singdirishga harakat qilardim.
  Bir kuni doskaga yozar ekanman: - Bugungi darsimiz "Muhammad Solih" - dedim. Hamda, Salay Madaminov hayoti-faoliyatiga qisqacha to"xtalib, uning she"rlarini taxlil qilganimcha, dars o"ta boshladim.
  
  - Qarg"algan millatning bolalari qul,
  Daryolari qurib chirir yerlari,
  Qarg"algan millatning kelajagi tul
  Xotinlari tumsa, bepusht erlari...
  
  Ertasiga maktabda tus-to"palon boshlanib, meni so"roqqa tutishdi. - Nega xalq dushmanini dars qilib o"tasiz? - deyishdi.
  Men darsga bog"lab, feodal-klerikal adabiyot namoyondasi, o"n to"rtinchi asrda yashagan va "Shayboniynoma" asarini yozgan, Xorazmlik shoir Muhammad Solih haqida bilim berganimni, buning esa, hech qanday yomon joyi yo"qligini aytib, xotirjam javob berdim va ta"qibdan qutilib ketdim.
  O"sha kech rosa laylakkor yog"ayotgan edi, Tillayev ikkimiz g"alvadan qutilganimni nishonlab hamma ketgach, maktab qorovulxonasida "yarimta"ni maydalardik. Bir mahal, kimdir qorlarni g"art-g"urt bosib qorovulxonaning pastak derazasi yonida to"xtarkan, oynani taqillatdi. Men stol ustidagi "cho"loq" aroqni yashirib pardani qayirsam, deraza ortida, tulki telpak kiygan Qayim polvon tirjayib turardi. Men unga, bu yoqdan kir, deganday eshikka ishora qildim.
  Qayim polvon eshik yoniga kelib, yer depsinganicha etiklaridagi qorlarni qoqdi. Men eshikni ochganimda, u besunaqay tulki telpagi bilan palütolaridagi qorlarni qoqib, ichkariga kirdi.
  - Ha, itrisqi, kelyapsanmi, timirskalanib? - dedim hazil aralash, o"zimdan o"n yosh katta odamga. Qayim aka kuldi. Biz bir-birimizni hazilimizni kutaramiz. Og"irligi 100 kilodan ortiq, semiz, yumaloq yuzli, kurash tushsa, yelkasi yerga tegmaydigan Qayim polvon qalbida kiri yo"q, quvnoq, samimiy odam. Senlasam xafa bo"lmaydi.
  
  U paltosini yechib, telpagiga qo"shib ilmoqa ilarkan, pechkada isinib stulga o"tirdi. So"ng, Tillayev bilan hol-axvol so"rashgach, menga qayrilib - Ha, jinkash yuribsanmi, jinlarni zanjirband qilib? - deya, 36 kilolik polvon toshday mushti bilan yelkamga turtdi. Men indamay aroqni olib stol ustiga qo"ydim. Ikkita piyolaga quyib, birini Tillayevga uzatdim, ikkinchi qadaxni Qayim akamga uzatdim.
  
  Qayim akam piyolaga qarab menga tanbex berdi:
  - E, qo"ling qaltiramay to"ldiribroq qo"y. Nima, men Nil daryosidan suv ichayotgan qaldirg"ochmidim senga - dedi u. Men piyolani aroqqa to"ldirdimda, Qayim akamga uzatdim.
  Tillayev qo"lidan aroqli piyolani qo"ymay:
  - Qani, Qayimjon, bir narsa deng - dedi.
  Qayim akam qadax so"zi ayta boshladi:
  - Bir donishmand: - Proletarxoi hamoi Mamlakatxoi yak shavet! - degan ekan. Mening tilagim domlalarga Xudo insof bersin. Ayniksa, manavi Xolga. Lekin, bu tentakning kallasi zo"r ishlaydi. Bu yaqin orada katta rahbar bo"lib ketadi. O"shanda bizni xam esdan chiqarib yubormasin. Meni o"ziga sho"pir qilib olsin. Shuning uchun ichamiz, - dedi.
  
  Qayim akam shunday deya, endi Tillayev bilan qadax urushtirmoqchi bo"lib turuvdi, men soxta jiddiylik bilan qovog"imni o"yib:
  - Seni sho"pir qilib bo"larkanmi, ahvolingni qara. Mashinaning kabinasiga qisilib qolsang, Favqulodda xodisalarni oldini olish qo"mitasidan mutaxassis chaqirib, kabinani avtogenda kesib ajratib olamizmi, seni? - dedim.
  - Senga "Zaporojets" berisharmidi, "Volga" berishar. "Volga"ga sig"aman, - dedi Qayim akam.
  - Lekin aqling zaifda - dedim men. Mashinani tezlatib turib - "po"-o"sht, tormozi yo"q!" - deya, o"zing katapulüta qilib sakrab tushib qolsang, men nima qilaman? - dedim.
  Qayim akam biroz jim turgach iljayib:
  - Shoirlar jinni bo"ladi desa ishonmas ekanman. Endi, tap-taqir ishondim - dedi. So"ng: - Kuf-suf! -deya o"pkasidagi havoni chiqarib tashlab aroqni oq urdi.
  
  Tillayev mayda tishli qip-qizil milklarini ko"rsatib kulardi.
  
  Men aroqning badxo"rligidan aftini bujmaytirayotgan Qayim akamga gazaki uzatdim:
  - Ma, teshib chiqsin. Qayim akam, - rahmat - deya gazakini ishtaxa bilan yamladi.
  
  Bizlar shu tariqa hazil - mutoyiba qilib kulishib uzoq o"tirdik. Bu mahal tashqarida hamon laylakqor bo"ralab yog"ar, qayrilgan darparda aro, deraza oynasidan ko"ringan qorlar yorug"i shuurim zulmatlarini yoritayotganga o"xshardi...
  
  
  
  
  
  BULOQBOShILIK DO"STLARIMNI ESLAB
  
  
  
  
  
  Oliy Majlis deputatligiga saylovlar o"tkazilayotgan kezlar men Buloqboshi tuman markazida deputatlikka nomzod Bahrom Jalolovning saylovchilar bilan o"tkazgan saylov oldi uchrashuvida ishtirok etish uchun bordim. Uchrashuvda ikki muxolif deputatlik mandati uchun qizg"in kurash olib borarkan, har ikkalasi ham: - "Men deputat bo"lsam falon qilaman, piston qilaman" deya, an"anaviy va"dalar bera boshladilar. Mening nazarimda Bahodir Jalolov qo"lidan ish keladigan odamga o"xshadi va adashmagan ekanman. Keyinchalik bu insonning xalqqa ko"p foydasi tegdi. Nima vada qilgan bo"lsa barcha vadalarining ustidan chiqdi. O"zi Viloyat don maxsulotlari korxonasining direktori bo"lgani uchun Andijon viloyatining hamma tumanlarida aloxida don maxsulotlari korxonalarini ochdi. Viloyatdagi mavjud oziq - ovqat muammolarini bartaraf qilish yo"lida katta xizmatlar ko"rsatdi.Tadbirkorlarni qo"lidan kelganicha qo"llab - quvvatladi. Aholining kam ta"minlangan qatlamiga oziq - ovqat maxsulotlari bilan yordamlar uyushtirishni yo"lga qo"ydi. Saylovchilarining ishonchini oqlab elning duosini oldi. Xullas, o"sha Buloqboshidagi saylovoldi uchrashuvida men deputalikka nomzod - Bahodir Jalolovga savol yozib uni qo"lma - qo"l qilib saxnaga yubordim. Uchrashuv jarayonida Jalolov men yozgan xatni o"qib eshittirdi. - Bir yozuvchi do"stimiz deputat bo"lsangiz adabiyotga ham yordam berasizmi? - deb yozibdi. - Ha, men deputut bo"lsam, albatta, adabiyotimizga, yozuvchi - shoirlarga ham yordam beraman - dedi u.
  Ikkinchi nomzod ayol kishi bo"lib uning ismi familiyasini eslolmasam-da, ayolning ishonchli vakili - Qaytmas Qambariddinov degan odamni kechagiday eslayman. Negaki, bu odamning ismi - familiyasini eshitish qing"ir - qilvir yo"llar bilan xalq mukini tuya qilguvchi, nopok rahbarlar, ta"magir hokimbachchalar uchun Zilzila, Tsunami, Tornado ofatlariday dahshatli edi. Uning birorta kolxoz yo muassasaga yoki tashkilotga tashrifu qudumi boshliqlarga: - "Chingizxon bostirib kelyapti ekan", yohud, "Atom urushi boshlanibdi" - degan habarday mash"um edi. Nopok rahbarchalar, hokimbachchalar uni yumoloq xat yozg"uvchi ig"vogar, g"alamis desa, xalq aksincha, Qaytmas Qambariddinov xaqiqatchi der, bu mubohasada xalq ta"rifi xaqiqatga yaqin edi. Negaki, bu odam umr bo"yi nohaqlikka, adolatsizlikka qarshi murosasiz kurash olib borgan, xo"rlanganlarning, haqoratlangalarning huquqlarini himoya qilguvchi vijdoni uyg"oq insonlardan biri edi. Buloqboshidagi haqiqatchilarning "Shonli generallaridan" hisoblangan bu inson Buloqboshi tumanini Xo"jaobod tumanidan ayrib mustaqil qilgan mashhur "16lar"ning biri bo"lib, u asli taqdir taqozosi bilan Toshkent viloyatining qaysidir tumanidan kelib, Buloqboshida turg"un yashab qolgan edi. Bu xaqiqatparvar insonni yo"q qilish maqsadida rahbarcha, hokimbachchalar ko"p "sa"y harakat"lar yasab, fitnalar uyushtirishdi, joniga suyuqasd qilishdi. Lekin, Olloh saqlagan odamning uyiga atom bombasini tashlab yuborishsa ham o"lmas ekan. Ajali yetgan kimsa esa, sessiyada boshlig"idan so"kish eshitib, insulüt yoki infarkdan qazosiga qoyil bo"lishi, yoxud choyxonada vino ichib, qarta o"ynab o"tirib ham o"lib qolaverishi mumkin ekan. Mening "16lar" bilan yaxshi munosabatlarimning tarixiy sabablari ham yo"q emasdi. Esimda, bir kuni ishxonamga birov qo"ng"iroq qildi.
  - Allo, assalomu alaykum. Bizga Xoldor Vulqon degan shoir kerak edi. Buloqboshidan qo"ng"iroq qiliyapmiz - dedi qo"ng"iroq qilayotgan odam.
  - Ha, menman, tinchlikmi? - dedim xayron bo"lib. Telefondagi suhbatdoshim sevinib ketdi.
  - E, yaxshi yuribsizmi shoir? Oila a"zolar omonmi? Men - Ashurali Kilichevman, gap shundaki, yaqinda kitob magazinidan sizning "Tumanli dalalar qo"shig"i" nomli kitobingizni oluvdik, o"qib she"rlaringizning muhlislariga aylandik. O"zbekistonda xalq dardini , Vatan qayg"usini baralla kuylaguvchi, tsenzura qoliplariga sig"maydigan shunday shoirlar ham bor ekan, deb xursand bo"lib yuribmiz, - dedi, Ashurali Qilichev.
  - Rahmat, aka, bizning arzimas ijodimizga bergan samimiy bahoingiz uchun
  - dedim men maqtovdan yog"day erib.
  Ashurali Qilichev yana gapida davom etdi.
  - Shoir, biz Buloqboshi tumanidagi adabiyot ixlosmandlari bilan sizning ijodiy uchrashuvingizni o"tkazmoqchimiz. Shunga vaqtingiz bormi?
  Men bu gaplardan xayron bo"lib qoldim. Axir, o"zingiz o"ylang, doimo adabiyot maydonlaridan iste"dodsiz, yuvindixo"r, soxta ijodkorlar, kulrang adabiyot namoyondalari tamonidan turtkilanib, chetlatilib, "neformat" yorlig"i bilan she"rlariga ta"qiq tamg"asi urilgan, radio televideniyalarda, joylarda uyushtiriladigan mushoiralarga o"gay bir shoir bilan O"zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Andijon viloyati bo"limi ruxsatisiz uchrashuv o"tkazmoqchi bo"lishsa! Biroz sukunatdan keyin men:
  - Ashurali aka, taklif uchun rahmat. Lekin, men bilan uchrashuv o"tkazilsa sizlarga gap tegib qolmasmikin? - dedim.
  - E, yo"q - dedi qat"iy Ashurali aka. Chumchuqdan qo"rqqan tariq ekmaydi. Siz bizga ma"lum bir kunni ayting, o"zimiz mashina yuboramiz.
  
  O"rtaga yana sukunat cho"kdi. Ashurali aka javob kutar edi. Nihoyat, men boradigan kunni aytdim. Qilichev rahmat aytib xayrlasharkan trubkani qo"ydi.
  
  Belgilangan kun Adham Sher degan shoir do"stim ikkimizni mashinada Buloqboshiga olib ketishdi. Men Adhamga: - Agar aroq-paroq ichiladigan bo"lsa, men uchun ham sen ichasan, - deb unga "Ma"suliyatli vazifa"ni yukladim.Biz manzilga yetib mashinadan tushganimizda tumonat odam koridori aro fotoapparatlar shiqillab atlas ko"ylak kiygan qizlar non tuz bilan peshvoz chiqishdi. Birdan karnay-surnay yangrab nog"oralar zirillay boshladi. Adham ikkimiz taomilga ko"ra nondan bir bo"lak tuzga tekizar ekanmiz, totingan bo"ldik. Bu mahal ikkita videokamera suratga olar, odamlar ikkimizga guldastalar tutqazishar, quchoqlarimiz gullarga to"lib ketganidan yo"lni ko"rolmay qolgan edik. Umr bo"yi bir bog" tikan ham sovg"a qilinmagan shoirlar uchun bu juda katta hurmat-ehtirom edi. Bizni shunday izzat-hurmat ila zalga olib kirishdi. Zal to"la odam bo"lib, o"rindiq yetishmaganidan ba"zilar deraza raxlarida o"tirishardi. Zaldagilar tik turgancha qarsak chalishar, go"yo kommunistik partiya s"ezdiga Brejnev kirib kelganday. Nihoyat, adabiy uchrashuv boshlandi. Mening she"rlarimdan tuzilgan adabiy kompozitsiyalar, qo"shiqlar yangradi. Savol-javoblar boshlandi. Shunda oyoqlariga etik, egniga uncha yangi bo"lmagan kastim-shim, boshiga do"ppi kiygan, o"rta bo"yli, yelkalari keng, o"rtacha semizlikdagi shop mo"ylovli odam qo"l ko"tarib so"z so"radi. Unga so"z berilgach, u o"zini tanishtira boshladi. (Ismi hozir esimda yo"q).
  - Men, - deya, gap boshladi shop mo"ylovli odam - tog"larda qo"y boqaman, cho"ponman. O"zim cho"pon bo"lsam-da, adabiyotni, ayniqsa, she"riyatni yaxshi ko"raman. Hurmatli shoir, sizning kelishingiz xaqidagi habarni eshitib, tog"dagi qo"ylarni o"g"limga topshirdim-da, shu yoqqa kelaverdim. Men she"rlaringizning ashaddiy muhlisiman. Tog"-u toshlarda qo"y boqib yurib sizning mana bu kitbchangizni qayta-qayta o"qib yuraman. Cho"pon shunday deb, etigining qo"njidan mening "Tumanli dalalar qo"shig"i" nomli piyoz po"sti kitobimni oldi. Varaqlanaverib kitob jonivorning uvadasi chiqib ketibdi. Uzilib tushmasligi uchun cho"pon kitob muqovasini qora ip bilan tikib olibdi. Shundan keyin cho"pon mening she"rlarimdan yod o"qidi. Keyin menga o"girilib: - Xoldor Vulqon, bilingki, hatto, olis tog" etaklarida, tog"u toshlar ortida ham sizning muxlislaringiz bor - deya so"zlarini tugatdi. Qarsaklar chalindi. Men cho"ponga minnatdorchilik bildirdim. O"sha samimiy uchrashuv menga qanot bag"ishlab zimmamga yanada kuchliroq ijod qilish, yuksak did bilan mukammalroq she"rlar yozish mas"uliyatini yuklagan edi. O"sha paytlar Andijon adabiy jamoatchiligida katta-katta dovrug"li, dong"il shoirlar turib, meni tanlagan Buloqboshilik she"riyat muhlislaridan toabad roziman. Ba"zan Ashurali Qilichevni, Topiljon Jalolovni, Kelsinboy akani, shoir Ofarinni, Ergash akani, Abduqahhor akani, Qaytmas aka Qambariddinovdarni chuqur hurmat-ehtirom va minnatdorchilik bilan eslayman. Qalbim, ruhim o"sha yaxshi insonlarga talpinadi. Ularni sog"inaman. Ayniqsa, Kelsinboy akani eslasam kulgim qistaydi.
  Og"irligi yuz kilodan ham ortiq, qorindor, semiz, qiyiq ko"z bu kimsa o"zining qiziqchiligi bilan har qanday muz yurak odamning ham qalbiga iliqlik olib kira olardi. Kelsinboy akaning kasbi tish duxtirlik bo"lib mijozlarini kuldirib turib sezdirmay og"riq tishini sug"irib olardi. Mana uning qiziqchiligiga yaqqol bir misol.
  Bir kuni uning kabinetiga ozg"in, yupun kiyingan, shisha g"aribiga o"xshash odam kirib keldi-da, ko"rishib, hol-axvol so"rashgach: - Kelsinboy, sizga alohida gap bor edi. Ukam, tashqariga chiqib tursa bo"ladimi? - dedi menga ishora qilib.
  - Bu shoir o"zimning ukam. Undan yashiradigan sirim yo"q. Tish masalasida bo"lsa, gapiravering. Men tish duxtirlarining butunittifoq musobaqasida g"olib bo"lib, "oltin ombir" mukofotini qo"lga kiritganman. Eh-he! Men sug"urgan tishlarni to"plasa, tog" bo"lar edi. O"ziyam tishlarni xuddi mix sug"irganday sug"irar edimda. Qiziqishda sog" tishlarni ham sug"irib yuboraverardim. Ox-vox, dod-voy, yig"i-sig"i, chinqiriqlar menga musiqaday eshitiladi. Shanba-yakshanba kunlari "qo"l chiqib" ketmasin uchun ombir bilan uydagi taxta, yog"ochlarga qoqilgan mixlarni sug"irib tajriba va malakamni oshiraman. Men hatto tushlarimda ham tish sug"iraman. Milki yosh bola milkiday tozalangan mijozlarga konserva bankalarining tunikasidan tish qo"yib qo"yaman. Yuqori jag"dagi tunuka tishlar ostki qatorga to"g"ri kelmaganidan ba"zi mijozlar og"zi yopilmay qolgan xolatlar ham bo"lgan. Shunaqa qilib bir litr yarim litr aroqqa pul ishlab olaman. Chunki, aroq mening joni dilim. Yaxshi ulfat bo"lsa bir paqir aroq ichsam ham mast bo"lmayman. Ichoraman, ichoraman, bez kontsa! Qorinni ko"ryapsiz. Bir uy, bir daxliz, oldi ayvon. Ishga uydan marshrutkada qatnar edim. Yaqindan beri sho"pirlar mashinasiga chiqarmay qo"yishdi. Bir "Raf"ga chiqib o"tiruvdim og"irligimdan o"rindig"i sinib qoldi. Bir gal "Damas" mashinasiga qisilib qolib uch soat deganda zo"rg"a chiqarishdi. Yo"lovchilar ishdan kech qolib sho"pir planini bajarolmay qoldi. Zararini to"lang - deydi. - Ha, o"tishib ketarmiz, uka, ajabmas tish-pishing og"rib qolsa - dedim. Shu-shu sho"pirlar meni ko"rsa to"xtash o"rniga tezlikni oshirishib o"tib ketishadi. Mana endi anchadan beri ishga piyoda qatnayapman. Bir hisobda yaxshi bo"lar ekan. Yo"l - quyun, har yuz metrda bittadan ulfat. Ular bilan yuz gramm, ikki yuz gramm ichib uyga yetguncha tap-tayyor bo"laman. Xotin olib qo"ygan bir tovoq palov yo non qovurmani ikkita non bilan tushirib ikki-uch choynak choyni ichib televizor tugab ekran vishillab qolguncha tamosha qilib keyin uxlayman. Ertalab sahar o"nlarda apil-tapil kiyinib chala-pucha nonushta qilib piyoda ishga kelaman. Tak chto... Qani samolyotga chiqing-chi bo"lmasa. Qaysi tish bezovta qilyapti o"zi? - deydi Kelsinboy aka. Shisha quli qiziq gap eshitsa Leningradda ishlangan yangi kalishning ichiday qip-qizil milklarini ko"rsatib havoni to"xtovsiz ichiga tortganicha uzoq kular ekan. Uning kulishini ko"rib mening nafasim qaytib ketdi. Kulayotgan paytida Kelsinboy aka shisha g"pribining qoziqday o"sib ketgan tishlarini razvedka qilib bo"ldi. Nihoyat shisha quli jiddiylashib qo"ynidan qog"ozga o"rog"lik bir narsani olarkan: - Olmos olib keldim, sotib olasizmi? - dedi Kelsinboy akaga. So"ng menga xavotirli qarab qo"ydi. Oq xalat, oq qalpoq kiygan Kelsinboy aka qo"lida ombir ushlaganicha qotib qoldi. Hayajondan mening tomog"im qurib ketdi. - Yo"g"-ey, - dedi Kelsinboy aka bir ozdan keyin o"ziga kelib.
  Shisha quli qog"oz o"ramini ochib dedi: - Mana, ko"mirning ichidan topdim. Yaltirashini qarang. Necha karat keladi? Kelsinboy aka oq qalpog"ini boshidan olib kursiga o"tirib qoldi. - Ey, aka, bu olmos emas. Oddiy tog" jinsi - dedi u.
  - Yo"q, bu olmos. Qirralarini qarang. Oynaga chizib ko"ringda, oynani kesadi - dedi shisha g"aribi.
  - Aka, men qo"polman. Oynaga chizsam oyna sinib qo"lim derazadan tashqariga chiqib ketadi - dedi Kelsinboy aka. So"ng qo"shimcha qildi:- Anavi bolg"achada urib ko"ringchi olmosingizni. Shisha quli bolg"acha bilan keltirgan olmosini urgan edi, u maydalanib uqalanib ketdi. Yaltiroqlik xususiyatini yo"qotdi. Shisha qulining xafsali pir bo"ldi shekilli, keltirgan "olmos"ini qayta qog"ozga o"rab tashqariga chiqib ketdi.
  
  
  
  
  DO"RMONDAGI XAYQIRIQ
  
  
  
  
  
   Men siyosiy hayotda ham adabiyotda ham haqiqat topolmay har ikki jabhada adolatsizlik, nohaqlik bilan ish olib boruvchi qallob mahalliychi, qitmir, xasadgo"y guruhbozlarni yomon ko"rardim. O"zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Andijon viloyati bo"limiga kotib qilib qo"yilgan kimsaning kabinetiga kirib: - Bu qanaqasi? Mening ikkita she"riy to"plamim Respublikaning nufuzli nashriyotlarida chop etilgan bo"lsa, turkum she"rlarim suratim bilan "Yoshlik", "Sharq yulduzi" va boshqa gazeta jurnallarda e"lon qilinib, adabiy jamoatchilik tomonidan tan olingan bo"lsam-u o"n yildan beri O"zbekiston Yozuvchilar Uyushmasiga a"zo bo"lmasam . Nega cho"zyapsizlar? Mening boshqa shoir-yozuvchilardan qayerim kam ? Axir a"zolik uchun "delo" tayyorlab topshirganimga o"n yildan oshdi-ku - deya har gal murojaat qilganimda kotib: - Uka, siz uyushmaga a"zo bo"lmasangiz ham a"zo bo"lgan shoir-yozuvchilardan yuqori turasiz - deb, qo"ynimni puch yong"oqqa to"ldirishdan nariga o"tmas edi.
   1999 yil avgust oyida Toshkentga borib O"zbekiston Yozuvchilar Uyushmasiga kirdim-da, rais o"rinbosari rahmatli Yo"ldosh Sulaymonga uchradim va yuqoridagi savolni berdim. U ham aynan o"sha kotib kabi javob berdi. Mening g"azabim qo"zidi.
   - Ey, qachongacha aldaysizlar? Uyalmaysizlarmi? Davay, mening xujjatlarimni qaytarib beringlar. Men bunday yolg"onchi, o"z yozuvchi-shoirining qadriga yetmaydigan jamiyatda yashamayman. Chet elga ketaman - dedim. Bu gaplardan Yo"ldosh Sulaymonning quti o"chib:
  - Ey, Xoldarali, uka unday demang. Bu fikringizdan qayting. Xudo xohlasa shu bu yil sizning nomzodingizni kengashga qo"yaman - dedi. Men o"z so"zimda turib oldim:
  - Ey, yo"q kerak emas. Qani mening xujjatlarim? Qaytarib bering- dedim. Tortishish befoyda ekanini anglagan qariya: - Xujjatgohdan so"rang bo"lmasa, - deya, menga bir qorachadan kelgan Guljamol ismli qizni ro"para qildi. Men u qiz bilan xujjatgaohga kirib hamma "delo"larni birma-bir qarab chiqdim. Mening"Delo"m yo"q edi. Fig"onim falakka o"rlagudek bo"lib tursam, xalitdan buyon bir narsalarni yozib o"tirgan darveshsifat kimsa: (shoir bo"lsa kerak) - uka, anavi devorga teskari tirab qo"yilgan javonning ichini bir qarab ko"ringlarchi
  - dedi. Men javonni o"nglab eshigini ochdim. Ochsam mening "delom" bir o"zi o"sha javon ichida yotgan ekan. Badtar "tomim" ko"tarildi. "Delo"ni olib g"azab bilan chiqib ketayotsam, Yo"ldosh Sulaymon yo"limdan chiqib "delo"ning bir tomonidan mahkam ushlab oldi-da, yalina boshladi: - Jon uka, otangiz tengi odamman, xo"p deng. "Delo"ni qoldiring. Shu yilgi kengashga nomzodingizni qo"yaman. So"z beraman. Eshityapsizmi? - der edi u hayajondan titrab - qaqshab. Otam tengi odamning bu yalinib yolvorishlari g"azabimni yumshatdi. Men "delo"ni qoldirdim. Lekin baribir oqsoqolning gapiga ishonmadim. Andijonga qaytdim. Ish bilan bo"lib "delo" ham esimdan chiqdi. Avgust oyi oxirlarida ish bilan Toshkentga keldim-u tasodifan O"zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomoniga yo"lim tushdi. Men Uyushmaga kirmadim. "Monetnûy dvor"ga yetganimda bir mahal kimdir meni chaqira boshladi. Qayrilib qarasam, Xudo rahmat qilgur Yo"ldosh Sulaymon xolloslab yugirganicha men tomon kelyapti. U ko"rishar-ko"rishmas biqir-biqir qaynab gapira ketdi: - Ey, uka, qayoqlarda yuribsiz? Andijonga qo"ng"iroq qilib Kamchivekdan so"rasam, sizning uy adresingizni bilmayman - dedi. Istatib toptirolmadim. Hayriyat Toshkentda ekansiz. - Ha, tinchlikmi? Nega meni izlayapsilar? - dedim, xayron bo"lib.
   - E uka, ertaga kengash yig"ilishi. Sizning nomzodingizni kengashga qo"yganman. Ertalab soat 10 da shu yerda bo"ling. Men rahmat aytarkanman, ertasiga albatta kelishimni ta"kidladim. Ertasiga soat 10 larda Uyushmaga borsam, haqiqatdan ham zal to"la yozuvchi-shoirlar o"tirishardi. Kengash yig"ilishi boshlanib yig"ilishda Abdulla Oripov nutq so"zladi. Yo"ldosh Sulaymon mening nomzodimni taklif qilib yozuvchi-shoirlarning ovoz berishlarini so"radi. Yozuvchi-shoirlar mening uyushma a"zoligiga loyiq ekanimni tasdiqlab bir ovozdan taklifni ma"qulladilar. Shunday qilib, men ham O"zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a"zosiga aylandim. Guvohnomamni topshirishar ekan, endi yozuvchilar bog"ida dam olishga, ijod qilishga haqli ekanimni aytishdi. Men Do"rmondagi Yozuvchilar bog"iga borib joylashdim-da, xordiq chiqara boshladim. Men yashaydigan korpus ortida basseyn bo"lib, basseynning bir tomonida Abdulla Oripovning, nariga tomonida Erkin Vohidovning dachalari joylashgandi. O"rtasi uzumzor bilan qoplangan, ruhiy kasalliklar bo"limi kabi osoyishta, jim-jit bu bog"ning yo"laklari chetida keta-ketguncha dov-daraxtlarga ko"milgan dachalar. U yerlarda "katta" yozuvchilar yashab "ejod" qilishadi. Qachon biz shunaqa dachalarda ijod qilarkanmiz, - deya o"ylab ketaman. Bir oqshom kechki ovqatdan keyin sayr qilib yursam, Said Ahmadni uchratib qoldim. U kulrang uzun sochlarini manglayiga osiltirib yo"l-yo"l pijama kiyganicha Namanganlik Toxir Qahhor degan shoir bilan o"tirgan ekan. Ular bilan ko"rishib o"rindiqqa o"tirdim. Said Ahmadning qo"lida xasasi ham bor. Bir mahal:
   - Yelkamni qashib qo"y - dedi Said Ahmad Toxir Qaxxorga. Shoir uning yelkasini qashiy boshladi: - Voy-ey, qo"llaring biram yoqimli, oh, oh, oh - deya shaytonlik qildi Said Ahmad. Keyin shoirga rahmat aytib xassasini maqtay ketdi:
  - Qara, shu xassani Amerikadan olib keldim. "Kelinlar qo"zg"oloni" premüerasiga Shermat Qo"rboshining o"g"li ham keldi. Yaxshi bola ekan. Ancha suhbatlashdik. Ketishda uydan yetti yuz dollar pul olvoluvdim. Bir tsent ham sarf qilmabman... Said Ahmad shu tariqa anchagacha maqtanib o"tirdi. Latifalar aytib bizni kuldirdi. O"sha kechasi men yarim tungacha uxlamay chirildoqlar chirillashini tinglab o"tirdim va "Sadoqatli chirildoq" sherimni yozdim.
  
  
  
  
   Sadoqatli chirildoq
  
  
  
  
  Oqshom dala hovli, o"yga cho"masan,
  Xonang derazasin bog"larga ochib.
  Men-chi, kiprik qoqmay turaveraman,
  Ering kelganda ham ketmayman qochib.
  
  
  Esingdami seni firoq o"tida,
  Kuydirib bir zamon ketgandim o"lib
  Mana, tag"in qaytib keldim yoningga,
  Qaytatdan tirilib chirildoq bo"lib.
  
  
  
  Hovlingda buncha ko"p bo"lmasa gullar.
  Yo bugun bayrammi, gullar saylimi?
  Sevgilim shu gullar ochilib yotgan,
  Hovlingda chirillab yursam maylimi?
  
  
  
   She"rni yozib bo"lib yana zulmatli yoz kechasiga quloq tutaman. Boqqa kiraverishda joylangan dachadan Said Axmadning aksa urayotgani eshitildi. U uzoq aksa urib chuchkirdi. - Qariya tushmagur moxorkadan burnaki qiliyaptimi? - degan, fikr keldi miyamga. Va o"zimga o"zim iljayib qo"ydim. Bir-ikki kun o"tgach, Erkin Voxidov o"ziga berilgan yuksak unvonni nishonlash uchun o"tirish qilarmish, degan gapni eshitdim. Avvallari muxolifat tamonda yurgan Erkin Voxidovning bugun unvonlar olib, hukumatning nog"orasiga o"ynayotgani to"g"risi, g"ashimni keltirdi. Ertalab nonushtadan so"ng dalani kesib o"tib qozoqlar yashaydigan qishloqdan ikkita aroq sotib olib keldim. Tushdan keyin o"sha aroqlardan birini maydalab ichib o"tirdim. Kechki payt biroz ichilgan ikkinchi aroqni olib pastga tushdim. Kayfim zo"r, qo"ynimda cho"loq aroq. Qarasam chiqaverishdagi o"rindiqda bir shoir o"tirgan ekan, uning yoniga borib:
   - Yashasin Muhammad Solix! - dedim. U vajohatimni ko"rib qo"rqib ketdi. - Yashasin Muhammad Solix deyapman!- dedim men yana. - Ha, yashasin, yashasin- dedi xaligi shoir ortiga surilib. Men ziyofat bo"layotgan Erkin Vohidovning dachasi tamon bordim. Hamma kazo-kazolar shu yerda ekan. Meni ichkariga taklif qilishdi. Men ichkariga kirishni negadir xohlamadim. - Menga Said Ahmadni chaqirib beringlar, men u bilan ichmoqchiman, - dedim qo"ynimdagi aroqni chiqarib. Said Ahmad meni tinchlantirish uchun: - Hoy, shoir, yetarlisini ichibsan. U aroqni berkitib qo"y. Ertaga ichamiz! - dedi davrada o"tirgan joyidan.
  - Shunaqami? - dedim men gapim o"ldirilganidan jahlim chiqib. So"ng aroqni qopqog"ini ochib shishani ko"targanimcha bo"g"zidan icha boshladim. Xoy - xoylab insofga chaqirishlariga ham quloq solmadim. Aroqni bir ko"tarishda ichib qoqlangan shishani yerga tashlab yubordim. Shisha tosh maydonchaga tushib chil-chil sindi. Men Erkin Vohidov dachasini tark etib basseyn tomon ketdim. So"ng yechindimda, plavkachan bo"lib o"zimni suvga otdim. U yoqdan bu yoqqa suzdim, sho"ng"idim. Anchadan keyin qirg"oqqa chiqib xovuzning marmar labida Buddaday chordona qurib o"tirdim. Erkin Vohidov dachasidan xamon chini idishlarga urilgan vilka-qoshiqlar chiqir-chiqiri, g"ovur-g"uvir suhbatlar, shodon kulgilar, mastona qiyqiriqlar eshitilib turardi. Shu payt shayton vasvasa qilib ne uchundir bor kuchim bilan xayqirgim keldi va shunday qildim.
   - Yashasin "Erk" demokratik partiyasining raisi, donishmand, faylasuf shoir Muhamad Soli-i-i-ix! - deya bor ovozim bilan uch marta baqirdim. Ovozim xuddi qafasni tark etgan burgut kabi qanot yozib jim-jit bog" uzra zulmatlar qariga uchdi. Bir mahal Erkin Vohidov ziyofatidagi g"ovur-g"uvir ham, vilka-qoshiqlarning chaqir-chuquri ham tindi. Yozuvchilar bog"i qabristonday jim-jit bo"lib qoldi. Men muz ustida yotib zerikkan tyulen kabi bir ag"darilib yana xovuzga sho"ng"idim. Go"yo hech narsa bo"lmaganday basseynda suzaverdim. Oradan qancha vaqt o"tdi bilmayman. Bir mahal qayoqdandir mashinalar yetib kelib faralari bilan basseynni yoritib yuborishdi. Mashinalardan tezkor guruh tushib xovuzni qurshab olishdi. Ularning ichidan bir ofitser mening xovuzdan chiqishimni buyurdi. Men chiqdim. - Kiyining - deyishdi. Kiyindim. Shunda ular sochlarim xo"l, artilmagan xolatimda xibsga olishib mashinaga o"tkazishdida, meni qayoqqadir olib ketishdi. Mashina oynalari qoraytirilgani, buning ustiga qorong"i tun bo"lganligi uchun tashqariga qarab yo"nalishni aniqlash mumkin emas edi. Yonimda ikki ofitser, ortda soqchilar gapirmay jim borishar, bu esa vaziyatni yanada sirlilashtirardi. Oxiri: - Meni qayoqqa olib ketayapsizlar? Otganimi? - dedim. Shunda ofitserlardan biri tilga kirib: - Bizda so"roqsiz, sudsiz odam otilmaydi - deb qo"ydi. Men yana davom etdim: - Sizlar otaverasizlar. Qodiriyni, Elbekni, Botuni, Fitratni, Cho"lponni otgan odamlarga Vulqonni otish nima bo"pti. Ofitser qaytib gapirmadi. Men ham gapirmadim. Biz uzoq yo"l yurdik. Nihoyat, manzilga yetdik shekilli, mashina to"xtab pastga tushdik. Meni xibsga olgan melisa xodimlari doira yasab turib qolishdi. Ularning kattasi ratsiyada kim bilandir gaplashdi. Biz allaqanday imorat qarshisida turib qoldik. Shu mahal melisalarning kattasi menga: - Shoir aka, bizga ham she"rlardan o"qib bering. Melisalar xaqida yozilganidan bordir - dedi. Men o"ylanib qoldim. O"ylanib-o"ylanib oxiri: - Melisalar xaqida she"r yozmagan ekanman. Lekin bir she"r bor shuni sizlarga o"qib beraman - dedim.
   - Ha, ha, qani - deyishdi melislar qiziqishib. Men she"rni o"qiy boshladim:
  
  
  
  
  
  Yahshimasmi
  
  
  
  
  Olloh dilingda bo"lsa hamxona yaxshimasmi.
  Xaq yo"lida qamalsang zindona yaxshimasmi.
  Masjidda axli joxil mashg"uli g"iybat o"lsa,
  Ul joyi xonaqodan mayxona yaxshimasmi.
  Boshingga tushsa kulfat asqotmasa qarindosh
  Unday hesh aqrabodan begona yaxshimasmi.
  Iblisga do"sti sodiq yolg"onchi olimingdan,
  Xilvatda Xaqni sevgan devona yaxshimasmi.
  Xaq nuridan yuzingni zulmat tomon o"girding,
  Sendan qanoti kuygan parvona yaxshimasmi.
  Vulqon sotilmagan deb, bejiz otilmagan deb,
  Yig"lab ko"mishsa tunda pinhona yaxshimasmi.
  
  
  
  
   Melisa bolalar she"rimni maqtab turishgandi, birdan ularning kattalarining ham kattalari kelib qoldi. Shunda kimdir: - Smirno! - deya baqirar ekan, hammalari tayoqday qotib qolishdi. Barvasta yumoloq bosh, ko"zlari katta-katta, yuzlari farishtasiz bu boshliqning pagonidagi yulduzlar uning podpolkovnik ekanini ko"rsatib turardi. U menga itqarash qilganicha yonimizdan o"tib soqchilari bilan binoga kirib ketdi. Anchadan keyin buyruq bo"ldi shekilli, meni qalin temir eshikli kameraga qamab qo"yishdi. Kamerada menga o"xshash xibsga olinganlar bo"lib ular gaplashib qarta o"ynab o"tirishar, kamera tamaki, ter xididan sasib-bijg"ib ketgan, nafas olish qiyin edi. Men hech kim bilan salomlashmay to"g"ri borib randalanmagan taxtalardan yasalgan topchangga cho"zildim. Chunki charchagan edim. Mening bu surbetlarcha hatti-harakatimdan goh g"ashi kelib goh hayratlangan kameradoshlar menga qarab-qarab qo"yishar, qarta o"ynashda davom etishardi. Men uxlamoqchi bo"lib ko"zlarimni yumdim. Lekin, mahbuslar g"ovur-g"uviri uxlagani qo"ymadi. Shunda men boshimni xiyol ko"tarib: - Ey, zamolchite vû nokonets ili net?! Spatü ne dayote - dedim. Kameradoshlar bir zum jimib qolishdi. Men o"rnimda yotgan kuyim davom etdim: - Ili kto nibudü iz vas pustü kolotit v dverü. Kogda mentû pridut mû svernyom ix shei. Potom vozmyom pushki v trofei i uxodim prochü, kuda glaza glyadyat.
   Bu gaplarimdan mahbuslar bir-birlariga qaraganlaricha bir zum qotib qolishdi. Anchadan keyin ulardan biri menga o"grilib:
   - Ni -i-ffega-a sebe-e! Terminator nashyolsya. Mujiki, Vû ne zamechayete? Bez svetlogo fonarika (ko"zimning ostidagi xolimga ishora qilib) on tochü v tochü poxoj na Terminatora. Ey znayeshü, li tû, skolüko ix tut etix kiborgov?! - dedi.
  - Nu i chto? - dedim men uni badtar xayratlantirib. Shu gapimdan keyin ular meni yo tomi ketib qolgan ruhiy bemor yo monyak, kallakesar deb o"ylashdi shekilli kimdir:
   - Nu ladno spi, Terminator, spi- deb qo"yarkan, g"ovur-g"uvur bosilib ular pastroq ovozda suhbatlasha boshladilar. Shundan keyin uxlab qolibman. Ertalab meni olib chiqib ketishdi. Temir eshikli xonalarning biriga olib kirishdi. Qarasam xona to"rida kechagi podpolkovnik o"tiribdi. U meni so"roq qila boshladi.
   - Siz avvalo manga Cho"lponni kim yeganini eyting - dedi u. Men o"ylanib qoldim.
   - Ha-a, kechagi gaplarimni ofitser oqqizmay -tomizmay boshlig"iga yetkazibdida - degan o"y keldi hayolimga. Men indamay turgandim podpolkvonik yana davom etdi: - Har xil shiorlarni eytib qichqiribsiz? Kim u Muhammad Solixingiz?
   - A, endi, mastlikda...bilmay - dedim men kalovlanib. Podpolkovnikning badtar jahli chiqdi: - Nima? Mastlikda bilmay? Hov, siz mani kim deb o"ylovossiz-a? Nima man sizga yosh bolamanmi?! Xo"p mastlikda bilmay qichqirgan bo"lsangiz, naga endi aynan - Yashasin Muhammad Solih - deb hayqirasiz? Naga dopustim...Yashasin Abdulla Oripov yoki yashasin Erkin Vohidov, yoki yashasin Po"lat Mo"min - deb, baqirmadingiz? Siz naga cho"pchak eytvossiz manga! Bilmay qilgan bo"lsangiz, naga boshiyzi betonga urib dabdala qilmadingiz-a? Ya-a-a, bu ishlani bor-ku, siz umûshlennûy, to yestü, ongli ravishda qilgansiz. Yozing "obyasnitelünûy"ni. To"g"risini yozing.
   Men xuddi o"z xoxshi bilan ishdan ketmokchi bo"lgan,"Ishqdagi ishq" filümining bosh qahramoni Yevgeniy Yefremovich Novoseltsev kabi tushuntirish xatini yozib topshirgan edim. Podpolkovnik tilxatni o"qib chiqib inkor ma"nosida bosh chayqar ekan: - Noto"g"ri, boshqatdan yozing - dedi. Men tushuntirish xatini yana kaytadan yoza boshladim. Shu mahal podpolkovnik:- Manga karang, boshlig"ingiz anuv Abdulla Oripovmi? - dedi. Men "ha" deganday bosh likillatdim. Podpolkovnik davom etarkan: - O"sha telefon qildi bizaga. Tovoqsoyga chiqarib, qamoqda chiritvoringlar - dedi deya menda yuz beradigan o"zgarish reaktsiyani kutdi. Shu gapdan bildimki, hukumatning erkatoy shoiriga aylangan Abdulla Oripovni militsiya xodimlari ham yomon ko"rar ekan. Lekin, men podpolkovnikni gaplariga ishonmadim. Chunki, ustozimiz, buyuk o"zbek shoiri Abdulla Oripov hech qachon bunday tubanlikka bormaydi, sotmaydi, deya o"yladim, keyinchalik quvg"inda yurgan kezlarimda ham Qashqadaryolik qochqin To"lqin Qorayev: - Abdulla Oripov sotqin, men u bilan bitta viloyatda tug"ilganimdan or qilaman, nomus qilaman, - deganda, men shoirni himoya qilib: -Abdulla Oripov to"g"risida bunday bema"ni gaplarni gapirmang. Abdulla Oripovning o"zbek adabiyotiga qo"shgan xissalari ulkan, - degan edim. "Ozodlik" degan radiodan bir yosh yigit chiqib, men kutubxonamdagi Abdulla Oripov va Erkin Vohidovlarning kitoblarini bitta qo"ymay yoqib yubordim. Ular sotqin - deganda ham u kimsadan qattiq xafa bo"lganman. Xalqi, Vatani uchun biron jo"yali ish qilmagan, bitta she"r tugul o"z tarjimai holini ham 30-40 ta xato bilan yozuvchi kimsalar xalqimiz ardoqlagan, adabiyot oldida katta xizmatlar ko"rsatgan adiblar to"g"risida hukm chiqarsa, ularning nomlarini tahqirlasa! "O"tlab" ketib qoldim, uzr. Yana xibsxonaga qaytamiz. Tergovchi podpolkovnik menga qayta-qayta tushuntirish xati yozdiraverib qonimni ichdi go"yo. Men u paytlar qamoqdan chiqaman deb sira o"ylamagandim. Aksincha, Prezident Qarorgohining shunday yonida sodir qilgan "Jinoyat"im uchun meni yo otishsa kerak, yo osishsa kerak deya taxmin qilar edim. Lekin Olloh saqlasa oson ekan. Garchand tushuntirish xatimda birovni sotmagan hamda kechirim so"rab, Prezidentga yalinmagan bo"lsam-da, men ozodlikka chiqdim. Mening ozod bo"lishimda (aniq faktlar bo"lmasada), eshitishimcha bir guruh shoir-yozuvchilar va adabiyotshunos olimlar hukumatga: - Qo"yinglar endi, shu tentak shoir juvonmarg bo"lib ketmasin - deya murojaat qilgan emishlar. Aytishlaricha ular Said Ahmad, Erkin Vohidov, Toxir Malik, Ozod Sharafuddinov va boshqalar ekan. Rahmat ularga.
   Do"rmon voqeasidan keyin, tabiiyki, ishdan "Randa" bo"ldim va o"ziga bir nechta rassomlarni biriktirgan remont montaj, reklama-bezak ishlari bilan shug"ullanuvchi ishlab chiqarish firmam turli vajx-korsonlar bilan yopib yuborildi. Meni hech qaysi tashkilot ishga olmay qo"ydi. Xatto, maktablar ham. Firma hisob raqamidagi pullar musodara qilingach, kafangado bo"ldim. Kunda-kun ora bizning uyda aroq-konüyak ichib qazi-qarta yeguvchi "Xoldor Vulqon uchun kerak bo"lsa, hech ikkilanmay shartta o"zimni so"yib tashlayman" degan ulfatlarim, do"stlarim mendan yuz o"girib ostonamga yo"lamay qo"yishdi. Tanish bilish yozuvchilar ham meni ko"rsa bir-ikki chaqirim nari qochadigan bo"lishdi. O"zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Andijon viloyat bo"limi adabiy yig"inlarga, mushoira tadbirlarga meni taklif qilmas, men endi adabiy muhitga yanada o"gaylashgan edim. Baliq suv bilan tirik bo"lgani kabi men ham adabiy jamoatchilikka talpinar edim. Men xuddi tropik yomg"irlarda ivib, qaltirab baland daraxt uchida o"tirgan, to"dasidan ayrilgan yolg"iz Makaka maymuniga o"xshab qolgan edim. To"daga yaqinlashsam katta maymunlarni jazavasi tutib o"rmonni boshiga qo"targancha qiyqirib-chinqirib, meni quvib tashlardi go"yo. Lekin o"shanda bir narsaga hayron qolganman. Mening boyu bosomonligimda biron narsa so"rab kelmagan, menga o"zini sadoqatini izhor qilmagan odamlardan ko"p yaxshiliklar ko"rdim. Ollox ulardan rozi bo"lsin.Do"rmonda qilgan "jinoyatim"dan so"ng hayotim xuddi atom bombasidan vayron bo"lgan Xirosima va Nagasaki shaharlari kabi xuvvilab qoldi. Bir kuni "Sharq yulduzi" jurnali nashr qilinadigan 16 qavatli "jurnalünûy tsentr"ga borsam, hali jurnal xodimlari kelmagan ekan. - Bu yerda ish soat 9 dan boshlanadi, biroz kuting, - dedi, propuska punktida turgan melisa bola. Shu payt tashqaridan A"zam O"ktam degan shoir kirib kelib qoldi. Men o"z qadrimni sinash uchun o"zimni qo"rmaganga solib, devordagi telefon raqamlari ro"yxatiga qarab turdim. Shu payt A"zam O"ktam yurishidan to"xtab, "Xoldor Vulqon", - dedi. Men uni endi ko"rganday o"girilib qarab: - E, A"zamjon, Assalomu alaykum, - deya, shoir tamon yurdim. A"zam men tomon yurdi, quchoqlashib qo"rishib, hol-ahvol so"rashgach: - yuqoriga chiqmoqchimisiz?, - dedi u. Men "ha" deganday bosh likillatdim. - Qani ketdik unda, - dedi shoir va "bu odam men bilan", - deya, melisalar nazoratidagi punktdan meni olib o"tib ketdi. Biz liftda yuqoriga ko"tarildik. Yuqori qavatlardan biriga chiqqach, koridordan yurib bir eshik yonida to"xtadik. Oyog"iga maxsi-kalish kiyib olgan A"zam O"ktam cho"ntagidan kalitni olib "Bismillahir rahmanir rahiym", -deya kabinetini ochdi. Biz ichkariga kirdik. Kreslolarga o"tirib duo qildik.
   - Obbo, shoir-ey, yuribsizmi, shunday qilib? Andijonlar tinchmi? Ijodlar qalay?
  - dedi, A"zam O"ktam.
   - Xudoga shukur, hammasi yaxshi, - dedim men.
   - Men ertalab nonushta ham qilganim yo"q. Mana mayiz, yong"oq, pryannik, pechenüe hamma narsa bor. Hozir bitta choy qo"yaman. Ikkalamiz choy ichamiz, - dedi, shoir tizzalariga shappatilab o"rnidan turar ekan. So"ng mushtdan kattaroq choynakka suv solib, kuymalanib yurib, gapida davom etdi: - Kechasi bilan uxlamay ibodat qilib, "Qur"on" o"qib chiqdim. Namoz o"qiyverib oyoqlarim shishib ketdi, - A"zam O"ktam shunday deya, to"xtab, - yaqinda, Farg"onadan Anvar Obidjonning sinfdosh do"sti kelibdi, - deya, gapida davom etdi yana.
  - ikkovi kafega kirib o"tirshisa, do"sti: - Anvar, haligi Kamoldin degan sinfdoshimiz bor edi-yu, Kapponov, - deya, gap boshlabdi.
  - Ha, ha, - debdi, Anvar aka.
   - O"sha bandachilik qildi, - debdi. Bu gapdan Anvar aka qayg"uga cho"mib: - Iye, Xudo rahmat qilsin, - deya, yuzlariga fotiha tortibdi. Shunda haligi do"sti: - keyin anavi Tilavoldi bor edi-yu, o"shayam qo"qqisdan o"lib qolsa bo"ladimi, - debdi. Anvar aka yana: - i-e, uyam o"ldimi? E, Xudo rahmat qilsin, bechora yaxshi bola edi, - deya, yuzlariga fotiha tortibdi.
  Do"sti bo"lsa:- haligi, So"piyev Adixalim bor edi-yu?, - deya, Anvar akamning hayratini badtar oshiribdi.
   - Ha, ha, uyam o"ldimi?, - debdi, Anvar akam.
   - Ha, uyam olamdan o"tdi. Rahmatli ichkilikni ko"p ichar edi. Jigari pishgan ekan-da, bachchag"arni, - debdi, do"sti qaxvadan xo"plab. Shunda Anvar Obidjon yuzlariga so"zsiz fotiha tortar ekan do"stiga qarab: - O"lmagan ikkalamiz qolibmizda-a?, - debdi. Bu gapdan ikkalalari qotib-qotib kulishibdi. A"zam O"ktam qora yumorni shu tariqa hikoya qilib kular ekan, suv qo"yilgan chinni choynakka kichkina kipyatilünikni solib qaynatgich vilkasini razedkaga suqdi. Shu mahal qisqa tutashuv yuz berib, qaynatgich simidan " ta-a-a-rs!!!" etib, o"t chiqib ketdi. Biz cho"chib tushdik. A"zam O"ktam kursiga o"tirib qoldi. Bu holatdan ikkalamiz rosa kuldik. A"zam O"ktam kula-kula: - sal qoldi-yu, a, shoir? O"ziyam menga biror narsa bo"lsa, Xoldor Vulqon A"zam O"ktamni o"ldirib chiqib ketibdi, - deb, rosa shov-shuv bo"lardi-da, - dedi. Biz yana kuldik.
   Shu voqeadan keyin bir-ikki yil o"tgan edi chamasi, bir kun Andijondagi "Bobur" kutubxonasiga kirib qatlama qilib qo"yilgan "O"zbekiston adabiyoti va san"ati" gazetasini o"qib o"tirsam, gazetaning bir sonidagi to"rtinchi betda A"zam O"ktamning suratiga ko"zim tushdi. Surat tepasidagi yozuvlarni o"qib o"tirgan joyimda qotib qoldim. Chunki, u yerda adabiyotimiz yana bir judolikka uchragani, iste"dodli shoir, A"zam O"ktamning olamdan o"tgani haqidagi ta"ziyanoma yozilgan edi. Men ta"ziyanomaga termulganimcha o"zimga kelolmay, kutubxonada ancha vaqt o"tirib qoldim. So"ng, o"zining ajoyib she"rlari bilan shamday erib, yonib zulmatlarni yoritgan, yoniq yorqin iste"dod egasi, iymon e"diqodli shoir do"stim - A"zam O"ktamga Allohning roziligini tilab, duo qildim, yuzlarimga fotiha tordim.
  
  
  
  
  Quvnoq odamlar
  
  
  
  
  
  Andijonda Odiljon Nishonov degan qorato"ri, to"ladan kelgan bir inson bor. U rassomchilik kasbi bilan halol tirikchilik qiladi.She"rlar, prozaik asarlar yozishda ham mashqi bor. Qo"li ochiq, quvnoq, adabiyot va san"atni yaxshi ko"radigan diyonatli bu odamning jangarilik fe"li ham yo"q emas. Odil aka qiziq latifa yoki gap eshitsa og"zini boricha ochib shunaqa qah - qax urib kuladiki, og"zidagi tilla qoplangan 32 ta tishining hammasi ko"rinib ketadi.Kinolardagi bosmachilarga o"xshab kuladi. Men bir kuni shaytonlik qilib: - Odil aka, sizning og"zingiz qimmatbaho hazina saqlanadigan hamyonga o"xshaydi - desam, Odil aka hafa bo"lish o"rniga har galgidek anginasi ko"ringuday og"zini ochib qotib kuldi. Bir gal: - Odil aka, sizni Odiljon Nishon emas, Odiljon Mishen desak bo"larkan. Negaki siz xalqni ximoya qilaman deb har gal zolimlarga nishon bo"lasiz, ya"ni mishen - deganimda ham shunday kulgandi. Xullas, Odiljon Nishonovga yaqin yurgan odam hech qachon ziyon ko"rmaydi. Odil akam muxolif fikrli, o"z printsiplariga ega shaxs bo"lgani uchun ham bir paytlar "Birlik" xalq harakati faollaridan edi.Shu sabab xukumat uni davlat idoralariga, yig"inlarga yaqinlashtirmas, bundan Odil aka xafa ham bo"lmas, bir chetda topgan non uvog"ini do"stlari bilan baham ko"rib yashayverar, qiynalayotgan odamlarga achinib ularga qo"lidan kelganicha moddiy yordam ko"rsatardi. Sherali Jo"rayev desa o"zini tomdan tashlaydigan u inson bir kuni o"zi bezovchi rassom bo"lib ishlayotgan yirik to"qimachilik kombinatida "Jilg"a" degan gazeta tashkil qildi va "Tulpor" nomli ijodiy uyushma ham ochdi.Xukumatning Yozuvchilar uyushmasiga muqobil "Tulpor" ijodiy uyushmasiga shoirlar, yozuvchilar, hofizlar, rassomlar va sozandalar, hatto kompozitorlar ham kelib ishtirok etishar, yig"ilishlarda qizg"in ijodiy baxslar bo"lib, yangi asarlar muxokama qilinardi. Odil akam bu uyushma mashg"ulotlarini rayonlarda, choyxonalarda, yoz paytlari tog" etaklarida o"tkazilishini tashkillashtirardi. Bir kuni XBK to"qimachilik kombinatida Shahrixonlik Tolibjon Zokirovning "Dunyo" ansambli ishtirokida katta kontser tashkil qildi. Zal to"la odam. Tolibjon Zokirovning boshqa hofizlar yo"nalishiga o"xshamaydigan san"ati menda chuqur taasurot qoldirdi. Kontsert nihoyasiga yetgach, Odil akam Tolibjon Zokirovni menga tanishtirarkan, biz ko"rishdik. - Sizning qo"shiqlaringiz lirikaga boy, o"ziga hosligi bilan boshqa xofizlarning qo"shiqlaridan keskin farq qilar ekan. Siz Mark Bernes kabi qo"shiqchi ekansiz. Ayniqsa, Anvar Eminning "Onajonim" nomli she"riga bastalangan qo"shig"ingiz zaldagilarni sehrlab qo"ydi - dedim men. - Rahmat, aka - dedi Tolibjon Zokirov. Shunday qilib Tolibjon Zokirov bilan do"stligimizga poydevor qurildi. U poydevor mustaxkam ekan, do"stligimiz hamon bardavom. U mening o"ndan ortiq she"rimni qo"shiqqa aylantirdi.Ayniqsa, "Azroil", "Mo""min musulmonlar ro"za muborak" kabi she"rlarga bastalangan qo"shiqlar elga mashhur bo"ldi.Tolibjon boshchilik qilguvchi "Dunyo" ansamblida O"tkirbek Ro"ziyev degan bola ham bor bo"lib, uni hamma O"tkir qiziq deyishadi.Bir kuni O"tkir : - Xoldor aka, menga ham bironta hajviya yozib bering, to"ylarda aytib yuraman - dedi. Men xo"p deb unga "Burga" degan hajviya yozib berdim. Keyinchalik O"tkir xursand bo"lib: - Aka, hajviyangizni to"ylarda aytib yuribman. Odamlar kulib qotib qolishyapti - dedi minnatdorlik bildirib. Hajviyaning mazmuni quyidagicha edi:
  Bitta burga kambag"al kolxozchining ko"ylagida dunyoga kelib, ulg"ayib, uylanib, bola - chaqali bo"lib, farzandlarini uylab - joylab, nevara ko"ribdiyu yaxshi niyyat bilan to"y qilibdi. To"yga bitlar, sirkalar, iskabtoparlar, xaromuzuliklar, kanalar ham kelibdi. To"y qizigandan qizib, kambag"alning qonidan ko"proq tortib qo"ygan bir kana mast bo"lib rosa to"palon ko"taribdi. Uni bir narsa qilib tinchlantirishgach, burgaga so"z berishibdi. Burga qizil sharob to"la qadaxni ko"tarib alyor aytibdi: - Avvalo, assalomu alaykum, uzoq yaqindan kelgan mehmonlar, kanalar, iskabtoparlar, bitlar va hurmatli sirkalar! Otam rahmatli, o"g"lim, esing bo"lsa kambag"alning qonini so"r - deb pandu nasixat qilardilar. Mana otamning o"gitlariga amal qilib yomon bo"lganim yo"q.Shu kambag"alning qonini so"rib, o"g"il uylab, qiz chiqarib, nevaralarga to"y qilib, sodda kolxozchining ko"ylagida boyu badavlat bo"lib yashab yuribman necha yillardan beri. Ayniqsa, ustozim Kanavoy akadan kambag"alning qonini so"rish san"atini o"rgandim. Shuning uchun endi mamnuniyat bilan so"zni qonxo"r ustozim Kanavoy akaga bersak! - degan ekan kanalar, iskabtoparlar, bit va sirkalar o"rinlaridan turib qarsak chalib yuborishsa qarsaklar shiddatidan kambag"alning ko"ylagi yorilib, yirtilib ketibdi.
  
  "Dunyo" ansamblining solisti Tolibjon Zokirov qiziqchilikda O"tkirdan qolishmaydi. Bir kuni to"ydan qaytgach, xordiq chiqarisharkan, suhbat orasida Tolibjon ayvonga chiqibdida, O"tkirning tuflilarini yuzlik mixlar bilan taxta polga mixlab qo"yibdi. O"tirish kuzab, ayvonga chiqishgach, O"tkir tuflilarini kiyibdida, iplarini maxkam bog"lab, Tolibjonlar bilan xayrlashibdi.
  
  - Bo"pti bo"lmasa, O"tkir, xayr. Ertaga to"y bor - a, esdan chiqmasin tag"in - debdi Tolibjon.
  
  - Ha, esdan chiqmaydi. Bo"pti bo"lmasa, men boray. Vaqt ham allamahal bo"ldi. Xotinim kutib o"tirgandir meni - debdi O"tkir. Keyin yuraman deb intilgan ekan, oyoqlarini taxta polga mixlangan tuflilar tortib qolib "Ix!" deganicha ostonaga ag"anabdi. Uni ko"rib Tolibjonlar kulib qotib qolishibdi. Bir pasdan keyin O"tkir ham ularga qo"shilib kula boshlabdi.
  
  - E, shunaqa hazil qiladimi odam. Oyog"im sinib qolay dediya. Tuflilar ham kiradigan joyiga kirib ketibdi. Endi nimani kiyaman - debdi O"tkir. Shunda Tolibjon Iqbolga: - Bor, Iqbol, O"tkirga olib qo"ygan sovg"amizni olib chiq - debdi. Iqbol oldindan sotib olib qo"yilgan yangi tuflilarni olib chiqib O"tkirga topshirgan ekan.
  
  Yana bir qiziq voqeani yozgim kelyapti. Bir kuni birov chaqirib qoldi. Chiqsam, ko"chada "Dunyo" ansambli jamoa bo"lib tirjayishib turishibdi. Ular bilan ko"rishib : - Qani, marhamat - deya uyga taklif qildim. - Boshqa safar, aka. Hozir ish shoshilish. Tezda kiyinib chiqing, sizni ham to"yga olib ketamiz. Bitta shishkani to"yida hizmat qilishimiz kerak. Bonkaning boshlig"i ekan - dedi Tolibjon. Men o"ylanib turdimda: - E, qo"ysangizlarchi, men to"yda nima qilaman ko"zimning tagi qorayib - dedim. Tolibjon unamay turib oldi. - Borasiz. Bormasangiz bo"lmaydi. Men to"yning egalariga sizni ham olib borishga vada berib qo"yganman. Odamni sharmanda qilmang - dedi u. Men obbo! deya o"ylanib turdimda: - Unday bo"lsa qora ko"zoynak taqib olaman - dedim. Shunda Tolibjon: - Iye, bitta oynagi tushib qolgan qora ko"zoynagingiz turibdiyu yana qanaqa qora ko"zoynak? - dedi mening xolimga ishora qilib.Gurr etib kulgi ko"tarildi. Rosa kuldik. Men uyga kirib kiyinib chiqdim. So"ng kula - kula to"yga jo"nadik.
  Kunlardan bir kuni "Dunyo" ansambli san"atkorlari biznikiga mehmonga kelishdi. Yob - ichib, suhbatlashib o"tiruvdik O"tkir havo almashtirib kelay deb tashqariga chiqdi. Men xojatxonaga olib boradigan yo"lakni ko"rsatdimda, mehmonxonaga qaytib kirdim. O"tirib endi choy quyaman desam, ayvonda: Xg"g"g"g"avhav! Xav!g"g"g"g"avvavvav! degan itning asabiy ovozi bilan O"tkirning faryodi eshitildi. Topir - tupur shovqinni eshitib O"tkirni quturgan it g"ajib qo"ydi degan fikr keldi miyyamga. Yugirib ayvonga chiqsam O"tkir tirjayib turibdi. -Ha, ablax! - dedim men kulib. Kulib - kulib ichkariga kirsak Tolibjonlar ham kulib qotishyatgan ekan. Shunaqa ukalarim bor edida. Eh, ular bilan kechgan qiziq voqealarni yozaversam alohida bir hajviy kitob bo"ladi. Do"stlarimni sog"indim. Ba"zan hayolan ularga talpinib: - E, Xudo! Meni o"z Vatanimga, do"stlarimning yoniga qaytar - deyman Yaratganga iltijo qilib va Abdulqodir Bedilning mashhur misralarini eslayman.
  
  - Jahonning shodligi yig"ilsa butkul,
  Do"stlar diydoridan bo"lolmas ustun.
  
  
  Qanday ajoyib misralar!
  
  
  
  
  BO"RONLI ZULMATLAR
  
  
  
  
  Bishkekka yana bahor keldi. Bugun ertalab oshxona derazasidan ko"rinib turguvchi daraxtda olmaxonga ko"zim tushdi. Bishkek alleyalar, parklar, bulüvarlarga boy shahar bo"lib, dov-daraxtlarida olmaxonlar ko"p. Ular odamdan qo"rqmaydi. Agar bu olmaxonlar bizda bo"lsa bormi, ularni bizning sho"x-shaddod bolalar allaqachon cho"zma bilan urib o"ldirishgan bo"lar edi, deya, xomush jilmayib qo"yaman. Kecha tunda qattiq bo"ron bo"ldi. Said o"g"lim bironta ertak eshitmaguncha uxlamaydi. Kechasi unga men ertak aytib berdim:
  - Bir bor ekan, bir yo"q ekan, qadim o"tgan zamonda uch og"ayni qo"rqoqlar bo"lgan ekan. Bir kuni otasi ularni yoniga chorlab: - ey, vallakusalang, tekinxo"r, parazitlar! Insoflaring bormi? Senlarni boqishga mening nogironlik nafaqam yetmayapti. Uyda yeydigan narsaning urvog"i ham qolmganidan sichqonlar och qolib, sulayiib, sudralib xassa tayanib yurishibdi! Dastlaringdan "dod"! Senlar ham odamga o"xshab bundoq bir ish-pish axtarsalaringchi, - debdi.
  - Otajon, bizlarni haydamang. Biz ko"chaga chiqqani qo"rqamiz. Ko"chaga chiqsak, melisalar ushlab cho"ntagimizga "Xizbut-tahrir"ning varaqasini solib, qamab yuborsa, nima qilamiz?, - deyishibdi uch og"ayni qo"rqoqlar.
  Chol o"ylanib qolibdi. - Darvoqe, - debdi, u oppoq soqolini tutamlab , so"ng debdi: - unda vot chto, onang shimlaringni cho"mcheklarini qumga to"ldirib, qarmoqning leskasi bilan tikib beradi.O"shanda melisalar kistalaringa varaqa, patron, granata sololmaydi.
  Bu gaplarni eshitib o"rtanchi qo"rqoq o"g"il: "-û-û-xû-xû-xû-û-û-û", - deb, kulibdi kamshik tishlari orasidan tilini ko"rsatib.
  
   Xullas, taklif uch og"ayni qo"rqoqlarga maqul bo"libdi. Onasi o"g"illarining cho"ntaklariga qum solib tikib beribdi. Uch og"ayni qo"rqoqlar yo"l anjomlarini zambil g"altakka yuklab, qo"rqa-pisa atrofga alanglaganlaricha yo"lga ravona bo"lishibdi. Ular yo"l yuribdi, yo"l yursa ham mo"l yurib, tog"u, sahro-cho"l yurib, bir tepalikka yetib borganlarida qorong"u tushibdi. Aka-uka qo"rqoqlar atrofdan tappi-tezak, shox- shabbalarni yig"ib gulxan yoqishibdi. Qattiq non yeb qorin to"ydirib, uyquga ketarkanlar, to"ng"ich qo"rqoq tungi navbatchi bo"lib ukalalarini qo"riqlashga zo"rg"a ko"nibdi. Ukalari uxlagach, to"ng"ich qo"rqoq oydinda atrofga olazarak qaraganicha qo"rquvdan qalt-qalt titrab o"tiribdi. Bir mahal tunda yegulik axtarib yurgan tipratikon xazonlarni shitirlatib qolibdi. Shunda qo"rquvdan yurak-talog"i chiqqudek bo"lgan to"ng"ich qo"rqoq: - Voy dod! SNB kelyapti, qochaver!, - deya, o"rnidan sakrab turibdi-da, ukalarini tashlab yugurib ketibdi. To"polondan o"yg"ongan ukalar ham gulxanni tepalab o"chirib, o"tib akasining ortidan ura qochishibdi. Ular shu qochganlaricha chopaverishibdi, chopaverishibdi, oxiri holdan toyib, sulayib, tinkasi qurib, tili osilib, bir dala uvotiga borib cho"zilib yotib qolishibdi.
  
   -Bay-bay-bay-ba-a-ay, Xudo bir saqladi-a?, - debdi, nihoyat, nafasi og"ziga tiqilib xansiraganicha kenja qo"rqoq.
  - Zambilg"altak bilan yo"l anjomlarimiz qolib ketgani yomon bo"ldi-da, - debdi, xarsillab nafas olganicha o"rtanchi qo"rqoq.
  
   - Ey, sadqai sar, jonimiz o"ljaga qoldi, shungayam shukr, - deya, yuragi dukillab urayotgan, chap ko"ksini paypaslab qo"yibdi, to"ng"ich qo"rqoq. Ular qo"rqa-qo"rqa uyquga ketarkanlar, bu kech o"rtanchi qo"rqoq navbatchilik qiladigan bo"libdi. Uzoqlarda itlarning hurishi, chigirtkalarning bir maromda chirillashini, ahyon-ahyonda allaqanday tun qushlarining:
  - "xuv-xuv-v! xuv-xuv-v! Qirt-qirt, xaq-xaq xaq-xaq-xa-xa-a-a-aq!", - deya sayrashini hisoblamasa, kech jim-jit ekan. O"rtanchi qo"rqoq yoshligida katta buvisidan o"rgangan duolarni pichirlab o"qib, o"ziga dam solib qo"rqib gulxanga tappi qalab o"tirar ekan, birdan gulxan olovi shu"lasida uzaygan o"z soyasini ko"ribdi-yu, jon-poni chiqib: - Voy do-o-d! Chudovishche! Paranarmalünoya anamaliya! O"zga sayyoralik gumanoid! Yordam berinar, kim bor! - deya, baqiribdi. Cho"chib uyg"ongan ukasi tura solib: - Naim aka, iltimos, bizni qo"rqitmang!, - deb, yig"labdi izillab.
  
   - Xayim, qo"rqitganim yo"q! Yershalayimni ham uyg"ot, ana, qara ular ikkita ekan, - debdi, dahshat ichra o"zining va ukasining soyasiga ishora qilib o"rtanchi qo"rqoq. Bu orada uyg"ongan to"ng"ich qo"rqoq Yershalayim ham o"rnidan turibdi-yu, soyalar yana bittaga ko"payibdi. Shundan keyin uch og"a-ini qo"rqoqlar qo"rquv ichra boshlari oqqan tomonga shunday qochibdilarki, yugurayotganda oyoqlari yerga tegayotganini ham sezishmabdi. Ular to holdan toyib oyoqlari chalmashib yiqilgunlarigacha chopaverishibdi, chopaverishibdi. Bu orada tong otibdi. Uch og"a-ini qo"rqoqlar jar yoqasida o"sgan jiydalarning mevalaridan yeb nonushta qilib, yana yo"lga ravona bo"lishibdi. Ular yo"l yuribdi, yo"l yursa ham mo"l yurib, bir dashtga borganda qorong"u tushibdi. Gulxan yoqqani aka-ukalarning gugurti ham tutantiriqqa qog"ozi ham yo"q ekan. Ular nima qilishini bilmay qo"rqib yig"lashibdi. Shunda dasht ortidan ko"zga tashlanayotgan chiroq shu"lasini ko"rishibdi-yu, to"ng"ich qo"rqoq o"rtanchi qo"rqoqqa: - Naim, sen o"sha chiroq yongan xonadonga borib, gugurt bilan tutantiriq olib kel, - debdi. O"rtanchi qo"rqoq ortiga tisarilibdi: - Ey, zaril kelgani yo"q. Qo"rqaman. It quvlab qolsa nima qilaman?! O"zingiz boring, - debdi.
  
   - Yaxshisi, uchalamiz boraylik, - debdi, kenja qo"rqoq. Taklif bir ovozdan qo"l ko"tarib ma"qullangach, ular chiroq porlab turgan joy tomon odimlab ketishibdi. Yetib borishsa, chiroq porlayotgan joy o"g"rilarning o"rdasi ekan. Aka-ukalar shu"la taralayotgan deraza yoniga borib, ohista ichkariga qarashsa, ichkarida kazo-kazo hokimchalar, prokuror, advokatlar, rais-u omborchilar aysh qilib o"tirganini ko"ribdilar. Ulardan biri sharof kayfidan sarmast ko"zlarini suzib gapirar, uning gaplaridan davradagilar qotib-qotib kulisharmish:
  - Yaqinda "Quduqnor" tumanidagi dehqon-fermer xo"jaliklariga tarqatish uchun yetmish tonna organik o"g"it keltirilgan edi. Men o"g"limga "shu yetmish tonna organik o"g"itdan o"n tonnasini urib qolaman", - desam, ishonmadi. Yosh-da bola. Fermerlar shohida yursa, biz bargida yuramiz. - Illyuzonist dadangning fokuslaridan o"rganib ol, - dedim
  
   -da, fermerlarga: - Hadeb torozida tortavermay, mana bu chelakni chamalaylik. Unga sakkiz kilo organik o"g"it sig"adi, mana, - deya, ularga chelakdagi o"g"it og"irligini namoyish qildim, ular rozi bo"lishdi. Tarqatishni boshlagnda esa, o"g"limning ko"z o"ngida -"abraka-dabraka kala-kala suf!", - deb turib, chelakni ikkita tepib bukdim-da, bukilgan chelakda o"g"itni tarqata boshladim. O"sha tepganimda bukilgan chelakka sakkiz kilo emas, olti kilo o"g"it sig"adigan bo"lib qolganini shalpang quloq fermerlar hayollariga ham keltirganlari yo"q. Yetmish tonna organik o"g"itdan o"n tonnasini urib qolganimni ko"rib, o"g"lim menga qoyil qoldi.- Dada, men siz bilan faxrlanaman, - dedi o"g"lim! To"g"ri fermerlar u o"g"itlarni kimgadir sotadi. Pulini hokimlarga uzatib, yerlarning - Ball Bonnitetini, ya"ni, yerning hosildorlik imkoniyati pastligini, - yozdirib, paxta ekilishi kerak bo"lgan yerlarga serdaromad ekinlar, sholi, bug"doy ekishadi. Kuzda paxta tayyorlash punktlari, paxta zavodi direktorlariga "uzatib" yo"q yerdan, - yuzlab tonna paxtani topshirdi, - deya, qog"oz yozdirishadi va paxta topshirish yillik rejalarini shu tariqa bajarishadi. Mukofat va unvonlar oladilar. Men o"zim dehqonchilikni "d"siniyam, paxtachilikning "p"sini ham bilmayman. Lekin, yo"lini qilib, dehqon-fermer bo"lib olganman. Ikki yuz gektar yerim bor. Tender talablari bo"yicha dehqon-fermer bo"lguchi kishining bulüdozerlari, xaydov va trasport traktorlari, kombaynlari bo"lishi kerak ekan. - Ha, yaxshi, - dedim. Bir yemaxo"r raisga, - teshib chiqsin, - deya, boshimdan aylantirib picha aqcha uzatdim. Rais menga jamoa xo"jaligi traktor-texnikalarini prakatga berib turdi. Tender kuni komissiya texnikalar borligini hisobga olarkan, meni, - g"olib, - deya, e"lon qildi va yalong"oyoq fermerlar yerlarini menga topshirishga majbur bo"lishdi. Ular haqiqiy paxta yetishtirish ustalari. Endi bu "ustalar" bola-baqchasi bilan menga qul.
  
  Bu ishlarimni ko"rib o"g"lim : - dada, siz bilan sexrlanaman, - dedi. Faqat xotinim:
  - Siz elni aldab,- kolxoz traktorlarini o"zimniki, - deb, tenderda adolatsizlarcha qilvirlik bilan g"olib bo"ldingiz. Men buni fosh qilaman, - dedi. "Xotin jafo, it vafo" deganlari shu-da. - Bor, xohlagan joyingga arz qil! Qo"lingdan hech narsa kelmaydi. Bizda mustaqil axbort vositalari yo"q. Ming yoz, milliyard marta yoz, yozganing Karimovingga yetmay vazirlikdan qaytib kelaveradi, xarip. Prokuror, melisa, hokimu rahbarlar barisi oshnam. Birga gap yeymiz. Enangni qozi so"ksa dardingni kimga aytasan?, - dedim.
  
   Bu gaplardan davradagilar "xo-xolab" kulishibdi. Deraza ortida turgan uch og"a-ini qo"rqoqlar esa, bir-birlariga qarab qolishibdi. Shunda to"ng"ich qo"rqoq ukalariga past ovozda: - Ukalar, esimiz borida bu yerdan tuyog"imizni shiqillataylik. Tamomi rahbar, davlat arboblari shu yerda ekan, bulardan gugurt olib gulxan yoqqandan ko"ra, sovuqda muzlab, qotib qolganimiz ma"qul. Aks holda, guvohni gumdon qilishga odatlangan "kattalar" o"zimizni tutib gulxanda kuydirishlari baayni haqiqat. Qochdik, - debdi.
  
   Uch og"a-ini qo"rqoqlar shu tariqa maslahatga maxsi kiydirib, oyoq uchida ehtiyotkorlik bilan yurib, o"rdadan uzoqlashibdi-da, u yog"iga tizg"iraganlaricha qochib yuborishibdi. Shunday qilib uch og"a-ini qo"rqoqlar murod maqsadlariga yetmabdi.
  
   Men ertakni tugatib bunday qarasam o"g"lim uxlab qolgan ekan. Bu mahal tashqarida xamon bo"ron guvillab esar, tungi zulmat yomg"irlarida yuvilgan daraxtlarining qoraygan tanalari "Manas" ko"chasidan Aliasqar To"qtanaliyev ko"chasiga burilayotgan kechikkan yo"lovchilar to"la "Bus"larning ma"yus va xorg"in faralari yorig"ida yaltirab ko"rinadi. Yomg"irlar va bo"ronda chayqalayotgan daraxtlarning shoxlari aro parkdagi chiroqlar g"amgin porlaydi.
  
  Bo"ron... Bo"ron va siyosat. Har ikki holda ham ular nimanidir egadi, nimanidir sindiradi, nimanidir ildizi bilan qo"porib, nimlarnidir qayoqlargadir uchirib ketadi. O"zbekistonda esgan nohaqlik, qabohat va razolat bo"roni, ne ne nihollarni qayrib, egib sindirib, ildizi bilan qo"pormadi, deysiz! U yovuz bo"ron xalqimiz koriga yaraydigan ne ne o"g"lonlarni muxojirlarga, hijroniyat biyobonlariga uchirib ketdi..! Yana Vatanda kechgan jabru jafolarga to"la hayotimni, o"sha bo"ronlarda to"nlarining etaklari bayroqday xilpiraganicha haqiqat sari intilayotgan adolatparvar, xalqparvar, yupun do"stlarimni, maslakdoshlarimni eslayman.
  Lo"ttiboz, g"irrom, nomard rejimning qasamxo"r neokommunistlarining, ontxo"r, nayrangbozlarning va"dasiga ishonib, "Birlik" partiyasini davlat ro"yxatidan o"tkazish yo"lida yelib yugurgan, imzo to"plagan va aldangan pok qalbli, fidoyi, elimizning mard va jasur o"g"lonlarini yodlayman, hayolan ularni qiyofalarini qo"z oldimga keltiriman. Xamdam Sulaymon, Xusanboy (raxmatli), Rustamjon Ishakov, Shokirjon Mo"minjonov, Musajon Bobojonov, Nurmuhammad Azizov, Akbarali Oripov, Dilmurod Muxiddinov kabi "Birlik" partiyasi faollari va Dilshod Tillaxo"jayev, kabi huquq himoyachilari ijobiy ma"noda eslashga loyiq insonlardir.
  
   Andijon voqealaridan keyin quturgan qattol rejim ularning ko"pchiligini avaxtalarga, o"lim lagerlariga tashlab, ko"pchiligini Vatandan kuvg"in qildi. Men Vatandan badarg"a qilingan muxolifatchilarga bag"ishlab "Quvg"in" degan she"r yozdim.
  
  Quvg"in
  
  Ayriliqqa to"ldi umr to"rvasi,
  Onam ko"zlarida jovdirar savol.
  Izg"irinda xushtak chaladi simlar,
  Men yurgan yo"llarda yig"laydi shamol.
  
  
  Ortimda quturgan zanjiri tillo,
  Dumi yo"q itlarning qonxo"r galasi.
  Qo"y, menga ergashma, qaytgil, to"lin oy,
  Omon bo"l, yurtimning oydin dalasi.
  
  
  Yig"lama, g"amlardan qartaygan onam,
  Men uchun olamda yo"q sening tenging.
  Sochlaring paxtadan oqarib ketgan,
  Ko"z yosh artaverib teshildi yenging.
  
  
  G"iybatdan o"t ketdi quloqlarimga,
  Tosh otdi ortimdan uch-to"rta xezm.
  O"rmalar bo"g"zimda yovvoyi xo"rlik,
  Nahot qurib bitgan ko"z yoshi bezim?!
  
  
  Ochilmoqda og"ir ufqlar qovog"i,
  Salqin sabolarda sayrar bedana.
  Chorbog"lar ortida xira porlar oy,
  Olisda yulduzlar olmos sedana.
  
  
  Tongi g"ira-shira ko"prik tomonda,
  Kimdir chekayotir parishon xayol.
  To"xtab sukunatga quloq tutaman,
  Uzoqda bolamlab yig"lar bir ayol.
  
  
  Og"ir bo"lar ekan Vatandan ketmoq,
  Iskovuch it kabi izg"iydi posbon.
  Qaytib kelolmasam yoningga, ona,
  Yer shari tobutim, qopg"ogi osmon!
  
  
  
  "Do"rmon voqeasi" sabab meni ishdan chetlatib, firmamni yopganlari ozday meni hech qaysi tashkilot ishga olmay qo"ydi. Hatto, oddiy odamalar ham menga uylarni ta"mirlash ishlari uchun buyurtma bergani qo"rqardilar. Molu dunyom bisyor mahallar kunda, kun ora biznikida aroq-konüyak ichib, qazi-qarta yeguvchi,
  - "Xoldor Vulqon do"stim uchun kerak bo"lsa, hech ikkilanmay o"zimni so"yib tashlayman ! "
  - deguvchi ulfatlarim misoli suvga tushgan toshday g"oyib bo"lishdi.
  
  
  
  Shunday kunlarning birida "Birlik" partiyasi vakillari meni muxolifat yig"ilishiga taklif qilib kelib qolishdi. Shunda ilk bor "Birlik" partiyasining Andijon viloyati raisi Akbarali aka Oripov bilan tanishganman. To"ladan kelgan, qorato"ri, qoshlari qalin, oq-qora aralash sochlari tikka o"sadigan, lablari qalin, kulganda oppoq baquvvat va mustahkam tishlari shundoq ko"rinib turguvchi bu inson o"zining samimiyligi, oq ko"ngilligi bilan menda chuqur taasurot qoldirdi. Yig"ilish o"tadigan "Behizor" choyxonasining mexmonxonasiga kirganimda muxolifat vakillari yo menga, yoki "Erk" partiyasiga hurmat bajo qilib o"rnilaridan turishdi. Men ular bilan birma-bir ko"rishar ekanman, ular meni xona to"risiga o"tqizib qo"yishdi. Duo qildik. Hol-ahvol so"rashib, choy ichib, osh kelgunicha suzma-salat bilan tandirdan yangi uzilgan sedanali, issiq obi non yeb o"tirdik. O"zbekistondagi siyosiy tanazzul va diktaturaning yovuz qabohatlari haqida uzoq suhbatlashdik. Bu yerda aksariyat "Birlik"chilar bo"lib ulardan tashqari "Ozod dehqonlar" partiyasi vakillari va huquq himoyachilari hamda jurnalistlar bor edi. O"tirganlarning ko"pchiligi iymon-e"tiqodli insonlar bo"lganligi uchun aroq ichilmas ekan. Ichadiganlar bufet-qovoqxonaga borib, "o"zlariga o"xshab" kelishardi. Nihoyat, palov suzildi. Palovdan so"ng muxolifat blokining bundan keyin qiladigan siyosiy faoliyatlari haqida Akbarali aka Oripov qisqacha nutq so"zlagach, muzokara boshlandi. Yig"in adog"ida qo"shma bayonot qabul qilindi va imzolandi. Jurnalistlar muxolifat vakillaridan intervüyular oldi. Yig"ilish boshlanishidan to kuzaguncha SNBning shumqadam ayg"oqchilari atrofda chiyabo"riday izg"ib yurishdi.
  
  Shu kuni xalq, Vatan qayg"usi bilan zardobga to"lib, qirg"og"idan toshayotgan yuragim paymonasi biroz bo"shaganday bo"ldi. Maxdud teleekranlarda kuchaytirilgan tsenzurali radio mavjlarda, soxta, sun"iy, maddoh gazetalarining sahifalarida jannat, amalda esa, saqar do"zax, jahannamga aylantirilgan o"zbek xalqi hayoti, bir-birini sotgan, bir-biridan qarzga botgan chorasiz odamlar noroziligi to"la, tobora chirib, sasib-bijg"ib borayotgan jamiyatda shu kichik muxolifat yig"inlari bizga tansiq, toza kislorod edi. Albatta, bu ishlar boshida "Birlik" partiyasi va uning Lideri turardi. Ha, "Birlik" tashqi dunyodan izolyatsiya qilinib qamoqxonaga aylantirilgan O"zbekistonning temir devorini teshib darcha ocholgan muxolifatdagi yagona partiyadir. Biz muxolifatchilar o"sha darchaga yaqin kelib, toza kisloroddan nafas olardik, go"yo. Shuning uchun ham men bu partiyaga havasim kelardi. Negaki, bizning partiyada "Erk"da bunday tadbirlar uchun mablag" ajratilmas edi. Pul ajratilmasligi sababi, partiya g"aznasi bo"m-bo"shligi, Muhammad Solihning og"ir moliyaviy ahvoli bilan izohlanardi. Shunday bo"lsada, biz "Erk"chilar o"lib-tirilib kezi kelganda kaltaklanib, tahqirlanib, yerto"la, xibsxonalarga qamalib yurib, partiya dasturining targ"iboti bilan shug"ullanardik.
  
  DEVONA
  
  Andijonda yuragimga yaqin insonlar juda ko"p. Ulardan biri Doniyor. Qosh ko"zi va sochlari tim qora, o"rtacha semizlikdagi, ochiq chehrali, quvnoq, o"rta bo"yli, soqol - mo"ylabi qalin, o"ttiz ikkita tishining birortasi ham zararlanmagan, sog"lom, taqvo, toat - ibodatni odatga aylantirolgan, mustaxkam iymonli u yigitning kasbi suratkashlik. Doniyor boshqa suratkashlar kabi fotosalonda emas, sayyor yurib elga xizmat qiladi, shu yo"l bilan halol rizq terib, ro"zg"or tebratadi. U nisbatan yosh bo"lsada, boshqa yoshlar kabi yangi diniy oqimlarga emas , aksincha, qadimiy So"fiylikka ixlosi baland edi. Pirlarga, Avliyolarga, tariqat ahliga ehtiromi cheksizligi sabab bo"lsa kerak, o"g"liga ham Abduxoliq G"ijduvoniy hazratlarining dahosini sharaflab Abduxoliq, ya"ni " Bandalarni va o"n sakkiz ming olamni xolq qilgan Xoliqning, Yaratguvchining quli" degan ma"noni anglatguvchi ismni qo"ygan. Doniyorni menga bir paytlar Odiljon Nishonov tanishtirib qo"ygan edi. Shu - shu biz qadrdon aka - uka, bir umrli do"st bo"lib qoldik. Qiyomatlik desam ham bo"lar.
  Esimda, bir kuni u tushga yaqin mening ishxonamga keldi. Yelkasida fotograflarning teridan ishlangan osma sumkasi. Doniyor men bilan quchoqlashib ko"rishar ekan: - Vatanparvar ekanman deb tushlikkayam chiqmay ishlayveradimi odam. Birgalashib tushltikka biron narsa yeylik, mavlono - dedi hazillashib. Men hijolatdan o"ng"aysiz ahvolga tushdim. Nega desangiz, aynan o"sha kuni mening tushlikka ham pulim qolmagan edi. Gapni aylantirmay to"g"risini aytdim.
  - E, mavlono, shul ham muammo bo"libdurmu? Sira xijolat chekmasinlar - dedi u. So"ng cho"ntagidan bir dasta pul chiqardida, uni sanamay chamalab teng ikkiga ajratarkan, yarmini menga uzatdi. Oling, aka, siz bilan - biz aka -ukamiz. Teng bo"lishganni Tangrim suyibdi deydilar. Men sizning ukangizman - dedi. Avvaliga pulni olishga oriyat qilib e"tiroz bildirdim. Doniyor bo"lsa, qo"limni qaytarmang, hafa bo"lman - deb turib oldi.
  Qarasam, hafa bo"ladigan. Noiloj, rahmat deya pulni oldim. Tushlikka chiqdik. Qo"llarni yuvib, sochiqlarga artgach, Doniyor qo"yarda qo"ymay tushlikni ham o"z zimmasiga oldi. Uning ovqatlanishi hech qachon yodimdan chiqmaydi. Duo bilan ovqat yeyishni boshlarkan, shoshilmay, ko"zlarini yumib, huzur bilan kovshanar, tartib bilan, pokiza taomlanardi. Hox ishoning, hox ishonmang haligacha , qayerda, qachon ovqatlanmayin, Doniyorni eslayman.
  Eng qizig"i, men bezovchi rassomlar ishlaydigan savdo - ishlab chiqarish firmamni ochib, boyib, pulni ko"rsam ko"nglim ayniydigan, yigirma besh so"mliklarni pul xisoblamay, sanamay yig"ib , dastalab, bog"lab seyfga otadigan paytlarim Doniyorni o"zim bilmagan holda unutibman. Sadoqatli ukam, do"stim esimdan chiqibdi.Mening ishlarim yurishgan o"sha paytlar Doniyor hech narsa so"rab kelmadi. Buni qarangki, "Do"rmondagi hayqiriq" sabab firmam yopilib, kafangado bo"lganimda, birga maishat qilgan boy do"stlarim tashlab ketgan onlar yonimda yana Doniyor paydo bo"ldi. Yana yordam berdi. Aka, sira tushkunlikka tushmang. Axir, sizning qilichday o"tkir qalamingiz bor, maqolalar yozing, men qahramonlaringizning suratlarini bepul chiqarib berib turaman - dedi. Shunday qildik.
  U kunlar huddi "Otalar so"zi - aqlning ko"zi" ko"rsatuviga o"xshaydi. Doniyor mening she"rlarimni yaxshi ko"rardi. Dunyodagi barcha oilalarda bo"lgani kabi Doniyorlarning ham oilasida o"z muammolari bor edi. U qalbini menga ochardi. Bir kuni dardini daryo qilganicha: - Aka, men aka - ukalarimga "Nomoz o"qinglar. Bu dunyo bir sarob. O"tginchi dunyo hoyu havaslariga aldanib, g"aflatda qolmanglar. Inson yer yuziga podshox bo"lsa ham, eng boy milliarder bo"lsa ham, davru davron surib yuz yil yashasa ham, ikki yuz yil yashasa ham, oxir bir kuni o"ladi. Oxiratni ham o"ylanglar. Bu dunyo o"tginchi, u dunyo esa mangu. Bu dunyoda o"lib qutilarmiz. Lekin u dunyoda o"lim degan ne"mat yo"q. Uyoqda hamma narsa mangu. Mangu azobdan ogoh bo"lib abadiy rohat - farog"at uchun harakat qilaylik.Ozgina riyozat chekaylik. O"limga teng harom uyqudan biroz kechaylik. Xudo bizga hayot, umr, havo, yer - suv kabi sanoqsiz ne"matlarni berdi. Buning evaziga Xudoyim siz - bilan bizdan molu - dunyo so"ramayapti. Toqatimiz yetadigan ibodatni so"rayapti halos.Biz ibodat uchun umrimizdan atigi bir necha soatini sarflashga og"rinamizmi? Axir, ibodatga hech qancha vaqt ketmaydiku. Qolaversa ibodat bizni har - xil yomon illatlardan, ma"siyatlardan saqlaydi, sog"likka ham foydasi bor. Egilib - bukilganda tanamizda qon aylanib, ovqat yaxshi hazm bo"lib, ruhimiz tozalanadi, dilimiz hotirjam bo"ladi" deya rohi rostga chorlasam, dadam: - Sen bularga aql o"rgatma! Shunaqa donishmand bo"lib ketdingmi?Nomozingni o"zing o"qiyver! - deya koyib berdi. Dadamning o"zi ham namoz o"qimasdi o"shanda. Dadamga nasihat qilolmayman. Nima qilishga ham hayron edim. Yana bir kuni zavsklad bo"lib ishlaydigan ukam Xursandning noto"g"ri yurish - turishidan dadamni ogoxlantirib: - Dada, Xursandning yurish - turishi bejo. U allaqanday yomon bolalar bilan hamtovoq bo"lib olibdi. Uni tuzukroq nazorat qilaylik - dedim tashvishlanib. Dadam bo"lsa achchiqlanib: - Xursand bilan ishing bo"lmasin. U bir chiroyli ishlab, pul topib, ro"zg"orini tebratyapti.Sen uni ko"rolmaysan! O"z tug"ishgan ukanga ham hasading keladimi?! Yo uni ham o"zinga o"xshatib qashshoq qilmoqchimisan?! - dedi. Oradan vaqtlar o"tib Xursand ukamni melisalar xibsga olishdi. Tergovda shu narsalar ma"lum bo"ldiki, Xursand ukam hamtovoq "do"st"lari bilan bir begunox odamning umriga zomin bo"lishibdi. Uni vaxshiylarcha o"ldirib mashinasini qismlarga ajratib sotib yuborishibdi. Hullas kalom, Xursand ukam oliy jazoga mahkum qilindi. Shundan keyin dadamning ko"zi ochilib, barchamizni yig"dida, menga: - Kechir, o"g"lim, sening aytgan gaplaring to"g"ri chiqdi. Men seni bekorga hafa qilibman. O"shanda sening gapingni inobatga olib Xursandni nazorat qilganimda u jinoyat sodir etmagan, oliy jazoga mahkum bo"lmagan bo"lardi - dedi yig"lab. So"ng, qolgan aka - ukalarimga yuzlanib: - O"ng qulog"ing bilan ham, so"l qulog"ing bilan ham eshitishib ol. Bugundan boshlab hammamiz Doniyorning aytganini qilamiz. Uning gaplari va tutgan yo"li to"g"ri ekan. Endi hammamiz nomoz o"qiymiz - dedi.
  Dadamning bu gaplarini eshitdimu Xudoga g"oyibona shukronalar aytib boshimni egkanimcha ko"zlarimdan duv - duv yosh to"kib unsiz yig"ladim - dedi gaplarini yakunlab Doniyor.
  Doniyor ukam shunaqa yaxshi inson. Men ehtiromim ramzi sifatida Doniyorga bag"ishlangan "Devona" nomli she"rni yozganman. U she"r 2004 yili Toshkentdagi "Yangi asr avlodi" (Eski "Yosh gvardiya") nashriyotida nashr etilgan "Tungi laylakqor" nomli kitobimda e"lon qilindi. Quyida o"sha she"rni hukmingizga havola qilaman.
  
  
  
  DEVONA
  
  ( Doniyor Samadovga )
  
  
  
  Daraxtlar g"o"dayar xoda yutganday,
  Chivinlar vizillab eshakni quvlar.
  Tirjaya boshlaydi negadir g"uncha,
  Aqldan ozadi qiqirlab suvlar.
  
  
  Qozonga berkinding ulardan qochib,
  Og"rib ketsa hamki bukilgan tizzang.
  Qozonning ostida vaxshiy alanga,
  Qopqoq berk,qozonda qoraygan jizzang.
  
  
  
  
  2004 yil,21 fevralü , shanba . Kech soat
  15 minut kam 5 . Maslaxat qishlog"i.
  
  
  
  
  
  
  Ustozlar mehri
  
  
  
  
  
  Medalüning ikki tomoni bo"ladi deganlariday, garchand "Do"rmon" voqeasidan so"ng men uchun osmon qarg"alardan qorayib, nursiz zulmatlarda qolib ketgan esamda, adabiy elita orasidagi yashrin obro"-e"tiborim juda yuksalib ketdi. Mening xibsga olinishim, ishdan chetlatilishim va adabiy jamoatchilikka badtar o"gaylashishimdan menga va mening ijodimga dushmanlik kayfiyatida bo"lgan g"animlarning esa shami yonib, ular "endi Xoldor Vulqon qayta tiklanmaydigan bo"lib sindi, u endi hech qachon oqlanmaydi" deya bashorat qilib terilariga sig"may sevindilar.
  
  
  
  Lekin bu ikki qutbli dunyoda g"animchalarga muqobil o"laroq do"stlarim ham yo"q emasdi. Ular Karimov va uning rejimini jinidan badtar yomon ko"rishsada, o"zlarini xukumatparast qilib ko"rsatib, ayyorlikka qarshi makkorlik bilan "Yalang"och qirol" rivoyatidagi mustabid zolim qirolning ustidan kulib, uning yo"q kiymini maqtayotgan a"yonlardek yashardilar.
  
  
  
  Men ham yashashning yangi, ekstrimal usulini topdim va mustaqil jurnalist bo"lib faoliyat ko"rsata boshladim. Zolim xukumat va ochko"z xokimchalar, naynov raxbarchalarning zulmidan fig"oni falakka o"rlagan odamlarning son-sanog"i yo"q - day edi.
  
  
  
  Men ularning ijtimoiy-iqtisodiy xuquqlarini ximoya qila boshladim. Cho"chqaday semirib, tashkilot, muassasalarni kalamushday kemirib yotgan haromzodalarni kezi kelganda tiz cho"ktirib haqoratlangan; nohaq ishdan chetlatilgan, yoki mulki zo"ravonlarcha tortib olingan oddiy odamlardan kechirim so"ratar edim. Nohaq ishdan chetlatilganlarni qayta o"z ishchi o"rniga tiklatib, ularga yetkazilgan zararni to"latdirar edim.
  
  
  
  "Injilda" har qanday sir albatta oshkor bo"ladi degan qat"iy oyat bor. Shuning uchun ochiq yozaman. Jabrlangan mijoz arizasi to"la qondirilgach, men zolimlarni yana qisdi-qafasga olardim. Ular "jon aka, qo"ying endi, maqolani biron yoqqa jo"natib sharmsor qilmang, juvonmarg bo"lib ketmaylik. Akaginam, to"ylaringizda xizmat qilaylik" deya yalinishar, qo"yarda-qo"ymay cho"ntagimga besh-to"rt so"m pul solib ketishardi. Men u pullarni qambag"allardan haq olmay ularni ximoya qilganim uchun Xudo tamonidan menga berilgan rizq deb qabul qilardim. Axir, o"sha paytda bola-chaqamni boqish uchun menda boshqa moliyaviy manba yo"q edi. O"zim uchun emas, bola-chaqam uchun shu yo"lni tutishga majbur bo"lganman.
  
  
  
  Shunday kunlarning birida Toshkentlik xaykaltarosh Ravshan Mirtojiyev bilan uchrashib qoldim. Ravshan akam o"zbekning eng zo"r haykaltaroshlaridan biri bo"lib, balandligi 8-10 metrli Hazrati Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Aburayxon Beruniy va boshqa shoiru olimlarning bronza haykallarini yasab, dunyoning turli davlatlariga o"rnatib kelganini bilardim, uning iste"dodini hurmat qilardim. Andijondagi Bobur hazratlarining ot minib turgan xaybatli bronza xaykali va Abdulhamid Cho"lponning ulkan bronza haykallari ham shu haykaltarosh ijodining maxsuli edi. Biz san"at haqida suhbatlashib o"tirarkanmiz, Ravshan akam: - Xoldor, hammamiz ijodkorlarmiz. Biz bir-birimizga yordam berib yashamog"imiz joiz. Xizmat bo"lsa tortinmay ayting- dedi. Men o"ylanib qoldim. Keyin kitob chiqarish maqsadim borligini, lekin mablag" yo"qligini aytdim. Ravshan akam: - Agar kitobingiz nashri uchun ketadigan mablag" juda unchalik ko"p bo"lmasa, yordam berishim mumkin - dedi. Men rahmat aytdim. Keyin bironta nashriyot bilan gaplashib kitobimga ketadigan harajatni sarxisob qilib so"ng ma"lum qilajagimni aytdim. To"g"risi, kitobim nashriyasini bironta nashriyot zimmasiga olishiga ishonchim yo"q edi. Qo"rqsa kerak derdim. Neformat disidentligimdan esa Ravshan Mirtojiyevning xabari yo"q edi. Nima bo"ldiyu bir kuni taqdir taqozasi bilan "Yangi asr avlodi" sobiq "Yosh gvardiya" nashriyotiga ish bilan borib qoldim. U yerda O"zbekiston xalq shoiri, ajoyib inson, rahmatli Normurod Narzullayevni uchratib qoldim. U men bilan ko"risharkan, "Qalay, yaxshi yuribsanmi, shoiri zamon" - dedi. Men "Ha" deya o"z navbatimda keksa shoirdan hol-axvol so"radim. O"shanda Normurod aka yangi jarroxlik amaliyotini boshdan kechirgan paytlari ekan. Men Normurod akadan: - Xomiy topib pul o"tkazsam kitobim chiqadimi? - deya so"radim. "Naga chiqmas ekan. Juda chiqadide. San pulli o"tqazgan kundan boshlab bizar ishni boshlavorovuza - dedi Normurod akam. Shundang so"ng men kitobimni kalükulyatsiya qildirib harajatni aniqladimda, Ravshan akamga qo"ng"iroq qildim.
  
  
  
  - Qancha pul o"tkazish kerak? - dedi Ravshan akam.
  - 300 ming so"m - dedim men hadik va havotir ichra.
  -E. arzimas pul ekanku. Men biror million so"mmikin debman - dedi Ravshan akam yengil tortib. So"ng qo"shimcha qildi:
  -Uyga shartnomani tashlab keting, pulni o"tkazib beraman.
  Men xursand bo"lib ketdim. Qayta-qayta rahmat aytdim. Bir kuni nashriyotga qo"ng"iroq qilsam, Normurod aka:
  -Shoiri zamon, puling o"tdi. Kitobingni nashr qivommiz, kelib korrektirovkasini o"qib qo"l qo"yib ketgin - dedilar.
  Men usha kuniyoq qanot bog"lab Toshkentga uchdim go"yo. Axir shoir, yozuvchiga kitobi chiqayotganini eshitish, yosh otaning tug"ruqxona darchasidan "O"g"il ko"rdingiz!" degan kalimani eshitishday zavqu-shavqli emasmi. Nixoyat uchinchi kitobim "Tungi laylakqor" ham dunyo yuzini qo"rdi. Bu voqea men uchun Allohning navbatdagi mo""jizasi edi. Bu ham ozday Ravshan Mirtojiyev qaytarilishi kerak bo"lgan 300000 (uch yuz ming) so"m puldan kechib rasman tilxat yozib berdi. Kitobimga dastxat yozib sovg"a qilganimda dushmanchalarning rangi ko"karib, ko"zlarining paxtasi chiqdi, xasaddan ko"pchiligi kasal bo"lib qoldi.
  
  
  
  Bu ham holvasi ekan. Kunlardan bir kun "O"zbekiston adabiyoti va san"ati" gazetasida kitobimdan olingan 5-6 she"rimni suratim bilan chop etib yuborishdi. Ular orasida sevgi haqidagi lirik asarlar bilan idiotizmda yozilgan kinoyali, isyonkor she"rlarim ham bor edi. O"sha she"rlardan birini ushbu qissada ham keltirishni joiz deb topdim. Mana o"sha she"r:
  
  
  
  
  TAZARRU
  
  
  
  Men osmonni ikkiqat debman,
  Kechiringlar, yettiqat ekan.
  Sanchilar, deb bulutlar qo"rqar,
  Iyagimda o"stirsam tikan.
  
  
  Kechiringlar, mening ko"zimga,
  Ko"rinibdi misoli bezak.
  Sigirlarning nodir asari,
  Atirgulga o"xshagan tezak.
  
  
  Uzr, pisand etmagan bo"lsam,
  Nazokatli kimsalar didin.
  Ustin qo"yib Farang mushkidan
  Daladagi burganlar xidin.
  
  
  Ma"zur tuting, o"xshasa agar,
  Barmoqlarim semiz qurtlarga
  Va kuzatsam sizdan beruxsat
  Turnalarni olis yurtlarga.
  
  
  Uzr, odam xisoblab sizni,
  Borgan bo"lsam ba"zan topinib.
  Xayr endi, vaqt kech bo"ldi,
  Men uxlayin yerni yopinib.
  
  
  
  O"sha she"rlar orasida "Kanglum" degan she"r ham chop etilgan bo"lib, u she"r shoir Ikrom Otamurodga bag"ishlangan edi. O"z ovozi, o"z soziga ega bo"lgan bu ajoyib shoir negadir "ko"ngil" so"zini she"rlarida ko"p iste"mol qilar, yana bu so"zni erkalatib o"n beshinchi asr tilida "Kanglum" deya talaffuz qilar, shu sabab shoirlar va yozuvchilar uni orqavorotdan "Kanglum" deb atashardi.
  
  
  
  Men Ikrom akamning bu muborak laqabini ochiq oshkara aytib she"rga "Kanglum" deb nom qo"yganim uchun yozuvchi shoirlar har hayoqdan qo"ng"iroq qilishganicha: "Ikrom, "Adabiyot va san"at"dagi she"rni o"qidingmi? Senga atab she"r yozishibdi" deya muborakbod etishibdi.
  
  
  
  Men o"sha she"r bilan Ikrom akani ranjitib qo"ymaddimikan deya havotirlanib ham yurdim. Ko"ngil degan narsa nozik. Ayniqsa ko"ngilni kangul deya kuylab yurguvchi shoir bo"lsa deya o"yladim. Lekin buning aksi bo"lib chiqdi. Uchrashganimizda mening har kimga ham she"r bag"ishlayvermasligimni, qilgan ishim samimiylik, beg"araz, mehr va ehtiromim belgisi ekanini yaxshi bilgan bag"ri keng, yuragi toza, buyuk shoir Ikrom Otamurod meni quchoqlab bag"riga bosganicha:
  
  
  
  - Rahmat ukajon, manga atab she"r yozibsiz, xursandman" deb qo"ydilar. Keyin kulib::
  -Shoir-yozuvchilar Sizni so"rab qo"ng"iroq qilaverib quloq-miyamni yeyishdi. Jumaniyoz Jabborov bilan Shukrillo domlaga qo"ng"iroq qilib qo"ying. Ayniqsa: Shukrillo aka "Ikrom sanga she"r bag"ishlagan shoir kelib qolsa etgin, albatta manga qo"ng"iroq qilsin - deya tayinladilar. Manga dastxat yozib sovg"a qilgan kitobingizni ham o"qib chiqib qaytarishi sharti bilan olib ketib qoldilar. Tezda qo"ng"iroq qiling, mana telefon raqamlari - dedi.
  Men qo"ng"iroq qildim. Go"shakni Shukrillo domla ko"tardilar.Men salomlashib o"zimni tanitganimdan so"ng Shukrillo akaning so"zlashi yanada jonlandi:
  
  
  
  - E. sanmisan? Yaxshi keldingmi? Manga qara, adressi bersam bizani o"yni topib keloliysanmi? - dedilar domla.
  -Albatta - dedim men. Domla adresini aytdilar, men yozib oldim. So"ng Ikrom aka bilan xayrlashib yo"lga tushar ekanman, yo"l-yo"lakay bozordan "Torpeda" deb atalguvchi Mirzacho"lning uzun qovunidan, tarvuz, go"sht, non deganday mayda-chuyda qilib Shukrillo domlaning uyiga bordim. Dorvoza qo"ng"irog"ini bossam, domla kutib turganlari uchun hayallamay tezda chiqib keldilar. Stalinning o"lim lagerlarida jabr chekkan bu irodasi mustaxkam, o"jar shoir qarib ancha ozib qolganidan yo"l-yo"l pijamada xuddi "Mautxauzen" kontslagerining maxbusini eslatardi. Bizlar ko"rishdik. Hol-axvol so"rashar ekanmiz, men olib kelgan narsalarimni dorvozaxonaga tashidim.
  -E, shoir, namuncha ovora bo"lib mamnaqa narsalarni ko"tarib yuribsan? -dedilar Shukrillo aka. Keyin: - qani ichkariga yuruvr - deb ozg"in qoqsuyak qo"llari bilan yo"l boshladilar. Men:
  -Manavi narsalarni ichkariga olib kirib qo"ymaymizmi? dedim. Shunda domla:
  -E, yuruvr, o"zlari olib kirib qo"yishadi - dedilar.
  
  
  
  Bu gap keksa shoirning nazari to"q odam ekanidan dalolat berardi. Biz xashamatli kattedjning birinchi qavatidagi zalga kirib oq dasturxon ustiga plyonka to"shalgan uzun banket stoli atrofidagi kursilarga o"tirdik. Duo qilingach, domlaning kelini bo"lsalar kerak, bir zumda stolni noz-ne"matlarga to"ldirib choy keltirdi. Choy ichib pista, mayiz, qiyomlardan totinib o"tirdik.
  
  
  
  -Xa, shoir, yaxshi keldingmi? Qalay, Andijonlar tinchmi? Obbo sene-e-y -deb mening afti angorimni qiziqish bilan kuzatdi domla. U meni xuddi hayvonot bog"ida u yoqdan bu yoqqa ag"anab, bambuk barglarini yamlayotgan "Panda" ayig"iga qaraganday mehr va qizish bilan qarar, uning bu qarashlarida g"araz yo"q edi. Ko"p o"tmay ovqat keltirishdi.
  -Aroq ichasanmi? - dedilar domla ovqatdan avval. Men "Yo"q" dedim. Chunki, yo"l-yo"lakay qovoqxonaga kirib keragini "Urib" olgan edim Biz ovqatlandik. Desertga qovun keltirildi:
  - Qani, mambi qovunlardan olchi, ol - Domla shunday deb o"zi boshlab berarkan, bir karch qovunni "shulp-shulp" etkizib po"chog"ini aloxida qilib qo"ydida, sochiq bilan og"zini artib:
  -San maning qovunni yaxshi ko"rishimni qayoqdan bilding? Mirzacho"lli qovunidan olib kelibsana. - dedilar Men bu savolga jilmayib qo"ya qoldim. Qovundan yedim. "Obi novvot" ekan. Domla "Ha, qani ol, tortinma" deya mulozamat qilarkan, yana ikki karch qovunni oshqozoniga qamadi. Dasturxonga duo qilingach, biz adabiyot, she"riyat haqida uzoq suhbatlashib o"tirdik. Domla menga yangi she"rlarimdan o"qitdilar. Keyin meni hayratda qo"yib modernizm, akmeizm, simvolizm, avangardizm kabi oqimlar haqida tushuncha berishimni so"radi. Men avvaliga beodoblik bo"lib qolmasmikan deb istixola qildim. Domla o"z so"zida qattiq turib olgach , men unga "Izm"lar haqida bilganimcha tushuntirdim. Shunda keksa realist shoirning biz akmeist, modernist va polifonistlarga havasi kelishini sezdim. O"zini katta olmay , kibru havoga berilmay, qitmirlik qilmay, bilmagan narsasini or qilmay nevarasi tengi shoirdan so"ragan Shukrillo aka o"zi bilmagan holda o"zining kamtarligini, oqko"ngilligini namoyish qildi. Shundan keyin Shukrillo domlaga nisbatan yuz chandon hurmat ehtiromim ortib ketdi. Gap gapga ulanib keksa shoir do"stlari Rasul G"amzatov, David Kugultinov, Qaysin Quliyev, Chingiz Aytmatovlarni esladi. Men o"tirgan joyga ishora qilib:
  - Bilasanmi, bir paytlar shu sen o"tirgan joyda Rasul G"amzatov o"tirgan edi - deb qo"ydilar.
  Bir mahal domla jiringlayotgan telefon go"shagini ko"tarib kim bilandir suhbatlashar ekanlar, menga:
  -Etkanday, choyxonada bizani bir o"y odam kutvotti. Sani sharafinga osh damlatib mahalladoshlarga, ulfatlarga bir shoir keladi - deb qo"ygandim, chaqirishivotti. Yur chiqiylu tezroq - deya taraddudlanib qoldilar . Men unamadim. To"g"risi tortindim.
  
  
  
  - Rahmat, domla, boshqa safar - dedim.
  -E, yaxshi bo"lmadide, ha mayli, uzoq yo"l. Dovonlardan oshib kelgansan. Charchagan bo"lsang kerak. Mayli damingni olaqol - dedilar domla. Biz kechki ovqatdan so"ng yana anchagacha she"r o"qishib, suhbatlashib o"tirdik. Shu kecha domla xovli saxnidagi so"riga men uchun o"rin tayyorlatdilar. So"ng menga hayrli tun tilab kampiri bilan ichkariga kirib ketar ekan, men g"ir-g"ir shabada esayotgan xovlidagi so"rida osmonlarga termulib yotdim. Toshkent osmonida porlayotgan son - sanoqsiz yulduzlarga qarab hayol surganimcha dong qotib uxlab qolibman. Ertalab uyg"onsam Shukrillo aka xuddi kishanlangan qo"llari ortga qayrilgan maxbus kabi xovlida aylanib yurgan ekanlar. U menga:
  - Qalay, shoir sovuq yeb qolmadingmi, ishqilib? - dedilar. Men: - Yo"q, aksincha, mazza qilib uxladim - deya o"rnimdan turib, yuz-qo"limni yuvib, domla uzatgan sochiqqa artindim.
  
  
  
  Keyin domla bilan xashamatli oshxonaga kirib nonushta qila boshlarkanmiz, domla ushatilgan nonlarga ishora qilib:
  - Sadriddin Ayniyga o"xshab nonni juda mayda ushatvormadimmi? - dedi jilmayib.
  - Sadriddin Ayniy nonni mayda ushatar ekanmi? - so"radim men.
  - E. nonni mayda ushatish ham gapmi, Sadriddin Ayniy oshiga pashsha tushib qolsa, pashshaning shundoq qanotidan ushlab, uni obdon shimib, bir chetga qo"yarkanlarde, ovqatni pok-pokiza tushirib ichib olarkanlar - dedi Shukrillo aka. U Sadriddin Ayniyning pashsha shimiganini shunday hayotiy qilib ko"rsatdiki, ko"zimga uning qo"lida rostdan ham pashsha borday ko"rinib ketdi. Shukrillo aka Nasriddin afandiday shunaqa qiziqchi odam ekanlar. Nonushtadan so"ng ko"chaga chiqdik. Shukrillo aka qo"yarda - qo"ymay meni muyulishgacha kuzatib bordi. Xayrlashdik. Men jo"nab ketar ekanman, keksa shoir yo"l-yo"l pijamada xuddi maxbuslar kabi ozg"in qo"llarini ortiga qilganicha ortimdan uzoq qarab turdilar.
  
  
  
  
  
  Hikmatli dunyo
  
  
  
  
  
  Qishlog"imizda Qozoq eshon degan temirchi bo"lardi. Yuksak muomala madaniyatiga ega bu inson xush muomilasi bilan har qanday yovuz odamni ham sexrlab o"ziga maxliyo qila olar, u xuddi qor g"ijirlayotganga o"xshash tovush bilan gapirardi. Qozoq eshon ba"zan piyoda ba"zan velosiped minib ko"chadan o"tib qolar, barcha bilan birday qo"lini ko"ksiga qo"yib salomlashar, hatto kichkina go"dakka ham salom berar, shunday go"zal insoniy fazilatlari, kamtarinligi uchun bu odamni qishloq ahli yoppasiga hurmat qilar edi. Qozoq eshonning boshqalardan ajrab turadigan yana bir qirrasi - u she"r yozardi. Qo"shiq aytardi. Hech qanday cholg"u anjomisiz kekirdagida surnay chalardi. U o"zining temirchilik do"konida dam bosib, temir qizdirib, qizigan temirni sandonda bolg"alab kattalar uchun o"roq, ketmon, bolta, tesha kabi uskunalar tayyorlar, kichkina bolalarni ham esdan chiqarmay, ularga xushtak yasab berar, shunday mehribonlik fazilati uchun bolalar ham Qozoq akani yaxshi ko"rishardi.
  
  Qozoq eshon dadamning do"sti edi. Men yoshlik chog"larimda dadamning topshirig"i bilan o"roq, ketmon, teshalarni ta"mirlatgani eshonning temirchilik do"koniga borar edim. Echki po"stagi mixlangan o"rindiqda o"tirib uning ishlashini kuzatish men uchun juda zavqli edi. Manglayiga durra tang"ib olgan Qozoq eshon baquvvat, seryung qo"llari bilan dastasi uzun ombirda qizib cho"g" bo"lgan metallni olib sandon ustiga qo"yar, so"ng uni ikkinchi qo"lidagi bolg"a bilan tobiga kelguncha bolg"alar, metalldan chatnagan cho"g" donalari huddi qizil chivinlarday har tamonga uchar, "Tang-tung!", "Tang-tung!" degan yoqimli, iloxiy jarang do"kon devorlariga urilib aks-sado berardi. Ko"ngildagiday ishlov berilgan uskunani Qozoq eshon suvli idishga tushirganda suv "Prishsh" etib qaynab, bug" ko"tarilardi. Men o"sha olis zavqli tamoshani hozirgacha bot-bot eslayman. Shunday paytlar quloqlarim ostida "Tang-tung!", "Tang-tung!" degan ajoyib tovush jaranglayotganday tuyuladi.
  
  Garchand Qoziq eshonning temirchilik do"koni allaqachon yo"q bo"lib ketgan esada , mening xotiramda hamon mavjud. Bizga muomala-madaniyatini, kamtarinlik va xoksorlikni, samimiylikni o"rgatib ketgan ajoyib inson usta Qozoq umrining so"ngi yillarini "Suv yulduz" degan qishloqdagi kasalxonada o"tkazdi. Keksa shoir shu kasalxonada ham davolanib ham qorovulchilik qildi. Men har gal o"sha yo"l yoqasidagi kasalxona yonidan o"tganimda Qozoq akani eslayman. Nazarimda u o"lmaganday, xuddi pastak qorovulxona darchasidan kulib qarab turganga o"xshaydi.
  
  Qishlogimizda Qozoq eshondan tashqari yana ikkita temirchi bo"lib, ularning biri Mansurali aka, ikkinchisi Abdumuxtor aka edi. Men Mansurali temirchi haqida uncha ko"p bilmasamda, Abdumuxtor akani juda yaxshi bilardim. Novcha bo"yli, qorato"ri ozg"in bo"yni, oyoq-qo"llari uzun, soqoli shamolda xilpirab turguvchi Abdumuxtor temirchi yozda egniga oq yaktak, oq ishton, boshiga eski do"ppi, oyoqlariga kalish kiyib yurar, "Nasriddin afandi" filümidagi Bog"dodlik munajjim Guseyn Gusliyarni eslatguvchi u inson qishda egniga chopon, boshiga kuya yegan telpak, oyoqlariga maxsi-kalish kiyib yurguvchi kimsa edi. U turli xil latifalar, quloq eshitmagan xangomalarni to"qishga, va uni ijro etishga ustasi farang bo"lganidan, unga suxbatdosh bo"lgan odam aslo zerkmasdi.
  
  Biz bolalar maktabdan qaytayotib Abdumuxtor temirchining paxsa devori ortidagi maydonda futbol o"ynardik. Bir gal tepilgan to"p paxsa devor osha Abdumuxtor temirchining tomorqasiga o"tib ketdi. Biz to"pni olish uchun devor oshmoqchi bo"lib tursak, kutilmaganda to"pimiz teng ikkiga bo"linib "talak" etib yonimizga tushdi. Biz xomushlanib, mototsikl xaydovchisi yoki suzish musobaqasi qatnashchilari qalpog"iga o"xshaganicha ikki bo"lakka bo"lingan to"pga tikilib qoldik. Bunday voqea bir necha bor takrorlanib to"plarimiz sirli ravishda qurbon bo"lavergach, Abdumuxtor temirchining paxsa devori ortida futbol o"ynamaydigan bo"lganmiz.
  
  
  Kim biladi, balki Abdumuxtor temirchi tomorqasiga tushgan to"pimiz yoniga tovushsiz, nindzyalarday yurib kelib uni yorib devordan uloqtirgach, ikkiga bo"lingan to"pga tikilib turgan biz bolalarning ahvolini devor kovagidan kuzatib, ovozsiz qotib-qotib kulgandir, huzurlangandir.
  
  Yillar o"tib , yer - uchastka olgach, men imorat qurishga kirishdim. Imorat tomiga shifer qoqishdan avval tunikasoz jeluba, tarnovlar qilish kerak bo"larkan. Bu ish faqat Abdumuxtor aka raxmatlining qo"lidan kelardi. Men unga buyurtma berdim. Nihoyat u ishga tushdi.Abdumuxtor aka tunikalarni qaychida qiyib-bichib, yog"och to"qmogi bilan urib yalpaytirib ishlar, ish jarayonida qiziq-qiziq gaplarni gapirar, men ishlashdan to"xtab qotib - qotib kulardim. Uning bir hangomasini siz bilan baham ko"rmoqchiman.
  
  - Mening ismim asli, To"xtasin bo"lgan - deya gap boshlaydi Abdumuxtor aka. Farzandlari ketib qolavergach, dadam rahmatli nobudgarchilik to"xtar deb menga To"xtasin ismini qo"ygan ekanlar. Dadam mirob bo"lganliklari uchun o"z odamlari bilan Qoradaryoga sepoyalar o"rnatib to"g"on bosar, shu tariqa paxtazorlarga, poliz paykallariga suv chiqararkanlar. Men tug"ilgan yili daryo quturib sepoyalarni ag"darib, to"g"onni surib ketaveribdi. Shunday kunlarning birida to"g"onda ishlayotgan yuzlab odamlar orasidan kimdir:
  - Haloyiq! Oramizda To"xtasin ismli odam bormi?! - deya hayqiribdi.
  - Bor, nimaydi?! - debdi kimdir unga javoban
  - O"shani ushlanglar, to"g"onga bosamiz! To"xtasinni to"g"onga bossak suv to"xtaydi! - debdi haligi odam. Shu mahal To"xtasin ismli novcha ozg"in kimsa olomondan ajrab chiqib qocha boshlabdi:
  - Xoy, To"xtasin qochib ketyapti! Ushla! - deya baqiribdi birov. Besh -o"n kishi quvib To"xtasinni tutishibdi. So"ng To"xtasinning: "Shafqat qilinglar, uchta bolam b-o-or! - deyishiga ham qaramay, uni to"g"onga bosib yuborishgan ekan. Shu kecha dadam uyga kelib onamga:
  - Xotin, bugun odamlar To"xtasin deganini to"g"onga bosib yuborishdi. Bugundan boshlab o"g"limizni To"xtasin demaylik. Tag"in uniyam to"g"onga bosib yuborishmasin - degan ekan. Shunday qilib men Abdumuxtor bo"lib qolganman - dedi temirchi tunikasoz.Temirchining bu hangomasini eshitib kulaverib charchab qolgan edim o"shanda.
  
  Men ba"zan yomg"ir yog"ayotganda jeluba tarnovidan oqib tushayotgan zilol yomg"ir suvlariga o"ychan termulib , qiziqchi Abdumuxtor akani eslayman.Ex, qancha-qancha ajoyib odamlar o"tib ketdiya! -deya o"ylayman. Ha, inson bolasi qorong"ilikdan chiqib yana qorong"ulikka kirib ketarkanu, shu tutashgan umr chizig"i adog"ida bir doira , aylana yasar ekan. Aylanalar esa sirli. Yer, oy, quyosh va boshqa tamomi sayyoralar,. g"ildiraklar, turbinalar aylanadi. Yillar aylanadi, faslar aylanib kelaveradi. Meni aylanalar , aylanishlar, tana to"zilishi tsirkulga o"xshash odamning aylana shakl chizganicha koinotga qo"shilib aylanishi, yerga aylanishi hayratga soladi.
  
  Bir kuni qishlog"imizda oddiy, hech qaysi oliy o"quv yurtini tugatmagan, soddagina mahalladoshimga :
  - Ha, astoydilsanu, qayoqqa? - deb savol berdim. U bo"lsa:
  - Yuribman, aylanib - dedi.
  Bir kampir bo"lsa:
  - Qishlog"imizning yaralgandan beri qabristoni yo"q edi. Xokimlar bilan talashib-tortishib bizga qabriston ajratib berdingiz. Iloyo murodingizga yeting aylanay, jurnalist bolam - dedi..
  
  Ha, u kampir "Aylanay" dedi.
  
  Olimlarning emas, oddiy odamlarining so"zi koinotda kechguvchi sirli jarayon bilan bog"liq o"zbek xalqi nega endi ba"zi haromzodalarning aytishicha "Churka", "Uryuk" yoki "Chuchmek" bo"lishi kerak? Yer yuzi xalqlariga madaniyatni, ilmu fanni, davlatchilik qonun - qoidalarini o"rgatgan menim xalqim sha"niga shunday yorliqlarni yopishtimoqchi bo"lgan tuban va jirkanch kimsalardan nafratlanaman!
  
  Men bir millatni ikkinchi millatdan yuqori qo"yguvchi, xokimiyat, amalu mansab uchun kezi kelsa ketini ham berishga tayyor ulug"davlatchi, millatchilardan, irqchilardan, Xudoni unutgan kaltafaxm, mahaliychi, bo"lginchi separatistlardan hazar qilaman!
  
  Men Odam Atoning hamda Momo Havoning farzandlari bo"lgan yer yuzidagi barcha insonlar, chegarasiz, vizasiz, pasportsiz, qurolsiz, KGBsiz, TsRUsiz, "Tokko"siz, "Massad"siz yagona oila bo"lib hur - ozod va farovon yashashlarini istayman. Men butun yer shari xalqlari uchun yagona xalqaro konstitutsiya, yagona pul birligi, yagona parlament bo"lishini istayman!
  
  Mayli, meni kosmopolit desinlar. Mayli, meni tentak atasinlar. Lekin men umrimning qolgan qismini shu umuminsoniy g"oyalar targ"iboti bilan bog"liq qissa va romanlar yozishga baxsh etaman! - deya hayqirgim keladi.
  
  
  Sekin asta pullar birlashayotgani, davlatlar hamjamiyatlarga, yagona iqtisodiy bloklarga birikiyotgani insoniyat ongi balog"atga yetayotganidan dalolatdir. Hoxishim milliard - milliard kvadrat kilometr chegarlarga, razvedka va kontrrazvedkaga, atom bombalariga, armiyaga sarf qilinayotgan mablag"lar butun dunyo xalqlari xayotini yaxshilashga, obodonchilikka, ilmu fanga sarf qilinsa, urushlar, qimmatchiliklar, qaxatchiliklar, ocharchiliklar yo"q bo"lsa. Odamlar men kabi nohaq Vatandan quvilib, bola-chaqasi bilan xor-zor bo"lmasa deyman!
  
  
  Joying Jannatdan bo"lsin, do"stim Qodirjon Ergashev!
  
  Mening ish axtarib topolmay, mustaqil jurnalist sifatida faoliyat yurita boshlaganimdan havotirga tushganlar o"zining yugurdaklarini ishga solib, meni nazorat ostiga olish osonroq bo"lishi uchun MOPCh (Mejdunarodnoye obshchestvo prav cheloveka) deb atalgan tashkilotga ishga kirishimni taklif qilishdi. Men xuddi bu narsalardan bexabar odamday MOPChning Andijon Viloyati bo"limiga a"zo bo"ldim. Chunki, bironta tashkilot a"zosi sifatida ish yuritish, mustaqil jurnalistlikdan ko"ra legitimroq ko"ringan edi menga.
  Bo"limning boshlig"i Qodirjon Ergashev degan odam bo"lib, u sobiq militsiya mayori ekan. Bir paytlar Rossiya Federatsiyasida yigirma yil ishlab, yashab kelgan bu kimsa Andijonda bir necha yil viloyat jinoyat qidiruv bo"limiga rahbarlik ham qilgan va militsiya rahbariyati tamonidan amalga oshirilguvchi poraxo"rlik va noxolislikni tanqid qilib, pensiyaga ham chiqmay ishdan chetlatilgani ma"lum bo"ldi. Yuridik ma"lumotga ega bu inson arizalar izidan borib, jabr chekkan fuqarolarning muammolarini xal qilib, el orasida katta obro" qozongan edi. Qodirjon Komilovichni hamma Nikolay Nikolayevich deb atar, Nikolayevich meni shoir der edi.
  
  U tabiatan quvnoq, xushchaqchaq, lekin kezi kelganda aynib - achib so"kinsada, kechirimli va samimiy edi. Barvasta, qorindor, qorachadan kelgan, ko"zlari Chingizxonning ko"zlariday qiyiq, rus tilini mukammal bilguvchi, oliy ma"lumotli Qodirjon Ergashev bilan yuzlab fuqarolarning insoniy haq-xuquqlarini himoya qilganmiz.Ularning arizalarida bayon qilingan muammalarini xal qilganmiz.
  Nikolay Nikolayevichning qalbi pokiza inson ekaniga bir misol: Bir kuni Nikolayevich menga: - Kecha tushdan keyin seyfdan bir hujjatni olmoq uchun ofisga kelsam, siz kiraverishdagi xonada bir narsalarni yozib o"tirgan ekansiz. Shoir she"r yozyapti shekilli, ijodiga halal bermay deya, zarur hujjatni ham olmay, oyoq uchida yurganimcha qaytib chiqib ketaverdim - dedi.
  
  13 may 2005 yili Andijon voqealari yuz berdi. Men Andijon voqealari haqida to"xtalmoqchi emasman. Negaki "chumchuq so"ysa ham qassob so"ysin" deydi donishmand xalqimiz. Jahon jamoatchiligi oldida hamon jumboqligicha qolayotgan bu tarixiy muammoni biz kabi yozuvchilar emas, maxsus xalqaro komissiya , siyosatshunoslar, xalqaro ekspertlar o"rganib, taxlil qilib, xulosa chiqarganlarii ma"qul. Men faqat Nikolayevich bilan bog"liq voqeagagina to"xtalaman.
  
  
  2005 yil 13 may kuni ishga borsam, ishxonada hech kim yo"q. Shaharning "O"sh"" ko"chasi, Navoiy prospektlari va eski shahar tamonlarida hamon gumbirlagan portlama sadolari, o"q tovushlari eshitilar, shahar tutab yotardi. Men ishxonaga kirib, kabinetda o"tirgandim, birdan Nikolay Nikolayevich bizning ximoyamizdagi 14 may kuni ishlari sudda qayta ko"rilishi kerak bo"lgan 3 maxbusni oldiga solib, ishxonaga olib kirdi. Men hayron bo"ldim:
  - Tinchlikmi? - dedim shoshilishda boshqa so"z topolmay. Shunda maxbuslardan biri:
  - E. aka, turmani portlatishib, dorvozasini buzib, qamoqxonadan chiqishni istamagan maxbuslarni otib tashlashdi. Majbur qochib chiqdik. - dedi.
  
  - Shoir, - dedi Nikolay Nikolayevich - mahbuslarni ofisda vaqtincha saqlab turmasak, ularni jangarilarga qo"shib yana uzoq muddatga qamab yuborishlari mumkin. Men hozir gorotdel militsiyaga qo"ng"iroq qildim, bularni tergovchisiga topshiramiz va sroklarini raskrutka qilishlariga yo"l qo"ymaymiz. Qo"liga qurol ushlamagan bular - dedi.
  
  Shundan keyin biz maxbuslarni ovqatlantirdikda, hech qayoqqa chiqmay ofisda o"tirishlarini tayinladik. Bu orada rais o"rinbosari Ortiqali Rahmatov yetib keldi. U yengi kalta, qorday oppoq ko"ylak kiyib olgan ekan. Bir mahal Nikolay Nikolayevichning qo"l telefoniga turli yoqlardan xalqaro jurnalistlar qo"ng"iroq qila boshladilar. Nikolayevich baqirib gapirganicha shahardagi ahvol haqida ularga axborot berardi. " V rayone tyurümû, u zdaniya SNB i okolo xakimiyata valyayutsya mnogochislennûe trupû!" deya hayqirardi. O"shanda uning haqiqiy xuquq ximoyachisi. SNBga, militsiyaga malaylik qilmaydigan jur"at-jasoratli pokiza inson ekanligiga ishonganman.
  
  Keyin Nikolay Nikolayevich o"z o"rinbosari Ortiqali Raxmatov bilan maslaxatlashib qayoqqadir otlana boshladi.
  -Qayoqqa? dedim men.
  
  - Xokimiyatga. Biz Ortiqali ikkalamiz qon to"qilishini to"xtatish uchun akromiylar bilan muzokaraga boramiz.
  - Menchi?Men ham boraman - dedim ularga ergashib. Shunda Nikolay Nikolayevich:
  - Shoir, siz ofisda qolasiz. Anavi maxbuslarni hech qayoqqa chiqarmay o"tiring. Tergovchisi kelib olib ketadi - dedi.
  
  Mening ko"nmayotganimni ko"rib Nikolayevich yelkamga qo"lini qo"ydida:
  - E, shoir, Siz yashashingiz kerak. Axir, biz o"lib ketsak bizga xotira she"rni kim yozadi? - dedi kulib.
  
  Tushga yaqin Gorotdeldan tergovchi kelib maxbuslarni olib ketdi. Tushdan keyin kechgacha Nikolay Nikolayevich va Ortiqalilarning telefon qo"ng"irog"ini kutdim. Kechki payt hokimiyat tamonga borsam, hamma yoqni xukumat soldatlari, BTRlar bosib ketibdi.Ular mudhish fojia sodir bo"lgan yoqqa hech kimni o"tkazishmasdi. Men uyga jo"nashga majbur bo"ldim. Biz shaharga yaqin joyda yashaganimiz tufayli tun bo"yi tinmagan otishma ovozlari, portlash tovushlari eshitilib turdi. Ertalab ishga boray deb ko"chaga chiqsam, shaharga boradigan bironta mashina yo"q.Xizmat yoki shaxsiy mashinam bo"lmagani bois, qolaversa yo"llar yopiqligi uchun o"sha kuni ishga borolmadim.Oradan ikki kun o"tgach, yo"llar ochilib ishxonaga borsam, ofisda hech kim yo"q. Hayron bo"lib Nikolay Nikolayevichga qo"ng"iroq qilsam Nikolayevich telefon qo"ndog"ini ko"tararkan: - E, shoir, qayoqlarda yuribsiz? Mendan habar ham olmaysiz. Tezroq keling, gap bor! - dedi hafa bo"lib. Men shoshib tashqariga chiqar ekanman, ofisni qulflab bozorga kirdimda mayda - chuyda olib Nikolayevichning uyiga bordim. Ichkariga kirsam, Nikolayevich o"rnidan turolmay yotibdi. Ma"lum bo"lishicha Nikolayevich otishma chog"ida og"ir yaralangan ekan. U men bilan ko"rishgach: Ortig"alidan ham ayrilib qoldik, shoir - dedi. Yo"g"e - dedim men. Shundan keyin Nikolayevich Ortig"alining qanday xalok bo"lganini aytib berdi. Uni orqadan garovdagilarni haydab kelayotgan isyonchilar emas, old tamonda, soyguzarda yo"lni to"sib turgan hukumat askarlari otib o"ldiribdi .Nikolayevich bo"lsa o"liklar ostida qolib ketibdi.Ertalabgacha o"liklar ostida qon xididan bo"g"ilib yotdim. Yomg"ir tongacha tinmadi. Ertalab o"liklarni yig"ishtirishayotganda men qaddimni rostladim - deya esladi Nikolayevich.
  
  Oradan oylar o"tib Nikolayevich oyoqqa turdi. Lekin u ham uzoq yashamadi. Avgust oylariga borib sirli ravishda halok bo"ldi.
  
  Har gapga farishtalar "omin" deydi deganlari haq gap ekan. Mana, Nikolay Nikolayevich aytganday, men ular haqida xotiralar yozib o"tiribman. Bu dunyo shunday hikmatli dunyo ekan.
  
  
  
  
  
  Tarki Vatan
  
  
  
  
  
  Nikolay Nikolayevich sirli ravishda o"lim topgach, bo"limimiz a"zolari meni demokratik saylov yo"li bilan raislikka tanladilar. Shunday qilib men inson xuquqlarini ximoya qiluvchi tashkilotning Andijon viloyati bo"limiga raislik qila boshladim. Arizalar ko"pligidan yakshanba kunlari ham ishlardik. Lekin haq yo"lidagi xatti-harakatlarim poraxo"r prokuror va tergovchilarni va SNBning g"ashini keltirar, ular meni zo"r berib o"zlarining qopiga solishga harakat qilishardi.
  Bir kuni menga tashkilotimiz xukumat talablaridan kelib chiqib SNB bilan baqamti ishlashi kerakligini , bizning telefon orqali qilingan har bir suhbatimizni MXX eshitib borishi kerakligini aytishdi. Tabiyki, men bu taklifni qat"iyan rad etdim. Shundan keyin ular tashkilotimiz muxr-shtampini bekor deya e"lon qilishdi va meni ta"qib qilishga kirishishdi. Ertadan kechgacha har kuni ofis derazalari ortida oynalari qoraytirilgan ajnabiy rusumdagi mashina turar, mening gaplarimni tinglashib yozib, qadamimni poylaydigan bo"lishdi.
  Men ishlayverdim. Bosim esa tobora kuchayardi.
  Bir kuni men ofisga kimdir pinxona kirayotganini, hatto seyfimni ochayotganini sezib qoldim. Shundan so"ng seyfdagi mijozlarning xujjatlarini olib 2-mikrorayonda yashovchi do"stimning uyiga eltib qo"ydim. Muxr-shtamp bekor qilingan bo"lsada ishni davom etdiraverdim.
  Bir gal Andijonga Toshkentdan xuquq ximoyachisi Abduxoshim G"ofurov keldi.U menga qo"ng"iroq qilib Qirg"iz-O"zbek chegarasidagi muammolarni yoritmoqchi ekanini, bu ishda yordamlashishimni so"radi. Men Xo"jaobodda yashovchi bir mijozning arizasidagi muammolarni xal qilishga yordamlashishim kerakligini aytdim.Abduxoshim u yerga men bilan birga boradigan bo"ldi. Ertasiga Xo"jaobodga borib, arizachining muammosini xal qildik. Qaytishda mening uyali telefonimga she"rlarimni qo"shiq qilib kuylaguvchi xofiz Tolib Zokirov qo"ng"iroq qilib Sherali Jo"rayevning mening she"rimga kuy bastalab aytgan qo"shig"ini telefon orqali eshittirdi.Bu qo"shiqni yuvmasak bo"lmaydi deb kechki payt bir kafeda o"tirib qittak-qittak qildik. Kayf va charchoq meni maxv etgach, Abduxoshim bilan Shukr ikkalasi menga "Shu ahvolda uyga bormang. Qolaversa qishloq uzoq. Bugun shu yerda tunayqoling" deb menga kvartira kalitini qoldirib, ikkalasi qayoqqadir chiqib ketishdi.Men kvartira eshigini ichkaridan qulflab divanga cho"zildim. Bir payt uxlab qolibman. Men uyali telefonim jiringlashidan uyg"onib ketdim. Eshitib boqsam, ovoz notanish. U hayajon ichra shoshib:
  - Xoldor Vulqon, qayerda bo"lsangiz ham extiyot bo"ling. Sizga "Ov" e"lon qilingan. Izingizda odamlar bor. Agar yashashni istasangiz, shu bugunoq boshqa davlatga chiqib keting. - dedida, aloqani o"zib qo"ydi.
  Men xavotir ichra bir zum o"ylanib qoldim. Keyin o"rnimdan turib eshik tamon yurdim. Eshikka yaqin borib "glazok" deb atalguvchi tirqishdan tashqariga qaradim. Shunda sportchilarga xos jussaga ega, fuqaro kiyimdagi ikki notanish odamni ko"rdimu, yuragim shuv etib, tanam jimirlab ketdi. Ular maxsus qism jangchilari kabi imo ishora bilan gaplashib, biri zinadan pastga qarab turdi, ikkinchisi esa men turgan kvartira eshigiga yaqinlashib, timirskalana boshladi. Men badtar taxlikaga tushdim. So"ng shoshib xobxonaga o"tdimda, choyshablarni olib bir-biriga bog"lab, bir uchini batareyka quviriga maxkamladim. Keyin derazani ochib, pastga osilib tusha boshladim. Bu payt qosh qorayib qolgan, derazalarda chiroqlar porlardi. Men qancha pastladim, esimda yo"q. Bir mahal choyshablardan biri bog"langan joyidan yechilib ketsa bo"ladimi? Havoda aylanganimcha uchinchi qavatdan pastga qarab uchib ketdim. Yaxshiyam ikkinchi qavatdagi xonadonlardan birining derazasida eski rusumdagi konditsioneri bor ekan.O"shanga borib urildim. Kandi "g"ars" etib ketarkan, ichkaridan qiz bolaning qo"rquv ichra baqirgani qulog"imga chalindi. Kanditsioner inertsiya shiddatini kuchsizlantirdi va men orqam bilan yerga gursillab tushdim. Jon talvasasida o"rnimdan turishga urindim. Lekin chidab bo"lmas darajadagi og"riq bunga yo"l qo"ymas, men emaklab, negadir rus tilida: "Pomogite, vûzovite skoruyu, mne bolüno!- deya baqirdim. Ovozim ham allaqanday, birovning ovoziga o"xshab qolgan edi.
  Og"zimdan qon oqardi. Chap qo"lim, chap oyog"im va belim og"rig"iga chidab bo"lmas. Shunday bo"lsada, men bilan birga tepadan tushgan uyali telefonimni olib, bukchayganimcha o"rnimdan turdim. Kimdir "tez yordam" chaqirar, kimlardir "Nima bo"ldi? Chto sluchilosü?" - deya holatimni surishtirar, men bo"lsa, tank tepalab ketgan qahramon jangchiday oldinga intilib, chiqib ketishga joy izlardim. Chunki "tez yordam" kelib meni kasalxonaga olib ketsa, kasalxonadan tirik chiqmasligimni yaxshi bilardim. Kimdir menga yo"l ko"rsatdi. Men gandiraklab bukchayib yo"l yoqasiga chiqdimu, mashina to"xtatishga urina boshladim. Lekin ahvolimni ko"rgan taksistlar tezlikni yanada oshirib jo"nab qolishardi. Oradan ancha vaqt o"tgach nixoyat bir "Tiko" kelib to"xtadi. Men orqa o"rindiqqa yonboshlab eshikni yopdimda, manzilni aytdim. Taksist meni uyga eltib qo"ydi.
  Taksistga bor pulimni tutqazib, devorlarni ushlab uyga kirib bordim. Xotinimni chaqirdim. Men bu mahal ikinchi xotinga uylanib ulgurgandim. Xotinim Gulsora chiqib ahvolimni ko"rdiyu, qo"rqib ketdi. Yig"lab - qaqshab qo"ltig"imga kirib , meni uyga olib kirib ketarkan:
  - Nima bo"ldi?! - deya so"radi.
  - Ifloslar meni ham "Pishirishdi" - dedim o"ntab.
  Xotinim meni suyab uyga olib kirib yotqizdi. Katta o"g"illar ishda bo"lganligi sabab, uyda kenja o"g"lim, endi tetapoya bo"lib yo"lga yurgan Sayidaxror yonimga keldi.Men og"riq azobidan aftim bujmayib o"g"limga:
  - E-e-xx, atanga, bolam, erta yetim qoladigan bo"lding- dedim.
  Xotinim: - Unaqa demang, shoir, nimaga unaqa deysiz? Xudo saqlasin. Yaxshi niyyat qiling. Xudo xohlasa o"lmaysiz. Xudodan iltijo qilib tilayman - deya yig"ladi. Men azobdan inqillab yotarkanman, xotinimga :
  - Guli, o"lib ketsam sendan iltimos, qayta turmush qilma. Seni o"zimdan ham qizg"anaman - keyin, o"g"illarga ayt, ulardan roziman. Qo"lyozmalarimni extiyot qilinglar, o"g"illarim keyinchalik kitoblarimni chiqarishsin. Guli, seniyam qiynab yubordim. Qattiq-quruq gapirib ranjitgan bo"lsam kechir, mendan rozi bo"l - deya vidolasha boshladim. Bu gaplarimdan xotinim xuni jigar bo"lib yig"lar:
  - Shu ishingizni yig"ishtiring, siyosatga aralashmang deya itdek yalindima. Odamning gapiga kirmaydi. Mana oqibat - derdi u.
  
  Bel va oyog"imdagi og"riq esa zo"raygandan zo"rayar, men endi atrofimdagi narsalarni xuddi tushda ko"rayotganday ko"rardim. Shu mahal kichik o"g"lim kelib qolib shoshilinch akalariga xabar qildi.O"g"illar yetib kelishdi.
  - Dada, "Tez yordam" chaqirib sizni klinikaga olib boraylik.Tanish vrachlar bor - dedi to"ng"ich o"g"lim.
  - Yo"q dedim men - kasalxonaga yotqizishsang, meni ikki kunda o"ldirib, "operatsiyadan yomon chiqdi" deya ko"rpaga o"rab, jasadimni qo"linga tutqazishadi. Yaxshisi, yollanma vrach-travmatolog olib kelinglar -dedim.
  Ko"p o"tmay, o"g"illar oq xalat kiygan medsestra bilan kirib kelishdi. Men u ayolni tanimadim. Ayol meni ko"zdan kechirib
  - Nima bo"ldi sizga? - deya so"radi.
  -Uchinchi qavatdan yiqildim - deya javob berdim men zo"rg"a inqillab. Keyin:
  - Iltimos, pulini beramiz, og"riqni qoldiruvchi ukollardan qiling.Og"riqqa chidab bo"lmayapti - dedim men. Siyosiy faoliyatim uchun qilingan tajovuzdan bexabar hamshira: - "Ha-a, o"ynashining eri kelib qolgan bo"lsa, derazadan o"zini tappa tashlabdida!"deya o"ylaganini sezdim. U menga og"riqlarni qoldiruvchi ukollarni qilib chiqib ketdi. Ukollardan keyin og"riq biroz pastladiyu, lekin ko"p o"tmay yana zabtiga oldi. Shu kecha men og"riq-azob, isitma alangasi ichra qayerdadir, yuqorida o"lim bilan olishib, alaxsirab chiqdim.
  Ertasiga siniqchi xotin kelib, meni ko"zdan kechirarkan, umurtqa pog"onalarim zararlanganini, tos va oyoq suyaklarim biroz yorilib, paylarim cho"zilganini, aniqladida, tandirning kuygan kesagini yanchib, unga tuxum sarig"ini aralashtirib, so"ng tanamning zararlangan joylariga surtdi. O"g"illarim mo"miyo, "Sintomitsin" mazi, va "Baralgin" tabletkalarini topib keltirishdi.
  Zarb zahrini olish uchun bel va oyoqlarimga yupqa kesilgan mol o"pkasini xomicha qo"yib bog"lab qo"yishdi. Lekin og"riq xadeganda qolavermadi. Men endi o"rnimdan turolmay qolgan edim. Sal qimirlasam, og"riqning zo"ridan jonim chiqib ketay der edi. Esimda, birinchi bor mumiyo ichganimda bir o"lib tirilganman. Yuragim to"xtab qolay degandi o"shanda. O, u kunlar azobi! Xudo unday kunlarni dushmanimning boshiga ham solmasin! Og"ir kunda tashlab ketmay xojatimga qaragan xotinim Gulsoradan ham rozi bo"ldim. 15 kun shu tariqa qilt etmay yotib sixat-salomatlikning qadriga yetdim.Sog"lom, bemalol yurish - dunyodagi eng katta baxt ekan - deya o"yladim. Afsus nadomat bo"g"zimdan tutdi. "Ex, attang, voyaga yetgan o"g"illarimni uylash o"rniga ularni tentiratib, g"am-qayg"uga botirib o"lib ketamanmi endi? Qancha-qancha asarlar yozishni niyyat qilardim. Naxotki endi hammasi tamom.?! - deya iztirob chekdim. Birdan o"jarligim qo"zidi. Yo"q, o"lsam ham o"rnimdan turaman. E, Xudoyim, o"zing yordam qil! - deya o"ylab o"rnimdan turishga harakat qildim. Lekin belimni biroz ko"tarib azobdan ingraganimcha, "A-a-axxx!" - deya qayta yotib qoldim. Og"riqdan ko"z oldim qorong"ilashib ketdi. Bir ishni boshlasam, uni oxirigacha yetkazadigan odatimga ko"ra, men yana turishga urindim. Lekin yana turolmadim. Men shu tariqa og"riq bilan ayovsiz kurasha boshladim. Bir oydan keyin men nixoyat bir narsa qilib o"rnimdan turishga muvaffaq bo"ldim.Shu holatda men baland sim dor ustida langarsiz turgan tajribasiz dorbozga o"xshardim.
  - Guli, qaydasan?! Qara, men o"rnimdan turdim.! -deya baqirib xotinimni chaqirdim men. Xotinim kir yuvayotgan ekan. U shoshilishda qo"lidagi yuvib eshilgan kiyim bilan kirib ostonada turganicha:
  -Hoy, extiyot bo"ling! -dedi meni suyash uchun yugirib. Men uni to"xtatdim:
  - Qara - dedim, men zirqirayotgan daxshatli og"riqni yengishga uringanimcha, buyuk muvaffaqiyatni namoyish qilib.Xotinim jilmayganicha yig"lardi. Uning ko"zi jiqqa yoshga to"lgan edi."Ha , shoirima ...- dedi u. Shunda uning ko"z yoshlari duvvillab to"kildi. Bir ikki qadam yurgan edim xotinim suyab qoldi.Xotinimga tayanib joyimga cho"zilmoqchi bo"ldim. Buni qarangki, o"rnimdan turishdagi azob, yotib olish azobi oldida hech ekan.Yotsam turish, tursam yotish qiyin edi. Enam rahmatlining aytishicha rahmatli onam meni chaqaloqligimda erkalab:-Bu bo"ri, Xolbo"ri - der ekanlar, Shuni eslab, "Ha, men bo"riman. Bo"rilar baquvvat, chidamli va qaysar bo"lishadi. Men bo"riman, men Xolbo"riman" deya o"zimdagi bor kuchni, bardoshni to"plab yana va yana o"rnimdan turishga, odimlab yurishga tirishardim. Nixoyat, uzoq mashqlardan so"ng ikiki oy deganda o"zim mustaqil yurib tashqariga chiqdim va ariq bo"yidagi olmamiznig yonigacha bordim. Keyin qaytib keldim.
  Ertasi kuni xovlimiz chetidagi xojatxonaga o"zim borib keldim.Xudoga shukronalar keltirdim . O"sha kunlari men uyali telefonimda Toshkentga Marat Zoxidovga qo"ngiroq qildim. Marat Zoxidov menga baqira ketdi:
  - E, qayoqlarda yuribsan? Bo"limning muxr-shtampi bekor qilinganligi to"g"risidagi xabar "Andijonnoma" gazetasida e"lon qilindiyu. Darhol yangi muxr-shtamp qilib ishni davom etdirmaysanmi? - dedi. Men yiqilganimni, jaroxatlanganimni aytsam, u ishonmay: "Da, mozgi ne ... da!" deb baqirdi. Aloqa uzilgach men "Obbo!" - deya turib qoldim.
  Ertasiga bel va oyoqlarimdagi og"riqqa ham qaramay ishga chiqdim. Xodimlar bilan maslaxatlashib muxr va shtampni yangilashga kirishdim. Marat Zoxidovga telefon qilib "Adliya ro"yxatidan qayta o"taylikmi? - deya so"radim. Shunda Marat Zoxidov tajang fe"liga ko"ra jazavasi tutib:
  - Da skolüko mojno pereregistrirovatüsya? Tû davay bûstreye, deystvuy! U tebya ob"yavleniye i svidetelüstvo yestü. Pridostavü eti dokumentû v gor.otdel militsii i pustü oni dayut tebe razresheniye !- dedi. Men Marat Zoxidovning gapi bo"yicha shahar militsiyasi ruxsati bilan yangi muxr va shtamp qildirib ishlay boshladim. Andijon voqealaridan keyin xuquq ximoyasi xalqaro tashkilotlariga xukumat tomonidan bosim kuchaytirila boshlagach, bizning ham ishlarimiz badtar og"irlashdi. Prokuratura, sud, va ichki ishlar biz bilan umuman xisoblashmay qo"ydi, Sudüyalar mening ekspertlarimni sud zallariga kiritmas, negaligini surishtirsam, Oliy Suddan ruxsat oling, keyin ekspertlaringizni sud zaliga kiritamiz deyshar, soxta advokatlarining yuzaki ximoyasi bilan sudlarni bizsiz o"tkazib, begunox insonlarni nohaq ayblar bilan qamab yuboraveradigan bo"ldilar.
  Kunlardan bir kun bizning uyga SNB va adliya boshqarmasi xodimlari hamda farg"onalik bir soxta xuquq ximoyachisi, ment kelib xat tashlab ketibdi. Xatda telefon raqamlari yozilgan bo"lib, zudlik bilan qo"ng"iroq qilishim tayinlangan edi. Men qo"ng"iroq qildim. O"zini Farg"ona vodiysi bo"yicha koordnator deb xisoblagan sobiq militsiya xodimi menga:
  - Qayoqlarda yuribsiz, oshna? Agar biron narsaga giriftor bo"lmayin desangiz, zudlik bilan, bugunoq, yangi muxr va shtampni Farg"onaga, bizning ofisga yetkazib keling - dedi.
  - Nega endi? Marat Zoxidovning aytgan gapi bo"yicha qilinganku yangi muxr-shtamp? Men Marat Teshayevichga telefon qilaman - dedim.
  - Pojaluysta, telefon qiling - dedi soxta koordinator. Men Marat Zoxidovga telefon qildim.Muammoni tushuntirib:
  - Marat aka, axir muxr-shtampni yangila, chego tû boishüsya? Yesli, chto svalivay na menya - degan edingizku?! - dedim fig"onim chiqib. Marat Zoxidov bo"lsa to"nini teskari kiyib:
  - Ya nichego ne znayu, i znatü ne xochu. Raz skazali, chto nado sdatü pechatü i shtamp, nemedlenno sday. Slûsheshü, nemedlenno! - dedi. Men so"kina - so"kina, qosh qoraygan mahal muxr-shtampni olib Farg"onaga jo"nadim. Borsam boyagi sobiq militsiya xodimi muxr-shtampni olib:
  - Siz muxr-shtampni noqonuniy qildirgansiz. Muxrga "Inson xuquqlarini ximoya qilish xalqaro tashkiloti" deb yozilgan. Aslida: "O"zbekiston shaxs xuquq ximoyasi tashkiloti" deb yozilmog"i kerak edi. Siz xalqaro xuquq ximoyasi tashkilotlari bilan g"arazli maqsadlarda hamkorlik qilish uchun ataylab shu yo"lni tutgansiz - dedi.
  - Axir bu tashkilot avvaldan MOPCh ya"ni "Mejdunarodnoye obshchestvo prav cheloveka" bo"lganku. Nega endi nomini o"zgartirishimiz kerak? Qolaversa Marat aka ... - deya o"zimni oqlayotsam, sobiq militsiya xodimi gapimni bo"ldi:
  - E, boshimni og"ritmang. Men Marat-Paratingizni bilmayman. Qani menga aytinchi, shu muxr-shtampni siz qildirdingizmi?
  - Ha - dedim men.
  - Ha, barakalla -dedi, men ismi sharifini qissamda yozishni ham hoxlamagan, kimsa. So"ng:
  - Tushuntirish xati yozing - dedi. Men tushuntirish xati yozdim. Shunda haligi kimsa men yangilagan muxr-shtampni tushuntirish xatiga bosib, seyfiga joylar ekan:
  - Endi mana buni bir o"qib chiqing - deya oldimga kompüyuterda terilgan yozuvni tashladi. O"qisam u yozuv menga qo"yilgan ayblar ekan.
  - E, bu qanaqasi? - dedim men xujjatni o"qib chiqib.
  - Shunaqa, taqsir - dedi sobiq ment - Siz o"n bir yilga qamalasiz.
  Men g"azabimni bosib zo"rg"a o"tirardim. Birozdan keyin o"zimni qo"lga olib:
  - Men endi ketaverishim mumkinmi? - dedim.
  - Xa, boravering. Erta - indin o"zlari prokuraturaga chaqirishadi - dedi beg"amgina sobiq ment.
  Men qorong"i ko"chaga chiqib, avtobusga o"tirdimu, vokzal tamon jo"nadim. Oxirgi taksiga bir odam yetishmay turgan ekan. Taksiga o"tirib Andijonga keldim. Yarim tunda uyga kirib o"rnimga cho"zilar ekanman, xotinimga Vatandan qetmoqchi ekanimni qog"ozga yozib tushuntirdim. Chunki SNB allaqachon uyimizga eshitish moslamalar o"rnatib ulgurgan bo"lsa kerak deya o"ylardim. Xotinim qo"rqib ketdi. "Bizchi?" deb yozdi u qog"ozga shosha-pisha. "O"zim yaxshi o"rnashib olgach, sizlarni ham chaqirib olaman" deb yozdim men qog"ozga, keyin qog"ozni yoqib yubordim. O"sha kuni tong qorong"usida uydan chiqib ketdim. Shu ketganimcha Qirg"izistonda ancha vaqt yashab yurdim. Keyinchalik 2006 yil fevral oyida ishonchli do"stlarim yordamida o"zim vada qilganimday, bola-chaqamni ham Bishkek shahriga olib o"tdim.
  
  Shu o"rinda bir narsani insof doirasida yozib ketmoqchiman. Balkim, o"shanda menga qo"ng"iroq qilgan noma"lum odam meni Xukumatga, Hukumatni esa menga "Qayrash" niyyatida ataylab telefon qilgandir. Balki o"sha eshik ortidagilar ham MXX xodimlari emasdir. Aniq faktlarga ega bo"lmay turib, bir jiddiy tashkilotni ayblashga mening haqqim yo"q. Bu narsalar balki pixini yorgan provakatorlarning, birovlarning qo"li bilan cho"g"ni ushlaydigan, Karimov Xukumatini zimdan yemirib, saltanatni qo"lga olmoqchi bo"lgan yashirin guruxlarning meni hukumat bilan gij - gijlash uchun amalga oshirgan jirkanch ishidir. Vaqt oliy hakam deydilar. Vaqtlar kelib, har qanday yashirin sir ham yuzaga qalqib chiqadi. Mening bu borada hech kimga tuxmat qilish niyyatim yo"q.
  
  
  
  
  
  Rafiq Muxtor
  
  
  
  
  
  Andijonda Rafiq Muxtor degan shoir va hushovoz hofiz bor. To"ladan kelgan, oq sariq yuzli, alpqomat bu odam kulganda Chingizxonning ko"zlariday qiyiq ko"zlari yumilib, qorachiqlari ko"rinmay ketadi. U kulsa yurakdan kuladi va zinhor ichi qora, xasadgo"y, mayda kimsalar kabi tirjaymaydi.
  Rafiq akaning kulayotgan chehrasi quyoshni eslatadi. Boladay oqko"ngil va sodda bu shoirning qornida gap yotmas, o"z odatidan uyalgan shoir sir egalaridan kechirim so"rab ham qo"yarkan: - Nima qilay endi, mening qornimda gap yotmaydida - deya xijolat chekardi. Soddaligi shu darajadaki, unga biron gapni aytsangiz oradan hech qancha o"tmay siz aytgan sirni butun viloyat eshitib bo"ladi. Shuning uchun men do"stlar bilan yig"ilishganda ularga: - Odamlar axmoq bo"lib reklamaga pul sarflab yurishibdida. Undan ko"ra Rafiq akamga aytib qo"ysalar, mahsulotini besh sekundda butun dunyoga reklama qilib tashlaydi - deya hazillashib qo"yardim. Gapimdan xafa bo"lish o"rniga Rafiq akam "To"g"ri" derdi jilmayib. Rafiq akam ba"zan: - Juda unaqa zarur sirlarni menga aytmanglar - desa unga mening rahmim kelib ketardi.
  Sizlarni zeriktirmaslik uchun uning badihago"yligi (Ekspromt she"rlarga ustaligi), askiyachilar kabi bahru - baytda hozirjavobligidan bir shingil aytib beray. Rafiq Muxtor ko"chada yo avtobuslarda ketayotib turli she"r - matallar aytib hammani o"ziga rom qilib oladi. Unga biron odamningn ismi aytilsa xisob, bir zumda o"sha odamga atab she"r to"qib tashlaydi. Bir kuni Rafiq akam bitta qizga: - Singlim, ismingiz nima? - dedi. - Madina - dedi haligi qiz uyalib. Rafiq akam o"ylanib o"tirmay: - Madina, siz dunyoda yedina - desa bo"ladimi, yarmini o"zbekcha yarmini o"rischa qilib. Bir avtobus odam kulib qotib qolgan edi o"shanda. Qiz bechara uyalib qiyp - qizarib ketgandi.
  Rafiq Muxtorning shoirlik, hofizlik xunari ham ozday nabotot olamidagi tamomi daraxt va giyoxlarning nomini, ularning u yoki bu xususiyatini besh qo"ldek bilar, qorin dam bo"lsa, yoxud bosh og"risa nima qilish kerak, unga qanday giyox dori bo"ladi, yoki issiq - sovuq mijozlar, qabziyatlar haqida Ibn Sinoga o"xshab urjuzalar yozardi. Yozgan yuzlab urjuzalarini to"plab aloxida kitob holida nashrdan ham chiqargan.
  Endi Rafiq akamning tabobatdagi hangomasidan bir shingil: Bir kuni qandaydir adabiy anjuman va konsert bo"ldiyu unga Rafiq akam ikkalamiz bordik. Anjuman Andijon voqealarida kuyib yer bilan yakson bo"lgan Oxunboboyev teatrida o"tar, biz zal to"ridagi o"rindiqlarda o"tirardik. Bir mahal Rafiq akam kastimining ichki cho"ntagidan qog"oz oldida, unga bir narsalarni yozdi. Keyin haligi qog"ozni og"ziga solib yeya boshladi. Buni ko"rib mening ko"nglim aynidi. - Iye, Rafiq aka, nega qog"ozni yeyyapsiz? - dedim men taajjublanib. - Bu duo yozilgan qog"oz, bosh og"riqni qoldiradi. Senga ham duo yozib beraymi, yeysanmi? - dedi. - Yo"q, rahmat aka, mening boshim og"rimayapti - dedim shoshib. Konsertda Toshkentdan kelgan bir ko"zi ojiz hofiz shirali ovoz bilan qo"shiqlar ijro etib bizning diqqatimizni tortdi. Hofizning ismi Orolmirza ekan.Konsert tugagach, borib hofiz bilan ko"rishdik. Semiz, qorindor hofiz biz bilan suhbatlashar ekan, Toshkentcha do"ppisini qo"ltig"iga qisib olib ikki qo"li bilan boshini huzur qilib qashladi. U o"z boshini qo"shqo"llab shu darajada qashladiki, uncha o"smagan sochlaridan qazg"oqlar to"zg"ib ketdi. Mening shaytonim qo"zib hofizga hazil qildim. - Siz Orolmirza emas, Qirolmiza ekansiz - dedim. - Ha , ha, siz Karo"lümirza ekansiz dedi - Rafiq akam ham mening gapimni tasdiqlab.Bizning gapimizni eshitib hofiz toshkentcha do"ppisini boshiga kiyarkan, qornini silkitib rosa kuldi. Biz ham kuldik.
  Rassom va shoir Odiljon Nishonov, shoir Ziyo Najmiy, tengqur shoir do"stim Adham Sher, Hofiz Qo"chqor akam, fotograf Doniyor Samad, doirachi Hamid aka, shoir Qodir Qalam (Kolya Karandash) va boshqa qadrdonlar deyarli doim birga yurardik. Birga osh yerdik. Shunday davralarda men Rafiq akamga "Feruz" ni aytib bering deya xit qilib yuborardim. Rafiq akam yo"q demay sozni qulog"iga yaqin olib borib sozlarkan, "Feruz"ni bo"yin tomirlari bo"rtib, zo"riqishdan qizarib, o"zini tamom unitib kuylar edi.
  
  
  
  G"am toshiiiiiiiin, yog"diiiiiiirsa Farxooood uuuuuuuustinaaaaaaaaaaaaaaaaaa!
  
  
  
  -deb avj pardalarda kuylayotganda biz zavqu shavqqa to"lib qiyqirvorar edik. Rafiq akamning "Chumali" nomli qo"shig"i bo"lib u bizning gimnimiz edi. Endi "Chumali"ni ayting derdik. Rafiq akam "Rafiq Muxtor so"zi, ijro etadi o"zi" deb turib : - Chimali chimmaliyya! Mayda Chimmaliyya! - deb kuylashni boshlar biz samo" raqsini ijro etayotgan so"fiylar kabi yer tepinib charchagunimizcha ommaviy raqsga tushardik. Shu yo"sinda o"zimizni xursand qilib yashardik.
  "Qo"shariq" dahasidagi qabristonga yaqin joyda Rafiq akamlarning hovli uyi bo"lardi.Hozir u xovli buzilib ketgan. U xovlini saqlab qololmadik. Saqlashga harakat qilishimiz boisi, u xovlida Rafiq akamning padari buzrukvori, marhum g"azalnavis shoir Muxtor qori (Muxtorjon Tojiboyev) yashab ijod qilgandilar. O"zbekiston Xalq Hofizi Sherali Jo"rayev Muxtorjon otaning "G"aflatda qolsin dushmaning" degan g"azalini qo"shiq qilib ijro etgan.
  U xovli garchand buzilib ketgan bo"lsada mening xotiramda hamon qad ko"tarib turibdi.Esimda, Rafiq akamning oyoqlari qalamday - qalamday keladigan kichkina, lekin o"ta sergak va badjaxl "Kucha" degan laycha iti bo"lardi. "Kucha"ga qarab turib kulgim qistardi. Chunki u Ivan Sergeyevich Turgenev yozgan mashhur "Mumu"ni eslatar, Rafiq akam bo"lsa mumuni suvga cho"ktirgan devqomat Gerasimni yodimga solardi. Biz sho"rva - po"rva ichsak, suyagini "Kucha"ga otib uning xursandchiligini, xurmoning soyasiga yotvolib hafsala bilan suyak hajishini kuzatib o"tirardik."Kucha" to Rafiq akamlarning uyi snosga tushgunga qadar o"sha xovlini sadoqat bilan qo"ridi. Ko"chib ketish vaqtida Rafiq akam "Kucha"ni birovga berib yubordimi, yoki sadoqatli laycha o"z ajali bilan o"ldimi, hozir aniq esimda yo"q. Nima bo"lsada, men "Kucha" ni tez - tez eslab turaman.
  O"sha vaqtlarda biz ijodkorlar kamtarin hayot kechirardik. Lekin podshoxlardan ham baxtli edik.Bir - birimizni qo"llab - quvvatlardik, non uvoq topsak bo"lishib yerdik. Bir kuni Andijonda Respublika drammaturglarining anjumani bo"ldi. Anjumanda Cho"lponga bag"ishlangan saxna asarlarining ko"rik tanlovi g"oliblariga 100 (Yuz ming) so"mdan pul mukofotlari belgilandi.U vaqtlar so"mning qadri baland bo"lib, bu mukofotli tanlov bizning "Gala"ga qarashli Ziyo Najmiy degan drammaturg shoir uchun bir shans edi. Boshlig"imiz Odiljon Nishonov Ziyo Najmiyga bu shansni qo"ldan chiqarmasligi kerakligini qattiq tayinladi. - 100 ming so"m mukofotni olganingizdan so"ng uning bir so"miga ham tegmay kelinga olib borasiz. Sovchi kelayotgan qizingizga to"y uchun kiyim - kechak, taqinchoq, uzuklar bilan gilamlar sotib olasiz - dedi Odil akam.
  Tanlov iste"dodli qiziqchi G"ayratjon va uning do"stlari ishlaydigan "Yoshlar teatri" binosida bo"lib o"tdi. Avval Qirg"izistonning "OSh dramma teatri"dan kelgan truppa, keyin Usmon Azim püesasi va Ziyo Najmiyning "Zanjiri band sher" nomli Cho"lpon haqidagi saxna asari 100 ming so"mli mukofotga loyiq deb topildi va yelimlangan konvertlardagi mukofot pullarini mualliflarga tantanali ravishda topshirishdi. Ziyo Najmiyga qayerda bo"lishimizni aytib biz teatr binosidan chiqdikda, eski shahardagi ariq bo"yiga qurilgan qaxvaxonada choy - poy ichib suhbatlashib o"tirdik. Avval "Birlik"chi, keyinroq "Erk"chi bo"lgan va hozir umuman siyosatga aralashmay qo"ygan mashxur Lochin akam Tursunov ham bor. Bir mahal ziyo Najmiy kirib keldi. Og"zi qulog"ida. Hammamiz xursandmiz. - Bu mukofotni yuvish kerak. Yarimta olib kelmasangiz bo"lmaydi - dedim men Ziyo akaga hazillashib. - E, yarimtayam gapmi, bir yashiq olib kelaman - dedi Ziyo aka xovliqib. - Yo"q, Ziyo Najmiy mukofotning bir so"mini ham buzmay uyiga olib boradi. Do"stimiz qizini chiqarishi kerak - dedi Odil akam qat"iy. Keyin : - Qani mukofot? - dedi. Ziyo Najmiy kastimining ichki cho"ntagidan mukofot solingan konvertni olib Odil akaga uzatdi. Odil akam konvertni yirtib ochdiyu hammamiz hangu mang bo"lib qoldik. Chunki konvertda mukofot to"g"risidagi yozuv bitilgan qog"oz bor edi halos.Pul yo"q edi. Biz kulishni ham, g"azablanishni ham bilmay turib qoldik.Bu, mukofotni tarqatgan vijdonsiz, qo"li qing"ir, iflos kimsalarning qilgan ishi bo"lib, endi konvertda pul yo"q ekan - deya borishning iloji yo"q edi. Negaki konvert ochilgan. Agar borib konvertga mukofot pulini solmabsizlar desa, u nopok, haromxo"rlar melisa chaqirib Ziyo Najmiyni qamatib yuborishdan, pulni olib olganim yo"q deya bizni shantaj qilyapti - deyishdan ham toymasdilar. Davlat idoralarida shu qadar pastkash, manfur maxluqlar ham ishlar edilar. Ziyo Najmiy mukofot tarqatganlarni so"yaman deb nerjaveyka pichog"ini shaylab, ularni pana - pastqamda poylab ham yurdi. Keyin - keyin bu shaytoniy vasvasani yengdi va u mash"um voqeani unutdi. Ancha qiyinchiliklar bilan qizini ham uzatdi. Chiroyli to"y qilib el oldiga dasturxon soldi.
  To"yni teatr akterlari o"zlarining deklomatsiyalari, qo"shiq va raqslari bilan qizdirdilar. To"yda doirachi Hamid akam ham xizmat qilayotgan ekan. - E, Xomidboy, bitta xizmat bor - dedim hazillashib "O"tgan kunlar" kinopersonajlariga taqlid qilib. Hamid akam: - Aytavering, beg aka, odam o"ldirishmi? Shu paytgcha uchtasini gumdon qilganman, to"rtinchisiga o"tsak nima qilibdi - dedi hazilga hozirjavoblik bilan. Shunda yonimda o"tirgan notanish mexmon Hamid akam ikkalamizni kallakesarlar deb o"ylab qo"rqib ketgan edi.
  Jingalak sochlari laylakni uyasiga o"xshab ketadigan, mushtlashishni pulga sotib oluvchi, doira chalishning ustasi Hamid akam hazil - mazax desa o"zini tomdan tashlardi. Bir kuni bozorda qovun tanlayotsak bitta qovunni olib qovunfurushga: - Bu qovuningizni Egam chaqirib qolibdi. Arzonroq bervoring endi - dedi. Hamid akamning yana bir yaxshi hislati elimiz yuragidan joy olgan san"atkorlarining qadimiy magnit tasma va plastinkalarini avaylab saqlaydi. Uyida o"zining ajoyib muzeyi bor.Mexmonga borsangiz, sizga sevimli hofizlarning ko"xna qo"shiqlarini qo"yib eshittiradi. Shunday quvnoq insonning ham chidab bo"lmas qayg"ulari, bitmas yurak jarohatlari bor. Hamid akamning karate sport ustasi darajasiga ko"tarilgan sevikli qizi bevaqt olamdan o"tgan. Uning qizi aks etdirilgan portretga qarab achchiq - achchiq, unsiz yig"laganini ko"rganman.
  O"sha vaqtlarda Rafiq Muxtor minga yaqin g"azallarini, muhammasu masnaviylarini, mustaxzodu murabbalarini to"plab devon tuza boshlagan edi. Bir kuni u menga: - Xoldor devonni ko"zdan kechirib , ancha - muncha xatolarini to"g"rilashga yordamlashgin - dedi. Shunday qilib biz devonni ko"zdan kechira boshladik. Devondagi ayrim kamchiliklarni, bahrlardagi saktaliklarni bilganimcha aytib ko"maklashar ekanman, Rafiq akamning yoshi ulug" bo"lishiga qaramay xotirasi va zexni o"tkirligiga qoyil qolganman. U men o"rgatgan narsalarni juda tez o"zlashtirib oldi va takabburlik qilmay: - Aruzda ba"zi narsalarni bilmas ekanman, sendan o"rgandim. Endi bugundan boshlab sen mening ustozimsan - dedi. - E, qo"ysangizchi - dedim men. - Yo"q, behazil aytayapman. Seni endi o"zimdan yosh bo"lsangda, ustoz deyman - dedi yana Rafiq akam. Ha, Rafiq akam shunday kichik ko"ngil, mehribon, diyonatli, halol va donishmand inson.
  Yaqinda "Yangi dunyo" saytiga kirdimu qadrdon akam va do"stim Rafiq Muxtorning suratini ko"rib, ruhim yorishib ketdi.Negaki, birmuncha vaqt avval do"stim Adham bilan telefon orqali suhbatlashar ekanmiz, Rafiq akamni so"rasam, do"stim: - Rafiq akam seni sog"inibdi. Xoldorni juda sog"inib ketdim - deya senga salom va duolar yo"lladi - dedi. O"zi anchadan beri Rafiq akam haqida she"rmi, biron nasriy narsami yozish fikri menga tinchlik bermas edi. Bugun mavrudi ekan, nihoyat yozdim. Shu yozganlarim ustozimiz, bolalarday oqko"ngil inson, talantli shoir va hofiz Rafiq Muxtorning 62 yoshli tavallud to"ylariga bir arzimas to"yona bo"lsin . Xalqimiz, yaqinlaringiz, do"stlaringiz va biz kabi shogirdlaringiz baxtiga hamisha omon bo"ling, Rafiq aka!
  
  
  
  
  Muhammadjon Niyozmurodov
  
  
  
  
  
  Andijon adabiy muhitida ko"zga ko"ringan ijodkorlardan biri Muhammadjon Niyozmurodov bo"lib u ko"nglida kiri yo"q, ochiq chehrali, nihoyatda donishmand va quvnoq shoir edi. Men yosh paytlarim Oltinko"l rayonida nashr qilinadigan "Kommunistik mehnat uchun" gazetasida Muhammad aka rahmatlining g"azallarini o"qib hayron qolardim. Bir kuni menga ilk bor she"r yozish texnikasini o"rgatgan ustozim, talantli g"azalnavis shoir Farid Usmonning
  
  "G"azal aytgim kelur doim g"azaldin bexabarlarga,
  G"azal ohangidan ro"zii azaldin bexabarlarga"
  
   deya boshlanadigan g"azali e"lon qilindi. Ertasiga o"sha gazetada Muhammadjon Niyozmurodovning
  
   "G"azal aytma, g"azalhonim, g"azaldin men xabardorman,
  G"azal ohangidan ro"zii azaldan men xabardorman."
  
  
  degan matlaiga ega bo"lgan javob g"azali bosildi. Ikki shoir o"rtasida mushoira boshlandi. Juda ajoyib bahri bayt bo"lgandi o"shanda. Muhammadjon Niyozmurodov asli Buxorolik bo"lib Andijon tibbiyot institutida taxsil olgach, o"zi sevgan Andijonlik qizga uylangan va shu shaharda yashab Andijonlik bo"lib ketgan edi. Muhammad aka Sulaymon Fuzuliy she"riyatining ashaddiy muhlisi bo"lgani bois o"zi sevgan shoirining g"azallarini sof ozarbayjon tilida o"qir, mazmunini sharxlab shoirlar mahfelini zulmatda parpirab yonayotgan porloq sham kabi nurafshon qilib yuborardi go"yo. Men uning Fuzuliydan ilhomlanib yozgan bir g"azalidan ikki misrasini haliyam xotiramda saqlab yuraman.
  
  
  "Voqifi asrori o"lki, men Muhammad ooshig"ing,
  Mahrami rozingni och roozingni aylar oorzu"
  
   deb yozgan edu u. Yillar o"tib men ham ijodim bilan ko"zga ko"rina boshlagan paytlarim Muhammadjon Niyozmurodov bilan anjumanlarda birga ishtirok etadigan bo"ldim va biz tez do"stlashib ketdik. Muhammadjon aka g"azaldagi bahr, ya"ni ichki morom, to"lqinli tebranishning uziliksiz bo"lishi uchun kurashardi. G"azalda saktalikni, ya"ni ohangning ritmik muvozanatiga putur yetganini ko"rsa yonib ketardi.
  
  -E, g"azal yozish texnikasini bilmasang, g"azal yozib nima qilasan, so"zlarni qiynab! - der edi kitob yo gazetadagi sakta misralarga achinib qarab. Muhammadjon akaning yana bir hislati, u har kuni besh vaqt nomoz o"qirdi. Nomoz o"qigani, Qur"on tilovat qilgani uchunmi, yuzidan nur yog"ilib turguvchi istarasi issiq, farishtalik inson edi.Uning fe"lidagi ulug" shoirlarga hos darveshona jihatidan biri o"g"illari xokim muovini, zavodning direktori bo"lishlariga qaramay barcha shoirlarday kamtarin yashar, piyoda yurardilar. Xukumatga yaltoqlanmas edi. U doim asarlari va o"z ovozi yozilgan turli - tuman magnit tasmalar joylangan yelim tutqichli eski karmonlarga o"xshashib ketadigan qora katta portfelü, sakvoyaj ko"tarib yurar, shu sababli men hazillashib: - Muhammad aka, vaqtlar kelib sizga haykal o"rnatishmoqchi bo"lsalar xaykaltaroshlarga: - Niyozmurodovning mashxur portfelini ham toshdan yasanglar - deya tayinlayman desam Muhammad aka handon otib osmonga qaraganlaricha kular edilar. Muhammadjon Niyozmurodov tez - tez bizning ishxonaga kelar, tushlik paytlari Boshliq o"rinbosari Orifjon Oxunovich bilan shaxmat o"ynar, biz ularning taxta ustidagi aqliy muxorabasini qiziqish bilan kuzatar edik. Keyinchalik Muhammad akaning yana bir ajoyib qirrasi inkshof bo"ldi. U nafaqat shoir, balki gipnotizer ham ekan. Bir kuni u menga daromadli ishni taklif qildi. - Xoldorjon, agar joylarda mening seanslarimni tashkil qilsangiz, tushgan daromaddan 40 foyizini tashkilotlaringiz xisob raqamiga o"tkazib beraman - dedi. Bu taklifni o"ylab ko"rishim kerakligini aytib shoir bilan xayrlashdik. O"sha kuni do"stim Adham Sherga telefon qilib u bilan taklif yuzasidan maslaxat qildim. Ertasiga Adhamning "Moskvich"ida joylarga borib shartnoma tuzarkanmiz, Muhammad aka bergan afishalarni taxtalarga yopishtirdik. Shunday qilib gipnozchi shoir Muhammadjon Niyozmurodov bilan biznes hamkorligimiz boshlandi. Bir kun Kuyganyordagi temir beton zavodiga bordik.Nimqorong"i zal to"la mijozlar umid ko"zlari miltillab gipnozchi shoir o"tirgan saxnaga qaraydi. Nihoyat magnitafondan shashmaqom musiqasi bilan suvlarning yoqimli jildirashi va bulbullarning chax - chax ovozlari tarala boshladi. Bu ohanglar fonida Muhammadjon Niyozmurodov rahmatli Qodir Maxsumovga o"xshab g"azal o"qib so"zlar bilan zaldagilarni sehrlay boshladi: - O"rindiqlarga suyanib, ko"zlaringizni yuming.Oyoq - qo"llaringizni bo"sh qo"yib ko"z o"ngingizga moviy osmonlarni keltiring. Siz uchib bormaqdasiz. Ko"m - ko"k bepoyon osmonda bir parcha ham bulut ko"rinmaydi. Pastda yam - yashil o"tloqlar, archazor o"rmonlar, yoyilib oqayotgan daryolar. Ilonizi yo"llar, so"qmoqlar. Siz uchib borayapsiz. Siz ozodsiz, sizning g"am - tashvishingiz yo"q. O, naqadar sokin, so"lim tongi salqinlik! - der edi u. - Ha, tashvishi yo"g"a, tashvishi yo"q. Ozod emish. Qanaqasiga ozod bo"ladi bu becharalar - degan fikr miyyamga kelib birdan mening kulgim qistab ketti.Meni kulgim qistasa o"zimni to"xtatishim juda qiyin. Portlab ketay dedim. Agar zalni tark etib ko"chaga chiqmaganimda seans barbod bo"lar edi. Anchadan keyin ichkariga kirsam, zalda to"palon. Muhammadjon aka rahmatli bir mijozning akashak bo"lib qolgan qo"llarini ayrish uchun harakat qilyaptilar. Oxiri duolar o"qib yurib mijozning yuziga shappatilab o"ziga ketirdi. Gipnoz - gipnoz deymiz ekanu u ba"zi odamlar uchun havfli bo"larkan. Hatto o"zlariga kelmay u dunyoga ravona bo"lishlari ham hech gap emas ekan. Shunaqa qilib ishlab elimizga qo"limizdan kelganicha xizmat qilib yurdik. Men mijozlarning Muhammadjon Niyozmurodovga yo"llangan yuzlab maktublarini o"qiganman. Ular turli dardlardan seanslar sabab sog"ayib ketganlari uchun shoirga minnatdorchilik bildirishgandi. Bir gal Komsobolobod tumaniga bordik. Seanslarni o"tkazib qaytib kelayotsak, yo"l chetida ikkita chiroylikkina qiz qo"l ko"tarishdi. Komsomolobod cho"l zonasiga joylashgani uchun biydek qumliklar oralab ketgan yo"llar bo"m - bo"sh, atrof xuvillab yotadi.
  
   -Moshinani to"xtat, becharalardi birga olib ketib manziliga eltib qo"yaylik - dedim men Adhamga. Adham mashinani to"xtatgach, yo"lovchi qizlarni salonga olib yo"lda davom etdik. Qizlar chiroyliligi ham ozday sho"x ekan.
  - Ha, qizlar, yo"l bo"lsin, qayoqqa ketyapsizlar? - dedim men nihoyat.
  - Anjan shahriga ketyappizda - dedi ulardan biri chiroyli jilmayib.
  - Anjanda qarindoshlar bormi? - dedi Adaham qizlarga qiziqib qarab.
  - Yo"q, sochlarimizni ximka qildirgani ketyapmiz - dedi qizlardan yana biri.
  - Iyi, soch bo"yaydigan sartaroshxona Kamsomolobodda yo"qmi? - dedim men hayron bo"lib.
  
  - Bor. Boru, bu yerda yaxshi qilisholmaydi. Anjanda yaxshi qiladi. O"shanchun har xafta Anjanga borib qildirib kelamiz - dedi yuzida kulgichi bor qiz. Keyin ikkalasi qiljinglab kula boshladi.
  
  - Yaaaasno - dedim men ularning kimligini anglab. O"shanda esi yo"q paytlarimiz ekan. Xudo o"zi kechirsin. Shayton vasvasa qilib qizlarga barra qo"zilarni qo"rgan och bo"riday qaraganimcha Adhamga: - Anavi qum barxanlar oralab soksovullar o"sgan joyga hayda - dedim. Adham ho"p deya mashinani men aytgan yoqqa bura boshladi. Gaplarimga qizlar ham qarshilik ko"rsatmadi.Albatta ularning nomigina qiz edi halos. Aslida tajribali tanfurush ekanlari hatti - xarakati, gap - so"zidan, hayosizlarcha tirjayishlaridan shundoqqina bilinib turardi. Ular hatto Komsomolobodlik ham emasdilar nazarimda.Shunda Muhammadjon Niyozmurodov bizni og"ir gunoxdan qaytargan edi. - Ey, ukalarim, bu be"mani fikrdan qaytlaring. Birinchidan bu og"ir gunox. Qolaversa oliy ma"lumotli vrach va psixolog sifatida shuni aytamanki, ikkalang hozir bironta kasallikni ilashtirib olasanlar - dedi. To"g"risi, Adham ikkimiz o"sha paytda shayton vasvasasi bois gunox sodir qilishdan qo"rqmas edigu lekin duxtir aytgan tanosil kasalligini ilashtirib olishdan qo"rqqanmiz. O"shanda biz Muhammad akaning gapiga kirib shaxvoniy nafsimizni tiyganmiz. Muhammadjon Niyozmurodov shunday Xudorahmati inson edi. Iloyo joylari Jannat chorbog"laridan bo"lsin.
  
  Muhammad akaning o"g"illari bir kuni yetti yuz ming (700 000) so"m pulni berib: - Jon dada, mana sizga pul. Kerak bo"lsa yana beramiz. Qo"ying o"sha seanslaringizni. Sizga nima yetishmayapti? Ulfatlaringiz bilan choyxonalarda osh yeb, maza qilib she"rlaringizni yozib yurmaysizmi? Kitoblaringizni nashrdan chiqaraylik - deyishibdi. U paytlari yetti yuzming so"mning qadri juda baland edi. - Yo"q , o"g"illarim. Himmatinglar uchun rahmat.Meni o"z holimga qo"yinglar. Men shunday yashashni yaxshi ko"raman - deya javob beribdi shoir.
  
   Muhammad aka rahmatli qachon duo qilsalar: - E, Hudo, menga oson o"lim bergin. Ketar chog"imda jonim chiqqanini o"zim ham sezmay qolayin - deya iltijo qilar edi. Har so"zga farishtalar omin deydi deb juda to"g"ri aytishar ekan. Yoshi yetmishga yaqinlashgan, lekin ellik yoshli odamday tetik u shoirni Toshkent shahrida mashina urib ketdi. Noxush xabarni yetkazishgach, Andijon shahar xokimining muovini vazifasida ishlovchi shoirning to"ng"ich o"g"li Farxod aka boshqa ukalari bilan Toshkentga yetib borgan. Muhammadjon Niyozmurodov yotgan joyida o"g"illarini kulib qarshi olgan va diydorlashib, kelin ayam havotir olmasliklari uchun to"ng"ich o"g"lini o"zi bilan olib qolarkan, qolgan o"g"illarini uyga qaytarib yuborganlar. Kelin ayamga telefon orqali latifa aytib kuldirganlar. Lekin to"ng"ich o"g"li Farhod akaga: - O"g"lim, o"zingizning esingiz ko"p. Bilasiz, men duxtirman. Miyyamga zarba yetgan. Miyyasiga zarba yetgan odamning bosh chanog"i yorilgan yo teshilgan bo"lsa, uning miyyasi bir xafta ichida sizib oqib chiqadida, u olamdan o"tadi. Yettinchi kundan o"tib ketsam yashayman. Yo"qsa, hayr ma"zur. Ba"zan bilib - bilmay dilinglarni ranjitgan bo"lsam rozi bo"linglar -a, o"g"lim - debdi va o"zi aytgan o"sha mash"um yettinchi kundan o"tolmabdi. Shunday qilib Andijon yana bir ajoyib shoiridan ayrilib qoldi.Shoirning o"g"illari qanday ezilib yig"laganlarini yozishga mening bardoshim yetmadi. Ilohim, shu yozganlarim ustozimiz, musaffo qalb egasi, ajoyib shoir Muhammadjon Niyozmurodov haqidagi xotiralarni asrlar osha kelajak avlodlarga yetkazsin. Kelajak avlodlar ham shoir Muhammadjon Niyozmurodovni yaxshi so"zlar va duolar bilan yod etsinlar.
  
  
  
  
  Eh, Bishkek, Bishkek!
  
  
  
  
  Bishkekda bizni o"zbek qochqinlardan biri, iste"dodli jurnalist To"lqin Qorayev kutib oldi. U bizni o"zi ijarada yashayotgan uyiga olib ketdi. Ikki qavatli uyning birinchi qavatidagi u kvartira Respublika jinoyat qidiruv boshqarmasi bilan SNB binolarining o"rtasida joylashgandi.
  To"lqin Qorayev qorachadan kelgan, novcha bo"yli, yurganda xuddi yer isloxatida kambag"allarga tomorqa ulashayotgan komsomol "zemlemer" singari ka-atta - katta qadam tashlab yurguvchi jurnalist edi. Uning buklab jamlasa sumkaga aylanib qoluvchi suv o"tmas joynomozi bo"lib, besh vaqt nomoz qilar, Bishkek shaxri markazidagi masjidda o"qiladigan jum"a namozlariga muntazam qatnardi.
  To"lqinning bag"ri kenglik fazilati sabab o"zbek qochqinlari deyarli har kuni uning uyiga yig"ilar, uning "noutbuk" kompüyuteridan va telefonidan foydalanar, vannasida cho"milib, kir yuvadigan mashinasida kiyimlarini yuvib ketishardi. To"lqin pul so"rasang yo"q demay berib, u qarzni to o"zing olib borib bermaguningcha so"ramaydigan qo"li ochiq insonlar turidan edi. To"lqin Qorayevdan o"zbek qochqinlari faqat yaxshilik ko"rdilar.
  To"lqin Qorayev uyida men uchun joy yo"qligi sabab meni Turkmanistonlik qochqin Shamshod degan ayol o"zi ijarada turgan uyiga olib ketdi. Shamshodlar turadigan uy "Alameddin" bozori tamondagi Frunze ko"chasiga joylashgan edi. Shamshod pokistonlik pashtun Azatxan bilan shu uyda ijaraga turar, ularning bir yoshli Nabiliya Arafat ismli o"g"illari bor edi. Uyining egasi Ada Sergeyevna degan yoshi yetmishlardagi, yuz tuzilishi esa 35-40 yoshlardagi ayolni eslatuvchi kampir bo"lib, u meni iliq qarshi oldi va meni uyning go"laxixonasiga joylashtirdi. 2x2,5 metrli bu mo""jaz xonaga kampir ikki taburetkani qo"yib ustiga shkaf eshigini yotqizdida bu qo"lbola o"ringa eski po"stinlarni to"shadi. So"ng deraza darpardasini choyshab qilib yopinishga adyol berdi. "Mana, o"g"lim , senga qo"lbola karavot" - dedi u samimiy kulib. Shunda uning tishlari hali ham baquvvat va sog"lom ekanini ko"rib xayron qolganman. Shamshod Azatxan bilan katta uyda yashaydilar, birga ovqatlanamiz, ular kechalari meni televizor ko"rishga taklif qilishadi, tortinma deyishadi. Baribir biroz noqulay. Xovlida hammom, oshxona bor. Xonam derazasi yoniga kampir stol-stul qo"yib bergani ayniqsa quvonchli bo"ldi. Stulda o"tirib derazadan tashqariga qarayman. Dorvoza yonidagi inda Reyk ismli qopog"on it yotadi. U ba"zan zeriksa zanjirini shaldiratib inidan chiqadi, bukilib abjag"i chiqqan baklashkani goh oyoqlari bilan urib - surib, goh tumshug"i bilan yerga paypaslab, g"ajib, irg"itib o"ynaydi. Ada Sergeyevnani biz "babushka" deymiz.
   Babushka garchand qizi bilan ko"p qavatli uyda tursada, har kuni bir mahal albatta xovliga kelib oshxonadagi karton quti ichida to"shalgan yashil adeyalda o"tirganicha mudraguvchi Vasüka nomli mushugiga va Reykka qozonda bo"tqa pishirar, bo"tqa sovisin uchun uni tog"orasi bilan qor ustiga qo"yib itning tagini tozalardi. In ichidan xashaklarni titib chiqarib yuborgan itga tanbex berar, it qiziqish bilan kampirning xatti-xrakatlarini kuzatib turardi. Ada Sergeyevna itga bo"tqani sovutib berar, mushugi Vasükaga kolbasa yedirarkan "Vasüka, xuligan. Har kuni keladigan qushlarning bittasini tutib yeb qo"yibsan, yirtqich" deb qo"yardi. So"ng eski-tuski taxtalar g"arami ustidagi kartonga mayda non uvoqlarini sochadi. Bu joy mening xonam derazasining ro"baro"sida bo"lgani uchun har tong non uvoqlari bilan nonushta qilayotgan qushlarni ko"rib turaman. Azatxan kartonni - ko"rto"n, ptitsani - pititsiya deb talaffuz qiladi. Ba"zan oshxonada kampir bilan suxbatlashib o"tirsak u:
  - Babushka, Alla yes, chelaveka i pititsi delayt. Krome Allaxa ne kito tak ne delayt - deb unga Allohning yagona yaratguvchi, qudratli zot ekanini tushuntirmoqchi bo"ladi. Azatning soqoli doim o"sib yuradi. Soqolini taglab qirmaydi Juda o"stirib ham yubormaydi. Kampir uning gaplarini ma"qullarkan:
  - Da, sûnok. Na samom dele Vash Allax i nash Gospodü odno i toje. Xotya u nas raznûe verû. No Bog odin - deb qo"yardi. Azatxan ba"zan:
  - E, Xaldar, ya yes politolog. Brat mo"y jiviyo"t v Nevverke. On mene prislal eti amirkani sapagi.Tisyacha do"lo"r stoit. Eto yes amirkani saldati advayt, chtobi zmeya ne kusala nogi - u shunday deb, akasi Nüyu- Yorkdan yuborgan etigini maqtaydi. So"ng ayvondan ko"cha tamondagi qor bosgan oq qayinlarga o"ychan termulib davom etadi:
  - Xaldar, ya v Yevropu yedu uchitsya na politologa. Poluchayu yes visshiye obrazavanya i poyedu abratna v Avganistan. I stanu prezidentom v mesta Hamid Karzaya. Yesli ya stanu prezidentom Avganistana, v gorode Mazari sharif tebe pastroyu bolüsho-o-oy dom. Tû yes xoroshiy chelovek - derdi u.
  - Spasibo - deb qo"yaman. U biroz o"ylanib turib qo"shimcha qiladi:
  - E, Xaldar, Xaldar. Zdis yes svideteli Yogova. Nekotori kirgizi toje prinyali kristyan. Zachem a? Samiy haro"shiy eta, Alla yes.
  - Da - deyman men. Keyin ne kristüyan va xristian deyman. Azatxan garchand rus tilida qiynalib so"zlashsada ingliz tilini juda yaxshi biladi. Men ham bu yerlarda bekor yurmay yapon yozuvchilari: Sakyo Kamatsu, Morio Kita, Siniti Xosi, Tanu Mayumura, Kabo Abelarning prozalarini ajoyib ispan shoiri Alüfredo Vivarning va xitoy shoiri Lu Yu ning she"riyatini o"qirdim.
  Bir kuni kunduzi qo"shni xonadan mungli qo"shiq oxangi qulog"imga chalindi. Qarasam Azatxan kuylayapti.
   U stulda o"tirgan holda devorga orqa miyasini tirab shiftga tikilganicha qo"shiq aytardi. Qo"shiq "Tanxai" ya"ni "yolg"izman" deb atalarkan:
  
  
  
  Saya bi-i-jab, Sa-a-ya bija-ab
  Sa-a-atti cho"l xo"gaye-e-e..
  Tarjimasi: (Soyam bilan yolg"iz qoldim)
  Ey si xe-e-e tan-xa-ai-i-i...
  (Yolg"izman juda)
  Jina pau, jina pau -u-...
  Mmudi bina-a-a-a-aye-e-e-..
  (Yashashni xoxlamayman, o"lim esa kelmayapti)
  
  
  
  Azatxan kuylagan qo"shig"ini tarjima qilib bergach, unga raxmim kelib, ezilib ketdim. Azatxan yana kuylay boshladi:
  
  
  Maxro" pali-i mera chexra-a
  Dey ki kar, kafan me-e-e-e.
  Li musafirxo"-o" iz Vatanme-e,
  Ajnabi-i-i shaxrike-e-e-e
  A-akome de ki kal ll.
  Chexra badallke-e-e.
  Dushmane kogut tiolike-e-e
  Do"sti xeyri-i xuva xo"gaye-e-e,
   Tobe hammm, tabaxe xo"gaye-e-e-e..
  
  
  Azatxan aytgan qo"shig"ining davomini ham tarjima qildi. Bu qo"shiqda Vatanni sog"ingan, musofirning, ajnabiyning dardu iztiroblari aks etgan ekan. Azatxan qo"shiq kuylashdan to"xtab, dadasi Afg"onistonda Pashtun lashkarboshisi bo"lgani, uni Bismillaxonning odamlari o"ldirgani, shundan keyin ularning oilasi dunyoning to"rt tarafiga tariqday tarqagani haqida gapirdi. Onamni sog"indim - dedi u biroz turib. So"ng shiftga tikilganicha unsiz yig"lay boshladi. Azatxanning ko"z yoshlari yuzlarini kesib utib kekirdagi tamon yo"nalarkan, o"sib po"stagi chiqib yuradigan soqollarini ivitib yubordi. Men yana bir bor xalqlar boshiga ayriliq, kulfat solg"uvchi urushga la"natlar o"qidim. Azatxanning yana bir xikoyasi hech qachon esimdan chiqmasa kerak.
   Kandaxorda - deydi u - daryo bo"yi choyxonasi bo"lib, u yerda baliq pishirilar, biz ham har zamonda baliqxo"rlikka borardik. Bir kuni baliq yeb o"tirsak, bir mashina qurollangan amerika soldatlari kelib qolishdi. Ular mashinadan tushib choyxonaga kirishdida, tashqaridagi stollarga o"tirishdi.. Buyurtmalari tayyor bo"lgach baliq yeya boshlashdi. Shu payt qayoqdandir 12 yoshlardagi afg"on bolasi kashkulda isiriq tutatib keldida, amerika soldatlariga isiriq solib evaziga nazru niyoz olmoqchi bo"ldi. Bir maxal soldatlar orasidan kimdir - Maykl! - deya baqirdi. Aftidan ko"z tegmasin uchun solinguvchi isiriqni bilmaydigan amerika soldatlari tutayotgan kashkulni bomba deb o"ylab ogohlantirgandi. Ogohlantirilgan Maykl esa qo"rkuv va shoshilishda sakrab turib avtomati bilan isiriqchi bolani otib qo"ydi. Surishtirsak bola bechoraning otasi, akalari urushda o"lib ketib, onasi og"ir kasal yotgan ekan. Bola amerika soldatlarida pul ko"p bo"ladi deb o"ylagan, isiriqdan tushgan pulga onasi uchun dori darmon olmoqni maqsad qilgani ma"lum bo"ldi. Albatta choyxonada to"s-to"palon ko"tarildi. Lekin bolaning o"limi uchun hech kim javobgarlikni bo"yniga olmadi. Ammo keyinroq ma"lum bo"lishicha begunox bolani otib qo"ygan o"sha amerika soldati vijdon azobida qiynalib jinni bo"lib qolibdi.
  Shu xikoyani eshitganimdan beri "Qanday qilib dunyodagi urushlarni to"xtatsa bo"larkin?" - deya o"ylayman. Ba"zan men shunday bir asar yozsamu, u asarni dunyo xalqlari o"kib yoppasiga insofga kelsa, barcha kataklizmalar, fojealar ildizini anglasa va urushga chek qo"yilsa deb orzu qilaman.
  
  
  
  
  Yusuf Rasul
  
  
  
  
  Men Bishkekdagi qochkinlarning eng qambag"ali edim. Bir qator qishki kiyimlarimdan tashqari bitta futbolkam bilan bitta eski jempirim, bir-ikkita kitobim va yangi yozgan asarlarim qo"lyozmasi bor edi xalos. Qochqinlar orasida Yusuf Rasul degan shoir va jurnalist bo"lib, u bilan munosabatimiz juda yaxshi edi. U o"zini turkiylarning barlos urug"idanman der, bu bilan faxrlanar va soxibqiron Amir Temur daxosiga bo"lgan ehtiromi yuksak edi. Balki mening ham Amir Temurga va Temuriyzodalarga bo"lgan hurmatim baland bo"lgani sabab, Yusuf Rasul ikkimiz tezdan do"stlashib aka-uka bo"lib ketgandirmiz. Yusuf menga ko"p yaxshiliklar qildi.
  Esimda, Bishkekda qaxraton qish. Shafqatsiz shahar ichra ijara haqini to"lolmay bir oqshom ko"chada qoldim. Qayoqqa borishimni bilmayman. O"ylab-o"ylab oxiri Yusuf Rasul bola-chaqasi bilan ijarada yashovchi kvartiraga bordim. Eshik yoniga bordimu, anchagacha tortinib eshik qo"ng"irog"ini bosolmay turdim. Nixoyat, qo"ng"iroqni bosdim. Birozdan keyin ichkaridan Yusuf Rasulning:
  - Kim u? -degan ovozi eshitildi.
  - Men, Vulqonman -dedim. Yusuf eshikni ochdida:
  - Iye, Xoldor aka. Qalaysiz? Qani ichkariga kiring - dedi. Men iymanib:
  - Uka, kechasida sizlarni bezovta qilmay. Men qaytaman - dedim. Yusuf xayron bo"lib eshikning yopolmay turarkan:
  - Xa, tinchlikmi, aka? - dedi yuzlariga tashvish cho"kib. Men vaziyatni tushuntirdim. Bu gapdan Yusuf sal o"ziga kelganday bo"lib:
  - Xa, shu ham muammomi, aka. E, kiringe, ichkariga. Hozir bu muammomani shestü sekundda hal qilamiz - dedi.
  Men ichkariga kirib, poyafzalimni yechib kurtkamni ilmoqqa ildimda, mexmonxonaga o"tdim. Ichkaridan Yusufning turmush o"rtog"i shoira, ilmiy tadqiqodchi olima, Umarqul Po"lkanning qizi Saodat Po"lkanovna chiqib kelib men bilan salomlashib, xol-axvol so"rarkan, voqeadan xabar tobib, menga chin yurakdan achindi. Stolga yemoq-ichmoq keltirib: "Tashvish qilmang, Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo"ladi" - deya ko"nglimni ko"tardi. Bu orada Yusuf Qudrat Bojojonga telefon qilarkan, gapira boshladi:
  -Qudrat aka, Vulqon aka shoir ko"chada koptilarku, nima qilamiz? Uni bironta joyga joylashtirish kerak. Biz ikki xonali kvartirada bola-chaqa bilan zo"rg"a sig"ib yashayapmiz. Siz hozir bir o"zingiz turibsiz. Vulqon aka uy topgunlaricha Siz bilan yashab tursinlar - dedi. Qudrat aka rozi bo"ldi shekilli, Yusuf telefon aloqani uzarkan menga qarab:
  - Ana, bo"ldi. Shunga ham ruxingizni cho"ktirib yuribsizmi? Ketdik. Sizni Qudrat akakaning uyiga joylashtirib kelaman - dedi u. Biz yo"lga otlandik. Men Saodatga raxmat aytib tashqariga chiqdim. Yusuf ikkalamiz qalin qorlardan yorishgan izg"irinli kechada Gogolü ko"chasidan Pravda ko"chasiga o"tdikda, piyoda Jukeyeva-Pudovkina tamon jo"nadik. Pravda ko"chasi to Pudovkinaga chiqquncha qadar ikki yondagi archazor alleyalar va imoratlar qad ko"targan tepaliklar aro cho"zilib yotadi. Bu ko"cha avvalari chuqur anxor o"zani bo"lganmi deya o"ylaysiz. Vaqt kech bo"lganidan avtomobil qatnovi deyarli to"xtab, yo"lovchilar qadami tiyilgan. Yusuf ikkalamizning odimlarimiz tovushi "g"art-g"urt" qilib qorli sukunatda aks-sado berar, biz yo"l-yo"lakay suxbatlashib borardik. Biz shu tariqa uzoq yo"l yurdik, nixoyat qamoqxonadan o"tib ko"prikka yetgach, Yusuf qo"lqopli qo"li bilan g"ishtli uylardan biriga ishora qilib:
  - Mana kelib qoldik. Qudrat shu uyda yashaydi - dedi. Biz Qudrat Bobojonning uyiga kirib bordik. Qudratni tez qizishib ketadigan, biroz o"zini katta olguvchi, qo"polroq odam sifatida ta"riflab, u bilan til topishish qiyin deyishgandi. Aksi bo"lib chiqdi. Tashqi ko"rinishdan kibru xavoliday ko"ringan Qudrat Bobojon nazari to"q, pokiza qalbli, kezi kelganda kulgili voqealarga boy o"tmish sarguzashtlarini hikoya qilib, odamni kulidirib qotirguvchi quvnoq inson ekan. U menga kvartira xonalaridan birini va eshik kalitining bittasini berdi. Yusuf Rasul o"sha kecha hech kimsiz xilvat ko"chalardan yurib yana ortiga qaytdi. Xayrlashayotib:
  - Yusuf, extiyot bo"ling. Yo"lda-cho"lda har xil be"mani alkash, narkomanlar.. - desam, u mening gapimni bo"lib jilmayganicha yelkamga urar ekan:
  -Tashvish qilmang, man axir taekvon-do bo"yicha sport masteriman-ku - dedi, so"ng yana bir bor xayrlashib jo"nab ketdi.
  Shunday qilib men Qudrat Bobojonning ijaradagi uyida yashay boshladim. Bir oqshom Qudrat:
  - Vulqon aka, anavi shkafda OON bergan un bor. Bekor o"tirguncha o"sha undan hamir qilib duxovkada non pishirmaymizmi? - dedi.
  - Mayli - dedim men. Qudrat yelim tog"araga haligi undan solarkan, muzlatgichdagi sutdan kuyib undan qorishma tayyorladi.
  -Ozgina shakar qo"shvorsakmikin? - dedi u hamir qorir ekan.
  -Yaxshi bo"ladi - dedim men va shakarni Qudratga uzatdim. Qudrat shakarni qo"shgach biroz o"ylanib turarkan:
  - Mayiz bilan mayonez ham qo"shamiz - deb qo"ydi. Men mayiz bilan mayonezni uzatdim. Bu orada un titilib, sochilib oshxona poli oqarib ketdi. Qudrat hamir qorish bilan ovora. Kutilmaganda u:
  - E. kallam qursin, smetana bilan asal qo"shmabmizu - deb qoldi. Biz hamirga asal bilan smetanani ham qo"shdik.
  -Tuxumchi, tuxum? Tuxumni qo"shmadigu? - dedim men.
  -Darovqe - dedi Qudrat. Hamirga tuxum ham aralashtirdik. Keyin non bo"rsildoq bo"lishi uchun drojji bilan choy so"dasini qo"shdik. Nixoyat qamir tayyor bo"ldi. Biz hamirni bir necha bo"laklarga bo"lib zuvola qildikda yalpaytirib vilka bilan chekdik. So"ng ularni duxovkaga joylab qo"ydik.
  - Lekin nonmisan non bo"ladigan bo"ldi - dedim men.
  - Xa-a - dedi Qudrat narsalarni yig"ishtirar ekan.
  Shundan so"ng ikkalamiz non pishishini kutib, choy ichib anchagacha suxbatlashib o"tirdik. Nixoyat jaxon nonvoychiligi tarixida misli ko"rilmagan kashfiyot "super non"ni duxovkadan tantanali ravishda olishning xayajonli damlari yetib keldi. Biz xuddi kartachi firibgar buyuk g"iromlik oldidan kartalar chetini oxista surib ko"zdan kechirayotganday bag"oyat extiyotkorlik ila duxovka eshigini ochdik.Qarasak, nonlarimiz kupchib, qizarib shunaka chiroyli bo"lib pishibdiki, ularni ko"rib biz juda quvonib ketdik.
  Keyin ularni avaylab olib stolga qo"ydik. Nonlarga qarab yutindik. Sabrimiz chidamay nonlardan birini ikkiga bo"ldikda, musulmonchilik taomiliga ko"ra "Bismillahir rohmanir roxim" - deb bo"laklarni puflab sovutib tanavul qildik. Biz nonni tatidigu bir-birimizga qarab qoldik. So"ng "xo-xo"lab kula boshladik. Kulaman deb tiqilib qolishimizga oz qoldi. Bilsak, nonga eng assosiy narsa - tuz qo"shishni unutgan ekanmiz.
  Shu tariqa kunlar o"taverdi. Bir kuni Qudrat Bobojon uchinchi mamlakatga jo"nab ketdi. Keyin Yusuf Rasul ham Shvetsiyaga ketdi. Men Yusuf Rasul ijarada turgan uyda qoldim. Doim aka-ukaday qadrdon bo"lib birga yurgan do"stingni yarim tunda olis safarga kuzatib, xayxotday kvartirada bir o"zing qolishdanda yomonroq narsa yo"q ekan. Qornim ochib xolodilünikni ochsam, Yusuf menga bitta pishgan tovuqni qoldirib ketibdi. Choy qaynatib damlab, stolga tovuqni qo"ydimda undan bir bo"lagini qayrib olib yeya boshladim. Negadir xo"rligim keldi. Dimog"im achib, o"pkam to"lib, taomni yutolmay qoldim. Ko"z yoshlarim duvillab to"kildi. Yolg"izlik shunaqa yomon bo"lar ekan.
  Vaqtlar o"tib, men Yusuf Rasulga bag"ishlab "Vatan firoqi" nomli she"r bitdim.
  
  
  
  
  VATAN FIROQI
  
  (Tug"ishgan inimday qadrdon, iste"dodli shoir va jurnalist ukam Yusuf Rasulga)
  
  
  
  
  Haq gapni aytganim aybimmi mening?
  Nima gunox qildim, aytinglar, netdim?
  Baland qorli tog"lar ortida qolgan,
  Olis Panjikentni sog"inib ketdim.
  Onam meni tuqqan qishloqda hamon,
  Alvon bulutlarga quyosh botarmi?
  Sabo duvillatib shudring to"kkan,
  Yilg"inzor tamonda tonglar otarmi?
  Kechir, seni tashlab ketdim, bolalik,
  Mustabid shox kabi quladim taxtdan.
  Umrimning kimsasiz mavzoleyida,
  O"zimni tutolmay yig"ladim baxtdan.
  Guvillaydi vaxshiy odam o"rmoni,
  Keti ko"rinaru ko"rinmas boshi.
  Quyoshni yong"indan qutqarish shartmas,
  Eng xavfli yonilg"i ko"zimning yoshi.
  Xotirotning ko"xna omborlarida,
  Bugun navbatchiman, uykusiz posbon.
  Quyosh mang"layidan qamashdi ko"zim,
  Menga bunday boqma, kipriksiz osmon!
  Oy oqshom bo"g"zida o"lmagan oxak,
  Chirib ketmasaydi ko"zlarim deyman.
  Osmon - xirmon, oq bulutlar - paxta,
  Bo"shliklarni yamlab xavoni yeyman.
  Panjikentga qo"nar mexrigiyo shom,
  Buyraklari toshli dalalar xasta
  Hademay ufqlarda oq xalatli tong
  Osmon grijasini yoradi asta.
  
  
  Mazkur she"rni Yusuf Rasulga yubordim. Yusuf Rasul mening elektron pochtamga xat yo"llab "Raxmat akajon, she"rni yig"lab o"qidim" deb yozdi.
  
  
  
  
  Hangomai Xayitvoy.
  
  
  
  
  Bishkekdagi qochqinlar ichida Namanganlik Xayitvoy Qo"ziyev degan kimsa bo"lib, yurish turishi , fe"l atvori bilan 3 reyx fyurerini eslatar, u ba"zan:
  -Mabodo man davlat teppasiga kesam, xalqimizzi ezgan zo"limlani, po"raxo"rlani, bitta qo"yma devo"rga tirab o"tib tashlayma - der, men xazillashib: Xay, xay, Siz Xaygitler, Xayitgitler ekansiz - deb qo"yardim. Bu qiziq fe"lli, ajoyib kimsa, tez xafa bo"lib qolar va yana xafa qilgan odamni tez kechirib yuborardi. U juda tejamkor bo"lganidan, topgan pulini extiyot qilar, ozroq yeb, mundayroq kiyinib, pulni tejash uchun "Bas"larga chiqmay, Bishkekda piyoda yurardi. Qorachadan kelgan, chuvak yuzli, ozg"in, o"rta bo"yli bu kimsa kurtkasining yokasini ko"tarib, ikki qo"lini kurtka cho"ntagiga joylaganicha bo"ynini qimirlatmay yurar, o"tkir kekirdagi bilan havoni kesib borardi go"yo. U ba"zan menga nasixat qilib:
  - Xoldor bu yer enangizniy uyimas, pulni tejab ishlatish kera - der. Meni ham piyoda yurishga majbur qilardi. U Bishkekda qirg"izlarni e"zozlar, ayniqsa, Dûrûldayev degan xuquq ximoyachisini juda qattiq xurmatlar, "Ramazan aka, Ramazan aka", deb unga qo"ng"iroq qilib qolardi.Chunki, Hayitvoy aka Namangandan qirg"izistonga kelganida aynan o"sha qirg"iz xuquq himoyachisi unga boshpana brgan ekanda. Men Ramazon akaning familiyasini birinchi bor eshitib xayron qolganman - Dûrûldayev. Bu familiya menga Dûrûl-dll-dll-dll!- deya yurguvchi qadimiy "Irbit" mototsiklining tovushini eslatardi. Biz Ramazon Dûrûldayev bilan "Oq kema" mexmonxonasida o"tgan xalqaro forumda uchrashib suhbatlashdik. Bu halol, insonparvar, jasur va mehribon xuquq ximoyachisi haqiqatdan ham hurmat ehtiromga loyiq inson ekan. Men Shamshodlarnikida yashab yurgan kezlarim Xayitvoy aka ham o"sha Frunze ko"chasidagi Xusayn degan osetinning uyida xayot kechirardi. Bir kuni men Xayitvoy aka ijarada turgan uyiga borgach, u yotadigan xona devorlarini ko"zdan kechirar ekanman, birdan devordagi arab imlosida "Oyat al - Kursi" surasi yozilgan kalendarni ko"rib qoldim. Arabcha savodim borligi sabab, surani o"qiy boshladim. Shu mahal Xayitvoy akaning karavoti yoniga o"rnatilgan va qizib cho"g"langan ochiq elektrospiralüga tegib, shimimning poychasi teshilib qoldi. "Ux!" - dedim shosha-pisha, shimim poychasining kuygan joyini paypaslab. Xayitvoy aka shimimning poychasiga qarab turib, kula boshladi. So"ng shoshib telefon go"shagini olarkan, kimgadir ko"ng"iroq qilib:
  - Bir yangilik aytami? - dedi. Keyin davom etdi:
  - Haligi shoirimiz borku, Xoldor. O"sha Xoldorri deng, shimi tizzasigacha yonib ketsa bo"ladimi?! Xayitvoy aka shunday deya, qiqirlab kula boshladi. Tabiyki, men bu gaplardan xafa bo"ldim. So"ng:
  - Iye, e, Xayitvoy aka, odam-podammas ekansizku. Shunaqa deysizmi? - dedim. Xayitvoy aka badtar kuldi. Keyin menga taskin berib:
  - Xafa belmang, hozir "Do"rdo"y" bozoriga borib, sizga yangi shim so"tib olamiz - dedi. Shundan keyin "Do"rdoy"ga jo"nadik. Yaxshiyamki, biroz pulim bor edi. Bozorga borarkanmiz rastama-rasta yurib, Xayitvoy aka ovoziga yasama salobat berganicha, osilib turgan shimlarning poychalarini qayrib ko"rar, sotuvchilarga rahbarlarga hos keriklik bilan:
  - E-e-e, vû znayete -e, u vas ... e-e-e yestü a-a-, xoroshey bryuki? -der. Sotuvchilar ko"rsatgan shimga qarab: -e-e-e, vû znayete -e, nam... kak eta po vashemu ... a-a-a, po dishevli yestü? - deya ularning ensasini qotirardi. Oxiri sotuvchilardan biri:
  - Bular qirg"izsha tushunbayt eken - dedida, bizga qarab:
  - Vû chto inostrantsû, chto-li? -dedi sotuvchi.
  -E-e-e-e, da-a, da-a, ponmayteyeeyee. A-a-a-a, vû znayete -e.. - deya Xayitvoy aka kerilishni davom etdirar, mening toqatim toq bo"lib, "hozir sotuvchilar ikkalamizni ur kaltak qilib savalamasada" - deya o"ylardim. Oxiri bir shimni sotib oldik.Qaytishda Xayitvoy aka:
  - Xoldor, bo"za ichamizmi? -dedi. Men:
  - Siz ichsangiz mayli, lekin men ichmayman - dedim. U davom etdi:
  - Men ovqatga ketadigan pulni tejab, bo"za ichib yuraman. Bo"za qorinni to"q tutadi, ham kayf beradi.- dedi.
  Biz bo"za sotadigan joyga bordik, yoshlik paytlarimni esladim. Chunki dadam bola paytlarim uyimizda qo"l bola bo"za tayyorlar, u bo"za xushta"m va o"tkir bo"lar, dadam menga kosalab o"sha bo"zadan ichkizar, men mast bo"lib gandraklab yursam, dadam xursand bo"lib rosa kular edi. Men bu haqda Xayitvoy akaga aytmadimu, bo"zani xuddi endi ko"rib turganday bir piyola ichdim. Bo"za menga yoqmadi. Ko"nglimni alag"da qildi. Biz uyga qaytdik.
  Xayitvoy akaning Shvetsiyaga ketishi ham qiziq bo"ldi. Saharda u meni turtkilab uyg"otib:
  -Man ketuttiman., - dedi. Men sakrab turib uning yuklarini tashishga ko"maklasha boshladim. Chemodanini olib tushgunimcha, Xayitvoy aka mashinaga chiqib o"tirib olibdi. Men shofyorning xujjatlarini, OONdan kelgan-kelmaganini surishtirdim. Shofer kalovlanib qoldi. Shu mahal biz tamon bir kishi keldida:
  - Vû yedete v Shvetsiyu? - deb qoldi.
  -Da -dedi shosha-pisha Xayitvoy aka. Haligi odam asabiylashdi:
  -Da, chto Vû na samom dele, a? Ya chasa dva Vas jdu, a Vû... - dedi u xafa bo"lib. Xayitvoy aka qo"rqib ketdi. Chunki sal bo"lmasa Shvetsiyagamas, O"zbekistonga, "Jasliq" o"lim lageriga ketib qolishga oz qoldi. U tirilib tobutdan sakragan odamday mashinani tark etarkan, "bay-bay-bay-ba-ay" degandek bosh chayqadi.
  Biz uning yuklarini BMT yuborgan haqiqiy mashinaga yukladik. Xayrlashdik. Mashina chiroqlar porlab yotgan ko"chadan olislab ketarkan, men anchagacha qo"l siltab turdim. Muxolifatdagi partiya a"zosi va xuquq ximoyachisi bo"lgani uchun Vatandan quvilgan, haqiqat yo"lida jabru jafolarga giriftor bo"lgan xurfikr insonlardan yana biri qarindosh urug"i, bola-chaqasi kuzatib qolmay, mening ko"z o"ngimda yolg"iz o"zi so"ppayib ketdi - degan o"y xayolimdan o"tib bo"g"zimga xo"rlik tiqildi. Yig"lagim keldi.
  
  
  
  
  Temursultonning tug"ilishi
  
  
  
  
  Ba"zilar aroq ichganlaringizni xam yozaveribsiz. Sal qog"ozga o"rab yozish kerakda deyishadi. Yo"q, men qog"ozga o"rab yozolmayman. Chunki men tutgan qalam hur va ozod. Yozishni boshladimmi, u menga ya"ni aqlimga bo"ysunmaydi. Ruhimda kechgan narsalarni qog"ozga tushiraveradi. G"ariblikda dunyoga kelgan o"g"lim Temursultonning tug"ulishi xaqida uzoq vaqt yozolmay yurdim. Bugun negadir yozgim keldi. Bu voqeani yozmasam bo"lmaydi. Negaki u Olloxning mo"jizasi bilan dunyoga kelgan. O"sha paytlari biz Bishkek shahrining Aliasqar To"qtanaliyev ko"chasidagi ko"p qavatli uylarning birida yashar edik. Qo"shnimiz Darüya Prokofüevna degan rus kampir bo"lib, opasi bilan birga yashar, u juda odamoxun, mehribon inson edi. Kenja o"g"lim Saidaxrorni yaxshi ko"rib, unga turli xil shirinliklar meva - chevalar berar, Said ham kampirni ba"zan Babushqa, ba"zan esa tili kelmay Darya Xrako"püevna der, uning yoniga chiqaman deb xarxasha qilardi. U mahallar xotinim xomilador bo"lib, bechora kamqonlikdan shiship ketgan edi. Nafas ololmay qiynalardi. Bir kuni tush ko"rdim. Tushimda Amir Temur menga o"zining qilichini sovg"a qildi. Qilich shunaqa chiroyli va o"tkir ediki uni so"z bilan to"la tasvirlay olmayman. "Bu qilich senga" dedi soxibqiron. Men xursand bo"lib rahmat aytib qilichni qo"limga oldimda, uni to"lin oyga qarata sermadim. So"ng o"yg"onib ketdim. Yo, Ollox, bu qanday tush bo"ldi? - dedim ichimda. Men avvallariyam bunaqa sirli tushlarni ko"p ko"rganman. Ayniqsa payg"ambirimiz Xazrati Muxammad Mustafo Sallolloxu A"layxi Vasallam ham tushlarimga bir necha marta kirganlar. Ammo negadir xijratga chiqqanimdan keyin Rasulullox tushlarimga kirmay qo"ydilar. O"sha tushlardan birini hozir yozmasam muzlari erigan bahorgi daryo singari toshib ketyapman.
  
  Bir oqshom tushumda Rasulullox bilan yonma - yon turgan emishmanu Rasuli Akram Sallolloxu A"layxi Vasallam yelkanlar bilan xarakatlanuvchi machtali kemada o"tirganmishlar. Qarasam Rasulullox S. A. V. yig"layapdilar. Men bo"lsa; - Yo Rasulullox, nega yig"layapsiz? - debman. Rasululloxu Sallolloxu A"layxi Vasallam meni senlab; - Qaramaysanmi, mana bularni tezroq olib borishim kerak - dedilar palubaga ishora qilib. Qarasam palubada bir qancha oq surpga o"rab kafanlangan jasadlar yotibdi. Keyin o"yg"onib ketibman. Rasululloxni yana bir bor ko"rarmikanman deb uxlashga urindimu lekin qayta uxlay olmadim.
  
  U paytlar birinchi xotinim uchta bolamizni menga tashlab ketib qolgan edi. To"g"rirog"i, men uni haydab yuborgan edim. Farzandlarim yosh. Ovqat qilishni, kiyimlarini yuvishni ham bilishmas, o"zim ularga ovqat qilib kiyimlarini qo"ni - qo"shni ko"rsa kulmasin deb qorong"ida yuvar edim.
  
  O"sha kuni ertalab tovuqlarga don berib, itimiz Tsezarüga non berib, nonushta qilib ko"chaga chiqar ekanman o"g"illarimga extiyot bo"lib o"tiringlar dedim. Kechki payt kelsam, o"g"illarimdan biri: - Dada, bir odam manavi xatni tashlab ketdi - dedi. Xatni o"qisam bir akamiz; - Xoldor, Murodjon ukamiz turmada olamdan o"tibdi. Ertaga erta bilan "Jome"" masjidini yonida uchrashaylik. Pato o"qigani boramiz - deb yozib qo"yibdi. Birdan tushum yodimga tushdiyu, sirli ishoratni, ilohiy xikmatni anglab yetdim. Demak Murodjon shahid tushibdi - degan xulosaga keldim. Xa, Murodjon imon - e"tiqodi mustaxkam, jussasi kichik bo"lsada, ruhan baquvvat bola edi. Aytishlaricha u eshitsa odamning tanasi jimirlab ketadigan qiynoqlar bilan noxaq o"ldirilgan ekan. Olloxning suygan quli Murodjonga shaxidlik muborak bo"lsin, omin! - dedim.
  
  Rasulullox S. A. V ni tushda ko"rish maqtanishga arziydigan xodisa bo"lsada, men yuqoridagi tushlarimni maqtanish uchun aytmadim. O"z tushlarimga ishonishim uchun asos borligini ta"kidlamoqchi edim xolos.Shunday qilib Temursulton dunyoga keldi. O"sha kunlari ayolimning oy - kuni yaqin edi. Xotinim bechora yurolmay yotib qoldi. Shu axvolda ham oila tashvishini qilib : - Shoir, xaladilünikda xech narsa qolmabdi. Paxta yog"i bilan go"sht, kartoshka, non olib kelish kerak - dedi. Men unga; - Qanday qilib bozorchaga boraman. Men kelgunimcha ko"z yorishing boshlanib qolsa, yolg"iz o"zing... dedim men unga achinib. - Telefon boru - dedi u.
  
  Men xo"p deb o"g"lim Saidaxrorni yetaklab, bozorchaga ketayotsam xotinim; - Uyni ustimdan qulflab ketavering - dedi. - Nega? Xudo ko"rsatmasin, biron kor - xol yuz bersa qanday qilib tashqariga chiqasan? - dedim. - Melisalari kebqosa nima qilaman - dedi xotinim yong"in yo nogoxoniy to"lg"oqdan ham ko"ra melisalardan qo"rqib. Uning gaplaridan keyin men eshikni qulflab ketishga majbur bo"ldim. So"ng o"g"lim Saidaxror bilan mayda - chuyda olib kelish uchun bozorchaga jo"nadim.
  
  Dov - daraxtlarga ko"milgan so"lim Bishkek ko"chalarining chetlaridagi ariqchadan suvlar toshib yotibdi. Soy tomondagi bozorchaga yetmasdan biz bir ko"p qavatli uyning oynaband balkoniga olmoxon qamalib qolganini va chiqib ketolmay idish - tovoqlarni qulatib oynalarga o"zini urayotganini ko"rib qoldik. O"g"lim bilan olmaxonga ham qiziqib, ham achinib bir zum qarab turdik. Keyin yana yo"lda davom etarkanmiz, birdan uyali telefonim jiringlab qoldi. U telefonni shoir Yusuf Rasul Shvedsiyaga ketayotib: "Vulqon aka, bu sizga mendan esdalik" deya qoldirib ketgandi. Keyinchalik men u telefonning jildini yangilab jiringlasa Ma"murjon Uzoqovning "Janon bo"laman deb" boshlanadigan qo"shig"ining mashxur musiqasini kuylaydigan qilib oluvdim. Telefon tugmasini bossam xotinimning " Shoir tezroq keling! " degan tashvishli ovozini eshittim. Men o"g"limni ko"tarib uyga qarab yugurdim. Zinadan chiqayotsam rus millatiga mansub ikki yosh eri - xotin yuqoriga ko"tarilayotgan ekan. Erining qo"llarida mayda - chuyda. Ayolning qo"llarida bir quchoq gul. Shoshayotganimni sezib ular menga yo"l berishdi. Men "Spasibo" deb to"rtinchi qavatga ko"tarildimda, eshikni ocha boshladim. Haligi kelin- kiyovlar qo"shnimizning eshik qo"ng"irog"ini bosishdi. Ichkaridan Darüya Prokofüevna chiqib "Oooo! Kakiye gosti pojalovali!" deb mehmonlar bilan ko"risha boshladi. Men bu orada o"g"lim bilan ichkariga kirdim.
  
  Xotinim "Tez yordam" chaqiring, shoir! dedi bazo"r. Men shoshib qoldim. Telefonda "Tez yordam" chaqirdim. Keyin yugirib tashqariga chiqdim. So"ng yana ichkariga kirdim. Nima qilishni bilmayman. Tez yordamni kutib olish uchun Saidaxrorni yetaklab tashqariga chiquvdim, qiya ochiq turgan qo"shni eshikdan Darüya Prokofüevnani ko"rib qoldim. Eshikni taqillatdim. Darüya Prokofüevna chiqdi. Men unga axvolni tushintiruvdim, uyam shoshib qolib - Oy, Gospodi, boje moy - deya bizning uyga yugirdi. Xotinimni yoniga borib, unga dalda berdi. So"ngra - Oy, chto teperü budem delatü - a? - deya tashqariga yugirdi.
  
  Bir mahal xursandchilikdan kampirning yuzlari yorishib ketdi: - Gospodi, vedü Natasha u menya kakraz okusherka! - Darüya Prokofüevna shunday deb uyiga yugirib kirdida: - Natasha, Natasha! deb baqirdi. Natasha ichkaridan yugirib chiqdi. - Chto sluchilosü? - dedi u xayron bo"lib. Kampir hayajon ichra jiyaniga vaziyatni tushuntirgan edi Natasha bizning uyga chopib kirdi. So"ng xotinimni ko"zdan kechirib umivalünikda qo"llarini yuvdida, menga; - Bolani olib chiqib ketinglar deya Saidaxrorga ishora qildi.
  
  Men Sayidni Darya Prokofüevnaga topshirdim. Natashani eri Sergey degan bola ekan. Sergey menga - Tashvish qilmang. "Tez yordam" kelavermasa xotininngzni mening mashinamda tug"riqxonaga olib boramiz - dedi. Biz Sergey bilan "Tez yordam"ni kutib olish uchun ko"chaga qarab yugirdik.
  
  - E, Xudo. Bir musofir bandangman. Xotinim sog" - salomat ko"zi yorisin! O"zing yordam ber! - deb ichimda Olloxga iltijo qilib tipirchilab turibman. Axvolimni ko"rib Sergey; - Aka, siz uyga boravering. "Tez yordam" kelsa ularni men olib boraman - dedi. Rahmat deb uyga yugirdim. Borsam uyimizda chaqaloq yig"layapti.
  
  E, Ollox, o"zinga shukr! - deb eshik kesakasiga suyanib qoldim. Ko"zlarimga yosh qalqib xo"rligim keldi. Unsiz yig"ladim. Keyin ko"z yoshlarimni artib ichkariga kiruvdim, Darüya Prokofüevna kulib meni tabrikladi. Natasha ham. - Rahmat sizlarga - dedim. Natasha chaqaloqni yo"rgaklab qo"yibdi. O"g"il ekan.
  
  Men xotinimdan xol - axvol so"radim. - Anavi, duxtir qizni rozi qilib, biror ming som berib qo"ying - dedi u. Men shoshib o"grilsam, Natasha bilan kampir bizga xalaqit bermaylik deganmi, uylariga chiqib ketib qolishibdi. Yugirib chiqib Natashani chaqirdimda, unga bitta butun mingtalik qirg"iz pulini uzatdim. - Oz bo"lsa ham shuni oling, xizmatlaringizga rozi bo"ling - dedim men. Natasha pulni olmadi. - Yo"q , unday qilmang. Men xizmatimga mingdan ming roziman - dedi jilmayib.
  
  Shu payt "Tez yordam"chilarni yetaklab Sergey kelib qoldi. O"g"il kurganimni eshitib u meni tabrikladi. Rahmat , og"ayni - dedim men. So"ng "Tez yordam"chilar bilan yana uyga kirdim. Ular chaqaloqni va ayolimni ko"zdan kechirib bir narsalarni yozishdida, menga imzo chekdirib, xotinimni va yangi tug"ilgan o"g"limni tug"riqxonaga olib ketadigan bo"lishdi. Men Saidaxrorni Darüya Prokofüevnalarga qoldirib, "Tez yordam" bilan birga jo"nadim. Yo"l - yo"lakay Bishkek markazida ishlaydigan o"g"illarimga telefon qilib, xushxabarni yetkazdim. Ular ham tug"uriqxonaga yetib kelishdi.
  
  Tushimda soxibqiron Amir Temurni ko"rganim, u menga qilichini berganini eslab, qolaversa Amir Temur Hazratlariga bo"lgan cheksiz extiromim tufayli yangi tug"ilgan o"g"limga Temursulton deb ism qo"ydim. Ilohim, uning ismi jismiga monand bo"lsin, omin, Olloxu akbar!
  
  Qarang, o"zga diyorlarda hech qanday qarindoshi yo"q mendek g"arib bandaning ishini Hudoning o"zi o"ngladi. Bo"lmasa shu kuniyam qo"shnimiznikiga akusher genikolog mehmonga keladimi! Buni qarangki dadam ham doim meni duo qilsalar "Omin, hamisha ishlaringni Xudo o"nglasin" deb duo qilardilar. Xozir ham, har gal telefonda gaplashsak, shunday duo qiladilar. Balki, dadamning duolari ijobat bo"layotgandir. Valloxi A"lam.
  
  
  
  
  Omborali Jumboraliyevich
  
  
  
  
  
  Avvalo yozuvchi odam birovga bag"ishlab biron narsa yozishi juda qiyin. Qachonki inson uning qalbiga yerlashsa, ehtiromini qozonsagina uning shuurida o"sha odamga atab biron narsa yozish istagi paydo bo"ladi. Bunday istak meni ham chetlab o"tmagan. Bugun negadir bir Farfarg"onalik xuquq himoyachisi to"g"risida nimadir yozgim keldi. Uning ismi sharifi Abdurashid Otajonov. Avvallari Bojxonada ishlagan, keyinchalik raxbarlarning poraxo"rligiga, adolatsiz faoliyatlariga qarshi chiqib, o"z arizasiga binoan ishdan ketgan Farg"onalik bu xuquq ximoyachisi bilan men ilk bor Bishkek shahrida, "Oq kema" mehmonxonasida o"tkazilgan xuquq himoyachilarining xalqaro yig"ilishida tanishganman. O"sha yig"ilishda u o"rtaga chiqib Qirg"izistonda faoliyat olib borguvchi BMTning vakolatxonasi vakillariga o"zining xuquq himoyachisi ekanini, Amaldagi Karimov hukumatiga qarshi olib brogan siyosiy faoliyati sabab O"zbekiston Hukumatining ta"qibu tazyiqlariga uchraganini aytib, siyosiy boshpana so"ragani hamon yodimda. Uni taniqli xuquq himoyachisi Abdusalom Ergashev Bishkekka o"zi bilan birga olib kelgan edi.Abdusalom aka bilan avvaldan tanish bo"lganimiz uchun u menga : -Xoldor, shu yigit ko"chada qolmasin. Yashashga biron boshpana topib bering - dedi. Tabiiyki, men bu iltimos mas"uliyatini o"z zimmamga oldim va Abdusalom akaga bu haqda tashvishlanmasligini aytib, ko"nglini tinchitdim. To"g"risi, men mamlakatimizning turli nuqtalarida faoliyat olib borguvchi xuquq himoyachilarini tanisamda, bu yigit, ya"ni Abdurashid Otajonov haqida avvallari sira eshitmagan ekanman.Men uni o"zimiz ijarada yashayotgan uyga olib ketdim. Bu mahal Bishkekka oqshom qo"nib uylarning derazalarida chiroqlar yondi. Uyga borgach, u yigitni o"g"illarimga tanishtirib, o"rtancha o"g"lim Azizga: "O"g"lim, sen kravatingni Abdurashid akanga bo"shatib, o"zing taxta polga o"rin solib yotib turasan. Vatandoshimizga yordam qilishimiz kerak" dedim. Aziz xo"p dada- deb karavotni bo"shatdi. Keyin Abdurashid bilan birgalikda BMT vakolatxonasi tamonidan berilgan makarondan tayyorlangan kamtarin taomni baham ko"rdik. Abdurashid ertasi kuni uy izlab topib, safar xurjunini ko"tarib ketib qoldi. Ertasiga u yana qaytib kelib, bir qochqin vatandoshimizga uzraganini, va u vatandosh uyiga kiritmaganini aytib, ancha hafa bo"ldi. Men u yigitning ko"nglini ko"tarib, qayqurmang, uy topilguncha shu erda yashab turavering - dedim. U uch kundan so"ng uy topib Osh bozori tamonga ko"chdi. O"zining aytishicha Abdurashid Otajonov qamoqda o"tirgan va qamoqxona avaxtasida mahsus jallodlar uni shiftga osib olib, jinsiy a"zolariga elektroshok bilan azob etkazishgani to"g"risida hikoya qilib berdi.Albatta, ancha muncha xuquq himoyachisini bu qadar og"ir qiynoqlarga solmaydilar.Demak Abdurashid Otajonovning xuquq himoyachilik sohasidagi faoliyati g"oyat qaltis va beqiyos bo"lgan.Ammo, shuncha buyuk faoliyat ko"rsatgan Abdurashit Otajonov boshqa xuquq himoyachilari kabi negadir maqolalar yozib internetda o"z qahramonliklarni ovoza qilmaydi. Hayron qoladigan darajada "Tishe vodû, nije travû" hayot kechiradi. Beixtiyor, shunday kamtarin insonlar ham bo"lar ekan deya hayratdan yoqa ushlaydi odam. Yana Bishkekka qaytamiz. Bir kuni Abdurachit menga qo"ng"iroq qilib: - Aka, o"g"illaringiz ham, o"zingiz ham ko"chaga chiqmanglar. Kecha do"kondan ul - bul xarid qilayotib O"zbek melisalarini ko"rdim. Kakarda, petlitsa, pogonlaridan tanidim. Donolar donosi yuboribdi shekilli.(Abdurashid Prezident Islom Karimovni "hurmat"lab, "Donolar donosi" deya atardi) O"zbek melisalari Bishkekda xuddi enasining uyida yurganday bemalol yurishibdi. Biz ham uyni ichkaridan qulflab hech qayoqqa chiqmay o"tiribmiz - dedi.
  Men xayron bo"lib qoldim. Keyin xavfsizlik choralarini ko"rish maqsadida o"g"illarimga qo"ng"iroq qilib, Abdurashidning gaplarini aytdim. Mening gaplarimni eshitib to"ng"ich o"g"lim kuldi. - E, dada, qiziqmisiz? O"zbek melisalari Bishkekda nima qiladi? Ular kelsa formada yuradimi? Qirg"izlar ham axmoq emasku - dedi . - To"g"ri - dedim men. Shundan so"ng yuragim tubida Abdurashidga nisbatan qaxr uyg"ona boshladi. Keyin bu qaxr negadir yumorga aylandi. Abdurashidga telefon qilib, unga quyidagicha minnatdorchilik bildirmoqchi bo"ldim. - Rashidjon, rahmat, uka. Haqiqatan ham Donolar Donosi Bishkekka o"zbek melisalarining bitta rotasini dislokatsiya qilgan ko"rinadi. "Jivek jolu" bilan "Togolok mo"lda" ko"chalaridan O"zbek melisalarining rotasi chiqib karnay - surnay, nog"ora sadolari ostida qo"shiq aytishib sizlar yashaydigan kvartal tamon ketib borishmoqda. Oldilarida uch- to"rtta general va besh - oltita polkovniklar karnayga o"ynab, muqom qilib, qosh qoqib, yelka uchirib, oyoqlarini shiqillatib, shox tashlab borishyapti. Qirg"iz xalqi xayron. Ikkita mayor general, polkovniklarga Qirg"iz so"mi, Qozoq tanga, O"zbek puli va Tojik somoniysini paydarpay qistirish bilan ovora. Bitta kapitan tushgan pullarni yig"ib qopga joylayapti. Menimcha ular shu yo"l bilan o"zbek qochqinlarining e"tiborini jalb qilib, ular qiziqib yaqin kelganlarida xibsga olishmoqchi shekilli. Bunday provakatsiyaga uchmanglar. Bu g"oyat puxta o"ylab rejalashtirilgan makkor xarbiy xiyla bo"lishi mumkin. Tag"in karnay - surnay ovozini eshitib, qiziqib nima bo"lyaptiykin deb tashqariga chiqib - netib yurmanglar - demoqchi bo"ldimu o"zimni tiydim. Shu - shu men Abdurashid degan o"sha yigit yodimga tushsa, kulgim qistab, o"zimcha jilmayib qo"yadigan bo"ldim. Torontoda yasharkanmiz, suxbatlar jarayonida Abdurashidning fe"l - atvori menga yanada oydinlasha boshladi. U ba"zi hebbimlarga o"xshab hozir siz bilan qadrdonlarday suhbat qurib, zum o"tmay sizni boshqalarga yomonlamaydi. Birovlarning ustidan kulib, masxara qilmaydi.Musofir Vatandoshlarini birini biriga yomonlab, masxaralab, birining do"ppisini boshqasiga kiydirib bir chetda huzurlanadigan qitmir, hezalaknusxa odati yo"q. Qaysi o"zbek bilan suhbatlashsa albatta boshqa o"zbek haqida o"z suhbatdoshiga faqat yaxshi gaplarni aytadi, faqat maqtaydi. Abdurashid Otajonov men bilan suhbatlashganda ham Vatandoshlarimiz shoir Fahriddin Xudoyqul, hushovoz honanda Bahromjon Egamberdiyev, yozuvchi G"afur Yo"ldosh, iste"dodli yozuvchi va shoir Ismat Xushev, advokat yozuvchi, shoir, musiqachi va teleboshlovchi Baxtiyor Shoxnazarov, shoir Tog"boy Abdurazzoq, va boshqalar haqida shunaqa yaxshi, maqtov gaplarni aytadiki, men bu olamda shunday oliyjanob insonlar ham bor. Bu yigit men haqimda ham boshqa o"zbeklarga xuddi shunday yaxshi gaplarni gapirib, uyida, o"z oilasi davrasida ham meni maqtasa kerak - deya o"ylayman.Ha, Abdurashid Otajonov deganlari shunday yigit.U ham boshqalar kabi yumorni, askiyani, hazil - mutoibani yaxshi ko"radigan yigit ekan. Abdurashid jaxon tarixi borasida olamshumul, entsiklopedik, qomusiy ilmi bilan suxbatdoshini hayratdan toshdek qotirib qo"yadi. Lenin, Petr Ilüich Chaykovskiy yoki Lev Nikolayevich Tolstoylar qanday odam bo"lgan, Trotskiyni kim bolta bilan chopib tashlagan kabi quloq eshitmagan ajoyib gaplar shu yigitdan chiqadi. U men yozgan xajviyalarning doimiy muxlisi. - Aka, Mizxapparning davomi qachon chiqadi? - deb qo"ng"iroq qiladi. Yana davom qiling deb qistab qiziqtiradi. Bunday so"zlar yozuvchiga qanot bag"ishlaydi, ruhlantiradi albatta. Mana hozir shu yigitni eslayapmanu miyyamda yangi hajviya sekin asta shamoil kasb etyapti. Hullas, Mizxappar, Yo"ldashvo"y, Mamadiyor uchalasi Qurumbo"yni ziyorat qilish uchun turmaga ketishayotib, Hokimlik binosi yonida to"planib turgan olomonni ko"rishadi. So"ng qiziqib, olomonga yaqinlashishadi va olomon oldida turgan Viloyat xokimini ko"rib ensalari qotadi. Negaki Hokim Omborali Jumboraliyevich baklajkadagi benzinni kastim - shim va galstuglariga quyib bir qo"lida chaqmoqtoshni yoqmoqchi bo"lib baqirayotgan bo"ladi: - Xaloyiq! Zudlik bilan mening ishdan ketishimni talab qilib, uch - to"rt mingta imzo to"plab, kattaga yozib, meni sudga bermasangizlar, o"zimga o"zim o"t qo"yaman! Axir menda insof bormi o"zi! Qachongacha O"zbek xalqini ezaman, qiynab xo"rlayman?! Aka ukalarim, qarindosh urug" - aymog"imga zavod - fabrikalarni auktsionsiz, tendersiz xususiylashtirib berdim! Bunga mening nima xaqqim bor?! Nega endi men uch qavatli qasr qurdim?! Xo"shshsh, buncha mablag"ni men qayerdan oldim?! Nega men aroq konüyak ichib, eshilib - to"lg"onib, tanovorga raqsga tushamanu maktab bolalar paxta dalalarida g"o"za yagana qilib paykallarga zaxarli dorilarni qo"llari bilan chachadi?! Nega men Kam issiq ovqat yeganidan quvvatsiz bo"lib qolgan bolalar begona o"tni yulgani kuchlari yetmay, kuchanib burni qonab ketganini eshitib, eshtitmaganga olaman?! Nega xalqimizning balog"atga yetgan farzandlari ota - onasiga ko"maklashish uchun ish istab Rossiyaga ketib o"ligi qaytayotganini ko"rib bilib turib ham, aholini ish bilan ta"minlashga xarakat qilmayman?! Negaaaaaaaaaaaa! A? Nega?! Davay, chaqiringlar jurnalistlarni! Meni suratga olishib, tamomi kirdikorlarimni yozib, "Yangi dunyo" gami, "Vatandosh"gami, "ZiyoUz"gami , "Muvozanat"gami chiqarishsin! - deb baqirsa odamlar: - Omborali Jumboraliyevich, jurnalistlar xammasi chet elga ketib qolishgan! Xravazashitniklaram Yevropiyada! Ba"zilari Xransiyada! Bir nechtasi Angiliyada! Burjuylardan grantlarni olib, yeb - ichib, semirib, ag"anab yotibdilar!Qo"ying endi, o"zingizni yoqmang, iltimos! - deb turishsa bir oqsoqol og"zidagi nosini tuflab olib: - Da chto vi na samom dele! Pustü on sdoxnet! O"lsa O"zbekistonda bitta nonxo"r, zolim poraxo"r kamayadi! To yestü, nam bolshe dostanetsya!- deb baqirib, yaktagini yechib, unga mangu olov mash"alasidan o"t ilashtiribdi. So"ng: - Umri, skotina, Omborali Jumboraliyevich! - deb turib, yonayotgan yaktagini aylantirib - aylantirib, hokim Omborali Jumboraliyevichga otibdi. Lekin yonayotgan yaktak xokimga tegib o"chib qolibdi. Chunki Omborali Jumboraliyevich o"ziga suv qo"shilgan benzinni kuygan ekanda. Odamlar qo"rqib, quti o"chib, yarim yalong"och turgan oqsoqolga: - O"ldingiz, qoching endi, oqsoqol! - deyishibdi. Oqsoqol endi qochmoqchi bo"lib tursa, Omborali Jumboraliyevich tag"in baqirib qolibdi: - Xa, zapravkanga o"t tushgur, iflos! Xokimgayam suv qo"shilgan benzin berasanmi, parazit?! Xa, insopingasssss... E, nega xanqayib turishibsan?! Anavi Kinofikatsiyaning mashinasida borib tezda 16 ta bolasi bor zapravshik Gangirgulüni opkelinglar, oyog"ini yerga tekizmay!.. - deya baqiribdi. Yugurdaklar xo"p deb Kinofikatsiyaning mashinasida zapravshikni kidirib ketishibdida, xayallamay zapravshik bilan qaytib kelishibdi. Zapravshik o"zini oqlash uchun bir kanistir benzin olib mashinadan tushibdida : - Jumborali Omboraliyevich, bir qoshiq qonimdan keching! Axir siz mening surragat otamsizu, pushti kamaringizdan bo"lgan bo"lsamu, men sizga teppa benzin beramanmi, qiblagoyim!? Bu dushmanlarning ishi! Men bergan benzinga suv qo"shib qo"yishibdi, suvolichlar! To"g"ri men xam benzinga kerosin bilan gazalin qo"shaman! Lekin sizga toza benzin beruvdim! Xudo haqqi, ishoning, xo"jayin!Mana manavi benzindan. Ishonmasangiz sinab ko"rishingiz mumkin, Jumborali Omboraliyevich! - debdi. - Qani, buyoqqa olib kelchi, xaramidan bo"g"an iplos!- debdi Omborali Jumboraliyevich. Keyin benzinni o"ziga quyibdida, "Baniyati shipo!" deb turib chaqmoqtoshni yoqibdi. Qarangki, aksiga olib chaqmoqtosh ham yonmabdi. Fig"oni falakka chiqqan Omborali Jumboraliyevich chaqmoqtoshni yerga otib, yarim yalong"och turgan oqsoqolga qarab: - Otaxon, yordamlashvoring! Siz har holda o"t tortish vo"yicha mutaxassis odamsiz- debdi. Oqsoqol achchig"i chiqib : - Sening yonmaydigan teppa benziningni deb yap - yangi yaktagimdan ayrildim! Endi cholvorimdan xam ayirmoqchimisan?! Kampirim: - Yaktag - cholvoringni qaysi o"ynashingnikida qoldirding ? O"ynashingning eri kelib qolgach, cholvoringdiyam kiyishga ulgurmay, derazadan tashlab qochibsanda - a , yigit o"lgur?! - desa men nima deyman ?! - debdi. Shu mahal zapravshik cho"ntagidan chaqmoqtosh olib : - Omborali Jumboraliyevichga xushomad qila ketibdi: - Otaginam, siz qayerdagi tomi surilgan qalang"ir - qasang"irlarga yalinmang. Bilsangiz men ham o"g"lingiz, serka shogirdingiz, sadoqatli qulingiz, xam eng yaqin yuvindiho"ringizman! Muna, menda Amirkoni zajigalka bor - deb chaqmoqtoshni yoqibdida, uni Omborali Jumboraliyevichga otibdi. Omborali Jumboraliyevichga lov etib o"t ilashibdiyu, Omborali Jumboraliyevich yonib chinqirganicha, chirpirab aylanib, o"zini hokimiyatga uribdi. Hokimiyatga o"t ketib to"s - to"palon bo"lib, osmonda vertolyotlar aylana boshlabdi. Buni ko"rgan Mizxappar, Yo"ldashvo"y va Mamadiyorlar tezda Otayo"li avtobusiga o"tirib jo"navorishibdi.
  Xullas, bunaqa hajviyalarni istagancha yozish mumkin demoqchiman. Asosiy maqsad esa mening hurmatimni joyiga qo"yib, qayerga borsa, kim bilan suhbatlashsa men va boshqa o"zbek yurtdoshlar haqida g"iybat gaplarni emas, faqat yaxshi gaplarni gapirib, maqtab yurguvchi... Vatandoshimni o"zimning arzimas asarimga kiritmoqchi edim xalos. Oila a"zolaringiz bilan hamisha omon bo"ling, Abdurashid!
  
  
  
  
  
  
   3 iyunü, 2008 yil. Kech soat 7: 15. Toronto shahri.
  
  Birinchi kitob tugadi
  
  
  
  
 Âàøà îöåíêà:

Ñâÿçàòüñÿ ñ ïðîãðàììèñòîì ñàéòà.

Íîâûå êíèãè àâòîðîâ ÑÈ, âûøåäøèå èç ïå÷àòè:
Î.Áîëäûðåâà "Êðàäóø. ×óæèå äóøè" Ì.Íèêîëàåâ "Âòîðæåíèå íà Çåìëþ"

Êàê ïîïàñòü â ýòoò ñïèñîê
Ñàéò - "Õóäîæíèêè" .. || .. Äîñêà îá'ÿâëåíèé "Êíèãè"