: .

Xoldor Vulqonning "Oy porlagan oqshomlar" nomli povesti

"": [] [] [] [] [] [] []
Peaa:
Peaa:


  • © Copyright (jeklondonvolk@mail.ru)
  • : 08/03/2017, : 31/08/2017. 384k. .
  • :
  • FB2
  :

   Xoldor Vulqon
  
   O"zbekiston Yozuvchilari uyushmasining a"zosi
  
  
   Oy porlagan oqshomlar
   (qissa)
  
  
   1 bob
  
   Kuzgi dala
  
  
   Xolbo'ri 20 yoshlardagi o'rta bo'yli, sochlari qora, ammo ko'z qorachiqlari yashil, qirg'iyburun, qalin lablari ustida mo'ylovlari sabza urgan rassom yigit.Garchand rassomchilik o'quv yurtlarini tamomlamagan esada, u oliygoxni xatm qilgan tajribali rassomlardan sira kam emas.Xolbo'ri moybo'yoqda ham, akvarelda ham birday, ranglarni kir qilmay, tabiat manzaralarini qoyillatib ishlar, bironta go'zal etyud yaratish ishqida kun bo'yi jiydalar, yulg'unlar o'sib yotgan daryo sohilida, shamollarda sharsharaday shovullaguvchi tolzorlarda, kakkular oh chekayotgan dalalar etagida xuddi o'lja izlagan ovchi kabi, etyudnigini yelkasiga osganicha daydib yuradi.Ba'zan tong saharda uyg'onib, sohil tamon yo'l olarkan, shudringli bedazor so'qmoqlari aro g'ira shira so'lim subhi sodiq sukunatida biri qo'yib, biri "Viviq!Viviq! Tak -talak!Tak talak!" deya sayrayotgan bedanalar ovoziga quloq tutish uchun bir zum to'xtaydi.Sohilga yetgach, yoyilib oqayotgan Qoradaryoning ko'zgu kabi yaltiragan teran va sokin suvlariga termular, odamlar hali dong qotib uxlayotgan, mashinalar va qushlar shovqini tingan toza havoli sukunatda asablarini sozlar, shu holatda baland jarliklar uzra tik turib tongni qarshi olardi.
   Tongi qorong'ulikda, uzoq uzoqlarda xo'rozlar qichqirishga tusharkan, ularning o'tkir va o'ktam ovozlari olmos oynakesgich kabi tongning musaffo ko'zgusini kesib yuborganday taasurot qoldiradi.
   Keyin esa osmon etaklari ohista oqarishib, rangpar parqu bulutlar daqiqalar o'tgan sayin och sariq tusga kirarkan, ular ayollarning yirtilgan ichko'ylagiga o'xshash nafis shakl hosil qilganicha ufq uzra gorizontal holatda cho'zilar, bora bora ufq rangi yo'lbars terisiday qizara boshlaydi.Bu ilohiy manzarani jimgina kuzatish Xolbo'rining eng sevimli mashg'ulotlaridan biri.
   Ko'p o'tmay tongi sokinlik, tevarak javonib qushlar sayrog'idan jaranglay boshlaydi.Qushlar sayrog'i urilgan tong jimligi tog' o'ngirlari kabi aks sado qaytaradi.Keyin dalalar etagidan ko'zni qamashtirguvchi bahaybat quyosh ko'tarila boshlashi bilanoq, to'rg'aylar sho'x -shodon chiyillab, chuldirab, to'liqib sayrashga tushadilar.
   Dalalar uzra sayrayotgan to'rg'aylar tongi oppoq bulutlarga ko'rinmas iplar bilan osib qo'yilgan qo'ng'iroqchalarday jarangdor tovushlari bilan odamzod yuragini quvonchga, shodlikka to'ldirib toshiradi.
   Hozir "Qovunkapa" qishlog'ida kuz kezib yuribdi.O'tloqlarda o't -o'lanlar quvrab, qovjirab, qo'ng'ir -qizg'ish ranga kirgan, paxtazorlar chaman bo'lib ochilgan paxtalardan qorday oqarib yotibdi.Dalalar chetidagi tut daraxtlarining, tolzordagi qari bujur, bukri tol va azim adl teraklarning barglari qaxraboday sarg'ayib, maxzun pichirlab, to'kilarkan, kuzning o'ychan shamollarida chirpirab uchib, za'faron kapalaklar galasi singari yengil, ohista ohista yerlarga qo'nar, suvi qurib qolgan ariqlarning o'zaniga, daraxtlarning o'ychan soyalari aks etgan ko'zguday tiniq anxor suvlariga yog'ilar, yo'llar va so'qmoqlar go'yo sariq va qirmizi xazon ko'rpasiga o'ranib uxlayotganday.Hademay dalalar quyuq kimsasiz sokin tumanlar bilan qoplanadi.Xolbo'ri sovuq kuz kechalari chirog'i o'chirilgan xonasida yotarkan, tungi dalalarda, tumanlar qa'rida na'ra tortib yer shudgorlayotgan yolg'iz traktorning hasratli tovushiga quloq tutganicha to ko'zlariga uyqu ilingunga qadar xayol surib yotadi.Oh, bu dalalarni qishda ko'rsangiz edi!Chirpirab aylanib, raqs tushayotgan qorquyunga termulib, qorli dalalarning yaydoq kengliklarida bo'g'zigacha qorga botgan cho'kirtaklarning, qamishlarning sovuq izg'irinda achchiq izillagan, g'uvillagan tovushlariga quloq tutsangiz edi.Romga tarang tortilgan mato kabi oppoq qordan tundraday oqargan tevarak atrofning kunduz kabi yop -yorug'liginii, mashinalar shovqini tingan qorli sukunatda dalalar kimsasizligini tasavvur qilib, lazzatlanmoq, huzurlanmoq baxti har kimga ham nasib etavermas?Ha, hozir bu yerlarda kuz hukmron.Xolbo'ri bunday pallalar uyda o'tirolmaydi.U uch oyoqli etyudnigini dala chetiga o'rnatib olib, qaxrabo hazonlar yog'ilayotgan terakzorlar, sohildagi tolzorlaru ilonizi so'qmoqlar, kuzgi kimsasiz dala yo'llarini matoga moybo'yoqda aks etdirish bilan band.Havo ochiq bo'lgani uchun uzoqdagi ufqlarga tutash paxta dalalari ortida Tyan -Shan tog' tizmalarining qorli cho'qqilari aniq ko'rinib turar, paxtazorda odamlar egatlar oralab enkayganlaricha paxta terib yurardilar.Xolbo'ri paxtazorlar ustidan guvillab uchayotgan chug'urchuqlarning bezovta galalariga termulganicha qo'lidagi mo'yqalam bo'yog'ini lattaga artib, bir zum osmonlarga termulib qoldi.Chug'urchuqlar galasi havoda parvozini tez tez o'zgartirib, daryo sohilidagi boshoqlari oltinday tovlanib pishgan sholizorlar tamon uchardilar.Xolbo'ri yana etyud ishlashda davom etdi.U shu qadar berilib ishlardiki, hatto shaharlik xasharchi qizning shundoq yonida turib, yaratilayotgan go'zal kartina eskiziga hayrat bilan tikilib turganini ham sezmasdi.Agar etyudga masofadan nazar tashlash maqsadida ortiga tisarilmasa va qizga urilib ketmasa, u hamon hayratdan dong qotgan birinchi tamoshabinning kelganini ham sezmay ishlayvergan bo'lardi.
  
   -E, axir odam degan sal yo'talib netib keladida.Yurakni yoray dedingizku, oppoq qiz -dedi Xolbo'ri jo'rttaga jiddiylashib.
  
   -Kechiring, rassom aka.Chizayotgan kartinangizga xushim ketib... -dedi qiz, aybdorlarcha bosh egib, goh rassom yigitga, goh etyudnikka yer ostidan o'g'rincha nazar tashlaganicha uyalib.
  
   -Hechqisi yo'q, oppoq qiz, xazillashdim.Havotir olmang, hammasi joyida.Yuragim yorilgani yo'q.Ishonmasangiz ko'ksimga quloq solib, yuragim urayotganiga ishonch hosil qilishingiz mumkin -dedi Xolbo'ri samimiy jilmayib.
  
   -Tovbaaaa, siz rassom ekansizda a?Dalalarni, daraxtlarni, tog'larni xuddi o'ziga o'xshatib qo'yibsiz.Qanday ajoyib! -dedi qiz hamon hayratini yashirolmay, hayajon ichra.
  
   -Chizayotgan etyudim sizday sohibjamol qizga yoqqani uchun o'zimni xuddi asari Parijdagi Luvr muzeyidan o'g'irlab ketilgan baxtli rassomday his qilayapman -deb qo'ydi Xolbo'ri ishlashda davom etib.Keyin qizga o'grilib: -Mening ismim Xolbo'ri -dedi o'zini tanishtirib.
  
   -Mening ismim Iltijo dedi qiz uyalibgina.
  
   -Ismingiz ham o'zingizga o'xshab g'oyat chiroyli ekan.Agar kamonday qayrilma qoshlaringiz bo'lmasa, xuddi mashhur italyan rassomi Leonardo chizgan portretdagi Monna Lizaga o'xsharkansiz.Siz bilan tanishganimdan xursandman -dedi Xolbo'ri.
  
   -Men ham -deb qo'ydi qiz, hamon etyudnikdan ko'zlarini uzolmay.
  
   -Sizni avvallari hech uchratmagan ekanman.Ko'rinishingizdan shaharlik qizlarga o'xshaysiz.Bu yoqlarda nima qilib yuribsiz?Yo qarindoshlaringiznikiga mehmonga keldingizmi? -so'radi Xolbo'ri, mo'yqalamdagi bo'yoqni lattaga xafsala bilan artib.
  
   -Men tibbiyot institutining 3 bosqich talabasiman.Kursimiz bilan paxta yig'im terimiga ko'maklashish uchun keldik.Yordamchi xasharchilarmiz -tushuntirdi qiz.
  
   -Tushunarli -deb qo'ydi Xolbo'ri.Keyin yana ishga kirisharkan, davom etdi:
  
   -Eshitishimcha boshiga qop kiygan maxsus jallodlar paxta terish normasini bajarmagan talabalarni karnay surnay va nog'orai kalon sadolari ostida dala shiyponining peshxorisiga namoishkorona osib qatl qilarmishlar, shu rostmi? -dedi u.
  
   Bu gaplarni eshitib, qiz bo'ynidagi xarir ro'moli bilan og'zini to'sganicha nozik yelkalarini silkitib astoydil kula boshladi.
  
   Keyin: -Tovba, sizni rassom desam, qiziqchi ham ekansizda a?Hech jahonda paxta terish normasini bajarmagan talabani ham dorga osadilarmi? -dedi u kulishda davom etarkan.
  
   -Endi, yigit kishiga yetmish xunar oz deyishadiku mashoyixlar.Xar to'kisda bir ayb deganlariday, shunaqa hazil mazax desa tomdan tashlaydigan qiziqchiluk odatim bor.Zerikmay hazillashib turaylik dedim -da.Lekin kerak bo'lsa paxta terishda sizga yordamlashishim mumkin.Yordamchilarga ham yordam kerak axir.Meditsina tili bilan aytsak, "tez yordam" -dedi Xolbo'ri.
  
   -E, Xudo saqlasin.Hech bandani tez yordamga muxtoj bo'lgulik qilmasin -dedi qiz.
  
   -Yaxshi. Unda tez emas, sal sekinroq yordamlashaman -dedi Xolbo'ri iljayib.
  
   Qiz yana kuldi.Keyin xuddi muhim bir narsa yodiga tushganday yalt etib yigitga qararkan: -Kechirasiz, Xolbo'ri aka, siz odamning suratini ham chizasizmi?Bizning shaharda rassomlar xiyobonlarda o'tirib olib o'tgan ketgan odamlarning suratini chizib berishadi.Men hech suratimni chizdirmaganman.Agar siz chizib bersangiz, portretimni dugonalarimga ko'rsatib, maqtanib yurardim -dedi Iltijo.
  
   -Yaxshi -dedi Xolbo'ri va mato qoplangan romlardan birini olib, etyudnikka maxkamlarkan, qizga qilt etmay kulib turishni buyurdi.
  
   -Avval ko'mir bilan nabroska qilamiz, keyin... dedi u qizning do'ndiqqina oppoq yuzlariga, shaxlo ko'zlariga, g'unchadek lablariyu, chinniday silliq bo'yinlariga bir zum o'ychan termulib.
  
   Xolbo'ri chizishni boshlashi bilan qiz lunjlarini shishirib, kutilmaganda kulib yubordi.
  
   -Iye, kulmangda.Axir qilt etmay o'tiring dedimku sizga -dedi Xolbo'ri, goh qizga qarab, goh rommatoga ko'z yugirtirib, badiiy ko'mir bilan tez tez qoralama qilarkan.
  
   -Kulgim qistab ketyaptida -dedi Iltijo yana qayta jiddiylashishga tirishib.
  
   Xolbo'ri bir zum chizishdan to'xtarkan, bitta oppoq bo'lib ochilgan paxta chanog'ini bandi bilan uzib, qizning quyuq va mayin sochlariga, chakkasiga qistirib qo'ydi.So'ng yana ishga sho'ng'idi.
  
   Iltijo qilt etmay o'tirsada, hamon ko'z qiri bilan etyudnikka qarab turar, suratining qay yo'sinda chizilayotganini bilgisi, matodagi tasvirga qaragisi kelardi.
  
   -Yaxshilab chizyapsizmi?Yana karikaturamni chizib qo'ymang! -dedi u.So'ng sabrsizlanib: -Hali uzoq o'tirishim kerakmi?Bo'ynim tolib ketdiku -dedi.
  
   -Hechqisi yo'q, sabr qiling.Kechasi bo'yningizga taxta bog'lab yotsangiz, ertalabgacha dardingiz musaffo bo'lib ketadi, Xudo hoxlasa -dedi Xolbo'ri.
  
   Qiz dohiy mavzaleyi kiraverishida turgan askar kabi qotib turgan kuyi, o'zini tutolmay silkinib ovozsiz kula boshladi.
  
   -Kulmang.Shayton vasvasa qilyapti sizni.Men ham bir gal bandalikni bajo keltirgan xudosizlar jamiyatining sobiq raisiga pataxa o'qigani borib, musibatxonada kulib yuborganman.Qisqasi, voqea bunday bo'lgan.Oyoq uchida sekin sekin yurib borib, chorpoya qiriga omonatgina o'tirsam, mullavachchalar bilan qori akalar menga "qani, o'qisinlar" deganday mo'ltayib qarab turibdilar.Men ham avvallari xudosizlar jamiyatining a'zosi bo'lganim uchun duo degan narsani bilmasdim.Bum bum.Asta qori akaga qarab: -taqsir, o'qisinlar -desam, qori aka yonidagi pufayka kiygan cho'qqisoqol odamga: -Sariq domla, siz o'qing -dedi.Sariq domla bo'lsa duo o'qish o'rniga menga qaraganicha butun tanasi bilan silkinib kula boshladi.Mullavachchalar ham.Iye, deyman, bularning tom -pomi ketib qolganmi?Yo tovba, musibatxonada ham kuladimi odam degan? -deya o'ylayman nuqul.Bir mahal bitta yigit kelib, qulog'imga: -aka, kastimingizni teskari kiyib olibsiz -desa bo'ladimi.Qarasam, rostdan ham kastimimning astari chiqib turibdi.Qarang, shoshilishda kastimni teskari kiyib ketaveribman. Qaydan kulgi keldi bilmayman.Shaytonim tezmasmi.Goh kastimimga qarab, goh sariq domlaga qarab, kulyapman, kulyapman deng, qani endi o'zimni to'xtata olsam.Astaxfirullo desam ham kulgim to'xtamaydida.Hamma pataxachilar, ayniqsa o'lik egalari kulib qotib qolishdida o'ziyam.Kulaverib ko'zlarimizdan yosh chiqib ketdi.Shayton alayxulla'na shunaqa yomon bo'lar ekan -dedi Xolbo'ri.
  
   Uning gaplaridan Iltijo rosa kuldi.Oxiri kulgidan charchab, ko'z yoshlarini bo'ynidagi xarir sharfiga artarkan: -E, boringe -dedi, o'rnidan qo'zg'olib.
  
   Shu mahal xirmon tamonda bir qiz Iltijoning ismini aytib chaqira boshladi.
  
   -Voy, dugonam Sayyora chaqiryapti.Daxshatiy domla meni so'rayaptilar shekilli.Tezroq bormasam, dekanimiz meni o'qishdan xaydab yubormasinlar tag'in -dedi havotirli taraddudlanib Iltijo.Keyin shoshib Xolbo'riga yuzlanarkan: -Suratim tayyor bo'ldimi? -dedi.
  
   -Iye, men fotografmidim sizga, bir zumda suratingizni chiqarib bersam.Hali bo'yoq bilan ishlashim kerak.Qolganini ertaga davom etdiramiz endi.Ertaga sizni shu yerda kutaman.Albatta keling, surat chala qolib ketmasin!- tayinladi Xolbo'ri.
  
   -Xo'p, albatta kelaman, xayr! Ertagacha! -dedi Iltijo va etagidagi bor paxtani orqalab, o'qariqni yoqalaganicha xirmon tamon chopib ketdi.
  
  
   2 bob
   Sevgi otashi
  
  
  
   Iltijo xirmonga keltirgan paxtalarni torozigar tarozida tortib, raqamlarni daftarga tirkagan paytlar paxta dalalariga shom sukunati cho"kib, tutun xidi suzib yurgan jimlikda uzoqdagi ovozlar ham aniq tiniq eshitila boshladi.Odamlar hatto iskaptopar galalarining ayanchli g"ing"ilagan tovushlarini ham eshitishar, uzoqdagi zovurlardan va daryo sohilidagi sholipoyalardan baqalarning qaynayotgan shovla tovushini eslatguvchi vaqir vuquri quloqqa chalinar, chigirtkalar ham tovushlarini goh balanlatib, goh pastlatib o"zlarining ibtidoiy, ammo odamzod ming marta eshitsa ham zerikmaydigan qadimiy qo"shig"ini kuylar edilar.Iltijo kursdosh dugonalari bilan oy yoritgan dala yo"lidan yurganicha xorib charchab, xasharchi talabalar yotadigan dala shiyponiga yetib keldi.Uning quloqlari dugonalarining suhbatlarini eshitsada, ma"nolarni anglamas, fikri yodi faqat bugun dalada uchratgan odami, quvnoq rassom yigit Xolbo"ri bilan band edi.Yuvinib, taranib kechki ovqatga o"tirganda ham u Xolbo"rini muttasil o"ylayverdi.Uning qiyofasini ko"z oldiga keltirgan sari negadir o"zidan o"zi yuzlari qizib, isitmasi bor odamday qizarar, rassom yigitning kulgili gaplarini eslab, qizlarga sezdirmay pinxona iljayib qo"yar edi.Ko"p o"tmay u ertaga davom etdiriladigan o"z portretidan ham ko"ra rassom yigitni, Xolbo"rini o"ylayotganini, uni yana ko"rgisi kelayotganini, sog"inayotganini sezib qoldi va o"sha quvnoq yigitni bir ko"rishdayoq sevib qolganini anglab yetdi.Ha, Iltijo Xolbo"rini sevib qolgan edi.Uning allaqanday parishonhotir bo"lib qolganini sezgan dugonasi Sayyora havotir bildirarkan:-o"rtoqjon, senga nima bo"ldi?Mazang qochdimi? -dedi.Iltijo esa dugonasini badtar hayratlantirib, uni maxkam quchoqlab oldida, yelkasiga boshini qo"yib yig"lab yubordi.
   -Ey, Iltijo, senga nima bo"lyapti?Gapirsangchi axir!Birov xafa qildimi? Qani, mening ko"zlarimga qarachi -dedi Sayyora, Iltijoni o"ziga qaratib.Iltijo ko"zlari to"la jiqqa yosh bilan jilmayar edi.Keyin Sayyoraning quloqlariga shivirlab, rassom yigitni sevib qolgani haqidagi bor haqiqatni aytdi.Dugonasi hayajon ichra hayratdan ko"zlarini chaqchaytirib, nafasini ichiga tortganicha o"rnidan turib ketdi.
   -Voy, qanday yaxshi!Tabriklayman o"rtoqjon! Ishqilib yaxshi yigitmikin?-dedi Sayyora, Iltijoni quvonch bilan bag"riga bosib, yuzlaridan o"pib.Keyin qo"shimcha qildi:
  
   -Extiyot bo"lginda.Avval shoshilmay, yaxshilab tagi zodini surishtir.Bilib bo"ladimi, otasi qamalib chiqqan firibgar, o"zi aroqxo"r, buning ustiga topgan tutganini gartkamga sarf qiladigan qimorboz, shilqim, xotinboz, yoki ignaga o"tirib qolgan bangi narkoman bo"lsa nima qilasan?Surishtir, xo"pmi? -dedi.
  
   Iltijo ho"p deganday bosh likillatarkan, sevinch ko"z yoshlarini ko"ylagining etagiga artdi.Sayyoradan bu sirni hech kimga aytmaslikni iltimos qildi.Shu kecha u qani endi tezroq tong otsayu dalaga, Xolbo"rining oldiga borsam deya o"ylab, to"shagida to"lg"onib, anchagacha uxlolmay yotdi.Yaxshiyam vaqt to"xtab qolmaydi.U odamzod yurak urishiga hamohang beg"am, loqayd odimlaganicha to"xtovsiz o"taveradi o"taveradi, qayoqqadir ketaveradi.Inson bolasi gohida uning tez o"tib borayotganidan zorlansa, ba"zan uni shilliq qurtday beg"am imillashidan bezor bo"ladi.Aslidaku odam bolasini dunyoga shu vaqt olib keladi va bir kun uni yana o"zi bilan olib ketadi.Vaqt shafqatsiz.Kim biladi, balki mehribondir, mushfiqdir.Iltijo chirog"i o"chirilgan dala shiyponi derazasidan mo"ralayotgan oyga termulgan kuyi o"ylanib yotarkan, shoshilishda Xolbo"rining qo"l telefoni raqamlarini yozib olmaganiga, yoki o"zining telefon raqamlarini unga qoldirmaganidan afsuslandi.Lekin bir uxlasa tong otishini o"ylab, o"z ko"ngliga o"zi taskin berdi.U shu tariqa o"ylana o"ylana nihoyat uyquga ketdi.
  
   Ertasiga naridan beri nonushta qilarkan, kursdosh dugonalari bilan xuddi chopqir tayg"an itlar galasini ergashtirib, tulpor otini o"ynatib, shikorga chiqqan aslzoda malika kabi ko"tarinki kayfiyat bilan paxtazor tamon yo"l oldi.Uning o"y -xayoli hamon Xolbo"ri bilan band edi.U o"q ariq bo"ylab dala uvotiga, kecha Xolbo"ri bilan uchrashgan joyga qarab yurarkan, uzoqdan uni kutib turgan rassom yigitni ko"rdi.Ko"rdiyu hayajondan nafasi bo"g"ziga tiqilib, entikib, yuragi xapqirib ketdi.
   Xolbo"ri etyudnikka maxkamlangan rommatodagi kechagi portret chalasini ishlar, har zamonda to"xtab, palitradagi bo"yoqlarni qorishtirardi.Iltijo Xolbo"rining kechagi tanbexini eslab, ma"noli yo"talib qo"ydi.
  
   Xolbo"ri qo"lida palitra va mo"yqalam bilan bo"riga o"xshab butun tanasi bilan burilarkan, kutilmaganda qo"shiq aytib: -Ana naturitsam kelyaptiyo, mana naturitsam kelyapti!... deya o"yinga tusha boshladi.
   Keyin Otello rolini ijro etayotgan dramatik akter kabi palitra tutgan qo"lini oldinga cho"zib davom etdi: -O, nihoyat iltijolarim Xudoi Taolog"a yetibdir chog"i!Kelding"izmu, Iltijo?! Men sizni kelmasalar kerak deb o"ylag"on erdim.Nega yo"talmoqdadursiz, malikam?! Hayhot, hakimlar ham kasal bo"lg"aymu, xastalang"aymu?! Hechqisi yo"q.Bizning bitta qo"shnimiz ham yo"talib yo"talib, oxir oqibat asfalasofing"a ravona bo"lg"on erdi!-dedi.
  
   Iltijo xandon otib kuldi.Keyin: -Kasalmasman, axir o"zingiz kecha odam degan sal yo"talib netib keladida dedingizku -deb qo"ydi.
  
   -Aaa, darvoqe, shunday dedima.Esdayam yo"q.Lekin mening hotiram, Xudoga shukr, mustaxkam.Biron odamning qiyofasini bir ko"rsam bas, uni mayda detallarigacha eslab qolaman va hoxlagan paytda u qiyofani yoddan chizib, aks etdirishim mumkin.Lekin sizning portretingiz mendan masalaga butunlay boshqacha yondoshishini talab qilmoqda.Negaligini bilmayman.Aslida portretni har qanday rassom chizishi mumkin.Lekin portretdagi odamning ichki dunyosini, qalbini, tuyg"ularini, xarakterini bo"yoqlar yordamida aks etdirish faqat dunyoga dong"i ketgan buyuk rassomlargagina nasib etadi.Buyuk rassomlar esa juda kamtarin bo"ladilar.O"zimdan qiyosda -dedi Xolbo"ri.
  
   Iltijo yana kuldi.Xolbo"ri ham.
  
   -Qani bo"lmasa, go"zal qiz, kulgini yig"ishtirib, jim o"tiringchi.Ishni kelgan joyidan davom etdiraylik.Vaqt ziq -dedi Xolbo"ri.Iltijo rassomning amriga itoatkorona bo"ysundi.
  
   -Yuzingizni sal bu tamonga buring -dedi Xolbo"ri Iltijoga va unga yaqin kelib, qizning marmarday silliq iyagidan tutib, uning yuzini o"zi istagan gradusga burdi.Xolbo"rining qo"li tekkan mahal azbaroyi o"tli extirosdan, erotik hissiyotdan Iltijoning vujudi, a"zoyi badani jimirlab ketdi. Xolbo"ri qizning ko"zlariga termulgan kuyi: -Ko"zlaringiz g"oyat chiroyli ekan -dedi.Keyin etyudnik yoniga qaytib, allaqanday hasratli qo"shiqni ming"irlab xirgoyi qilganicha chala qolgan portretga ishlov bera boshladi.Ehtirosli hislardan titrab, qizarib bo"zarib o"tirgan Iltijo ko"z qiri bilan Xolbo"riga qaraganicha faqat bir narsani, Xolbo"ri portretni chizib tugallab qo"ymasligini, bu jarayon iloji boricha uzoq, bir umr, imkon bo"lsa mangu davom etishini hoxlardi.U ayni paytda portretning bitqazilishidan, so"ng Xolbo"rining xayrlashishib, ketib qolishidan qo"rqardi. Endi uning uchun paxta terish normasini bajarmaslikning ham, o"qishdan haydalib ketishning ham unchalik ahamiyati yo"q edi.Portretni tugallab qo"ymasligi uchun u ataylab Xolbo"rini chalg"itishga, uni gapga solib, iloji boricha vaqtni cho"zish maqsadida unga turli tuman savollar berib, bira to"la dugonasi Sayyora aytgan muammoli masalalarga aniqlik kiritib olishga qaror qildi.
  
   -Xolbo"ri aka, ishdan ajralmagan holda o"z hayotingiz haqida so"zlab bering.Misol uchun sevgan qizingiz haqida -dedi u.
  
   -O, agar hayotim haqida gapiradigan bo"lsam, bu men uchun juda og"ir.Gap shundaki, men tug"uriqxonada emas, uyda tug"ilganman.Tasavvur qilayapsizmi?U mahallar hozirgi tug"iriqxonalar qayoqda deysiz.Onam meni uyda tug"ib qo"ygan ekanlar.Osongina.Chunki men chala tug"ilganman.Kattaligim bor yo"g"i bir poy kalishdekkina bo"lgan.Enam rahmatli boshliq enaga kampirlar toshfonarning xira yorug"ida turtinib, afsonaviy g"orga o"xshaydigan pastak uyimiz devorida soyalari lopillab, goh uzayib, goh qisqarib yurarkanlar, meni tepalab yubormaslikka harakat qilganlaru baribir bir kampirning maxsisiga o"ralashib qolgan mening kindik ichagim uzilib ketgan ekan.Yaxshi deng, enam rahmatli o"z vaqtida yelkanli kema arqonlarini bog"lashga usta tajribali dengizchi kabi kindik ichagimning uzilgan qismini tutib qolib, birov yecholmaydigan qilib tugib qo"yibdilar.Keyin odamlar qorong"ida ko"rmay, meni tepalab ketishmasin deya extiyotlab, dadamning quyon mo"ynali kuya yegan quloqchin telpaklariga solib, uni uyimizning to"siniga to"rqovoqday osib qo"ygan ekanlar.
   -Eh!Sizning hayotingiz judayam kulgili ekan, tovba -dedi Iltijo jilmayib.
  
   -Ha -deb qo"ydi Xolbo"ri, portretga ishlov berishda davom etarkan.Keyin gapida davom etdi: -Navbatdagi savolingizga esa javob quyidagicha.Ha, sevgan qizim bor va u juda go"zal, qaddi qomati kelishgan, chiroyda tengi yo"q bir parizod.Shu ma"noda men juda baxtliman.Esimda, u qiz bilan birinchi bor uchrashgan kunim kechasi bilan to tongacha uxlolmay, brezenti osilib, gamakka o"xshab qolgan eski, shalog"i chiqqan yig"ma krovatimda ag"anab, qiynalib chiqqaman.Bilsam, o"sha kuni u qizni bir ko"rishdayoq qattiq sevib qolgan ekanman.Endi u qizning ishqida aqldan ozib qolmasam bo"ldi deya havotirga ham tushganman hatto.Tezroq tong ota qolsayu, yana o"sha sohibjamol qizning yoniga borsam, tezroq uchrashsam deganman.Vujudim go"yo hech narsa bilan to"ldirib bo"lmaydigan choxga, tubsiz va cheksiz bo"shliqqa aylanib qolganday edi.Odamzod qorni ochsa ovqat yeydi, to"yadi.Suv ichsa chanqog"i qonadi.Ammo sevib qolgan odam ruhida shunday ochlik paydo bo"larkanki, u o"sha ruhiy ochlikni qondiruvchi oziq -diydor taomiga sira to"ymas ekan, chanqog"i qonmas ekan.Ishonasizmi, men hatto u qizning portretini ham yaratganman.O"shanda u qiz mening rassomlik iqtidorimga, san"atimga hayrat bilan qarab, tilidan bol tomib maqtagan esada, biron marta ham, ba"zilarga o"xshab "Qo"lingizda guldek hunaringiz bor ekan, qoplab pul topsangiz kerak o"ziyam? Bitta kartinangizni sotsangiz, qancha pul olasiz?" demagani ayniqsa meni hayron qoldirdi.Nafosatni his eta oladigan, qadriga yetadigan, san"atning pul, molu dunyodan qimmat ekanini anglab yetgan yuksak didli qiz ekanku degan xulosaga kelib, uni yanada qattiq sevib qolganman.Odob -axloqi, dunyoqarashini aytmaysizmi.Oh uning oydek yuzi, ohu ko"zlari, lola yonoqlari, olov dudoqlari, ipakday mayin va qalin sochlari, oqqush bo"yniday oppoq va nozik bo"yniyu, fil suyagiday silliq qo"llari, nafis barmoqlari! -dedi Xolbo"ri.Bu gaplarni eshitib Iltijo xuddi tarvuzi qo"tig"idan tushgan odamday shalvirab qoldi.Shu tobda u o"zini xuddi falajlanganday, shol bo"lib qolganday his qilardi.Garchand Xolbo"ri uning turmush o"rtog"i bo"lmasa ham, negadir vujudini rashkning daxshatli alangasi chirmab olgandi.U osmonlarni yalab guvillayotgan olov ichra jizg"inak bo"lib, chirpirab yonardi go"yo.Xolbo"ri sevib qolgan o"sha baxtli va go"zal qizga, rosti havasi emas, ich ichidan xasadi kelayotgan edi.
  
   -Kim ekan u oyimtilla, bilsak bo"ladimi? -dedi u nihoyat, yig"lab yuborishdan o"zini arang tiyib.
  
   -Sevikli yorimning, parizodimning ismimi?Malak siymo, qoshi kamon, kiprigi o"q, mo"rchamiyon, sarviravon, moxiliqo, yori vafodorimning muborak ismlari Iltijo -dedi Xolbo"ri, beg"amgina, portret ishlashda davom etib.
  
   -Iye, uning ismi ham Iltijomi?Voy, bundan chiqdi adash ekanmizda u bilan -deya hayratlandi Iltijo.
  
   -Ha, uning bir Sayyora degan dugonasi ham bor.Ular tibbiyot institutida birga o"qishadi.Ular fakultet dekanidan va Daxshatiy tahallusli domlalaridan o"lgudek qo"rqadilar -dedi Xolbo"ri iljayib.
  
   -Ablax ekansiz!Yuragimni yoray dedingizku -dedi Iltijo jilmayib va uyalganidan qip -qizarib ketdi.
  
  
  
  
   3 bob
   Iskanaqul Karkidonov
  
  
  
   "Qovunkapa" shirkat xo"jaligining raisi Iskanaqul Karkidonovlar uyida maishiy janjal.Karkidonovning xotini Bibisuvaydo iyak chakagi tinmay eriga tanbex berar, idishlarni otib sindirib, yig"lar, har zamonda to"xtab, oliynav hushbo"y tamakidan qadoqlangan qimmatbaho sigaretani bosib bosib chekardi.
  
   -E, xudo!Men sendan shunaqa er ber deb tilovmidim?!Bu svoloch ermas, lattaku nastoyaiy!Voy peshonam qursin mening!Nima emish, xushidan ketgan Stalinni do"xtirlar gilamdan olib, karovotga yotqizishsa, patinkalarining tagi teshilib yotganmish!Shunday ulkan mamlakatning rahbari bir juft yangi patinka sotib olmay, ikki qator usti boshi bilan, pul mol jamg"armay, xalq mulkiga xiyonat qilmay, oddiy odamday g"aribona yashab, olamdan o"tib ketgan emish!O"tsa o"tar, Stalin bilan sening nima ishing bor!Halol rahbar bo"lgan emishlar!Shuncha halol xizmat qilgani bilan unga rahmat deyishyaptimi? Qotil, qonxo"r, zolim deyishyaptiku!Bu odamlar yaxshilikni biladimi?Undan ko"ra qo"sha qo"sha ko"shki ayvonlar qurib, shohona yashab qolish kerak!Besh kunlik dunyo g"uvvida o"tadi ketadi!Amal mansabni bog"lab qo"ygan emas!Bu, xaygi nima desamakan, insonga anov qilinadigan, beriladigan bir imkoniyat, shans!Qaydan ham shu uyni yevroremont qildiraylik deb qo"yibmana!E bir soat halollik haqida ma"ruza qilsaya, Xudoyo tovba!Odamga amal bergani bilan aql -farosat bermasa qiyin ekanda!Bilaman, bu uyda mening sariq chaqachalik qadrim yo"q!Aslidaku bu boyvachchani men odam qilganman.Kazo kazo tanish bilishlarimni ishga solib, restoranlarda ziyofatlar uyushtirib, Dubayma Dubay kezib, boylar eshigida qo"llarim kosov, sochim supurgi bo"lib, kovushim to"zg"ib, yelib yugirganlarimni bu nonko"r bilarmidi?Men sabab avval birgat, keyin hosilot bo"ldi.Mana endi rayislar!Men bo"lmasam, yuruvding paytavangni sudrab, chorig"ingni it tortib!Endi odam bo"lib qoldingmi, so"tak?!Eshakning kuchi halol, o"zi xarom deganlari shu bo"lsa kerakda!Eshagi loydan o"tdida akamning!Yoshligimda, qaddi qomatim kelishgan paytlar Bibisuvaydo, Bibisuvaydo edim!Endi shira sharbatim qochib, gulday so"lganimda, bitta yarimta suv ichsa tomog"idan, sabzi yesa biqinidan ko"rinadigan sekretarka o"ynashiga uylanmoqchi bu uying kuygur nomard!Meni bilmasang, iloyo ilovando ko"zlaring oqib tushib, ko"r bo"lib, yetalat!E Iskanaqul Karkidonov bo"lmay o"l!Do"zaxga do"mbira bo"lmasang, u dunyo bu dunyo rozimasman! Tamom, ortiq chidolmayman, jonimdan jaxt to"ydim!Zolimning dastidan dod!..Kanistrdagi benzin qayerda ediya!Hozir ustimdan benzin quyib, o"zimga o"t tortaman!Iloyim, uvolim tutsin sen zinokor xotinbozni! -deya baqirardi u.
  
   Bu gaplardan qo"rqib, kayfi kapalakday uchgan Iskanaqul Karkidonov, xotini Bibisuvaydoni tinchlantirishga urinar, hikmatli gaplar bilan uni insofi tavfiqqa chaqirardi.
  
   -Bibisuvaydo, sevgilim, o"zingni bos!O"zini o"zi o"ldirgan odamga janoza buyurmaydi, it qavmida ketadi deb keladi eski kitoblarda, asalim! -dedi u xotiniga stakanda suv tutib, hayajondan qo"llari qaltirab.
  
   -Ho, o"z joniga qasd qilganga janoza buyurmaydimi?!Gapini qaranglar!Unda o"zing oshpichoq bilan ko"ksimga bir urib, o"ldirib qo"yaqol, qutilasan!O"ldir, vaxshiy qotil, qonxo"r jallod!Meni o"ldirib, ofatijon sekretarkanga uylanib olasan, niyyatinga yetasan!Mening jasadimni eshikdan chiqarishlari bilan, o"ynashingni derazadan olib kirib olasan!Keyin qornidagi sendan ortdirgan valadi zinosiga uy joyni xatlattirib berasan!O"ldir!O"ldirasanmi?!.. Voy dooood, musulmonlaaaar!Pravaslav katolik xristianlar!Iudey hamda buddaviylar!Mutazzila otashparastlar!Xudosiz kommunistlar!Yordam beringlaaaaar!Meni zolim rayis Iskanaqul Karkidonov o"ldiryaptiiiii! -deya bor ovozda faryod cheka boshladi Bibisuvaydo.
  
   -Hoy, o"zingni qo"lga olsangchi, xotin, esingni yig"! Nimalar deb baqiryapsan?!Qanaqa sekitarka?!Qanaqa valadi zino?!Men axir halol rahbarman!Birovlarning xotiniga ko"z olaytirmayman!Xudodan umidim bor!Besh minutlik mazani deb oxiratimni kuydiraymi?!Qolaversa hozir hamma yerda yashirin videokameralar bor!Yosh bolaning qo"lida ham sotovoy telefon!Ana, nechtasini o"ynashi bilan yotgan yerida videoga olib, Yutubga chiqarib yuboryaptilar.Qanchasi qo"ydi chiqdi bo"lib ketdi!Men senga hech qachon xiyonat qilmaganman, qilmayman ham!Bunaqa baqirib, meni qo"ni qo"shnilar oldida sharmanda qilma!Odamlar: -rayis Iskanaqul Karkidonuvuch ichkilik ichib olib, xotinini uryapti -deb o"ylamasin tag"in.Bilsang, rahmatlik ustodim Io"sip Vissaryo"nuvuch... Ha mayli, senga yoqmasa, tarix haqida gapirmayman. Ma, stakandagi suvni ichib, manabu bir to"g"ram piyozli nonni yeb yuborgin, o"zinga kelasan -dedi Iskanaqul Karkidonov, xotinini arang tinchlantirib.
   Bibisuvaydo stakanni erining qo"lidan shaxd bilan tortib olarkan, bir ko"tarishda suvni oq urdi.Keyin aroq ichganday og"zini yengiga bosib, bir zum nafas olmay turdida, piyozli nonni katta katta tishlab, bir nuqtaga tikilganicha g"azab bilan indamay yeya boshladi.
  
   -Mana bu boshqa gap.Qani bir jilmaychi, ha iljay... Ha, ana! Bo"larkanku!Lekin kulganingda juda chiroyli bo"lib ketasanda!Yuzing yongan lampochkaday lop etib yorishib, kulgichlaring o"ynab ketadi.Mayli, sen aytgancha bo"laqolsin, sarviravonim, moxitobonim.Uyingni yevroremuntdan chiqartirib beraman.Mamatkarim degan naqqosh bola bor.Bir og"iz aytsam yo"q demaydi.Devorlarni ohak bilan yaxshilab oqlab, trafaretlarga changyutgich bilan bo"yoq sochib, devorlarga gul solib beradi -dedi Iskanaqul Karkidonov.
  
   -Yo"q, unaqa naqqoshlarni yollamaymiz.Ular unchalik yaxshi remont qilolmaydi.Xolbo"ri yaxshi qiladi.O"shani yollaymiz.Uy devorlariga o"rmonlar, daryolar aks etdiriladigan manzaralar chizdiramiz -dedi Bibisuvaydo, o"jarlarcha o"z fikrini maqullab.
  
   -Yaxshi. Xolbo"ri bo"lsa Xolbo"rida.Lekin u katta pulga qilar deyman?Taxminan necha pul ketarkin remuntga? -deb qo"ydi Iskanaqul Karkidonov.
  
   -Xarajatlar bilan sizning ishingiz bo"lmasin, Xolbo"riga o"zim beraman xizmat haqini-dedi Bibisuvaydo qat"iy.
  
   -Yaxshi unda, kelishdik.Men shopirimga aytaman, Xolbo"rini yerning tagidan bo"lsa ham topib, idoraga olib keladi.Shartnoma qilib, iloji bo"lsa, unga ozgina oldindan zaklad shirinkoma berib qo"yaman.U bugunoq ishga kirishadi.Sen ustani zeriktirmay, choy poyidan xabar olib turgin.Xudojniklar alkash bo"ladi.Ishlayotganda aroq konyaklardan ryumkalarga quyib, muzlardan solib, gazakiga qazi - qarta tayyorlab qo"y.Yuz yuz icheyeb ishlamasa ularga ilhom kelmaydi -dedi rais Iskanaqul Karkidonov.
  
   Shunday gaplar bilan rais kiyimlarini kiydi.So"ng xotini Bibisuvaydo bilan hayrlashib, ko"chaga chiqarkan, xizmat mashinasiga o"tirib, ishga jo"nadi.
  
  
  
  
   4 bob
   Delta
  
  
  
   Domla Daxshatiy talabalarni terimga solib, dala shiyponi tamon ketgan mahal Xolbo"ri Iltijo paxta terayotgan bo"lgi tamon yo"l oldi.
   Ikkinchi, uchinchi terim bo"lishiga qaramay, dalalarda hamon paxtalar chaman bo"lib ochilib yotar, g"o"za shoxlaridagi shig"il shig"il ko"saklarga qaralsa, paxta yig"im terimi xali beri tugamaydiganday edi.Xolbo"ri yag"ir do"ppisini manglayiga bostirib kiyib, g"o"zapoyani rubobga o"xshatib chalarkan, ajoyib hofiz Faxriddin Umarovning ovoziga taqlid qilib: -Paaaaaxtazooongoor, poooolvooonlariy, men sizga cheyeyeyertay toooooorlangangaangaangaaaar! Tooonnalaaardaan tog" yaratganga-a-a-a-aan, oq oltin ijoooodkooorlangaangaangaar! - deya ashula aytib, o"yinga tushganicha kapa kapa bo"lib aylanib, Iltijoga yaqinlashib boraverdi.U Iltijoga borib urilguday joyda shaxd bilan o"ng tizzasini yerga tekizib to"xtaganicha, qo"lidagi kuzgi dala gullaridan tuzilgan guldastani uzatib, badiiy qismni nihoyasiga yetkazdi.Iltijo kula kula gullarni Xolbo"rining qo"llaridan olib, qarsak chalarkan: -Bravo!Bravo, maestro! -deb qo"ydi.Keyin ular qo"l berib ko"rishdilar.
   -Mana, nihoyat biz tasviriy san"at ahli ham yordamchilarga yordamlashish uchun dalada hozir bo"ldik! -dedi Xolbo"ri.
  
   -O, sizday oqsuyak aslzoda aristokrat rassomni ishlatamizmi endi?Bir etak paxta terib termay, belim og"ridi, uyga borib belimga taxta bog"lab yotmasam bo"lmaydi deya qochvorarsiz -dedi kulib Iltijo.
  
   -O, nimalar deyapsiz, nimalar deyapsiz?!Mening suyak ustixonim shu bepoyon dalalarda qotganku.Sovet zamonida kukruznik samolyotlar ustimizdan tonnalab sochib yuborgan zaxarli pestidsidlar tumani aro bo"g"ilib, yo"talib, ko"rinmay ketar edik.Qancha do"stlarimiz jigari shishib o"ldi, qanchalari bir umr nogiron bo"lib qoldilar.Dekabrning sovuq qirovlarida qo"llarimiz qaqshab, xom, yumuq ko"saklarni terib, dala uvotlarida ularni tayoqlar, toshlar bilan urib,chaqib, paxtasini chuviganimizni ko"rganlar, bizni ibtidoiy jamoa tuzimidagi yovvoyi odamlar qabilasiga o"xshatishlari ham hech gap emasdi.Uyga borgach, kechki ovqat o"rniga non choy bilan qanoatlanib, sovuq ayvonda tog"day uyilgan ko"saklarni oilamiz bilan o"rab olib, avvaliga ketmonsopilar bilan urib ko"raklarni chaqar edik.Shundan keyin uyqusirab, mudrab, munkib, yarim tungacha, ba"zan tongacha ko"sak chuvir edik.Agar dunyoda qaxraton sovuq izillagan qorli dalalarda cho"p cho"kirtak g"o"zapayalar qorini qoqib, paxta terishga rozi bo"lgan itoatkor qullar qavmi bo"lgan bo"lsa, o"shalar biz edik!
  
   Xudoga shukr, bugun mamlakatimiz mustaqil, xalqimiz ozod.Unday qiyinchiliklar endi o"tmishga aylandi.Bunday chaman bo"lib ochilgan paxtalarni o"ynab kulib termaymizmi? -dedi Xolbo"ri va Iltijoning etaklaridan birini tutib, astoydil paxta tera boshladi.Ular shu tariqa suhbatlashib, uzoq ishladilar.Va nihoyat kundalik normaga bemalol yetadigan paxtani terib bo"lgach, biroz dam olib, nafas rostlash uchun to"kilgan yumshoq paxtalar ustiga o"tirdilar.Shu mahal qur -qur qilib qichqirganlaricha osmonlarni to"ldirib gala gala turnalar uchib o"ta boshladi.
  
   -Voy, turnalar!Turnalar! -deya baqirib yubordi Iltijo, osmonga qaraganicha, hayajon ichra, kuz quyoshidan ko"zlari qamashib.
  
   -Ha, turnalar issiq o"lkalarga uchib ketishyapti -deb qo"ydi Xolbo"ri ham qo"lini ko"zlariga soyabon qilib, turnalar karvonini kuzatganicha.
  
   -Qanday go"zal!Men turnalarni birinchi bor ko"rishim.Ular hech qachon shahrimiz ustidan uchib o"tmagan.Kim biladi, balki uchib o"tgan bo"lsalar ham men ko"rmagandirman.Juda g"amgin qiyqirar ekan ular.Xuddi hayrlashayotganday, vidolashayotganday!Hayr, turnalar, hayr!Bahorda yana qaytib kelinglaaar! -dedi Iltijo, hamon osmonlardan ko"zini uzmay, alanglaganicha.
  
   -Men janubga uchayotgan kuzgi turnalar parvoziga hayotimda ko"p bor guvox bo"lganman.Ba"zan qishloqda tug"ilganimdan va yashayotganimdan xursand bo"lib ketaman.Bu yerlarda havo musaffo, ichimlik suvlari toza.Keng dalalar, o"tloqlar, to"rg"aylar qo"shig"i, shamollarda sharsharaday shovullaguvchi tolzorlar, daryo sohillari, baland baland jarliklar, yam -yashil sholizorlar, yulg"unzoru jiydazorlardan taralguvchi kakkularning hasratli ohi!Bu yerlarda mashinalarning shovqini yo"q.Ayniqsa daryo mening jonu dilim!Hoxlasangiz, daryo sohilini, qamishlar shovullab yotgan deltani, son sanoqsiz suv gullarini, oppoq ochilgan nilufarlarni, ko"zagullarini sizga ko"rsatishim mumkin.Sohilda daraxtga zanjirlangan mening o"z qayig"im bor -dedi Xolbo"ri.
  
   -Hoxlayman, albatta hoxlayman!.. Lekin, domla Daxshatiy bilsalar...-dedi Iltijo.
  
   -Kundalik normaga yetadigan paxtani terib qo"ydikku.Qo"rqmang, endi sizni dekanat o"qishdan xaydolmaydi.Paxta tortadigan paytgacha qaytib kelamiz -dedi Xolbo"ri, hamon nigoxi bilan olislab borayotgan turnalar karvonini kuzatib.
  
   Shu gaplardan keyin ular o"q ariq chetidagi so"qmoq bo"ylab, daryo sohili tamon jo"nadilar.Sohilga yetgach, ikovlon nishab qiyalikdagi uzun uzun kuzgi o"t -o"lanlar aro arang ko"ringan ilonizi so"qmoqdan pastga ena boshladilar.Kuzgi yovvoyi tollar o"rmoni o"sib yotgan daryo deltasini, shamollarda dengiz to"lqinlari kabi sollanib yotgan qamishzorlarni, oltinday sarg"ayib ketgan sholizorlarni, yoyilib, beshik -beshik bo"lib oqayotgan daryo suvlarni ko"rgan Iltijoning yuragi badtar hayajonga to"ldi.
  
   -Vuy, daryoning go"zalligini!Qanday ajoyib!Siz shunday go"zal joylarda yasharkansizda a?Bunday joylarda yashagan odam albatta sizga o"xshab rassom bo"ladida.Qarang, panoramani.Eh, sizga shunday havasim kelyaptiki!Nega men ham qishloqda tug"ilmagan ekanman a?!Qani endi shu joylarda yashasang! -dedi u tevarakni tamosha qilganicha.
  
   -Extiyot bo"ling, Iltijo, bu yerlarda o"tkir jiyda tikonlari bo"ladi.Bosib olsangiz u tikonlar poyafzalingizni teshib o"tib, oyog"ingiz ustidan chiqib qolishi ham hech gap emas.Esimda, yoshlik paytlarimiz, bir kuni shu yerlarda sigir boqib yursak, do"stim Erkinning oyog"iga jiyda tikoni kirib ketdi.Do"stimning oyog"idan jiyda tikonini sug"iraman deb uni sindirib qo"ydim.Do"stim oqsoqlanib yurolmay qoldi.Oyog"i ko"karib, shishib ketdi.Ertasiga do"stimni chaqiray deb, nurab yotgan pastak paxsa devordan qarasam, Erkin bechorani akalari yerga yotqizib, maxkam ushlab turar, otasi Mirzamo"ydin tog"a esa Erkinnning oyog"ini pichoq bilan astoydil kovlar, zo"r berib jiyda tikonini sug"irib olishga urinar, do"stim bechora bo"lsa chidab bo"lmas og"riqdan bor ovozda dodlab baqirar edi.Ba"zan o"sha voqeani aks etdiradigan bironta kartina ishlasammi deya o"ylab qo"yaman -dedi Xolbo"ri, Iltijoning nozik qo"llaridan tutganicha extiyotkorlik bilan qiyalab.
  
   -Naqadar daxshat!Men medik bo"lsamda, bu qo"lbola jarroxlik muolajasi haqida eshitib, tanam jimirlab ketdi, to"g"risi.Axir bunday nogigiyenik amaliyot jaroxatni qorasonga aylanib ketishiga sabab bo"lishi va oyoqni kesib tashlashga to"g"ri kelib qolishi mumkin -dedi Iltijo.
  
   -Lekin do"stim o"shanda sog"ayib ketgan.Hozir ham otday -deb qo"ydi Xolbo"ri.
  
   Gap bilan bo"lib sevishganlar qanday qirg"oqqa yetib kelganlarini ham sezmay qoldilar.Xolbo"ri cho"ntagidan kalitni olib, daraxtga bog"lab qo"yilgan zanjir qulfini ocharkan,qayiqni oxista surib, suvga tushirdi.Keyin qizning qo"lidan tutib, qayiqqa o"tirishiga ko"maklashdi.Iltijo qayiqqa joylashib o"tirgach, Xolbo"ri bir maromda eshkak esharkan, qayiq oldinga ildamlab ketdi.Ular baland baland qamish devorlari aro qayiqda suzib borar ekanlar, tevarak go"zalligidan hayratga tushgan Iltijo, o"zini go"yo o"zga olamga o"tib qolganday his qilar, hayajonini yashirolmasdi.Ayniqsa son sanoqsiz nilufarlar, ko"zagullar ochilib yotgan sokin suv dalasiga, kengliklarga chiqishgach, Iltijoning hayratdan og"zi ochilib qoldi. Qayiq daryo deltasida emas, go"yo bepoyon zangori osmon ustida suzib borayotganga o"xshardi.Bulutlar, osmonlar aks etgan, shalpangquloq yaproqlarni turtib chiqqan nilufargullarning g"unchalari, ochilgan gullari soya tashlagan delta suvlari shu qadar tiniq ediki, suvga qarasa, huddi shaffof tubsizlikka qaraganday qo"rquvdan odamning yuragi ortiga tortib ketardi.
  
   -Oh, qanday go"zal gullar!Shundoq uzatsam qo"llarim yetadi.Ammo uzging kelmaydi bu gullarni!Yo tovba!Tushimmi bu yo o"ngimmi?!Yoki o"zim sezmagan holda olamdan o"tib, Jannatga tushib qoldimmi? -dedi Iltijo yuragi zavqu shavqqa to"lib.U ayniqsa tiniq suv ostida beg"am biltanglayotgan, tangalari qizarib ketgan katta katta baliqlarni ko"rib, badtar angrayib qoldi.
  
   -Voy, baliqlarni qarang! Xuddi akvariumdagiday! -dedi suvdan ko"zlarini uzolmay u.Iltijo zavqlangani sayin Xolbo"ri eshkak eshishni sekinlashtirar, qayiq tumshug"i nilufar g"unchalari, gullari ichra yoppa yaproqlar orasini ohista yorib borar edi.Go"yo shu tobda qalin nilufargullarning yaproqlari ostidan lop etib suv parisi ko"rinib qoladiganday tuyulardi.
   Shu payt qamishlar orasidan shatir shutir qilib qanot qoqqanicha g"aqillab, bir gala yovvoyi o"rdaklar havoga ko"tarilarkan, qayoqqadir shosha pisha uchib ketishdi.
  
   -Men avvallari suzuvchi uy qurib, umrimning oxirigacha shu sokin go"shalarda yolg"iz yashamoqchi edim.Endi u rejalarim o"zgardi.Chunki hayotimda siz paydo bo"ldingiz.Endi nasib etsa sizlarnikiga onamni sovchilikka yuborib, ota onangiz rozi bo"lsalar, sizga uylanaman va biz bir umr shu joylarda, suzuvchi uyda birga yashaymiz, tabiat bilan uyg"un hayot kechiramiz.Kechalari suzuvchi kulbamiz darchasidan oy mo"ralaydi.Biz esa ayvonda, toshfonar yorug"ida choy ichib, gaplashib o"tiramiz.Toshfonar atrofida parvona kapalaklar gir aylanib, unsiz parvoz qiladilar.Delta suvlarida nilufarlar, ko"zagullar ochilib yotadi.Qaydadir oy nurida yaltirab baliq irg"iydi -dedi Xolbo"ri.
  
   -Ha -dedi Iltijo, kutilmaganda Xolbo"rining pinjiga kirib.Xolbo"ri Iltijoni maxkam quchoqlab, bag"riga bosdi.
  
  
  
  
   5 bob
   Buyurtma
  
  
  
   Xolbo"ri "Qovunkapa" shirkat xo"jaligi raisi Iskanaqul Karkidonovning iltimosiga ko"ra uning ikki qavatli(yerto"lasi bilan) kottedji devorlarini tekislab, alebastr suvoq qilib, ko"zni chaqib olmaydigan sokin va iliq rangli bo"yoqlardan chiqararkan, mehmonxona devoriga moybo"yoq bilan ulkan o"rmon manzarasini ishlay boshladi.
  
   Iskanaqul Karkidonovning xotini Bibisuvaydo Xolbo"rining san"atini maqtab, uning ko"nglini ovlash bilan ovora.U avvaliga eri Iskanaqul Karkidonov tayinlaganiday xonadagi yog"och o"ymakorlik san"ati namunasi sifatida ishlangan olti qirrali yengilgina xontaxtaga qazi - qartali gazaki, qimmatbaho aroq konyaklarni keltirib qo"ydi.
  
   -Usta, har zamonda bir nafas rostlab, mana bu rassomlarga ilhom keltiradigan quling o"rgilsin ichimliklardan ellik gramm, ellik gramm no"sh etib ishlang.Toliqib qolmang tag"in-dedi.
  
   -Kelin aya, rahmat.Lekin men ichkilik ichmayman.Sigaret ham chekmayman.Menga achchiq achchiq ko"k choy bo"lsa.Issiq issiq ko"k choy ichib ishlashga nima yetsin -dedi Xolbo"ri.
  
   -Yo"g"e, nahotki?!Axir rassom xalqi ichmasa qo"li qaltirab, asar ishlolmay qoladi deyishadiku? -dedi Bibisuvaydo hayron bo"lib va ishonqiramay.
  
   -Bo"lsa bordir.Lekin men ichmayman.Ichkilikni yomon ko"rib qolishimga G"oyib traktorchi sabab bo"lgan.Bir kuni daryo sohiliga tutash o"tloqda har galgiday etyudnikni o"rnatib, dalalar manzrasini ishlayotgandim.
   Nariroqda uzun uzun o"t o"lanlar, yulg"un butazorlari aro chivinlarni dumi bilan haydaganicha sigir o"tlab yurar, yon verimda oppoq kapalaklar sassiz sadosiz tentirab uchib yurishardi. Bir mahal dala yo"lida boshiga kepkasini qiyshiq kiygan G"oyib traktorchi paydo bo"ldi.Oyoq olishidan uning mast ekanini anglab olish qiyin emasdi.Men tabiatan yolg"izlikni, sukunatni sevganim uchunmi, mast traktorchi G"oyib bilan suhbatlashib, bekorga vaqtni isrof qilgim kelmadi va etyudnikni yig"ishtirib, yulg"un butalari ortiga berkindimda, uning o"tib ketishini kutib turdim.G"oyib traktorchi bo"lsa, aynan men berkingan joyga yaqin kelib, to"xtadi.So"ng ariqdan xatlab, o"tloq tamon o"tarkan, uzun uzun o"t o"lanlar orasida beg"amgina o"tlab yurgan sigirga yaqin keldi.Keyin gapira boshladi:
  
   -Ha, mol, o"tlayapsanmi, xas xashaklarni yamlab, maza qilib? O"tla, o"tlayver.Meni tanisang kerak a.Men G"oyib traktorchiman.Sen o"tlayver, o"tlayver.Men o"zi odamlardan ko"ra xayvonlarni qattiq hurmat qilaman. Chunki sizlar donishmandlarga o"xshab kamgap, kamtarinsizlar.Odamning gapini ot solmay, jimgina tinglaysizlar.Kalondimog", tamagir, xasadgo"y va baxil emassizlar.Ayrim nopok rahbarlar kabi bizga o"xshagan oddiy odamlarga, faqir kishilarga kibr bilan ko"z qiringizda qaramaysizlar.Xalq mulkini talon taroj qilmay,boriga qanoat qilib, bir chetda jimgina yashaysizlar.Bilasanmi, men nima uchun traktorchi bo"lganman?Chunki men dalalarni, kengliklarni, yolg"izlikni, ibtidoiylikni sevaman.Ayniqsa kuzgi dalalardagi tumanlar sukunatini.
  
   Tumanlarda xira ko"ringan daraxtlar, yoki deylik, dalada sholg"om kovlayotgan yo g"o"zapoya to"playotgan dexqonlarning soyaday ko"ringan sharpalariga soatlab termulib turaman.Ayniqsa, tuman qoplagan kimsasiz dalada yolg"iz o"zing buldozer xaydab, yer shudgorlashdan ham zavqliroq mashg"ulot bormikin bu dunyoda deyman ba"zan.Paxtali pufayka kiyib, sovuq tumanlar qa"rida yolg"iz bir o"zing buldozer xaydab yurgan kuyi, istaganingcha xayol surasan, senga hech kim halal bermaydi, seni qora moyga belangan kambag"al traktorchi deb, boy, olifta yigitlarga turmushga chiqib ketgan sevgilingni eslab, ko"zlaringda ko"z yoshlaring xuddi radiator suviday qaynaydi.Ota onangni eslaysan.Odamzod ota onani, vatanni oldindan tanlay olmaydiku.Mening otam rahmatli mushtlashishni pulga sotib oladigan, qimorboz, bangi, piyonista odam bo"lib, oilamizning sho"ri edi.Onam rahmatli esa, aksincha kamtarin, kamsuqum, bizga beminnat xizmat qiladigan qul, oqsoch cho"ri edilar.Ertadan kechgacha dalada ishlab, bizga yegulik hozirlab, kirimizni yuvib, uy joyni, xovlini yog" tushsa yalaguday supurib, tozalab, sigir sog"ib, kelida qo"llari archilib sholi tuyib, hayotini bizga bag"ishlab, mehnat mashaqqat bilan olamdan o"tib ketdilar.O"lim to"shagida yotarkanlar, hech kimdan, hech narsadan nolimadilar, shikoyat ham qilmadilar.Qaytaga hammamizni duo qila qila joni uzildi.Bechoraning na qulog"ida sirg"asi na qo"llarida uzigi bor edi.Ishonsang, gunox bo"ladi deb, hatto suratga ham tushmaganlar.Ha, ha, sog"inganda bunday ko"rib, dilim taskin topadigan suratlari ham qolmagan.Agar tirnoqday suratlari qolganda ham, bironta rassomga istagan pulini berib, portretini chizdirardim, uyimizning to"risiga osib qo"yardim.Ehhh, onajonim!Shuncha xizmatimizni qilib bir marta ham minnat qilmagan mehribonim!Qanotsiz farishtaginam!.. Eslasam ko"zlarimdan tirqirab yosh chiqib ketaveradi... -dedi u ko"z yoshlarini kepkasiga alam bilan artib G"oyib traktorchi.So"ng yana gapida davom etdi: -Sen, mol menga e"tibor bermay o"tlayver.Men o"zi ichib olsam, shunaqa sal yig"loqi bo"lib qolaman.Lekin ko"z yoshlarimni hech kimga ko"rsatmayman.Yuragim hasratga to"lsa, shu yoqlarga kelib, o"t o"lanlar ustiga yotib, o"ksib o"ksib yig"layman.Ko"nglimni bo"shataman.Otam rahmatli, iloyim joylari Jannatdan bo"lsin, ichib kelsalar, bironta baxona topib, onamni urib, do"pposlar, dod degizib, uni xovlimizda chenadek sudrab yurardilar.Otamni to"xtatishga mening kuchim yetmasdi.Lekin otam shuncha ursalarda, onam unga biron marta ham gap qaytarmasdilar.Xudodan insof tilardilar halos.Menga esa doim otangni hurmat qil, bolam, ko"zlariga tik qarama, ota rozi Xudo rozi -deya nasixat qilardilar.Otam rahmatlining to"yib ichkilik ichib, guzarda yo bironta devor tagida yiqilib qoladigan odatlari bor edi.Bizga bu haqda ko"pincha Mirzavoy pochtachi xabar yetqazardilar.Paxsa devorimiz osha qarab: -G"oyib, otang guzarda, qassobxonaning yonida mast bo"lib yotibdi! -der, biz onam bilan zambilg"altakni olardikda, borib otamni o"sha arvaga yuklab, uyga olib kelardik.Bir gal onam bechora kuchi yetmay zambilg"altakni ag"darib yubordilar.Mast otam suvi qurigan ariqchaga yuztuban yiqildilar.Biz onam ikkimiz ming mashaqqat bilan otamni xandakdan chiqarib, g"altakaravaga qayta yuklay boshladik.Men otamning qo"ltig"iga kirib: -Turing, ota, uyga ketamiz.Hamma bizga qarab ustimizdan kulyapti, turing - deyman, azbaroyi og"ir yukdan ixrab, sixrab, manglay tomirlarim bo"rtib.
   Odamlar kulib qotib yotibdilar.Ayniqsa yosh bolalar.
   Otam bo"lsa, biroz o"ziga kelib, ko"zlarini arang ochib odamlarga qararkan: -Ha, falonimga kulishyapsanmi a?!Ochib qo"yibdimi nax! -derdi, quruqshab, yorilgan, qovunning po"stiday to"rlagan lablarini yalqovlarcha yalab.Keyin bir bolaning ketiga qaratib tepgan edi, oyog"idagi bir poy batinkasi yechilib, havoga ucharkan, bir ikki aylanib, yerga tap etib tushdi.Odamlar yana qorinlarini silkitib, uzoq kuldilar.Ayniqsa bolalar.Bir kuni undan ham qiziq voqea sodir bo"ldi.Otam rahmatli qovoqxonada ichkilik ichib, mast bo"lib qolgach, ko"chaga chiqib, kiyimlarini yechdida, ularni o"rab, turmaklab, anxorga otarkan, uzun cho"pak bilan turtib, kiyimlarini suvga cho"ktirdi.Keyin to"plangan tumonat tamoshatalab odamlarga qarata: -Ey xaloyiq!Men hozir mana bu elektr simlari ustidan u yoqdan bu yoqqa langarsiz yugirib, sizlarga ajoyib tamosha ko"rsataman! -dedi.Keyin simyog"ochga tirmashib chiqib ketayotib, chang to"zon ko"targanlaricha gursillab yerga quladilar.Shu payt masjiddan nomoz o"qib qaytayotgan chollarni ko"rib qoldilaru ularga: -Ha, kelaverlaring, ablaxlar!Niqob kiyib, soqol mo"ylab yopishtirib olgan yovuz ninzalarning vaxshiy otryadi!Qo"llaringdagi xassa ichida o"tkir yapon qilichlar borligini men juda yaxshi bilaman!Qani, kelaverlaring yakkama yakka!Qorateminan urib, taykvando bilan tevib teylayman, hammangdi! -deb baqirdi.Otam rahmatlining bu gaplarini eshitib, qo"rqib, o"takasi yorilgan chollar ortga, masjidga qarab tumtaraqay qochvordilar.Otam rahmatli chollarni guzargacha tizg"iratib quvib bordi.Yaxshi, degin, becharalar masjidga kirib, dorvozani berkitib, tambalab oldilar.Ertasiga o"zlariga kelgach, onam otamning kechagi ko"rsatgan "karomatlari"ni aytib yig"layotsalar, otam: -Axir, har zamonda bir shunaqa jinnilik qilib turmasam, menga ko"z tegib ketadida -dedi.Shunaqa ajoyib inson edida, mening otam.Rahmatli keyinchalik bir odamni chavaqlab qo"yib, o"n yilga qamalib ketdilar.Senga o"xshagan bir gavmush sigirimizni sotib, pulini advokatga olib borib berdik.Advokat o"rtaga tushib, jinoyat pichoq yordamida emas, iskana bilan amalga oshirilgan deya malakalasa ham baribir hukm o"zgarmadi.Onam ikkimiz otam yotgan qamoqxonaga o"n yil jo"natqi tashiganmiz.Bir gal qamoqxonaga uchrashuvga borsak, ozib, to"zg"ib, taglab qirilgan sochlari oqarib ketgan otamni arang tanidik.Tishlari tushib ketgan.Qo"llari tatuirovkalardan ko"karib ketibdi.Ozg"in ko"kragida odam kalla chanog"idan o"rmalab chiqayotgan ilonning surati bor ekan.Otam menga qarab:-Ha, o"g"lim, yuribsanmi? -deb kulishga harakat qiluvdilar, qo"rqib ketdim.Onam ikkimiz uyga yig"lab qaytganmiz o"sha kuni. Endi qamoqdan ozod bo"lib, uyimizga qaytadilar deb yursak, qamoqxonadan shum xabar keldi.Otam qamoqxonadan qochaman deb, devordan osholmay, zapretka tikonli simlariga o"ralashib qolgach, ariston qo"riqlayotgan soldat bola uni avtomat bilan otib tashlabdi.Bu ko"rgiliklarga chidolmagan onam bechora, otamni qattiq sevar ekanlarmi, haytovur, ikki oy deganda u ham olamdan o"tdi.Men butunlay yetim bo"lib, yolg"iz qoldim.Meni mahalla axli yetimlar uyiga topshirmoqchi bo"lganida, enam rahmatli: -Axir, men bormanku.To men tirik ekanman, nevaramni hech kimga bermay, o"zim tarbiyalayman deya meni qaramog"iga oldilar.Enam rahmatlining ayvonsiz, bir xonali loy tom kulbasi bo"lardi.Biz o"sha kulbada birga yashay boshladik.Kulba shiftiga bo"z qadalgan bo"lib, yillar o"tishi bilan u mato osilib, jinchiroqning tutunidan qorayib, xuddi bulutli osmonga o"xshab qolgan edi.Nazarimda o"sha bulutlarga o"xshash kulrang bo"z xozir jumbushga keladiyu, chaqmoqlar chaqib momaqaldiroqlardan shift yorilib, gumbiraqasr bo"lib ketadiganday tuyulaverar edi menga. Bahor kelsa, tomida qurtena, lolaqizg"aldoqlar gullaydigan u ayvonsiz, bir xonali kulba, Arabistonning Makka shahridagi to"rtburchak Ka"bani eslatardi menga.Sen, mol unaqa narsalarni bilmaysan.Lekin sen tashvish chekma.O"tlayver.Hullas, desang, Enam kechalari bambukka o"xshash qoqsuyak barmoqlari bilan eski sandig"ini ochar va o"limliklari orasidan, oppoq kafanini olib, menga maqtanar edilar.Men esa enajonimning soddaligidan kular edim.Bekorga kulgan ekanman.Endi bilsam, odamzod hatto molu dunyosi bexisob milliarder boy bo"lsa ham, hukmdor podshox bo"lsa ham bu dunyodan o"sha enam maqtagan besh quloch matoni, kafannigina olib ketar ekan halos!Voh, mening yupungina kiyingan kamtargina donishmand enamma!Mehribonim enammaaaa -aaxx -xaxx-xaxaxaxaaaaa!Enammooooo!Enammo!G"oyib traktorchi shu tariqa o"t o"lanlar orasida yotganicha uzoq yig"ladi.Unga rahmim kelib, ko"zlarimdan yosh chiqib ketdi.Shu voqeadan keyin ichkilik va boshqa inson boshiga kulfat yog"diruvchi illatlarda uzoq yurishga qaror qildim -deya qayg"uli hikoyasini yakunladi Xolbo"ri.
  
   -Ndaaa! -dedi Iskanaqul Karkidonovning xotini Bibisuvaydo, xo"rsinib.Keyin quvnoq jilmayganicha dedi: -E, qo"ying o"shanaqa qayg"uli gaplarni.G"oyibning otasi me"yorni bilmaganda.Ichkilikni me"yorida, oz ozdan ichib turilsa zarar qilmaydi.Hamma narsaning ham me"yordan ortig"i zahar.Ozi esa dori.Xuddi ilonning zahari kabi.Ko"pi o"ldiradi, ozi davolaydi.Ha, aytganday, men sizga bir narsa demoqchiydim.Ha, o"la, nima demoqchiydim.Hozirgina tilimning uchida turuvdiya...Ha, esimga tushdi.Xolbo"ri, siz odamlarning portretlarini ham chizar emishsiz, shu rostmi?
  
   -Ha, nima edi? - dedi Xolbo"ri, garchand Bibisuvaydo xonimning maqsadini oldindan anglab turgan bo"lsa ham, o"smoqchilab.
  
   -Shu, desangiz, Iskanaqul Karkidonuvuch bilan muzeylarga borganda aslzoda malikalarning qadimiy portretlarini ko"rib, ularga havasim kelardi.Niyyat qilsa yetadi deganlari to"g"ri ekan.Qarang, bugun taqdir meni sizday iste"dodli rassom bilan uchrashtirib turibdi.Agar yo"q demay, mening portretimni ishlab bersangiz, qo"shimcha haq to"lardim.Siz bunga nima deysiz? -dedi Bibisuvaydo, Xolbo"riga suqlanib qarab.
  
   -Mayli -dedi Xolbo"ri, devordagi o"rmon manzarasiga ishlov berishda davom etib.
  
   -Voy, rahmat!Aylanib ketay o"zimning rassom ukamdan!Sizni tanlab to"g"ri qilgan ekanaman.Iskanaqul Karkidonuvuch Mamatkarim degan naqqoshni yollaymiz degandilar, men unamay, Xolbo"ri bilan shartnoma qilamiz deb turib oldim.Voy, sabrsizlikdan yuragim toshib ketyapti.Qachon boshlaymiz ishni?Men hozir sochlarimni tartibga keltirib, qimmatbaho kiyimlarimni kiyib olay -dedi taraddudlanib Bibisuvaydo.
  
   -Yo"q, kelin aya, hozir emas.Bugun manzarani tugatishim kerak.Erta -pertaga.Maylimi? -dedi Xolbo"ri.
  
   -Xo"p, ukajon, siz nima desangiz shu.Ertaga bo"lsa, qaytaga yaxshi.Iskanaqul Karkidonuvuch ham kakraz ishga ketadilar... -dedi Bibisuvaydo xonim, Xolbo"rining taklifini maqullab.
  
  
   6 bob
   Yaxshilik
  
  
  
   Xolbo"ri yollanma ishni davom etdirish uchun Iskanaqul Karkidonovlar uyiga har kungidan ham barvaqtroq yetib keldi.U kelgan mahal Iskanaqul Karkidonov devordagi bitmagan o"rmon manzarasini tamosho qilib turardi.Xolbo"rini ko"rgan rais quvonib ketdi.
  
   -E, keldingizmi, ustasi?!Qo"lingiz dard ko"rmasin, san"atingizga tasanno!O"rmonlaru daryolarni qarang!Huv uzoqlarda kiyiklar o"tlab yuribdi!Qoyil!Sizni ishga taklif qilib to"g"ri yo"l tutgan ekanmiz.Bugun sadoqat bobida tengi yo"q, vafodor xotinim Bibisuvaydoning didiga yana bir bor besh ketdim.U odam tanlashni bilarkan.Men Mamatkarim naqqoshni yollaymiz desam, u: -yo"q, o"laman sattor, Xolbo"rini yollaymiz -deb turib oldi.Xotindan menga Xudo berganda o"ziyamche.Men baxtiyorman -dedi u semizlikdan pishillab nafas olib.
  
   -Ishim sizga ma"qul bo"lganidan xursandman, rais buva -dedi maqtovlar uchun minnatdorchilik bildirib, odob bilan kamtarona qo"l qovushtirganicha Xolbo"ri.
  
   -Yashang, uka.Hali bu uylarga kazo kazo ulfatlarim kelishadi.Bu manzarani ko"rishsa, kim chizdi bu asarni, bizga ham adresini ayting deyishib, kliyentlaringiz ko"payib ketadi hali, Xudo hoxlasa.U shunday deya xotiniga o"grilarkan, davom etdi: - Bibi, ustani yaxshilab boqqin.Nonushtaga haligi o"zim tog"dan olib kelgan yovvoyi asalarining asalidan va bexi, anjir qiyomlarni dasturxonga tort.E, asalmisan asalda o"ziyamche, yesang isitma chiqarvoradi -dedi Iskanaqul Karkidonov, tamshanib.
  
   -Iskanaxon aka, siz buyog"idan tashvish qilmang.Ustaga o"sha yovvoyi asalarining asalidan sutga aralashtirib beraman -dedi Bibisuvaydo erini xonadan deyarli surib chiqarib, Xolbo"riga kishi bilmas ayyorona ko"z qisib qo"yarkan.
  
   -Yasha, Bibi, sen o"sha yovvoyi asalarilarning asalidan ham shirinsan.Men senga ishonaman.Eh, yaxshiyam sen bor ekansan baxtimga.Bo"lmasa nima qilardim -dedi Iskanaqul Karkidonov, xotinining yuzlaridan muchcha olish uchun qalin lablarini cho"chchaytirib.
  
   -Nu, Karkidonich, uyat bo"ladiya.Usta qarab turibdi -dedi Bibisuvaydo erining quchog"idan sirg"alib chiqib.
  
   Shundan keyin Iskanaqul Karkidonov Xolbo"ri bilan xayrlashib, xonadan chiqdi.
  
   Lazzatli nonushtadan so"ng Xolbo"ri eski tuski korjomalarini kiyib, ishga kirishmoqchi edi, Bibisuvaydo unga kechagi vadasini eslatdi.
  
   -E, ishonsangiz, bu damlarni orziqib kutib, kechasi tuzik quruq uxlaganim ham yo"q, aylanay rassom uka.Qanday o"tirsam portretim chiroyliroq chiqarkin deb oynaga qarab, rosa mashq qildim -dedi Bibisuvaydo.
  
   -Yaxshi, kelin aya.Chizsam chiza qolay.Xolst tortilgan bitta rom ham bor.Biron joyni tanlang.Masalan xovlidagi bog"dami -dedi Xolbo"ri, mato tortilgan romni etyudnikka maxkamlarkan.
  
   -Bog"da nima qilamiz, ukajon.Odamlar ko"radi.Ayniqsa qo"shnilarimiz bizni ko"rgani ko"zi, otgani o"qi yo"q.Hammasi xasadgo"y, baxil, Xudo urgan odamlar.Uylarining derazasidan, cherdagidan teleskop durbinlar yordamida bizni muntazam kuzatib turishadi.Xudo bizni qo"shnidan qisgan.Yaxshisi yotoqxonaga kirib olamiz.Yugoslavskiy mebellarim fonida olasiz -dedi Bibisuvaydo.
  
   -Yaxshi - rozi bo"ldi Xolbo"ri.
  
   Shundan keyin ishga birov halal bermasin deb Bibisuvaydo, dorvozadan tortib uy eshiklarigacha qulflab chiqdi.So"ng Xolbo"rini ergashtirib, yotoqxonaga olib kirdi.
  
   -Ukajon, siz narsalaringizni tayyorlaguningizcha men ham kiyimlarimni almashtirib chiqaman -dedi u.
  
   -Xo"p bo"ladi, kelin aya -dedi Xolbo"ri va uskunalarini hozirlay boshladi.Anchadan keyin Bibisuvaydoning ovozi eshitildi: -Tayormisiz, usta?!
  
   -Ha! -dedi Xolbo"ri.
  
   -Unda ko"zlaringizni yuming!Syurpriz bo"lsin -dedi Bibisuvaydo.
  
   Xolbo"ri xo"p deb ko"zlarini yumdi.Bu orada kiyimxonadan chiqqan Bibisuvaydo Xolbo"riga:
   -Endi ko"zlaringizni oching! -dedi.
  
   Xolbo"ri ko"zlarini ochdi.Bu mahal uning ko"z o"ngida nafis ipakdan tikilgan uzun xalatda Bibisuvaydo kulib turardi.
  
   -Qalay, ko"rinishim chakkimas a? -dedi Bibisuvaydo.
  
   -Yaxshi, ammo suratingizni xalat bilan chizsam qanday bo"larkin? -dedi iymanib Xolbo"ri.
  
   -Unda mana bunday xolatimda chizing suratimni -dedi Bibisuvaydo xalatini yechib.Nafis ipak xalat uning oq marmarday badanidan suv kabi oqib tushdi go"yo.Xolbo"ri hayratdan o"zini yo"qotib, xuddi haykalning ochilish marosidida ishtirok etgan odamday qip yalong"och, hayosiz ayolga tikilganicha bir laxza turgan joyida qotib qoldi.
   Keyin o"ziga kelib, hayajondan qilt etib yutinarkan: -Iye, kelin aya, bu qanaqasi?!Tezda kiyining.Men o"lsam ham sizning suratingizni bu holatda chizmayman.Axir bu gunoxku! -dedi u.
  
   Xolbo"rining bu gaplarini eshitib, hozirgina kulib turgan Bibisuvaydoning qiyofasi tundlashdi.
  
   -Qanaqa gunox?!Axir qadim zamonlarda Italiyaning Florensiyasida, Venetsiyalarda rassomlar yalong"och ayollarning portretlarini ishlaganlarku!Xolbo"ri, unday dema, jonim!Men seni sevib qolganman!Bilsang, Mamatkarim naqqoshni yollamaganimizga ham aslida shu -senga bo"lgan o"tli muhabbatim sabab.To"g"risini aytsam, portretimni ishlashing ham men uchun unchalik ahamiyatli emas, eshityapsanmi?!Men seni sevaman!Bugundan boshlab ikkimiz norasmiy, o"g"rincha bo"lsa ham doimo birga yashaymiz.Hoxlasang, ertagayoq samolyotga chipta sotib olib, Parijga uchamiz.U yog"i Venetsiyaga qo"l uzatsa yetkudek.Ikkimiz binolar aksi jilvalangan suvli ko"chalarda, oydin va sokin sukunatli kechalar qayiqda jimgina, so"zsiz sayr qilib yuramiz.Xarajatlardan tashvish chekma.Menda pul ko"p.Anavi xarip Iskanaqulning topgan tutganini o"z nomimga rasmiylashtirib qo"yganman.Uy joylarni ham.Kerak bo"lsa ularni shartta sotamizda, chet elga surib yuboramiz.Tanish bilishlarim tiqilib yotibdi.Yordam berishadi.Bundan tashqari tilla taqinchog"u olmos brilliantlarim bexisob.Bu molu dunyo bir umr yeb ichib, o"ynab kulishimizga yetadi...Kel, azizim, manabu yumshoq parqu o"ringa...Kel, bo"riginam, meni g"aji! -dedi u yana jilmayishga harakat qilganicha, qo"llarini Xolbo"ri tamon cho"zib.
  
   -Yo"q, yo"q, aslo!Meni gunoxga botirmang!Men florensiyalik emas, o"zbekistonlik rassomman!Men shunday tarbiyalanganman.Buvim rahmatli, u dunyoda, maxshar kuni odamzod so"roq qilinayotganda odamning o"zi emas, uning tana a"zolari tilga kiradi va o"z egasining hoxishiga qarshi hech narsani yashirmay aytadi deganlar.Mana bu ko"rganlarimni ko"zim, bu yerga kirganimni oyoqlarim aytsa, men nima qilaman?! -dedi Xolbo"ri.
  
   Bu gaplarni eshitib, Bibisuvaydo handon otib kuldi.Keyin: -Eh, soddagina bola!Kampir enasining ertaklariga ishonib yuribdiya!Axir bugungi fan texnika Xudoning yo"qligini isbotlab bo"ldiku!Koinotda sun"iy yo"ldoshlar, kosmik stansiyalar, marsaxodlar uchib yurgan zamonda tuppa tuzuk rassom bola gunox haqida gapirib, yana u dunyoning borligiga ishonib yursa!Kashmar!Yaqindayam dindorlar yomg"irning qachon yog"ishini va onaning qornidagi bolaning o"g"il yo qizligini Xudodan boshqasi bilmaydi der edilar.Bugun, ana televizordan har kuni yomg"irning qachon yog"ishini oldindan aniq aqtmoqdalar va o"sha aytilgan vaqtda yomg"ir yog"moqda.Onaning qornidagi bolaning nafaqat o"g"il qizligini, hatto qorindagi chaqaloqning suratini chiqarib, ota onasining qo"liga tutqazib qo"ymoqdalar.Odamzodning tana a"zolari gapiradi degan gapga esa, bugun hatto tomi ketib qolgan jinni ham ishonmaydi... - dedi xunuk tirjayib, Bibisuvaydo.
  
   -Odamning tana a"zolari gapirmaydi degan so"zlarni o"z tanangiz a"zosi bo"lmish tilingiz bilan gapiryapsizku.Odamning tana a"zosi bo"lgan til gapirayotgan bo"lsa, nega boshqa a"zolar gapirmasin? Raketa, kosmik stansiya, marsaxod deysiz.Ular siz bilan bizni ko"tarib, koinotda muallaq uchib yurgan Yer shari oldida, bepoyon kosmik kengliklardagi son sanoqsiz sayyoralar oldida hechku.Eng ilg"or texnologiya ham odamzod aqli tafakkuri oldida mo"jiza bo"lolmaydi.Negaki o"sha texnologiyalar hammasi inson aqlining mevasi.Siz yaxshisi xalatingizni kiyingda, bu gunox ishlarni hoziroq bas qiling -dedi Xolbo"ri.
  
   -Oh, tentakkinam, nega meni tushunmaysan!Nega tushunmaysan!Bu yer yutkur rais Iskanaqul Karkidonov hezalak, eshityapsanmi?!Ilmiy qilib aytsak, jinsiy zaif, impotent!Endi tushundingmi?!U yostiqqa boshi tegdi deguncha pishillab uxlayveradi.Mening esa o"ynab kulgim keladi!Hoy yigit, bunchalar toshbag"ir bo"lma!Menga rahming kelsin, men axir seni sevaman!Eshityapsanmi, sevaman!- dedi, oh chekib yig"lab Bibisuvaydo.
  
   -Siz ham meni tushuning, kelin aya.Men besh minutlik o"tkinchi shaytoniy rohatni abadiy Jannatga almashtiradigan darajada axmoq emasman.Buning ustiga yosh yigit bo"lsam, siz esa kap katta xotinsiz.Mening ham yosh qizga uylanib, baxtli bo"lish niyyatlarim bor -dedi Xolbo"ri, narsalarini yig"ishtirarkan, xonani tark etish uchun taraddudlanib.
  
   Buni ko"rib Bibisuvaydoning g"azabdan tepa sochi tikka bo"ldi: -Qayoqqa?! Axir dorvozalaru eshiklar qulflangan, kalitlar mendaku, galvars!Qani ketib ham ko"rchi!Sen bola hali mening sovunimga kir yuvmabsan!Aytganimni qilmasang, o"zimni o"zim timdalab, o"z badanimni o"zim tishlab, ko"kartirib, meni xudojnik Xolbo"ri zo"rladi deb baqiraman!Keyin o"sha xarip Iskanaqul Karkidonuvuching o"zi seni sudga berib, qamatib yuboradi!Qamoqda chiriysan!Qiz bolaga uylanarmishlar!Meni zo"rlaganing haqida eshitsa, endi senga saksonga kirgan kampir ham tegmaydi!Uchastkovy militsioner Qog"ozqop Qorboboyev ham, mejdu prochim, mening o"ynashim!Xozir shundo tilpon qilsam, u seni it tutganday tutib ketadi! -dedi u, qahr bilan ko"zlarini chaqchaytirib.
  
   Ayolning gaplaridan Xolbo"rining ham g"azabi qaynadi.
  
   -Ey, razil g"ar xotin, nega meni senlayapsan?!Menga tuxmat qilgani uyalmaysanmi?!Qanday iflos ayolsan?!Ering, "Qovunkapa" shirkat xo"jaligining raisi bechora Iskanaqul Karkidonov senga o"ziga ishonganday ishonib, vafodorim, sevgilim deb ardoqlab, boshiga ko"tarsayu sen unga xiyonat qilasanmi, tuz yeb tuzdonga tuflagan nonko"r!Aynan senga o"xshagan ishtonbog"i bo"sh g"ar xotinlar dunyoning turli chekkalarida tanasini sotib, xalqimizni sharmanda qilmoqda!Ey arzimas, o"tkinchi ayshu ishratning, muvaqqat maishatning quli, nahotki ortingda oila, Vatan, Xalq turganini o"ylamasang?!Sen meni qamoq bilan qo"rqitma!O"zing qamalib ketmagin tag"in!E, uyingning remontigayam, o"zingayam... -dedi Xolbo"ri, yotoqxonaning qo"lda to"qilgan qimmatbaho cho"g"dek gilamiga "chaq!" etkizib tupurib.
  
   Buni ko"rib, Bibisuvaydo o"zi vada qilganiday o"zini o"zi timdalab, tishlab ko"kartirib: -Voydod, meni Xolbo"ri xudojnik zo"rlayati, yordam beringlar! - deb bor ovozda baqira boshladi.Keyin uyali telefonini olib, shosha pisha o"ynashi uchastkovy militsioner Qog"ozqop Qorboboyevga qo"ng"iroq qila boshladi.
  
   Xolbo"ri etyudnik yordamida deraza oynalarini sindirarkan, chaqqonlik bilan xovliga sakradi.Keyin devor oshib, jinko"chalar bo"ylab chopganicha uyiga kirib borarkan, uning avzoyini ko"rib, onasi Saidaxon qo"rqib ketdi.
  
   -Ha, bolam, senga nima bo"ldi? -dedi u havotir ichra.
  
   -Aya, tezda bu uydan keting.Bironta qarindoshlarnikiga berkining -dedi Xolbo"ri.
  
   -Tinchlikmi, bolam, nega berkinaman?Birontasini o"ldirib netib qo"ydingmi? -dedi Saidaxon aya sarosima ichra.
  
   -Yo"q, aya, menga bittasi tuxmat uyushtirmoqda.Hullas, vaqt ziq, keyin tushuntiraman.Iltimos, mening aytganimni qiling. Xozir bu yerga o"sha ishtonini boshiga kiygan muttaxam ayol olomonni ergashtirib kelishi mumkin -dedi Xolbo"ri.
  
   -E, xudoyimey, endi bunaqa ko"rguliklar ham bormidi! -dedi izillab yig"lab Saidaxon aya.Keyin o"g"lining aytganini qilib, xovli tamon qochdi.
  
   Xolbo"ri devor oshib, dalaga qarab yugirdi.U ilonizi so"qmoqdan chopib borib, qurib qovjirab yotgan jo"xorizorga o"zini urdi.Xolbo"ri iloji boricha jo"xoripoyaning ichkarirog"iga kirib ketish maqsadida, shatir shutir qilib, yuz -qo"llari makkajo"xorilarning qilichday o"tkir barglarida tilinib, yugiraverdi.Nihoyat, charchab, halloslaganicha yerga o"tirarkan, xuddi o"lim lageridan qochgan maxbusday jimlikka quloq tutib o"tirdi.Oradan bir soatlarcha vaqt o"tgach, Xolbo"ri o"zi aytganday bir to"da g"azabnok odamlar qo"lida tayoq, to"qmoq, ketmonsopi, panshaxayu o"roqlar bilan dala yo"lida paydo bo"ldilar.
  
   -U mana shu jo"xorizorga kirib ketdi, o"z ko"zim bilan ko"rdim! -dedi kimdir.
  
   -Tezda jo"xorizorni o"rab olinglar!Iflos biron yoqqa qochib ketmasin!Zinokorni tutib, anavi uchastkovy Qog"ozqop Qorboboyev kelgunicha, sudsiz, tergovsiz toshbo"ron qilamiz!Toki, boshqalarga ibrat bo"lsin!Voy, noinsooof!Iskanaqul Karkidonuvuch unga ishonib, buyurtma bersayu u ablax raisimizning farishtaday begunox, buloq suviday pokiza, mo""mina ayoliga jinsiy tajovuz qilib uni zo"rlasaya!-dedi yana kimdir.
  
   -Balki G"oyib traktorchiga aytib, makkajo"xorilarni kombaynda o"rdirarmiz?!O"shanda u qochib chiqishga majbur bo"ladi va biz uni tutib olamiz! -taklif qildi yana kimdir.
  
   -Yo"q, yaxshisi, jo"xoripoyaga o"t tortamiz!Birovning xotiniga ko"z olaytiradigan gazanda yonsa, ko"z o"ngimizda tiriklay yonib ketsin! -baqirdi yana birov.
  
   -Juda to"g"ri, jo"xorizorga o"t qo"yish kerak! - taklifni maqulladi kimdir va ulardan biri cho"ntagidan chaqmoqtosh olib, sigaret tutatib chekib, endi jo"xorizorga o"t ilashtirman deb turgandi, kutilmaganda uzoqdan mototsiklning tirillagan tovushi eshitildi.
  
   -Iye, uchastka noziri Qog"ozqop Qorboboyev kelyapti!Hozir "Tez yordam" bilan o"t o"chiruvchilar ham yetib kelsa kerak!-dedi kimdir.Jo"xorizorga o"t tortayotgan odam, shoshib chaqmoqtoshni o"chirdi.Ko"p o"tmay kajavali "Ural" mototsikli ortidan bulutday chang to"zon ko"tarib, uchastka noziri Qog"ozqop Qorboboyev yetib keldi.
  
   U mototsiklni chetga olib, matorni o"chirishi bilan, kimdir unga: -Grajdanin nachaynik, xudojnik Xolbo"ri mana bu jo"xorizorga berkinibdi.Olomon uni toshbo"ron qilmoqchi -dedi.
  
   -Yo"q, hurmatli grajdanlar, bizning mamlakatimizda o"zboshimchalikka yo"l yo"q!Biz xuquqiy demokratik davlatda yashamoqdamiz!Jinoyatchi adolatli sud oldida, qonun oldida javob berishi kerak!Ayniqsa, birovning jufti xaloliga ko"z olaytiradigan vijdonsiz kimsalar! -tushuntirdi uchastka noziri leytenant Qog"ozqop Qorboboyev.
  
   Keyin mototsikl kajavasidan karnayli ovozkuchaytirgichni olib, jinoyatchi bilan muzokaraga kirishdi.
  
   -Xudojnik Xolbo"ri!Qarshilik ko"rsatish befoyda!Jo"xorizor o"rab olingan!Qo"llaringizni yuqoriga ko"targaningizcha jo"xorizordan chiqing!Aks holda kuch ishlatishga majbur bo"lamiz!Sizga o"n besh minut muxlat!Vaqt ketdi! -dedi u amirona.
  
   Anchadan keyin Xolbo"ri qo"llarini yuqoriga ko"targanicha jo"xorizordan chiqib keldi.
  
   -Ha, bu boshqa gap -dedi uchastka noziri leytenant Qog"ozqop Qorboboyev va epchillik bilan Xolbo"rining qo"llarga kishan urdi.
  
   -Grajdanlar, ayblanuvchiga yaqin kelmanglar!Qonunchilikda aybsizlik prizumpatsiyasi degan narsa bor!Uning taqdirini sizlar emas, adolatli sud hal qiladi! -deya qo"shimcha qildi, g"azabnok olomonni tinchlantirib uchastka noziri.
  
   Shu mahal dala yo"lidan "Qovunkapa" shirkat xo"jaligining raisi Iskanaqul Karkidonovning brezent yopqichli "Villis" xizmat mashinasi katta tezlikda, chang to"zon ko"targanicha kapa kapa bo"lib kela boshladi.Iskanaqul Karikidonov xuddi Tanzaniyaning Serengetti vodiysida jirafa ovlayotgan ovchiday boshini xizmat mashinasi darchasidan chiqarib olgandi.
  
   -Qaranglar!Rais Iskanaqul Karkidonov hazratlarining shaxsan o"zlari kelmoqdalar!Xudojnikni shu yerdayoq asfalasofilinga jo"natadilar endi! -dedi kimdir.
  
   Lekin Iskanaqul Karkidonovning xizmat mashinasidan kulib tushgani, va xuddi qadrdon odami bilan ko"rishayotganday Xolbo"rini maxkam quchoqlab, unga minnatdorchilik bildirgani olomonni va uchastka nozirini lol qoldirdi.
  
   -Rahmat, Xolbo"ri uka!Iloyo mendan qaytmasa, Xudodan qaytsin!Sizdan u dunyoyu bu dunyo qarzdorman endi!Men u bevafo ayoldan qanday qutilishni bilmay, to"g"rirog"i ayblarini bo"yniga qo"yolmay yurardim!Siz menga yordam berdingiz!Hayron bo"lmang, do"stim!Men uyga har extimolga qarshi yashirin videokameralar o"rnatdirib qo"ygandim.Xudoga shukr!U manjalaqining jirkanch qilmishlari endi manabu diskka yozib qo"yilgan.Uni fleshkalarga ko"chirib nusxalab qo"ydim.Sudda asqotadi.Men uni qum taloq qo"ydim, ha ha qumtaloq!Bay bay bay baaaay!Xonavayron bo"lishimga bir baxya qolgan ekanku a!E, rahmat yana bir bor sizga, otangizga rahmat, ukajon! -dedi rais Iskanaqul Karkidonov Xolbo"riga, hammani badtar hayron qoldirib.
  
   Ayniqsa uning gaplarini eshitib, uchastka noziri leytenant Qog"ozqop Qorboboyevning rangi qumday oqarib ketdi.
  
  
   7 bob
   Hayrlashuv gulhani
  
  
  
   "Qovunkapa" shirkat xo"jaligining raisi Iskanaqul Karkidonov sudda yutib chiqdi va yengiltabiat xotini Bibisuvaydodan rasman ajrashib, o"z kotibasiga uylanib oldi.Xolbo"ri avvaliga Bibisuvaydo tanishlarini va bexisob boyliklarini ishga solib, inkor qilib bo"lmas dalilu isbotlarga qaramay, sudda yutadi va rais Iskanaqul Karkidonovning o"zini qamatib yuboradi deb o"ylab yurgandi.Keyin ma"lum bo"lishicha, Bibisuvaydoning boyligi ham, qudratli tanish bilishlari ham yo"q ekan.Uchastka Noziri leytenant Qog"ozqop Qorboboyev sudda prokuror va advokatning savollariga javob berar ekan: "Hurmatli sud hay"ati!Bibisuvaydo xonimning mening to"g"rimda aytgan gaplari qip -qizil tuxmat!Aksincha u meni yo"ldan urmoqchi bo"lganda, men xuquq tartibot organi xodimi ekanligimni, oilam, sevikli xotinim va farzandlarim borligini, bunday jirkanch axloqsizlik bilan shug"illanmasligimni aytganman.Shundan keyin bu yengiltabiat ayol shantaj yo"liga o"tib, shu tariqa mendan o"ch olmoqchi bo"lgan" deya barcha ayblovlarni inkor qildi va suvdan quruq chiqdi.
  
   Shular haqda o"ylarkan, Xolbo"ri uyali telefonini olib, Iltijoga qo"ng"iroq qildi.Keyin gapira boshladi:-Alo, bu dala shiyponimi?Yaxshi qiz, o"sha atrofda Iltijo degan qizga ko"zingiz tushmadimi mabodo?Agar mumkin bo"lsa uni bir minutga chaqirib yuborsangiz, muhim gap bor edi -dedi u.Uning gaplarini eshitib, Iltijo kula boshladi.Keyin so"radi:
   -Kechirasiz, Iltijo sizga kim bo"ladi?
  
   -A, Iltijomi?Nima desam ekan sizga...Iltijo mening sevgilim.Men uni bir zum ko"rmasam sog"inib qolaman, tushunyapsizmi?Usiz menga dunyo qorong"u -dedi Xolbo"ri.
  
   Iltijo yana kula boshladi.Keyin: -Jinnivoy, shunaqa deysizmi?Axir telefon suhbatimizni birontasi eshitib turgan bo"lsa nima bo"ladi? -dedi havotirlanib.
  
   -Eshitsa eshitar.Nima, men birovning sevganiga ko"z olaytiryapmanmi?Yo sevib, sevilmoq aybmi?Eshitsin, butun dunyo bilsin sizni telbalarcha sevishimni!-dedi Xolbo"ri.
  
   -O"shandaykuya, lekin sal qog"ozga o"rabroq gapirish kerakda o"zbekchilikda -dedi Iltijo.
  
   -Yaxshi, shunday qilamiz.Lekin men hozir sizdan do"ppi tor kelganda bir daqiqasini tonna tonna oltinga ham sotib olib bo"lmaydigan eng qimmatbaho narsa haqida so"ramoqchiman.Vaqt haqida.Bugun malikamning vaqtlari qalay, bir uchrashsak, diydorlashib deganday... Buyog"i paxta terimi ham nihoyasiga yetyapti.Erta indin ketib qolsangiz, mening hayotim kuzgi dalalar kabi xuvillab qoladi -dedi Xolbo"ri.
  
   -Voy, avliyomisiz?Qayoqdan bilaqoldingiz?Rostdan ham ertaga shaharga qaytamiz.Narsalarimizni yig"ishtiryapmiz.Avtobuslar kelsa... Eh, shaharni, uyimizni, ota onamni o"lguday sog"indim -dedi Iltijo, chuqur xo"rsinib.
  
   -Ha endi avliyo bo"lmasak ham, devor qulasa ko"chani ko"ramiz.Hullas, men sizni daladagi yakkatut yonida kutaman.Dala shiyponidan yakkatutgacha deyarli bir qadamku.Gulliverning qadami bilan o"lchansa.Tumanda qo"rqsangiz, o"zim borib olib kelay -dedi Xolbo"ri yana.
  
   -Haya, tumanda bo"rilar g"ajib ketsa nima qilaman? -dedi Iltijo.
  
   -G"ajimaydi, xotirjam bo"ling.Bu dalalar Xolbo"rining territoriyasi.Qani bironta bo"ri yaqin kelib ko"rsinchi!Tilka pora qilib teyleyman! -dedi Xolbo"ri, g"azabnok bo"riday irillab.Keyin uliy boshladi.
  
   -Yo"q, tumanda bir o"zim yurgani qo"rqaman -dedi Iltijo.
  
   -Eh, shu ham tibbiyot oliygohining talabasi bo"ldiyu!Yurakdan ham bor ekanku a!O"qishni bitirganingizdan keyin tajriba oshirish uchun sizni bironta o"likxonaga yuborishsa nima qilasiz?U yerda oq surpga o"rab qo"yigan murdalar nursiz ko"zlarini baqraytirib, engak tashlab yotadi.Talaba degan u o"liklarni bunday sartaxtaga tortib, nishtar bilan yorib, bosh chanog"ini trepanatsiya qilib, ochib, tekshirishiga to"g"ri keladi.Mayli, qo"rqsangiz, shiyponda o"tirib turing.Men o"zim g"ir etib borib, sizni olib kelaman.Bugun ikkalamiz o"tin to"plab, dalada gulhan yoqamiz -dedi Xolbo"ri. Shu tariqa ular hayrlasharkan, Xolbo"ri telefonni o"chirib, kissasiga soldi.Keyin shiypon tamon jo"nadi.Uning shiyponga yaqin borganini tumanda hech kim sezmadi.Xolbo"ri kissasidan qo"l telefonini olarkan, yaxshiyam telefon bor deya o"ylab qo"ydi.So"ng yana Iltijoga qo"ng"iroq qildi.Lekin kutilmaganda Iltijoning "Po"!" degan tovushidan cho"chib, yuragi yomon bo"lib qolay dedi.Uning qo"rqib ketganini ko"rib, Iltijo kulaverib qotib qoldi.Qornini changallab, buralib kuldida o"ziyam.Kulaverib becharaning ko"zlaridan yosh chiqib ketdi.Xolbo"ri ham kuldi.
  
   -Eh, dovyurak rassom!Chumchuq pir etsa, yuragingiz shir etarkanku!Yana o"likxona, murdalar haqida safsata sotasiz -dedi Iltijo, hamon huzur qilib kulganicha.
  
   Ular kula kula dala yo"lidan yurib, tumanda xira ko"rinib turgan ulkan yakkatut tamon yurdilar.Ko"zlangan joyga yetib kelishgach, Xolbo"ri cho"ntagidan chaqmoqtosh olib, gulhanni yoqdi.Gulhan alanga olar ekan, g"o"zapoya va o"tin cho"plar guvillab yona boshladi.Olov shu"lasida Xolbo"ri bilan Iltijoning soyalari afsonaviy devlarday lopillab, goh uzayar, goh qisqarar, qizg"ish, pushtirang uchqunlar chirsillab uchar, ko"zni achitguvchi ulkan tutun iloni osmonga o"rlardi.
  
   -Mana bu xaltada kartoshkalar bor.Hozir men sizga gulhan cho"g"ida kartoshka pishirib beraman -dedi Xolbo"ri va xaltadagi kartoshkalarni gulhan cho"g"lariga ko"mdi.Keyin gulxanga g"o"zapoya va daraxt shox -shabbalaridan tashlarkan: -Nega qarab turibsiz?Olovni boqishga ko"maklashmaysizmi?Qarang olov o"tinlarni qanday ishtaxa bilan qasrlatib yeyyapti! -dedi.
  
   Iltijo xo"p deb g"o"zapoyalarni va qurigan yulg"un shoxlarini gulxanga tashladi.Uning yuzlari olov shu"lasida xuddi oltin niqobday tovlanar, nozik qo"llarini olovga toblaganicha shodlanib jilmayardi.
   -Qanday ajoyib!Men bu damlarni hech qachon esimdan chiqarmayman -dedi u hamon gulhanga o"ychan termulganicha.
  
   -Men ham kimsasiz kuzgi dalada gulxan yoqishni va yolg"iz o"zim olovga termulib o"tirishni o"lgudek yaxshi ko"raman.Shaharda qanaqa bilmadimu, bizning qishloqda kim uylansa, albatta uning to"yida kelin tushdi mahal gulhan yoqiladi.G"at -g"ut karnay sadolari, surnay nolalariyu nog"oralar zarbi ostida yigit qizlar gulxanni aylanib, raqsga tushadilar.Keyin kuyov paranjiga o"rangan kelinni ulkan lichinkaday biltanglatib yelkasida ko"targanicha odamlar koridori aro yugirib, uydagi chimildiqqa qo"yib chiqadi.Albatta bu qadimiy an"analarga bizning ko"zimiz o"rganib qolgan.Lekin bu jarayonni yevropaliklar, yoki kanadaliklar ko"rsa, hayratdan yoqa ushlashlari tabiiy.Ular uchun bizning an"analarimiz juda qiziq.Bir gal Tuqumbo"y degan bola uylanib, to"yida paranjiga o"rangan semiz, og"ir kelinchakni ko"tarib, azbaroyi zo"riqishdan bo"yin tomirlari o"qlovday bo"rtib, inqillab ketayotgandi, kimdir uni chalib yubordi.Tuqumbo"y muvozanatini yo"qotib, yonbosh -yonbosh yurib, chirindi to"la xandakka qulaganda kulaverib ichaklarimiz uzilay degan -dedi Xolbo"ri.
  
   Uning gaplaridan Iltijo handon otib kularkan: -To"yimiz kuni siz ham meni o"sha Tuqumbo"yga o"xshab yiqitib yubormaysizmi, xandakka?! -dedi.
  
   -Uning uchun avvaldan sizni har kuni uch -to"rt mahal ko"tarib, tirnopka qilib turishim kerak -dedi Xolbo"ri, gulhanga termulgan kuyi miyig"ida kularkan.
  
   -Ho, buni qaranga!Rejalar zo"rku? -kuldi Iltijo ham.
  
   Anchadan keyin Xolbo"ri gulhan cho"g"larini cho"pak bilan titkilab, pishgan kartoshkalarni kovlab chiqardi.Keyin ulardan birini olib, u qaftidan bu kaftiga otib, puflay -puflay sovutib, uni ikkiga bo"ldi.Kuyib qoraygan po"choqlar ichidan pishgan kartoshka oqarib ko"rindi.Kartoshkani yaxshilab sovutgach, Xolbo"ri uni Iltijoga uzatdi: -Qani, bir yeb ko"rsinlarchi qishloqilarning daladelikates degan taomini.Manabu tuzdan sepib, keyin tanovvul qilinsa, juda ketadida -dedi u.
  
   Iltijo Xolbo"ri aytganday, cho"g"da pishgan kartoshkaga tuz sepib yerkan, rohatdan ko"zlari yumilib: -Umx, bay bay bay baaay!Qanday mazali! -deb qo"ydi, mamnun jilmayganicha.Unga qarab turib, Xolbo"ri xoxolab kulib yubordi.
  
   -Ha, nega kulyapsiz, barno yigit? -dedi Iltijo.
  
   -Og"zingiz qorayib qolli -dedi Xolbo"ri.
  
   Iltijo shoshib og"zini yengiga artgan edi, qorakuya suvalib ketdi va Xolbo"ri badtar kula boshladi.
  
   Bu orda u bitta kartoshkani yegan edi, uning og"zi ham qoraydi.Xolbo"rining qoraygan og"ziga qarab Iltijo rosa kuldi.
  
   -Hadeb kulavermang.Hozir bitta qaynoq kartoshkani ko"ylaginingizning yoqasidan ichingizga teylab qo"yaman -dedi Xolbo"ri va issiq kartoshkani olib, qizni quvlay boshladi.Iltijo qiqir qiqir kulganicha gulhan atrofida aylanib qocha boshlarkan, Xolbo"ri kutilmaganda g"o"zapoya cho"kirtaklariga qoqilib, yerga yiqildi va issiq kartoshka qo"lidan uchib ketdi.Boyadan beri kulib qotayotgan Iltijo, yerda yotgan issiq kartoshkani olib, Xolbo"rining yoqasiga tiqdi.Kartoshka ko"ylak ichiga dumalarkan, kuyib qolgan Xolbo"ri, kartoshkadan halos bo"lish uchun tipirchilab, o"z tanasiga shappatilab, cho"g" yutgan baqaday sakray boshladi.Buni ko"rib, Iltijo kulaverib charchab, yerga yotib qoldi.Xolbo"ri esa yerga tushgan kartoshkani ola solib, qizga tashlandi.Lekin bu payt kartoshka ancha sovib qolgan edi.Xolbo"ri Iltijoni quchoqlagan kuyi uning kulib turgan charos ko"zlariga tikilib qoldi.Shundan keyin gulhan shu"lasida ikki soya gul va pechakdek bir biriga chirmashib ketdi.
  
  
   8 bob
   Eshak bilan suhbat
  
  
  
   Iltijo bilan Xolbo"rining hayrlashishi juda qayin bo"ldi.
   -Mayli unda, Iltijo, hayr.Tez kunlarda yana ko"rishamiz, Xudo hoxlasa.Yaxshi yetib oling.Yig"lamang, axir shahar qochib ketmaganku.Qolaversa, hozir Layli, Majnun, Farxodu Shirin, yoki Romeo va Juliyettalar zamoni emas.Baxtimizga qo"l telefonlari bor...Iye, yig"lamang desam, yana yig"layapsizku.Qani, ko"z yoshini bas qilib, hoziroq jilmayingchi.Eh, sizdan ajralish men uchun ham naqadar og"ir ekanini bilsangiz edi.Shu ikki oy muddatda sizga shu qadar bog"lanib qoldimki, hozir tanamning teng yarmini qilich bilan kesib, olib ketishayotganday tuyulmoqda menga.Go"yo yuragimni sug"urib olishayotganday.Lekin, nachora, vaqt deganlari beshafqat hakam.Unga oddiy odamlardan tortib, qudratli hukmdorlaru boyligi dunyoga sig"maydigan badavlat boylar ham qarshi chiqolmaydi, uni hech qanday kuch to"xtata olmaydi.Vaqt bor ekan, bir kuni inson bor topgan narsalaridan, o"zi sevgan insonlaridan, yaqinlaridan vaqtinchalik emas, bir umrga emas, manguga judo bo"ladi.Tushunyapsizmi, abadul abad!Bu narsani bir zum tasavvur qilmoq, his etmoqning o"zi daxshat!Bunday judolik qarshisida siz bilan bizning vaqtincha ayrilishimiz hech narsa emas.Hullas, haligi gap.Xudo hoxlasa, sizlarning uyingizga onam sovchilikka boradilar.Ota onangiz rozi bo"lgan mahal siz unamay turib olmangda ishqilib -dedi Xolbo"ri.Iltijo Xolbo"riga ko"zlari to"la jiqqa yosh bilan jilmayib qaradi.Keyin u ham gapira boshladi: -Men ham bu ajoyib qishloqda yuragimni qoldirib, shaharga bo"m -bo"sh vujud bilan qaytayotgandayman.Lekin bu yoqlarga kelib, sizni topib olganimdan xursandman.Bu dalalarda siz bilan o"tgan ajoyib damlarni, bizni uchrashtirgan paxtazorlarni, ikkimiz qayiqda suzgan, baland qamish devorlari shamollarda mayin shovullagan, son sanoqsiz oppoq liliyalar ochilib yotgan daryo deltasini, ikkalamiz gulhan yoqqan kunni, sizning ichaguzdi hangomalaringizni hech qachon unutmayman.Siz chizgan portretni ota -onamga ko"rsataman.So"ng uni o"zimning xonamga, shundoq karovatimning ustiga ilib qo"yaman.Har gal portretga qaraganimda siz yodimga tushasiz.Telefonlashib turamiz.Yana men ketgach, boshqasini topib olib, telefon raqamlaringizni o"zgartirib olmang! -dedi u kulishga harakat qilib.
   -E, Xudo saqlasin -deb qo"ydi Xolbo"ri.
   Shundan keyin ular yana bir bor hayrlashdilar.Iltijo avtobus oynasidan Xolbo"riga qo"l siltar, nimalardir der, ammo oyna ortidan uning ovozi eshitilmasdi. Xolbo"ri ham to avtobuslar karvoni ko"zdan g"oyib bo"lgunicha qizga qo"l siltab turdi.Avtokolonna ilonizi qishloq yo"lidan olislaganicha, tumanlar qa"riga singib ketdi va o"zi bashorat qilganiday Xolbo"rining hayoti Iltijosiz xuddi kuzgi kimsasiz dalalar kabi xuvillab qoldi.Uyda undan badtar edi.Mana u kechagina xasharchi talabalarning jarangdor kulgilaridan gavjum, bugun esa sukunat qa"riga cho"mgan dala shiyponi yonida kuzgi dalalarni, tumanda janubga uchib ketgan qushlarning bo"m bo"sh inlarini hovuchlarida tutgan daraxtlarni, o"rgimchak to"riga o"rangan burganlarni, Yulg"un butalarini va tumanda o"tlab yurgan eshakni bo"yoqda aks ettirish bilan ovora bo"lib turgandi, bir mahal tumanli yo"ldi kimningdir g"ira shira qorasi ko"rindi.Sharpa yaqinroq kelgach, Xolbo"ri uni tanidi.Mastlikdan gandiraklab kelayotgan u odam G"oyib traktorchi edi.Mast odam odatda mijg"ov bo"lishini va o"zining be"mani gaplari bilan odamning vaqtini olishini, ishdan qo"yishini, hatto jig"iga tegib, dilini ranjitishini yaxshi bilgan Xolbo"ri o"zini panaga oldi.Ammo G"oyib traktorchi to"g"ri o"tib ketmay, shiypon yonida to"xtadida, bir zum mayatnikday chayqalib turarkan, kutilmaganda yulg"un butazorlari tamon yurdi.Buni sezgan eshak boshini norozi sarak sarak qilarkan, pishqirib qo"ydi.So"ng yana beg"amgina o"tlayverdi.Xolbo"ri G"oyibning harakatlariga qarab, u eshakni minib ketmoqchi shekilli deb o"yladi.Ammo traktorchi eshakka gapira boshladi:
  
   -Yag"ir, yaxshimisan?!Sokin sukunatda, tumanli dalada yolg"iz o"zing xayol sureyeyeb, maza qilib o"tlayapsanmi?O"tla, o"tlayver.Menga e"tibor berma.Biyday dala.Yo"lda bironta ham odam ko"rinmaydi.Tumanda senga ko"zim tushib qoldiyu, kel, shu eshakdan hol ahvol so"ray, biroz suhbatlashay dedimda.Men sening tilingni tushunmasam ham, sen mening so"zlarimni tushunsang kerak.Agar tushunmaganingda, hech yo"q bironta savol berarding.Indamay o"tlashingdan sen dunyodagi barcha tillarni biladigan donishmand olim eshak ekaning shundoq bilinib turibdi.Odatim, aroq ichganda sergap bo"lib qolaman.Buning ustiga dalalarda yolg"iz o"zim traktor haydab, bahoriy kengliklarda ortimdan qaldirg"ochlar galasini ergashtirganimcha mola sudrab, yer tekislayman.Yozda yam -yashil g"o"zalarga ishlov berib, kultivatsiya qilaman.Mana bunaqangi osoyishtalik hukm surgan kuzgi tumanlarda xaftalab uyga kelmay, dalalarni shudgorlayman.Kechalari dala shiyponidagi shalog"i chiqqan yig"ma krovatimda uxlayman.Endi o"zing o"yla, axir men ham insonman, kim bilandir suhbatlashib turmasam, yovvoyi odamga aylanib qolishim mumkin.Shuning uchun senga o"xshash yag"ir eshaklar bilan, goho sigirlaru qo"y echkilar, chumchuq, chigirtka, qurt qumursqalar bilan suhbatlashib turaman.Tevarakda birontayam odam qolmagan bo"lsa, nima qishlish kerak, axir.Qolaversa sen chaqimchi emassan, aytgan har bir gapimni telefoninga xufyona yozib olib, oqizmay tomizmay, kerakli joylarga yetkazmaysan.Shu desang, qo"shni qishloqlik bir hamkasbimiz o"g"lini uylantirdi.Kambag"al odamning qo"li ochiq bo"ladida.Kishi boshiga bittadan aroq to"g"ri keldi desam, mubalog"a bo"lmas.Kemamiz cho"kib ketguncha ichdik.To"yga shahardan Zaparg"ani degan otarchi kepti.O"ttiz ikkita tishining hammasiga tilla qoplangan.Og"zi qimmatbaho toshlar saqlanadigan hamyonmi deysan.Ovozi, xafa bo"lmaginu, sening ovozingdan ham xarob.Men ham undan yaxshiroq aytaman ashulani.Bir mahal, qorniga sadaf qadalgan torini ting"irlatib, "Feruz"ni boshlab qoldilaru, akam.
  
   -Mushkiiiiin qoshiiiingniii haaaaayratiiiiy, ul chaaaangashmi jaaaaalloooood uuuuustinaaaaaa!
  
   Vax muuuuuncha oooofaaaaat miiiy bo"luuuur yooooovraaaax bir ooooodamiiiiyzoooongoood uuuuustinaangaaa!
  
   deya baqirayotgandi, yonimizda o"tirgan Shoir Shovqin Suron ibn Sokin Sukunat tahallusli ijodkor kutilmaganda shartta o"rnidan turib:
  
   -Ey, Zaparg"ani, tezda ashlangdi to"xtat qani!Ezma qo"shiqlaring bilan yuragimizni qon qilib yubordingku!Sal sho"xroq qo"shiqlaring yo"qmi?!Qara davrada zamonamiz qahramonlari, qilichday ilg"or mexanizatorlar o"tiribdi!Sho"xidan ayt, yigitlar jaranglagan xanjarlarni tishlab, sahrodagi quyunday chirpirab aylanib lazginkaga o"ynasin!-deya baqirdi.
   Bu gaplardan tabiiyki, otarchi Zaparg"ani qattiq g"azablandi.
  
   -Nifiga sebe!A t kto takoy, chtob tut komandovat a, alkash neschastny!Qo"shiqlarim yoqmasa g"ildira battan!Man bu qo"shiqlarimdi san"atni tushunadigan nozik, nafis didli shinavandalar uchun anov qilyapman, aytyapman!Senga o"xshagan egovlar san"atni, maqomni tushunarmidi!- dedi u.
  
   -Ya kto takoy?!E, men o"z zamonasidan ming, milliard yillar o"zib ketgan, hali she"rlarini insoniyat tushunishga qodir bo"lmagan modennust Shoir Shovqin Suron ibn Sokin Sukunat bo"laman! - dedi shoir faxr bilan.
  
   -Voy, voxaxaxaxaaaa! Shoirmishlar!Tahallusingni ham birinchi marta eshitib turibmanku!Shoir bo"lsang, hofizlar she"rlaringni qo"shiq qilardi va biz seni tanirdik.Svoloch samozvanets! Katis otsyuda, poka teloxranitellarim seni tilka pora qilib tashlamasdan! -dedi mahalliy hofiz Zaparg"ani.
  
   Shoir Shovqin Suron ibn Sokin Sukunat daxanaki bataliyani davom etdirdi:-E, ovozi palag"da otarchi!Birinchidan sen Ogohiy bovaning arvoxini chirillatib, "Mushkin qoshingning hayrati" deb aytyapsan.Hayrati emas, hay"ati, yor qoshlari sud hay"ati kabi tizilib hukm chiqargach, chashmi jallod, ya"ni ofatijon ko"z, kak b bu hukmni ijro etib, o"z oshig"ini o"tli nigoxi bilan qatl etadi, o"ldiradi demoqchi shoir.Ikkinchidan, sen bugun Ogohiy bovaning she"rlarini ashula qilib aytganing kabi, ming, million yillardan keyin mening she"rlarimni ham hofizlar qo"shiqqa aylantirib, o"zga sayyoralardan kelin tushirib kelayotgan kosmobuslarda, zvezdaletlarda, uchar tarelkayu, vaqt mashinalarida butun koinotni boshiga ko"tarib kuylab keladilar.Tak chto, sen bola katta ketma!Men olti yil karatening Fon Shau degan qo"l jangi bilan shug"illanganman.Havoda ikki marta aylanib, og"zinga qaratib tepaman, tilla tishlaring qiyshayib, og"zing yopilmaydigan, yopilsa, ochilmaydigan bo"lib qoladi.Urib, nomi suyaging bo"lsa un qilib tashlayman!Teloxranitellaringni ham! -dedi u.Shoirning bu gaplaridan hammamiz kulib qotib qollik.
  
   Inna degin, an"anaga ko"ra ommaviy mushtlashuv boshlandi.Yaxshi, hamkasbimizning baxtiga uchastka noziri leytenant Qog"ozqop Qorboboyev hazratlari pistirmada poylab yotgan ekanlar, zudlik bilan tartibbuzar Shoir Shovqin Suron ibn Sokin Sukunatni xibsga olib, qo"llariga kishan urarkan, "Ural" rusumli mototsiklining kajavasiga o"tqizib, uchastka yerto"lasiga olib ketdi.Shundan keyin to"y to"yday bo"lsin, pichoqbozlik bo"lmasin deganlariday, biz ham qolgan qutgan aroqlarni ichib, shishalarni qoqlab, tarqalishdik.Hozircha bor gap shu, yag"ir eshshak -dedi G"oyib traktorchi. Keyin eshak bilan hayrlashib, dala yo"liga chiqarkan, gandiraklaganicha yurib, tumanlarga singidi, g"oyib bo"ldi.
  
  
   9 bob
   Oydin dalalar
  
  
  
   -Guvillab esayotgan tungi qor shamolida havo liniyasining bironta simi uzildimi, qishloqda chiroq o"chib qoldi.Xolbo"ri chiroq o"chmay turib, qo"l telefonining batareykasini elektr energiyasiga to"yintirib olgani yaxshi bo"lgan ekan.Yo"qsa u Iltijoga qanday qo"ng"iroq qilar edi?Iltijo esa shaharda yashaydi.U yoqlarda chiroq deyarli o"chmaydi.Ya"ni telefoni jiringlashi bilanoq u aloqaga chiqadi.Shunday o"ylar bilan Xolbo"ri qo"ng"iroq qilarkan, o"zi o"ylaganiday trubkadan Iltijoning tanish, jarangdor ovozi keldi: -Eshitaman.Allo!Xolbo"ri aka, bu sizmi?!- dedi u shoshib.
  
   -Ha, men -dedi Xolbo"ri.U endi qizdan hol ahvol so"ramoqchi edi, Iltijo xursandligidan yana gapira boshladi:
  
   -Voy qanday yaxshiya!Endi o"zim qo"ng"iroq qilaman deb turuvdim!Yaxshimisiz?Xolam yaxshimilar?!Qishloq qirimlar tinchmi?Qoradayo tamonlarni, biz uchrashgan dalalarni, shaffof suvlar uzra nilufargullar ochilib yotgan qamishli deltani tumanlar qoplab yotgandir? -dedi u.
  
   -Hudoga shukur.Qishloq tinch.Onam ham yuribdilar.Men haliyam o"sha o"sha, dalama dala daydib, rasm chizib yuribman.Lekin sizsiz yashash endi menga qiyin bo"lib qoldi.Nuqul sizni o"ylayman.Atrofda hamma narsa, dov -daraxt, dalalar, qishloq yo"li, sohilga eltguvchi so"qmoq, daryo deltasi, tumanlar, barcha barchasi sizni eslataveradi.Ayniqsa xuvillab qolgan kimsasiz dala shiyponi.Borsam, shiypon oldi namiqqan xazonlardan ivirsib, deraza oynalari sinib yotgan ekan.Xuddi egasi ko"chib ketgan uyday jim -jit.Juda qayg"uli manzara.Ishqilib ayriliq azobidan, hijron qiynog"idan telbalanib qolmasam bo"ldi deya o"ylab qo"yaman ba"zan.Aytganday, yaxshi yetib oldinglarmi?Ota onalaringiz ham yaxshi yurishibdimi? -dedi Xolbo"ri.
  
   -Ha, rahmat, Xudoga shukr.Hammalari tinch.Siz chizib bergan suratimni ularga ko"rsatdim.Rosa xursand bo"lishdi.Siz haqingizda so"zlab berdim.Dadam, rassomlar bitta kartinasini sotsa, falon pul bo"ladi.Bundan tashqari hokimlarga, bankirlarga marhum ota onalarining portretlarini chizib bersa, uning bankdagi xisob raqamiga katta miqdorda pul surishlari, yoki to"lov foyizi oz bo"lgan imtiyozli kreditlarni berib, savdo sotiq bilan shug"illanishiga ko"maklashishlari mumkin -dedilar.Hullas, ishlar hozircha yomon emas.Lekin men paxtadan qaytayotib, avtobusda to uyga yetguncha yig"lab keldim.O"rganib qolgan odamingdan ayrilish juda qiyin bo"lar ekan.Endi mana, yotibman karavotimda yolg"iz.Devorda siz chizgan portret ilinib turibdi.Qachon kelasiz, shundan gapiring.Uyga emas, institutga boring.Darsdan so"ng bironta kafega kirib, shamlar yoqilgan aloxida stol atrofida miriqib suhbatlashamiz.Qishloqda kechgan ajoyib damlarni birgalashib eslaymiz -dedi Iltijo.
  
   -Siz o"qishni boshlab olavering, Xudo hoxlasa, albatta boraman.Onam ham qachon uylanasan, otang rahmatli o"tib ketdi, endi hech yo"q men ko"zimning tirikligida odamlarday kelin olib, nevaralar ko"rib, niyyatlarimga yetay -deya qistab, ko"z ochirgani qo"ymayapti-dedi Xolbo"ri.
  
   -Iye, otangiz olamdan o"tib ketganmilar?Joylari Jannatdan bo"lsin.Menga otangiz haqida gapirib bermagan ekansiz.Qachon olamdan o"tganlar?Kasalmidilar? -achindi Iltijo.
  
   -Bunga ancha yillar bo"lgan.Otam rahmatli sovet zamonlarida dalada oddiy kolxozchi bo"lib ishlardilar.Dexqonchilikning obi tobini biladigan ilg"or suvchi edilarda.G"o"zaning shonasi to"kilib ketmasligi, yerning unumdor qatlamini suv yuvib ketmasligi uchun daxanalarga qanday qog"oz qop tarnovlar qilish kerak, qachon suv qo"yish kerak, va hokozo ilmlarni suv qilib ichib yuborgan tajribali mutaxassis edilar. Otam rahmatli asosan dalalarga suvni kechasi tarardilar.Men kichkina bola bo"lishimga qaramay, eshakdek keladigan olapar zotli dumi kalta, quloqlari kesilgan ayiqkalla itmizni ergashtirib, dalaga otamning kechki ovqatini eltib berardim.Itimizning laqabi "Kalta" edi.Juda aqlli, baquvvat va qo"rqmas it edi.O"sha itimiz o"lganda, butun oilamiz bilan xuddi yaqin kishisi olamdan o"tgan odamlarday rostakamiga yig"laganmiz.Ayniqsa, otam.Ko"zlaridan mo"ldir mo"ldir yosh to"kib, "Kalta"ning paxmoq yunglarini silab, yig"laganlar.
  
   -"Kalta", bizdan rozi bo"l.Sen o"zingning qisqa, ammo mazmunli umringda bizga halol xizmat qilding.Sen biz bergan suyakka va ityalog"ingdagi yuvindiga qanoat qilib o"tding.Zanjirlamasak ham uyimizni, bizni tashlab, bironta boyning uyiga ketib qolmading.Bugun do"stini arzimagan manfaat uchun sotib ketayotganlar sadoqatni, noshukrlar esa qanoatni sendan o"rganishlari kerak aslida.Hatto kasallanib, tomog"ingdan ovqat o"tmay qolganda, yaroqsiz bo"lib qolganingdan xijolat chekib, bizga og"iringni tushirmaslik uchun dala etagiga borib o"libsana!Xizmatlaringni minnat qilmay, hech kimdan, hech narsadan shikoyat qilmay, indamaygina o"libsan.Biz odamlar sendan o"lish san"atini o"rganmog"imiz kerak ekan.Alvido, "Kalta"! -deya yig"laganlarida biz ham chuvvos solib yuborganmiz -dedi Xolbo"ri.
   Keyin yana davom etdi:-Allo!Iltijo, eshityapsizmi gaplarimni?.. Iye, yig"layapsizku -dedi u.
  
   -Ha, Kaltaga rahmim kelib...Bechora, juda yaxshi it... -dedi Iltijo.
  
   -Ha, zo"r it edi.U itdan ko"ra ko"proq odamga o"xshardi.Esimda, bir kech, o"sha sadoqatli ko"ppakni ergashtirib, otamning kechki ovqatini eltib berish uchun dalaga yo"l oldim.Oydin kecha.Chigirtkalar chirillab yotibdi.Oydinda azim teraklar kimsasiz dala yo"liga uzun uzun soyalarini to"shagan.Manzara shu qadar latif, shu qadar go"zal ediki, go"yo uxlab yotgan u soyalarni bosib o"tsam, ularning oromi buziladiganday tuyulardi menga. Sukunatda quvnoq ko"rshapalaklar unsiz, tez tez qanot qoqib, go"yo tun hozir tugab qoladiganday, shoshilib uchib yurishardi.Otam oydin dalada qo"lida ketmon bilan g"o"za agatlariga suv tarab yurar, pushtalarni suv yuvib ketmasligi uchun dahanalarga qog"oz qop parchalaridan tarnov bosardi. Ariqchalarda jildirab oqayotgan suvlar huddi eritilgan kumushday tovlanardi.Otam men va itimizni ko"rib, ketmonini yelkasiga qo"yganicha jilmayib, dala chetiga, tut va teraklar o"sib yotgan do"nglikka chiqarkan: -Keldingmi, o"g"lim, ha barakalla -dedi."Kalta" old oyoqlarini otamning ko"ksiga tirab, silovsinning dumiga o"xshaydigan dumini likillatganicha ayiqday orqa oyoqlariga tiralib turarkan, otam uning paxmoq yunglarini silab, bo"ynidan quchib, erkalab qo"ydi.Keyin oy nurida tovlanib oqayotgan ariq suvida qo"llarini yuvib, do"nglikda o"tirganicha ishtaxa bilan ovqatlana boshladi. Men jimgina otamning ovqatlanishini tamosho qilib o"tirdim.Kalta yerga yotib, boshini oldinga cho"zilgan oyoqlari ustiga qo"yganicha, uzoq uzoqlarda akillayotgan itlar tovushiga quloq tutib yotardi.Otam ovqatlanib bo"lgach, ota bola ikkimiz goh qo"llarimizga, goh yuzlarimizga qo"nib,g"ing"illab, g"inshib, chaqayotgan iskabtoparlarni shappatilab o"ldirganimizcha dala ustida porlayotgan parishon oyga so"zsiz termulib o"tirdik.Shunda men otamga: -Ota, dalada bir o"zingiz yurasiz.Qo"rqmaysizmi? -deya savol berdim.
  
   -Nimadan qo"rqaman?- dedi otam, menga yalt etib qarab.
  
   -Masalan, ajinalardan -dedim men.
  
   Otam kutilmaganda yelkalarini silkitib kula boshladi.
  
   -Nega kulyapsiz, ota? -dedim men hayron bo"lib.
  
   -Eh, o"g"lim, bir qiziq voqea esimga tushib ketdi -dedi otam va o"sha voqeani hikoya qila boshladi.
  
   -Qambarali aka degan odam bo"lardi.U ham menga o"xshab oydinda dalalarga suv tarab yurardi.O"sha paytlari falonchi oydin dalada yolg"iz yurgan mahal oppoq kafanga o"ranib olib, chaqalog"iga mungli alla aytayotgan ayolni ko"ribdi va qo"rquvdan og"zi qiyshayib qolibdi degan gaplar yurardi.Kechasi suv tarayotgan suvchi dalani tashlab ketolmaydi.Aks holda qarovsiz daxanalarni suv urib, g"o"zalar nobud bo"lishi hech gapmas.Hullas, Qambarali aka suv tarab yursalar, shundoq yonlarida nimadir shitirlabdi.Alanglab tevarakka qarasalar, hech kim yo"q.Bir mahal haligi shitirlagan tovush yana takrorlanibdi.Qambarali aka beixtiyor oppoq kafanga o"ranganicha oydin dalada mungli alla aytadigan ayol esiga tushibdiyu qo"rqib ketibdilar.Shitirlash yana eshitilgach, u ketmonini tashlab, qishloq tamon qochib yuboribdi.Yugirgani sari haligi shitirlagan tovush uni quvib kelaveribdi.Qambarali aka dorvozadan ichkariga chopib kirib, eshikni taqillataveribdi.Xotini eshikni ochib: -Ha, dadasi, tinchlikmi?Sizga nima bo"ldi?!- desa, Qambarali aka ortidan shatra shutr qilib ajina quvib kelayotganini aytibdi.
   -Ana, u to"xtadi.Sal o"rnimdan qimirlashim bilan u yana shitirlab meni ta"qib eta boshlaydi -debdilar qo"rquvdan ranglari ohakday oqarib.Shunda Qambarali akaning xotini xandon otib kulib yuboribdilar.
   -Nega kulyapsan? -debdi Qamabarali aka hayrat va qo"rquv ichra.
  
   -E, o"linge, shitirlagan anavi belbog"ingizdagi qog"oz qop parchasi ekan!Shabada esyaptiku.Yurganingizda, yugurganingizda mana shu belbog"ingizga qistirilgan qog"oz badtar shitirlayvergan - debdi Qambarali akaning xotini -deya otam hangomani tugatarkan, men rosa miriqib kuldim. Otam ham.
  
   Keyin u menga nasixat qilib: -O"g"lim, ajina pajina degan gaplarga ishonma.Kechalari yursang hech narsadan qo"rqmagin.Dovyurak bo"l -dedilar.
  
   Xolbo"rining gaplaridan Iltijo ham kulib qotarkan, otangiz ham o"zingizga o"xshab hangomachi bo"lgan ekanlar -deb qo"ydi.
  
   -Ha shunday ajoyib otam olamdan o"tib ketdilar.O"sha paytlari paxtazor dalalarni zaharli pestitsidlar bilan defolyatsiya qilinardi.Inson hayoti uchun o"ta xavfli bo"lgan u zaharli preparatlar tonnalab samolyotlarda sepilar, biz bolalar xirrrrrr! etib pastlab uchib zaharli dori sepadigan samoletlarni, ichidagi bizga qarab kulib qo"yadigan uchuvchini ko"rish uchun dalaga chopardik. Mo"ljalni to"g"ri olishlari uchun u samoletlarga nishon kerak edi.
   Nishon esa bir tamoni oq, ikkinchi tamoni qizil, bayram transparantlariga o"xshash yog"och dastali belgi edi.
   Otamga o"sha belgini dala uvotida ko"tarib turish topshirilgan.
   Kapyushonli suvqog"oz xalatni kiyib, transparant tutganicha uvotda turgan otamning ustidan uchoqlar zaharli dori sepib o"taverganlar, o"taverganlar.Natijada otamni zaharli pestidsid elitib qolgan va u o"zini o"zi a"zoyi badanini timdalanib, qon chiqib ketguncha qashisa ham hech qachon orom ololmaydigan, bedavo, daxshatli dardga mubtalo bo"lgan. Keyin o"sha odam bolasi toqat qila olmaydigan azoblarga dosh berolmay kasalxonada olamdan o"tganlar -dedi Xolbo"ri, chuqur xo"rsinib.
  
   Keyin jimib qoldi.
  
   Iltijo ham.
  
   U yig"lar edi.
  
  
  
  
  
  
   10 bob
   Bibisuvaydo
  
  
  
   -G"ishtxon, sen mening qiyomatli opamsan.
   Xudo hoxlasa, sen bilan do"zaxda birga yonamiz -dedi Bibisuvaydo, qiyqirib kulib.So"ng, jiddiylashib, davom etdi:
   -Bilsang, bizga tabiat tamonidan berilingan bu chiroy chimmat g"animat.
   Chiroy ayol kishiga yarim rizq, tengsiz qurol!Bu ne"matdan foydalanib qolmog"imiz kerak, opajon.
   To"g"ri, sening bo"yning uzun, qizilkurkabetsan. Buning ustiga gezargan lablaring orasidan ostki tishlaring buldog itning tishlari kabi ko"rinib turadi.Boshing ham g"ozning boshiga o"xshaydi.Lekin sening qomating borku, qomating!Ko"kraklaring niq, keting ham katta.Eh, sen umrning shiddat bilan o"tishiga bir qara!Bir qaragin!Bu ketishda xash pash deguncha yuzlarimiz ajinlardan turshakday tirishib, bujmayib, sarvday qomatimiz yalmog"iz kampirning qomati kabi bukchayib qoladiku.
   Qisqasi, gap bunday.
   Ikkalamiz sening uyingda ko"ngilochar muassasa ochsak va bu ishga o"zimizga o"xshash yengiltak ayollarni jalb qilsak.Sen bunga nima deysan? Shu yo"l bilan ko"plab ayollarni "ish" bilan ta"minlardik. Ular ichkilik dardiga mubtalo bo"lib, shisha g"aribiga, ichkilikning quliga aylangan tekinxo"r erlarini boqib, ro"zg"orini tebratardi, biz esa daromadni arra qilardik.Toma-toma ko"l bo"lur degan mashoyixlar, G"ishtxon!Xudo berib, pulimiz ko"payib, Dubayga ketvorsak, ana hayotu mana hayot!Sen sharq tillarini chala pucha bo"lsa ham bilasan.Ya"ni tarjimonga beriladigan pullarni tejab qolardik.Dubayda bironta firma ochib, serdaromad ish vada qilib, o"zbek qizlarini, juvonlarini o"sha yoqlarga chaqirib, ularni boylarga ulgurji sotsak, ko"kavoy pullardan qoplab topardik. Qarabsanki bir ikki yilda millioner bo"lamiz, qolamiz.Keyin men anavi svoloch impotent, alkash Iskanaqul Karkidonuvuchning enasini naqd uchqo"rg"ondan ko"rsataman!Kotibasini ham... Davay, G"ishtxon opa, qo"lbola arog"ingdan piyolaga to"ldirib quy -dedi Bibisuvaydo.
  
   -Ey, kallang joyigami, Bibish, qishloqda ko"ngilochar muassasa ochib bo"ladimi?Masjid imomi Zayniddin qori fatvo bersalar, darg"azab olomon ikkalamizni toshbo"ron, g"ishtbo"ron qilib yuborishadiku!Buning ustiga yaxshimi yomonmi, boshimda erim bor axir -dedi G"ishtxon, piyolalarga qulqullatib aroq quyarkan.
   -E, sen tashvish qilma.Ishrattxona qishloq ayollarini ish bilan ta"minlovchi xunarmandlik kichik korxonasi bazasida ochiladi.Qolaversa, mana, Xudo bizga ham insofi tavfiq, xidoyat ato etdi, tovba -tazarru, toat - ibodat qiyapmiz -deb devordagi mixlarga bir ikkita joynamoz ilib qo"yamiz.Keyin qorini ham yo"ldan urib, shantaj qilib, rasvosini chiqaramiz.Shundan keyin g"azablangan olomon uning o"zini toshbo"ron qiladi. Alkash ering masalasiga keladigan bo"lsak, unga cho"tal berib turamiz.Juda ko"nmasa, ishimizga halal bermasligi uchun muassasamizga qatnab turadigan krutoy mijozlarini ishga solib, uni besh -to"rt yilga qamatamiz, yo aldab, biron yoqqa jo"natib yuboramiz, vassalom.Shu ham problemami? -dedi, aroq to"latilgan piyolalardan birini qo"liga olarkan, Bibisuvaydo.So"ng qisqagina qadax so"zi aytgan bo"ldi.
  
   -Qani, oldik bo"lmasa, qizilkurkabet!.. Iye, kechirasan, G"ishtxon opa.Tadbirkorlik niqobi ostida ochilajak korxonamiz kundan kunga gurkirab rivojlansin, gullab yashnasin! -dedu u va piyoladagi aroqni oq urdi.G"ishtxon opa ham.
   Bibisuvaydo badxo"r, o"tkir qo"lbola aroqdan aftini bujmaytirib, gazaki qilarkan:-Qizilkurkabet deganimdan hafa bo"lib yurmagin tag"in.Ko"nglimga yaqin olganimdan hazillashamanda sen bilan -dedi.
   Keyin ketish uchun taraddudlana boshladi: -Mayli unda, G"isht, men endi boray.Kichik korxona ochish uchun bir dunyo xujjat yig"ishim kerak ekan.Men tuman markaziga ketdim -dedi u va "hamkasbi" bilan hayrlashib, paltosini kiyib, ko"chaga chiqdi.Tashqarida sovuq shamol esar, qor yog"ardi.Bo"ralab yog"ayotgan qor, o"ychan uchayotgan qor zarralari unga birinchi erini eslatdi.Yangi turmush qurgan damlari edi o"shanda.Kuyov bola qorong"u derazadan beg"amgina yog"ayotgan qorga termulib:
   -Oh, qanday go"zal qorli sukunat!Yo"llar, uylarning tomlari, dov daraxtlar, kimsasiz dalalar ohista ohista qorga burkanmoqda!Shivirlab yog"ayotgan qorlardan ruhim zulmatlari yorishmoqda -dedi.
   Bibisuvaydo bo"lsa: -Yo"q, qor yog"masin, qor yog"sa sovuq bo"lib ketadi! -dedi.
   Bu gapni eshitib, kuyov bola Bibisuvaydoga hayrat bilan qararkan, anchagacha jim bo"lib qoldi.So"ng: -Siz bilan biz yondosh, ammo bir biri bilan hech qachon tutashmaydigan parallel chiziqlar ekanmiz.Sizning so"zlaringiz, xuddi "Bulbul go"shtidan qilingan kabob mazali bo"larmish, shu gap rostmi?" deganday juda xunuk eshitildi menga-deb qo"ydi.Shu shu ularning munosabati kudan kunga sovuqlashaverdi.Oxiri muzlab qoldi.Eri uni tashlab, o"zining didiga mos, kamgap, mayus ko"zli kutubxonachi ayolga uylanib, baxtli bo"ldi.Bibisuvaydo shu tariqa xayol surib borayotgan edi, ortidan kelayotgan mashina tovushini eshitib, o"zini chetga oldi.Yo"lda qora rangli yangi "Djip" avtomobili kelmoqda edi.Bibisuvaydo mashinaga qo"l ko"tardi.Mashina uning yoniga kelib to"xtagan mahal u eshikni ocharkan, oyoqlaridagi va kiyimlaridagi qorlarni shosha pisha siltab qoqib, orqa o"rindiqqa yalpayib o"tirdi. So"ng eshikni yopib:-Tuman markazigami? -dedi.
  
   -Ha, shunaqa desa ham bo"ladi -deb qo"ydi xaydovchi yigit, kuzatish oynasi orqali Bibisuvaydoga sinovchan qarab.Uning yonida o"tirgan, ko"rinishidan badavlat xonimlarga o"xshash chiroylikkina ayol ortiga o"grilib, Bibisuvaydo bilan ko"rishib, hol ahvol so"radi.Keyin:
   -Qor jonvorning yog"ishini qarang!Singlim rosa sovuqqotibsizda o"ziyam! -dedi kulib.
  
   -Haaaa, nimasini aytasiz -dedi Bibisuvaydo qo"llarini kuxlab isitib.
   Mashina biroz yurgach, ayol yana gapira boshladi: -Kechirasiz singlim, siz ham shu "Qovunkapa" qishlog"ida yashaysizmi? -savol berdi u.
  
   -Ha, nimaydi? -savolga savol bilan javob berdi Bibisuvaydo.
  
   -Bilasizmi... Nima desam ekan.Hullas, mening qizim tibbiyot institutining talabasi.Qizim o"qiyotgan institut talabalarini kuzda shu "Qovunkapa" shirkat xo"jaligi paxtakorlariga yordam berish uchun xasharga safarbar qilishdi.Qizim tushmagur paxta terib yurib, bir Xolbo"ri degan rassom yigit bilan tanishib qolibdi.Yaqinda o"sha yigitning onasi bir ikkita ayollar bilan bizning uyga, qizim Iltijoga sovchilikka borishdi.Qani, bir dadasi bilan maslaxat qilib ko"raylikchi, keyin javobini aytarmiz dedim.Endi, to"g"risi, xo"jayinim zavod direktori.Katta rahbar.Oshna og"aynilari ham shunga yarasha.Men ham katta ishdaman.Qizim shaharda o"sgan.O"zingizga ma"lum, bu umr savdosi degani ko"mir savdosi emas.Oxiri dadasi bilan maslaxatlashib, yigitni surishtirib, o"rganaylik degan qarorga keldik.Shu yerlik ekansiz.O"zingiz ham yaxshi ayolga o"xshab turibsiz.O"sha rassom yigit haqida so"ramoqchiydim sizdan -dedi ayol, chiroyli jilmayganicha, masalani ko"ndalang qo"yib.
  
   Bu gaplardan Bibisuvaydoning ko"zlari o"z orbitasidan chiqib ketay dedi.Keyin:-Voy, keneyijon, baxtingiz bor ekan!Sizni menga Xudoning o"zi ro"baro" qilibdi!Bay bay bay baaaay!Voy, o"tday tushardingiza, sal bo"lmasa!Mana, tepamda Xudo turibdi, keneyi, men yolg"on gapirgani qo"rqaman!U rassom yigitga mening hech qanday xusumatim ham yo"q.Ammo sizday hurmatli ayolning gulday qizi baxtsiz bo"lishiga sababchi bo"lib qolishdan meni Olloning o"zi asrasin! Ilohim hech banda baxtsiz bo"lmasin bu dunyoda!..Faqat bu gaplar uchchalamizning o"rtamizda qolsin.Nimaga desangiz, u rassom yigit Xolbo"ri vaxshiy odam.U "Qovunkapa" shirkat xo"jaligining zolim raisi Iskanaqul Karkidonuvuchning hamtovog"i. Agar bu gaplardan ular habar topishsa, meni tiriklay ko"mib, ustimdan tuproq tortib yuborishadi.Ha, ha.Bu rassom juvonmarg rasmingizni chizib beraman deb aldab, bitta kambag"alning bokira, solixa qizini buzib qo"ygan.Aferist rassom qizni qayiqqa o"tqizib, nilufarlar ochilib yotgan deltada sayr qilib yurgan mahal, eshkak bilan urib o"ldiraman deb qo"rqitib, shu ishni qilganda, ablax.Keyin nima bo"lganini bilasizlarmi?Vooooy, u juvonmarg o"sha qizni qiynab:- bolangni oldirib yubor -deya qiyin qistovga olavergach, qiz bechora xo"rliklarga chidolmay, oxiri o"z bo"yniga tosh bog"lab, o"zini o"zi daryo deltasiga cho"ktirdi. Bir xafta deganda ikkiqat qizning murdasi shishib, suv yuziga chiqqan.Jasadni deltada baliq ovlayotgan baliqchilar ko"rib qolishgan.Qizni ota onasi arang tanidi.Shundan keyin shahardan tergovchilar kelib, Qovunkapa alg"ov dalg"ov, ari uya bo"lib ketdi.Qiz bechora o"z joniga qasd qilishdan avval onasi bilan hayrlashib, bir varaq xat qoldirgan ekan.Bular qizning ota onasini qo"rqitib, o"sha xatni yo"q qilib, jinoiy ishni pul bilan bostirishdi.Bu uying kuygur zolim Iskanaqul Karkidonuvuchda pul ko"pda.Shirkat xo"jaligini kemirib, cho"chqaday semirib yotibdi.Rassom bo"lsa, yana hech narsa bo"lmaganday yuribdi, dalama dala rasm chizib. Qizingizni Xudoning o"zi asrabdi, keneyi!Maslaxatim, bu ishni tez to"xtatinglar!Men aytdim qo"ydim, yana o"zingiz bilasiz -dedi Bibisuvaydo.
  
   Uning so"zlarini eshitgan ayolning daxshatdan og"zi lang ochilib, angrayib qoldi.Keyin biroz o"ziga kelib, tilining tagiga tabletka tashlarkan, baklajkadagi suvdan yutoqib, yutoqib ichdi.Keyin: -Voy, qizginamdan ayrilib qolishimga bir bahya qolgan ekanku a!E, Xudo, meni shu ayolga uchrashtirganing uchun o"zinga shukr!Singlim, siz hatto tasavvur ham qilolmaysiz, menga qanchalar yordam berganingizni!Iloyo mendan qaytmasa, Xudodan qaytsin!Mana mening vizitkam.Biron yordam kerak bo"lsa, tortinmay telefon qiling -dedi.
  
   -Voy, rahmat, opajon! -dedi Bibisuvaydo, Iltijoning onasi uzatgan vizitkani olarkan, sevinib.
  
  
  
  
   11 bob
   To"fon
  
  
   Qor yog"moqda. Goh qiyalab, goho chirpirab, goho to"zg"ib, sassiz - sadosiz, jimgina yog"ayotir u.
  
   Xolbo"ri oppoq qor uchqunlari aro xuddi son - sanoqsiz meteoritlar ichra yo"rtib borayotganday.
  
   U shunday ketib bormoqda. Shunchaki, maqsadsiz, yolg"iz bir o"zi tentirab,qor qoplagan qishloq yo"lidan tundraday oqarib yotgan dala tamon bormoqda. Bo"ralab yog"ayotgan qorda botiniy xotirjamlik,ibtidoiy yolg"izlik, mangu va mahzun, adoqsiz bir qo"shiq borday, qor yorug"idan Xolbo"rining qalb zulmatlari oydinlashayotganday, tongi g"ira shira, subhi sodiq kabi yorishayotganday tuyulardi go"yo.
   -Eh, bunchalar shafqatsiz bo"lmasa bu dunyo!Axir, qariyb bir soat avval ham bu olamda mendan baxtliroq odam yo"q edi.Onam ham xursand bo"lib, to"yga hozirlik ko"rayotgandiya.Iltijoning telefonda yig"lab aytgan gaplari hayotimni butunlay barbod qildi, ruhimni, vujudimni tirik mavjudod yashamaydigan o"zga sayoralarning qum, quyunli sahrosiga aylantirib yubordi go"yo.Ishonish qiyin.Kechagina meni yaxshi rassom ekan deya maqtayotgan Iltijoning dadasi bugun to"nini teskari kiyib olsa!Bugun endi:- rassomlar devona, darvesh, kambag"al, yovvoyi va odamovi bo"ladilar.Rafael Santidan tortib to Ayvazovskiy va Levitangacha, Shishkindan to o"z qulog"ini o"zi kesib tashlagan telba Van Goglargacha barchalarining qorni nonga to"ymagan, o"zlari yashab turgan uy ijara haqini ham to"lolmay, ko"chaga quvilganlar!O"lganlaridan keyin esa, kartinalari yuz millionlab dollarlarga sotilgan.Ular o"z mehnatlarining rohatini ko"rmaydigan shunday axmoq odamlar! - deb tursa.Kap katta rahbar odam shunday fikrlasa, inson baxtini pul, molu dunyo bilan o"lchasa!Qizini badavlat biznesmen oilaga uzataman deya qasam ichsa va agar qizim mening gapimni rad etsa, unday farzanddan kechaman! -desa.Ey falak!Bu qanday nodonlik!Kim biladi, balki mening g"am -hasrat to"la yuragimga taskin bermoq uchun, ruhimga osudalik baxsh etmoq uchun, yupatmoq uchun shu sokin qorlaringni yog"dirayotgandirsan.Bu qorli yo"llarning kimsasizligi naqadar yaxshi!O, sukunatda beg"amgina yog"ayotgan qor, sen menga e"tibor bermay jimgina yog"aver! Sen yoqqan saring dildagi qontalash jarohatlar ham ko"milib borayotganga o"xshaydi.Hozir, shu tobda sening chirpirab uchayotgan oppoq uchqunlaring aro ketaversam, ketaversam, ketaversam, ketaversam va oxiri charchab, yiqilsam, muzlab qolsam, adolatsiz dunyoning fitnayu fasodlaridan, yuragimni qiynagan ishq azobidan, hijron qiynog"idan qutilsam, halos bo"lsam! Mayli, qor, sen to"xtovsiz yog"ib meni ko"mib yubor! Meni hatto onam va hamqishloqlarim ham tun bo"yi toshfonar yoqib, qamish va cho"kirtaklar, bo"g"izlarigacha qorlarga botib, izg"irinli ayoz aro izillab g"uvillayotgan dalalarda, daryo sohilida qorlarga turtinib, ovozini o"ziga qaytarib keladigan qor shopirgan bo"ronlarda ismimni aytib hayqirib, tongacha izlasalar ham topa olishmasin!Bu dunyodan mangu yo"q bo"lib ketay!Sen esa yana hech narsa bo"lmaganday jimgina yog"aver -o"ylar edi Xolbo"ri.U shunday qayg"uli o"y -xayollar og"ushida dala tamon burilgan mahal,maktab xovlisidagi bolalar yasagan ulkan qorboboga ko"zi tushdi.Boshiga kuya yegan quyonteri quloqchin telpak, egniga fufayka bilan paxtalik shim, oyoqlariga piyma kiygan mast G"oyib traktorchi esa, chirpirab uchayotgan qor zarralariga belanganicha qorbobo bilan astoyditil suhbatlashardi.
  
   -Salom, qorbobo!Yaxshimisan?Boshinga eski chelakni kiyib olib, qo"lingda supurgi bilan farroshlarga qo"yilgan haykalday turibsanmi, qotib?Bunday olib qaralsa, bo"yningdagi sharfingdan boshqa kiyiming ham yo"q.Burning sabzidan.Hech vaqoying yo"q bo"lsa ham, doim kulib turasan.Xuddi bir qishda o"tadigan ketadigan muvaqqat umrda menga uy joyning, boyligu hoyi xashamning nima keragi bor deganday, kamtarin donishmandlarday yolg"iz o"zing bir chetda indamay kulib turaverasan.
   Tiling bilan ham, qo"ling bilan ham birovga ozor bermaysan.Seni ko"rganki odamning darrov kayfiyati ko"tariladi.Hatto tinimsiz noliydigan, jag"illaydigan xotinidan bezor bo"lib, ko"chaga qochib chiqqan odamning ham.
   Kecha qara, bir g"aroyib tush ko"ribman.Tushimda to"fon ko"tarilib, olamni suv bosgan emish.Men shoshilishda nasos topolmay, traktorning kamerasini og"zimda shishirdimda, ustiga taxtalardan bog"lab, kichikroq chayla qurishgada ulgurdim.Bir mahal xotinim Kapolatxon bechorani daxshatli to"lqinlar dod degizganicha oqizib ketsa bo"ladimi.Qo"limni uzatib: -Kapolatxon, sevgilim! -deganimcha qolaverdim.Keyin shishirilgan traktor kamerasida suzib, yorimni uzoq izladim, lekin topolmadim.Kun bo"yi sevikli xotinim Kapolatxonni chaqirib, suv sahrosida yolg"iz suzib yurdim.Tevarakda na bironta quruqlik na dov- daraxt ko"rinadi.Suvdan boshqa hech narsa yo"q.
  
   -E, Xudo!Nahotki butun insoniyat, tog"u toshlar, o"rmonu dalalar, shahru qishloqlar suv ostiga g"arq bo"lib, bu olamda yolg"iz o"zim qolgan bo"lsam! -deya yig"layman.Kechga borib quyosh botgach, cheksiz suv sahrosini yoritganicha oy ko"tarila boshladi.Osmonda bodroqday sochilib, son sanoqsiz yulduzlar porlab yotardi.Qornim ochib, chanqab ketdim.Hovuchimda olib ichib ko"rsam, suv chuchuk ekan.Chanqog"im bosildi, ammo ochlik qiynay boshladi.Suv sahrosida suzib yurib, yurib, charchab, sillam qurib, holdan toyib, oxiri uyquga ketibman.Bir mahal sholoplagan tovushdan uyg"onib ketdim.Bunday qarasam, shishirma qayig"im yaqinida suvdan bir ayolning boshi chiqib turibdi.Men sevinganimdan sakrab o"rnimdan turib, shoshilishda suzuvchi chaylani ag"darib yuborishimga oz qoldi.
  
   -Kapolatxon, sevgilim, senmisan?! -deyman nuqul.Bilsam, u Kapolatxon emas ekan.U go"yo mening baqirganlarimni eshitmayotgandek, menga hayrat bilan qarab turar, neftdek qop -qora sochlari oy nurida yaltirardi.Men dunyoga kelib, unday chiroyli ayolni ko"rmaganman.Parizod ekanda o"ziyam.
  
   -Singlim, nega indamaysiz? Sizning ismingiz nima? Mening otim G"oyib. Olamni suv bosgunga qadar "Qovunkapa" shirkat xo"jaligida traktorchi bo"lib ishlardim.Keling, qayiqqa chiqing, tortinmang!Nazarimda to"fondan ikkalamizgina omon qolganga o"xshaymiz.Tezroq qayiqqa chiqing.Bu yerlarda odamxo"r akulalar bo"lishi mumkin! -dedim men, atrofga havotirli olazarak nazar tashlab.
   Lekin ayoldan sas -sado chiqmadi.Bir mahal uning nimanidir yeyayotganini sezib qoldim.Qarasam, baliq!Xomicha yeyyapti.U baliqni yeb bo"lib, suvga sho"ng"idiyu, qayoqqadir g"oyib bo"ldi.Soatlab kutsam ham u suv yuzasiga qaytib chiqmadi.Shunda miyamga kelgan fikrda o"zim ham qo"rqib ketdim:
   -Yo tovba! Axir bu suv parisiku!-deb yubordim, azbaroyi hayratdan yoqamni ushlab.U ertasiga yana shishirma qayiq yonida paydo bo"ldi.Men endi uning ketib qolishini, cheksiz suv sahrosida yana yolg"iz qolishimni istamasdim.Garchand suv parisi mening gaplarimni tushunmasa ham jonvorlar bilan suhbatlashish tajribasiga ega bo"lganim uchun, bor iste"dodimni ishga solib, unga gapiraverdim.Suhbatimiz taxminan quyidagicha bo"ldi.
  
   -Xonim, bilsangiz, to"fon ko"tarilib, olamni suv bosishidan avval mening Kapolatxon degan jag"i yomon, gap qaytarib, chakagi tinmaydigan xotinim bor edi.Qo"yib bersang, ertadan kechgacha qildan qiyiq topib, tanbex berib, janjal ko"tarib, holi jonimga qo"ymasdi.
  
   -Sen ham odammisan, alkash traktorchi!Senga aroq bilan traktor bo"lsa bas.Xaftalab daladan beri kelmaysan!Xudo biladi, dala shiyponida nima bilan shug"illanasan.Sen juvonmarg birontasini topib olgansan chog"i!Bevafo, zinokor!Qo"shnilarimizning erlari deyarli hammalari Rossiyada, Qozog"istonda!Bir necha yillab uylariga kelmay, qurilishlarda ishlab, farrosh, qorovullik qilib bo"lsa ham, uyiga pul jo"natyapti, o"sha yoqdan turib, xovli joyini o"nglayapti, qo"sha qo"sha moshinalar olib, o"g"il uylab, qiz chiqaryapti! Sen esa kayf beradi desa kerosinni ham ichasan.Oliangni, uy joyni aroqqa almashtirgansan.Mast holatda traktor xaydab ketayotib, agregating bilan jarlikka qulamasang illo billo rozimasman!-deb ertayu kech qonimni ichardi.
   Mana, Xudoga aytganim bor ekan, to"fon ko"tarilib, olamni suv bosib, zolima xotindan qutildim, halos bo"llim. Qarang, mana shuncha gapirsam ham, siz churq etmay odob bilan tinglab turibsiz.Gapning to"g"risi, men sizday ayolga uylanishni anchadan beri niyyat qilib yurardim.Xudo niyyatimga yetkazdi chamasi.Agar yo"q demasangiz, ikkalamiz turmush qurib, bir yostiqqa bosh qo"ysak -dedim.Suv parisi bo"lsa jim.Indamaygina ovqatlanardi.Sukut alomati rizo bo"lib tuyulardi menga.Nazarimda u ham kimsasiz va bepoyon okeanlarda yolg"iz bir o"zi qolib ketganu, meni tashlab ketolmayotganday edi.Sekin sekin u menga ko"nikib, elikib, oxiri yotsiramay qo"ydi.Men, "Ishqilib qo"limni tishlab olmasa bo"ldi" deya o"ylab, tavakkal uning sochlarini silash uchun qo"l uzatdim.Avvaliga u mayda arrasimon tishlarini irjaytirib, irillagan bo"ldi.Keyin ko"nikdi.Men ortiq chiday olmadim.Kiyimlarimni yechib, suvga kalla urdim va biz birga cho"mila boshladik.Bitta baliqni xomicha baham ko"rdik.To"g"ri, xom baliqni yeyish qiyin, lekin mening bundan boshqa choram yo"q edi.Vaqt o"tgan sari bizning munosabatlarimiz chuqurlashaverdi va biz suzuvchi chaylada birga istiqomat qila boshladik.O"shanda uning boshqa suv parilaridan farqli jihatini ko"rib, hayratdan angrayib qoldim.Uning chiroyli oyoqlari bor ekan.Ammo oyoq barmoqlari o"rdak oyoqlariga o"xshash pardali edi.Ayniqsa suv parisi homilador bo"lib qolganda quvonganimni ko"rsangiz edi.Suv parilari odamzodga o"xshab to"qqiz oydan keyin emas, ikki xaftada tug"ar ekan.U birdaniga to"rtta kichkina kichkina o"g"il chaqaloqlarni tug"di.Biz ularni birgalikda parvarish qila boshladik.Chaqaloqlarga Karltosh, Sharltosh Charltosh va Yariltosh deya ismlar qo"ydik.Bir kuni xotinim suv ostidan yegulik olib chiqish uchun ovga ketgan payt, suzuvchi chaylamiz palubasida emaklab yurgan Karltosh, Charltosh, Sharltosh va Yariltosh ismli farzandi arjumandlarimiz kutilmaganda suvga tushib ketishdi.Men jon xavfida ularni qutqarish uchun o"zimni suvga otdim.Ammo kech bo"lgan edi.Harchand suvga sho"ng"ib izlamayin, ularni topa olmadim.
  
   -Charltoooosh! Sharltooooosh! Karltoooosh! Yariltooooosh!-deb baqiraverib, ovozim bo"g"ilib qoldi.Keyin charchab, holdan toyib, suzuvchi chaylaga chiqib olib, juda uzoq, hech kimdan uyalmay xo"ngrab yig"ladim.
  
   -E, Parvardigor!Endi xotinimga nima deyman?!Bolalarni qarovsiz qoldiribsan deb, mendan yuz o"girib ketib qolsa nima qilaman?! -deya yig"lardim.Eh, qanday mas"uliyatsizlik!Men endi odamni yutib yuboradigan kimsasiz kosmik jimlikda, yolg"izlikda, bu vijdon azoblari ichra qanday yashayman?! -deya oh chekardim.Oxiri, o"zimni o"zim jazolash maqsadida okeanga g"arq bo"lish uchun endi suvga sakrayman deb tursam, shumtaka bolalar birin ketin suv yuzida paydo bo"ldilar.Men hayrat ichra, xuddi es xushidan ayrilgan odamday turgan joyimda qotib qoldim.Ma"lum bo"lishicha, ular suv ostida jabralar yordamida xuddi quruqlikdagi kabi bemalol nafas olaverar ekanlar.Vax, mana haqiqiy mo"jiza! - deyman o"zimga kelib.Shunday qilib biz yana avvalgiday birga yashay boshladik.Bir kuni ulkan suzuvchi shaharga duch keldik.Shahar hokimi mehribon odam ekan.Bizga shahar chetidan yer ajratib berishdi.Men o"sha joyga ming mashaqqat bilan ikki qavatli chayla qurdim.Birinchi qavatda bolalar, yuqorida esa men ikkinchi xotinim suv parisi bilan yashay boshladim.Bolalar sekin asta ulg"ayib, maktabga qatnaydigan bo"lishdi.Hamma muammo ular voyaga yetganda boshlandi.Bolalar turli diniy sektalarga a"zo bo"lib ketishdi.Ular diniy masalada kelisholmas, natijada kechagina ahil inoq yurgan aka ukalar bir birlari uchun ashaddiy yovga, yovuz dushmanga aylandilar.
   Men ularga: -Bolalarim, axir sizlar bir otaning va bir onaning farzanlarisizlar!Diningizdan millatingizdan, irqingizdan qat"iy nazar, barchangiz bir oila farzandlariday ahil inoq yashashlaringiz kerak!Urush janjal yo"li tubsiz jarlikka, halokatga eltiydi! -deya juda ko"p nasixat qildim.Lekin ular mening gapimga quloq solmadilar. Ko"p o"tmay ular bir birlarini iblis, satana deydigan odat chiqarishdi.Tug"ishgan birodarlar orasidagi o"zaro urush janjallar shu darajaga borib yetdiki, oxiri ular ikki qavatli chaylamizga benzin quyib, o"t tortib yuborishdi.Yashash joyimiz suvga yaqin bo"lgani uchun biz o"zimizni suvga otdik.Bolalar ham.Barcha qulayliklarga ega qo"shqavatli chaylamiz yonib ketdi.Okeandan esayotgan shamolda qasra qusr yonayotgan chaylamizdan uchgan olov esa boshqa uylarga ham ilashdi.Natijada suzuvchi shahar yona boshladi.Daxshatli yong"inni arang o"chirishdi.Men hamon yordam so"rab baqirar edim.Qirg"oqqa odamlar yig"ildi.Shahar hokimi ham keldi. U qo"lidagi ovozkuchaytirgich yordamida menga gapira boshladi:- Hurmatli janob!Biz sizlarni suzuvchi shahrimiz bortiga olgandik.Lekin sizlar shahrimizga o"t qo"yib yubordilaring!Endi, biz sizlarni shaharga kiritolmaymiz!O"sha yoqda suzib yuraveringlar!Sizlar yaxshilikka yomonlik bilan javob berar ekansizlar!Ablaxlaaaar! -deya baqirdi u.
  
   -Hurmatli hokim janoblari, mayli, suzuvchi shaharga bizni kiritmasangizlar ham, hech yo"q shishirilgan traktor kamerasini qaytarib beringlar!Aks holda men suvga g"arq bo"lishim mumkin! -deya baqirdim.Shahar hokimi badjaxlroq odam ekan, etigining qo"njisidan knopkali pakki pichog"ini chiqarib, g"azab bilan shishirilgan traktor kamerasiga urdi. Keyin uni yirtib, suvga uloqtirdi.Uyg"onsam, tushim.
   Xolbo"ri shu tariqa tinimsiz aljirayotgan aroqxo"r G"oyib traktorchining gaplarini tinglab turarkan, yana qorlarni g"art g"urt ezib, yo"lida davom etdi.
   Qor esa hamon bo"ralab yog"ar edi.
  
  
  
  
   12 bob
   Bir yengi yo"q palto
  
  
  
   Keyingi kunlarda Xolbo"rining ishlari chappasiga ketib, Iltijo ham telefon qo"ng"iroqlariga javob bermay qo"ydi.So"ngi telefon suhbatida Iltijoning yig"lab aytgan gaplari xuddi nayzalar yomg"riday vujudini g"alvir qilib yuborgan esada, Xolbo"ri shaharga borib, u bilan bironta holiroq joyda uchrashib, yuzma yuz gaplashib olishni o"ylar, balki biron ijobiy o"zgarish yuz berar deya umid qilardi.U shunday umidli o"y -xayollar bilan qishloq markazidagi avtobus to"xtaydigan joyga jo"narkan, yo"limdan yana bironta daydi it bilan qizg"in suhbatlashayotgan G"oyib traktorchi chiqib qolmasa bo"ldida deya o"ylab qo"yardi.U qordan tozalanmagan qishloq yo"li chetidagi, bostirmaga o"xshash qo"lbola bekatga borib, sovqotib qolmaslik uchun uyoqdan buyoqqa yurib, uzoq avtobus kutdi.Bu mahal bekatga birin ketin odamlar yig"ilib, bostirmaga o"xshash bekat yo"lovchilar g"ovur g"uviridan gavjumlashdi.Xolbo"rining quloqlariga chalinayotgan uzuq yuluq suhbatlar uning Iltijo haqidagi o"y hayollariga halal berardi.Nihoyat avtobus kelib, qop orqalagan olomon o"zining avtobusning eshiklariga urdi.Hamma chiqib olgach, eshiklar yopilib avtobus qorli yo"ldan shahar tamon jo"nadi.Xolbo"ri ulov derazasidan tashqarini, qor bosgan uylarning tomlariyu, oppoq oqargan dov -daraxtlar va dalalarni kuzatganicha xayol surib ketarkan, g"ala g"ovur ichida qanday shaharga yetib borganini ham sezmay qoldi. U avtobusdan tushib, tibbiyot institutiga borsammi yo bormasammi deya bekatda ancha ikkilanib turdi.Iltijo telefonini o"chirib olmaganida ham bir navi edi.Telefon yordamida uning qayerda ekanini aniqlab, biron holiroq joyga taklif qilgan bo"lardi.Institutga borsa, o"ziga tanish talabalarni uchratar balki.Lekin ulardan Iltijoni so"rasa, o"zi shundoq ham chigal vaziyatni badtar murakkablashtirib, qizga yanada qiyin qilib qo"ymaydimi?Axir oxirgi suhbatda Iltijo qon yig"lab, endi hammasi tamom, otam menga siz bilan uchrashishni qat"iyan taqiqlab qo"ydi degandiku.U mana shu haqda o"ylardi.Ammo, Iltijo bilan uchrashish, u bilan diydorlashish, suhbatlashish, birgalashib mavjud choxdan chiqish, qopqondan qutilish, yo"llarini axtarish istagi ustunlik qildi va u baribir institutga bordi.U institut xovlisida nima qilishini bilmay turgan edi, o"tib borayotgan bir to"p qizlar ichidan kimdir yalt etib Xolbo"riga o"grildi va qo"lidagi kitob -daftarini bag"riga bosganicha hayajon ichra:
  
   -Voy, Xolbo"ri aka! -deb yubordi.
  
   Sayyorani ko"rib, Xolbo"rining yuragi xapqirib ketdi va Sayyora shu yerda ekan, demak qizlar orasida Iltijo ham bor deb o"ylagandi.Lekin qayrilib qaragan qizlar ichida Iltijo yo"q edi.
  
   Bu orada Sayyora Xolbo"rining yoniga chopib keldi.Ular qo"l berib ko"rishib, hol ahvol so"rashar ekan, Sayyora homushlanib, yerga qaradi.
  
   -Ha, Xolbo"ri aka, hammasidan xabarim bor.Avvaliga dugonam xursand bo"lib yuruvdi.Keyin birdan... Kim biladi, birov zimdan siz haqingizda nimadir deb qo"yganmi.Hullas, Iltijoning ota onasi birdaniga sizga qarshi bo"lib qoldilar.Iltijo sizni sevadi.O"tgan hafta uchrashganimizda u mening yelkamga boshini qo"yib, rosa yig"ladi.Men Xolbo"rini sevaman dedi.Lekin siz ko"ngilingizni aslo cho"ktirmang.Mana men aytdi dersiz, hammasi yaxshi bo"ladi.Iltijo ichkarida.U doim darsga bizdan erta keladi.Balki, auditoriyada o"tirgandir.Gap bunday, Xolbo"ri aka.Siz yaxshisi, zoomagazinnning yonidagi "Buratino" kafesi borku, o"sha kafega kirib, kutib o"tiring.Men Iltijoga aytaman, u albatta o"sha kafega boradi.Uchrashib, hammasini batafsil gaplashib olasizlar.Lekin extiyot bo"linglar.Iltijoning dadasi maxfiy ayg"oqchilar tayinlagan bo"lishi mumkin -dedi, atrofga havotirli alanglab Sayyora.
  
   -Rahmat sizga, Sayyora!Bu yaxshiligingizni hech qachon unutmayman -dedi Xolbo"ri, qizning qo"llarini do"stona qisib.
  
   -Arzimaydi, Xolbo"ri aka.Dugonam bilan ikkalangiz baxtli bo"lsangizlar bo"ldi -dedi Sayyora va chiroyli jilmayganicha Xolbo"ri bilan xayrlashib, ichkariga kirib ketdi.
  
   Xolbo"ri "Buratino" kafesiga kirib, atrofi to"silgan bo"lgilardan biriga kirdida, telpagi bilan paltosini va sharfini yechib, keng va yorug" deraza yonidagi kursilarning biriga o"tirdi.
  
   Keyin mijozdan xabar olgani kelgan ofitsiantga buyurtmalar berarkan, chiroqni o"chirib, stolga sham yoqib qo"yishni buyurdi.Ofitsiant Xolbo"rining buyurtmalarini ado etdi hamki, Iltijodan darak yo"q edi.Xolbo"ri baribir umidini uzmay, ofitsiant keltirgan sharbatlardan o"ychan xo"plaganicha, kafe oynasidan tashqariga, yalqovlanib yog"ayotgan laylak qorga termulib o"tirdi.
  
   Qor uchqunlari aro kafe tamon kelayotgan xo"randalar orasida Iltijoni ko"rgan mahal hayajondan Xolbo"rining yuragi shishib, yorilayotganday, joni bo"g"ziga tiqilib qolganday tuyuldi va u sakrab o"rnidan turdi. Iltijo kafega kirganda esa, istiqboliga peshvoz chiqib, yugirib borgisi, uni shartta quchoqlab, hech kimdan uyalmay yuz ko"zlaridan o"pib, ko"tarib, chirpirak qilib aylantirmoqchi bo"ldiyu, vaziyat esiga tushib, o"zini arang to"xtatdi.
  
   Qo"lini ko"targandi, Iltijo uni ko"rdi va qadamlarini tezlatib, Xolbo"ri turgan bo"lgi eshigi tamon yurdi.Ular bo"lgi ichkarisiga kirib, eshikni berkitishlari bilan Iltijo xo"ngrab yig"laganicha Xolbo"rining quchog"iga o"zini otdi.
  
   -Xolbo"ri aka! -dedi u, yig"lab.
  
   -Asalim, bormisan! -deb yubordi Xolbo"ri, beixtiyor Iltijoni o"zi sezmagan holda senlab.U Iltijoni birinchi bor senlashi edi.U sevgan qizining yuz ko"zlaridan o"pib, maxkam bag"riga bosarkan, uni sira qo"yib yuborgisi kelmasdi.
  
   Iltijo ham Xolbo"rining bo"ynidan quchganicha hamon yig"lardi: -Sog"inib ketdim! -dedi u.
  
   -Men ham! -dedi Xolbo"ri, Iltijoni yanada maxkamroq quchib.Shu mahal eshik ortida qadam tovushlari eshitildi va Xolbo"ri Iltijoni shosha pisha quchog"idan bo"shatdi.
  
   Ichakriga ofitsiant kirib, Xolbo"riga: -kamchiliklar yo"qmi? -dedi.
  
   -Rahmat, og"ayni, hammasi joyida -deb qo"ydi Xolbo"ri.
   Ofitsiant chiqib ketgach, ikki sevishgan qalb egalari kursilarga yuzma -yuz holda o"tirdilar.Ular bir -birlarining qo"llarini ushlab, mehr bilan silar, bir birlarining diydoriga to"ymas edilar.
  
   Ancha sukunatdan keyin Xolbo"ri gap boshladi.-Xo"sh, endi nima qilamiz?Balki bu muammo zindonidan chiqmoq yo"lini toparmiz?Axir, o"limdan boshqasining chorasi bor deyishadiku -dedi u.
  
   -Bilmadim, Xolbo"ri aka, bilmadim!Men nima qilishni bilmay qoldim.Boshimning ichi ham tashi ham cho"yandek qotib qolgan.Ikki o"t orasida yonmoqdaman, o"z yog"imga o"zim qovrilmoqdaman!Bir tamonda ikkimizning sevgimiz, ikkinchi tamonda meni avaylab, asrab ulg"aytirgan ota -onam!O"zimni o"ldiray deb harchand harakat qilmayin, jonim shirinlik qilib, tomirimga piska tortolmadim, zahar ham icholmadim.Buni sezgan onam yig"lab: -O"z joniga qasd qilish va otasiga oq bo"lish gunohi kabira.Gunoxi kabirani esa Xudo abadul abad kechirmas ekan.Qizim, menga rahming kelmasa ham dadanga rahming kelsin.Bilasan, xafa bo"lsa, uning qon bosimi ortib ketadi.Xudo ko"rsatmasin, unga bir narsa bo"lsa, bizga hech narsa tatimaydi -deb nasixat qildilar. Xolbo"ri aka, ishoning, men sizni jonimdan ham ortiq sevaman.Ammo o"z baxtimni ota onam baxtidan yuqori qo"yolmayman.O"zingiz o"ylang, men ularning bittayu bitta farzandi, ko"zlarining oqu qarosi bo"lsamu men ham ularning yuziga oyoq qo"ysam, ularni tashlab ketsam, ular istamagan odamga turmushga chiqsam, ular mening rohatimni emas, dog"imni ko"rishsa, niyyatlariga yetolmasalar, menga baxt tatiydimi?Unda mening farzandlik burchim qayoqqa ketadi?Qisqasi, men o"z baxtimga mehribon ota -onamning orzu niyyatlarini qurbon qilolmayman.Tushunyapsizmi?Yaxshisi, ikkimiz umrbod do"st bo"lib qolaylik desam, bu shafqatsiz qarorday tuyular sizga.Ammo boshqa yo"limiz yo"q!Hayr, Xolbo"ri aka, bu bizning so"ngi uchrashuvimiz.Men sizni sevaman va ikkimiz uchrashgan u beg"ubor damlarni hech qachon unutmayman!Agar siz ham meni sevsangiz, qayta meni istab, bu yoqlarga kelmang, iltimos sizdan! -dedi Iltijo va kutilmaganda o"rnidan turib, tashqariga otildi.Xolbo"ri ham o"rnidan turdiyu, Iltijo! -deganicha qolaverdi.
  
   Shu onda dunyo Xolbo"ri uchun kimsasiz va poyonsiz qabristonga, zulmatli bo"shliqqa aylanib qoldi go"yo.U kursiga cho"karkan, kafe oynasiga ma"nosiz termulganicha qancha o"tirdi, esida yo"q.U faqat ofitsiant kirib, kamchiliklar yo"qmi? -deganidagina o"ziga keldi.Ko"z yoshlarini kaftiga artib ofitsiantga: -Og"ayni, aroq bormi? -dedi.
  
   -Bor, qanaqasidan? -so"radi ofitsiant, daftar qalamni hozirlab.
  
   -Qanaqa aroq bo"lsa ham mayli -dedi Xolbo"ri.Keyin qo"shimcha qildi: -Keyin, Sherali Jo"rayevning qo"shiqlaridan bo"lsa.Haligi, "Kema" degan qo"shig"i borku, o"shani disklari bo"lsa.Qo"shiqqa aloxida to"layman -tushuntirdi u.
  
   -Xo"p bo"ladi.Hozir didjeyga aytamiz, u Sher akaning qo"shiqlaridan qo"yib beradi -dedi ofitsiant va bo"lgini tark etdi.Ofitsiant chiroyli grafinga quyilgan aroqni olib kelgan mahal, Sherali Jo"rayevning "Kema" qo"shig"i ham yangray boshladi.
  
   -Ayriliiiiq ooooniiii yaqindir, kema yo"o"o"o"o"l booooongin chaluuur!
  
   Voh meniiii tashlaab firooooqqa yoyoyoyoyoyoyoyor yiroqqaaaaa yo"l oluuur!
  
   -deya kuylar edi hofiz o"zining dardli qo"shig"ini.Xolbo"ri grafindagi aroqdan qadaxga quyib, ko"zlari to"la jiqqa yosh bilan sevgi haqidagi tengsiz qo"shiqni tinglaganicha paydar pay ichaverdi.Qo"shiq tugab qolsa, u ofitsiantni chaqirar, qo"shimcha haq to"lashini aytib, unga Sherali Jo"rayevning "Kema" qo"shig"ini yana qayta qo"ydirar, qo"shiq ohangiga mos tebranib, hofizga jo"r bo"lar, har zamonda aroqdan ichib qo"yar, mastlikdan jildi chiqqan ko"zlarini go"laytirib, og"zini chapillatganicha yalqovlik bilan gazaki qilardi.Keyin nima bo"lganini bilmaydi.O"ziga kelib ko"zini ochgandagina u o"zining uyda ekanini sezdi va beixtiyor: -hayriyat, tushim ekan -deb qo"ydi.Lekin ko"rgan kechirgani tush emas edi.Buni u onasining yig"layotganidan anglab yetdi.
  
   -Bu yana nima ko"rgilik?!Shunaqayam ichasanmi, bolam?Do"stlaring arang uyimizga tashlab ketishdiya seni!O"zini bilmay qolguncha ham ichadimi odam degan?Mastlikda birontasi bilan mushtlashibsan shekilli, paltongni bir yengi yo"q!Cho"ntaklari ham yirtilib, tugmalari uzilib ketibdi.Telpaging xuddi uloqda otlar uyuri tepalab o"tganday yalpayib, yirtilib, astar paxtasi chiqib qolibdi. Bo"yningdagi sharfingning qayda qolganini Xudoning o"zi biladi.E, usti boshku topilar, lekin uylanadigan yosh yigit, shunaqa ichkilik ichib yursang, senga kim qizini beradi?!Axir bittayu bitta farzandim bo"lsang!Men ham ko"zim ochiqligida bunday odamlarga o"xshab kelin olib, nevara ko"rsam deyman! Otang rahmatlining ruhini chirillatma! -deya yig"lardi u.
  
   Onasining bu gaplaridan Xolbo"rining ko"zlariga dunyo badtar qorong"ilashib ketdi.U o"rnidan turgan edi boshi shishib g"ovlab ketganday tuyuldi.Boshi bosh emas, polvonlar ko"taradigan cho"yan gantelga o"xshar, tashnalikdan lablari qaqrab, ichi vulqon mo"risiday yonardi.Xolbo"ri bir necha cho"mich suv ichsa ham chanqog"i qonmagach, qand kasal bo"lib qolibman shekilli deb qo"rqib ketdi.Yarim chelak suvni icharkan, nihoyat u onasining yoniga tiz cho"kib, kechirim so"radi.
  
   -Aya, meni kechiring.So"z beraman, bu axmoqchilik endi hech qachon takrorlanmaydi!Ichkilik degan jirkanch illatning yaqiniga yo"lamayman -dedi u onasining tizzasiga boshini qo"yib.
  
   Ona ko"zlarida yosh bilan devordagi erining portretiga o"ychan termulganicha, Xolbo"rining bo"ri yungiga o"xshash quyuq va dag"al sochlarini silar edi.
  
  
  
  
   13 bob
   Maktub
  
  
  
   Xolbo"ri daryo sohiliga eltguvchi, ikki yoni bo"ztikanu yantoqlar bilan qoplangan ilonizi so"qmoqdan odimlaganicha xutor xarobalari sari borarkan, so"qmoq ustida uchib yurgan bir gala oppoq kapalaklar goh o"t -o"lanlarga, goh butalarga qo"nar, so"ng yana tentirab parvozni davom etdirar, go"yo ular ham Xolbo"riga ergashib, xutor xarobalari tamon ketayotganga o"xshar edilar.Bu xutorda avvallari qoraqalpoqlar yashardi.Ular shu daryo sohillarida sholikorlik va chorvachilik bilan shug"illanishar, baliq ovlash ham ularning sevimli xunari va tirikchilik manbai edi.Daryoda suv ko"payib, jarlar qulab, toshqin xutor aholisi hayotiga taxdid solavergach, ular daryodan uzoqroqqa "Qovunkapa" qishlog"i ichkarisiga ko"chib ketishgan.Hozir u xutordan loypaxsa devorlarning vayronalariyu, bir necha tup, tanasiga quloch yetmas qari tollar qolgan halos.Ba"zi tollarning to"nkalari saqlanib qolgan.O"sha to"nkalardan biriga o"tirarkan, Xolbo"ri etyudnikni o"rnatib, daryo jarlariga tutash bahoriy dalalarni, sohildagi suvlari oynadek yaltirab yotgan sholipoyalarni, damba tamonda buralib oqayotgan daryoni, delta qamishzorlariyu qo"g"azorlarini, jiydazorlaru tolzorlarni moybo"yoq bilan matoga muxrlash uchun hozirlana boshladi.Bu joylar Xolbo"ri uchun Makkaday muqaddas.Chunki bu yerlarda uning bolaligi kechgan.Bolalik chog"laridagi tanasiga quloch yetmas yuzlab azim teraklar va bahaybat tollar, ariqlarda to"lib -toshib oqquvchi toza, zilol suvlar, teraklarning shoxlarida xas -xashagi osilgan ming -minglab chumchuqlarning inlari, quloqni qomatga keltiruvchi qushlar shovqini, arqonlari azim teraklar tanasiga bog"langan belanchaklarni tebratib alla aytayotgan bog"cha xolalar, qo"llarini og"ziga ko"vacha qilganicha hayqirib, jazirama dalalarda ketmonlarini yaltiratib ishlayotgan odamlarni choyga chaqirguvchi oshpaz xotinni, uning keng dalar uzra tarlonday uchguvchi o"tkir va o"ktam ovozini u bot -bot eslaydi.Qani endi mevalari oltinday tovlangan o"rikzorlarni, uzumzor chetidagi baland kapada o"tirganicha: -hayt! hayt! -deya baqirib, chug"urchuqlarni, uzumzorlar ustidan guras -guras uchgan qorayaloqlar galasini haydayotgan, simlarga osilgan tunika idishlarni shaqillatib, yeb to"ymas qushlar galasini cho"chitayotgan bog"bon Mamassag"buvani ham o"z asarlarida aks etdirsa.Shunday o"y -xayollarga cho"mar ekan, Xolbo"ri uzoq -uzoqlarda, keng dala etaklarida ortidan chang to"zon ko"targanicha ishlayotgan traktor tasvirini ham bo"yoq bilan ishlay boshladi.Traktor esa Xolbo"ri o"tirgan tollar soyasidagi xutor vayronalari tamon o"z ortidan bir gala qaldirg"ochlarni ergashtirganicha tobora yaqinlashib kelardi.Agregat dala chetiga chiqqanda Xolbo"ri traktor xaydovchisini tanidi.U G"oyib traktorchi edi.G"oyibxo"ja, traktor kabinasida o"tirgan kuyi bir zum rasm chizayotgan Xolbo"riga qiziqish bilan termulib turarkan, o"tomoch motorini o"chirib, yerga sakradi.U ariqchadan sakrab o"tib, tollar soyasiga o"zini urganicha, yuz va bo"yin terlarini kepkasiga artib, Xolbo"riga yaqin keldi.
  
   -Hormang, xormang, Xolbo"ri!Iye, mening traktorimni ham chizib qo"yibsizku!E, yashang!Otangizga rahmat!Xudo hoxlasa, qizimni kuyovga uzatishimdan avval uylarimizni remont qilib, ayvonning ko"rinadigan joyiga qorli tog"larga tutash dala manzarasini ishlab berasiz.Xizmat haqini kelishamiz.
   Bilasizmi, bir paytlar yoshligimda men ham rassom bo"lishni orzu qilardim.Endi, boshlovchi rassom degan naturaga qarab ishlashi, rasm chizishni o"rganishi kerakda.Men ham kech kuz xirmondagi varaqalar shovqinida quloqlari batang bitib, chang to"zonda quv quv yo"talib quldek ishlayotgan, boshiga yag"iri chiqib ketgan do"ppi kiygan, tirinka shimlari yetmishyamoq, eski paxtalik choponi ichidan ko"rinadigan maykasi chirib, ilma teshik bo"lib ketgan, oooozg"in, dudlangan baliqday qoqsuyak, qiltiriq, ko"kko"z kolxozchining suratini chizdim.Chizsam, kolxozchi tog"aning jahli chiqib, nedurki sen meni kalakatura qilib chizding.Bu bilan sen barcha sovet mehnatkashlarini, paxtakorlarini masxara qilling!Sen xalq dushmanini bo"g"ib o"ldiribpeyaqaley!Senga Gulagdagi o"lim logirlarining bo"tqasi ham, o"q ham hayf!Yashasin, o"rtaq Stalin! -deya kekirdagimdan xippa bo"g"ib qo"ygan mahal uning changalidan arang qutilganman va shu-shu rasm chizmayman.
   Keyin bir sidra shoir bo"lishga ham urinib ko"rdim.Chunki o"sha paytlari sinfdoshim -hozirgi xotinim Kapolotxonni sevib qolgan edimda.Bir kuni unga she"riy maktub yozib, dugonasi Sapolatxondan: -shu ishq -muhabbat ruhida yozilgan maktubimni dugonangiz Kapolatxonga berib qo"ysangiz degan ma"noda iltimos qildim.
   Buni qarangki, Kapolatxonning dugonasi Sapolatxon ham meni telbalarcha sevarkanmi, yo dugonasiga xasadi kelganmi, hullas men yozgan xatni yirtib tashlab, o"rniga o"zi bir misra she"r yozib, Kapolatxonga beribdi.Men o"sha kech shirin hayollar og"ushida deyarli tongacha mijja qoqmay chiqdim.Nuqul, maktubimni oh chekib, oydinda yig"lab, qayta qayta o"qiyotgan, uni goh o"pib, ko"zlariga surtayotgan Kapolatxonni uzuliksiz o"ylayverdim.Tushimda maktabga borgan emishmanu, yonimda o"tirgan Kapolatxon domla doskaga bir narsalarni yozayotgan mahal sekingina menga javob xatini uzatgan emish.Xatni o"qisam, u: -G"oyibxo"ja aka, men ham sizni sevaman, sizsiz yasholmayman, jonim!Hurmat bilan, sizning ishqingizda telbalanib qolgan sevgilingiz Kapolatxon -deb yozib qo"yibdilar.Shu mahal uyg"ondimu hosiyatli tushdan quvonib, chala pucha nonushta qilganimcha, ochilib, kitob daftarim sochilib ketmasligi uchun dasta -tutqichi yo"q popkamni maxkam qo"ltiqlab, maktabga qarab chopdim.Maktabga borsam, Kapolatxon sevgilimning avzoyi buzuq.U kela solib, yig"lab, maktubni g"ijimlab yuzimga otarkan, og"zimga qaratib shapaloq tortib yubordi.Men turgan joyimda haykalday qotib qoldim.Keyin yerda yotgan maktubni olib, o"qisam, ichida butunlay boshqa yozuv.
   Sapolatxon u qog"ozga:
  
   Kapolatxon, saning ishqing mani jart -jurt o"sirtirdiy!
  
   deb yozib qo"yibdi.
  
   Nima qilishimni bilmayman.Kapolatxon sevgilim partaga yuztuban yotvolib ho"ng -ho"ng yig"layaptilar.Unga achinib ketdim.Sekin borib, uni yupatishga xarakat qilarkanman:
  
   -Kapolatxon, bu she"rni men yozganim yo"q!Ona tabiat haqqi!Ishonmasangiz, mening dastxatimni solishtirib ko"rishingiz mumkin!-dedim. Lekin Kapolatxon baribir mening gaplarimga ishonmadi.
  
   U to maktabni bitirgunimizcha menga gapirmadi.Men esa uni sevardim, usiz hayotimni tasavvur qilolmasdim.Yaxshi deng, baxtimga o"sha paytlar insoniyat ekstrasenslik degan dardga mubtalo bo"ldi.Bir tamonda Kashpirovskiy, yana bir tamonda Alan Chumaklar olis masofadan turib shisha bankalardagi suvlarga dam solardilar.Ming, millionlab kasallar o"sha dam solingan suvlarni ichib, dardlardan kushod qutilib, musaffo bo"lib, sog"ayib ketganlarini o"z ko"zimiz bilan ko"rganmiz.Birin ketin o"zga sayyoralik gumanoidlar noma"lum uchar jismlarda ona sayyoramizga tashrif buyura boshladilar.Bir kuni velosipedda daladan kech qaytayotib, mening miyyamga bir ajoyib g"oya keldi va uyga borib, insoniyatga noma"lum imloda bitta maktub yozdimda, uni ota onamga ko"rsatdim.Ular noma"lum imloda yozilgan maktubni o"qiy olmay, savol nazari bilan menga termuldilar.Men ularga vaziyatni tushuntirib, bugun daladan kelayotganimda velosipedga ko"zga ko"rinmas og"ir mavjudodlar mingashgani va velosipedning yurishi g"oyat qiyinlashib ketgani, uni haydayman deb, zo"riqishdan terlab pishib ketganim, so"ng xarsillab nafas olayotgan ko"rinmas mavjudodlar menga shu maktubni tutqazgani va velosipedning yurishi birdan yengillashganini aytdim.
  
   Albatta bu gaplardan bechora ota -onam qo"rqib ketdilar.Onam bechora qog"ozga daxshat ichra termulib: -bolam bu imloni biz tushunmasak, balki o"zing uni bizga o"qib berarsan -dedilar.
  
   Men xuddi maktub o"qiyotganday qog"ozga qaraganimcha gapira boshladim: -Hurmatli G"oyibxo"janing ota onasi!Biz "Meduza" galaktikasidan kelgan gumanoidlar Yer sayyorasida ilmiy tadqiqod ishlarini olib bormoqdamiz.Sizlarning o"g"lingiz G"oyibxo"ja esa, bizning Yer sharidagi ishonchli vakilimizdir!Agar G"oyibxo"jani zudlik bilan sinfdoshi Kapolatxon degan qizga uylantirmasangizlar, biz G"oyibxo"jani o"zimiz bilan olib ketamiz va lazer qurollaridan o"qqa tutib, Yer sayyorasini ilma teshik qilib tashlaymiz!Ayniqsa "Qovunkapa" kolxozining raisi Iskanaqul Karkidonovning ikki qavatli uyiga termoyadroviy qanotli raketalar otib, kulini ko"kka sovuramiz!
   Sizlarga bir oy muxlat!
  
   G"azab bilan, "Meduza" galaktikasidan kelgan yovuz gumanoidlar eskadrilyasi.
  
   Maktubni o"qib eshittirishim bilan bechora onam shilq etib xushidan ketdilar.Otam ikkimiz uni arang xushiga keltirdik.
  
   Shundan keyin noma"lum imloda bitilgan maktub butun qishloqda sensatsiyaga, shov -shuvga aylandi.Hozir balki odamlar unday narsalarga ishonmas.Ammo u mahallar butun insoniyat o"zga sayyoraliklar tashrifiga ishonar edilar.Hatto mutaraqqiy Yevropa va G"arb davlatlarida yashaydigan odamlar ham.Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko"r deganlariday, qovunkapaliklar, ayniqsa sevgilim Kapolatxonning ota onasi, qishloq ahli va hatto "Qovunkapa" kolxozining raisi Iskanaqul Karkidonovlar ham bu sirli maktub rostdan ham gumonoidlar tamonidan bitilganiga ishonmasalarda, "Maboda rost bo"lsachi?Unda kech bo"lmaydimi?"degan o"yda o"zaro kengashib, Ona sayyoramiz va insoniyat, ayniqsa, begunox norasida go"daklar hayotini saqlab qolish kerakligini aytib, Kapolatxonning ota onasini ko"ndirdilar.Brezent yopqichli, eski, shalog"i chiqqan "Villis" xizmat mashinasini o"zga sayyoraliklarga aytib, bironta vaqt mashinasiga almashtirib olish ilinjida Iskanaqul Karkidonov to"y xarajatlarini o"z zimmasiga oldi. To"y kuni bedapoyaga dasturxon tuzab qo"yinglar, "Meduza" galaktikasidan oliy martabali mehmonlar keladi -dedim.Buyrug"im bajo keltirildi.Kambag"al odam o"lsa, janozasiga ham bormaydigan kalondimog" Iskanaqul Karkidonov o"zi shaxsan to"yda osh tashib yurdi.To"yga shahardan hushovoz otarchi Zaparg"ani kelib, rosa davrani qizitdi.To"yga G"oyibxo"janing o"zga sayyoralik do"stlari kelsa ko"ramiz deb to"plangan odamlar olomoni to"yxonaga sig"may ketdi.Ulardan biri sabri chidamay menga:
   -G"oyibxo"ja!Gumanoid do"stlaringa taklifnoma yuboruvmiding o"zi?!Nega ularning hanuz daragi yo"q?! -dedi.
  
   Men unga: -Nega daragi bo"lmas ekan? Ana bedopoyaning ustida haybatli uchar tarelkalar muallaq turibdiyu!Ko"rmayapsanlarmi?E, darvoqe, ular oddiy odamlarga ko"rinmaydilarku.Ha, mayli men ular bilan salom -alik qilib qo"yay! -dedim.
  
   Keyin yulduzli osmonga qarab: -Kelinglar, aziz mehmonlar!Hush kelibsizlar!.. Iye, Kapolatxon ikkimiz asal oyini o"zga galaktikalarda o"tkazishimiz uchun bizga yangi, yog"i artilmagan uchar tarelka sovg"a qilibsizlarda!Rahmat, og"aynilar, rahmat!Yo"q, yo"q, hammasi yaxshi!Rais Iskanaqul Karkidonovning uyiga lazerli raketa xujumlarini uyushtirmanglar!U kishi shu yerda sopol tovoqlarda mehmonlarga osh tashib yuribdilar!Kolxoz g"aznasidan o"g"irlangan yirik hajmdagi mablag"larni joyiga qaytarib qo"ymoqchilar! -dedim.
  
   To"ydagi tamomi odamlar men yuzlanib gapirayotgan yoqqa qarab turardilar. Shuytib desangiz, Kapolat bonuga bir tiyinsiz uylanib olganman.
   Kapolatxon bo"lsa, meni sassiq traktorchi, savodsiz deya kamsitgani kamsitgan.Lekin men talantli mexanizatorman.Siz esa rassomsiz.Uylansangiz, xotiningiz sizni hurmat qilib, boshiga ko"tarib yursa kerak -dedi G"oyib traktorchi va negadir anchagacha jimib qoldi.
  
   Xolbo"ri uning ko"nglini ko"tarish uchun gapira boshladi:
   -Lekin, G"oyib aka, siz aslo o"kinmang.Traktorchi bo"lsangiz ham, siz bilan bizni bog"lab turgan umumiy, ko"zga ko"rinmas bir rishta bor.Bilaman, siz ham ba"zan yozgi dalalar etagida kakkularning hasratli ohiga quloq tutgancha to"xtab, jilmayasiz.Tongda tig" urayotgan quyosh nurlaridan ko"zlaringiz qamashib, dalalar uzra vijirlab sayrayotgan to"rg"aylarga ko"zlaringiz uzra kaftingizni soyabon qilib qaraganingizda qalbingiz zavqu shavqqa to"ladi. Botargohda qushlar shovqinini, sukunatda iskaptoparlar g"ing"illab, chigirtkalar chirillayotgan mahal uzoq - uzoqlardagi ovozlar ham aniq tiniq eshitiladigan shom hasratini sevasiz va sholipoyalarida baqalar jo"r bo"lib kuylayotgan daryo sohili uzra ohista ko"tarilayotgan parishon oyga hayrat bilan uzoq termulasiz.Siz bilan bizni, butun O"zbekistonda yashayotgan xalqlarning qalblarini diyorimizning shunday betakror go"zal manzaralari, yurt ishqi, vatan muhabbati bog"lab turadi-dedi u.
  
   Bu gaplardan G"oyib traktorchi kattakon tol to"nkasida o"tirgan kuyi, kepaksini ko"zlariga bosib, yelkalarini silkitib jimgina yig"lay boshladi.
  
   Xolbo"ri rasm chizishdan to"xtab, G"oyib traktorchini yupatishga tushdi:
   -Iye, G"oyib aka, sizga nima bo"ldi?Nega yig"layapsiz?Yig"lamang -dedi u.
  
   G"oyibxo"ja esa o"rnidan turib, kepkasini boshiga kiyyarkan, Xolbo"rini quchoqlab, maxkam bag"riga bosdi.
  
   -Rahmat, uka, boringizga shukr.Meni tushinadigan odamlar ham bor ekanku bu dunyoda.Axir bir kun men ham ichkilikni tashlarman, odam bo"larman, to"g"rimi, uka.Men sizday ukam, bo"lishini juda juda hoxlardim.Qani endi siz bizga kuyov bo"lib, qizim Nortojiga uylansangiz!Bir umr faxrlanib yurardim.Qizim Nortojining biroz yoshi o"tib qolgan.Ammo u juda esli.Ba"zan uyga mast bo"lib kelsam, onasi jag"illab, mening quloq miyyamni yesa, bechora qizim traktor xaydab yuraverib tuproq bo"lib ketgan sochlarimini silab: -Xafa bo"lmang, dadajon.Oyim javraganlari bilan sizni yaxshi ko"radilar -deydi, ko"nglimni ko"tarib.Aslida men ablax alkashni deb qizim bechoraning baxti bog"langan.Qizi yaxshiyu, otasi alkashda -deya sovchilar ostonamizni xatlamaydi.Gohida: -Qizim, meni kechir.Men ablaxni deb sen o"tirib qolding.Sal o"ngliroq bo"lganimda sen podsholarga kelin bo"larding, malika bo"larding!Nima qilay, erta bilan endi aroq ichsam har narsa bo"lay deb qasam ichib, ko"chaga chiqamanu, yana qanday ichib qo"yganimni o"zim bilmay, uyga mast holda qaytaveraman.Xuddi sehrlab qo"yilganday!Menga ham bir kuni Xudo insof berib qolar, qizim -deyman.Qizim bo"lsa: -Dadajon, unday demang, siz dunyoda eng yaxshi dadasiz -deydi.Nahotki endi shunday sabr qanoatli, aqlli, kechiruvchan qizim qari qiz bo"lib qolsa, nahotki uni endi yigitga emas, uy ko"rib, xotin qo"ygan, yoshi o"tgan odamga erga bersam!E, Xudo, axir u ham dunyoga umid bilan kelganku!Qizim Nortojiga ham baxt ato et! -deya o"ylab, kechalari uyqum qochib ketadi, Kapolatxon yostiqdoshim uyg"onib ketmasinlar deb ko"rpani tishlab, zo"riqishdan manglay va bo"yin tomirlarim chilvirday bo"rtib, unsiz yig"layman -dedi G"oyib traktorchi, ko"z yoshlarini oftobda o"ngib ketgan katak ko"ylagining yengiga artib.So"ng Xolbo"ridan kechirim so"rab, ariqdan xatlarkan, traktori tamon yo"naldi.
  
   Xolbo"ri nima deyishini ham bilmay o"ylanib qoldi. Uning tevaragida bitta oppoq yolg"iz, yetim kapalak pildirab uchib yurardi.U ucha ucha, etyudnikning qiriga qo"ndi.
  
  
   14 bob
   Tadbirkor ayollar
  
  
  
   Dub daraxtidan yasalgan qimmatbaho stol atrofidagi kursilarda o"tirgan Bibisuvaydo bilan G"ishtxonlar hashamatli mehmonxonaning xorijiy mebellarini hayrat bilan kuzatar ekanlar, ularning yuzlarida garchand tabassum zoxir esada, ichlarini xasad itlari timdalar edi.
  
   -Obbo sizey!Bir opamni yo"qlay debsizda a?Yashang!O"zi ertalabdan bog"imizda zag"izg"on shaqillayatuvdi, sizlarning kelishlaringiz ekan.Hush kelibsizlar!Qani, manabu noz -ne"matlardan olib o"tiringlar.Olinglar -dedi Iltijoning onasi Soddagul, mehmonlarga choy quyib uzatarkanlar.Keyin yana qo"shimcha qildi: -Aytganday, Bibisuvaydo, bu singlimizni menga tanishtirmadingizku, ismlari nima?
  
   -Haya, esim qursin.Manabu go"zal mehmonxona jixozlariga hushim ketib... Tanishing, opa.Bu ayolning ismi G"ishtxon.Balki bu ism ismdan ko"ra tahallusga o"xshab ketgani uchun sizga biroz erish tuyulayotgandir.Gap shundaki, onalari opamga homilador bo"lib yurgan paytlar, otalarining tushiga bir cho"qqi soqolli chol kirib, uning qo"liga sof oltindan quyma g"isht tutqazibdi.Otalari o"z tushlarini opamning onalariga aytsalar, u ayol: -Vay, dadasi, sizning tushingizga Xizr buva kiribdi.Endi boyib ketarkanmiz deb xursand bo"libdilar.Keyin qizlari, ya"ni G"ishtxon opam dunyoga kelganlar va unga G"ishtxon deya ism qo"yishgan.Lekin ko"p o"tmay, qo"shnilari bilan qonli nizo yuzaga kelgan va qo"shnisi xumdonda yaxshilab pishitilgan g"isht bilan orqa miyyalariga og"ir tan jaroxati yetkazishi oqibatida G"ishtxon opamning otalari voqea joyida anov bo"lganlar... vafot etganlar.Shu shu G"ishtxon opam otasidan esdalik o"sha muqaddas ismni o"zgartirmay, mardona yashab kelyaptilar -tushuntirdi Bibisuvaydo.
  
   -Voy, g"isht bilan urmay qo"lginang singur juvonmaaaaarg!Bir odamning umriga zomin bo"libdiya.Qo"shning yomon bo"lsa ko"chib qutilasan deganlari shuda.Amakimiz o"lib qutilibdilar.Xudo rahmat qilsin bechorani.Go"rlari nurga to"lsin.Ko"p siqilavermang, aylanay G"ishtxon, bu ham bo"lsa taqdir, Xudoning amri.Odamzod yuribman, turibman deyaverar ekanu o"zining qachon, qayerda, qay tarzda o"lishini bilmas ekan.Endi, taqdirga ko"nmay ilojimiz qancha.Qazosi yetsa, qozi o"libdi deydilarku.Mana, ortlaridan sizday yaxshi farzandni qoldiribdilar, hayru ehson, cho"pi chiroq, duoi fotixa qilib, ruhlarini shod qilasiz -dedi Soddagul.
  
   -Rahmat, opajon -dedi G"ishtxon, bo"ynidagi harir sharfining bir uchiga ko"z yoshlarini artib.
  
   -E, suhbatimiz juda qayg"uli bo"lib ketdiku.Kelinglar, yaxshi gaplardan gapiraylik.Bu, opajon, qizingiz Iltijoxon ko"rinmaydilar, o"qishga ketganmilar? -gapning o"zanini boshqa yoqqa burdi Bibisuvaydo.
  
   -Iye, ana halos!To"palonda sizni to"yga aytish esdan chiqibdiyu!Voy bu to"y qilib, qiz uzatish oson emas ekan, o"rgilay.Shoshilishda juda ko"p ko"ngil yetarlar esdan chiqib, to"yga taklif qilinmay qolib ketibdi.Bir nechtasi haliyam mendan xafa.Iltijo qizimni turmushga uzatdik aylanay.Bir yil bo"ldi.Bitta nevaramiz ham bor.To"y shahardagi eng ko"rkam restoranda o"tgan.Minglab kazo kazo mehmonlar tashrif buyurdilar. To"yni Zaparg"ani degan otarchi yigit roza qizitdi.Haaaa.Mana, manabu albomda to"y suratlari bor.Videosini ko"rsangiz!-dedi Soddagul.
  
   So"ng, servantdan kattakon albomni olib, Bibisuvaydoga uzatdi.Bibisuvaydo bilan G"ishtxon albomdagi to"y suratlarini katta qiziqish bilan tamosha qila boshladilar.
  
   -Haaaa, mana buni to"y desa bo"ladi!Stollari oltindanmi deyman?Erkaklarning bo"yinlarida kapalaknusxa bo"yinbog"lar, tilla tishlarida qimmatbaho "Gavana" sigaralarini tishlab, qo"llarida konyakli billur qadaxlarni cho"qishtirmoqdalar!Ayollarning ko"ylagi restoranning marmar polida qumloqni yalagan dengiz to"lqinlariday sudralib yuribdi.Bu ko"ylak jonvorlar yo"q deganda yuz ming dollar tursa kerak? -qiziqsindi Bibisuvaydo.
  
   -Kuyov -kelin ham bir biriga xuddi quyib qo"ygandek, oltin uzukka olmos ko"zday munosib -qo"shib qo"ydi Soddagul.
  
   -Ha, kuyov bola ham kelishgangina yigit ekan, Iltijoxon ham afsonaviy parilardek ochilib ketibdilarda o"ziyam.Mana bu boshqa gap, opa.O"zlaringizga o"xshagan boy-badavlat odamlar bilan quda -anda bo"libsizlar. Qizingizga munosib kuyov topibsiz.Muborak bo"lsin!Ikki yosh qo"shgani bilan qo"sha qarisin!Bo"yoqlarga belanib yuradigan anavi sassiq xudojnik sizlarga to"g"ri kelmas edida.Teng tengi bilan, tezak qopi bilan deyishadiku.Attang, shunday to"yda qatnasholmay qolibmiz!To"yga aytsangiz, G"ishtxon opam bilan kelib, "Lazgi"ga o"ynardik.G"ishtxon opam bitta g"ishtning ustida qo"llarini ilonday biltanglatganicha bir oyoqda raqs tushib, o"z harakatlari bilan doston aytadilar, doston!Ha, mayli.Hali ko"p to"ylar qilasiz.Xudo hoxlasa nevarangizning sunnat to"yida lambadaga o"ynaymiz -dedi Bibisuvaydo.
  
   -Rahmat, Bibisuvaydojon, singlim, iloyo aytganingiz kelsin -dedi Soddagul xursand bo"lib.
  
   Keyin o"rnidan turib, oshxonaga yo"nalar ekan: -Sizlar bemalol suhbatlashib, yeb ichib o"tiringlar.Men darrov qo"y yog"iga bitta palov damlayman.Muzlatgichda kiyikning go"shtidan bor -dedi.
  
   -Yo"q, yo"q, opajon, rahmat, urinmang.Palovni yanagi kelganimizda yermiz.Biz bir joyga borishimiz kerak -dedi shosha pisha Bibisuvaydo.
  
   -Iye, bu qanaqasi?Tovba! Ozib yozib, bir kelib, osh yemay ketasizlarmi?Bugun yakshanba, dam olish kuniku?Yo sizlar yakshanba kuni ham ishlaysizlarmi? -dedi hayron bo"lib Soddagul.
  
   -Hamma gap ana shundada, opajon.Ish bo"lsa qani, yakshanba kunlarini qo"ying, kerak bo"lsa kechasiyu kunduzi tinimsiz ishlardik. Ish yo"qda.Erkaklari mardikorchilik qilish uchun Rossiya, Qozog"istonga ketgan qishlog"imiz xuddi ikkinchi jahon urushi paytidagi qishloqlar kabi xuvillab qolgan.Erlari mardikorlikka ketgan qishlog"imiz ayollarini ish bilan ta"minlash uchun G"ishtxon opam bilan "G"ishtxonbibisuvaydo ELTD " degan xunarmandlik tovarlari ishlab chiqaruvchi kichik korxona ochmoqchi edik.Bankdan kredit olaylik desak, foyiz stavkalari juda baland ekan.Unaqa foyiz stavkali kreditni olgan tadbirkor albatta bankrot bo"ladi.Oxiri o"ylay o"ylay, bu masalada yordam so"rab, sizga murojaat qilishga qaror qildik.Shu, ishimizni yurgizib olishimizga o"zingiz yordamlashing, Xudo hayringizni bersin, opajon!Qishloq ayollari ishga joylansa savob bo"ladi.Foyiz ustamasini sal yo"lida qilib bersangiz, G"ishtxon opam ikkimiz tilxat yozib, qo"l qo"yib berardik.Bizga ishoning, opajon.Biz birovning haqqidan qo"rqamiz.Birovning haqqi pulsirotda tutar ekan.Bu haqda rivoyat ham bor.Qadim zamonda bir podsho el -ulusga chayon solig"i solibdi.Podsho u chayonlardan zindonlaridagi maxbuslarni azoblash uchun foydalanar ekan.Har bir mahalla bir qopdan chayon topshirishi amr qilingan bo"lib, buncha chayonni qaydan topsak ekan deb, bizning qovunkapaliklarning ham boshlari cho"yanday qotib, o"ylanib qolibdilar.Keyin surishtirishsa, kimdir falon mazorda chayonxona bor debdi.Qopni qo"ltiqlab, o"sha mozorga borishgach, mozorbon ularga bir qabrni ko"rsatibdida: -Ogohlantirib qo"yay, bu qabr to"la chayon.Uni aslo ocha ko"rmanglar.Chayonlar sizlarga yoprilishi mumkin.Faqat qabrga tayoqni suqinglarda, o"sha tayoqqa yopishib chiqqan chayonlarnigina qopga solinglar debdi.Odamlar qabrdan bir qop chayonni olgach, mozorbonga: -Qiziq.Bu qabr kimning qabri? -deya savol beribdilar.Mozorbon u qabr birovlarning haqqiga xiyonat qilgan poraxo"r, bir nopok amaldorniki deya javob bergan ekan -dedi Bibisuvaydo.
  
   -Voy, nega ishonmas ekanaman sizlarga?Axir siz ham G"ishtxon ham endi mening qiyomatli singlimsizlar.Mening tug"ishgandan ziyod singillarim tadbirkorlik bilan shug"illanib, qo"shimcha ishchi o"rinlari tashkil qilib, ayollarni ish bilan taminlayman deb tursa, bu hayrli ishga hissa qo"shmaymanmi?Foyiz deganingiz nimasi, Bibisuvaydo?Nima, men sudxo"rmidim?Yo menga savob kerak emasmi?Ayting, qancha pul kerak o"zi?-dedi Soddagul.
  
   Bibisuvaydo katta miqdordagi summani aytdi.
  
   -Shumi?Bo"ldi, tashvish qilmang.Gar yetsa molim, yetmasa jonim deyishadiku.Men hozir bor pulni qirishtirib, olib chiqaman, sizlarga yordam qilaman -dedi Soddagul.
  
   Bu gaplarni eshitib, Bibisuvaydo bilan G"ishtxon xursandliklaridan xuddi bog"cha bolalariday sakrab, chapak chalib yubordilar.
  
   -Voy, rahmaaaaat, opajonim, rahmat!Bu yaxshiligingizni u dunyoyu bu dunyo unutmaymiz!Aytdima, nega qiyomat qayim bo"lmayapti deb.Endi bilsam, hali yer yuzida siz kabi oliyjanob, mehribon insonlar bor ekanda! -dedi Bibisuvaydo ko"z yoshi qilib.
  
   -Rahmat, Soddagul opa!Ishlarimiz yurishsa, albatta pullaringizni ikki xissa qilib qaytaramiz -minnatdochilik bildirdi G"ishtxon.U ham yig"lar edi.
  
   -Yig"lamanglar, mening qiyomatli singillarim.Qani, bir tabassum qilinglarchi -dedi Soddagul.
  
   Bibisuvaydo bilan G"ishtgul ko"z yoshlarini xarir sharflarining uchiga artib, zo"raki jilmaydilar.
  
   -Ha, bu boshqa gap.Bir zum gaplashib turinglar, men hozir -dedi Soddagul va ichkariga kirib ketdi.U ketgach, G"ishtxon bukchayganicha yelkalarini silkitib, o"zini tutolmay unsiz kula boshladi.
  
   -Tss! -dedi Bibisuvaydo ham kulgidan o"zini arang tiyib, ko"rsatgich barmog"ini lablariga vertikal qo"yganicha.
  
   Anchadan keyin Soddagul ichkaridan bir dasta dollar olib chiqdi.Dollarlarni ko"rib, Bibisuvaydo bilan G"ishtxonlarning xirsdan ko"zlari olayib ketdi.
  
   -Mana, singillarim, hozircha menda bori shu.Kerak bo"lsa bu hayrli ishga o"z taqinchoqlarimni ham qurbon qilishga tayyorman.Foyizi kerak emas.Ishni yuritib olgach, topganlaringda pulning o"zini qaytararsizlar -dedi Soddagul bir dasta dollarni Bibisuvaydoga uzatarkan, samimiy jilmayib.Bibisuvaydo pullarni shoshib olganicha bag"riga bosarkan, Soddagulni maxkam quchoqlab, unga qayta qayta rahmat aytib, yuzlaridan o"pdi.G"ishtxon ham.
  
   -Opajon, otam rahmatli pulni yerdan topib olsang ham sanab ol deya nasixat qilardilar.Ko"nglingizga kelmasin.Men sizga o"zimga ishonganday ishonaman.Ammo shunday bo"lsa ham...Agar qarshi bo"lmasangiz, pullarni bir sanab qo"ysam -dedi Bibisuvaydo.
  
   -Mayli, sanang.Balki men noto"g"ri xisoblab, mo"ljaldagidan ozroq pul bergandirman -dedi Soddagul.
  
   Bibisuvaydo pullarni sanayotgan edi, kutilmaganda G"ishtxon: -Opa, taxorat vojib bo"lib qoldi, xojatxonaga... agar mumkin bo"lsa... -dedi.
  
   -Voy, nega mumkin bo"lmas ekan.Yuring, anavi hobxonadan keyingi eshikdan kirsangiz vannali xojatxonamiz bor -dedi Soddagul G"ishtxonga yo"l ko"rsatib.Keyin kelib, Bibisuvaydoning yoniga, divanga cho"kdi.
  
   G"ishtxon xojatxonada ancha ushlanib qoldi.U chiqqach, Bibisuvaydo ketishga taraddudlana boshladi.
  
   -Qani, opajon, bir duo qiling.Biz endi boraylik.Iloyo boshlayotgan biznesimiz gullab yashnasin-dedi u.
  
   -Ha, o"tiruvdinglarda.Palovxonto"rani ham yemay ketasizlarmi?-dedi Soddagul zorlanib.
  
   -Baribir bitta oshga qarzsiz, opa.Boshqa kelamiz, Xudo hoxlasa, qani... -dedi Bibisuvaydo, Soddagulni duoga qistab.
  
   Soddagul duo qilgach, ular hayrlasharkanlar, Bibisuvaydo bilan G"ishtxon ko"chaga chiqishdi.
  
   -G"isht, xariplarni avrab pulini olishni mendan o"rgan.Endi bironta restoranga kirib, bu o"ljani yuvmasak bo"lmaydi.Tomoq o"lgur qaqrab ketdiyu.Quling o"rgilsin Napoleon konyagidan yuz ikki yuz tashlamasak bo"lmaydi -dedi yo"l yo"lakay Bibisuvaydo.
  
   -Yo"q, Bibishka, Soddagul faryod ko"tarib, militsiyani chaqirguncha bu yerlardan tuyoqni shiqillatib qolishga ulgurishimiz kerak -dedi G"ishtxon, ortiga havotirli qarab.
  
   -Nega? -dedi Bibisuvaydo hayron bo"lib.
  
   G"ishtxon atrofga bir alanglab olarkan, sumkasini ochib, Bibisuvaydoga ko"rsatdi.
  
   Sumkadagi olmos ko"zli qimmatbaho tilla taqinchoqlarni,oltin bilaguzuklarni, marvaridlarni ko"rib, Bibisuvaydoning hayratdan og"zi ochilib, ko"zlarining paxtasi chiqdi.
  
  
  
   15 bob
   Dalneboyik
  
  
  Xolbo'ri dalada somon to'playotgan odamlarning suratini matoga moybo'yoqda muxrlayotgan payt birdan havo aynib, pastak bulutlardan atrof qorong'ulashib ketdi. Kutilmaganda ko'tarilgan shiddatli shamol esa Xolbo'rining boshidagi oftobda o'ngib ketgan do'ppini yulqib, uchirib ketdi.
  
  Do'ppi xuddi g'ildirakday g'ildirab ketdi.Shu mahal shamol shashtida ko'ylaklarining etagi goh ko'tarilib, goh bayroqday xilpirayotgan bir qiz qo'lidagi panshaxani tashlab, bitta hamla bilan do'ppini tutib oldi.Keyin yugirganicha kelib, uni Xolbo'rining qo'liga tutqazdi.U G'oyib traktorchining qizi Nortoji edi.Do'ppini qizning qo'lidan olarkan, Xolbo'ri uni maqtay boshladi.
  
  -E, qoyilman, Nortoji!Siz ancha muncha dorvozabonlarni ham yo'lda qoldirib ketarkansiz.Toshkentga borib, 'Paxtakor' futbol komandasiga dorvozabonlik qilsangiz bormi, bitta ham to'pni o'tkazib yubormas edingiz!Terma komandamiz oliy ligaga chiqar edi! -deb qo'ydi u kulib, do'ppisini yana shamol uchirib ketmasligi uchun manglayiga bostirib kiyganicha shamolda dengizdagi baliqchilarga o'xshab baqirib gapirib.
  
  -Ha, o'zim ham shunday qilsammikin deb yuruvdim!'Paxtakor' komandasiga bitta men yetmay turuvdim. -dedi Nortoji ham shamolda qiyqirib kulib.
  
  Xolbo'ri bu gaplardan xandon otib kuldi.Keyin Nortojiga rahmat aytdi.
  
  -Quruq rahmat bilan qutilmaysiz mendan!Bitta portretga qarz bo'ldingiz!Qachon suratimni chizib berasiz?! -dedi suhbatni davom etdirib Nortoji.
  
   -Gap yo"q!Qachon desangiz men tayyor! -dedi Xolbo"ri.Shundan keyin yanada quyuqlashayotgan zulmatni yoritib, chaqmoq chaqa boshladi.Keyin momaqaldiroq shunaqa gumbirladiki, chaqmoqlardan yorishayotgan bug"doyzor osmoni yorilib ketganday bo"ldi go"yo.Yirik yirik yomg"ir tomchilari shiddat bilan shitirlab yog"a boshlaganda esa, somon to"playotgan ayollar va bolalar qo"llaridagi panshaxalarini g"aramlarga sanchib, dala chetida o"sgan quyuq daraxtzorlar panasiga qarab qochishga tushdilar.
  
   Bir zumda shiddatli yomg"irdan dalalaru odamlar va dov daraxtlar ko"rinmay ketdi.
  
   Xolbo"ri shoshib narsalarini yig"ishtirdida, etyudnigini yelkasiga osib, Nortojiga: -Qochdik biz ham!-dedi.
  
   -Qayoqqa?! -so"radi sarosima ichra Nortoji, yomg"irda ko"ylagi ivib shalobbo bo"lib chippa yopishgan sarvday qomati, tim qaro sochlari va yuzlari chaqmoq shu"lasida yorishib.
  
   -Men bilan birga chopavering!Keling, qo"lingizni bering!Qo"rqmang, Nortoji! -dedi Xolbo"ri.Ular birga dala chetiga, "Gaz -51" rusumli yuk mashinasining tashlandiq kabinasi turgan joyga chopdilar. Xolbo"ri ko"pdan beri bu sovet zamonidan qolgan eski yuk mashinasining tashlandiq kabinasi suratini daryo va dalalar fonida ishlamoqchi bo"lib yurgandi.Ular yuk mashinasining g"ildiraksiz, aravasiz tashlandiq kabinasiga yetgach, Xolbo"ri xuddi uzoqqa qatnaydigan tajribali xaydovchi kabi eshikni ocharkan, o"rindiqqa o"tirdi.Keyin Nortojiga qarab baqirdi: -Yaxshi qiz, yomg"irda turmang!Ko"ylaklaringiz ivib, badaningizga chippa yopishib qoladi!Keyin o"pkangiz shamollab qolishi mumkin!Tez o"tiring mashinaga! -dedi.Uning usti boshi va yag"ir do"ppisi ip ipigacha ivib ketgan edi.
  
   Nortoji ham shoshib tashlandiq kabinaning shaloq o"rindig"iga o"tirarkan, eshikni yopdi.Bu mahal kabina old oynalarini yuvib shiddatli jala quyar, chaqmoqlar chaqib, daxshatli momaqaldiroq gumbirlardi.
  
   -Yaxshi qiz, "Qovunkapa" gami? - dedi Xolbo"ri, Nortojiga qarab qo"yarkan, rul chambaragini maxkam tutganicha.
  
   -Ha -dedi Nortoji marjonday tishlarini ko"rsatib kulib.Uning qop qora sochlari ivib, yelkalariga, yuzlariga, oppoq bo"yinlariga yopishib qolgan edi.
  
   -Yo"limiz bitta ekan.Tashlab qo"yaman.Men dalneboyikmanda.Yo"l quyun, odam zerikadi.Yolg"iz o"zingiz og"zingizni oxirigacha ochib, esnab ketaverasiz ketaverasiz.Bironta hamsuhbat tutdan terakdan gapirib, javrab ketmasa, ko"zingiz ilinib, yuk mashinangiz bilan sandiq sandiq bo"lib ag"anab, jarlikka qulashingiz ham hech gapmas.Mana, sizday bir pari paykar qizning hamrox bo"lgani yaxshi bo"ldida -deb qo"ydi Xolbo"ri, og"zaki "G"g"g"g"in!G"in!G"g"g"g"iiiiinnnnn!" deya gazlab, rul chambaragini u yoq bu yoqqa burib.
  
   -Ha, ayniqsa, mana bunaqa yomg"ir sharillatib quyayotgan mahal a?Do"ppingiz ham yomg"irda bo"kib qolibdiku, dalneboyik?!-dedi Nortoji kulib.
  
   -Ha, nimasini aytasiz, yaxshi qiz -dedi shalobbo bo"lib ivigan do"ppisini boshidan olib, eshib, suvini siqib, yana qayta boshiga kiyarkan, Xolbo"ri.
  
   Uning boshidagi bujmayib ketgan do"ppiga qarab Nortojining kulgisi qistadi.
  
   -Do"ppi jonvor ham tugabdiyu.Siz kechmasangiz ham, do"ppi endi sizdan albatta kechadi -deb qo"ydi u, hamon jilmayganicha.
  
   -Kechsa, kechaversin.Bosh omon bo"lsa, do"ppi topiladi, yaxshi qiz.Endi, yo"l kira haqiga o"zingiz qoyil qilib bitta do"ppi tikib berasizda -dedi Xolbo"ri.
  
   -Do"ppi tikdiim ipaklariiiy tilloooodan! -deba? -dedi chiroyli ovoz bilan qo"shiq kuylab Nortoji.
  
   -Iye, hali qo"shiq ham aytib turaman deng.Obbo sizey!Ovozingiz ham qo"ng"iroqday ekan.Ko"z tegmasin. E, Klara Jalilova bo"lib ketinge! -dedi Xolbo"ri.Keyin u ham Sherali Jo"rayevning qo"shig"ini bor ovozda xirgoyi qila boshladi:
  
   -Yo"lda yo"liqdim bir qiz balog"a!
   Ko"zlaaaari hanjaaaar tiyg"i qazog"a!
  
   -E, ana halos!Bu deyman, o"zlariyam Sher akaning ashaddiy shinavandalaridan ekanku!Qarang bir chiroyli ovozingiz bor ekan.Aytganday, bu agregatingizning magnitafoni bormi?Uzoq yo"l, maza qilib musiqa eshitib ketardik -dedi Nortoji.
  
   -Bor, diskavodli zamonaviy avtomagnitolasi bor.Hozir qo"yaman -dedi Xolbo"ri.
  
   Keyin xuddi disk lappaklarini ko"zdan kechirayotganday harakatlar qilib dedi:
  
   -Ortiq Otajonovning xard diski bor ekan."Chorvoq chiroqlari" degan qo"shig"ini eshitamiz.Men shu qo"shiqni tinglab, ba"zan ko"z yoshlarimni hech kimga ko"rsatmay unsiz yig"layman.Siz ham bir eshitib ko"ringa.Balki birgalashib yig"larmiz -jilmayib qo"ydi u.So"ng Ortiq Otajonovning o"sha mashhur qo"shig"ini xirgoyi qila boshladi.
  
   -Sho"o"o"o"x sho"o"o"o"x o"ynar ediiim, sen bilan qirg"oooqda men!
  
   Endi qo"msaaab izlaringniiiiy hol ba hol yurmoqdaman!
  
   Qayga ketdiiii deb so"raaaar ko"o"o"o"p,
  
   Suv urib qirg"ooooqqa boooosh...
  
   Xolbo"ri qo"shiqni to"liq ijro etdi.Keyin jimib qoldi.Iltijo ham.Ular anchagacha oynani yuvib yog"ayotgan jalaga so"zsiz termulib o"tirdilar.
  
   -Juda dardli, hasratli qo"shiq ekan -deb qo"ydi, hamon sharros quyayotgan jalaga o"ychan termulganicha Nortoji, chuqur xo"rsinib.
  
   -Ha, sevgi haqida aytilgan eng go"zal va dardli qo"shiqlarning bittasi shu.Bunday qo"shiqlar qachondir kimnidir sevgan insonning sog"inch iztiroblarini, qalb qiynoqlarini, his -tuyg"ularini ifodalaydi. Sevgi inson qalbining eshiklarini taqillatmay, kutilmaganda tashrif buyurguvchi va o"sha qalbda bir umr qolib ketguvchi ilohiy tuyg"u desam to"g"ri bo"larmikin?Bu tuyg"u uyga darchadan kirib olgan olmaxon emaski, uni kostryul yo tog"oralarni kafgir bilan tang"illatib, shovqin ko"tarib, qalbingdan quvib chiqarsang.Buning ustiga u voqea ham emas, hodisa.Ya"ni u sodir bo"lmaydi, yuz beradi.Sevgi insonni o"z ixtiyoridan, aqlu hushidan ayrib, halovatidan judo qiladi, g"arib kuz epkinlari kabi odam bolasini bargi xazonday sarg"aytirib ketadi. Bu huzurbaxsh qiynoq, chidab bo"lmas ruhiy extiyoj, qondirib bo"lmas ma"naviy muxtojlik iliq bahoriy shomlar ufqida zulmatli osmon bulutlarini bir laxza yoritib, unsiz chaqnagan oniy chaqin kabi yalt etadiyu yana so"nadi.Lekin u chaqinning g"amgin shu"lasi inson shuurida bir umr muxrlanib qoladi -dedi Xolbo"ri.Keyin yana gapira boshladi:
  
   -Hazil hazilu, lekin siz juda chiroyli qiz ekansiz, Nortoji.Avvallari uncha e"tibor bermagan ekanman.Ayniqsa hozir, shu tobda, yomg"irda shalabbo bo"lib ivigan shu ko"ylagingizda mening ko"zlarimga juda go"zal ko"rinyapsiz -dedi u.
  
   -E, qo"ysangizchi, qanaqasiga men chiroyli bo"lay.Meni chalpakka o"rab qo"ysa it ham yemaydiku.Agar shunaqa maqtovlar bilan shishirib, menga tajovuz qilmoqni rejalashtirayotgan bo"lsangiz, aytib qo"yay, shu katta tezlikla ketayotgan mashinangiz kabinasidan o"zimni tashlab yuboraman -dedi Nortoji, suhbat o"zanini boshqa yoqqa burishga harakat qilib, jilmayganicha.
  
   Lekin Xolbo"ri jiddiy edi.
  
   -Xudo haqqi, Nortoji, ishoning.Siz rostdan ham chiroyli qiz ekansiz.Sizga bu gaplarni odam anatomiyasi va qiyofa ilmini yaxshi bilgan bir rassom sifatida aytayapman.Men albatta sizning portretingizni ishlashim kerak -dedi Xolbo"ri.
  
   -Xuddi sevib qolgan odamday gapirasiza, tovba! -ajablandi Nortoji.
  
   -Shunaqaga o"xshaydi -dedi Xolbo"ri o"ychan.
  
   Bu gapdan Nortoji anchagacha jimib qoldi.So"ng uyalib, qizarib ketdi.
  
   Bu mahal momaqaldiroq va chaqmoqlar shashti pastlab, jala ham tindi.Tevarak olam yorishib ketdi.
  
   -Mana, manzilga ham yetib keldik -dedi Xolbo"ri.
  
   -Xo"p bo"lmasa, dalneboyik aka!Manzilga eltib qo"yganingiz uchun rahmat!Xotiningizga salom aytib qo"ying! -dedi Nortoji kulib.
  
   -Arzimaydi, yaxshi qiz!Albatta salomingizni yetkazaman!Har kuni shu yo"l chetiga kelib tursangiz, uyingizga o"zim bepul eltib qo"yaveraman! -dedi Xolbo"ri ham jilmayganicha.
  
   Ular tashlandiq mashina kabinasidan tushganlarida quyosh charaqlab chiqib, osmonning u chetidan bu chetigacha egilgan ulkan kamalak yetti xil rangda tovlanib turar, dala ustida to"rg"aylar to"liqib, vijir -vijir sayrar edi.
  
  
  
  
  
   16 bob
   Tishsiz arra
  
  
  
   Qilichbek Qoplonovich qizi Iltijoga to"ydan bir necha kun avval shunday deb nasixat qilgan edi.
  
   -Qizim, biz seni hech narsadan kam qilmay, avaylab o"stirdik.Sen bizning yolg"iz, erka farzandimiz, ko"rar ko"zimizning nuri, oqu qarosisan.Mana, voyaga yetib, katta hayotga qadam qo"yyapsan.O"zinga munosib, Ashrapillo degan o"qimishli, madaniyatli, tadbirkor kuyovni topdik.Iloyo qo"shganing bilan qo"sha qari.O"zlaringdan ko"payib, baxtli bo"linglar.Lekin qizim bu hayot deganlari juda murakkab jarayon.U dunyoda olovli lava bulkillab qaynab turgan jahannam jarligi uzra tortilgan pulsirot bor deb eski kitoblarda keladi.Bilsang, o"sha qildan ingichka, qilichdan ham o"tkir pulsirot bu dunyoning o"zida ham bor.Tubsiz halokat jarlari ustiga qurilgan, tug"ilishdan o"limgacha tarang tortilgan bu sirotning nomi hayotdir!Kimki nozik ko"prikdan o"tayotib, noto"g"ri qadam tashlasa, o"sha tubsiz halokat jarligiga qulaydi.Ham jismonan, ham ma"naviy halokatga uchraydi.Jismoniy halokat oqibatida kishi nari borsa, joni uzilib, olamdan o"tar.Lekin ma"naviy halokatga yo"liqsa, qalbi o"lsa, u abadiy azob uqubatlarga mahkum bo"ladi!Chunki jism muvaqqat, ruh bilan qalb esa abadiydir!Bu dunyoni bevafo yolg"onchi deya xaqoratlash ham gunox!Negaki odam bolasi u dunyodagi mangu huzur -halovatni ham, abadiy jahannam azobini ham shu dunyoda, o"zi hali o"lmay turib topadi, tayyorlab qo"yadi.Shuning uchun bizning bu dunyoda faqat to"g"ri yurishdan boshqa yo"limiz yo"q.To"g"ri yo"ldan adashma, qizim.Borgan joyingda tinib, tinchi.Qaynona, qaynotangni hurmat qil!Kuyovingning izmidan chiqma.Ularga gap qaytarma.Sendan iltimosim, agar bizni rozi bo"lsin desang, u oiladan bu uyga gap ko"tarib kelma.Chunki "dedi dedi" so"zlari bilan oilalar vayron bo"ladi.Quda andalar o"rtasiga sovuqlik tushadi.Sening eng ashaddiy dushmaning ham, eng yaqin do"sting ham o"z tiling.Tilga hushyor bo"l, bolam.Yomon gaplardan, g"iybatlardan tiyilib, odamlar haqida faqat yaxshi gaplarnigina gapirishni o"rgan.Jon bor joyda janjal bor deydilar.Hatto podsholarning uyida ham o"zaro tushinmovchiliklar, muammolar, oilaviy mojarolar bo"lib turadi.Bu tabiiy.Hamma gap o"sha yuz berishi mumkin bo"lgan janjalning oldini olishda, muammolarni qizishmay, yaxshi gaplar bilan hal qila bilishda, murosai madora bilan oila muvozanatini saqlab qolishda.Jamiyat tinch -totuvligini, odamlar va xalqlarning o"zaro ahilligini avvalo jamiyatning eng kichik yacheykasi va modeli bo"lmish oiladan boshlash kerak, oilada avval tartib -intizomni o"rnatish va uni mustaxkamlash kerak.Bu shunchaki chiroyli gaplar emas, bu hikmat!Men shu paytgacha birovga nasixat qilmagan edim.Bugun senga nasixat qilmoqdaman.Chunki sen mening jigarbandimsan.Shu gaplarimni doimo yodingda tut -dedi u.Dadasining o"sha gaplarini yodida saqlagani uchun ham Iltijo erining va qaynonasining zulmlariga chidab, tosh tishlab yashaydi.Tabiatan o"ta jizzaki va injiq qaynonasi har kuni nimadandir kamchilik topib, to"xtovsiz jag"illayveradi, yig"lab, qarg"ab, Iltijoning jismu jonini egovlaydi.
  
   -E, kartoshkaning po"chog"ini ham shuncha qalin archadimi odam?!Kecha siz archgan piyoz po"chog"ini qayta ajratib, bir palovga yetgulik piyoz parrak yig"ib qo"ydim!Ashrapillo bolam bechoraning qiynalib topganini bunday havoga sovurib, isrof qilaversangiz, ertaga bori buddimizdan ayrilib kafangado bo"lamizku!E, Xudo!Shunaqayam kelin uchraydimi bizga!Boyu bosomon, amaldor odamning qizi deb aldanib, qayoqdan ham shu sirtini silagan, molfaxm qizni kelin qildima!Voy peshonam qursin maning, peshonam qursiiin!Ha, attanga!Attaaaang!Mening o"g"limga kimlar qizini bermasdi!Bu jodugar o"lgur onasi bilan baxshi parxon qilib yugirib, sehru jodu qilib, oxiri o"g"limniyam mendan sovutdi.Bolamning burnidan ip o"tkazib oldi, juvonmarg.Bilaman, bittani bekorga tuqqani yo"q bu pismiq!Bolamning boshini aylantirib, bor boyligini o"ziga xatlatib, oxiri o"g"lim ikkalamizni ko"chaga xaydamasa bo"ldi!E, hamma ayb ota onada! Uyda bolasiga tarbiya bermasa qiyin ekanda!Unaqa odamlarning boyligi, garillagani itning ketiga!Bu yashshamagur kechasi nima bilan shug"illanadi bilmayman, qachon qarasang uxlagani uxlagan!Olamni suv bossa, to"pig"iga chiqmaydi!Ha, kelin degan saharda turib, xovlini, ko"chani yog" tushsa yalagunday qilib supurib qo"ymaydimi!Onasi supurgi ushlashni ham o"rgatmagan ekan!Hamma yoqni changitib, shatillatib supirib, sotib olganimizga hali bir yil ham bo"lmagan oyim supurgini asfaltga ishqab, yeyiltirib, adoyi tamom qilibdiya! E bu kelinmas, bizning oilamizni xonavayron qilish uchun kelgan yovuz dushman ekan! Shu zodinga o"t tushkur shumqadam keldiyu oilamizdan baraka ko"tarildi!Voy, mening o"g"limga kimlar qizini bermas ediya!Bunday shoshilmay, hokimlar, bankirlar va boshqa kazo kazolar bilan quda anda tutinsam bo"lmasmidi?! Xapgina sani!Qarab turgin!Yaqinda dumingni tugib, o"g"lim Ashrapilloga onasi o"pmagan 15 yashar qizni olib beraman, rashkdan kuyib, jizg"anak bo"lib, to"ppa to"g"ri jahannamga ravona bo"lasan!-deya tinimsiz javraydi u.
  
   Bir gal hatto o"g"li Ashrapilloga: -Sen so"tak, er emas, latta ekansan, latta!Bo"sh qo"ysang bu juvonmarg ertaga boshingi chiqib oladi!Erkak deganning sal qamchisidan qon tomib turishi kerak!Xotinini itoatda ushlab turish uchun uni hech yo"q bir kunda besh o"n darra urib turish kerak!E, yotqizvolib qorniga tepmaysanmi?!He, o"g"il bo"lmay o"l, xayvon!Xotining meni ursayam qarab turaverasanmi?! -deya yig"lagan edi, g"azabdan Ashrapilloning tepa sochi tikka bo"lib, ko"zlari qonga to"ldi va shaxd bilan Iltijoga yuzlandi.
  
   -Nima?!Voy xaromiyey!Sen hali onamga qo"l ko"taradigan bo"ldingmi?!Meni tug"ib, dunyoga keltirgan, o"zi yemay yedirib, kiymay kiydirib ulg"aytirgan mehribonimga, muqaddas Ka"bamgaya?!Voy onaginangni osma ko"prikka osib... suka!Men onamning oldida sendaqalarning milliontasidan kechib qo"yaman! Xotin yo"lda, farzand belda, onam esa bitta! -deya Ashrapillo Iltijoga tashlandi va uni urib, yerga yiqitib, duch kelgan joyiga dod degizib tepaverdi.Iltijo zorlanib: -Ashrapillo aka!Men onangizni urganim yo"q!Bu tuxmat!Xudo haqqi urganim yo"q!Mening bu baquvvat ayolga kuchim ham yetmaydi!Yetgan taqdirda ham o"z onamni uramanmi?!Nahotki meni shunday pastkash deb o"ylasangiz?!Men axir, onajonni sizdan ham qattiqroq hurmat qilman!Ishoning! -desa ham, yalinib yolborsa ham to"xtamadi.U bechora Iltijoni charchagunicha do"pposladi.
  
   -Qanaqa tuxmat, a, qanaqa tuxmat!Vey, besh vaqt nomoz o"qiydigan, ro"za tutadigan mening iymon e"tiqodli onajonim sochlari oqarganda yolg"on gapiradilarmi?Hozir taloq pattangni qo"linga tutqazaymi a?!Qumtaloq qo"yib tashlaymi?!Voy ablax noshukur, nonko"o"o"o"r!Yeganing oldingda, yemaganing ketingda bo"lsa, senga yana nima yetishmayapti a?! -deya baqirardi u hamon Iltijoni tepkilab.
  
   -Ursa dedim, axmoq!Urgani yo"q hali!Qo"l tegizib ko"rsinchi, o"zim uni lom, mantirovkalar bilan urib, oyoq qo"llarini sindirib tashlayman! -dedi Iltijoning qaynasi.
  
   Shundan keyingina Ashrapillo urishdan to"xtadi.
  
   Iltijo o"rnidan arang turdi va gandiraklaganicha borib, devorga holsiz suyandi.Uning sochlari to"zg"ib, yuz ko"zlari tepki va mushtlar zarbidan yorilib, qonagan, yirtilib ketgan usti boshi chang, tuproqqa belangan edi.U yuzlarini yuvganicha dumalayotgan achchiq ko"z yoshlarini ro"moliga artib, yig"lardi.Shu mahal ichkaridan o"g"li Mashrapilloning yig"layotganini eshitdiyu, og"riq, alamni ham bir laxza unitib, uyga kirib ketdi.U bolasini manejdan olib, bag"riga bosarkan, uni emizganicha o"pkasi to"lib, yum -yum yig"layverdi.Iltijoning iliq ko"z yoshlari marvarid donalari kabi duvillab to"kilib, ko"kragini miqqa miqqa emayotgan Mashrapilloning yuzlariga tomardi.
  
   Shu payt xonaga Ashrapillo kirib keldi.Erim yana urgani kelyapti deya o"ylab, Iltijoning qo"rquvdan yuragi yorilay dedi.U kaltak yeyishdan emas, yana do"pposlash boshlansa, bolasiga, Mashrapilloga shikast yetishidan qo"rqardi.Lekin Ashrapillo Iltijoga yaqin kelib, xuddi ayb qilgan boladay boshini egdi.Keyin: -Kechir, Iltijo.Men onamni uribsan deb o"ylabman. O"zing bir fikrla, xotini onasini urgan har qanday erkak shu yo"lni tutmasmidi?Ayb mendan o"tibdi.Onamning gaplarini noto"g"ri tushunibman.Kechir, xotin.Men nima qilay axir?U yoqqa qarasam, onam.Bu yoqqa qarasam, sen sevikli jufti halolim.Bolamiz Mashrapillo.Eh, senlarning shu janjallaringdan to"ydim.Bir kuni o"zimni o"zim osib netib qo"ymasam bo"ldida ishqilib.Nega indamaysan, Iltijo? Kechirdingmi? Agar kechirmasang, hozir shunday chiqib, qaznoqdan boltani olamanda, seni urgan shu la"nati qo"limni kundaga qo"yib, shartta chopib tashlayman.Ishonmayapsanmi? -dedi u, xonadan chiqishga taraddudlanib.
  
   Bu gaplardan Iltijo badtar qo"rqib ketdi va shosha pisha:-Yo"q, yo"q, Ashrapillo aka!Aslo unday qila ko"rmang!-dedi.
  
   -Unda kechirdim de.Qani bir jilmaychi -dedi, Ashrapillo xotinining to"zg"ib ketgan sochlarini silab tekislab, uning ko"z yosh to"la ko"zlariga xuddi quduqlar tubiga qaraganday qarab.
  
   -Aha, kechirdim -dedi Iltijo, bosh likillatganicha, ko"zlarida jiqqa yosh bilan jilmayib.
  
   -Rahmat, asalim.Bilardim kechirishingni.Seni shu kechirimliliging uchun ham sevaman -dedi Ashrapillo Iltijoni bag"riga bosib.
  
  
  
  
   17 bob
   Mazlumaning ko"z yoshi
  
  
  
   -Dadasi, bijuteriy taqinchoqlarimni ko"rmadingizmi?Ularni sizning suratingiz tushirilgan chinni vazaga solib qo"ygandim.Vazani ulfatlaringizga ko"rsatganingizda, taqinchoqlarni biron yoqqa olib qo"ymovdingizmi mabodo? -dedi Soddagul.
  
   -Yo"q, men vazaga qo"limni ham tekizmadim -dedi Qilichbek Qoplonovich, gazetaga termulganicha, nonushta qilib.
  
   -Tovba, kim oldiykina?Aytganday, dadasi, kecha qishloqdan bir tanishim, Bibisuvaydo degan tadbirkor ayol dugonasi bilan keluvdi.Haligi qovunkapalik rassom yigitning tag - tugini surishtirgani borganimda u yigitning yaxshi odam emasligini aytgan ayol bor ediyu.O"sha ayol kelgandi. U dugonasi bilan birga qishloq ayollarini ish bilan ta"minlaydigan kasanachilik kichik korxonasini ochmoqchi ekan.Ishni yuritib olgach, pulni foyizsiz, qaytarish sharti bilan savob umidida va bir paytlar menga qilgan yaxshiligini qaytaray deb uydagi bor pullarni qirishtirib o"sha ayollarga yordam tariqasida berib yubordim.Ulardan biri taxorat vojib bo"lib qoldi deya xojatxonaga kirib chiquvdi.Nahotki o"sha ayol... E, yo"g"e, taxorat oladigan imon e"tiqodli ayol shunaqa ishga qo"l uradimi?Bo"lib ham tadbirkor, qolaversa didli ayol bijuteriy bilan haqiqiy tilla va olmoslarni sal bo"lsa ham farqiga boradi -dedi Soddagul.
  
   -E, onasi, qo"ysangchi shunaqa gaplarni.Nevaramiz Mashrapilloning sunnat to"yini o"tkazib olaylik, senga haqiqiy, eng qimmat tilla taqinchoqlardan olib beraman -dedi Qilichbek Qoplonovich.U nonushtadan keyin kiyinib, ishga otlanarkan, xotini bilan hayrlashib, tashqariga chiqdi.Soddagul erini ishga kuzatib qo"ygach, hobxonaga kirib yana qo"lbola taqinchoqlarini izlay boshladi.Shu mahal qo"l telefoni jiringladiyu shosha pisha telefonni yoqdi.Qo"ng"iroq qilayotgan qizi Iltijo ekan.Soddagul quvonib ketdi.
  
   -Iltijo, senmisan qizim?Va aleykum assalom.Yaxshi yuribsanmi?Nevaraginam qalay?Kuyoving Ashrapjon, qaynonalaring hammasi tinchmi? -hol ahvol so"radi Soddagul.
  
   -Rahmat, aya, yaxshi.Faqat keyingi paytlarda mazam bo"lmayapti.Anchadan buyon bir qo"lim bilan o"ng oyog"im qandaydir tolib yurardi, endi ular xuddi menga bo"y sunmayotganday tuyulyapti.Ishonsangiz, poliklinikaga oqsoqlanib borib keldim.Odam hijolat chekar ekan.O"zing do"xtir bo"lsangu... Ishqilib, borib -borib yurolmay qolmasam go"rga edi -dedi Iltijo yig"lab.
  
   -E, nafasingni issiq qile!Har gapga farishtalar omin deydi.Vaxima qilma, Xudo hoxlasa, o"tib ketadi.Hammasi yaxshi bo"ladi.Hali yoshsan.Bu tumovning og"irroq asorati bo"lishi ham mumkin -dalda berdi qiziga Soddagul.
  
   -Voy ayajon, axir men shu meditsina soxasida o"qidim.O"zim bilamanku.Bu falajlanishning boshlang"ich simptomlariga o"xshayapti.Qo"rqyapman!-dedi Iltijo yana yig"lab.
  
   -E, nimalar deyapsan, qizim?!Xudo saqlasin!Meni qo"rqitma, bolam?!Bu do"xtirlarga bir qator tekshirtirdingmi?Ular nima deyapti?-fig"oni falakka o"rladi Soddagulning.
  
   -Tekshirtirdim.Ular ham ko"nglimni ko"tarishdan nariga o"tmayaptilar.Siz yaqinda shol bo"lib qolasiz demaydilarku!Ular bu kasallik alomatlari siqilishdan, stresslardan deyishyapti -tushuntirdi Iltijo.
  
   -To"g"ri aytishibdi.Siqilmada axir!Nimaga siqilasan?Hamma narsang yetarli bo"lsa.Hurmat qilib, boshiga ko"taradigan, gah desang qo"linga qo"nadigan ering bor.Buyoqda Xudoyim senga qo"chqorday o"g"il berdi.Qaynonang bo"lsa jannati xotin.Yana senga nima kerak a?!Yo haliyam anavi qishloqi rassomingni unutolmayapsanmi?!E, yig"ishtir unaqa sevgi pevgini!O"rislarda bir maqol bor.Zachem lyubit i stradat, kogda vse dorogi vedut v krovat -deydi ular.U rassom sen o"ylagandaqa yaxshi yigit emas ekan.Sendaqa qizlarning nechtasini boshinii aylantirib... Hullas, bizni undan Xudoning o"zi asrabdi.Yaxshiyam uning nayranglariga uchmabmiz.O"rganib, tag tugini surishtiribmiz.Bo"lmasa, tamoshani ko"rarding.Ana stress o"shanda bo"lardi.Shunday ekan, Xudoga shukr deb, o"sha oilaning o"tidan kirib, kulidan chiq. Hayolingni bo"lmay, maza qilib yasha!Tushundingmi?!Nega indamaysan?!.. Ha, keyinchi, bu duxtirlar hamma kasalni ham davolayvermaydi.Insi jins ilashgan bo"lsa, domla xo"ja deganday, o"qitib, dam soldirib, siniqchiga silatib, mozor buvalarga chiroq yoqib, rasm rusimini qilish kerak.
  
   Lekin soxta siniqchilardan extiyot bo"l.Bir ayol nomoz o"qiyman deb rukuga egilgan mahal tos suyagi quymichidan chiqib ketibdi.Bechoraning eriga odamlar maslaxat berib, mahallalaridagi siniqchiga ko"rsatishni taklif qilibdilar.Er jonvor siniqchi xotinni aytib kelibdi.Siniqchi xotin og"riqdan ingrab yotgan bemorni badtar dod degizib, ezib tizzalab yurib tos suyagini joyiga tushiribdiyu, taxtakach bilan oyog"ini bog"lab qo"yibdi.Tasavvur qilayapsanmi?!Hech qanday og"riqni qoldiruvchi ukolsiz, dorisiz shu muolajani amalga oshirgan.Ertasiga ayolning oyog"i simyog"ochday bo"lib shishib, qorayib ketgan.Siniqchi xotinga ahvolni tushuntirgan ayolning eri tez yordam chaqirmoqchi bo"ladi.Ammo, siniqchi xotin: -Agar do"xtir chaqirsangiz, men muolajani to"xtataman.Yo do"xtirlar davolasin, yoki men -degan.Natijada chidab bo"lmas og"riqdan dodlab yotgan ayolni kasalxonaga olib bormaydilar.Ayol bechoraning oyog"i gangrenaga, qora songa aylanib, azob uqubat bilan olamdan ko"z yumgan.Keyin travmotologlar, neyroxirurglar jasadni tekshirib: -Siniqchi xotin suyakni joyiga solaman deb, oyoqdagi magistral qon tomirlardan birini uzib yuborgan va oyoqqa qon uyulishi oqibatida qora son yuzaga kelib, bemor olamdan o"tgan -deya xulosa chiqarganlar.Shuning uchun, eskicha qilaman ekan deb to"g"ri kelgan odamga uchrayvermasligimiz kerak.Eng muhimi odamda ixlos, o"zining tuzalib ketishiga ishonchi bo"lishi kerak.Tushkunlikka tushma, bolam.Bir yo"lini qilamiz, Xudo hoxlasa darddan qutilib, ko"rmaganday bo"lib ketasan, yig"lama, ona qizim -dedi Soddagul.
  
   Iltijo esa hamon ezilib yig"lar edi.Anchadan keyin u yana gapira boshladi.
  
   -Ayajon, men endi ortiq chidolmayman!Eshityapsizmi, chidolmayman!Shu paytgacha sizlar siqilmasliklaring uchun tortayotgan zulmlarim haqida lo mim demay, yashirib keldim.Qaynam yomon!Meni o"g"liga aytib urdiradi!Qildan qiyiq axtarib, tergab, qarg"ab, pastga urib, o"tirsam o"poq, tursam, anaqa... so"poq deb, qonimni ichadi!Axir men ham odamman, aya!Yerdan chiqqan qo"ziqorin emasmanku!Dadam u oiladan gap ko"tarib kelmaysan degani uchun, qaynonamning barcha xaqoratlariga, erimning urib, tepkilab, so"kib, taxqirlashlariga chidab keldim!Lekin kechagisi oshib tushdi.Qaynonam o"g"liga: -Men ham qaynona bo"lib, yelib -yugirib, xizmatimni qiladigan epchil, chaqqon kelin olarmikanman deb orzu qilgandim!Bu svolochning esa boshi kasaldan chiqmaydi!Endi bo"lsa oqsoqlanib yuribdi!Ha, bilaman, o"zi soppa sog"!Ataylab o"zini kasallikka solmoqda bu dog"uli yer yutkur!Yig"ishtir bu zodi pastni!Shartta uch taloq qo"yginda, pattasini qo"liga tutqaz!Men senga onasi o"pmagan o"n besh yashar qizni olib bermasam Shazo ismimni boshqa qo"yaman! -dedi.Ertaga, Xudo ko"rsatmasin kasalim kuchayib, yotib qolsam nima bo"ladi?!Bular meni yotgan ko"rpam bilan sudrab ko"chaga olib chiqib tashlashdan ham toymaydi, ayajon!Dadamga o"zingiz tushuntirib ayting!Meni bolam bilan bu do"zaxdan olib ketinglar! -dedi u yum yum yig"lab.
  
   Bu gaplardan Soddagul o"tirgan joyida toshday qotib qoldi.Keyin o"ziga kelib, shartta o"rnidan turarkan:
  
   -Voy esi pas qiz!Nega shu paytgacha bu haqda aytmading?!Biz seni baxtli yashayapti deb o"ylabmiz!Voy zulm qilmay har narsa bo"lgur, shum kampir, yalmog"iz!Oq ro"mol o"rab, hoji onaga o"xshab tursa, dinu diyonatli, farishtadek ayol ekan debmana!Zaharli ilon ekanku, qirilgur!Yig"lama, qizim!Men hoziroq dadanga telefon qilaman va biz tez sening yoninga yetib boramiz!Bizning ko"chada tushib qolgan qizimiz yo"q!Seni u itlarga talatib qo"ymaymiz! -dedi.So"ng telefonda gaplashishni davom etdirgan kuyi, shoshib kiyina boshladi.
  
  
   18 bob
   Nortojining portreti
  
  
  
   Nortoji xovlini supurib sidirib yurgandi, qog"ozdan yasalgan samolyotcha aylanib uchib uning yoniga kelib tushdi.Qo"shni bolakaylar qog"oz qirg"iy qilib uchirib o"ynayapti shekilli deya o"ylarkan, Nortoji uni supurib, axlatga qo"shib, xandakka uloqtirmoqchi edi, qog"oz samolyotning qanotidagi yozuvga ko"zi tushdi.Keyin nima yozilgan ekan deya uni qo"liga olib, yozuvni o"qidi.Qog"oz samolyot qanotiga sharikli ruchkada:
  
  
   Samolyot, samolyot, qanotingni pastlab o"t!
  
   Maktubimni sevgilim Nortojiga tashlab o"t!
  
  
   deb yozib qo"yilgandi.
  
   Nortoji hayron bo"lib, atrofga alanglab qararkan, samolyot yasalgan qog"ozni ochib, tekisladi.Varaq ortida mayda xarflar bilan yozilgan maktub bor edi.
  
   Salom, Nortoji!Yaxshimisiz?Meni kechiring.Siz trassa yoqasida mening yo"limga intizorlik bilan ko"z tikib kutgan paytlaringiz vaqtida yetib kelolmadim.To"g"risi ulgurolmadim.Chunki yo"lda ushlanib qoldim.Oy yoritgan tog" dovonida qorli cho"qqilar aro cho"zilgan ilonizi yo"llardan mashinamni qushday uchirib, sizni eslab kelarkanman, shu bir xaftalik chet el safarim davomida jonajon O"zbekistonimni, Vatanimni nechog"li qattiq sog"inganimni his qildim.Chuqur jarliklar, haybatli nishabliklar uzra uzala tushgan tasmaday asfalt yo"llar chetida xuddi menga qo"l siltayotganday uzun uzun o"t -o"lanlar, moychechagu, oqboshlar shamolda chayqalib, meni shodon kuzatib qolishayotganday tuyulardi.Men qo"limning tirsagini oynadan chiqarib, katta tezlikda ketayotgan mashinam rulini bir qo"lda boshqarganimcha xalqimizning sevimli hofizi Ortiq Otajonovning vatan haqidagi qo"shig"ini xirgoyi qilib kelardim.
  
  
   -Vatandaaaan ayruuu ko"ngilniiii, bilingkiiii yayratiiiib bo"lmaaaas!
  
   Baayniiii bandiiii bulbuuuulniiii, chamansiiiz sayratiiiiib bo"lmaaaas!
  
  
   deya kelayotsam, birdan deng, mashinamning baloni tang"illab otib yuborsa bo"ladimi.Mashina jonvor qayiqqa o"xshab u yoqdan buyoqqa sirg"alib borarakan, nazoratdan chiqib, jarlik sari qulashiga sal qoldi.Tajribali dalneboyikligim qo"l kelib, pokrshkasi yorilib, quruq diskda asfaltdan o"t chaqnatganicha, sandiq sandiq bo"lib borayotgan mashinani bir iloj qilib yo"l chetiga to"xtatdim.Haligi ikkimiz yomg"irda suhbatlashib o"tirgan kabinadan sakrab tushib, bunday qarasam, mashinaning diski qiyshayib ketibdi.Baxtimga zapaska balon bor edi.O"shani kuzovdan olib, g"ildiratib kelib, uni boltlarga ilib, tarsovy klyuchlar bilan gaykalarni burab, qotira boshladim.Bir mahal mahobatli qoyalar ustida bo"rilar galasi shunday uliy boshladilarki, tomirlarimdagi qon muzlab qolganday bo"ldi go"yo.Qarasam, kulrang bo"rilar galasi dag"al yunglarini xurpaytirib, tishlarini irjaytirib men tamon shiddat bilan chopib kelishyapti.Men gaykalarni apil tapil qotirdimda, ikkimiz sharros quyayotgan jalaga termulib o"tirgan o"sha qadrdon kabinaga o"zimni urdim.Lekin bo"rilarning eng baquvvati bir sakrab oyog"imdan tishlarkan, ayovsiz pastga sudray boshladi.Yerga qulashim bilan boshqa och bo"rilar ham yoprilib keldilar.Men qo"limdagi tarsovy klyuch bilan bo"rilarni urib, o"zimni himoya qilganimcha bor ovozda: -Yordam beringlaaaaar! -deya baqirardim.Ovozimga oy yoritgan qorli dovonlar sukunati aks sado qaytarardi.Bir mahal uyg"onsam, tushim ekan.Hullas, gap bunday, Nortoji. Bugun kunduz soat 11 -00 da qadrdon trassa chetiga keling.Sizni intizorlik bilan kutaman.Agar kelmasangiz, uyga ketmay, xaftalab, oylab mashina kabinasida o"tiraveraman.Muddatsiz ochlik e"lon qilaman.Uvolimga qolmay desangiz, keling.
  
   Sog"inchli salomlar bilan, dalneboyik Xolbo"ri.
  
   Xatni o"qib, Nortoji yelkalarini silkitib uzoq va unsiz kuldi.Kulaverib ko"zlaridan yosh chiqib ketdi.Shu payt ichkaridan onasi Kapolatxon chiqib qoldi va hayron bo"lib: -Qizim, senga nima bo"ldi?Tomi ketgan odamday nega o"zingdan o"zing kulyapsan? -dedi.Nortoji darhol jiddiylashib, xatni yashirar ekan,
  
   -O"zim, shunchaki, bir latifa yodimga tushib ketdi -deb qo"ydi.Keyin o"rnidan turib, yana xovlini supurishga kirishdi.Xovlini supurib bo"lgach, og"ilxonaga kirib, sigirni sog"di.Ish ishga ulanib uchrashuv soatlari yaqinshalarkan, Nortoji daladan o"t o"rib kelish baxona o"roq bilan arqonni olib, uchrashuv belgilangan joyga, dala chetiga, g"ildiraksiz, aravasiz, oralaridan butalar va o"t o"lanlar o"sib chiqqan tashlandiq yuk mashinasining kabinasi tamon yo"l oldi.
  
   U dala chetiga yaqinlashgan mahal tashlandiq yuk mashinasining kabinasida o"tirgan Xolbo"rini ko"rdi va old tamonga o"tib, xuddi mashina to"sayotgan yo"lovchi kabi qo"lini yuqori ko"tardi.
  
   Keyin kabina eshigiga enkayib: -shopir aka, "Qovunkapa" ga tashlab qo"yolmaysizmi? -dedi kulib.
  
   -Nega eltib qo"ymay? Albatta eltib qo"yaman.O"tiring mashinaga-dedi Xolbo"ri.
  
   Nortoji rahmat aytib, kabina eshigini ocharkan, shalog"i chiqqan o"rindiqqa o"tirdi.
  
   -Shopir aka, keyin bo"g"ishib yurmaslik uchun avvaldan yo"l kira haqini kelishib olsak yaxshi bo"lardi -dedi Nortoji.
  
   -Ha, endi kira haqi ot bilan tuya bo"larmidi.Yuz dollar bersangiz bo"ldi.Endi sizday chiroyli qizni pul olmay manzilga eltib qo"yishim ham mumkin edi.Ammo, qaramaysizmi, onam uylangin deb sira qo"ymayaptilar.Uylanishim kerak.Shunga picha pul to"play deb, trassa chetida to"xtab, jonimni xatarga qo"yib bo"lsa ham yo"lovchi olaman.
  
   -Namuncha yo"l kira haqi arzon?Hech yo"q besh yuz dollar bo"lganda ham chidasa bo"lardi.Bunaqada qanday pul jamg"arasiz uylanishga?Ha, mayli, yuz dollar bo"lsa ham xarna.Qani, ketdik! -dedi Nortoji jilmayib.
  
   Xolbo"ri tezlikni ulab, og"zaki g"ing"illaganicha dvigatelni gazlar ekan, Nortojiga har zamonda ko"z qiri bilan qarab, yo"ldan nigoxini uzmaganicha yana gapira boshladi.
  
   -Bilasizmi, mening dalneboyiklikdan tashqari yana bir xunarim bor.Bo"sh paytlarda rasmlar chizib turaman.Ba"zan dovonlarda to"xtab, qorli tog" cho"qqilarini, qovunlarday terilgan toshlarga urilib, shaldirab oquvchi sayoz, suvlari odam iligini muzlatib qo"yguvchi soyu jilg"alarni, qizilishtonlar taqillatguvchi qarag"ayzor o"rmonlarini, shamollarda tebranayotgan romashkalarni, sariq va qizil lolalarni, oqboshlaru o"zbek novvotini eslatguvchi ulug"vor qoya toshlarni tizzani ko"mguvchi uzun uzun o"t o"lanlar ichida turib, shosha pisha matoga moybo"yoq bilan muxrlayman.Uzoq uzoqlarda sayrayotgan popishaklarning hasratli ovozlariga quloq tutaman.Men hatto mashinamga chiqqan ayrim yo"lovchilarning qiyofalarini ham matoda bo"yoq bilan tasvirlayman.Istasangiz, o"shanday yo"lovchilardan birining suratini sizga ko"rsatishim mumkin -dedi u rulni qaltis burib.
  
   -Mayli, agar ko"rish bepul bo"lsa -dedi Nortoji.
  
   -Xafa bo"lmangu siz o"lgudek xasis, bitini siqqan qurumsoq yo"lovchi ekansiz.Albatta ko"rish bepul bo"ladida.E, tovba qildimey! -dedi Xolbo"ri, xuddi mashinani yo"l chetiga olib, to"xtatganday harakatlar qilib.
  
   Keyin yonboshidan chiroyli ramkaga maxkamlangan planshetni olib, Nortojiga uzatdi.Nortoji romni olarkan, unga o"ralgan gazetalarni yirtib ochdida, asarga qarab hayratdan og"zi ochilib qoldi.Chunki u Nortojining matoga moybo"yoq bilan ishlangan go"zal portreti edi.
  
   -Qalay? -dedi Xolbo"ri, go"yo mashinani yana yurgizib, tezlikni oshirayotganday harakatlar bilan og"zaki g"ing"illab.
  
   -Voy tovba!Xuddi o"zimni o"xshatib qo"yibsiza!Qaydan chizaqoldingiz bu suratni?!Hotiradan o"ylab chizdingizmi?Qiyofamni eslab qolganingizni qarang!Qo"llaringiz dard ko"rmasin iloyo!Qanday yaxshi!Endi bu portretni menga sovg"a qilmasangiz, shu katta tezlikda ketayotgan mashinangizdan o"zimni tashlab yuboraman!-dedi Nortoji, bir qo"li bilan kabina eshigini ochishga harakat qilib.
  
   -Yo"q, yo"q, aslo sakray ko"rmang!Mayli, men roziman, rozimaaaan!Shu portret sizga sovg"a bo"la qolsin!-dedi shoshib, Xolbo"ri.U shunday der ekan, Nortoji o"zini kabinadan tashlab yubormasligi uchun, uni maxkam quchoqlab oldi.Shu mahal har ikki vujudga xaroratli tuyg"u, o"tli, olovli ehtiros hissi yugirdi.Hayajondan tomog"i qaqrab ketgan Nortoji, uyalib, qizarib, yulqinganicha yigitning quchog"idan chiqishga urindi.
  
   -Voy, nima qilyapsiz?!Qo"yvoring!Birontasi kelib qolsa nima bo"ladi?! -dedi u.
  
   -Axir o"zingiz trassa bo"ylab o"qday uchib ketayotgan mashinam kabinasidan yo"lga sakrayman deyapsizku!Sizga jon kerak bo"lmasa, menga kerak, oyimtilla!Siz top etib o"zingizni tashlab yuborsangiz, ertaga men ishdan qolib, sudma sud yurishim kerak!Sudlanib, besh o"n yilga kesilib, sassiq baraklarda kanalarga talanib, bit o"ldirishga mening toqatim yo"q, yaxshi qiz! -dedi Xolbo"ri.
  
   -Iiiiy, yo"lga qarang, yo"lga!Ro"paradan kamaz kelyapti! -dedi Nortoji kulib.
  
   Shundagina Xolbo"ri Nortojini quchog"idan bo"shatdi va rulni u yoq bu yoqqa burib yuborar ekan: -O"o"o"h!Sal bo"lmasa, jarga qulardik!Xudo bir saqladi -dedi.
  
   Nortoji ust -boshini tartibga keltirar ekan Xolbo"riga kulib qarab: -Jinni!Bu tashkilotlar jinnilarni ham ishga olaverar ekanda a?!Xozir shu portret bilan boshiga qaratib solaymi?! -dedi.
  
   -Ha, uring, Nortoji!Portret bilan boshima uring! -dedi Xolbo"ri.
  
   -Hoooo, jinni bo"libmanmi?Shunday portretni rasvo qilaymi?!Men bu portretni uyimizning to"riga osib qo"yaman -dedi Nortoji, portretni maxkam bag"riga bosib.
  
   Xolbo"ri xoxolab, xandon otib kuldi.
  
   -E, qoyile! Ikkalamiz bironta teatrga akter bo"lib ishga kirsak ham bo"larkan. Lekin hazil o"z yo"ligayu, Nortoji, mening maqsadim juda jiddiy, qarorim qat"iy.Onam rostdan ham uylan deb holi jonimga qo"ymayapti.Onam sizlarning uyingizga sovchi bo"lib borsalar, qarshi emasmisiz?-dedi.
  
   Nortoji uyalganidan qip qizarib, nima deyishini bilmay jimib qoldi.
  
   -Nega indamaysiz?Sovchilikka borsalar dasturxoni qaytmaydimi? -dedi Xolbo"ri.
  
   -Voy, men nima deyman?O"zlari biladilarda -dedi nihoyat Nortoji o"roq arqonini olib, g"ildiraksiz tashlandiq yuk mashinasining kabinasidan sakrab tusharkan.U portretni maxkam bag"riga bosganicha dala so"qmog"idan qishloq tamon chopib ketdi.
  
  
   19 bob
   G"isht
  
  
  
   -Qani, G"isht, quy viskidan!Qo"lga kiritilgan bu bexisob boyliklarni yuvmasak, gunox bo"ladi.Uchoq chiptalar tayyor, ikki kundan keyin, nasib bo"lsa, Dubayda yurgan bo"lamiz.Bir mavsumni olsak, boyligimiz banklarga sig"may ketadi.Bir kun kelasanda, bu bostirmaga o"xshagan chaldivorxona kulbangni alkash eringa qo"shib buldozerda surib tashlab, o"rniga qasr qurasan, qasr!Shahar markaziga esa barcha zamonaviy qulayliklarga ega xashamatli ishratxona barpo qilasan!-dedi suvga cho"kmaydigan narsa ustidagi pashsha kabi kaftlarini bir biriga ishqab Bibisuvaydo.
  
   G"ishtxon jarangdor ryumkalarga shotland viskisidan quyar ekan, qopqog"ini burab, berkitib, miyig"ida kulib qo"ydi.
  
   -Yo"q, Bibishka, Dubayga bir o"zing ketaver.Sheriklik tezakni it yemas degan eski mashoyixlar.Men o"z yurtimda, shu qishloqda kamtaringina bo"lib, juda unaqa osmono"par xashamatli ishratxona qurmasam ham, bironta priton ochib, qoshi kamon, mo"rcha miyon, ofatijon, sarviravon foxishalarni yig"ib, elimga, xalqimga xizmat qilaveraman.Bilsa boliq, bilmasa, Xoliq deyishadiku eskilar.Men o"z fidokorona mehnatlarim uchun tumanimiz rahbarlaridan mukofotu unvonlarni qo"y, hatto faxriy yorliq ham umidvor bo"lmayman.Bular bilmasa, kelajak avlodlar bilar -dedi kulib, shotland viskisi quyilgan ryumkalarning birini Bibisuvaydoga uzatarkan G"ishtxon.
  
   -Nima?Sen men bilan ketmoqchi emasmisan hali, G"isht?! -dedi, ryumkani "hamkasbining" qo"lidan olarkan, Bibisuvaydo, hayron bo"lib.
  
   -Hada!Nimamni yo"qotib qo"yibman men u arab amirligida?Qolaversa chet el.U yoqlarda o"zbek qizlarini, ayollarini avrab Arabistonga olib borib xayvonday sotish, odam savdosi bilan shug"illanish xavfli.Har qadamda politsiya.Bir cho"qib, yuz qarab yuramanmi, qachon politsiya meni arava tutdi qilib quvlab, xibsga olib, topganimni tortib olarkin deb?Bu yerda uchastka noziri Qog"ozqop Qorboboyevning kaftiga kishi bilmas besh to"rt dollarni kaplama qilsam, kosmik it, samoviy qalqon qurib beradi!Tekshiruvchilar to"dasi taq tinib, nima qilyapsan deb bu tamonlarga it ham o"rmalamay qo"yadi.Alkash erim aroqqa sherik bo"lib, "ish"larimga xalaqit beraversa, uni anov qilib, allab, uzoq ellarga jo"natib yuboraman.Juda bo"lmasa, yo"lini qilib, uch to"rt so"m uzatib, besh to"rt yilga qamattiraman, vassalom.Davay, oldik!-dedi G"ishtxon va viskini bir ko"tarishda shaxd bilan oq urdi.
  
   Bibisuvaydo ham.Keyin ryumka tutgan qo"lining mushtini lablariga bosib, bir parrak limonni yeb, gazaki qilarkan, yana gapira boshladi.
  
   -Ndaaaa! Sen G"isht, keyingi paytlarda haddan tashqari donishmand bo"lib ketmayapsanmi a?Maqollarni qalashtirasan!E, "Bo"linganni bo"ri yer", "Teng bo"lishib yemagan tiqilib o"ladi" degan maqollarni ham unitma!Molu dunyo odamni ko"r qiladi degani haqqi rost ekan.Qo"linga besh to"rt so"m tushishi bilan sen uzoq yillik do"stligimizni darrov unutding.Xudbinlarcha o"zingning o"chog"inga kul tortyapsan.Mayli.Unda gap bunday.Men Dubayga ketib, o"sha yoqlarda savdo firmasi ochaman.Nu, sama naverno dogadvayeshsya o tom, chem ya tam budu torgovat, da?Koroche, sen mening firmamga sifatli tovar yetkazib beradigan postavitsa bo"lasan.Chiroyli, chiroyli, sutga chayilganday oppoq, lo"ppibet, do"ndiq qizlarni viza chipta qilib yuborib turasan, dolyangni eldan kam qilmayman.Savdo bilan shug"illansak, Xudo hoxlasa, kam bo"lmaymiz.Savdoda baraka bor deb keladi eski kitoblarda.Qani, bosib -bosib quy anavi shotlandlarning arog"idan -dedi Bibisuvaydo, G"ishtxonni qistab.
  
   -Sen, Bibishka, menga nasixat qilma, xo"pmi?!O"zinga boq, nog"orangni qoq -deydi eskilar.Sen do"stga vafoli ekansan, nega unda birga biznes qilamiz demasdan Dubayga surmoqdasan? Kechirasanu senda zarracha yurt qayg"usi yo"q ekan. Axir shu joyda astoydil ishlab, birgalikda qo"shma ishratxona ochsak, valyuta o"zimizda qoladiyu!Nahotki shu haqda o"ylab ko"rmagan bo"lsang!Shu kallang bilan qanday qilib, chet elda odam savdosi bilan shug"illanasan a?!Qisqasi, men shu yerda qolaman.Molu dunyo topgan bo"lsam, faqat o"z tadbirkorligim, uddaburroligim bilan topdim.Sendan bir so"m so"raganim yo"q.Menga birovning sariq chaqasi kerak emas -dedi G"ishtxon yana viskidan ryumkalarga to"latib quyib.
  
   Dugonalar yana ichdilar.
  
   -Mayli, G"isht, o"zing bilasan.Qolsang qolib, shu kindik kovaklarda yuraver xoru xarob bo"lib.Lekin bilib qo"y, shahar bedorvoza emas.Bu yerlarda politsiya yo"q desang xato qilasan.Bir kuni pritoning boshinga yetib, Tovoqsoy turmasida mening gaplarimni eslab, qon yig"laysan hali.Ha, attanga, attang! -deysan lekin o"rniga kelmaydi.Axir men seni birga ket demayotgan bo"lsam.Biznes hamkor bo"l deyapman halos.Ishlarni yaxshi yo"lga qo"yib olgach, besh to"rt yuz dollarning baxridan o"tib, anavi muttaham Iskanaqul Karkidonuvuchning yoshgina xoinchasini, mening kundoshimni qimmatbaxo sovg"a salom va ziyofatlar bilan yo"ldan urib, kishi bilmas pritoninga tortib, go"zal hayot, bitmas tuganmas boylik vadalari bilan mega yuborarding.Mening odamlarim uni pribori chirib -irib ketgan bironta erkakka qo"shib, spid yuqtirardilar.U uzoq muddatli ish safaridan keldim deb uyiga qaytgan kuni Iskanaqul Karkidonuvuchga ham spid yuqardi.Spidga chalingach, tabiiyki Iskanaqul Karkidonuvuch sevikli kotibasini, jonajon xotinini yo so"yardi yo qo"yardi.Qovunkapaliklar esa: - bizga bunaqa spidga chalingan zinokor raisning keragi yo"q deb, ketiga tepib, mansabidan tushirib qo"yishardi.U itemganni shu yo"l bilan xor qilardik.Agar shu ishni muvaffaqiyatli amalga oshirolsak, men hatto itingningda ityalog"ini oltin qilardim! Qara, menda qanaqa genialny loyihalar, biznesplanlar bor.Sen bo"lsang, mening aqlu zakovatimga, faxmu farosatimga shubha ko"zi bilan qarayapsan.Haliyam kech emas, yana tananga bir yaxshilab o"ylab ko"r... Iye, shisha bo"shab qolibdiku!Tez yangisini och.Quy yuztadan.Bu dunyoda odamni xursand qiladigan shu aroqdan boshqa yana nima qoldi?Davay, davay, nalevay bstreye.Che t stoish kak etot samy? -dedi Bibisuvaydo G"ishtxonni shoshtirib.
  
   -Mojet xvatit? -dedi G"ishtxon.
  
   Uning bu gapidan Bibisuvaydo astoydil xafa bo"ldi.
  
   -Iye, bu uy sening xonadoningmi yo qovoqxonami?Qovoqxona bo"lsa, pulini to"lab ichaylik.E, quye, pulsiz odam bilan bo"g"ishayotgan tirriq barmenga o"xshamay! Ketar jafosiga bir maza qilaylik! O"ynab kulganimiz o"ljaga qoladi.Ertaga bu joylardan mening izimni ham topolmay qolasan!Men esa chet elning oynaband restoranlarda o"tirib, seni eslayman -dedi u.
  
   -Mayli.Lekin shu oxirgisi.Shu shishani bo"shatgandan keyin bir gramm ham ichmaymiz! -dedi G"ishtxon.U shunday gaplar bilan yangi shishani ochib, o"tkir viskini qadaxlarga quydi.
  
   Ular ichdilar.Keyin yana va yana.Oxiri mastlikdan ko"zlarining jildi chiqib, go"layib, bir birlariga suyanib qoldilar.
  
   Ayniqsa, G"ishtxon mast bo"lib, yalqovlik bilan harakatlanar, ko"zlarini arang ochar va bir narsalar deb valdirardi.Oxiri u stolga yuztuban yotib, xurrak ota boshladi.Bibisuvaydo uni sudrab, ming mashaqqat bilan krovatga yotqizdi.Keyin sumkasidan gazetaga o"ralgan pishiq g"ishtni olarkan, jarroxlar qo"lqopini kiyib, g"isht bilan G"ishtxonning boshiga bir necha bor zarba berdi.G"ishtxonning boshi yorilib, oppoq jildli par yostiqlar qonga bo"yaldi.Dugonasining o"lganiga ishonch xosil qilgan Bibisuvaydo, Soddagulning uyidan o"g"irlangan taqinchoqlarni istab, uyni tintuv qila boshladi.U taqinchoqlarni topgunicha uydagi jixozlar ag"dar -to"ntar bo"lib ketdi.
  
   Nihoyat Bibisuvaydo topilgan taqinchoqlarni titroq qo"llari bilan sumkasiga solarkan, G"ishtxonning uyiga o"t qo"yib, shoshib tashqariga chiqdi va zulmat qa"riga kirib, ko"zdan g"oyib bo"ldi.
  
  
   20 bob
   Baliq ovi
  
  
  
   Xolbo"ri bilan Nortoji ikki yoni yulg"un butalari va o"t -o"lanlar bilan qoplangan ilonizi so"qmoqdan qiyalab, sohilga, daryo deltasiga tushib bordilar.Suvlar sholoplab, bir moromda chayqalib turgan daryo labiga yetishgach,Xolbo"ri avvaldan tayyorlab qo"yilgan, o"quvchilarga tanish yog"och qayiqni sekin surib, suvga tushirdi.Qayiqda baliq ovlash uchun ikkita qarmoq va boshqa anjomlar ham bor edi.Nortoji qayiqqa o"tirgach, Xolbo"ri jimgina eshkak esha boshladi.U qachonlardir xuddi shu tarzda qayiqqa o"tirib, Iltijo bilan sarrin shamollarda yashil to"lqinlar hosil qilib shovullaguvchi qamishzorlar aro son sanoqsiz nilufarlar, ko"zagullar ochilib yotguvchi shu daryo deltasida sayr qilgan edi. Bugun esa Nortoji bilan sayr qilib yuribdi deya asarimiz bosh qahramonini koyishga, undan nafratlanishga shoshilmang.U bugun Nortojiga o"z o"tmishi haqidagi bor haqiqatni ro"yi rost aytmoqchi.Nortoji ham garchand shu Qovunkapa qishlog"ida tug"ilgan va shu daryo sohillarida qo"y-sigir boqib voyaga yetgan esada, daryo sohilidagi sayoz suvlarda dugonalari bilan cho"milib o"sgan bo"lsada, bo"zchi belboqqa yolchimabdi deganlariday hech qachon sohildan uzoqlashmagan, ko"za gullar va nilufarlar ochilib yotadigan kengliklarga chiqmagan edi.Beligacha suvga botgan va tarvaqaylagan shoxlari suvlarga tegib turguvchi qari va bukri tollar, popuk chiqargan uzun uzun yam -yashil qamishlar devorday bo"lib o"sgan delta bo"ylab qayiqda oxista suzganicha ketib borayotgan Nortoji nilufarlar va ko"zagullar ochilgan kengliklarga chiqqan sari o"zini xuddi ibtidoiy, yovvoyi, afsonaviy bir olamga o"tib qolganday his qilar, hayrati, hayajoni tobora ortib borardi.
  
   -Vuy, anavi nilufarlarniiii!Yam-yashil shalpang quloq barglar, g"unchalarining ko"pligini, ularning go"zalligini!-dedi u his -hayajonini jilovlay olmay hayrat ichra!Shunday deya Nortoji qayiqdan uzanib, nilufarlarning oppoq gullarini birin ketin uzarkan, guldasta tuzib, ularni rohatdan ko"zlarini yumib, xidlaganicha , bag"riga bosdi.
  
   Nortojining zavqlanganini ko"rib, Xolbo"ri ham o"zida yo"q quvonar,lekin Iltijo bilan o"rtalarida kechgan ishqiy sarguzashtlarni unga qanday qilib aytsam ekan deya o"ylanar, ishqiy sarguzasht haqida eshitgan Nortoji xafa bo"lib qolsachi degan fikr uni qiynar edi.
  
   -Nortoji -dedi u nihoyat va davom etdi: - menga to"g"risinii aytingchi, avvallari siz hech qarmoqda baliq ovlaganmisiz? -dedi Xolbo"ri hamon bir maromda eshkak esharkan, Nortojiga ko"z qiri bilan qarab.
  
   -Yo"q desam balki yolg"on bo"lar.Baliq ovlaganmiz.Ammo qo"l bilan.Bunga ham ancha yillar bo"ldi.Har yili bahor payti dadam, ayam va men sohildagi o"zimizga ajratilgan 25 sotixli sholipoyamizni sholi tupchiklaridan tozlab, pollarga suv qamardik.O"zingiz yaxshi bilasiz, suvsiz polga sholi urug"ini sochsangiz, ularni chumchuqlar galasi shu ondayoq yeb bitirishadi.Sholi urug"i suv ostida yotsa, yerga oson ildiz otadi va ularni qushlar yeyolmaydi.Hullas, o"sha yili bahor seryog"in kelib, daryoda suv ko"tarilishi oqibatida kuchli talotum sepoyalarni yuvib ketib, sholipoyalar suv ostida qoldi.Suv qaytgach, sholipoyamizga borsak, suvlari ko"zguday yaltiragan sholipoya pollarida katta -katta baliqlar qirini suvdan chiqarib potrab suzib yurishgan ekan.O"shanda dadam, ayam va men uchchalamiz:- Iyi, ana, ana! Ketdi!Ushla! -deya baqirib -chaqirib, tipirchilayotgan baliqlarni qo"l bilan tutganmiz.Bir mahal, yarim qop baliq ushladik deb sevinib tursak, dadam shatra shutr suv kechib, yugirib, hayajondan baqirib, o"zini suvga otib, ming mashaqqatlar bilan urinib, surinib, loylarga belanib yurib, naq bir metr keladigan sazan baliqni ushlab olganlari hech ko"z oldimdan ketmaydi.Baliqni ushlaguncha dadajonimning usti boshi, yuzlari balchiqqa belanib ketgan.Biz ayam ikkimiz qopdagi baliqlarni, dadam esa haligi bir metrli sazanning oyqulog"idan ushlab, ko"targanlaricha yelkalariga ortib, namoishkorona qishloqqa qaytganlar.Baliq jonvorning tangalari katta -katta bo"lib, suzgichlari, dumlari qip qizarib ketgan edi.Dadam u baliqni bolta bilan yorganlarda o"ziyam.Ishonsangiz, ichidan bir kilocha qizil uvildiriq chiqqan.Rosa baliqxo"rlik qiluvdik o"shanda -dedi Nortoji, totli hotiralarni yod etganicha, mahzun jilmayib qo"yarkan.
  
   -Qarmoqda baliq ovlash undan ham qiziqarli bo"ladi -deb qo"ydi Xolbo"ri, eshkak eshishda davom etib.Qayiq suv yuzini qoplagan nilufarlarning, ko"zagullarning, lotoslarning shalpang barglarini tumshug"i bilan yorib ohista ilgarilar, ikki oshiq o"tirgan qayiq ustida suv qushlari charx urib uchib, asabiy chiyillashar edi.
  
   Nihoyat ular suv gullari va qamishlardan holi, moviy osmonning bir parchasi kabi shaffof suv yuzasiga chiqqach, Xolbo"ri eshkak eshishni to"xtatdi.
  
   -Mana shu joydan ikkalamiz qarmoqda baliq ovlaymiz -dedi u. Keyin qarmoqlarga xafsala bilan xo"rak ilarkan, uzun uzun bambuk dastali qarmoqlardan birini Nortojiga uzatdi.Ular xo"rak ilingan qarmoq leskasini havoda vizillatib suvga otganicha, po"kaklarga termulib o"tirisharkan Nortoji yana hayajonlanib ketdi:
  
   -Voy, baliqlarni qarang!Tiniq suv ostida xuddi akvariumdagiday bemalol lapanglab suzib yurishibdi! -dedi u hayrat ichra.
  
   -Ha, oqim kuchli bo"lmagani uchun bu joylarning suvi tiniq.Agar oqim tez bo"lsa, unday suvlar nilufarlarning, ko"zagulu lotoslarning tinchgina ildiz otib, yaproq yozib, g"uncha ochishlariga yo"l qo"ymagan bo"lardi.Bu yerlarda inson ruhiga osoyishtalik bag"ishlaydigan ilohiy osudalik bor -tushuntirdi Xolbo"ri.
  
   -Tovba!Shu daryo bo"ylarida shuncha yil yashabmanu, bu joylarga biron marta ham kelmabman.Odamzod "falon mamlakatda, piston tog"lar bag"rida go"zal dam olish maskanlari bor ekan deya havas qilib, u yerlarga borishni bir umr orzulab yurar ekanu, o"sha joylardan sira qolishmaydigan go"zal tabiat o"zining shundoqqina yonida ekanidan bexabar o"taverar ekan!Qarang, qanday go"zal vatanimiz, O"zbekistonimiz bor bizning!Eh, oldingdan oqqan anhorning qadri yo"q deb shunga aytsalar kerakda -deb qo"ydi Nortoji.
  
   Xolbo"ri ham gapirmoqchi edi, shu mahal kutilmaganda Nortoji dastasidan tutgan qarmoq po"kagi lik etib suv ostiga kirib ketdi.
  
   -Iyi, qarmog"ingizni baliq tortyapti!Leskani o"rang chig"iriqqa!Tezroq! Bo"ling tezroq!-dedi Xolbo"ri.Nortoji hayajon ichra shoshib o"rnidan turgan edi, qayiq shunday lapangladiki, ikkalalari qarmoq parmog"i bilan suvga qulashlariga oz qoldi.
  
   -E, extiyot bo"ling!O"rang leskani! Chig"iriqni tezroq aylantiring!Katta baliq ekan, bambuk leskani egib, sindirvoraman deyaptiya!Vau!Leskani uzib ketmasinda ishqilib! -dedi Xolbo"ri hayajon va quvonchli havotir ichra.
  
   Nortoji Xolbo"rining aytganlariga amal qilib, chig"iriqni aylantirar, qarmoq leskasini to"xtovsiz barabanga o"rardi.Nihoyat baliq qiri bilan suv yuzini yorib, qayiq tamon yaqinlasha boshladi.Nortoji qarmoq dastasini baland ko"targan mahal qarmoqqa ilinib qolgan baliq havoda tipirchilay boshladi.Uning qizg"ish tangalari quyosh nurida tovlanar edi.Xolbo"ri baliqni qarmoqdan ajratarkan, uni qayiqqa tashladi.Keyin ikkalasi havosizlikdan tipirchilayotgan baliqqa zavq bilan qarab turishdi. Nortoji qiziqib, baliqni qo"liga olgan edi, kutilmaganda baliq shilt etib uning qo"lidan chiqdi.Agar u qayiqqa qaytib tushmaganda va Xolbo"ri uni o"z vaqtida ushlab qolmaganda edi, baliq sholop etib suvga sakrardi va uni butunlay qo"ldan chiqarishgan bo"lardilar.Ha baliq ayni paytda o"zining azaliy makoni, suvga qaytish uchun urinardi.
  
   Baliq biroz tinchlangach, Xolbo"ri gapira boshladi.
  
   -Nortoji, siz Vulqon degan shoirning baliq haqida yozgan she"rini o"qiganmisiz?Aytishlaricha u hozir taqdir taqazosi bilan Kanadada yashar emish -dedi u.
  
   -Chet elda yashasa, vatangado ekanda.Kanadada yashaydigan odamning she"rlarini men qayoqdan o"qiyman.Qishlog"imizda internet bo"lmasa.Ishonsangiz men hatto kompyuterni qanday ishlatishni ham bilmayman -dedi Nortoji.
  
   -Yo"q, Nortoji, taqdir taqozosi bilan xatolarga yo"l qo"yib, adashib chet elga ketib qolgan odam, agar u muqaddam og"ir jinoyatlar sodir etgani uchun xalqaro jinoiy qidiruviga berilmagan bo"lsa, unday fuqaroni vatangado, vatan xoini deya atamoq nojoiz va hatto gunox!
  
   Bir o"ylab ko"ring, xalqimiz har yili tug"ilgan kunlarini nishonlab, ardoqlaydigan, faxrlanadigan hazrati Alisher Navoiyning mozori Xirotda, shox va shoir Boburmirzoning qabri Qobulda, elimiz qo"shiqlarini Ma"murjon Uzoqov ijrosida sevib tinglaydigan Furqat bobo Yorkandga dafn etilganlar. Ibn Sino esa Eronda vafot etgan.Taqdir taqozosi bilan chet elga ketib qolganlarning barchasi ham vatan xoini, vatangado emas.Keyin qishloqi ekanman deb anqayib o"tiravermay, har birimiz kompyuter ilmini o"rganishimiz kerak.Axir mustaqil mamlakatimizning yangi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev senzura simtto"rlarni uzib, xalqimizga erkinlik berdilar.Hamma yoqda demokratiya bahori kezib yuribdi!Kompyuter ilmini o"rganib, internetdan foydalanishga bugun to"siqlar yo"q.Faqat, g"oya va maqsadlari demokratiyaga, mamlakatimiz havfsizligiga taxdid soluvchi radikal kayfiyatdagi fashistik saytlarga kirmasangiz, ular bilan aloqa qilmasangiz bo"ldi.Zamondan ortda qolish yaxshimas, Nortoji.Masalan men shahardagi internet kafelardan biriga kirib, kompyuterni yoqamanda, o"zbekcha forumlarga, Davronbek Tojialiyevning "Ziyo.uz" portaliga, To"lqin Eshbekning "Uch ildiz", Xoldor Vulqonning "Muvozanat" saytlariga kiraman, o"zbekcha va ruscha asarlarni miriqib o"qiyman.Buning nimasi yomon? -dedi Xolbo"ri.
  
   -Ho"p, gapni cho"zmay o"sha baliq haqidagi she"rni o"qingchi qani - dedi Nortoji.
  
   - U she"rning bir misrasini aytish bilan kifoyalanaman -dedi Xolbo"ri.
  
   Xo"rakka aldanib nodon baliq daryodin ayrildi.
  
   Shoir baliqlarning xo"rakka aldanib, qarmoqqa ishinishlari va daryodan ayrilishlari haqida yozar ekan, bu misrada Qoradaryoni emas, XUDOning qirg"oqsiz, poyonsiz RAHMAT DARYoSIni nazarda tutmoqda.Odam esa fe"lan baliqqa juda o"xshaydi. U ham shu baliq kabi totli xo"rakka aldanib, gunoxu ma"siyatlar qarmog"iga ilinadi va RAHMAT DARYosidan mahrum bo"ladi.Shuning uchun xalqimiz marhumlar haqqiga "g"ariqi rahmat bo"lsin" deya duo qiladi.Ya"ni RAHMAT DARYosida cho"milib, g"arq bo"lib, gunoxlardan poklansin deydilar.Men esa odam bolasining xo"rakka aldanib, qarmoqqa ilinishini sirayam istamayman.Jumladan sizning ham.
   Nortoji, sizlarnikiga sovchilikka borgan onamning dasturxoni qaytmaganidan xursandman.Lekin ikkimizning hayotimiz yolg"on ustiga qurilmasa deyman.Yaqin o"tmishda paxta terish uchun xasharga kelgan Tibbiyot Institutining talabasi Iltijo ismli qizni sevganimni, u qiz bilan o"rtamizda kechgan ishqiy sarguzashtlarni yashirmay, bugun, shu yerda, sizga ro"yi rost aytmoqchiman -dedi Xolbo"ri.
   Bu gaplarni eshitib, Nortoji o"rnidan sakrab turib, Xolbo"ridan himoyalanish uchun shoshib eshkakni qo"liga olarkan, qayiq yana xunuk lapanglab ketdi.
   -Nima?!Talaba qiz?!Ishqiy sarguzashtlar!..E, Xudo!Nimalar deb valdirayapsiz?!..Qanday xaddingiz sig"di meni aldashga, laqillatishga a?!..Ablax ekansiz, Xolbo"ri aka! Lekin men siz o"ylagan qizlardan emasman!..Qani tezda meni sohilga eltib qo"yingchi!Aks holda hozir shu eshkak bilan urib, boshingizning qatig"ini chiqaramanda, jasadingizni suvga uloqtirib, qayiqda yolg"iz o"zim suzib ketaman! -dedi Nortoji, golf chimzorida to"pchani chovgan bilan qulochkashlab urishga shaylangan milliarder kabi.
   -Iye, ana halos!O"zim ham o"ylovdima, to"g"ri gap nafaqat boshqa odamga, hatto tuqqaninga, ya"ni onanga ham yoqmaydi deb!Men endi, hayotimiz yolg"on ustiga qurilmasin, to"yimiz o"tgach, eshitib, nega o"shanda bir og"iz aytmagansiz deb janjal ko"tarmang degandimda.Siz bo"lsangiz darrov qizishib...O"zingizni qo"lga oling, Nortoji! Mayli, yo"q desangiz, zorim boru zo"rim yo"q.Qirg"oqqa eltib qo"yaman -dedi Xolbo"ri.
   Bir mahal Nortoji eshkakni yelkasiga qo"ygan kuyi, qiyqirib kula boshladi.
   -Yurakdan ham bor ekanku a, o"tto dalneboyik!Hazillashdim! -dedi, hamon xandon otib kulgancha.
   Keyin jiddiylashib, davom etdi:
   -Hazil hazilu, Xolbo"ri aka, jiddiy aytadigan bo"lsam, mening o"sha Iltijo degan xasharchi qizni sevganingizdan, va hatto uning portretini chizganingizdan ham xabarim bor.U qizning qachon va nima sababdan sizni tashlab, boshqa yigitga turmushga chiqib ketganini ham juda yaxshi bilaman -dedi u, eshkakka tayanib, nilufarlar, ko"zagullar va lotoslar ochilib yotgan jannatiy kengliklarga o"ychan termulganicha.
   -E, yurakni yoray dedingizku, Nortoji!Men eshkak bilan urib, boshimning qatig"ini chiqarishingizdan emas, sizdan ayrilib qolishdan o"lguday qo"rqayotgan edim -dedi yengil tortib, Xolbo"ri.
   -To"g"risi, men o"zim sizdan shu gaplarni kutayotgan edim.Agar bugun shu haqda aytmaganingizda, sizga nisbatan ishonchim so"nardi va qaytib sizga yaqin yo"lamasdim.Mana endi ko"nglim hotirjam bo"ldi.Demak siz aldamaysiz, yolg"onchi, xiyonatkor emassiz.Endi sizga ishonsam bo"ladi- dedi Nortoji, eshkakni joyiga qo"yib.
   -Uff!Hudo bir saqlabdiyu a! O, mehribon Parvardigorim!Sen meni to"g"riso"zligim uchun mukofotlading, o"zinga shukr! -dedi Xolbo"ri osmonga qarab.
   Shu payt Nortoji yana hayajon ichra baqira boshladi:
   -Voy, Xolbo"ri aka!Qarmog"ingiz po"kagi yo"qolib qoldi!Torting qarmoqni! -dedi u.
   Xolbo"ri qarmoq dastasini tez qo"liga olarkan, chig"iriqni aylantirib, taranglashgan leskani barabanga shaxd bilan o"ray boshladi.
  
  
   21 bob
   Butazordagi odam
  
  
  
   Zulmat ibn Qulmat bozordagi pullik xojatxonada mijozlarga chipta sotib, gazeta va kitoblardan torat qog"oz tayyorlab, kesak ushatib, bir chiroyli ishlab yuruvdi, unga ko"z tegdi.Tabiiyki pullik hojatxona direktori imtiyozlarga ega bo"lgani uchun u bola -chaqalariyu qarindosh urug"i bilan xojatxonaga bepul qatnash va bo"shanish xuquqiga ega edi.Zulmat esa xojatxona direktori kelganda unga ushatilgan sifatli kesaklarning changini "kasakusa kasakusa kasakusa" deb uch marta puflab, g"azal aytib uzatishi kerak edi.Zulmat ibn Qulmat mastlikda xojatxona direktoriga sifatsiz kesakni uzatgan va oqibat kesakdagi shisha sinig"i kattaning ketini kesib ketgan.Oliy mijoz ko"p qon yo"qotishi oqibatida xushidan ketib, yetib kelgan vrachlar brigadasi uni zambilga solib kasalxonaga olib ketishgan. Shundan keyin: -San bolaning ichkilik icheykon yomon odating bor ekan, keyin chiptadan tushgan pullardan qayrib, ellik grammga masruf etaykon qo"li egri, nopokliging jonga tegdi deb baxona qilib, uni egallab turgan lavozimidan chetlatishdi.O"shandan beri bedananing uyi yo"q, qayga borsa bitbildiq deganlariday, darbadar yurib, goh bozorda arava sudrasa, goho bekatlarda marshrutka avtobuslarga to ovozi bo"g"ilib qolguncha baqirib odam chaqiradi.Kayf bersa kerosinni ichadigan bu mayxo"r kimsaning topgan tamomi tangasini to"plab, qovoqxonaga kirib, bir istikon, yarim istikon aroq yo vino ichishdan boshqa qiziqarliroq mashg"uloti yo"q.Fikru yodi ichkilikda.Zulmat ibn Qulmat barmen mayda qilib to"g"rab qo"ygan turpdan suzmaga belab yeb, gazaki qilganicha kun bo"yi och - nahor yuraveradi.Uning ichadigan choyi ham yeydigan taomi ham ichkilik.Tinimsiz ichkilik ichaverishi oqibatida Zulmatning og"zi (Xudoyo tovba qildim) qari cho"chqaning og"ziga o"xshab qolgan.
   Ayniqsa tashlandiq binoning yerto"lasida, oqshomlar ostiga karton karobkalarni to"shab, uyquga ketish oldidan yasama tishlarini olib, suvli bankaga solgan mahal.Bir gal u to"nqayib, yomg"irdan keyingi ko"lmakdan suv ichmoqchi bo"lganda, ko"lmakdagi o"z aksini ko"rib, qo"rqib, o"zi shundoq ham har zamonda sanchib turadigan yuragi yomon bo"lib qolay degandi.Zulmat ibn Qulmat bugun o"zining tug"ilgan kuni munosabati bilan hamshishalariga haq bermoqchi.U alkash shishadoshlarini ortidan ergashtirib, Qovunkapa qishlog"i tamon, dala yo"lidan gandiraklab borarkan, yo"l yo"lakay bijir -bijir javrab kelardi.
  
   -Do"stlarim!Bugun mening xuddi yupun odamlarga rahmi kelib, go"ridan o"z kafanini chiqarib bergan hazrati Xotamutto"i kabi oliyhimmat, sahiy va muruvvatli alkash ekanimga guvox bo"lasizlar!Bir yostiqqa bosh qo"ygan vafoli yorim bilan ko"rishmaganimizga ham ancha yillar bo"ldi!Bechora meni kutib, derazadan ma"yus termulganicha yo"llarimga intizor boqib, sog"inch, ayriliq iztirobiga chidolmay yum yum yig"lagan onlar, atrofida parvonalar gir aylanib uchgan hijron shamchirog"i duvillab to"kilgan ko"z yoshlaridan o"chib qolsa kerak.U menga ko"p yaxshiliklar qildi, ammo men nonko"r u yaxshiliklarni tez unutdim.Aslida shu xotinim tufayli shahardagi pullik hojatxonada bosh chipta sotuvchi farrosh lavozimini egallagandim. Men noshud o"sha, lavozimni ham qo"ldan boy berdim!Ichkilikka berilib, sizlarning safingizga qo"shilib ketdim!Lekin ishonchim komil, men tufayli shuncha yillar yostig"i yarimta bo"lgan qoshi kamonim, g"uncha dahonim, bog"u bahorim meni yana kechirib, oh chekib yig"laganicha:-keldingizmi, dadajonisi!-deya quchog"imga o"zini otadi!Mo"minim keldi deb, qo"ni qo"shnilarni chaqirib, naq ikki yuz kishilik dasturxon yozib, kishi boshiga bittadan araq tortadi!Oyog"imning tagiga cho"chqa so"yadi!Araqqa cho"milamiz, aroqqa!Eh, men ablax shunday xotinning qadriga yetmadima!Esimda, bir kuni xotinim kaparatipdan yarimta aroq olib kelay deb ko"chaga chiqib ketuvdi.Men yarmi ichilgan cho"loq aroqni maydalab, axlatxonadan olib kelingan bir oyog"i yo"q, yirtiq divanimizda kayf qilib yotuvdim.Bir mahal eshik taqillab qolli.
   Men o"rnimdan turgani erinib, yotgan joyimda: -Ha, qizilishton, yana kellingma?!Qaydan ham mastlikda nonni uvatib yebmana!Nonushoqlarga mazaxo"rak bo"lib qollingma, tekinxo"r qush?!Bir bunday boshqa qizilishtonlarga o"xshab sen ham qurigan daraxtlarni, qarag"ay simyog"ochlarni taqillatib, halol mehnat bilan, peshona teri qilib, qurt qumursqalarni terib yesang bo"lmaydimi, parazit!Yo"qol battan! -dedim.
   Desam, eshik ortidan birov: -Grajdanin Zulmat ibn Qulmat!Xaddingizdan oshmang! Nega davlat xizmatchisini xaqorat qilyapsiz?!Men uchastka noziri leytenant Qog"ozqop Qorboboyev bo"laman!Qo"limda tintuv o"tkazish uchun prokurorning orderi bor! Shirkat omboridan katta miqdorda dorilangan urug"lik chigit o"g"irlanib, qo"lbola paxta moyi ishlab chiqaradigan kichik korxonalarga sotib yuborilgan!U dorilangan chigitdan olingan paxta moyi inson salomatligi uchun xavfli deyishmoqda!Qisqasi shu jinoiy ish bo"yicha gumonlanuvchi sifatida sizni ham so"roq qilishimiz kerak!
   Eshityapsizmi?!Zudlik bilan eshikni oching!Aks holda yigirma metr ortga tisarilib turib, bor kuchim bilan yugirib kelib, yelkam bilan urib, eshikni sindirib kiraman! dedi.
  
   Men o"rnimdan turib, batinkalarimni tovushsiz kiydimda, Qog"ozqop Qorboboyevni chalg"itib, vaqtdan yutish uchun gapni aylantirdim:
  
   -Ha, sal yo"talib netib, sharpa qilib keladida, odam degan!Qizilishton deganimga xafa bo"lma, nachannik!Qizilishton bo"lsang qaniya, yarmingni yozga, yarmingni qishga qo"yarding!Qizilishtonlar bo"lmasa, dov -daraxtlarni qurt -qumursqa bosib, yutaminga boy mevali bog"lar qurib qolardi!Bir gal o"zing aytuvdingku, "Ba"zan dala dashtda, daryo sohilidagi yulg"unzorlarda, pistirmada o"tirgan chog"larim uzoq uzoqlarda daraxtlarni taqillatayotgan qizilishtonlar ovozini eshitib, bolaligim yodimga tushadi, ko"zlarimga yosh keladi" deb!-dedim men va yugirib borib, derazadan pastga sakradimda, o"zimni jo"xorizorga urdim.Lekin men galvars to"ppa to"g"ri Qog"ozqop Qorboboyevning shogirdlari pistirmada o"tirgan joyga qarab yugiribmanda.Oyog"imdan chalib yiqitishib, qo"llarimni qayrib, bir zumda qo"lga olishdi, ablaxlar. Yaxshiyam, shu payt xotinim do"kondan qaytib kelib, meni xijolatli vaziyatdan qutqardi.U o"sha dorilangan chigit o"g"irlangan kecha, erim uyda edi deya meni qamoq jazosidan qutqarib qolli.Uchastka noziri Qog"ozqop Qorboboyev mendan noqonuniy xibsga olinganim uchun uzr so"radi -derdi u to"xtovsiz valdirab.
  
   Zulmat ibn Qulmat dala yo"li chetidagi tolga suyab qo"yilgan bayker rulli velosipedni ko"rgandagina gapirishdan to"xtadi va shishadoshlariga o"grilib, past ovozda: -Tss! Jim!-dedi.Mayxo"rlar taqqa to"xtab, jim bo"ldilar.Zulmat ibn Qulmat past ovozda gapira boshladi:
   -Xudo berman desa shunaqa bo"ladi.Mana, bosh og"riq doriga pul topildi.Men hozir anavi velikni minib qochaman.Sizlar ortimdan chopasizlar.Agar egasi chiqib qolsa, shunchaki hazillashuvdik deymiz qo"yamiz.Egasi yo"q bo"lsa, uni yo"lda birontasiga sotib yuboramiz.Yoki aroqqa almashtiramiz -dedi u.
   Shunday gaplar bilan Zulmat ibn Qulmat velosipedga yaqinlashuvdiki hamki, yulg"un butalari ortida kimgadir gapirayotgan odam ovozini eshitib, to"xtadi.Boshqa alkashlar ham bir birlariga qaraganlaricha qotib qoldilar. Kimdir yulg"un butalari ortida shirakayf ovozda kimgadir gapirar, mayxo"rlar o"zlariga o"xshagan shisha g"arib odamlar yarimtani maydalab suhbatlashib o"tiribdi shekilli deya o"ylab, ularning miyyasida aroqqa sherik bo"lish fikri tug"ildi. Lekin ular shirakayf odam gaplarini tinglab, hayratdan badtar angrayib qoldilar.Chunki u yulg"un butalari orasida beg"am o"tlab yurgan echkiga gapirar edi.
  
   -Kozyol, sen menga e"tibor bermay, gaplarimni jimgina tinglab, o"tlayver-deya gapira ketdi yulg"un butalari ortida o"tirgan odam.So"ng davom etdi: -Mening valdirayotganimdan ham hayron bo"lma.Ha, ozgina otib olganman..Xudo hoxlasa, qizimni uzatgan kunim, to"yda bir to"yib ichamanda, shundan keyin ichkilikni butunlay tashlayman.Nega desang, qizim Nortoji o"z baxtini topdi.Yaxshi niyyat yarim mol deb to"g"ri aytishgan ekan.Men o"zim shu rassom Xolbo"ri bizga kuyov bo"lsa deb niyyat qilib yurardim.Mana, niyyatimga yetdim shekilli.Xotinim Kapolatxon ham, qizim ham xursand.Ichkilikni tashlasam, ular yanada xursand bo"ladilar.To"g"risi, ichkilik ichmaydigan odamlarga havasim keladi.Bir gal, degin, guzarda ulfatlar bilan yarimtani maydalab ichib o"tirsak, mahalla masjidining mutavalisi Kamaridin qori domla sigir yetaklab o"tib qoldilar.Shunda mening qori domlaga hazil qilgim kelib, tilim qichib: -Ha, qori aka, yo"l bo"lsin?!Sigiringiz to"xtovsiz marayverganidan uni chorvachilik fermasidagi to"rt oyoqli "do"xtir"ga ko"rsatgani opketyapsizmi deyman?! -dedim.Hamshishalar gurr etib kulib yuborishuvdi, Kamaridin qori domla to"xtab, miyig"ida jilmayib qo"yarkan, bizga tanbex berdi:
  
   -Ha, esi yo"qlar!Kuppa kunduz kuni, o"rta ko"chada, hech kimdan uyalmay aroq ichib o"tirishlaringni qara.He, attang!Hammangning sochi soqolinga oq oralab, yoshlaring ham bir joyga borib qolli.Bola chaqalaring katta bo"lyapti.Bu umr deganlari shuv etib o"tadi ketadi.Qiyomat kuni Xudoning olliga borganda nima deb javob berasanlar?!Buning o"rniga oxiratni o"ylab, masjidga chiqib, hech yo"q bomdodni o"qib turishsang o"lasanmi, a, ey joynomoz ustida joning chiqib ketgurlar! -dedi u.
  
   Men suhbatni davom etdirdim.
  
   -Gap yo"q, oqsoqol!Masjidga chiqmangan nomard!Faqat bitta shart bilan.Shu aroqdan yuz gramm ichib yuborsangiz, ertaga sahar turib, taxorat olib, hammamiz masjidga chiqib, bomdod nomozini sizga iqtido qilib o"qiymiz! -dedim.
  
   Qori o"ylanib qoldi.Keyin: -Rostdan masjidga chiqasanlarmi? -dedi ishonqiramay.Biz jo"r bo"lib, bir ovozdan: -Ha! -dedik.
   Shu gapdan keyin Kamaridin qori domla sigirini ariq bo"yida o"sgan terakka bog"lab: -Opke, arog"ingni! -dedi.Biz bir birimizga qarab, bir zum hayratlanib qoldik.Keyin shishadagi aroq bilan, piyolani olib, qori domla turgan joyga yugirdik.
  
   Men,obbo qori akaye, deganimcha piyolaga aroqdan quyib, Kamradin qoriga uzatdim.Qori piyolaga mensimaygina nazar tashlab: -Men senlarga qaldirg"ochmidim, bir qultimdan ichgani.Bor anavi pojarny itdagi qizilga bo"yalgan konussimon paqirni olib kelib, o"shanga quy arog"ingni -dedi.
  
   Bizning hayratdan badtar og"zimiz ochildi.
  
   -E, qoyile!Bu deyman, qori domlasi tushmagur, o"zlari ham a?.. Biz piyolada ichsak, siz bira to"la... -dedim men hamon hayratimni yashirolmay.Keyin kimdir chelakni olib keldi.Men uni ariqdagi suvda yashilab chayqadim.So"ng bor aroqni chelakka quyib, qoriga uzatdim.
   Qori chelakni olarkan: -Avval bu aroqni sigirga tutib ko"raychi -dedi va aroq quyilgan paqirni sigirning tumshug"iga yaqin olib bordi.Sigir aroqning badbo"yidan jirkanib, ortiga shunday tisarildiki, uning bo"yni cho"zilib, ko"zlari chanog"idan chiqquday bo"lib, azbaroyi taranglashgan arqon uzilib ketay dedi.
  
   Shundan keyin Kamaridin qori domla aroq quyilgan chelakni menga qaytarib berarkan: -Yo"q, bo"talarim, hatto xayvon ham xazar qiladigan bu ichkilikni men icholmayman! -dedi.Keyin sigirining arqonini yechib, indamay yo"liga ravona bo"larkan, bu voqea bizga juda qattiq ta"sir qildi.Ertasiga saharda do"ppi choponlarni kiyib, masjidga chiqdik.Bir chiroylik nomoz o"qib yuruvdim.Xotinim Kapolatxon, qizim Nortoji ham bexad xursand edi.Lekin ko"p o"tmay menga ko"z tegdimi, bilmayman, haytovur yana ichkilik ichishni boshlab yubordim.Yana shisha g"aribiga, ichkilikning quliga aylanib qoldim.Bu ichkilik juda yomon narsa bo"lar ekan.U insonga va uning oilasiga faqat kulfat keltirarkan.Mana, yaqinda olis va so"lim shaharda axlat titib yuradigan alkash Zulmat ibn Qulmatning xotini G"ishtxon shu ichkilikning orqasidan, mastlikda og"zida sigaretasi bilan uxlab qolib, uy puyi bilan yonib ketdi.Jasadi kuyib ketgan ekan, hamqishloqlar uni arang tanidilar.Hech kimi yo"q g"ariba edi, rahmatli.Kim biladi, balki yarimta aroqqa imonini sotadigan Zulmat ibn Qulmat uning pullarini o"g"irlab, o"zini o"ldirib, uyga o"t tortib yuborganmi?..Yaxshiyam rais Iskanaqul Karkidonov G"ishtxonning dafn marosimiga picha mablag" ajratib, uni mahalla ahli chiroyli qilib, dafn etdik.Uning qabriga belgi sifatida bir dona pishiq g"isht qo"yildi.Eh, shunaqa gaplar, kozyol! -dedi chuqur xo"rsinib, butalar ortidagi odam.
  
  
  
   22 bob
   Oydin dalalar sukunati
  
  
  
   -Vaqt degan sirli xilqatning qachon boshlanganini va uning qachon tugashini bandasi bilmaganiday bu olamda uni to"xtatib qoladigan kuchning o"zi ham yo"q.Vaqt bugun o"z ortidan bahorni ergashtirib kelib, o"t -o"lanlaru, dov daraxtni yashnatsa, ertaga u o"ychan kuz epkinlari bilan o"t-o"lanlarni qovjiratib, so"ldirib, bog"lar bag"rini xazonga to"ldirib, yana hech narsa bo"lmaganday yo"lida beg"am davom etaveradi.Kechagina ko"chada o"ynab yurgan bolalar, bir qarasang, soch soqoli quvv oqarib, xassaga tayanib yurgan bo"ladi.Mana, Xolbo"ri bilan Nortojining turmush qurganlariga ham bir zumda uch oy bo"libdi.Odamzodning xursandchilik onlari nisbatan tezroq o"tar ekanmi, har holda u totli uch oy yosh kelin kuyov uchun xuddi uch sekundday o"tdi ketdi.To"ylari bo"lib o"tgan kundanoq Xolbo"rining onasi: "Bolam, oqshom tashqariga yolg"iz chiqmanglar, chillalisizlar.Chillali odamlarga jinlar, och arvoxlar ilashib oladi.Qallig"ing sahar turib, xovlini, ko"chalarni supurayotgan mahal birga chiqib, unga qarab turgin" deya qirq kungacha ularga nasixat qilishdan charchamadi.Xolbo"ri onasining aytganini qilib, to Nortoji ko"chalarni supurib bo"lgunicha unga qarab turar, so"lim tongi shabboda nafis va shaffof ko"ylagining uzun etaklarini sudrab ko"chayu bog"lar aro oyoq uchida raqs tushib yurgan mahallar, so"lim salqinlikda, shovqinlardan holi osuda jimlik hukm surgan subhi sodiqda muzdek toza havodan o"pkasini to"ldirib nafas olarkan, asablari sozlanib, umri uzayayotganday tuyulardi go"yo. G"ira shira payt simyog"ochlarda mayus porlagan xorg"in chiroqlar, kimsasiz ko"chaga uylarning devorlariga tushib turgan daraxtlarning soyalari, tongi sukunatda odatdagidan qattiqroq eshitilayotgan supurgining shatillashi ham salqin saharlarga naqadar yarashardi.Chillalari chiqqach, Xolbo"ri bilan Nortoji daladagi ijaraga olingan paykalga birgalashib qovun ekdilar, ularni sug"orib, qo"shquloq ko"chatlar ostini ketmonchalar bilan yumshatib, mehnat qilib charchasalar, yulg"un butalari aro uzun uzun o"t o"lanlar uzra cho"zilib, bepoyon osmonlarga termulganlaricha xordiq chiqarishar, sho"xlik qilib, hazil huzul bilan kunning qanday o"tganini ham sezmay qolishardi.Goh yam -yashil sholilar tizzaga urib, bo"qoq tortgan daryo sohilidagi o"zlarining xususiy sholipoyasida ishlashar, sholi o"tab, suv kechib, yulingan kurmaklarni balchiqli tomiri bilan sholipoya polining qirg"og"iga otishar, ular otgan kurmak o"simligi tomiridagi og"ir loy bilan xuddi ketidan yashil olov chiqarib parvoz qilayotgan kometa kabi uchar va sholop etib sholipoya qirg"og"iga yopishib qolardi.Bir gal Xolbo"ri bitta baqani tutib, Nortojining ko"ylagiga solib qo"ygandi, uning qo"rquvdan yuragi yorilgudek bo"lib, vooy! -deya baqirib yubordi.U baqadan halos bo"lishi bilanoq "Jinni!" deya Xolbo"rini quvlay ketdi.Xolbo"ri qochaman deb, balchiqqa toyildi va sholipoyaga ag"anarkan, ust -boshi, yuz ko"zlari balchiqqa belandi.O"shanda ikkalalari ichaklari qotib, buralib kulishgandi. Bugun ular qovunpoyadagi tol xodalaridan qurilgan kapada jimgina porlayotgan oyga termulib yotibdilar. Jim jit oydinlikda kapadan qaralsa, poliz kaftdagidek ko"rinib turar, chigirtkalar bir moromda chur -chur kuylab, osuda, kimsasiz oydin kechaga yanada tarovat bag"ishlardi.Xolbo"ri bilan Nortoji tug"ilib o"sgan bu qishloqning nomi ham aslida bejiz "Qovunkapa" deya atalmaydi.Bu yerlarda "Bo"rikalla", "Bosvoldi", "Obinovvot", "Shakarpalak", "Qirqma" kabi tilimi tilni yoradigan qovunlarning deyarli barcha turi yetishtiriladi.Bu qishloqning qovunqoqilari toza asal kabi ming dardga davo. Qovunni bozordan emas, shundoq polizning o"zidan uzib chiqib, so"yib yeyishning gashti bo"lakcha bo"ladi.Oydinda bargu palaklar orasida to"rlagan po"stini shudring qoplagan qovunlarni ko"zdan kechirib yurish undan ham zavqli.Havo hushbo"y xandalaklar xidiga to"yingan.Mana, oxista ko"tarilgan yolg"iz, yetim oy polizlarni yoritib, dala ustida jimgina kezib yurarkan, ba"zan to"xtab, kapadagi ko"rpaga o"ranib yotgan kelin kuyovga, Xolbo"ri bilan Nortojiga havas bilan termulayotgan yostig"i yarimta, rangpar beva xotinga o"xshar, daryo tamondagi osmon etaklarida esa son sanoqsiz yulduzlar charaqlab yotardi.Xolbo"ri tungi muzdek shabodadan sovqotib qolmasin deya, Nortojining ochilib qolgan yelkasini ko"rpa bilan yopib qo"ydi.Ular ko"rpadan boshlarini chiqargan kuyi porlayotgan oyga termulib yotishardi.Xolbo"ri bir qo"li bilan Nortojining bo"ynidan quchoqlab, bag"riga bosganicha o"ychan gapira boshladi.
  
   -Nortoji, mana turmush qurganimizga ham uch oy bo"libdi.Ba"zi yangi turmush qurgan kelin kuyovlar kabi asal oyini chet ellarda o"tkazolmaganimizdan afsusdamasmisiz?Qani endi, sharoit ko"tarsa biz ham Parijga borib, Eyfel minorasiga chiqardik.Yomg"ir yog"ayotgan pilla Sena daryosining qirg"og"ida ikkalamiz qo"ltiqlashib, bir soyabon ostida sayr qilib yurardik.Soyalarimiz ko"xna Parijning oynadek yaltiragan yomg"irli ko"chalarida, shaffof ko"lmaklarda xuddi ko"zgudagidek aks etardi.Sena daryosi yuzasida yomg"ir tomchilari chimchilab hosil qilayotgan g"amgin xalqalarga o"ychan termulib, so"zsiz o"yga cho"mardik.Yoki Venetsiyaga borsakimidi a?Oh, Venetsiya!Ko"chalar o"rniga binolar aksi jilva qilguvchi kanallar!Chiroqlarning olmos chamani aks etgan o"sha kanallar bo"ylab, oydinda ikkimiz qayiqda jimgina suzib yursak!Osuda tunlar mehmonxona derazasidan oy ohista mo"ralasa, oy shu"lasidan ko"zlarimiz qamashsa, oydinda yaltirayotgan suvlarning shaloplayotgan tovushlarini tinglab yotsak!Eh!..Rostini ayting, Nortoji, asal oyini chet elda o"tkazolmaganimiz sizga armon bo"lib qolmadimi? -dedi Xolbo"ri.
  
   -Yo"q, aslo!Men hayotimizning faqat bir oyigina, yoki bir yiligina emas, Xudo bizga necha yil umr bergan bo"lsa, barchasi asal bo"lishini hoxlayman.Odam asal oyini Parijda, Venetsiyada yoki Shvetsariyaning Alp tog" tizmalari etagida o"tkazsayu, bir yildan keyin urush janjal qilib, qo"ydi chiqdi bo"lsa, unaqa dabdabali asal oyining kimga keragi bor.Qarang oydin kechani!Shunday go"zal Vatanimiz bo"lsa, bizga Parijning, Venetsiyaning, Shvetsariyadagi Alp tog"larining, qorli cho"qqilarning nima keragi bor? -dedi Nortoji.
  
   -To"g"ri -deb qo"ydi Xolbo"ri, Nortojini yanada maxkamroq bag"riga bosib, mehr bilan ko"zlaridan o"pib qo"yar ekan.Keyin davom etdi.
  
   -To"yimizni o"yladim deguncha, bir voqea yodimga tushaveradi.U paytlari shaharlik bir mijozning uyida bo"yash -chizish ishlari bilan band edim.Mijoz kiraverishdagi ayvon devoriga qalin qarag"ayzor va qayinzor o"rmonlarni, keyin daryo chetida suv ichayotgan kiyikni va qoya ustidan kiyikka tashlanmoqchi bo"lib turgan yo"lbars rasmini chiziish kerak deya tayinladi. Devoriy manzarani xafsala bilan ishlar ekanaman, mijoz mening san"atimni maqtab, o"zining navqiron yoshligini eslab ketdi.Qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganini, qanday qilib Toshkent Davlat Universitetida o"qiganlariyu, qay tarzda uylangani va qanday qilib xashamatli uyni qurganini gapirib bera boshladi.Uning hikoyasi avvaliga men uchun zerikarliday tuyulsada, hikoyadagi keyingi voqealar dinamikasi kutilmaganda mening diqqatimni torta boshladi.
  
   -Toshkent Davlat Universiteda o"qirdim -deya gap boshladi u.So"ng davom etdi: -Kursdoshlarim orasida Urgutlik Ochil degan do"stim bo"lar, biz u bilan talabalikning qattiq nonini teng bo"lishib yer edik.Onda sonda yuz berib turadigan mushtlashuvlarda bir birmizni himoya qilib, ilm olishda ham, moliyaviy masalalarda ham bir birimizga ko"maklashib yashardik.Men u mahallar sambodan borman, boksdan borman, qo"l jangidan borman, pishiq g"ishtni desangiz, shundoq havoga otib, bir urib kepakka aylantirvoradigan baquvvat, no"rg"il paytlarim. Ochil bo"yi unchalik novcha bo"lmasa ham, sambo bo"yicha sport ustaligiga nomzod emasmi, yuz kiloli odamni ham dast ko"tarib, aylantirib yerga urib, chalpak qilib tashlardi.Men o"sha paytlari, kutilmaganda kursimizdagi G"azalkentlik bir go"zal qizni telbalarcha sevib qoldim.Ishonasizmi, o"sha qizni ko"rsam, oyoqlarim o"zimga bo"ysunmay, bir ursam alyuminiy tog"orani teshib tashlaydigan baquvvat qo"llarim xuddi uvadadan qilinganday jonsizlanib, shalvirab qolardi.Bamisoli uzoq vaqt kasalxonada yotib, tuzalib, birinchi bor bahor oftobiga chiqqan bemor kabi, gandiraklab, yiqilib tushmaslik uchun devorga suyanib qolardim. O"sha qizga termulganimcha, uzoq yillar kimsasiz orolda yolg"iz bir o"zi yashagan yovvoyi odam singari batamom tildan qolardim.Auditoriyada o"tirardimu professorning leksiyalari qulog"imga kirmas, fikru yodim, ko"zlarim o"sha qizda edi.U ham har zamonda menga ko"z qirini tashlab qo"yar, o"shanday onlar hayajondan jonim bo"g"zimga tiqilib qolganday tuyulardi.Men u qizni shunday qattiq sevardim.Men hatto uning dardida jin chalib ketgan odamday kasallanib, ko"rpa to"shak qilib, yotib qolganman.Yillar o"tdi.Biz o"qishni tugatgach, men onamni o"sha sohibjamol qizning uyiga, G"azalkentga sovchilikka yubordim.To"y kuni belgilandi.To"yga kursdoshlar ham kelishdi.Urgutlik do"stim Ochil ham.Bir mahal Ochil ozgina haligindan urvolgan ekanmi, o"rtakashdan so"z so"radi.
  
   U bizni tabriklarkan, jumladan shunday dedi:
  
   Do"stim, Kozimjon va kursdoshim Latipaxon!Men sizlarni katta hayotga qadam qo"yayotganlaring bilan chin yurakdan tabriklayman.Sizlarga uzoq umr, oilaviy baxt tilayman...Do"stim, sen dunyodagi eng baxtli odam ekansan.Senga xavasim kelyapti.Shunday go"zallikda tengi yo"q, qalbi cho"qqilar qori kabi beg"ubor, hayoli va iboli qizga uylanmoqdasan... -dediyu kutilmaganda u achchiq oh tortib, yelkalarini silkitganicha yig"lab yubordi.Buni ko"rib, men o"rnimdan turib ketdim.
  
   -Iye, mehmon, nega yig"layapsiz?Yig"lamang, odam degan to"yda o"ynab kulishi kerakku! -dedi o"rtakash Ochil do"stimni yupatish uchun.Ochil ko"z yoshlarini artib, biroz o"ziga kelarkan: -Ko"nglinga kelmasin do"stim, senga havasim keladi!Bilsang, men ham Latipaxonni sevardim!Lekin uning bilagini ham ushlamaganman!Xudo haqqi, ishon, Kozimjon! -dedi.Bu gapdan to"yxonadagi g"ala -g"ovur tinib, davra muzlab qoldi go"yo.Odamlar, Kozimjon hozir sakrab, salta qilib, o"rtaga chiqadiyu, Ochilni bir zarba bilan asfalasofinga jo"natadi qo"yadi deb turishardi.Men esa, bir Latipaxonga, bir sadoqatli do"stim Ochilga qaraganimcha hamon serrayib turardim.Latipaxon yuzlarini qo"llari bilan to"sganicha yig"lab yubordi.Keyin birdan to"yxona to"s -to"palon bo"lib, kelin tarafdan kelganlar Ochilga tashlanishdi.Ochil endi, yuqorida aytganimday sambodan bor.U o"zini himoya qilib, unisini u yoqqa, bunisini bu yoqqa uloqtira boshladi.Noz -ne"mat to"la stollar ag"anab, ryumkayu vazalar, chinni kosayu laganlar yerga tushib, chil parchin bo"ldi.Oxiri men mikrafon yoniga kelib, odamlarni tinchlantira boshladim.
   -Aziz mehmonlar!Mushtlashishni bas qilinglar! Iltimos sizlardan!-deya baqirardim men.Shundan keyin janjal to"xtab, odamlar jim bo"ldi.Men do"stimni quchoqlab bag"rimga bosarkanman: -Ochilbek, do"stim, meni kechir.Sen ham Latipani sevishingni bilmas ekanman, og"ayni!Agar bilganimda onamni G"azalkentga sovchilikka yubormagan bo"lardim!Xudo haqqi, ishon!Sen ham Latipani sevar ekansan, nega bu haqda avvallari menga aytmagansan?!Bir og"iz aytsang bo"lardiku! -dedim men.
  
   -Kozimjon, men ablaxni kechir, do"stim.Aytay, aytay deb, aytolmagandim.Jur"at etolmaganman...Shunaqa, ichkilik ichsam yirtqich xayvonga aylanib qolaman.Mastlikda og"zimdan chiqib ketdi!Kechir, og"ayni, to"yingni ham rasvosini chiqardim!-dedi Ochil, hamon ko"z yoshlarini tiyolmay.
  
   Men davraga yuzlanib, mikrafonga qarata: -Aziz mehmonlar! Gap bunday!Men Xudoning guvoxligida aytamanki, shaxvoniy maqsadda Latipaxonga hatto barmog"imni ham tekizmaganman!Talabalikning bir burda nonini teng bo"lishib yegan jonajon, qiyomatli Do"stim ham men uylanmoqchi bo"lgan qizni sevsayu, men u qizga qaysi vijdonim bilan uylanaman!
   Ochilbek, do"stim, baxting o"zinga buyursin! Bu qizga sen uylan!Baxtli bo"linglar! -dedim.
   Bu gapni eshitishi bilan Latipaxon shilq etib hushidan ketdilar.Men Latipaxon yotgan joyga yugirdim.Bechoraning girra bo"lib qolgan tishlarinii qoshiq yordamida ochib, arang o"ziga keltirdik.Kelin tamondan kelganlar meni nima desa dedi.Onam bechoraning ham yuragi yomon bo"lib qoldi.To"y shu tariqa tarqab, kelin tamon meni so"kib, qarg"ab, qon yig"layotgan kelinchakni avtobusga chiqarib, uyiga, G"azalkentga qaytarib olib ketishdi.
  
   Oradan hech qancha vaqt o"tmay, ko"rgiliklarga chiday olmagan ota -onam birin ketin olamdan ko"z yumdilar.Opalarim, tog"alarim, xolalarim, medan yuz o"girib, yolg"iz qoldim.Shundan keyin alamimni ichkilikdan ola boshladim.Oxiri, aroqning quliga, xaqiqiy alkashga aylanib, o"sib ketgan soch -soqolimning patagi chiqib, yovvoyi odamga o"xshab qoldim.Mahalla oqsoqollari o"rtaga olib, menga nasixat qildilar.Nihoyat, nasixatlar kor qilib, ichkilikni tashlab, men ham odamga aylanishga qaror qildim.Soch -soqolimni tartibga keltirdim.Ammo ishga joylashay desam, hech qaysi tashkilot meni ishga olmadi.Bu alkash yana ichib yuborsa nima qilamiz deya o"ylagan bo"lsalar kerakda.Lekin men rostdan ham ichkilikni yig"ishtirib, hayotga qaytgan edim.Bir kuni albomni varaqlab o"tirib, Urgutlik do"stim Ochilning uy adresini topib oldim va o"sha do"stimning yoniga borsamchi? -deya o"ylay boshladim.Shunday qildim.Urgutga, Ochil do"stimning uyiga borib, dorvoza qo"ng"irog"ini bosib, uzoq kutdim.Anchadan keyin Ochilning dorvozasi ochilib, ichkaridan bir qizcha chiqdida: -Amaki, sizning ismingiz Kozimjonmi? -dedi.-Ha, ha -dedim men shoshib.Qizcha bo"lsa: -Men Ochilbek sambistning qiziman.Dadam siz bilan gaplashishni istamas ekanlar.Ketaverar ekansiz -deya dorvozani ichkaridan berkitib olsa bo"ladimi.Bu gaplardan quloqlarim shang"illab, oyoq -qo"lim shol bo"lib qoldi go"yo.O"sha joyda uzoq serrayib turdim.Keyin jiqqa yosh to"la ko"zlarim bilan osmonga qarab: -E, Xudo!Bu qanaqasi?!Bu dunyoda eng ishongan do"stim ham mendan yuz o"girib, so"ngi umidimni puchga chiqardiku!Men endi qayga boraman, qanday yashayman, Parvardigorim?! -deya yig"ladim.So"ng boshim oqqan tamonga keta boshladim.Endi menga baribir edi.Avtobus bekatiga bordim.U yerda hech kim yo"q edi.Shu mahal bekat o"rindig"ida kimdir unitib qoldirgan sumkaga ko"zim tushdiyu miyyamga "Bu kimning sumkasi ekan? Sumka ichida pullar va xujjatlar bo"lsa va bironta noinsof sumkadagi pullarni olib, xujjatlarini axlat qutisiga tashlab ketmasin.Bu egasiz sumkani melisaxonaga olib borib topshirsam savob bo"ladi"degan fikr keldi va sumkani o"zimning yelkaga osib yuradigan yo"l xurjunimga solib qo"ydim.Shu mahal bekat yoniga kelib to"xtagan mashinadan bir ayol tushdida, shoshib men tamon yurdi.
   -Uka, yaxshimisiz?Bu, xaligi... mana shu joyda qora sumkaga ko"zingiz tushmadimi? -dedi u.
  
   -Haaaa, sumka siznikimidi? Endi melisaxonaga olib borib topshirmoqchi edim -deya xurjunimlan sumkani olib ayolga uzatdim.
   -Mana, opa, sumkangizning ichini ochib ham ko"rganim yo"q.Marhamat, oling -dedim, sumkani ayolga uzatib.
  
   Ayol sumkani shosha pisha ochib, ko"zdan kechirarkan, uni maxkam bag"riga bosib, xursand jilmayganicha: -Voy, ukajon!Menga qanchalar yaxshilik qilganingizni bilsangiz edi!Bu sumka ichida juda muhim bank xujjatlari bor!Yo"qolmabdi!Hammasi joyida!Xudoga shukr!Sal bo"lmasa uyim kuyayozdiya! Parishonxotirlik o"lsin...Qilgan yaxshiligingiz mendan qaytmasa, Xudodan qaytsin, uka!Bu ko"rinishingizdan urgutlikka o"xshamayapsiz, boshqa viloyatdan keluvmidingiz?! -dedi.
  
   Ha, Andijondan keldim.Ochilbek Rabg"uzov degan do"stimni izlab keluvdim, uyida yo"q ekan -dedim men.
  
   -Voy, Andijondanmi?Men Andijonga juda ko"p borganman.Istirohat bog"ida kaaatta burgutning haykali bora?!"Semurg"" kafesi.Andijon juda chiroyli shahar.Aytganday, uka, ismingiz nima? Qayerda ishlaysiz? -dedi ayol qiziqsinib.
  
   -Ismim Kozim.Endi. nima desam ekan sizga...To"g"risini aytsam, ish qidirib yuribman-dedim men.
  
   -Shundaymi?Mening ismim Tanzila.Siz, ukajon, ko"p ham qayg"uravermang.Ish maslasida o"zim sizga yordam beraman.Men shahardagi restoranlardan birida ishlayman.Hoxlasangiz o"sha joyga ishga joylashtirib qo"yaman.Uy topguningizcha menikida yashab turasiz -dedi ayol, sammiy jilmayib.
  
   -O, qaniydi.Juda yaxshi bo"lardi - dedim men.
  
   -Unda nega qarab turibmiz?Qani, o"tiring mashinaga -dedi ayol.Biz mashinaga o"tirib, tasmadek yo"ldan jo"nab ketdik.
  
   Shunday qilib men Urgutdagi restoranlarning birida idish yuvuvchi bo"lib ishlay boshladim.Buni qarangki, Tanzila opa o"sha restoranning direktori ekanliklarini kamtarinlik qilib aytmagan ekanlar.Men bilan birga Saidaxon degan kamsuqum, chiroyli bir qiz ham idish yuvuvchi bo"lib ishlar edi.Bora bora o"sha qiz menga yoqib qoldi.Saidaxon ham menga befarq emas edi. Oxiri biz pul to"plab, turmush qurmoqchi bo"ldik.Bu haqda yorilgan edim, Tanzila opa yana menga dalda berdilar.
   -Tashvish qilmang, uka.Siz menga bir paytlar tengsiz yaxshilik qigandingiz, nazarimda o"sha yaxshilikni qaytaradigan vaqt kelganga o"xshaydi.Men bitta xovlimni sizga sovg"a qilaman va to"y xarajatlarini ham o"z zimmamga olaman -dedi u.
  
   To"y kuni belgilanib, taklifnomalar tarqatildi.To"yga barcha kursdoshlar kelishdi.Baxtli bo"lganimni bir ko"rib qo"yishsin deb, sobiq do"stim Ochilbekni va uning xotini - g"azalkentlik Latipaxonni ham to"yga taklif qilgandim.Kelishmasa kerak desam, yo"q, yetaklashib to"yga kelishibdi.Do"stim Ochil ozgina ichib olgan ekanmi, o"rtakashdan so"z so"radi.Men o"rtakashga: -Anavi Ochil degan mehmon mikrafonga chiqib gapirsinda, keyin xotinini yetaklab to"yxonadan daf bo"lsin, aytib qo"y! - dedim.
  
   Ochil so"z olib, mikrafonga gapira boshladi.
  
   -Do"stim, Kozimjon!O"rtani olib borayotgan do"stimizning aytishicha, sen meni to"yxonadan chiqib ketsin debsan!To"g"ri, sening oldingda aybdorman!Uyimga izlab kelganingda yoninga chiqmadim! Qilmishlarim uchun sendan uyaldim!Sen hafa bo"lib, avtobus bekati tamon keta boshlading va o"sha joydan sumka topib olding.Keyin sumkani yashirmay egasiga topshirding.O"sha sumkaning egasi Tanzilaxon mening onam bo"ladilar!Biz seni sinagan edik!Keyin seni restoranga ishga joyladilar.U joyda manashu kelinchak bo"lmish qiz bilan tanishding.Bu qiz, sen sevgan mana shu Saidaxon mening tug"ishgan singlim!Baxtli bo"linglar, do"stim!Endi to"yxonadan chiqib ketsin debsan, nachora, Latipaxon bilan qanday kirib kelgan bo"lsak, shunday chiqib ketamiz -dedi u va xotinini yetaklab chiqib keta boshladi.Qarasam, kelinchak libosini kiyib yonimda o"tirgan Saidaxon jilmayib turibdilar.Men sakrab o"rnimdan turdimu do"stim tamon yugirdim.Uni to"xtatib, maxkam quchoqlab, kechirim so"radim.Do"stim ham mendan qayta qayta uzr so"radi.Biz bir birimizni kechirdik.Saidaxon yangangizga shu tarzda uylanganman, xudojnik.Endi o"zimning xususiy restoranlarim bor.Ochil ham xotini Latipaxon bilan biznikiga tez -tez mehmonga kelib turadi -dedi Kozimjon aka, hikoyasini tugatib.
   Mana shunaqa voqealar ham bo"lar ekan hayotda -dedi Xolbo"ri.
  
   -Juda qayg"uli hikoya ekan -deb qo"ydi Nortoji.
  
   -Haaaa -dedi Xolbo"ri.
  
   Bu mahal oy mag"ribga og"ib borar, uzoq uzoqlardan tun itlarining xorg"in akillagan ovozlari eshitilar edi.
  
  
  
   23 bob
   To"ppiqul Telbato"zonov
  
  
  
  
   Iltijoning falajlik dardiga duchor bo"lgani ham bir bo"ldiyu, qaynonasining zahar zaqqum to"la ta"nayu dashnomlari, xaqoratlari ham bir bo"ldi.U onasiga arz qilib qo"ng"iroq qilgach, Soddagul o"sha kuniyoq eri Qilichbek Qoplonovich bilan birga yetib kelib, janjal ko"tardi.Iltijoni uyga olib ketishmoqchi edi, mahalla ko"y o"rtaga tushib; -Jon bor joyda janjal bor!Hammamiz ham shu.Murosa qilib yashash kerak.Dard mehmon.Iltijoxon hademay sog"ayib, ko"rmaganday bo"lib ketadilar.Nevarangiz Mashrapilloni tirik yetim qilib, birovlarning etagiga solmanglar -degan mazmunda nasixat qilisharkan, oxiri ular yosh oilani saqlab qolishga ko"ndirdilar.Lekin Iltijoning ota -onasi qaytib ketishi bilan qaynonasi xuddi oftobda qolib, qiyshayib ketgan yelim musiqa lappagini ko"xna patifonda aylantirganday, eski diydiyosini kelgan joyidan yana qayta boshladi.Iltijo oyoq -qo"li sog" paytlarini, Xolbo"ri bilan kechgan o"sha unitilmas damlarni ko"zlarida yosh bilan eslar, o"sha paytlar qanchalar baxtli bo"lgan ekanman -deya xo"rsinib qo"yadi.Oyoq -qo"li sog" bo"lsa edi, ishga yo biron yoqqa daf bo"lib, chakagi tinmaydigan bu vaysaqi xotindan uzoqroqda yurardi, xaqoratlardan quloqlari tinchirdi.U qo"ltiqtayoqda yuradigan bo"ldiyu xuddi o"rgimchak to"riga o"ralashib qolgan kapalak kabi tili zahar qaynonasining asirasiga, qurboniga aylandi qoldi.Bir oqshom qaynonasi o"g"li Ashrapilloni Iltijoga qayrab, shunday gaplarni aytdiki, u xaqoratlarga chidash uchun Iltijoda ortiq toqat degan narsaning o"zi qolmagan edi.
  
   -Hoy bola, sen erkakmisan o"zi, juvonmarg?!Namuncha rahming kelmasa bu zodi pastga?!Qum taloq qo"yginda, yig"ishtir bu kasofatini!Puling, moling, Xudoga shukr, bor!Odamlar onasi o"pmagan yosh -yosh qizlarini muxtojlik tufayli 70 ga kirgan hojilarga to"rtinchi xotinlikka beryapti!Sen ham ol, bittasini, maza qilib yasha!Bu yergina yutgur yalqov kashmirining kasalman deganiga ishonma!U jo"rttaga o"zini kasalga solib, ishga bormay, xovli joyni supurmay, ovqat -oziq qilmay, idish -oyoqni yuvmay, xonzoda bo"lib, uyda, yetti qavat ko"rpaning ustida yotmoqchida, tekindan yeb ichib!E, iloyim teshib chiqsin!Yeganing yelim, kiyganing kafan bo"lsin sen qanjiq itning! -deya javradi u.
  
   -Onajon, unday demang!Axir, u rostdan ham kasal!Do"xtirlarning bu haqda tibbiy xulosasi bor!-dedi alamidan biroz ichib olgan, shirakayf Ashrapillo.
  
   -Ha, o"shaning yonini ol!Onangdan kech!Senga xotin kerak -da, a, xotin kerak!.. E, xaloyiq!Men o"g"il uylayman deb bitta jinnini ikkita qilib olibman!Appatiga shappati deb shuni aytishsa kerakda!Voy seni tug"may men o"lay!Negayam tuqqan ekanman seni?!O"sha paytda bolish bilan dimlab o"ldirib qo"ya qolmagan ekanman!To"qqiz oy qorin ko"tarib, tug"ib, oq sut berib, emizib, yuvib -tarab, o"zim kiymay, kiydirib, yemay yedirib, kasal bo"lsa, tabiblarga yugirib, dori -darmon qidirib, beshigining boshida tongacha uxlamay alla aytib, uyqumni xarom qilibmana, o"stiribmana, ulg"aytiribmana!E, attang, attanga!Mana oqibat!Xotinim rostdan ham kasal deb turibdiyu!E, kasal bo"lsa otamdan nari!Badtar bo"lsin!Mening nazarimdan qolgan, qarg"ishimni olgan odamning ahvoli shunday bo"ladi!Ana shunaqa! Qaynonasiga zulm qilgan zolim kelinni Xudoyim shunaqa to"rt oyoqda yuradigan qilib qo"yadi!Bu hali holvasi!Yaqinda bu shol bo"lib, to"shakka mixlanadi!..Men surishtirdim.Ha, ha, surishtirdim!Bu sevikli xotinchang qizligidayoq bitta Xolbo"ri degan rassom yigit bilan don olishgan ekan.Sen safarda yurgan paytlaring bu ishtonbog"i bo"sh satang pana -pastqam xilvatlarda o"sha rassom o"ynashi bilan yashrincha uchrashib yurgan deyishsa, sira ajablanmayman!Xudo biladi, anavi bolasi ham o"sha Xolbo"ridan bo"lganmi?Bunday afti angoriga sinchiklab razm solgina, otasining tayini yo"q u valadi zino senga unchalik o"xshamaydi! -dedi Ashrapilloning onasi, hamon to"xtamay vaysab.
  
   -Onajon, bas qiling!Xudoning qahridan qo"rqmaysizmi?!Hozir siz aytgan zamonlar emas!Men farzandimni tekshirtirganman!Maxsus tibbiy taftish hay"ati so"lagimni va qonim tarkibini solishtirib, Mashrapillo haqiqatan ham mening o"g"lim ekanini tasdiqlaydigan rasmiy xujjatni taqdim etishgan!-dedi Ashrapillo, fig"oni falakka o"rlab.
  
   -Aroq ichvolib, Xudo haqida gapirganiga o"laymi buning!Do"xtirlar emish! E, hozirgi do"xtirlar pul desa o"zini tomdan tashlaydigan qasamxo"rlarku!Ular ozgina pul berilsa, hali u xujjat qilib berish ekan, kerak bo"lsa odam tana a"zolarini ham tiriklay kesib olib, sotib yuborishaveradi.Ana, nechtasi pulsizlikdan o"z buyragini sotyapti!Bitta buyrak bilan yashab, nogiron bo"lib qolganlar qancha!Do"xtirlarga ishonib yuribdiya, so"tak!Yo"o"o"o"q, aftidan, bu kasofati anavi jodugar onasi va dajjol otasi bilan sehru jodu, ilmu amal qilib, sen bolani eshak qilib, minib olganga o"xshaydi!Ko"zlaring ko"r, quloqlaring karday!Mening gaplarim sen uchun bir tiyin!Bilaman, xotinchang bilan anchadan beri meni qariyalar uyiga eltib qo"yishni, so"ng uyni uning nomiga lataris orqali tasdiqlatib olishni rejalashtirib yuribsanlar!Meni bilmaydi deysanmi?!Chuchvarani xom sanaysan!Men yerning tagida ilon qimirlasa bilaman!Qariyalar uyiga o"zim ketaman, ha, ha, o"zim!Bu chayon to"la zindondan, do"zaxdan ketaman!Uyni esa davlat xisobiga o"tkazib yuboraman! Mana, olasanlar uyni! -dedi Ashrapilloning onasi, qo"lini oldinga cho"zganicha, bosh barmog"ini ko"rsatkich va o"rta qo"l barmoqlari orasidan o"tkazib.
  
   -E, onajon, hamma do"xtirlar ham poraxo"r emas!Ularning aksariyati halol ishlaydilar!Uy joyingiz esa o"zingizga buyursin!Menga faqat bitta narsa - tinchlik kerak!Biz ham odamlarga o"xshab, urish -janjalsiz, ahil -inoq yashasak bo"lmaydimi?!Xotinim ham tuzalib qolar!Qanaqa sehru jodu haqida gapiryapsiz?!Qayna -qaynotam unday narsalardan xazar qiladilar!Iltijoning ham sizga yomonligi yo"q!Sizni qariyalar uyiga eltib qo"ymoqchi ham emasmiz!Nahotki bizni shu qadar pastkash deb o"ylasangiz!-dedi Ashrapillo.
  
   Shu payt Iltijo qaltiraganicha qo"ltiqtayoqlarga tayanib tashqariga chiqdida, devorga holsiz suyandi: -Onajon, Ashrapillo aka, iltimos sizlardan, janjallashmanglar!Baqir -chaqirimizni qo"ni qo"shnilar eshitadi, axir!Agar sizlarga xalaqit berayotgan bo"lsam, mayli men uyga, ota -onamnikiga keta qolay!Bolam ham bir kunini ko"rar!Rizqimizni Ollo beradi!Faqat menga tuxmat qilmanglar!Xudo hayringlarni bersin! -dedi yig"lab.
  
   -E, badtar bo"llaring?!Bir -biringni g"aji, o"ldir!-dedi kutilmaganda Ashrapillo va ro"parada turgan paqirni bor kuchi bilan tepgan edi, paqir daranglaganicha devor osha uchib, qo"shnilarining xovlisiga o"tib ketdi.Ashrapillo xozir qo"shnim aynib -achib so"kinib, men bilan mushtlashish uchun devordan oshib o"tsa kerak deb o"yladi.Unga aynan shu narsa kerak edi.Hozir kim bilandir mushtlashib, bor alamini o"sha odamdan olishni istardi.U uyga kirib, sovutgichdan bitta aroqni oldida, shisha qopqog"ini tishlari bilan g"ajib ochdi.Keyin aroqni piyolaga ham quymay, shartta ko"targanicha shishaning bo"g"zidan g"ilqillatib icha boshladi.U to shishada aroq qolmaguncha nafas olmay ichaverdi, ichaverdi, oxiri shishani qoqladi.Bir mahal uning devor darmiyon qo"shnisi To"ppiqul Telbato"zonov boya Ashrapillo tepib, devordan o"tkazib yuborgan paqirni ko"tarib kirib kelarkan, Iltijoga: -Kelin, mana bu paqir sizlarnikimi?Birdan baqir chaqir bo"lib ketuvdi, hayron bo"lib tursam, shu paqir uchib o"tdida, qarang -dedi.
  
   -Ha, bizniki... Rahmat, To"ppiqul amaki.Ashrapillo akamlarning biroz jaxllari chiqib turuvdi, shunga... Hamma ayb menda... -dedi Iltijo erining qilmishi uchun qo"shnilarining yonida xijolat chekib.
  
   Shu payt ichkaridan Ashrapillo chiqib keldida, qo"shnisi To"ppiqul Telbato"zonovning ko"ksiga turtib: -Ha, nima deysan, a?!Nima deysan?! Gap bormi?!E, sen, yurgina, uydan chiqqin, ko"chada solishamiz! -dedi, hamon To"ppiqul Telbato"zonovni turtkilab.To"ppiqul Telbato"zonov ko"chaga chiqarkan: -Ashrapillo, qo"shni, o"zingizni bosing!Men tinchliksevar odamman!Siz bilan mushtlashmoqchi emasman!Qo"ni qo"shni odammiz, axir!Urishish siz bilan bizga yarashmaydi! -dedi.
   Ashrapillo esa uning gaplarini eshitishni ham istamasdi. Iltijo qo"ltiqtayoqlarga tayanganicha borib, erining yengidan tortar, yalinib, yolborib, insofga chaqirardi.Lekin kayfi oshib qolgan Ashrapillo Iltijoni siltab tashladi.
  
   -Sen erkaklarning ishiga aralashma!Uyga kir!Hozir bir urib bo"yningni uzib tashlayman! -dedi.Keyin yana qo"shnisining yoqasiga yopishib, uning yuziga musht tushirmoqchi bo"ldi. To"ppiqul Telbato"zonov Ashrapilloning zarbalariga chap berar, hamon yalinib, yolborar, ammo Ashrapilloni to"xtatib bo"lmasdi.
  
   Iltijo va qo"shni xotin, qizlari bilan dodlay boshladilar.
  
   -Hoy musulmonlar, nega qarab turibsizlar?!Ajratib qo"ysangizlar bo"lmaydimi?! -deya baqirardi Iltijo.To"ppiqul Telbato"zonovning xotini esa: -Voydooood, Ashrap erimni o"ldirib qo"yadi!Melisaga tilpon qilinglar! -deya faryod chekardi.
  
   Bu mahal To"ppiqul Telbato"zonov yashin tezligida turli chalg"ituvchi harakatlar qilib, Ashrapilloning qo"llarini ustalik bilan qayridida, yerga yotqizib, tizzasi bilan uning boshini bosdi:
  
   -Qo"shni, yaxshi gapni tushunasizmi, yo yo"qmi? Men "Aykido" bo"yicha sport ustasiman.Lekin men bu sport turini odamlarni urish uchun emas, shunday paytlarda o"zimni himoya qila olishim uchungina egallaganman."Aykido" men uchun bir go"zal san"at, filasofiya!Lekin uni sizga qarshi qo"llamoqqa majbur bo"ldim!Men bu bilan maqtanayotganim yo"q, ogohlantirib qo"ymoqdaman halos-dedi.
  
   Shunday gaplar bilan To"ppiqul Telbato"zonov Ashrapilloni o"rnidan turg"azib qo"yarkan, usti boshlarining changlarini qoqib qo"ydi.Keyin gapira boshladi:
  
   -Urishish yaxshi emas.Odamlar bir birlari bilan bir oila a"zolariday ahil inoq yashamoqlari kerak.Negaki, butun dunyoda yashayotgan odamlar millatidan, irqidan va dinidan qat"iy nazar bir ota -onaning -Odam Ato va Momo Havoning bolalaridir.
  
   Vaqtlar keladi, insoniyat aqli balog"atga yetib, Yer yuzidagi barcha xalqu elatlar qo"riqlash, rekonstruksiya qilish uchun har yili milliardlab dollar pullarni sarf qilinadigan davlat chegaralarini qo"porib tashlab, bitta, yagona mamlakatga birlashadilar.Yer sayyorasida bitta davlat, bitta parlament, bitta pasport, bitta poytaxt va bitta prezident bo"ladi.
  
   Dunyo xalqlari planetamizda mavjud barcha yer ostki va ustki ma"danlarni talashmay o"rtada baham ko"radigan bo"ladi va moddiy manfaatlar hamda geopolitik maqsadlar yo"lidagi qonli urushlar o"z o"zidan to"xtaydi, yo"qoladi.
  
   Terrorizm, urush, vayronagarchiliklar barham topadi, millionlab odamlar bola -chaqasi bilan qochqinlarga aylanmaydi.Begunox insonlarning, bolalarning qoni to"kilmaydi.
  
   Yadroviy qurollarga, armiyaga, razvedkalarga, turli xarbiy amaliyotlarga, sarf qilinadigan milliardlar, trillyardlar obodonchilikka, xalq farovonligini oshirishga, infrastrukturani yaxshilashga, ilmu fanga sarf qilinadi.
  
   Odamlar bitta pasport bilan dunyo bo"yicha vizasiz, to"siqsiz hoxlagan mamlakatida emin -erkin,bemalol yuraveradilar.
  
   Bu narsalar amalga oshishi uchun butun dunyodagi odamlar ishni quyidan, o"z oilalaridan boshlashlari kerak.
  
   Oilada bolalar tinchliksevarlik ruhida tarbiyalanib o"ssalar, qo"ni -qo"shnilar o"rtasidagi munosabatlar ham yaxshi bo"ladi.
  
   Mahallalar tinch -totuv bo"lsa, butun shahar yoki viloyat tinch bo"ladi.
  
   Mamlakatlar, xalqlar o"rtasida ahillik, tinchlik totuvlik bo"lsa, dunyo tinch bo"ladi -dedi To"ppiqul Telbato"zonov.
  
   So"ng, Ashrapillodan uzr so"rab, xotini va bola -chaqalarini ergashtirganicha uyiga kirib ketdi.
  
  
   24 bob
   Kuz yomg"iri
  
  
  
   O"rgimchak to"rlari ilashgan uzun uzun za"faron o"t o"lanlar daydi shamollarda darg"azab arslon yoliday xurpayarkan, daraxtlar shamollar shashtida ko"zlarini yumib, tamom o"zlarini unitib, bayan chalayotgan sozandalar kabi mahzun chayqaladilar.
  
   Kunlar ham qandaydir qisqa. Ular xuddi oppoq qog"ozday ufqlar gulxanida lov etib yonadiyu shom o"chog"ida qorayib so"nadi.Osmonlardagi yulduzlar ham go"yo yulduzlar emas, o"sha bir varoq qog"ozday ufq alangasida yonib bitgan kunning osmonlarga uchgan uchqunlarimikin deya o"ylab ketadi odam.
  
   Xolbo"ri bilan Nortoji qovunlarni sotish uchun bozorga olib bormadilar.Qovun tarvuz sotishga bozordan ko"ra avtotrassa cheti qulayroq.Katta yo"l bo"yida qovun -tarvuzlarning xaridori serob bo"ladi. Yo"lovchi mashinalarning haydovchilari yo"l chetiga bir rov to"xtab, bir -ikkita emas, birato"la mashina yukxonasini qovun -tarvuzga to"ldirib ketadilar.Xolbo"ri bilan Nortoji to qovunlarni sotib bo"lgunlaricha nafaqat kunlarni, balki tunlarni ham serqatnov katta yo"l yoqasida birga o"tkazdilar.Kechalari er-xotin, qovunlarning ustini brezent bilan yopib qo"yib, eski, shalog"i chiqqan karovotda to ko"zlariga uyqu ilinguncha ochiq osmon ostida, son sanoqsiz yulduzlarga, dalalar ustida parishon kezib yurgan porloq oyga termulib yotishardi.Bir kuni tongda Xolbo"ri Nortojini uyg"otarkan: -Nortoji, tur, tur o"rningdan, asalim, men bittasini so"yib qo"ydim -dedi.
  
   Bu gapni eshitib, Nortoji sakrab o"rnidan turarkan, seskanib ketdi: -Voy, nega so"yasiz!Jinni pinnimisiz?!Nimalar deyapsiz, Xolbo"ri aka?Meni qo"rqitmang! E, qovun o"g"irlagan odamni ham so"yadimi!Besh o"nta qovunni olsa olib o"lsin edi!Voy, endi nima qilamiz?!Endi onamga nima deymiz!Qanday tushuntiramiz?!Yuraklari yomon bo"lib qoladiku!E, Xudo!Endi baxtli bo"ldim desam, bu yana nima ko"rgilik?!-dedi daxshat ichra rangi quv oqarib, yig"laganicha.
  
   -Shunday bo"lib qoldida, asalim.Endi nima qilishni ham bilmayman! -dedi sarosimali ovozda Xolbo"ri.
  
   -E, Xudoyimey!Endi nima qilamiz a?Endi nima qilamiz?!Axir sizni qamab qo"yishadiku!Pichoqni qayga tashladingiz?!Balki jasadni odamlar uyg"onmay turib, eshakka yuklab olib borib, daryoga cho"ktirarmiz?Gapirsangizchi axir, nega jim turibsiz?! -deya yig"lashda davom etdi Nortoji, qo"rquvdan qaltirab, qaqshab.
  
   -Nortoji, o"zingni bos.Endi bo"lar ish bo"ldi.Jasadni daryoga cho"ktirsang, ertaga ko"karib, shishib, suv yuzasiga chiqadi.Hozir taraqqiy etgan zamon, jasadni yerga ko"msang ham, yoqib yuborsang ham, bir kuni baribir topishadi.Eksgumatsiya DNK degan narsalar bor.Biron yoqqa qochib ketish, berkinish esa jazoni og"irlashtiradi halos.Agar senga yigirma yil berishadigan bo"lsa, qochib yashringaning uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishing ham hech gapmas.Endi gap bunday.Men o"zim to"ppa to"g"ri melisaxonaga boramanda, shunday shunday deb ochig"ini aytaman.Qamasa o"n yilga qamar.O"n yil ham do"ppini aylantirguncha o"tadi ketadi.Lekin sen, Nortoji, qamoqdan kelguningizcha boshqasiga turmushga chiqib ketmayman deb vada ber, sevgilim!..Eh, attang, qancha orzu niyyatlarimiz bor ediya!-dedi Xolbo"ri.
  
   -Yo"q, Xolbo"ri aka, yo"q!Men sizning qamalishingizni istamayman!Yaxshisi, pichoq dastasida o"z barmoq izlarimni qoldiramanda, men so"ydim deyman.Xotin kishiga qattiq tartibdagi jazo tayinlanmaydi -dedi Nortoji.
  
   -Yo"q, yo"q, sevgilim, aslo unday qila ko"rma!Seni qamatib, ozodlikda yurgandan ko"ra o"zimni bir yoqlik qilganim yaxshi! -dedi Xolbo"ri, Nortojini maxkam quchoqlab.Bir payt kutilmaganda u o"zini tutolmay, butun tanasi bilan silkinib kula boshladi.
  
   -Voy, nega kulyapsiz? -deya hayron bo"ldi Nortoji.
   Xolbo"ri kula kula: -Hazillashdim, asalim.Qovunlardan bittasini so"yib qo"ydim -dedi.
  
   Bu gapni eshitib, Nortoji Xolbo"rini bolish bilan ura boshladi.
  
   -Jinni!Tomi ketgan jinni!Yuragimni yoray dedingizku! -dedi u, Xolbo"rini par yostiq bilan urib. Xolbo"ri yostiq zarbalaridan himoyalanganicha hamon huzurlanib kulardi.
  
   Nortoji to charchaguncha Xolbo"rini quvlab, bolish bilan uraverdi, uraverdi, oxiri bolish yirtilib, parlari to"zg"ib ketdi.Shu -shu er -xotin qovun so"yildi deguncha kula boshlaydigan bo"ldilar.
   Xolbo"ri savdodan qo"li bo"shagan damlar, so"yilgan qovunlar aks etgan bir nechta natyurmrtlar ishlashga ham ulgurdi. Ular shu tariqa qovunlarni sotib bo"lishlari bilan sholiga ham o"roq tushdi.Sholi o"rimi boshlanishidan to tugaguncha Xolbo"rining onasi o"roqda sholi o"rayotgan kelin kuyovga choy qaynatib, ovqat -oziq tayyorlaydigan oshpaz rolini o"tadi.Daryo sohiliga joylashgan sholipoyalardagi sholilar oltinday og"ir boshoqlarini ko"tarolmay bir -biriga suyanib qolgan.Yulg"unlaru jiydalar o"sib yotgan qiyaliklardagi o"t -o"lanlar, delta tomondagi suvga egilgan yovvoyi tollar sarg"ayib yotar, kuzgi osmonda guras -guras uchayotgan qushlarning telba galalari havoda o"z parvozlarini tez -tez o"zgartirib, goh u yoqqa, goh bu yoqqa bo"ronday guvillab yoprilar, uzoq -uzoqlarda minglab qora nuqtalar bulutiga aylansa, goh u nuqtalar kattalashib, qushlarga aylanib, sholi o"rayotgan dexqonlar tamon yaqinlashar edilar.Sholipoya qiridagi do"nglikda qurigan yulg"un shox- shabbalarini va tezaklarni qalab gulhan yoqayotgan Xolbo"rining onasi, ba"zan kaftini kuz quyoshidan qamashgan ko"zlariga soyabon qilganicha gurillab uchayotgan o"sha qush galalariga mahzun termular, umridan yana bir kuz ketayotganini o"ylab, chuqur xo"rsinib qo"yardi. Do"nglikdagi gulhan esa qars -qars etib yonar, kuzning g"amgin epkinlari gulhan tutunini goh u yonga goh bu yonga egar, alvon uchqunlarni osmonu falakka shopirardi.Gulhanga o"rnatilgan qop -qora qumg"on chor tarafdan yalab yulqayotgan olovning tilidan qitig"i kelib, kulib, qax -qaxa otar, qaynardi.
  
   Shu mahal jiyda shoxiga ilib qo"yilgan tranzistorli radiodan O"zbekiston xalq hofizi Bobomurod Hamdamov ijrosidagi bir dilrabo qo"shiq yangray boshlarkan, Xolbo"ri bilan Nortoji qo"llarida o"rog"u sholilar tutami bilan qo"shiq ohangiga mos harkatlar qilib, o"yinga tusha boshladilar.
  
  
   -Galdi galam gashl yar, ishva bilan yanma!
   Kipriklariii daaam ba dam nashtar qadar jaanima!
   A -aaaay, gald galam gashl yar...
  
   Xolbo"rining onasi yonboshga tashlab o"ynayotgan kelini bilan o"g"lining baxtli hayotiga qarab turib, unsiz yig"larkan, jilmayganicha sevinch ko"z yoshlarini ro"molining uchiga artdi va ko"z yoshlarini ko"rsatmaslik uchun gulhan tamon o"grildi.Qo"shiq tugab, kelin kuyov raqs tushishni to"xtatarkan, Xolbo"ri onasining yoniga yaqin kelib:-Onajonim, yig"layapsizmi? -dedi uni yupatmoqchi bo"lib.
  
   -Yo"q, nega yig"layman bolam?Ko"zimga gulhan tutuni kirdi shekilli -dedi ona, qumg"ondagi qaynoq suvga quruq choy tashlarkan.Shundan keyin ular do"nglik ustida o"tirib, Xudo yuborgan ne"matlar bilan choy ichgan edilar.Keyin Nortojining dadasi G"oyib traktorchi o"rib, bog"lab, g"aramga bosilgan sholilarni o"z traktorida baland jarliklar ustidagi xirmonga bepul eltib berdi.Xolbo"ri sholi bog"larini bog"lamlardan yechib, xirmonga doira shaklida yoyib chiqarkan, kayfi oshib qolgan qaynotasidan kalitni olib, traktorni o"zi xaydashga qaror qildi.G"oyib traktorchi traktorni kuyoviga ishonib topshirib, uyga jo"nadi.Shundan keyin Xolbo"ri bilan Nortoji traktor kabinasida o"tirganlaricha xuddi sirk gumbazi uzra aylanayotgan mototsiklchilar kabi xirmonda sholi boshoqlarini yanchib aylana boshladilar.Sholi yanchib bo"lingach, ular donni poxoldan ajratdilar.Endi to"plab, uyib qo"yilgan sholi donini shopirib, donni has -xashakdan tozalashlari kerak edi.Bu orada Xolbo"rining onasi qalin dasturxonga o"ralgan kechki ovqatni olib keldi.Baland jarliklar ustidagi, yumshoq poxol ustida o"tirib, botayotgan quyosh nurlarida suvlari qizarib, yoyilib oqayotgan daryoga termulganicha ovqat yeyishning zavqini hech narsa bilan tenglab bo"lmasa kerak.Ayniqsa quyosh botib, narigi sohilda qoraygan daraxtzorlar ortidan oy ohista ko"tarilayotgan palla!Kechki ovqatdan keyin Xolbo"ri latta bog"langan uzun cho"pakni top - toza supurilgan xirmon markazidagi don uyumi ustiga sanchdi.Qo"lbola flyuger shamolning qay tarafdan esayotganini belgilab berarkan, Xolbo"ri yog"och kurakni qo"liga oldida, dexqonlar udumiga ko"ra Bismillo deb, duo o"qib, sholilarni havoga otib, oydinda sholi shopira boshladi.Sholi donlari havoga otilgan mahal shamol keraksiz qipiqlarni bir tomonga uchirar, tozalangan don xirmonga qaytib tushardi.Nortoji jiydaning tikonli novdalaridan qilingan jorub supirgida has hashaklarni, qipiqlarni supirib sidirar, Xolbo"ri shopirayotgan don yerga xuddi savalab yog"ayotgan kuz yomg"iri kabi shivirlab tushardi.Oxiri Xolbo"ri sholi shopirishdan charchab, xordiq chiqarish uchun poxol g"aramga xorg"in suyangan kuyi daryo deltasi ustida porlayotgan shulaafshon oyga termulib qoldi.Nortoji ham jorub supirgini tashlab, Xolbo"rining yoniga kelib o"tirdi.Xolbo"ri Nortojini bo"ynidan quchib, uning yuz ko"zlaridan o"pib qo"yarkan, ikkalalari so"zsiz yulduzli osmonga, porlayotgan oyga uzoq termuldilar.Endi ular o"sha kuzgi oy porlagan shomlar hasratini bir umr yodidan chiqarolmasalar kerak.O"sha kuzgi zavqli mehnat -mashaqqatlar chog"i Xolbo"ri, qo"llariga pul tushishi bilanoq shaharga borib, Xotini Nortojiga bironta yaxshi tilla uzukmi, sirg"ami sovg"a qilishni niyyat qilib qo"ygan edi.Mana, niyyatiga yetib, u xotini bilan shahar kezib, tilla taqinchoqlar sotadigan do"konlarni aylanib yuribdi.U narsalarni tanlashda yuksak didga ega bo"lgan rassom esada, ayol taqinchoqlarini tanlashda xotinining rayiga qarar, vitrina ortidagi u yoki bu taqinchoqni ko"rsatib: -Mana bunisi yoqadimi? Bunisichi? deya so"rardi.Nihoyat ular bitta brilliant ko"zli tilla uzukni xarid qildilar.Xolbo"ri uzukni har tamonlama aylantirib ko"zdan kechirarkan, sotuvchiga qarab: -Og"ayni, uzuk tillasi 583 probalik ekan.Ko"zidagi brilliant toshi haqiqiymi?Tag"in ertaga sur -sur qilib bo"g"ishib yurmaylik -dedi kulib.
  
   -E, nimalar dvossiz, oka?Biz mijozlardan ayrilib, bankrot bo"lmoqchi emasmiza.Odam aldagan baraka topadimi? Mana maning vizitkam.Uzukka yuz foyiz garantiya!Man shu do"konning egasi Shishrlda bo"laman.
   Mashhur Ismigunna zargarning o"gay o"g"li Shishrlda Ismigunnayuvguch desangiz shaharda, borku, hamma taniydi mani- dedi do"kondor.
  
   -Endi xafa bo"lmaysizda, Shishrlda.Biz xaridor, siz sotuvchi.Zamonni o"zingiz ko"rib turibsiz.Odamlar manfaat yo"lida birining do"ppisini boshqasiga kiydirib ketishyapti.Kambag"alni tuyaning ustida it qopibdi deganday, qishloq qirimdan kelib, ozib -yozib bitta uzuk sotib olib, og"zimiz oshga yetganda burnimiz qonamasin deymanda -dedi Xolbo"ri.
  
   -Gap yo", oka.Bu sizning xuquqingiz -dedi Shishrlda, hushmuomalalik bilan.
  
   Xolbo"ri do"kondorning gaplariga ishonsada, har extimolga qarshi Shishrldadan kafolat xati yozdirib oldi.Bu mahal tashqarida magazin, restoran va kafelarning oynalarini yuvib, kuz yomg"iri yog"ar edi.Er -xotin yetaklashib tashqariga chiqarkan, Xolbo"ri ulkan qora soyabonni ochib, qo"ltig"idan tutganicha pinjiga kirgan xotini bilan yomg"irda oynaday yuvilgan yo"lak bo"ylab keta boshladi.Yo"lovchi mashinalar uyuri manglay oynayuvgichlarini tinimsiz likillatganicha ko"chani to"ldirib turnaqator ketib borar, yo"laklar esa soyabon tutgan yo"lovchilar bilan gavjum edi.Bekatlarda ulov kutib turgan yo"lovchilar yomg"irli yo"lga o"ychan termulishgan. Xolbo"ri bilan Nortoji xuddi osmonlar ustidan sakrab o"tganday ko"lmaklarni hatlay -hatlay issiq qaxva ichish maqsadida kafelardan biriga o"zlarini urdilar.Xolbo"ri yomg"ir yog"ayotgan palla kafelarda, keng mo"l oynaga yaqin stol tevaragida o"tirib, qaxva ichishni yaxshi ko"rgani uchun, bu gal ham kafe oynasiga yaqin joyni tanladi.
  
   Ular ofitsiant keltirgan qaxvani issiq issiq xo"plab, kafe oynasidan yomg"irli ko"chaga xayolchan termulib o"tirishdi.Kafe tomidan tushayotgan yomg"ir suvi sharsharaday sharillar, oynaga yaqin bo"lgan ko"lmak ustida pufakchalar jonli mavjudodlar kabi tez tez harakatlanarkan, yomg"ir suvi xovuzdagi baqalar singari vaqillar edi go"yo.Tortinchoq, yalong"och kuzgi daraxtlar qunishib, yomg"ir pardasi ortida sovuq dush olayotganday, yuvinayotganday.
  
   -Nega odamzod yomg"ir yog"ayotgan mahal g"amgin jimirlayotgan ko"lmaklarga soatlab termulsa ham to"ymaydi?Nega bunday paytlar tevarak javonib jimib, odamlar bir nuqtaga termuladi?Borliq ibtidoiy qiyofa kasb etib, yomg"irning qadimiy, hech qachon medaga tegmaydigan ilohiy qo"shig"iga quloq tutayotganday, bu mangu shlyagerni berilib tinglayotganday tuyuladi menga -dedi Xolbo"ri, qaxvadan xo"plab, xuddi o"ziga o"zi gapirganday.
  
   Nortoji bir nima demoqchi edi, kutilmaganda qo"shni stolda o"tirgan yoshgina chiroyli bir ayol o"rnidan turib: -Voy, Xolbo"ri aka, bu sizmisiz?Assalomu alaykum!-deb yubordi.
  
   Bu gaplardan Nortoji hayrat ichra bir laxza qotib qolarkan, biroz o"ziga kelgach, Xolbo"riga savol nazari bilan qaradi.Xolbo"ri ham qo"lidagi kofe finjonini stol ustiga qo"yib, o"rnidan turdi.
  
   -Iye, Sayyora sizmisiz?!Va aleykum assalom!Qalay, yaxshi yuribsizmi?Keling, bizning stolga o"ting, yolg"iz o"tirmang! -dedi.Sayyora stolga yaqin kelarkan, Xolbo"ri u bilan qo"l berib ko"rishib, xotinini tanishtirdi.
  
   -Ha, aytganday, tanishing, bu mening turmush o"rtog"im Nortoji -dedi.
  
   -Voy, uylandingizmi?Qanday yaxshi!Keneyim bilan tanishganimdan juda xursandman!Baxtli bo"linglar! -dedi Sayyora Nortoji bilan ham qo"l berib ko"risharkan.Keyin Nortojining yonidagi kursiga o"tirdi.
  
   -Nortoji, esingdami, men senga Iltijo degan qiz haqida gipirib bergandim?Bu Sayyora o"sha Iltijoning yaqin dugonasi bo"ladi -dedi.Keyin Sayyoraga savol berib:-Qalay, dugonangiz ham yaxshi yuribdilarmi? -dedi.
  
   Sayyora nima deyishini bilmay, biroz o"ylanib turarkan, xomushlandi.Keyin chuqur xo"rsinib qo"ydi.
  
   -Ha, tinchlikmi?Nima, Iltijo... -dedi Xolbo"ri Sayyoraning olib qochayotgan ko"zlariga havotirli qarab.
  
   -Iltijo ham yuribdi... Sizga nima desam ekan... U shol bo"lib, falajlanib, uzoq vaqt kasalxonada davolandi.Lekin dardiga Xudo shifo bermadi... Ota onasi ham topgan tutganini Iltijoning sog"ayishi yo"lida sarf qildi.Hamkasblarmiz, manaman degan professorlar hatto uning umurtqasidan ukol qilib ham ko"rishdi.Ammo natija chiqmadi.U hozir nogironlar aravachasida harakatlanadi.Anchadan beri ota onasining uyida yashayapti.Qaynonasi yomon xotin ekan.Menga shol kelinning keragi yo"q deb uyidan xaydab yuboribdi.Aytishicha eri kasalxonaga ham bormay qo"ygan ekan.Hozirgacha ham uni yo"qlab kelmabdi.Hatto bitta xo"rozqand ko"tarib bolasini ko"rgani kelmagan otani qanday tushinish kerak?Toshbag"ir odamlar ekan.Men tez tez borib, Iltijodan habar olib turaman.Talabalik davrlarimizni, ayniqsa "Qovunkapa" qishlog"iga xasharchi bo"lib borgan damlarni sog"inib eslaymiz.Iltijo o"sha chog"larni eslab yig"laydi... Hammadan ham bechoraning bolasiga rahmim keladi.Dadasiga ichikkanidanmi yo onasining ahvolini tushunib, iztirob chekadimi, har holda ozib, kalidday bo"lib qolgan bechora.Xovlilarida bir o"zi o"yinchoq mashinasida qum tashib o"ynab yuradi... -dedi Sayyora, ko"z yoshlarini ko"rsatmaslik uchun deraza tamonga o"grilib.
  
   Bu gaplarni eshitib, Nortoji bilan Xolbo"ri bir birlariga termulib, o"ylanib qoldilar.Nortojining ko"zlari ko"z yoshlardan yaltirar edi.
  
  
   25 bob
   Tumandagi odamlar
  
  
   Xolbo"ri odamzod ruhiga osudalik, halovat bag"ishlaydigan qalin kuzgi tumanlar aro kimsasiz yaydoq dalalarda sevimli etyudnigini yelkasiga osganicha yolg"iz bir o"zi daydib yurishni yaxshi ko"radi.U tumanlarda g"ira shira ko"rinadigan daraxtlarning o"ychan siluetlariga soatlab termulsa ham to"ymaydi.Tumanlar qamragan kuzgi o"tloqda jimgina o"tlayotgan sigir yo otni ko"rsa, tamom. U o"sha manzaradan nigohini uzolmay, tizza bo"yi o"sgan o"t -o"lan ichra ag"rayganicha dashtdagi yumronqoziq singari qaqqayib turaveradi.Tumanlar jimligi donishmand odamlar sukunatiga o"xshaydi.Bu sokin sukunatni tanasiga quloch yetmas baqateraklarning qir uchidagi novdalarida o"tirganicha tumshuqlarini oxirigacha ochib, bog"larni boshiga ko"tarib, bor kuchi bilan qag"illaguvchi qarg"alar tovushigina buzadi.Tumanli bog"larda chirt chirt joni uzilib yerga oxista qo"nayotgan xazonlarning ilohiy shiviriku Xolbo"rining joni dili.Ayniqsa, kuz oqshomi unda tumanli dalalar qa"rida yer shudgorlayotgan yolg"iz traktorning xorg"in tovushlari bilan xurrak otayotganday taasurot qoldiradi.
   -Qaynotamning traktori -deya faxr bilan o"ylab qo"yadi o"shanday paytlar Xolbo"ri.Uning qaynotasi garchand ichkilik ichsada, o"zi yaxshi odam.Esida, Xolbo"ri bilan Iltijoning to"yida u ajoyib tabrik so"zi aytgandi.
  
   -Assalomu alaykum, uzoq -yaqindan kelgan aziz mehmonlar! -dedi u kepkasini to"g"rilab kiyarkan. -Men bugun qizim Nortojining shunday rassom yigit bilan turmush qurayotganidan juda mamnunman.Kuyovim Xolbo"ri bilan bizni bog"lab turgan muhim bir ko"rinmas rishta bor.Men ijozatlaringiz bilan shu rishtaga to"xtalmoqchiman.U rishta nima deb so"rasangiz agar, men tabiatga, go"zallikka bo"lgan mehr deya javob beraman.Mana men traktor haydayman va bahoriy dalalarda yer bag"irlab uchguvchi qaldirg"ochlar parvozini kuzatib: -ishqilib shu shiddat bilan uchayotgan qaldirg"ochlar yerdagi kesak -pesakka urilib ketmasinda deya o"ylab, havotirlanaman.Tongi dala va o"tloqlar ustida to"rg"aylar chiyillashini, ikki yoni o"t -o"lanlar bilan qoplangan so"qmoqlar ustida tentirab sassiz -sadosiz uchib yurgan kapalaklarni, uzoq uzoqlarda sayraydigan popishaklarning hasratli ovozini sevaman.Bu narsalarni ko"rib, eshitib zavqlanish uchun rassom bo"lish shart emasdir balki.Biz oddiy traktorchilar tabiat manzaralarini ruh bilan tuysak, rassomlar bo"yoqda aks etdiradilar.Shoirlar esa u go"zal tuyg"ularni so"z bilan ifodalaydilar.Manabu shaharlik mashhur otarchi ukamiz Zaparg"aniga o"xshaganlar u go"zalliklarni o"z qo"shiqlarida tarannum etadilar.Shaxsan men yemoq ichmoqdan, uxlashdan boshqani bilmaydigan to"pori, tuyg"usiz odamni jinimdan badtar yomon ko"raman.Unaqa odamni keng bedopoyaga xaydab, ortidan KA -700 rusumli traktorda quvlash kerak.Yetay deganda uni sirkda hayvonlarni uradigan uzun qamchi bilan shunday savalash kerakki, har zarba tekkanda uning pufaykasi yorilib, paxtasi chiqib qolaversin.Qamchi zarbidan do"ppisi ham titilib, piltasi chiqib, to"zg"ib ketsin.Men shunday hasratlar to"la yuragimni yozish uchun ba"zan dalada o"tlab yurgan eshakkami, sigirgami, echkigami gapirib, xumorimdan chiqaman.Chunki odamlar meni tushunmaydilar, men esa odamlarni.Ular meni alkash deb o"ylaydilar.Bir kuni ishonsalaring, ataylab traktorimda shaharga borib, zooparkka kirdim.Qafaslardagi maymunlar bilan salomlashib, ularni konfet, olmalar bilan mehmon qiluvdim, becharalar xursand bo"lib, qafasda u yoqdan bu yoqqa sakrab, "U u! I-i! A-a!" deya shovqin soldilar.Maymunlar bir -birlariga juda mehr -oqibatli bo"lar ekan.Ular bir -birining bitini qarab, tutilgan bitlar uvol bo"lmasligi uchun ularni xuddi pista chaqayotgan odam o"xshab yeb o"tirisharkan. Shundan keyin men bo"yni besh olti metr keladigan jirafa bilan baland ovozda suhbatlasha boshladim.-Jirafa, hoy jirafa!Sening bo"yning uzun.Bunday qarachi, dalada agranom bilan mixaynik meni izlab yurmaganmikin?! -dedim.Shu mahal bitta melisa bola kelib: -Aka, ozgina ichib olibsiz.Unaqa jamoat tartibini buzib, zooparkimizdagi xayvonlarni buytib qo"rqitmang -deya meni ko"chaga xaydab chiqardi -dedi u.
  
   Mehmonlar to"yga qiziqchi ham kelibdi deya, rosa kulib qotishdi.Keyin G"oyib traktorchi og"zidagi 32 ta tishining hammasiga tilla qoplatgan shaharlik otarchi Zaparg"aniga qarab: -Zaparg"ani, sho"xiga chal qani!Qizimning to"yida bir o"ynappeye -dedi alkashlar kiyadiigan katak ko"ylagining yenglarini shimarib.Zaparg"ani ansambli sho"x muzikani chalarkan, Xolbo"rining qaynotasi etigining qo"njilaridan gayka qotiradigan klyuchlarni olib, ularni:
  
   -Chaqqir chuqqur - chaqqir chuqqur, chax chaqa chum -chum! -deya shiqirlatib, o"yinga tusha boshladi.Unga qo"shilib xotini Kapolotixon ham yer tepib, chang - to"zon ko"tarib, quyunday chirpirab raqsga tusha ketdi. Xolbo"ri shular haqida o"ylab o"tirgandi, kutilmaganda uni Nortoji chaqirib qoldi.
  
   -Xolbo"ri aka!Qandaydir notanish odamlar kelib, sizni chaqirishyapti!Ishlari bor ekan sizda!Tezroq chiqing! -dedi u tumanli xovlida kuymanib yurarkan.Xolbo"ri pufaykasini tez kiyib, tashqariga chiqdi.So"ng dorvoza tamonga bordi.U yerda bir ayol va erkak turardi.
  
   -Assalomu alaykum! -dedi ayol salom berib.So"ng davom etdi: -Siz rassom Xolbo"rimisiz? -so"radi u negadir Xolbo"rining ko"zlariga tik qarolmay, iymanib.
  
   -Ha, men.Kelinglar, qani ichkariga marhamat -dedi Xolbo"ri mehmonlarni uyga taklif qilib.
  
   -Rahmat, ukajon, boshqa safar.Agar shoshib turmagan bo"lsangiz... vaqtingiz bo"lsa, shu yerda bir -ikki og"iz gaplashib olsak degandim.Biz bir zarur ish bilan keluvdik.Lekin, uzr, sizni ertalabdan bezovta qildik -dedi ayol, xijolat chekib.
  
   -Hechqisi yo"q.Xo"sh xizmat?Nima gaplaringiz bor edi menda? -dedi Xolbo"ri.
  
   -Bilasizmi?.. Sizga qanday tushuntirsam ekan.Biz Iltijoning ota-onasimiz. Avvalo siz va onangiz oldida bizning yuzimiz shuvit.Onangiz bizni kechirsinlar.Men yomon odamlarning gaplariga ishonib, aldanib qoldim...Haligi nima desam ekan...Keling, yaxshisi, boshidan tushuntiray...Mening ismim Soddagul, erimning ismlari Qilichbek.Hamma ayb menda.Qizimni men baxtsiz qildim.Onangiz biznikiga sovchilikka borgach, sizning qanday yigit ekanligingizni surishtirish uchun shu qishloqqa kelgandim.O"shanda menga Bibisuvaydo degan bir ayol tasodifan ro"baro" bo"ldiyu, maqsadimni aytsam, u siz haqingizda juda yomon gaplarni aytdi.Men soddagina o"lgur bo"lsam, o"sha ayolning gaplariga laqqa tushib, qaytib ketaveribman.Keyin siz haqingizdagi gaplarni erimga aytgandim, u ham to"nini ters kiyib oldi.Iltijo bizga siz haqingizda faqat yaxshi gaplarni aytgandi.O"sha voqeadan keyin biz Iltijoni bir biznesmen bolaga turmushga uzatdik.Keyinchalik o"sha Bibisuvaydo degan ayol bizning uyga G"ishtxon degan dugonasi bilan borib, tadbirkorlik ishlarini yuritib olishlar uchun mendan moliyaviy ko"mak so"radi.Bir paytlar menga yaxshilik qiluvdi, kel, shu yaxshilikni qaytaray deb men uydagi bor pullarni qirishtirib, hech qanday tilxatsiz o"sha ayolga berib yuboribman.Yana Iltijoning to"yiga aytolmaganimdan xijolat chekib, undan uzr ham so"raganimchi.E, Xudo!Endi bilsam, qizimning baxtsiz bo"lishiga aynan o"sha ayol aybdor ekan.O"sha kasofatining yolg"on gaplariga laqqa tushib, biz sizdan yuz o"giribmiz.Qizimni baxtli qilamiz deb bir nobakor, yovuz qaynonaning zulm zindoniga tashlabmiz. Bechora Iltijo, balki keyinchalik hayotim yaxshi bo"lib ketar degan umidda sabr qilib, qaynonasining zulmlariga, erining xaqoratu do"pposlashlariga sabr qilib yuravergan.Bizni ayagan -da.G"am alamni ichiga solavergach, dardi chipqonga aylanib, siqilishlar oxiri uni shol kasaliga giriftor qildi.Biz uni eridan ajratib olmoqchi ham edik, lekin o"rtada bitta bola bor.Shu norasida nevaramiz tirik yetim bo"lmasin, yosh oilani saqlab qolaylik, qaynonasiga ham eriga ham bir kun Xudo insof berib qolar deb quda tamonning qilmishlariga ko"z yumdik.Mana oqibat... Shol bo"lib yotib qolgan Iltijoni ular uyidan haydab solishdi.Bechora qizimni davolatish uchun uchramagan do"xtirimiz ham qolmadi xisob.Axir bizning shu Iltijodan boshqa farzandimiz yo"q.Unga biron narsa bo"lsa, bizga dunyoda yashashning ham qizig"i qolmaydi.Shuning uchun Iltijoni do"xtiru tabiblarga ko"rsatib, topgan tutganimizni sarf qildik.Mashinlarimizni, hatto uydagi jixozlarni ham shu yo"lda qurbon qilganmiz va biz bundan sira afsuslanmaymiz.Bizga qizimiz tuzalsa bo"ldi.Bu yo"lda dadasi ikkimiz nomusdan boshqa barcha narsani, o"z buyragimizni, jigarimizu yuragimizni sotishga g"am tayyormiz.Ishonsangiz, hozir sizning yoningizga taksida keldik.Bu yoqda xo"jayinim og"ir insultni boshidan kechirganlar.Buning ustiga sog"ligi tufayli ishdan ketdi.Bitta mening topganim ro"zg"orga urvoq ham bo"lmaydi.Lekin, Xudoga shukur, Iltijoning va dadasining nogironlik pensiyasi, nevaramiz Mashrapilloning hukumat tamonidan beriladigan nafaqa puli bor.Kunimiz o"tib turibdi.Faqat nogironlar aravachasida o"tirgan qizimga va rangpar nevaramga qarab turib, qon yig"layman, kechalari uyqum qochib, uxlolmayman.Kasallanib, dori -darmon bilan yuradigan bo"lib qoldim, aylanib ketay, uka!Yaqinda deng, haligi Bibisuvaydoga bergan pullarim yodimga tushib, shu pulni qaytarsalar, bir kunimizga yarab qolar deya yana qishloqlaringa keldim.Kelib, surishtirsam, qishloqda hech qanaqa kichik korxona ochilmagani, Bibisuvaydoning esa Dubayga ketgani ma"lum bo"ldi.U yashshamagur aytishlaricha rais Iskanaqul Karkidonovning sobiq xotini bo"lib, ko"p ish ko"rsatgan ekan.Uning biznes hamkori G"ishtxonning esa uyi yonib, o"zi ham o"sha yong"inda halok bo"lganmish.E, foniy dunyo!Lekin hamqishloqlaringiz siz haqingizda faqat yaxshi gaplarni aytishdi.Men nodon o"sha odamlarga uchrashish o"rniga qayoqdagi bir yengiltak ayolning gaplariga ishonibmana.Qizimni baxtsiz qilgani ozday, pulimni ham olib, menga qog"ozdan qalpoq kiydirib ketibdi.Endi qilmish qidirmish deydiku mashoyixlar.Birovniki birovda qolib ketmaydi.Tepada Parvardigori Olam qarab, ko"rib, bilib, hammasini kuzatib turibdi.Bibisuvaydo ham axir bir kun jazosini olar, bu dunyoda bo"lmasa, u dunyoda, o"choqday yerda tortadi.Heyeye, kallam qursina!Mayli, bo"lar ish bo"ldi, pul -mol topilar.Bizga shu qizimiz sog"ayib ketsa bas.Buning uchun uy -joyimizni sotishga, ko"chada qolishga ham tayyormiz.Sizning esa bu ishlarda zarracha aybingiz yo"q.Aksincha, sizning yoningizga og"ir aybdorlik hissi bilan kelish biz uchun oson kechmadi.Ammo biz shunga majburmiz, sizning yordamingizga muxtojmiz, ukajon.Bilasizmi, biz yaqinda bir mashhur ruhshunos olimga uchragandik, u qizim Iltijoning hayotini tahlil qilib, undagi siqilish -stresslar faqat qaynonasi va eri bilangina bog"liq emasligini, o"tmishda chin yurakdan sevgan o"sha rassom yigiti bilan taqdirini bog"lasa, birga yashasa, balki shunda uning sog"ligi yana asta sekin tiklanishi, iziga tushishi mumkin dedi.Tushunamiz, buning aslo iloji yo"q.Chunki siz uylangansiz.Bizning esa xotiningiz baxtini yarimta qilish maqsadimiz ham yo"q.Sizdan va xotiningizdan bizning bittagina iltimosimiz bor halos.Agar kelin ruxsat bersalar, Xudo uchun va odamgarchilik yuzasidan qizimga ko"rinish berib, uni yo"qlab, hol -ahvol so"rab tursangiz.Shoyatki o"sha ruhshunos olim aytganday qizim Iltijo hayotga qaytsa, shifo topsa uning sog"ligida ijobiy o"zgarishlar sodir bo"lsa.Bu yaxshiligingizni to o"lgunimizcha unutmasdik - dedi Soddagul yig"lab.
  
   Shu payt tumanli xovli o"rtasida suhbatni jimgina eshitib turgan Nortojining qo"lidan supirgisi tap etib tushdi.U yig"ayotgan edi.Xolbo"ri Nortojini yoniga chaqirarkan, uning bo"ynidan quchib, erkalab, namoishkorona bag"riga bosganicha, gapira boshladi.
  
   -Eh, xolajon!Bu gaplaringizni tinglash men uchun naqadar og"irligini bilsangiz edi!Men ikki o"tning orasida qoldim.Ha, men qizingiz Iltijoni juda qattiq, telbalarcha sevganman.Hozir ham va bundan keyin to o"lgunimcha sevaman.Men bu haqda xotinim Nortojiga hali uylanmasdanoq yashirmasdan ochiq aytganman.U meni tushunadi.Shu tushungani uchun ham men uni sevaman.Iltijo "Men ota onamning rayiga qarshi borolmayman.Ularning baxtini o"z baxtim yo"lida qurbon qilolmayman" degan gaplaridan so"ng, qanchalar qiyin bo"lmasin, meni o"zimni o"z sevgim uchun kurashdan to"xtatdim.Chunki men Iltijoning baxtli bo"lishini istardim.Yana ham tushunarliroq qilib aytsam, men o"z baxtimni Iltijoning baxti yo"lida qurbon qildim.Lekin bugun, menga ishonib, men bilan o"z taqdirini bog"lagan umr yo"ldoshim Nortojining ham baxtini qurbon qilishga mening haqqim yo"q.Agar Nortoji rozi bo"lsagina bu borada biror qarorga kelishim mumkin -dedi Xolbo"ri.
  
   -Albatta, albatta!Men ham aynan shunday variant tarafdoriman.Agar kelin yo"q demasalar... -shunday dediyu Soddagul xo"rligi kelib, yig"lab yubordi.So"ng kutilmaganda ko"zlari to"la jiqqa yosh bilan Nortojining poyiga tiz cho"kdi.Uning ko"zlariga iltijoli qarab, yolbora boshladi:
   -Kelin, Xudo hayringizni bersin!Biz aslo sizning baxtingizni yarimta qilmoqchi emasmiz, ishoning!Faqat qizim Iltijoning sog"ayib, oyoqqa turib ketishi uchun eringiz bilan qizimga ma"naviy yordam, ruhiy ko"mak beringlar, iltimos!Hech bo"lmasa kichkina bolasi haqqi! -dedi va xuddi malika qarshisidagi qulday qaddini egib, muk tushganicha achchiq achchiq o"ksinib yig"lay boshladi.Shu paytgacha suhbatga aralashmay jim turgan Qilichbek Qoplonovich xotini Soddagulni yupatib, uning yelkalarini silay boshladi.U bo"g"ziga tiqilgan xo"rlik sabab gapirolmas, zo"riqishdan bo"zarib, bo"yin manglay tomirlari bo"rtib, unsiz yig"lar edi.
   Shu payt Nortoji shoshib, Soddagulni o"rnidan turg"azarkan, uni xuddi o"z onasiday quchoqlab bag"riga bosdi:
  
   -Turing, xolajon, tiz cho"kmang!Yig"lamang, ko"nglingiz to"q bo"lsin.Biz Xolbo"ri akam ikkimiz albatta qizingizni yo"qlab, unga bu og"ir ruhiy holatdan chiqishida qo"limizdan kelganicha yordamlashamiz.Iloji bo"lsa Iltijoni va uning o"g"ilchasini va sizlarni ham shu yoqqa, uyimizga olib kelamiz, hammamiz birga yashaymiz!Meni kesatyapti, kinoya qilyapti deb o"ylamang.Rostdan ham shunday qilamiz.Axir, shunday qilmasak bizning odamgarchiligimiz qayoqda qoladi?O"zingiz faraz qiling, Iltijoning o"rnida men bo"lishim ham mumkun ediku.Odamzod birovning dardini his qilishi uchun avvalo uning o"rniga o"zini qo"yib ko"rishi kerak.Hozir sizlarga, ayniqsa Iltijoga juda qiyin.Yig"lamang, xolajon, yig"lamang. Xudo hoxlasa Iltijo darddan halos bo"lib, sog"ayib ketadilar.Qani yig"lashni hoziroq bas qilingchi, kuling, tabassum qiling! -dedi u Soddagulning ko"z yoshlarini mehribonlarcha artib.
  
   -Yo"q, qizim, aksincha biz sizlarni uyimizga olib ketamiz!Shaharda, bizning uyimizda hammamiz birga yashaymiz!-dedi Soddagul ko"zlarida ko"zyoshlar bilan jilmayarkan.U ayni paytda umidbaxsh so"zlar qayg"u ko"z yoshlarini sevinch yoshlariga aylantirib yubora oladigan mo"jizaviy kuchga ega ekanini his qilib turardi.
  
   Ular shu tariqa suhbatlashib turisharkan, tumanda yaqinlashgan Xolbo"rining onasini sezishmadi ham.Halitdan beri suhbatga quloq tutib turgan ona gapira boshladi:
  
   -Yo"q, yaxshisi grafik chiqarib qo"yamiz.Bir hafta shaharda, bir xafta qishloqda yashaymiz! -dedi u jilmayib.Bu gapdan beixtiyor hammalari kulib yubordilar.Soddagul quchoq ochganicha Xolbo"rining onasi bilan ko"rishmoqqa shoshildi.U o"zini onaxonning quchog"iga otarkan, uni maxkam bag"riga bosib yig"lay boshladi.
  
   -Opajon, men nodonni kechiring!Xato qildim!Katta xatoga yo"l qo"ydim!Sizday onaning dilini ranjitib, dasturxonini qaytarganim uchun ham Xudo meni qattiq jazoladi!Qizim baxtsiz bo"ldi, opajon!Qizimning haqqiga duo qiling!Shoyad darddan halos bo"lib, sog"aysa, asliga qaytsa! -derdi u yig"lab.
  
   -Yig"lamang, aylanay, yig"lamang.Men sizdan sirayam xafa emasman.Bu ham bo"lsa peshonaga yozilgan taqdir nasib, qismat.Ko"p qayg"urmang, singlim, Xudo hoxlasa, hammasi yaxshi bo"ladi.Mana men aytdi dersiz.Iltijoxon dardlardan qutilib, ko"rmaganday bo"lib ketadilar hali -dedi Xolbo"rining onasi Soddagulga dalda berib.
  
   -Iloyo aytganingiz kelsin, opajon -dedi Soddagul ko"z yoshlarini artib.U onaxonni va Nortojini quchib, yuzlaridan o"pib, hayrlasharkan, qayta qayta rahmat aytib, Xolbo"riga uy adreslari yozilgan qog"ozni tutqazdi.So"ng uyga kirib, biror piyoladan choy ichib ketsangizlar bo"lardi deyishlariga ham qaramay, eri bilan birga halitdan beri ularni kutib turgan taksiga o"tirdi.
  
   Taksi tumanlar qa"riga singib, ko"zdan g"oyib bo"lgach, Xolbo"ri, onasi va Nortoji Soddagulning gaplarini uzoq muhokama qildilar.Iltijoga rahmlari keldi.Ayniqsa uning o"g"liga.
  
   -Mayli.Men tumanlarda bir daydib kelay -dedi Xolbo"ri va etyudnigini yelkasiga ilib, ko"chaga chiqdi.Tumanlar qoplagan qishloq ko"chalari deyarli bo"m -bo"sh edi.
  
  
  
   28 bob
   Sevgiterapiya
  
  
  
   Garchand Xolbo"ri uchun Iltijo bilan uchrashish istagi chidab bo"lmas darajada kuchli bo"lsada, unga bu uchrashuv xuddi Nortojining oldida bir xiyonatday, Xudoning oldida esa kechirib bo"lmas gunoxday tuyulardi.Iltijoning yoniga kirish va unga Nortoji bozordan o"zi tanlab olib bergan guldastani tutqazishga uning vijdoni yo"l qo"ymayotgan edi.Ilgarilari Xolbo"ri bir kun kelib shunday og"ir ruhiy iztiroblarga, ko"z ko"rib, quloq eshitmagan azoblaru qiynoqlarga duch kelaman deb sirayam o"ylamagan edi.U hozir, ayni paytda xuddi o"z muhabbatining mozoriga gulchambar qo"yayotgan odamga o"xshardi.U Iltijolarning dorvozasi yoniga yaqin kelarkan, bamisoli qaytib chiqib bo"lmaydigan qadimiy shaxtaga, g"orga kirib ketayotib, ortiga so"ngi bor o"grilgan odamday:
  
   -Nortoji, men shu tobda senga ochiqdan ochiq xiyonat qilayotganga o"xshab qolyapman -dedi, bir qo"lida guldastani tutib, ikkinchisi bilan bo"yinbog"ini to"g"rilarkan.
  
   -Iye, qanaqa odamsiz axir?Men o"zim ruxsat beryapmanku.Shunday qilmasak bo"lmaydi.Kulib, xuddi sog"lom odamni yo"qlab kelganday, kirib boring -dedi Nortoji.
  
   Xolbo"ri Uchinchi Jahon Urushi oldidan qit"alararo uchadigan yadroviy raketa knopkasini bosayotgan navbatchi ofitserday dorvoza qo"ng"irog"ini bosdi.
  
   -Ichkaridan, Soddagulning: -Voy, dadasi, mehmonlar kelishdi shekilli! -degan tanish ovozi eshitildi.
  
   Keyin u dorvozani ochib: -Kelinglar, kelinglar, aylanib ketay mehmonlar!Qani marhamat, marhamat, ichkariga kiringlar -dedi Xolbo"ri va Nortojilar bilan ko"rishib.Qilichbek Qoplonovich ham ularga peshvoz chiqdi va Xolbo"ri bilan xuddi eski qadrdonlarday quchoq ochib ko"rishdi.Ular hol -ahvol so"rashgach, Soddagul Xolbo"ri bilan Nortojini Iltijo yotgan xonaga boshlab kirayotgandi,Nortoji o"zini chetga olib,devorga suyandi.
  
   Xolbo"ri yalt etib Nortojiga savol nazari bilan qaradi.Nortoji holatni izoxladi:
  
   -Yo"q, Xolbo"ri aka, birdaniga ikkalamiz kirsak, yaxshi bo"lmas.Meni sizning yoningizda ko"rish unga og"ir.Yaxshisi, siz oldin kiring -da, hol -ahvol so"rang, Iltijo sal o"ziga kelgach, men ham kiraman -dedi Nortoji Xolbo"rining qulog"iga shivirlab.
  
   Xolbo"ri Soddagulga yuzlandi: -Xola, Nortoji birozdan keyin kirarkan.Bu, Iltijoni ogohlantirib qo"yganmisizlar ishqilib?Tag"in, qo"qqisdan kirib borsam... -dedi u.
  
   -Ha, ha, ogohlantirilgan.U sizni kutib yotibdi...Sizlarni ham ovora qildik...Men axmoq o"z qizimning baxtini o"zim bog"labman...Ha, bechoragina bolama... Shunaqa kunlarga ham qolamizmi... E, Xudoyim... O"zing qizimning dardiga shifo ato et!..Kiring, kiravering, bolam.Sizni ko"rib, shoyatki Iltijoginamning dardi yengillasa... Umringizdan baraka toping, iloyim... -dedi yig"lab Soddagul.Qilichbek Qoplonovich ham deraza tamonga o"grilganicha unsiz yig"lar edi.
  
   Xolbo"ri tavakkal qilib xona eshigini ochganicha ichkariga kirdi.Ichkaridagi krovatda rangi olinib, ozib ketgan Iltijo yotar uning tim -qora, ipakday mayin, uzun va qalin sochlari oppoq par yostiqni qoplab yotar, krovat yonidagi tumbochka ustida Xolbo"ri bir paytlar ishlagan, Iltijoning portreti o"rnatilgandi.Iltijo Xolbo"riga jilmayganicha qarab, xuddi soqov kabi unsiz yig"lar, uzun -uzun qayrilma kipriklari pirpirar, ko"zlarining qiridan oqayotgan ko"z yosh yuzlaridan dumalab, yostiqqa tomardi.
  
   Xolbo"rining hayajondan tamog"i qaqrab, yuragi xuddi bo"g"ziga tiqilib qolganday bo"ldi.U bazo"r o"zini qo"lga olib jilmayganicha: -Salom, yaxshimisiz?Lekin ko"rinishingizdan yomonga o"xshamaysiz.Aytganday, shu atrofda mening Iltijoxon degan bir singlimga ko"zingiz tushmadimi mabodo?-dedi.
  
   Iltijo ko"zi to"la jiqqa yosh bilan achchiq achchiq yutinar, bir og"iz ham gapirolmas, faqat ko"z yoshlari aro jilmayardi. Xolbo"ri qo"lidagi guldastani tumbochka ustiga qo"yarkan, shartta tiz cho"kib, Iltijoning yoniga tizzalari bilan yurib bordi.So"ng uning holsiz, nozik qo"lini o"pib, yuziga bosganicha: -Men sizga gul olib keldim -dedi.So"ng davom etdi: -Yo"lda kelayotsam deng, bir to"p odamlar orkestr sadolari ostida "Dup -pop - pop! Dup -pop -pop!" deb vals musiqasini chalib, qandaydir haykal poyiga gullar qo"yishayotgan ekan.Ulardan biri baqirib, chaqirib: -U xalqimiz milliy mustaqilligi yo"lida boshini jallod kundasiga qo"ygan, tirikiligida chet ellarda sargardon bo"lib, surgunda yashab, so"ng qamalib, o"z barmog"ini o"zi tishlab uzib, qoni bilan qamoqxona devoriga she"rlar bitdi!Keyinchalik lagerlarga etap qilingach, baraklarda bit bosib, kanalarga yem bo"lib, oxiri silga chalinib, o"lay o"lay deganda ozod etilgan o"rtamiyonadan ham pastroq odmi oddiy shoxer bo"lishiga qaramay, ruhiy kasalliklar bo"limida o"zini o"zi choyshab bilan osib bu telba dunyoni tark etdi!Tuprog"ing parday yengil bo"lsin!Palon -piston! - deya shovqin ko"tarishdi. Boshlaridan yag"ir do"ppilarini olib, marhum hotirasini yod etib, bir minut sukut saqladilar.So"ng do"ppilarini manglaylariga qayta bostirib kiyib, shaxdam qadamlar bilan qaytib ketishdi.Men sekin u yoq bu yoqqa alangladimda, haykal poyiga qo"yilgan guldastalardan birini olib, shu yoqqa kelaverdim -dedi u.
  
   Iltijo hamon sevinch yoshlari aro jilmayar, bir so"z deyolmasdi.Anchadan keyin u biroz o"ziga kelarkan, gapira boshladi.
  
   -Yo"qlab kelganingiz uchun rahmat, Xolbo"ri aka... Men sizni kelmasa kerak deb o"ylovdim.Siz haliyam o"sha -o"sha, quvnoq, hazilkash, qalbi beg"ubor, yaxshi odamligingizcha qolibsiz.Bunday odamlarni g"am -qayg"u yengolmaydi.Men sizni ko"rmay o"lib keramikanman deb qo"rqayotgan edim.Mana, Xudoga shukr, yana ko"rishdik.Bunday o"ylab qaralsa, sizday ajoyib insonning dilini ranjitganim, tashlab ketganim uchun men o"z jazomni oldim shekilli.Keyingi paytlarda sizni bir bora ko"rib, sizdan kechirim so"rab, sizning aziz qo"llaringizni tutib, jon taslim qilishni Xudodan kechayu kunduz so"rar edim.Niyyatimga yetdim... Eshitdim, oyim aytdilar.Nortoji degan go"zal qizga uylanibsiz.Baxtli bo"linglar.Sizni nega uylandingiz deyishga esa mening zarracha haqqim yo"q.Chunki, hamma ayb o"zimda...Meni kechiring, Xolbo"ri aka -dedi Iltijo og"ir -og"ir nafas olib.
  
   -Haya, Nortoji deganingizga bir narsa yodimga tushdi.Kecha deng, tush ko"ribman.Tushimda Nortoji menga: -Siz ham boshqalarning erlariga o"xshab, Rossiyaga borib ishlab, besh - to"rt so"m topib, Vestren Yunion orqali menga pul jo"natmaysizmi?Manabu bostirmaga o"xshagan uylarimizni o"nglab, moshina -poshiyna olmaymizmi?Dalama dala rasm chizib yuraverasizmi?Bo"lmasa siz uyda o"tiring, men Rossiyaga borib, ishlab, pul topib kelay! -dedi.
  
   Shundan keyin men narsalarimni qopga solib, samolyotga minib, Rossiyaga uchdim.Tanishlarim meni Yoqutistonga yuborishdi.U yerdan vertoletda Tundradagi bir shaharchaga bordik.Vertolyotdan tushsam, shunaqa izg"irin shamol esyaptiki, quloqni uchirib ketaman deydi.Uvillagan buyuq tovushi bir birlari bilan urishayotgan minglab mushuklar vag"illashini eslatardi.Sovuq minus 50 daraja!Qarasam, bosh chanog"im ichidagi miyyam sekin muzlayapti.Yaxshiyam deng, ro"paradagi tomi ikki metr qor ostida qolgan qovoqxonaga ko"zim tushib qoldi.Kallama kelgan fikrdan bildimki, hali bosh chanog"imdagi miyyam batamom muzlab qolmabdi.Odam bo"yi chuqurlikdagi qor akoplar ichidan yugirib borib, o"zimni qovoqxonaga urdim.Kira solib, qovoqxonachidan yarimta aroqni sotib oldimda, qopqog"ini ochib, bir ko"tarishda shishani qoqladim.
  
   Keyin o"sha yerlik bir bug"uboqar cho"pon bilan tanishib qoldim.Ismi Ngduat ekan.
  
   -Sen Shimoliy muz okeaniga kit ovlagani ketyapsanmi? -dedi u ingichka uzun dastali trubkasini chekkanicha menga sinovchan nazar tashlab.
  
   Men yo"q dedim.
  
   -Ha, tushunarli.Demak sen yo oq ayiq yo tyulen ovlagani ketyapsan.U yoqlarda morjlar ham bor.Pingvinlarni aytmaysanmi.Qushlar bozorini ko"rsang!Ayniqsa okeanda suzib yuradigan aysberglarning yorilib, suvga qulashini kuzatish zavqli.Uzoq uzoqlardan atom muzyorar kemalarining hasratli bo"kirgani qulog"inga chalinadi.Ehh! -dedi u chuqur xo"rsinib.
  
   Bu orada mening kayfim oshib, aroq xaroratidan a"zoyi badanim qizib, isib ketdim.Qolaversa kashanda hamsuxbatimning trubkasidan chiqayotgan badbo"y tutundan qovoqxonani tuman qamraganday bo"lib ketgach, toza havodan nafas olish uchun tashqariga chiqdim.Chiqsam, kimdir shimol bug"ulariga qo"shilgan chenasini simyog"ochga bog"lab qo"yibdi.
  
   Kayfiyatim a"lo!Bir mahal shayton yo"ldan urib, miyyamga o"sha shimol bug"ulari qo"shilgan chanada kataysa qilish g"oyasi keldi.Shundan keyin bug"ularning simyog"ochga bog"langan arqonlarini yechdimda, bir sakrab chenaga o"tirdim.Chenada yotgan uzun qamchini olib, uni boshim uzra xuddi vertolyot parragiday g"uvillatib aylantirarkanman, bir shoxi yo"q bug"uning sag"riga qarsillatib tushirdim.Qo"rqib ketgan shimol bug"ulari o"qday uchib, men o"tirgan chenani boshlari oqqan tamonga sudrab ketishdi.Men qor qoplagan bepoyon va jim jit Tundraning kimsasiz kengliklari bo"ylab ketib borarkanman, zaqu shavq ichra: -Hayt!Hayt! Xirrrr -rrixxuv!deya hayqirganimcha, chopib borayotgan bug"ularni uzun qamchi bilan ayovsiz savalardim.Kengliklarda bo"ronday yelib borar ekanman, elimizning eng sevimli qo"shiqchilaridan biri O"zbekiston xalq hofizi Ozodbek Nazarbekovning sho"x qo"shiqlaridan birini bor ovozim bilan kuylay boshladim.
  
  
   -Ota meros anjirli bog"lar,
   Oqlangan uy, tandir, o"choqlar,
   Shahrixoniy taqib pichoqlar,
   Yurishadi anjanchasiga,
   Yurishadi anjanchasiga!
  
  
  
  
   Savdogarlar pulni saqa deb,
   Yurt kezishar bola chaqa deb,
   E, ishanoovring, bizga aka -deb,
   "Kiydiradi" anjanchasiga,
   Kiydiradi anjanchasiga!
  
  
   Qo"shiq ohangiga mos aylanayotgan qamchi bilan bug"ularni savalarkanman, bug"ular osmonida shimol yog"dusi tovlanayotgan bepoyon qorli tundrani tuyoqlari bilan larzaga keltirib, yanada shiddatliroq chopa boshladilar.Bir mahal bo"rilarning uligani quloqlarimga chalinganday bo"ldiyu tomirlarimda qonim muzlab qolganday tuyuldi go"yo.Qayrilib qarasam, qorday oppoq yungli qutb bo"rilarining darg"azab galasi chena ortidan izma iz quvib kelayotgan ekan.Qo"rquvdan jon -ponim chiqib, tik turganimcha bug"ularni bor kuchim bilan savalayverdim.Bo"rilar och bo"lishlariga qaramay, charchash neligini bilmay, chena ortidan tinimsiz quvib kelishar, men ularning asabiy irillaganini, nafrat bilan irjaytirgan so"yloq tishlarining takillayotganini aniq eshitar edim.-E, Xudo! Negayam shu chenani olib qochdima!Nahotki endi qorli tundrada qutb bo"rilariga yem bo"lib ketsam! -deya o"ylayman nuqul, o"zimni o"zim koyib.
   Bir mahal chena muzga qoqilib, osmonu falakka xuddi dengizda sakragan kitday ko"tarilib, ancha joygacha uchib borarkan, qor -to"zon ko"tarib, gursillab quladi.Ko"zlarimni ochsam, bug"u terisi yopilgan konussimin o"tovda yotibman.Yo piray! -deyman o"z ko"zlarimga ishonmay.Bir mahal bunday qarasam, shaharchadagi qovoqxonada tanishgan ulfatim Ngduat ingichka va uzun mundshtukli trubkasini tutatib, bosh tamonimda o"tiribdi.Men olib qochgan chena o"sha Ngduatga qarashli ekan.
   -Tamom, endi Ngduat meni bug"u qo"shilgan chenaga chilvirlar bilan chirmab bog"lab, posyolkadagi melisaxonaga eltib bersa kerak desam, yo"q u meni qamatmadi.
   -Yaxshiyam ortingdan itlar qo"shilgan chenada yo"lga chiqqanim.Bo"lmasa qor ostida muzlab qolar ekansan, og"ayni.Bug"ularimni qutb bo"rilari yeb ketishibdi.Endi yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun bir necha yil shu joyda ishlashinga to"g"ri keladi.Zarar qoplangach, to"rt tamoning qibla.O"zbekistoninga ketaverasan -dedi u beg"amgina trubka tutatib.
   Shundan keyin muzlatilgan baliqlarni bolta bilan chopib, Ngduatning itlarini boqib yurdim.Chor taraf qor qoplagan bepoyon tundra.U yog"i shimoliy muz okeani.Mag"rib qayoqda, mashriq qayoqda bilmayman.Qochib ketsam, Ngduat baribir meni tutib keladi.Konussimon o"tovda televizorni qo"ying, hatto kompyuter ham yo"q.Tevarakda faqat girdobday aylanib chopguvchi poda bug"ularining shoxlari bir birlariga urilib taqirlaguvchi qor sahrosi.Zerikib, aqldan ozib qolmaslik uchun teridan to"qilgan arqonni otib, shimol bug"ularni tutaman.Shoxlarini arra bilan arralayman.Shu tariqa necha yil ishladim bilmayman, bir mahal uyg"onsam tushim ekan -dedi Xolbo"ri.
   Bu gaplardan Iltijoning kayfiyati ochilib, kula boshladi.
  
  
  
   27 bob
   Xobbi
  
  
  
   "Qovunkapa" shirkat xo"jaligining traktor parki shundoqqina cho"chqaxonaning yonida joylashgan.Ochiq osmon ostida qator terilgan turli xil traktorlar tumanlarda xira ko"zga tashlanadi. Ko"lmaklar yuzasi yupqa muz bilan qoplangan.Odam yursa, oyoqlari ostida muz sinib, qarsillaydi.Havo shunday sovuq bo"lishiga qaramasdan, traktorchilar o"z traktorlarini ta"mirlab, bahorgi mavsumga tayyorlashlari kerak.Ayniqsa shirkat xo"jaligi raisi Iskanaqul Karkidonov traktorini o"z vaqtida ta"mirdan chiqarmagan mexanizatorlarga qat"iy chora ko"rish to"g"risida qaror chiqargandan keyin traktorchilar oyog"i kuygan tovuqday tipirchilab qolishdi.Bosh mexanik Zamanbaliq Yo"ldashyazarip esa traktor parkida har tong yig"ilish o"tkazib, mehnat intizomi mustaxkamlash to"g"risida ma"ruza o"qiydi.Traktorchilar davomatini aniqlash uchun u hatto yo"qlama daftarini ham tashkil qildirdi.G"oyib traktorchi o"z buldozerini ta"mirlab, mavsumga hozirlayotgan joyda bitta traktor inasi qasrab yonmoqda.Egniga fufayka, boshiga quloqchin telpak, oyoqlariga etik kiygan G"oyib traktorchi qo"li sovqotib, qaqshab, klyuch ushlolmay qoldi shekilli, traktor ostidan chiqib, yonayotgan ina gulxanida isinganicha, olovni kuchaytirish uchun gulxanga salyarka quydi.Piligi ko"tarilgan toshfonarday olov gur etib kuchayarkan, traktorchining soyasi va alanga aksi muzlagan ko"lmakda jilva qila boshladi.G"oyib T-28 traktorining yorilib ketgan katta g"ildirak inasiga to"rtburchak yamoq solib, ta"mirlayotgan tabiatan kamgap Karvon traktorchini chaqirdi.
  
   -Ey, Karvon, ishlayman ekan deb, birato"la sovuqda muz asridagi mamontday muzlab qolmagin tag"in!Kel buyoqqa, isinib netib ol! -dedi.
   Anchadan keyin Karvon traktorchi mumlangan ip bilan bigizni tashlab, isingani gulhan yoniga keldi.Tabiatan kamgap va jiddiy fe"l atvorli, bo"yi pastak, semiz, qorindor, bo"yni kaltaligi sabab bukchayibroq yuradigan ko"kko"z bu traktorchini hamkasblari prizrak, ya"ni arvox deyishadi.Fufayka va qo"pol paxtalik shimda u badtar yumaloqlanib, xuddi xokkey komandasining dorvozaboniga o"xshash beso"naqay ko"rinardi.U g"isht ustiga o"tirarkan, gulhanga o"ychan tikilib, isina boshladi.G"oyib traktorchi esa gapga tushib ketdi.
  
   -Sovuq ham tirishtiryaptiyu a, Karvon?Bunday sovuqda odamzod avvalo o"zining qadriga o"zi yetishi kerak.Mana men nahorda yarimta aroqni urib olganman.To"g"ri, bu kasofat ichkilikning foydasidan zarari ko"p.Ammo u icharmannni ichidan qizdiradi, uni sovuqda to"ng"ib qolishdan saqlaydi.Ichib olsang, olam ko"zinga boshqacha ko"rinadi.Yaxshini eslab, yig"laging, yomon yodinga tushsa, g"ajib tashlaging keladi.Kecha degin, kutilmaganda qizim Nortoji telefon qilib qoldi.Qo"l telefonimni shoshib etigimning qo"njidan olib: -Ha, qizim? -desam, u dada, oyimni olib shu oqshom biznikiga kelinglar, shahardan mehmonlar keldi -dedi.
   -Xo"p, qizim -dedim.Keyin bo"ynimni yaxshilab kir sovun bilan yuvib, oq ko"ylakka bo"yinbog" taqib, kastim -shim, paltolarni kiyib, xotinim Kapolotxon bilan traktorimda qudamlarnikiga bordik.Borsak, Soddagul degan ayol, eri Qilichbek Qoplonuvuch degan odam, ularning Iltijo ismli nogiron qizi va Mashrapillo degan nevarasi mehmonga kelishibdi.Keyin bilsam, nogironlar aravachasida harakatlanadigan Iltijo ismli o"sha juvon bizga kuyov to"ra bo"lmish Xolbo"rining birinchi muhabbati ekan.Kuyov qaynotaga tortadi deb to"g"ri aytishganda ota buvalarimiz.Uning yoshida mening ham devor oshadigan yaramas odatim bor edi.Kelin ayang Kapolatxonga uylangach, unaqangi odatlarni yig"ishtirganman.Qudam bechora mendan emas, kela solib, to"palon ko"tarmasalar bo"ldi deya, ko"proq xotinim Kapolatxondan qo"rqib o"tirgan ekanlar.Lekin xotinim voqea tafsilotlaridan qizimiz orqali allaqachon xabar topganini aytib, mehmonlarni tinchlantirdi.Aksincha: -E, qudajon, nega qo"rqasiz?Meni Soddagul opamning qudalariga o"xshatmang.Shunaqayam zolim qaynona bo"ladimi?Qarang, qanday nevaralari bor ekana!Bolada nima ayb?He, bola bechoraya... Qizimning aytishicha Soddagul opamning kuyovlari ham onasining gapiga kirib, Iltijoxonni do"pposlar ekan.Kasalxonga tushib qolganlarida bir marta ham kelib xabar olmapti.Iltijoxon, qizim, siz sira qayg"urmang.Zolimlarni Xudoning o"zi jazolaydi.Hali Xudo hoxlasa hammasi iziga tushib ketadi-dedi.Men bolakayning ko"nglini ko"tarish uchun: -Mashrapillo, bu, xotining ko"rinmaydi?Nega xotiningni olib kelmading?Eha, ishga ketganmilar?-dedim.U buvisining yupkasi ortiga berkinarkan, menga hayrat to"la ko"zlari bilan qaradi.Hammamiz kuldik.Men yana davom etdim.
  
   -Sen endi bizning ham nevaramizsan.Bahor kelib, yerdan qor ketsin, o"zim seni traktorimga mindirib, shaharga olib borib, karate maktabida o"qitaman.To qora belbog" sohibi bo"lmaguningcha trnopkaga qatnayveramiz.Traktorim bilan Amerikada, Kanadada o"tkaziladigan sport musobaqalariga olib boraman seni.Chegaradan qanday o"tamiz deb tashvishlanma.Ayrim poraxo"r, qo"shtirnoq ichidagi chegarachilar arzimagan pul evaziga atom bombasining jangovar kallagini qopga solib ko"tarib yurgan qo"poruvchi terroristlarni ham, zambilda yotgan, dardi bedavo vaboga, ebolaga, o"latga chalingan kasalni ham o"tkazib yuboraveradi.Ularga pul bo"lsa bo"ldi.Shaharlar portlab, xalq yuqimli epidemiya sabab qirilib ketishi bilan ularning ishi yo"q.Agar ular qonunni ro"kach qilib: -G"oyib aka, mumkinmas, siz ichib olibsiz -deya baxona qiladigan bo"lsa, bahor kelyapti, yaqinda tomorqamni shudgor qilib bering deb ishing tushib qolar, uka -deyman.Shuytib chegaradan o"tgach, traktorni suvqog"oz bilan yaxshilab o"rab, suvosti traktoriga aylantiramizda, Atlantika okeanining ostidan suzib, Amerika qit"asiga o"tamiz.Keyin sen turnirlarda qatnashib, g"alabani qo"lga kiritib, jahon chempioni bo"lasan.Pullarimiz ko"paysa menga kompyuter yordamida ishlaydigan yilt yangi transformer traktor sotib olib berasan.Keyin tarelkaga o"xshaydigan uchar traktor sotib olamiz va hayyo hayt deb fazoga uchamiz.Mister G"oyib, mening oy sayyorasidagi 1 kvadrat kilometrli tomorqamni shudgor qilib bering, Marsdagi fermer xo"jaligim dalalariga paxta ekuvdik shuni kultivatsiya qilib berolmaysizmi? -deya buyurtma beradigan milliarderlar chiqadi hali.Ha, u yog"i yo nasib, bironta vaqt traktori xarid qilsak, o"tmishga eksport maxsulotlarini tashiymiz, yoki bo"lmasa g"ir etib kelajakka borib, import maxsulotlarini olib kelamiz-dedim.Desam, buvisining yupkasi ortiga berkingan bolakay badtar hayratlandi.Mening gaplarimni eshitib, nogironlar aravachasida o"tirgan o"sha bolakayning bemor onasi ham kula boshladi.Lekin bolaga qarab, rahming keladi.Qaragin endi, Karvon,shunday bolani uvol qilishsaya!Voy nomardlar!Shunaqa odamlarni traktor bilan quvlab, yo shiqmolaning o"rniga bog"lab, shudgorma shudgor, dalama dala sudrab yuraversang.Lekin kuyovimiz Xolbo"ri, ham o"zimga o"xshab qo"li ochiq tillo bolada.O"zi ichmasa ham ichgan odamni tushunadi.Sekin kelib qulog"imga: -dada, anavi ro"paradagi choynakda oq choy bor -dedi, ayyorona ko"z qisib.Men darrov uni tushunib, -rahmat, yashang, o"g"lim -deb yelkasiga urib qo"ydim.Keyin xotinim Kapolotxonga sezdirmay oq choydan piyolalarga quyib, shaharlik mehmon Qilichbek Qoplonuvuchga sekingina: -Miymon aka, bu so"raganning aybi yo"q deydilar, o"zimizning shamasi yo"q oq choyga toblari qalay? -dedim.
  
   -Iye, o"zlari ham oq choy ichadilarmi?Men ham shu choydan anov qilaman, ichaman.Do"xtirim aytgan.Agar darddan manguga qutilmoqchi bo"lsangiz nahorda, tushda va oqshom oq choydan yuz -ikki yuz gramm ichib turing degan.Keyin Ibn Sino bovomiz ham "Uzoq yashay desang, qattiq ich" degan ekan - dedi shaharlik mehmon Qilichbek Qoplonuvich.
   -Yo"g"e, qatiq ich -degan bo"lsalar kerak -dedim men.
   Lekin shaharlik Qilichbek Qoplonuvuch fanatlarga o"xshab ikki oyog"ini bir etikka tiqib, "Yo"q, qattiq ich deganlar!" deya turib oldi.Biz baxslashib, yoqalashib ketay dedik.Oxiri Qilichbek Qoplonuvuch asablarini tinchlantirish uchun piyolaga simidan qilib quyilgan oq choyni bir ko"tarishda oq urdi -dedi G"oyib traktorchi.
  
   Karvon traktorchi hamon gulhanga termulganicha miq etmay o"tirardi.
  
   G"oyib traktorchi yana davom etdi: -Eng qizig"i degin, keyin boshlandi.Qilichbek Qoplonuvuch oq choy ichsa so"zamol bo"lib qolarkan.U nevarasi haqida gapira boshladi: -Mashrapillo shaharning kindigida tug"ilgan.Bu qishloq -qirimning og"ir sharoitlariga ko"nikarmikan?Biyday dala, daryo sohillaridagi qadimiy to"qaylarda maugli bo"lib ketmasmikan?Endi shahardagi hayot baribir boshqachada.Kechasiyu kunduzi chiroq o"chmaydi.Hamma joyda kulgi, qo"shiq, musiqa.Qishloqda esa na chiroq, na gaz bor.Mana siz ham ertadan kechgacha dalada changa botib, traktor haydab, charchab kelsangiz, uyda chiroq yo"q.Serial -perial ko"raman desangiz, na televizor na kompyuter bor.Aytganday, mulla G"oyib, siz ko"proq nimaga qiziqasiz?Haligi, birov qulf yig"adi, yana birov sigaret qutisi deganday...Sizga qanday tushuntirsam ekan...Sizning qiziqqan mashg"ulotingiz nima? -dedi u.
  
   -Ha, xobbi demoqchisizda.Bor, aka, bor.Men musiqani sevaman.Traktorimdagi radiomagnitolada Juzeppe Verdi, Sergey Raxmaninov, Pyotr Ilich Chaykovskiy, Fredrik Shopen, Iogann Sebostyan Bax, Volfgang Amadey Motsartlarning David Oystrax va Yasha Xeyfetslar ijrosidagi musiqalarini tinglab yuraman.Xotinim Kapolatxon esa Frans Shubert, Richard Vagner,Lyudvig Van Betxovenlarning musiqalariga o"ch.Albatta siz shaharlik odam bu gaplarimni eshitib, didsizligimdan kulishingiz ham mumkin.Endi nima qilaylik, qishloqichilikda.Shunaqa itning keyingi oyog"iday sudralib, taraqqiyotdan orqada qolib, haliyam ibtidoiy jamoa tuzimidagi neandertal odamlar kabi hayot kechiramizda, aka.Shu hamqishloqlar ko"rsa, ustimizdan kulishmasin, yo jinni -pinni bo"lib qolishibdi deb, psix brigadani chaqirib, oyoq -qo"limizni arqon bilan bog"lab, jinnixonaga jo"natib yuborishmasin deya havotirlanib, xotinim Kapolatxon ikkimiz shunaqa qish -qahraton pilla, oy porlab yotgan kechalar, yaxob berilgan, oynaday muzlab yotgan kimsasiz, jim -jit dalalarga chiqamiz va traktorim radiomagnitolasidan taralayotgan bironta simfonik kuy ohangi ostida muz ustida figurali uchamiz -dedim men.Desam, shaharlik mehmon Qilichbek Qoplonuvuch qalin linzalari darz ketgan ko"zoynaklar ortidagi chaqchaygan ko"zlari to"la hayrat bilan menga termulganicha og"zi lang ochilib qoldi -deya hikoyasini yakunladi G"oyib traktorchi.
  
   Karvon traktorchi hamon gulhanga o"ychan termulganicha miq etmay o"tirardi.
  
  
  
   28 bob
   Ibn Ilaychibin
  
  
  
   -Opajon -qizimiz Iltijo Xolbo"ri bilan uchrashgandan buyon o"zini yaxshi his qilib, ancha tetiklanib qoldi.Lekin uning bu uyda vaqtincha bo"lsa ham yashashi mahalla ko"y oldida biroz noqulay emasmikin?Bizga yaxshilik qilaman deb malomatlarga qolmasanglar bo"ldida -dedi Soddagul yig"lab.
  
   -Voy, bu nima deganingiz, Soddagul?Sira xijolat bo"lmang.Birovlar bilan bizning nima ishimiz bor?O"zimizga to"g"ri bo"lsak bo"ldida.Bizni nohaq g"iybat qilishsa, qaytaga gunoximiz to"kiladi.Ha, endi, birovning qarindoshi, tanish -bilishi mehmonga keladi deganday, boshqalarning biz bilan nima ishi bor?Yo bizga savob kerak emasmi?Qolaversa, uyimizda xonalar ko"p, bo"m -bo"sh, xanqayib yotibdi.Iltijoxon o"sha xonalardan birida o"g"ilchasi bilan, yashayveradi.Bu yoqda Mashrapillo ham bizga ko"nikib qoldi.Uni o"z nevaramday yaxshi ko"raman.Iltijoxon esa o"z qizimday.Endi ularni sizlarga osonlikcha berib qo"ymaymiz, o"rgilay.O"zinglar ketaveringlar.Ulardan sira havotir olmanglar -dedi Xolbo"rining onasi.
  
   -Eh, negayam o"sha sovchilikka borganingizda xo"p deb qizimni shu Xudoning nuri yog"ilgan xonadonga uzatib qo"ya qolmagan ekanmana!Shunday qilganimda bu ko"rguliklar yo"q edi -dedi ezilib yig"larkan, Soddagul.
  
   -Yig"lamang, Soddagul.Buni taqdir nasib deydilar.Taqdirga qarshi borish Yaratganga isyon qilish bilan barobar.Ko"p kuyunmang, hammasi yaxshi bo"ladi -dedi Xolbo"rining onasi.
  
   Shunday qilib, Iltijo o"z o"g"ilchasi Mashrapillo bilan Xolbo"rilarning uyida vaqtincha yashay boshladi.
  
   Nortojining "Qo"ying, urinmang " deyishiga qaramay, Iltijo nogironlar aravachasida chaqqon harakatlanib, Nortojiga uy ishlarida ko"maklashishga harakat qiladi.Hozir ham u oshxonada kartoshka archib, unga ko"maklashmoqda.
  
   -Nortoji, rahmat sizga.Oliyjanob ayol ekansiz.To"g"risi, sizning o"rningizda men bo"lsam, erimning bir paytlar sevgan qizi kasallanganini eshitsam, uni erim bilan yo"qlab borish u yoqda tursin, rashk qilib, janjal ko"targan bo"lardim.Siz esa menga va mening o"g"limga o"z uyingizdan joy berdingiz.Yaratgan Parvardigor sizdan rozi bo"lsin.O"lgunimcha sizni duo qilib o"taman -deb qo"ydi, bir qo"lida pichoq, ikkinchisida kartoshkani ushlaganicha, oshxona derazasidan tashqarida bo"ralab yog"ayotgan laylak qorga o"ychan termulib, Iltijo.
  
   -Iltijo, axir necha marta aytdim, xijolat bo"lmang deb.Bu dunyoda sizni hech kim tushunmasa ham, men tushunaman.Xolbo"ri akam menga siz haqingizda aytib berganlar.Sizning yomon ayol emasligingizni yaxshi bilganim uchun ham sizga ko"maklashishga qat"iy qaror qildim.Biz siz bilan qalban qarindoshmiz.Negaki ikkimiz ham Xolbo"ri akani sevamiz.Shunday ekan, ota -onam, erimdan keyin menga sizdanda yaqinroq yana kim bor? -dedi piyoz to"g"raganicha Nortoji.
  
   -Rahmat, Nortoji, rahmat -dedi Iltijo, qo"lidagi archilgan kartoshkani suvli idishga tashlab.Shu mahal uy eshigi ochilib, Xolbo"ri kirib keldi.U kela solib, qo"llarini guvillab yonayotgan pechka trubasiga toblab isinarkan: -Uxx, sovuuuq! Qor jonvor shunday aylan kapalak qilib uryaptiki, dala va daryo tamonlar umuman ko"rinmay ketdi -dedi u.
  
   Keyin bir palyon o"tin bilan pechka eshikchasini ocharkan, enkayib, olovga yana o"tin qaladi.Shu payt uning qo"l telefoni jiringlab qoldi.Xolbo"ri telefonini yoqib: -Allo! -dedi.Keyin telefonning mikrafonini berkitarkan, hayron bo"lib qarab turgan Nortoji bilan Iltijoga: -Tss!Jim, sinfdoshim Ibn Ilaychibin Amerikadan telefon qilyapti -dedi.
  
   -Telefonning ovozini ko"tarib qo"ying -dedi pichirlab Nortoji, erining amirkoni sinfdoshi bilan suhbatini tinglashga qiziqib.Xolbo"ri telefon ovozini balandlatib, sinfdoshi bilan suhbatlasha boshladi.
  
   -Ibn Ilaychibin, senmisan?!Vey, tirikmisan?Qalaysan?Bola chaqalaring ham tinchmi?!-dedi u.
  
   -Rahmat, do"stim, yuribman.O"zingchi, o"zing?Stil alayf?(haliyam tirikmisan?) -dedi Ibn Ilaychibin.
  
   -Xudoga shukr, oshna, yuribmiz Xudoning panoxida -javob berdi Xolbo"ri.
  
   Keyin gapida davom etib: -Bu, Amerikada nima ish bilan mashg"ulsan?Yirik biznesmen bo"lsang kerak a? -dedi.
  
   Ibn Ilaychibin kula kula gapira boshladi: -Qanaqa biznes?Esing joyidami o"zi?!Biznesga katta pul kerak!Men hozir bekorchiman...Boshidan tushuntirmasam, bo"lmaydiganga o"xshaydi. Qisqasi, avvaliga yollanma itboqar bo"lib binoyidek ishlab yuruvdim.Bir kampirning itini har kuni ko"chaga olib chiqib, aylantirib kelardim.It jonvor har bir daraxt, har bir simyog"och ostiga aloxida to"xtab, orqa oyog"ini ko"tarishga odatlangan edi.Uning suyakka o"xshagan o"yinchog"ini qulochkashlab turib, oootib juborsam, u xolloslab borib olib kelardi.Qorong"i tushganda yonadigan koptogi ham bor edi, shuni otardim.Kechqurun uni maxsus go"shtli konserva bilan ovqatlantirardimda, vannada cho"miltirib, tishlarini tish cho"tkada pasta bilan yaxshilab yuvib, yungini fen bilan quritib, keyin uyga ketardim.Bir kuni qish qirovli kunlar tumanda kampirshoning buldogini issiq kiyintirib, aylantirib, uyga kelsam, itning bir poy patinkasi yo"qda.Obbo! -deyman fig"onim chiqib. Yo"lda tushib qolibdi.Yilt yangi patinka edi.Tumanda izlayverib jinnim chiqib ketdi.Shundan keyin kampir meni ishdan xaydab yubordi.Uyga juda xafa bo"lib qaytdim.Men qora tanli xotinim bilan Fitsjerald degan bir cholning yerto"lasida ijarada turaman.Xotinim ovqat qilishni bilmaydi.Ko"chada ovqatlanib kelamiz.Ba"zan pul qo"shib, pitsa chaqirtiramiz.Pitsaning qirg"og"ini choyga bo"ktirib yeb, yerto"lamizning bir parcha xira oynasidan tashqariga termulganimizcha suhbatlashib o"tiramiz.U yerdan yo"lak va tinimsiz tapir tupur qilib o"tayotgan yo"lovchilarning oyoqlari ko"rinib turadi.Qor yog"sa, tamom, o"sha bir parcha oyna ham bahorgacha to"silib qoladi.Bulbulning ketiday kichkina xona.Buning ustiga xotinimning jag"i yomon.Bir zumda urishib qolamiz.-Ayl bit yu ap, enaym gana kiyk yur feyz! -deyman baqirib.Lekin urmayman.Bu yerlarda bolalarni, ayniqsa xotinni urib bo"lmaydi.Shuning uchun alamimni eshikdan olaman.Musht bilan bir urib, eshikni teshib tashlayman.Keyin tepsam, eshikning tavaqasi uzilib tushadi.Shundan keyin xotinim voydod deb polis chaqiradi.Polis meni olib ketayotganda xotinim ortimdan yugirib chiqarkan, mening oyog"imni quchib: -Aym apalajays, xani!Aym sori!Ay lov yu, so mach, Ibn Ilaychibin! -deya yig"laydi.Men quloqchin mo"yna telpagimni jaxl bilan boshimga bostirib kiyib, politsiyachilar bilan mashinaga o"tirman.Ertasiga politsiya ma"muriy chora ko"rib, meni qayta to"palon qilmaslik va eshikni ta"mirlab qo"yish sharti bilan ozodlikka chiqaradi.Men yana uyga, qadrdon yerto"lamizga qaytaman.
  
   Bu joylarda tuzukroq ish topish uchun odam o"qimishli bo"lishi, o"qish uchun esa, ingliz tilisi yaxshi bo"lishi kerak.Uyda o"tirsang, xotin bilan urishib o"ynaysan.Ko"chaga chiqsang, ish yo"q.Oxiri depressiyaga uchrab, jon qanchalik shirin bo"lmasin, o"zimni bir yoqli qilmoq payiga tushdim.Avvaliga "Ozodlik ma"budasi" haykali qo"lidagi mash"alaga chiqib, o"sha joydan o"zimni pastga otsammikin deya o"ylab yurdim.Keyin bu fikrimdan qaytib, Nyu Yo"rk bilan Manxettenni tutashtirgan Bruklin ko"prigi ostidan oquvchi Ist river daryosiga o"zimni cho"ktirmoqchi bo"ldim.Qirg"oqdan bo"ynimga bog"lagani tosh axtarib yursam, banogox, bir daraxtga yopishtirilgan e"longa ko"zim tushdi.O"qisam, bir tashkilotda bo"sh ishchi o"rni bor ekan.Sevinib ketdim.Quvonganimdan xo"rligim kelib, xunuk titrayotgan ostki labim tuyaning labiday osilib, unsiz yig"layverdim.Keyin tiz cho"kkanimcha osmonga qarab: -Rahmat, Xudoyim! Bu dunyoda mening sendan boshqa g"amgusorim yo"q-dedim, sevinch ko"z yoshlarimni ko"ylagimning xaddan tashqari uzun yengiga artib.So"ng adresni telefonim fotoapparatida suratga olib, shoshilinch yo"lga chiqdim.Tashkilotni topib borib, shunaqa shunaqa, men O"zbekistondan kelganman.Sizlarda men bop ish bor ekan deb eshitib kelyatuvdim-dedim, ingliz tilini qiynab, xo"rlab, tikonga sudrab.
  
   -Nima ish qo"lingizdan keladi, janob?Chim qirqiydigan kombaynni boshqara olasizmi? -dedi menendjer hushmuomalalik bilan.
  
   -Chim qirqiydigan kombayn?! Dik Gospodi!Shuyam ishmi! E, tovba qildimey!Kerak bo"lsa vertolet, samolyot hatto kosmik kemalarni ham ko"zimni yumib, bir qo"lim bilan boshqaramanku men! -dedim.
  
   -O", unda sizni zudlik bilan ishga olmasak bo"lmaydi-dedi menendjer.Keyin omborxonadan bitta chim qirqiydigan kombaynni olib chiqishdi.Benzinga ishlar ekan.-Mana, mana bu chilvir arqonni kaftingizga o"rab turib, bir tortsangiz, kombayn yuradi.Keyin chimlarni bir boshdan qirqiyverasiz.Lekin anavi chaman bo"lib ochilib yotgan anvoyi gullarga, Jo"landiyadan maxsus keltirib ekilgan lolalarga hamda archa nihollariga extiyot bo"ling -tayinladi menendjer.
  
   -Okey!Dont vori! -dedim men.Keyin chilvir arqonni kaftimga yaxshilab o"rab, bir tortgan edim, kombayn tarr! -etib yurdi.Bir mahal chim qirqiydigan kombayn meni sudrab ketsa bo"ladimi?U yo"lida uchraganki narsani parcha -parcha qilib, maydalab, silos qilib, osmonga otaverar ekan.Bir zumda chimzorda chang to"zon ko"tarilib, chim qirqigich gullarni ham gollandiyadan keltirilgan sariq qizil lolalarni ham, yam -yashil archa nihollarini ham mayda mayda qilib, osmonga otib, tarillaganicha aylana boshladi.Shovqinda menendjerning uzoqdan baqirgan ovozlari qulog"imga chalinardi.
  
   -O, Jizeyeyes!(Jizes degani Iso mag"anasini bildiradi)Tornedo!Kol de polis!(O"rama shamol ko"tarilmoqda!Politsiyaga qo"ng"iroq qil! ) -deya baqirardi u.
  
   Men nodon u vaxshiy agregatni qanday to"xtatishni so"rab olmagan ekanman."Xelp mi!Xeyeyeyelp!"(Yardam berinar!Yardam bersenaro"meydimi?!) deya baqiraman nuqul ingliz tilida.Men allaqachon chim qirqigich kombayn tutqichini qo"yib yuborgan edim.Lekin uning motovilasi mening yakkayu yagona, oshga kiyadigan jinsi shimim poychasini o"rab ketgan edida.Chim qirqiydigan agregat meni sudrab, chang to"zon ichida to bokida benzin tugagunicha chimzorda sudrab yuraverdi.Shundan keyin bir oy xospitalda yotdim.Keyin meni yana ishdan xaydashdi.Hozir bekorchiman.Bekorchilarga xo"kmat tamonidan beriladigan nafaqa evaziga yashab yuribman. Fitsjeraldning yerto"lasiga ham qaytgim kelmayapti.
  
   Aytishlaricha yangi Prezident mamlakatimizda katta ijobiy o"zgarishlar qilayotgan emish.Virtual qabulxonalar ochilibdi.Men ham vatanga qaytishimga ruxsat berishlarini so"rab, virtual qabulxonaga maktub yozsammikin deb yuribman.Bu yerlarda sarson sargardon bo"lgandan ko"ra, o"z vatanimda arava sudraganim yaxshi emasmi?Buning ustiga onam ham qarib qoldilar -dedi Ibn Ilaychibin.
  
   Xolbo"ri halitdan beri do"stining gaplarini tinglab, kulib qotayotgan edi.Ammo uning oxirgi gaplaridan jiddiylashdi.Keyin extiyotkorlik bilan:
  
   -Do"stim, habaring yo"qmi? -dedi.
  
   -Nimadan? - hayron bo"ldi Ibn Ilaychibin.
  
   -E, kechir, og"ayni.Men sening xabaring bor deb o"ylarkanman.Bardam bo"l.Bandachilik.Bir yil bo"ldi xolamning vafot etganlariga.Janozalariga minglab odamlar keldi.Bechora sening yo"llaringa termulib, olamdan o"tdilar.Bir kuni yo"qlab kirsam, xolam yig"lab, menga: -Xolbo"ri, do"sting Ibn Ilaychibinni bir ko"rib, keyin o"lsam, uning qo"llarida jon bersam, bu dunyodan armonsiz ketardim -dedilar.Onangning dafn marosimida sinfdoshlar hammamiz egnimizga to"n, boshlarimizga do"ppi kiyib, ko"chada saf tortib turdik.Xolamni haligi, qabristondagi qayrag"och bor ediku, o"sha joyga dafn etdik.Tobutlarini sinfdoshlar qo"lma qo"l ko"tarib bordik.Tobutlari yengil ekan.Keyingi paytlarda ovqat yemay qo"ganlari uchun ozib ketgan ekanlarda.Tobut oldida tog"ang bilan ukang xassakash bo"lib, qabristongcha yig"lab borishdi -dedi Xolbo"ri.
  
   Keyin jim bo"lib qoldi.
  
   Liniyaning u tamonida Ibn Ilaychibin oh chekib yig"lar edi.Shundan keyin aloqa uzildi.Xolbo"ri ko"z yoshlarini ayollarga ko"rsatmaslik uchun o"grilib, tashqariga chiqib ketdi.
  
   U o"zini ovutish uchun bostirmada o"tin yora boshladi.Yorilgan palyonlar talak -talak etib har tamon uchar, laylakqor esa guppa guppa yog"ar edi.
  
  
  
   29 bob
   Qovunkapa bahori
  
  
  
   Qovunkapaga yana bahor keldi.Bahoriy jalalar va tog"larda eriyotgan qorlar evaziga daryoda suv ko"tarilarkan, dalalarning ayrim qismi suv ostida qoldi va sayoz, ko"zguday shaffof ko"llarga aylandi.Ko"loblar ko"zgusiga o"ychan termulgan dov daraxtlar shoxidagi qushlarning bulturgi inlari uzoq -uzoqlardan qorayib ko"rinadi.Bu shaffof seloblarda bo"g"zigacha suvga botgan qamishlar xuddi cho"kayotib yordam beringlar deya unsiz hayqirayotgan soqovlarga o"xshar, suvdan chiqib turgan qiyoqlar so"lim - salqin bahor epkinlarida titrab, qaltirar edilar.Oppoq -oppoq laylaklar bahor shabbodalarida parlari xurpayganicha, achchiq qalampirni eslatuvchi qip qizil tumshuqlari qonli gurpunday bo"lib, yuzasini shabbodalar shudgor qilayotgan ko"loblardan yegulik izlab yurishardi.
  
   Nortoji Iltijo o"tirgan nogironlar aravachasini surib, ortidan Mashrapilloni ergashtirganicha "Qovunkapa" shirkat xo"jaligi boshqaruv idorasi tamon borar, har zamonda to"xtab, kapalak quvlayotgan bolakayni ortda qolmay yurishini iltimos qilar, yo"qsa bo"jilar kelib qolishini aytib qo"rqitardi.Uzoqda oqarib ko"ringan dala shiyponini va to"p -to"p o"sgan qari tollarni ko"rib, Iltijoning yuragi orziqib ketdi.U bir paytlar o"z kursdoshlari bilan o"sha dala shiyponida yashagan, xasharchi talaba bo"lib shu dalalarda paxta tergan va ilk bor Xolbo"ri bilan uchrashgan edi.Xuv narida Qoradaryo jarliklari!Oh, dov daraxtga ko"milgan u daryo sohillari! Xolbo"ri bilan qayiqda suzib, birga sayr qilgan o"sha ming minglab nilufarlar, lotos va ko"zagullar ochilib yotgan qamishli daryo deltasini, moviy osmonlar aks etgan shaffof suvlar ostida biltanglab yurgan baliqlarni u osuda damlarni Iltijo unita olarmidi?O"sha paytlari u dugonalari bilan shodu xurram, o"z oyoqlari bilan bemalol yurardi, yugirardi.Endi bo"lsa Xolbo"rining ko"nglini cho"ktirgani uchun Xudoning qahriga uchrab, nogironlar aravachasida o"tiribdi.Birovning baxtiga sherik bo"lgani ham ozday, unga og"ir yuk bo"lib qoldi.Nortojining o"rnida Iltijo bo"lganida u shunday qila olarmidi?Yo"q albatta.Kim biladi, balki eski kitoblarda yozilganiday rashk tufayli u Nortojini allaqachon zaharlab o"ldirgan bo"larmidi?Eng yomoni, bag"ri kenglik bilan shuncha yaxshiliklar qilayotgan Nortojiga nisbatan uning yuragida ba"zan xasad va rashk tuyg"ulari uyg"onayotganday bo"lar, Iltijo u tuyg"ularni arang tizginlar edi.U hatto kechalari Xolbo"rining Nortojiga sezdirmay, sekin eshikni taqillatishini, "Iltijo, jonim, eshikni och, seni sog"inib ketdim" deya shivirlashini, u esa pichirlab: -eshik ochiq, kiravering desa, Xolbo"ri oyoq uchida yurib kelib, sekingina uning yoniga, ko"rpaga suqilib kirishi va o"z o"ljasini g"ajiyotgan och bo"riday uni maxkam quchib, xuddi avvalgiday lablaridan, yuz-ko"zlaridan ayovsiz o"pib, extirosli shivirlashini, tongacha birga bo"lishini hoxlar, so"ng shu zahoti vasvasa qilayotgan shaytonga xay berar, chorasizlikdan yostiqni tishlab, unsiz, o"ksib o"ksib yig"lar edi.Uni bir zum ko"rmasa sog"inib qolguvchi, Xolbo"rining xotini Nortojiga bo"lgan vafosini, sadoqatini, pokligu halolligini ko"rib, Nortojiga ich ichidan havasi kelar, shunday erni qo"ldan chiqargani uchun o"zini o"zi noshudlikda ayblab, koyir, o"zini o"zi shappatilab urib, o"zidan nafratlanib ketardi. Bu kunimdan ko"ra o"lganim yaxshi emasmi deya hatto o"z tomirlarini piska bilan kesmoqchi bo"lar, lekin norasida farzandining yetim qolishini o"ylab, bu shum fikrdan qaytar edi.Uni qoniqtirguvchi faqat bir narsa bor edi.U ham bo"lsa, Xolbo"rini har kuni ko"rib, u bilan yonma -yon, bir uyda yashayotgani.Iltijoning fikrlari shu yerga kelganda uzildi.Xayolini Nortojining gaplari parokanda qildi.
  
   -Voy, yo"llarni ham suv bosibdiku!Aravacha loyga botib qolsa nima bo"ladi?Obbo, endi yo"lning bu uzilgan qismidan qanday o"tdik? -dedi, dala yo"lining suv bosgan qismiga o"ychan termulib Nortoji.
  
   Iltijo ham yo"lning suv ostida qolgan qismiga boqqanicha o"ylanib turarkan: -Nortoji, balki qaytib ketarmiz? -dedi.Keyin qo"shimcha qilib: -Eh, shu la"anti oyoqlarim ishlasa, o"zim bemalol yurolsam, sizga og"ir yuk bo"lmas edim - dedi yig"lab.
  
   -Yo"q, Iltijo, unaqa tushkunlikka tushmang.Xudo hoxlasa, yaqinda yugirib yuradigan bo"lasiz.Ovcharka itlar ham sizni quvlab yetolmaydigan bo"ladi -dedi Nortoji kulib.
  
   Uning kuligili gapidan Iltijo ham beixtiyor jilmayib qo"ydi.Bu orada Nortoji muammoni qanday hal qilish yo"lini topdi.
  
   -Hullas, gap bunday, Iltijo.Men avval Mashrapilloni, keyin sizni, undan keyin aravachani suvga tekizmay ko"tarib olib o"taman -dedi u.
   Iltijo xo"p deganday bosh irg"adi.
  
   Nortoji o"zi aytganiday avval bolani suvdan olib o"tib: -Mashrapillo, sen shu yerda qilt etmay o"tir, o"g"lim.Kapalaklarni quvlab ketmagin.Men hozir qaytib kelaman, xo"pmi? -dedi qattiq tayinlab.
  
   Mashrapillo ham xo"p deganday bosh irg"ab qo"yarkan, Nortoji ortiga qaytdi.So"ng Iltijoni opichladida, suvdan olib o"ta boshladi.Iltijoning xo"rligi keldi va yana yig"lay boshladi.
  
   -Iye, nega yana yig"layapsiz, Iltijo?Axir kelishgandikku.Yig"lashni hoziroq bas qilmasangiz, suvga tashlab yuboraman -dedi Nortoji kulib.
   Shu tariqa ular yo"lning suv bosgan qismidan muvaffaqiyatli o"tib, yo"lda davom etdilar.Nortoji Iltijo o"tirgan aravachani surib borarkan, yo"l -yo"lakay gapira boshladi.
  
   -Qaytib ketaylik deysiza, tovba.Axir Xolbo"ri akam xuddi o"zining ringdagi jangini kuzatish uchun qarindoshlarini taklif qilgan bokschiday bizlarni ochiq osmon ostidagi tamoshoga, o"zi rasm chizayotgan idora binosining yoniga borishimizni iltimos qildilarku.Bu tarixiy voqeani yaqindan kuzatish uchun albatta borishimiz kerak -dedi u qat"iy.
  
   -Men sizga qiyin bo"lmasin degan ma"noda aytgan edim, Nortoji.Tamoshoga albatta boramiz.Rassom odamning rasm chizayotgan paytini kuzatishdan ham zavqliroq ish bormi?Xolbo"ri aka ajoyib inson -da.Kecha deng, bog"da o"tirib, Mashrapilloning suratini chizib qo"yibdilar.Uning quyosh nurlaridan qamashib qisilgan ko"zlarini, tishi tushgan og"zini, iljayib turgan holatini o"xshatib qo"yibdilar-dedi Iltijo.
  
   Ikki qalban qarindosh, muhabbatdosh dugonalar shu tariqa suhbatlashib, shirkat xo"jaligi boshqaruv idorasining yoniga bordilar.Idora peshtoqi ro"parasiga baland xavoza tiklangan bo"lib, Xolbo"ri havozadagi qalin taxtalar ustida yurib, idora peshtoqiga Tyan -Shan tog"ining etaklariga tutash chaman bo"lib ochilgan paxtazorlar suratini chizardi.Pastda kuymalanib yurgan uning qiyiq ko"z, qorachadan kelgan baqaloq shogirdi Tolibjon bo"yoqlarni tayyorlab, arqonga bog"laganicha yuqoriga uzatar, Xolbo"ri bo"yoqlarni extiyotkorlik bilan tortib olardi.
  
   Kutilmaganda Mashrapillo yuqoriga qarab: -Rassom dada, biz keldik!- deb yubordi.Xolbo"ri ortiga o"grilib qararkan, unga jilmayib qarab turgan Nortojiga, Iltijoga va Mashrapillolarga qarab, xuddi kosmik kemaga minayotib, kosmodromdagilar bilan hayrlashayotgan Yuriy Gagarinday tabassum qilganicha qo"l siltarkan;
  
   -Keldilaringmi?!Ha, malades! -dedi u xursand bo"lib.
  
   -Xolbo"ri aka, extiyot bo"ling! -dedi Nortoji.
  
   -Hushyor bo"ling! Arqon bilan belingizdan bog"lab, uni havozaga maxkamlab qo"ying!-tayinladi Iltijo ham.
  
   -E, havotir olamlaring!O"rganib ketganmiz! -dedi Xolbo"ri.Keyin Mashrapilloga qarab: -Mikalandjelo, qalaysan, o"g"lim?! -dedi.
  
   -Yaxshi! -dedi Mashrapillo quyosh nurlaridan qamashgan ko"zlarini qisib, yuqoriga qaraganicha.
  
   Nortoji Mashrapilloni erkalab bag"riga bosarkan, uning sochlarini mehr bilan silab qo"ydi.
  
   Shu payt brezent yopqichli "Villis" xizmat mashinasida shirkat xo"jaligi raisi Iskanaqul Karkidonov kelib, mashinadan tusharkan, kaftini ko"zlariga soyabon qilganicha Xolbo"ri ishlayotgan havoza tamon qaradi.
   -Xormang, Xudojnik, xormang!Ha, yashang, otangizga rahmat!Mana bu boshqa gap.O"zimizning paxtazor dalalarimiz turganda, qolaversa mamlakatimiz mustaqil bo"lgan bir zamon idora peshtoqida o"roq - bolg"aning barelefiga balo bormi?Qarang, qanday ajoyib dala manzarasini chizyapsiz!Qo"lingiz dard ko"rmasin, uka! -dedi rais Iskanaqul Karkidonov.
  
   -Rahamat, rais buva! -dedi maqtovlarga minnatdorchilik bildirib Xolbo"ri.
  
   Rais Iskanaqul Karkidonov idoraga kirib ketgach, Xolbo"ri yana ishni davom etdira boshladi.
  
   Bu payt havoza poyalariga yaqin joyda tamoshabinlar olomoni tobora ko"paya boshladi.Ular orasida "Qovunkapa" qishlog"ida tug"ilgan sal naynovroq, o"zini xashoratshunos olim xisoblab yurguvchi Vaqvaqqul Dono yuqoriga qaraganicha Xolbo"riga murojaat qila boshladi.
  
   -Xolbo"ri, Xormang!Qalay charchamayapsizmi, uka? -dedi u.
  
   -Rahmat, Vaqvaqqul aka!Sevimli ishi bilan shug"illanayotgan odam charchamaydi! -dedi Xolbo"ri, bir zum to"xtab.
  
   -Men sizdan bir nersani so"ramoqchi edim!Shu, desangiz, sochlarimni qora bo"yoqqa bo"yab yuraman!Har xaftada bo"yamasam sochlarimning oqi ko"rinib, xuddi jayraning tikonlariday ola bula bo"lib ketyapti!Bo"yayverib, to"g"risi, xorib, charchadim, tinkam quridi.Soqol mo"ylovniku qirsang, archilgan tuxumday lo"ppibetdonduk bo"lib qolasan odam.Ammo sochimni qirdirsam, boshim o"lgur bexining g"azanagiga o"xshab qoladida.Xashoratshunos olimlar simpoziumiga shu ahvolda boramanmi?Bu pardoz andozning ishi qiyin bo"lar ekan, uka!Sizda umrbod o"chmaydigan qora bo"yoq yo"qmi? -dedi havaskor xashoratshunos olim Vaqvaqqul, yuqoriga umid bilan ko"z tikib.
  
   Xolbo"ri bir zum o"ylanib qoldi.So"ng: -Yo"q, Vaqvaqqul aka!To"g"ri, menda qora moy bo"yoq bor.Lekin u qora bo"yoqqa bo"yaganingiz bilan sochingiz o"sgan sari yana oqi chiqib qolaveradi.Keyin moybo"yoq sochlaringizni qotirib, suv o"tkazmay qo"yadi.Endi suv tegmasa, taralmasa, unaqa sochlar ostida bitlar tuxum qo"yib, bolalab ketishi mumkin -dedi.
  
   -E, unda yomon ekan -dedi havaskor xashoratshunos olim Vaqvaqqul Dono va Chikateloning portfeliga o"xshash sumkasini ko"targanicha sochlari qoraga bo"yalgan boshini quyi solib, uyiga jo"nadi.
  
   Xolbo"ri mijg"ov va sergap soxta olim Vaqvaqqulning tuzsiz suhbatidan halos bo"lgani uchun yengil tortib, rasm chizishda davom etarkan, shogirdi Tolibjonga: -Tolik, radioning ovozini balandlatib qo"y, Anvar G"aniyev kuylayapti! -dedi.
   Tolibjon radioning ovozini balandlatdi.Radiodan xalqimizning eng sevimli xonandalaridan biri Anvar G"aniyevning sevgi haqidagi dardli qo"shig"i yangrar edi.
  
  
   Oh, sevaman ko"zlaringni, oh sevaman so"zlaringni, sevaman joonim seni seniiiiii!
  
   Shu payt Xolbo"ri o"tirgan taxta chirib qolgan ekanmi, kutilmaganda qaaars etib sinib, u havozadan uchib, aylanganicha pastga quladi. Buni ko"rib, qo"rqib ketgan Iltijo bilan Nortoji dod deb qichqirib yubordilar.Olomon ham daxshatdan qotib qolganday edi.Yaxshiyam pastda uyib qo"yilgan alebastr bor ekan, Xolbo"ri gup! etib, chang to"zon ko"targanicha o"sha alebastr uyumi ustiga chalpak bo"lib tushdi.Bu orada tepadan uchgan bir banka qizil bo"yoq Xolbo"rining boshiga qulab, to"kilarkan uning ustu boshi qip -qizil bo"yoqqa belandi.Xolbo"ri shoshib o"rnidan turib, tamoshabin olomon tamon xuddi zombilar kabi yonbosh yonbosh yurib bora boshlagan edi, odamlar rassomning boshi yorilib, qatig"i chiqib, hamma yog"i qonga belanibdi deya o"ylab, duch kelgan tamonga urra qochdilar.Nortoji dod deganicha eri tamon yugirdi.Iltijo esa, qo"rquvdan o"zi bilmagan holda o"rnidan turib ketdi.U nogironlar aravachasini qoldirib, xuddi yangi yo"lga yurgan boladay atak -chechak odim otardi.Nortoji yugirganicha borib, Xolbo"rini quchoqlab, bag"riga bosarkan:-Xolbo"ri aka, yomon tushmadingizmi?!Biron joyingiz lat yeb, mayib bo"lmadingizmi?! -der edi nuqul.
  
   Xolbo"ri esa Iltijoga qaraganicha ag"rayib qolgan edi.
  
   -Qara, Nortoji, qara!Iltijo yuryapti! -dedi u hayajon ichra.
  
   -E, Xudoga shukur!Xudoyimga shukur! -dedi Nortoji, ko"zlari jiqqa yoshga to"lib, Iltijoni suyashga shoshilar ekan.
  
   Iltijoning falajlangan asab tolalari qurquv natijasida ishlab ketgan edi.
  
  
  
   30 bob
   Traktorchining ko"z yoshlari
  
  
  
   Yoz oqshomi.Qishloqlarda kech kirishi bilan avtoulovlar shovqini tinib, borliqqa osuda jimlik cho"karkan, sukunatda uzoq uzoqlardagi ovozlarni ham bemalol eshitish mumkin bo"ladi.Sarrin shabboda top -toza qilib supurilgan, suv sepilgan ozoda xovlilar aro oyoq uchida kezib, rayhonlarni tebratib, daydib yurganday taasurot qoldiradi.Xolbo"ri iskabtoparlarni xaydash uchun temir zambilg"altak aravasida xas -xashak va tezaklarni tutatib, dud solmoqda edi.Nortoji bilan Iltijo xovli o"rtasidagi chorpoyada o"zaro suhbatlashib o"tirishar, Xolbo"rining onasi nomoz o"qir, Mashrapillo esa uyda televizordan "Oqshom ertaklari" ko"rsatuvini tamosha qilardi.Shom zulmatida qorayib ko"ringan azim teraklar ortidan oltin patnis kabi oy ko"tarilib chiqarkan, havoda shodon ko"rshapalaklar galasi unsiz parvoz qilar, chigirtkalarning goh balandlab, goh pastlayotgan bosiq tovushlari tunni zirillatardi.
  
   Xolbo"ri dud solar ekan, nimaligini faylasuf olimlar ham aytib berolmaydigan hayotning murakkabliklari, uning kutilmaganda yuz beradigan mo"jizalari haqida o"ylar, o"zi jondan sevgan Iltijoning sog"ayib, yura boshlagani, yonginasida yursada, qo"shni xonada yotsada, unga qo"lining uchini ham tekiza olmasligi, sevimli xotini Nortojiga bo"lgan hurmat, ko"zga ko"rinmas, ammo mustaxkam sadoqat devori borasida xayol surardi.U kechalari Nortoji bilan bir yostiqqa bosh qo"yib yotsada, deyarli har kecha o"zi bilmagan holda Iltijo haqida o"ylay boshlar, hatto Nortoji uyquga ketgan mahal sezdirmay oyoq uchida yurib, Iltijoning xonasiga kirsammikin, u bilan birga tong otdirsammikin degan shaytoniy fikrlar unga tinchlik bermas, ammo bunga uning vijdoni yo"l qo"ymaganidan qiynoqlarga, ruhiy iztiroblarga sabot bilan chidab yashayverardi.O"zbekning ardoqli shoiri Muhammad Yusuf yozgan va o"zbek xalqining eng sevimli hofizlaridan biri Oxunjon Madaliyev qo"shiq qilib aytgan dardli misralardagi:
  
  
   Biri birisiga o"xshamas, yorab,
   Ko"zimning yoshlari to"xtamas, yorab.
   Qo"yarman bir unga bir bunga qarab...
   Ko"nglimda bir yoru qo"ynimda bir yor.
  
  
  
   Birin hur deyinmi, birin guloyim,
   Suymaganim suyganimdan muloyim.
   Bu qanday ko"rgilik ekan, Xudoyim,
   Ko"nglimda bir yoru qo"ynimda bir yor.
  
  
  
  
   degan so"zlar naqadar topib aytilgan ekana, deya o"ylab qo"yadi.
  
   Iltijoning tuzalib borayotganidan Soddagul opa bilan Qilichbek Qoplonovichning quvonganlarini ko"rish, ularning minnatdorchiliklarini eshitish Xolbo"ri uchun qanchalar maroqli ekani faqat uning o"ziga va Yaratgangagina ayon.
  
   -Rahmat, opajon!Yaxshiyam qizimni shu yoqlarga olib kelganima!Ruhshunos olim to"g"ri aytgan ekan.Mana, bolaginam tuzalib, oyoqqa turdi.Men bu yaxshiliklaringizni u dunyoyu bu dunyo unutmayman! -dedi Soddagul ko"zlari jiqqa sevinch yoshlariga to"lib va Xolbo"rining onasini quchoqlab, bag"riga bosib, qo"llarini o"pib, ko"zlariga surtarkan.
  
   -Soddagul, siz menga emas, Yaratgan Parvardigori Olamga shukronalar ayting.Bu barchasi Xudoi Taoloning hikmati, mo"jizasi! -dedi Xolbo"rining onasi.
  
   Xolbo"ri havozadan uchib yerga yiqilgan mahal Iltijoning shartta o"rnidan turib ketishi esa uning Xolbo"riga bo"lgan muhabbati chin va ko"z ilg"amas darajada yuksak ekanini yana bir bor isbotladi.
  
   Xolbo"ri shu voqeadan keyin "Endi odamlar meni paralichni ham davolab yuboradigan buyuk tabib deya e"lon qilib, dardga chalingan o"z yaqinlarini davolatish uchun daryoday oqib kelisharkan, meni har kuni uch to"rt martalab baland havozadan sakrashga majbur qilishmasa bo"ldi" deya Nortoji bilan Iltijoni kuldirib yuradigan bo"ldi.
  
   Xolbo"ri shular haqida o"ylarkan, qo"llarini yuvib, sochiqqa artganicha chorpoyaga chiqib, ko"rpacha ustiga o"tirdi.Keyin xontaxta tirsaklari bilan tayanganicha ovqatlana boshladi.
  
   -Mashrapillo uyda maza qilib "Oqshom ertaklari"ni ko"rib o"tiribdi.Biz bilan ishi ham yo"q -dedi Nortoji.
  
   -Ha, biz ham yaqindagina shunaqa bolakaylar edik.Huddi kechagiday.Go"yo bir zumda o"sib, ulg"ayib qolgandaymiz.U zamonlarda bunaqa sharoitlar yo"q edi.Esimda, bizning devorga osib qo"yiladigan besh so"mlik kichkinagina radiomiz bo"lardi. O"sha radiodan oqshom paytlari bir ayol ertak so"ylar, ertak tugagach, skripkada ijro etiladigan, odamning o"y -xayollarini uzoq uzoqlarga olib qochib ketadigan bir mayus va mahzun kuy taralar, ertakchi xola esa hazin ovozda alla aytar edi.
  
  
   -Jon bolam, do"ndiqqinam, allayo alla!
   Shirin qo"zichog"im, allayo alla.
  
   Bolaginamning bolasiyo alla!
   Qantak o"rik donasiyo alla!
   Kecha to"yib uxlasango alla,
   Quvnoq o"tar kunduzingo alla.
  
   Allayo alla.Aaalllaa...
  
  
   Ertak adog"idagi hazin allani daraxtlar ortidan balqib chiqayotgan oyga, olis yulduzlarga temulganimizcha tinglar ekanmiz, ko"zlarimizga uyqu ilinib, qanday uxlab qolganimizni o"zimiz ham sezmay qolardik -dedi Xolbo"ri.
  
   Kechki ovqatdan keyin u krasovkalarini kiya boshlagan edi, onasi uni savolga tutdi.
  
   -Hoy bola, kech kirganda yana qayoqqa otlanyapsan?Zavol payti Xudo deb uyda o"tirsangchi? -dedi u Xolbo"riga.
  
   -Ovqatni xazm qilib, biror kilometr masofaga yugirib kelaman -dedi Xolbo"ri va ko"chaga chiqib ketdi.
  
   -Ha, quloqsiz bolaya.Shomdan keyin ko"chaga chiqma desam, sira quloq solmaydi, solmaydida -dedi jonamoz ustida tasbex o"girib, salovot aytayotgan ona, charchaganidan esnab qo"yarkan.
  
   Nortoji idish -tovoqlarni, Iltijo esa dasturxonni yig"ishtirdi.Dasturxonni bir chetga qoqarkan, Iltijo olam jahonni nurga ko"mib, jimgina porlayotgan oyga bir zum termulib qoldi.
  
   Shu mahal kutilmaganda yer qimirlay boshladi.Uylar g"ijirlab, ayvonlardagi shnurlarda osilgan lampochklar mayatnikday u yoqdan bu yoqqa borib kelar, odamlar daxshat ichra baqirib, itlar bezovtalanib, asabiy xura boshladilar.Kampir qo"rqqanidan kalima qaytarardi.
  
   -Iltijo qo"rquvdan turgan joyida qotib qolgan, nimadir demoqchi bo"lardiyu ammo uning ovozi chiqmasdi.
  
   Nortoji esa:- Voydod!Mashrapillo uyda qolib ketdi! -deya baqirganicha bolakay televizor ko"rib o"tirgan uyga qarab chopdi.U Mashrapilloni ko"tarib ayvonga olib chiqarkan, ayvondagi polosga oyoqlari o"ralashib, yuztuban yiqildi. Qo"rquvdan rangi oxakday oqargan Mashrapillo o"rnidan dik etib turib, xovliga qarab chopdi. Shu mahal uy bir tamonga xunik qiyshayib, gursillab qularkan, Nortoji dod deganicha chang -to"zon ichida ko"rinmay ketdi.
  
   Iltijo yugirib kelib bo"yniga osilgan bolasini bag"riga bosib, daxshat ichra dag" dag" titrar, dod deb yig"lar, Xolbo"rining onasi ham bor ovozda faryod chekardi.
  
   Shu mahal ko"chadan Xolbo"ri yugirganicha kirib kelarkan, onasining: -Bolam, bizni Xudo urib qo"ydi!Nortojini uy bosib qoldi! -degan faryodini eshitib, bir zum toshday qotib qoldi.So"ng o"ziga kelib:
   -Qani?!Qayerda?!Nortoji!Asalim! -deya qulab yotgan uy vayronasi ustida telbalarcha emaklay boshladi.U qo"liga kirganki narsani olib chetga otar, ayni paytda u odamdan ko"ra, ko"proq oyoqlari bilan yer qaziyotgan to"rt oyoqli maxluqqa o"xshardi.Nihoyat u ming mashaqqatlar bilan Nortojini to"sinlar, guvalaklar va taxta bo"laklari ostidan qazib, sug"irib chiqardi.Bu mahal yer silkinishi to"xtagan edi.
  
   Chang tuproqqa, qonga belangan Nortojining yuragini shoshilinch tinglab ko"rgan Xolbo"ri baqirib yubordi:
  
   -Tirik, tirik! Xudoga shukur!Xudoga shukur! Nortoji, asalim, meni eshityapsanmi?!Ko"zlaringni och! -der edi u.Lekin Nortoji ko"zlarini ocholmay bexush yotardi.U juda og"ir jaroxatlangan edi.
  
   Nortojining tirik ekanini ko"rib, Xolbo"rining onasi ham, Iltijo ham qo"rquvni unutib, izillab yig"laganlaricha Xudoga shukrona ayta boshladilar.Bu orada hamma yoqni "Tez yordam" mashinalarining chinqirig"i tutib, Qovunkapa qishlog"i osmonida vertolyotlar uchib aylana boshladilar.Nortojini "Tez yordam" mashinasida kasalxonaga olib bordilar.Kasalxonaga G"oyib traktorchi bilan uning xotini Kapolatxonlar ham yetib borishdi.Kapolatxon dod deb yig"lab, bir necha marta xushini yo"qotdi.G"oyib traktorchi ham ko"z yoshlarini kepkasiga artib: -Xudoyim, qizim hali yosh.Uning o"rniga mening jonimni olaqol! Chunki, unga bir narsa bo"lsa, endi menga bu hayotda yashashning ham qizig"i yo"q!-deya yelkalarini silkitib, unsiz yig"lardi.U do"xtirlarga : -Baraka topkurlar, agar bolam tuzalib ketsa, umrimning oxirigacha tomorqalaringni bepul shudgor qilib o"taman -der edi.Shu kech odamlar kasalxona xovlisida mijja qoqmay tong ottirdilar.Faqat onasining quchog"ida yotgan Mashrapillogina dong qotib uxlardi.Ertalab do"xtirlar Xolbo"riga Nortojining o"ziga kelganini xabar qilarkan, Kapolatxon bilan G"oyib traktorchi bu gaplardan quvonib, tiz cho"kkanlaricha osmonga qarab, Yaratganga qayta qayta shukronalar aytishdi.Ayniqsa G"oyib traktorchi osmondan ko"zlarini uzmay, xuddi Xudoni ko"rib turganday, unga murojaat qilarkan: -Parvardigorim, o"zing menga shu bittagina farzandni ato etgan eding, uni ham men g"arib quling G"oyib traktorchidan olib qo"ymay debsanda!Rahmat, Xudoyim!Qizim tuzalib ketsa, ishon menga, ichkilikni tashlayman!Masjidga qatnab, senga ibodat qilaman! -dedi.Do"xtirlar faqat bemorni toliqtirib qo"ymaslik sharti bilan Nortojining yoniga kirishlari uchun ruxsat berishdi.Birinchi bo"lib palataga yelkasiga oq xalat tashlagan G"oyib traktorchi xotini bilan, ularning ortidan Xolbo"ri, Iltijo va Mashrapilloni yetaklagincha Xolbo"rining onasi kirib bordilar.
   Ilg"or tibbiy apparaturalar bilan jixozlangan palatadagi krovatda boshi oppoq bintlar bilan o"ralgan, qo"l- oyog"i gipslangan Nortoji turli shnurlar bilan sun"iy nafas olish apparatiga ulab qo"yilganicha yotar, u shu yotishida misr exromlaridagi mo"miyolangan jasadlarni, xuddi kapalak g"umbagining pillasini eslatar edi.Kapolatxon qizining yoniga qoqilib, suqilib, deyarli emaklab borarkan: -Qizim! -dedi va Nortojining madorsiz qo"lini beozor silab, yuzlariga bosganicha boshqa bironta so"z deyolmay yum -yum yig"layverdi.G"oyib traktorchi kepkasini mijg"ilab ko"ksiga bosganicha qiziga termulib unsiz yig"lar, ko"z yoshlardan uning ko"zlari kumush tangalar kabi yaltillar edi.Qolganlar ham yig"lar, Nortojining xorg"in ochilgan ko"zlari qiridan ko"z yoshlar simob donasiday dumalar ekan, yuzlarini yuvib, yostiqqa tomardi.G"oyib traktorchi xuddi mehrob qarshisidagi dindor kabi tiz cho"kib, tizzalari bilan yurib borib, qizining yuzlarini mehr bilan siladi.Traktorchining lablari titrab, ko"zlaridagi omonat ko"z yoshlar duv etib palata poliga to"kildi.Nortoji xorg"in ovozda: -Ayajon, dadajon, yig"lamanglar, iltimos -dedi.Er -xotin shoshib, xo"p deganday bosh likilatisharkan, Kapolatxon ovozi chiqmasligi uchun ostki labini uzilib ketguday qattiq tishlab, unsiz yig"lashda davom etdi.G"oyib traktorchi xotinining boshini bag"riga bosib, ko"z yoshlari to"kilib ketmasligi uchun shiftga qarab yig"lardi.
   Bir mahal Mashrapillo yulqinib chiqib, Nortojining yoniga yugirib bordida, uni ohista bo"ynidan quchoqlab:-Ayajon! -dedi.U yuzini huddi Nortojining yurak urishini tingalyotganday uning ko"ksiga yuzini bosib yotardi.
  
   Nortoji ko"zlari to"la yosh, hiyol jilmayganicha madorsiz qo"li bilan Mashrapilloning bo"rining yungiday dag"al sochlarini silarkan, pichirlab duo uni qildi: -Boshing toshdan bo"lsin.Katta yigit bo"lgin.Men seni yaxshi ko"raman -dedi u bazo"r.
  
   Bu gaplarni eshitib, hammalari jo"r bo"lib, unsiz yig"ladilar.Ayniqsa Xolbo"ri o"zini tutolmay yig"lardi.Shundan keyin Xolbo"rining onasi kelinining yoniga bordi.
  
   -Aylanay, qizima.Bizni kechiring, g"aflatda qoldik, g"aflatda -dedi u yig"lab.
  
   -Yo"q, ayajon, unday demang.Aksincha siz meni kechiring.Men sizga yaxshi kelin bo"lolmadim-dedi Nortoji, qaynonasining qo"lini ohista silab.
  
   -Oh, Nortoji, siz mening kelinim emas, o"z tuqqan qizimdek jigarbandim, farzandimsiz -dedi silkinib, to"kilib yig"lab Xolbo"rining onasi.
  
   Nortoji Xolbo"ri bilan Iltijoning yaqinroq kelishlarini so"radi.Iltijo bilan Xolbo"ri Nortoji yotgan krovatga yaqin bordilar.
  
   -Nortoji, nega bu dunyo bunchalar, adolatsiz, bunchalar g"irrom ekana!Sizning o"rningizda men bo"lishim kerak edi!Chunki bu ko"rguliklarning bariga men sababchiman, men!Ha, ha, men shumqadam sizlarnikiga kelmaganimda balki bunday bo"lmasmidi?!-dedi Iltijo qon yig"lab.
  
   -Yo"q, Iltijo unday demang.Buni taqdir deydilar.Peshonamga yozilgani shu ekan.Mening sizdan bir iltimosim bor.Menga biron narsa bo"lguday bo"lsa, siz ketib qolmang, xo"pmi?Xolbo"ri akam yolg"iz qolmasinlar.U juda yaxshi odam.Iltimos sizdan, ketib qolmayman deb menga so"z bering -dedi Nortoji.
  
   -Nega unday deysiz, Nortoji?Tushkunlikka tushmang axir.Xudo hoxlasa sog"ayib, bu kunlarni ko"rmaganday bo"lib ketasiz hali.Unaqa vasiyat qilmang, bizni qo"rqitib.Baxtingiz o"zingizga nasib etsin.Xolbo"ri akam bilan birga yashashga faqatsiz siz haqlisiz va loyiqsiz.Men esa uni tashlab ketganman.Siz tezroq sog"aying va Xolbo"ri akam bilan baxtli bo"linglar -dedi Iltijo.
  
   -Yo"q, siz mening so"ngi iltimosimni yerda qoldirmang, Iltijo.Xolbo"ri akamni tashlab ketmayman, u bilan bir umr birga yashayman deb so"z bering.Siz ham, Xolbo"ri aka, Iltijoning ko"z yoshini oqizmayman, Mashrapilloni o"ksitmay, o"z farzandimday tarbiyalayman deya so"z bering.Iltimos -dedi Nortoji.
  
   Bu so"zlardan so"ng Xolbo"ri bilan Iltijoning xo"p deyishdan boshqa choralari qolmadi.Ular Nortoji yotgan krovat yonida tik turganlaricha xo"p deganday bosh likillatib achchiq achchiq yig"ladilar.
  
   Shundan keyin navbatchi doktor va hamshiralar, bemor toliqib qoladi deya ularni xonadan deyarli surib, haydab chiqarib yuborishdi.
  
   Ertasiga Nortoji olamdan ko"z yumdi.
  
  
  
   Tamom.
  
  
   03/06/2017.
   Kunduz soat 1 dan 24 daqiqa o"tdi.
   Kanada, Onterio.
  
  
  
  • © Copyright (jeklondonvolk@mail.ru)
  • : 08/03/2017, : 31/08/2017. 384k. .
  • :
  :

  . " " ( ) | | . " " ( ) | | . " + . 2" ( ) | | . ". " ( ) | | . " . " () | | . " 2" ( ) | | . " " ( ) | | . " " ( ) | | . "" ( ) | | . ", " ( ) | |
.

, :
". """" . "" """" !"" "" . "

o
- "" .. || .. ' ""